IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim #hardware

📀 Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz

Yuklanuvchi fleshkani yaratish uchun biz qo‘shimcha dasturiy ta’minotlardan, masalan, Rufus yoki UltraISO'lardan foydalanishimiz mumkin. Biroq tajribali foydalanuvchilar buni doimiy ravishda konsol oynasi orqali amalga oshirib keladi.

Buning uchun WIN + R birikmasini bosib, ochilgan Выполнить oynasiga cmd buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosing va ochilgan Buyruq satri (Командная строка) oynasiga diskpart buyrug‘ini bajaring (ENTER). So‘ngra navbat bilan quyidagi buyruqlarni bajaring:

1️⃣. list disk - disklar ro‘yxatini ko‘rsatib beradi.

2️⃣. select disk X - fleshkani tanlaymiz, bu yerdagi X'ning o‘rnida 1-qadamda qo‘llanilgan buyruq orqali hosil bo‘lgan disklar ro‘yxatidagi diskning raqami ko‘rsatiladi.

3️⃣. clean - ma’lumotlarni tozalaymiz (fleshkadagi).

4️⃣. create partition primary - asosiy bo‘limni yaratamiz.

5️⃣. select partition 1 - yaratilgan bo‘limni tanlaymiz.

6️⃣. active - bo‘limni faollashtiramiz.

7️⃣. format fs=NTFS - fleshkani NTFS fayl tizimida formatlaymiz (jarayonni tezlashtirish uchun ushbu buyruqning oxiriga probel belgisi hamda quick qo‘shimchasini kiritishingiz mumkin).

8️⃣. assign letter=T - fleshka uchun T harfini tayinlaymiz (yoki boshqa bo‘sh harfni qo‘llashingiz mumkin).

9️⃣. exit - dasturni yopamiz.

Shundan so‘ng Windows'ni o‘rnatuvchi .ISO kengaytmali obraz faylini virtual diskka ulab, uning tarkibidagi barcha fayllarni fleshkaga nusxalang. Tayyor!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #hardware

🙄 Soyuz davrida ishlab chiqarilgan sichqonchaning tashqi ko‘rinishi va ulanish razyomiga ahamiyat bering, sahifa bo‘ylab pastga o‘tish uchun xizmat qiluvchi g‘ildirakli tugmasi bo‘lmagan.

😣 Ostida hozirgidek lazerli sensor emas, balki shar shaklidagi kursorni harakatga keltiruvchi detali bo‘lgan, uni va plastmassali aylanuvchi elementlarni tez-tez tozalab turishga to‘g‘ri kelgan.

🖱⌨️ Hozirgi zamonaviy sichqoncha va klaviaturalar USB va Bluetooth texnologiyalari orqali masofadan turib simsiz boshqariladi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🔤 Matnni tezkor belgilash uchun layfxaklar

Ko‘pchiligimiz matnni belgilashda asosan sichqonchani ishga solamiz, ba’zi holatlarda esa klaviatura yoki ushbu ikki qurilmaning birgalikda qo‘llanilishi ishimizdagi samaradorlikni ancha oshirishi mumkin.

Ushbu postimizda bu borada bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar bilan bo‘lishamiz:

1️⃣. So‘zni belgilamay turib o‘ngdan chapga yoki chapdan o‘ngga qaratib tezkor o‘chirish uchun mos tarzda CTRL + BACKSPACE / CTRL + DELETE klavishlari birikmasidan foydalaning.

2️⃣. Matnni vertikal tarzda belgilash uchun, ALT klavishini bosib turgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosib, kursorni kerakli yo‘nalishda harakatlantiring.

3️⃣. Abzats tarkibidagi biror so‘zni tezkor belgilash uchun SChT (sichqonchaning chap tugmasi)ni kerakli so‘z ustiga ikki marta bosing.

4️⃣. Muayyan abzatsni tezkor belgilash uchun SChT (sichqonchaning chap tugmasi)ni abzats tarkibidagi biror so‘z ustiga uch marta bosing.

5️⃣. Jumlani to‘liq belgilash uchun, uning tarkibidagi istalgan so‘z ustiga CTRL + SO‘T (sichqonchaning o‘ng tugmasi)ni bosing — Word avtomatik tarzda jumlaning boshi va oxirini aniqlaydi.

6️⃣. Matnni kursor joylashgan joyidan boshlab hujjatning boshi yoki oxiriga qadar tezkor belgilash uchun mos tarzda CTRL + SHIFT + HOME / CTRL + SHIFT + END klavishlari birikmasidan foydalaning (bu ko‘p sahifali hujjatlarda matnni tezkor tarzda belgilash va o‘chirish uchun qulaydir).

7️⃣. Hujjatning istalgan joyidan sichqoncha kursori so‘nggi bor o‘rnatilgan joyga tezkor qaytish uchun SHIFT + F5 klavishlari birikmasidan foydalaning.

📝 Manba: @hacks_office

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚘 Avtomobil ichki detallarining tuzilishi va ulardagi jarayonlar qanday kechishini animatsion tarzda tasvirlovchi zamonaviy VR kartochkalar.

ℹ️ VR🇬🇧 virtual reality, 🇷🇺 виртуальная реальность, 🇺🇿 virtual reallik.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

⌨️ Excel'da F4 klavishidan foydalanish

Kichik, lekin foydali maslahat. F4 klavishi so‘nggi qo‘llanilgan harakatni takrorlashga imkon beradi. Masalan, agar siz biror joyga ma’lumotlarni pastga surgan holda satr qo‘shgan bo‘lsangiz, kerakli yacheykalarni tanlash va F4 klavishini bosish orqali yangi satrlarni joylashtirishda davom etishingiz mumkin.

Muayyan yacheykaga formula kiritayotgan paytda boshqa yacheyka manzilini nisbiy, aralash yoki mutlaq ko‘rinishga keltirish uchun ham F4 klavishi qo‘llaniladi, bu haqda ushbu postimizda tushuncha berilib, uning qo‘llanilishi bo‘yicha misol ham berib o‘tilgan.

📝 Manba: @excel_everyday

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Nazariy jihatdan olib qaraganda ishlamasligi lozim bo‘lgan kod qaysidir sabablarga ko‘ra kompilyatsiyadan o‘tib ish berganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🔁 Matnni oynadagi aksi ko‘rinishida aylantiramiz (Зеркальный текст)

Matn faqat obyekt sifatida qaralganida uni oynali yo‘nalishda aylantirish mumkin.

Buning uchun menyu satridagi Вставка → Текстовое поле → Простая надпись bandlari bo‘ylab o‘tib, sizga kerakli bo‘lgan matnni kiriting va Формат varaqa (вкладка)siga o‘ting.

So‘ngra Стили фигур yonidagi strelkacha ustiga bosing va Поворот объемной фигуры varaqa (вкладка)sida siga kerakli bo‘lgan o‘q qarshisida 180°ni kiriting.

Xohishga ko‘ra soya, tekislash, porlash hamda matn uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan boshqa parametrlarni ushbu menyuning o‘zida sozlashingiz mumkin.

📝 Manba: @hacks_office

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor

Uzoq karantindan so‘ng va nihoyat ishga chiqqaningizda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat

🚀 YouTube'da videoni tezkor izlash uchun buyruqlar

youtube.com'da bizni qiziqtirgan videoni izlash uchun biz turli filtrlarni (yuklanish sanasi, video turi va davomiyligi va hkz.) qo‘llashimiz mumkin.

Ammo qidiruvni soddalashtirish uchun maxsus buyruqlardan foydalanish haqida ko‘pchilik bexabar bo‘lishi mumkin. Ushbu buyruqlarni asosiy so‘rov matnidan so‘ng vergul bilan ajratgan holda kiritish lozim.

1️⃣. KanalNomi channel – videoni muayyan kanaldan aniq izlash uchun.

2️⃣. today – bugungi kun, this week – so‘nggi hafta, this month – so‘nggi oy, year - so‘nggi yil bo‘yicha video.

3️⃣. partner – rasmiy manbalardan olingan videolar.

4️⃣. movie – filmlarni izlash uchun, masalan, dicaprio, movie – Di Kaprio ishtirok etgan filmlarni izlash.

5️⃣. long – faqat uzun, short – qisqa roliklarni izlash.

6️⃣. playlist – faqat pleylisklarni izlash.

7️⃣. allintitle:“Nomlanishi” – nomi bo‘yicha aniq mos kelishi uchun.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma
Youtube.com saytidan videoni yuklab olish
YouTube'da videoni kerakli joyidan ko‘rsatish
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi?
720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
YouTube qaynoq klavishlari
YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin?
Brauzerda videoning qotib ishlashi
Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi?
Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis
Google siz haqingizda nimalarni biladi?
Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
Filmdan parchani topish va yuklab olish
Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?
Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
NewPipe mobil ilovasi
Snaptube mobil ilovasi
Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
"Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

🔝 Jadvalning sarlavhasini “qotirib qo‘yamiz”

Faraz qilamiz, sizning jadvalingizda sarlavhalar mavjud va siz list bo‘ylab pastga qarab o‘tgan taqdiringizda, ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz.

Buning uchun sarlavha ostida keluvchi satrni to‘liq belgilash lozim. Masalan, jadval sarlavhasi uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa – to‘rtinchi satr belgilanadi.

Shundan so‘ng menyu satrining Вид → Закрепить области → Закрепить области bandlari bo‘ylab o‘tasiz.

Agarda sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, u holda satrlarni belgilab o‘tirishga hojat yo‘q, ushbu bosqichda shunchaki yuqorida murojaat etilgan menyudan Закрепить верхнюю строку bandi tanlanadi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin?
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🚮 “Загрузки” papkasidagi foydalanilmayotgan fayllarni avtomatik o‘chirish

Hozirgi kunda Internetda yaratilgan keng imkoniyatlar gigabaytlab miqdordagi o‘yinlar, filmlar, musiqalar, kitoblar va boshqa ajoyib kontentlarni yuklab olish imkonini beradi. Zo‘r-a? Albatta!

Biroq har qanday tanganing ham ikki tomoni bor: “Загрузки” papkasi, unda ancha vaqtdan buyon saqlab kelinayotgan fayllar bilan qattiq diskning ko‘p joyini egallashi mumkin. Foydalanuvchiga tegishli papkalar D diskida saqlanadigan qilib sozlangan bo‘lsa, bu qaysidir ma’noda yordam berishi mumkin.

Ortiqcha fayllarni avtomatik o‘chirilishini sozlash uchun “Параметры” oynasini ekranga chaqirish (WIN + I) va unda “Система” → “Память устройства” bandlari bo‘ylab o‘tib, “Контроль памяти” funksiyasini faollashtirish lozim.

Bu yerda esa tanlov mavjud: papka tarkibini har kuni, har hafta, har oy yoki Windows qaror qilgan paytda (diskda joy kamayin qolgan taqdirda) tozalash mumkin. Saqlash muddati ham sozlanadi! Papkada saqlanayotgan fayllarni yuklab olingan vaqtidan boshlab 1, 14, 30 yoki 60 kundan so‘ng o‘chirish — bu faqat o‘zingizga bog‘liq!

Kelajak avtomatlashtirilgan yechimlar tomonidadir. Qimmatbaho vaqtimizni mayda-chuyda ishlarga sarflagandan ko‘ra, buni mashinaga ishonib topshirgan ma’qul emasmi? U bizdan farqli o‘laroq hech qachon unutmaydi, keyinga surmaydi va erinmaydi! 😉

📝 Manba: @microsoft

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gmail dan elektron pochta ochish va xabar jo'natish
#videodars / #internet

ℹ️ Gmail - Google kompaniyasining pochta xizmati. Ishonchli va qulay pochta hisoblanadi.

Gmail pochtasi:
https://gmail.com

Android uchun Gmail dasturi:
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.android.gm&hl=ru

▶️ YouTube da ko'rish

: 03:31 💾: 5.2 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
😁1
IT specialist
Crash Team Racing.exe
#game

Yoshlikni eslashda davom etamiz :)))

PS o‘yinlarining kompyuter versiyasini o‘ynab baho bering.

Oloviddin

o'yinni quyidagi fayl orqali ko'chirib oling
👍1
#operatsion_tizim

🔎 F3 klavishi yordamida izlash

Windows'ning Проводник oynasida fayllarni kuzatish chog‘ida u-bu fayl yoki papkani izlashga ehtiyoj yuzaga kelsa, kursorni ushbu oynaning qidiruv maydoniga joylashtirish uchun F3 klavishidan foydalaning.

Izlanishi lozim bo‘lgan papka, fayl nomi yoki kengaytmasi (masalan, *.jpg)ni kiriting va ENTER klavishini bosib, qidiruv jarayoni tugallanishini kuting.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #mulohaza_uchun #hardware #texnologiya

Malayziya politsiyasi tomonidan 1000 dan ortiq ASIC-maynerlari yo‘lni tekislash uchun qo‘llaniluvchi katok mashinasi yordamida ustidan bosib o‘tish orqali yo‘q qilindi.

Bu noqonuniy maynerlarga qarshi kurashning namoyish chorasi sifatida qo‘llanildi. Ushbu qurilmalarning umumiy narxi taxminan 1 mln 250 ming AQSh dollarini tashkil etgan.

Maynerlarning harakatlari tufayli mahalliy energetika kompaniyasi 1 mln 965 ming AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan, hatto shahar elektr ta’minotida uzilishlar ham yuzaga kelgan.

Jinoyatchilarni atigi 8 oylik qamoq jazosi va 1 870 AQSh dollari miqdoridagi jarima kutmoqda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤦‍♂️ Kompyuteringiz buzildimi...? Usta izlashga shoshmang, axir o‘zingiz ustasizku...!

“Qanaqasiga ustaman, axir kompyuterni tuzata olmaymanku..., deb fikr yuritishdan hoziroq to‘xtang. O‘sha ustalar ham bir paytlar sizning holatingizda bo‘lgan, faqat ko‘plab tajriba orqali masterlikka erishgan.

🧐 Men bunga qanday erishaman deysizmi?
👌 Sizga javobim bitta: @kompyuter_akademiyasi!

📌 P.S
.: Siz ham KompMaster bo‘lib, video darslar yozishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, demak bizda siz uchun joy bor!

👨🏻‍💻 Ulanish: @kompyuter_akademiyasi
— Mana shu: 👂🦻👃🤖 🌹🌸 🎨💻 stikerlar ham animatsiyalanibdi. Endilikda chatda ularni bir o'zini yuborsangiz animatsiyani ko'rishingiz mumkin.

📜 Telegramda o'z animatsiyasiga ega stikerlar ro'yxati: link

© @kompyuter_bilimlari
😱1
#mulohaza_uchun #IT_humor

Tushungan tushundi ruknidan... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #iOS #game #maslahat

🧩 Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova

01. Cube Algorithms – Android | iPhone;
02. ASolver – Android;
03. Cube X – Android;
04. Magic Cube Solver – iPhone;
05. Twisty Timer – Android | iPhone;
06. Magic Cube Puzzle 3D – Android | iPhone;
07. Flat Cube – noma'lum sabablarga ko‘ra u hozirda Play Market'da mavjud emas, uning APK-faylini yuklab olish va o‘rnatish mumkin;
08. Go Cube – Android | iPhone;
09. Cube Timer – Android.

📝 Manba: Geeker.ru

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish tavsiya etiladi:
O‘zini-o‘zi yig‘uvchi Rubik kubiki
Rubik kubikini tezkor yig‘uvchi mashina
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

📅 Sanalarni saralashda shartli formatlashdan foydalanish

Shartli formatlash uchun Excel dasturi bilan birga keluvchi variantlar juda serob. Agar sanalar bilan ishlashga to‘g‘ri kelsa, u holda o‘tgan hafta, joriy oy, so‘nggi 7 kun va boshqa shartlar bo‘yicha sanalarni osonlikcha rang bilan ajratib ko‘rsatish mumkin.

Albatta, qoidalar amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun diapazonda, masalan, (sana noto‘g‘ri kiritilgan paytdagi) matnli qiymatlar emas, balki haqiqatan ham sana sifatida qabul qilinuvchi sonli qiymatlar bo‘lishi lozim.

📝 Manba: @excel_everyday

ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1