IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim

Microsoft eski shaxsiy kompyuterlarga Windows 11'ni o‘rnatishga ruxsat beradi 😱

Microsoft'ning ta’kidlashicha, u Windows 11'ni eski kompyuterlarga o‘rnatishni ortiq cheklamaydi.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi Windows 11 uchun qurilmalarga bo‘lgan talablarni tavsiya etib o‘tgan bo‘lsa-da, OT'ning o‘rnatilishiga bo‘lgan cheklov faqat Windows 10'dan Windows 11'ga qadar Центр обновления Windows orqali yangilashga bo‘lgan urinishda qo‘llaniladi.

Bu eski protsessorli shaxsiy kompyuteri bo‘lgan yangilanish testidan rasman o‘tmagan har qanday shaxs hali ham Windows 11'ning ISO-faylini yuklab olishi va operatsion tizimni qo‘lda o‘rnatishi mumkinligini anglatadi.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi
Microsoft Windows 11'ni taqdim etdi
Windows 11 Compatibility Checker dasturi
Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
“Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
Windows 11'da “Пуск” tugmasini chap tomonga ko‘chirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

💫 Telegram 1K+ kanallarda reklama sinovini boshladi

Homiylik xabarlari yirik kanallarda paydo bo‘lishni boshladi. Ayni paytda ular reklama platformasining xususiyatlari haqidagi Pavel Durovning postiga yo‘naltirmoqda

Reklama 1K+ obunachiga ega bo‘lgan ommaviy kanallarda ko‘rsatiladi va 160 belgi bilan cheklanadi. Xabarlar ular ko‘rsatiladigan ommaviy kanallar mavzulariga asoslanadi.

Telegram Info tahririyati reklama kanal adminlari tomonidan tasdiqlanmagan holda paydo bo‘lishini va hozirda uni o‘chirib bo‘lmasligini eslatib o‘tadi.

📝 Manba: @tginfo

📌 P.S.: Bunday reklamalar kanaldagi barcha postlarni ko‘rib tushganingizdan so‘ng, kanaldagi eng so‘nggi post bo‘lib ko‘rinib turadi.

Postning ancha payt topda turishi ko‘pchilik kanal adminlarining orzusi bo‘lsa kerak, Durovning kanalida shu bahonada obunachilar soni ancha ko‘payib qoldi!
😉

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #maslahat

🔒 Kompyuterni bloklash

⌨️ Bu uchun klaviaturada WIN + L klavishlari birikmasi bosiladi.

U-bu sabab bilan kompyuterdan uzoqlashishga to‘g‘ri kelganida juda qulay sanaladi.

📌 P.S.: Uyingizdan yoki ishingizdagi xonangizdan uzoqroq vaqtga chiqishga to‘g‘ri kelganda qo‘llaydigan odatingizni kompyuteringizga nisbatan ham qo‘llashga odatlaning.

Parol o‘rnating va bloklab yuring, hattoki ishingizni 5 daqiqada bitirib kelishingizga ishonchingiz komil bo‘lsa ham, unutmang, xavfsizlik eng muhim omil!
😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya

Afsonaviy Sony Walkman portativ kassetali pleyeri, 1980-yil.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

📼 Avlodlar o‘rtasidagi farqni anglash uchun misol

Kimlardir vinil plastinkalar, kassetalar davrida unib ulg‘aygan. Boshqalar esa buning nima ekanligi va qutisi qanday ochilishi haqida tasavvurga ega emas.

Dunyoni turlicha idrok qilishimizga hayron bo‘lish ham mantiqsiz bo‘lib bormoqda....

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🧭 Компас – iOS uslubidagi kompasni qarshi oling. Android 5.0+. Pro-versiya.

📎 Компас v1.1.4 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasm_bilan_ishlash #maslahat

⌨️ Adobe Photoshop dasturida ALT klavishini bosib turgan holda siz qatlamlarning ko‘rinishini boshqarishingiz, masalan, alohida qatlam uchun solo rejimini faollashtirishingiz mumkin.

📝 Manba: @photoshopforyou

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Photoshop'da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #bilasizmi

Telegram'ning so‘nggi yangilanishi sizga istalgan chatda sana surgichidan foydalanish va ikki barmoq yordamida masshtabni katta-kichik qilish orqali yil bo‘ylab ulashilgan medialar orasida vaqt bo‘ylab sayr qilish imkonini taqdim etadi.

Kerakli oy va yil keltirilgan tugma ustiga bosib, yangi kalendar ko‘rinishiga o‘tish orqali har bir kun bo‘yicha ulashilgan medialarni kuzatish mumkin.

Telegram'ning shu va boshqa yangi imkoniyatlari ushbu postda batafsil keltirilgan.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #bilasizmi

🧙 Fayllar bilan ishlash uchun universal manba

Agar sizga turli ko‘rinishdagi fayllar bilan har-xil amallar qilishga to‘g‘ri kelsa, masalan, qo‘shiqning kerakli joyini kesib olish, videoni boshqa formatga o‘tkazish, ovoz yozib olish va hokazo, u holda turli xizmatlar yoki dasturlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

123apps — fayllar bilan ishlash uchun katta xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga olgan sayt. Internetdagi masofaviy serverda, bir joyning o‘zida 46 ilova jamlangan. Bir kunda hajmi 700 Mb'dan oshmaydigan 10 ta faylga bepul ishlov berish mumkin.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting.

2️⃣. Kerakli funksiyani tanlang va maxsus tugma yoki oyna ustiga olib o‘tkazish usulida faylni serverga yuklang.

3️⃣. Fayl tahrirlanishi tugallanganidan so‘ng “Сохранить” tugmasini bosing.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi

📚 Miya aqliy mehnatdan charchamaydi, uzoq davom etadigan aqliy ish paytida inson miyasi orqali oqib chiqadigan qon tarkibi oʻzgarmasdir

🏃 Jismoniy mehnat bilan esa qonda “charchoq toksinlari” paydo boʻladi.

⭕️ Miyani chinakam charchatadigan yagona narsa bu uyqusizlikdir!

📝 Manba: @anatomicus

ℹ️ #mulohaza_uchun #maslahat ruknlari ostida salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz ro‘yxati.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🔜 Telegram uchun bo‘lajak funksiyalar konsepti

Joriy yilning 6-noyabr sanasida Telegram Android-dasturchilari uchun yangi musobaqa e’lon qildi, uning vazifasi — mobil ilova uchun bir nechta yangi funksiyalarni joriy etishdir. Ishlar taklif etilgan texnik shartlarga qat’iy muvofiq bo‘lishi lozim va bu, o‘z navbatida, messenjerda tez orada qanday opsiyalar paydo bo‘lishi mumkinligini oldindan bilish imkonini beradi.

1️⃣. Xabarlarni boshqa manbalarga qayta yuborish (repost) va media fayllarni saqlashni taqiqlash

Ushbu cheklov guruhlar va kanallardan xabarlarni repost qilishni hamda rasmlar, videolar, fayllar va GIF-animatsiyalarni saqlashni taqiqlashni, shuningdek, (maxfiy chatlardagi singari) ekrandan skrinshot olishni taqiqlash sozlamasi qo‘shilishini nazarda tutadi. Sozlama qo‘llanilmagan taqdirda, guruhlar va kanallar uchun xabarlarni repost qilish qoida bo‘yicha faollashtirilgan bo‘ladi.

2️⃣. Ommaviy guruhlarda xabarlarni kanal nomidan yuborish

Barcha ommaviy guruhlarda hamda kanalga biriktirilgan guruhda xabarlar yuborilishida ko‘rinib turadigan akkauntni tanlash imkoniyati qo‘shiladi. Buning uchun foydalanuvchi kiritish maydoni yon tarafidagi miniatyurali rasmcha ustiga bosishi va o‘zi yaratuvchi hisoblangan ommaviy kanallardan birini tanlashi mumkin. Ommaviy kanallarga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun interfeys o‘zgarmaydi.

3️⃣. Belgilangan diapazondagi xabarlarni o‘chirish

Chatdagi sana paneli (masalan, November 8) chatlarning “Media” bo‘limi uchun joriy etilgani singari kalendarni ochadi. Istalgan kun ustiga uzoqroq bosib turish chatning oldindan ko‘rish panelini ko‘rsatadi, u yerda birinchi xabar – tanlangan sana bilan teg bo‘ladi. “Select Days” tugmasini bosish muayyan vaqt oralig‘ini tanlash va belgilangan davr uchun barcha xabarlarni o‘chirish imkonini beradi.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

🔗 Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi?

Excel'da istalgan formulani kiritish chog‘ida, ma’lumot o‘rnida istalgan yacheyka (katakcha) manzilini, u hattoki hujjatning boshqa listida joylashgan taqdirda ham ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin.

Bunday holatda yacheyka manzili (A2)ni ko‘rsatish oldidan shunchaki listning nomlanishi va undov belgisi (Лист2!)ni kiritib o‘ting. Masalan, Лист2!A2.

Agar listingiz nomlanishida probel mavjud bo‘lsa, list nomini bittalik qo‘shtirnoq orasiga olib, so‘ngra undov belgisini kiritish lozim. Masalan, 'Daromad va xarajat'!F2.

Bunday formula odatdagisidan farq qilmaydi: alohida listda yacheyka qiymati o‘zgartirilishiga qarab, qo‘shni listda qo‘llanilgan formula qiymati avtomatik o‘zgaradi.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware

⚠️ “Файл слишком велик для конечной файловой системы” xabarining chiqishi boisi va uni bartaraf etish

Bunday xabarga boshlang‘ich (tajribasiz) foydalanuvchilar USB-fleshkalarga biror ma’lumotni yozish vaqtida duch kelishlari mumkin. 99% holatlarda bu hajmi 4 Gb'dan katta bo‘lgan faylni tashlab olishga bo‘lgan urinishda yuz beradi.

Hozirgi vaqtda Windows tomonidan asosan ikki fayl tizimi qo‘llanilib keladi: FAT32 va NTFS. Windows'ning zamonaviy tizimlari uchun eskirgan hisoblanmish aynan FAT32 - 4 Gb'dan katta fayllar bilan ishlashga ruxsat bermaydi.

Muammoni hal qilish uchun dastlab saqlash qurilmasidagi barcha kerakli ma’lumotlaringizni ishonchli joyga nusxalab oling. So‘ngra Проводник (Этот (Мой) компьютер, WIN + E) oynasida fleshka belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan Форматировать bandini tanlang.

Файловая система bo‘limida NTFS'ni tanlang va Начать tugmasini bosing. Fayl tizimini formatlash va o‘zgartirish jarayoni tugashini kuting. Tayyor, endi katta hajmli fayllarni yozish cheklovi bo‘lmaydi. 😉

📝 Manba: @pcTeapot

📌 P.S.: Ushbu tavsiyamiz hajmi 8 Gb va undan katta bo‘lgan fleshkalar uchun o‘rinli.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Fayl joriy fayl tizimi uchun juda katta bo‘lsa nima qilish kerak?
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Smartfoningiz uchun har kuni foydali ilovalar yuklab boriladi. 👇

Kanalga marhamat: 👉 @foydali_ilovalar
#bilasizmi #learn_english_with_software

🇬🇧🌐 Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar

01. Livemocha
02. Busuu
03. LinguaLeo
04. W2mem
05. Grammar-teacher
06. Interpals
07. British Council
08. Duolingo | Android uchun mobil ilovasi
09. Rosetta Stone | Android uchun mobil ilovasi
10. Drops | Android uchun mobil ilovasi

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #telegram

📈 Telegram raqamlarda //

Realweb reklama agentligi taqdimoti va Telegram Info manbalariga ko‘ra 2021-yilda Telegram auditoriyasining o‘sishi 61%'ni tashkil etdi.

👥 Oylik faol foydalanuvchilar soni:
— Rossiyada 55 mln. atrofida;
— dunyo bo‘ylab 600 mln. atrofida.

👀 Post/nashrlarni ko‘rishlar soni:
— Rossiyada kuniga 2 mlrd., oyiga 60 mlrd. atrofida;
— dunyo bo‘ylab kuniga 16 mlrd., oyiga 500 mlrd. atrofida.

📝 Manba: @d_code

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar

💫 Ilon Mask, hali endigina PayPal asoschilaridan biri bo‘lgan paytlari, AQSh, 1999-yil

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija