IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android

📻 TuneIn Radio Pro – butun dunyo bo‘ylab ko‘plab internet-radiostansiyalarini tinglashingiz mumkin bo‘lgan maxsus mobil ilova. Android 5.0+. Reklama, analitika va boshqa keraksiz xizmatlar kesib tashlangan.

📎 TuneIn Radio Pro v27.6.4 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security

⤴️ O‘chirilgan fayllarni tiklash

Agar tasodifan qandaydir kerakli fayllar o‘chirib yuborilgan bo‘lsa, xafa bo‘lishdan boshqa hech narsa kutilmasligi tayin. Misol uchun, fleshkadan o‘chirishda fayllar Корзина'ga borib tushmaydi, balki darhol o‘chiriladi. Biroq fleshka uchun Корзина'ni sozlashning usuli mavjud.

O‘chirilgan fayllarni tiklash uchun Microsoft'ning Windows File Recovery dasturidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Dasturni Microsoft Store yoki microsoft.com saytidan yuklab olish imkoniyati mavjud.

Dasturni o‘rnatgandan so‘ng fayllarni tiklash uchun papka yarating. Ushbu papka fayllar tiklanayotgan diskdan boshqa diskda joylashgani maqsadga muvofiq.

Ilova konsol oynasi bilan ishlaganligi bois, Командная строка ishga tushirilishi lozim (WIN + RcmdENTER). Ochilgan konsol oynasida winfr G: D:\recover buyrug‘ini ishga tushiring – bu yerda G - fayllar tiklanayotgan disk harfi, D:\recover esa - tiklangan fayllarni saqlash uchun oldinroq yaratilgan katalog (papka) manzili.

support.microsoft.com sayti orqali yordamchi dasturning imkoniyatlari haqida batafsilroq tanishish mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Windows 10'da video drayverini qayta ishga tushirish (перезапуск)
Kompyuterning ishga tushishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish
MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset) kompyuter dasturi
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
CyberShredder kompyuter dasturi
DiskDigger mobil ilovasi
Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash
Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish
Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🧗‍♀️ Ajoyib g‘oya: sportni video o‘yinga aylantiradigan kengaytirilgan voqe’lik bilan qoyalar uzra ko‘tarilish.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🔧 Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash

Agar fleshkani kompyuterga ulab, unga murojaat etish chog‘ida “Вставьте диск в устройство” xabariga duch kelsangiz, boz ustiga formatlash jarayoni ham muvaffaqiyatsiz yakunlansa, fleshkani axlat qutisiga uloqtirishga shoshilmang.

Ushbu PowerShell buyruqlari fleshkangizni hayotga qaytarishda yordam beradi:

1️⃣. PowerShell'ni vazifalar panelidagi qidiruv satri orqali toping va uni administrator nomidan ishga tushiring (ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Запуск от имени администратора” bandini tanlaysiz).

2️⃣. Get-Disk buyrug‘ini bajarib, fleshkamiz raqamini aniqlaymiz va eslab qolamiz.

3️⃣. Fleshkani tozalash uchun Get-Disk 2 | Clear-Disk -RemoveData buyrug‘ini kiritamiz. Asosiysi, “2”ni sizdagi fleshka raqamiga o‘zgartirishni unutmang❗️

4️⃣. Harakatni tasdiqlash uchun “Y”ni kiritamiz.

5️⃣. New-Partition -DiskNumber 2 -UseMaximumSize | Format-Volume -FileSystem NTFS -NewFileSystemLabel myUSBdisk buyrug‘ini bajaramiz, bu yerda “2” — disk (fleshka) raqami, “myUSBdisk” esa — fleshka uchun berilayotgan yangi nomlanish.

6️⃣. Fleshka harfini tayinlash uchun “2”ni disk (fleshka) raqamiga o‘zgartirgan holda – Get-Partition -DiskNumber 2 | Set-Partition -NewDriveLetter F buyrug‘ini bajaramiz.

📝 Manba: @tech_lifehacks

📌 P.S.: Yuqorida keltirilgan harakatlarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan bajaring, ayniqsa fleshka raqamini to‘g‘ri kiritish bu yerda muhimdir!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #internet

Agar eslasangiz, Facebook kompaniyasi o‘z nomini o‘zgartirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandik, kerakli on keldi va bu sodir bo‘ldi.

🔄 Facebook nomlanishini Meta'ga o‘zgartirmoqda, ushbu qaror kompaniya rebrendingi taqdimotida e’lon qilindi

Shu tariqa, Facebook kompaniya uzoq vaqtdan beri nafaqat birgina ijtimoiy tarmoq, balki WhatsApp, Instagram, Oculus va boshqa aktivlarning egasi ekanligini namoyish etish niyatida.

Facebook kompaniyasining yangi logotipi va yangi nomlanishini Mark Sukerberg quyidagicha izohladi:

“Bizning pirovard maqsadimiz hamon o‘sha — insonlarni birlashtirish. Ilovalarimiz brendlari (ya’ni nomlanishlari, logotiplari) o‘zgarmaydi. Yangi nom biz bosib o‘tgan butun yo‘lni va biz qurmoqchi bo‘lgan kelajakni aks ettiradi. Endi biz shunchaki Facebook ijtimoiy tarmog‘i bo‘lib qolishni istamaymiz... Men bizni meta borliq (meta-universe)ni ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida qabul qilishlarini istayman”.

📌 P.S.: Bloomberg bergan ma’lumotga ko‘ra, Facebook Meta'ga qayta nomlanganidan so‘ng sarmoyadorlar kanadalik Meta Materials ishlab chiqaruvchisi bilan kompaniyalar nomlarini adashtirib, uning aksiyalarini 26%'ga ko‘tarib yuborishgan.

📝 Manba: @NovostiUZ

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Necha kundirki to‘g‘rilay olmagan ilovadagi kodingni tushingda osonlik bilan yozayotganingni zavq ila ko‘ra turib, eng kerakli pallada uyg‘otib yuborishganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

📸 Ekranning bir qismini rasmga olish

⌨️ WIN + SHIFT + S birikmasi

Ko‘pchilik boshqa, an’anaviy usuldan xabardor bo‘lib, Windows 10'da bunday imkoniyat mavjudligidan bexabar bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa bu uchun alohida dasturlardan foydalanib kelishadi.

Ushbu usul bilan esa hech narsani qo‘shimcha tarzda yuklab olish, o‘rnatish va ishga tushirishga hojat bo‘lmaydi, barchasi nihoyatda sodda va oddiy! 😉

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #maslahat

🔊 Smartfon dinamiklariga tushgan suvni tozalash

Buning uchun Fix My Speakers maxsus saytidan foydalanishimiz mumkin, shunchaki havola bo‘ylab o‘tib, emodzili tugma ustiga bosish kerak bo‘ladi.

Xizmat Apple Watch'ga ichki o‘rnatilgan suvni haydab chiqarish funksiyasi singari ishlaydi. Tovush to‘lqinlarini hosil qiluvchi ma’lum bir ohang yangraydi, va u, o‘z navbatida, suvni qurilmadan chiqarishga xizmat qiladi.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

📀 Mustaqil ravishda Windows 10 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish — rasmiy usul

Ilgari, yuklanuvchi va o‘rnatuvchi fleshkalar kamdan-kam uchrardi va ularni asosan kompyuter ustalari yoki dasturchilar / tizim administratorlarining qo‘lida ko‘rish mumkin edi. Agar ilgari Microsoft hattoki Windows XP obrazini yuklab olishga ruxsat bermagan bo‘lsa, bugungi kunda yuklanuvchi fleshkalarni yaratishning juda ko‘p usullari mavjud. Shu jumladan Microsoft'ning o‘zi ham ushbu imkoniyatni taqdim etmoqda.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Internetga barqaror ulanish, diskda yetarli joy va 5 Gb'dan kam bo‘lmagan hajmdagi bo‘sh fleshkamiz mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.

2️⃣. Media Creation Tool yordamchi dasturini Microsoft'ning rasmiy saytidan, “Скачать средство сейчас” katta ko‘k tugmasini bosish orqali yuklab olamiz.

3️⃣. Yordamchi dasturni ishga tushiramiz va “Создать установочный носитель”ni tanlaymiz.

4️⃣. Agar Windows'ni joriy kompyuterga o‘rnatish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, “Использовать рекомендуемые параметры для этого компьютера”ni tanlaymiz. Yoki boshqa kompyuterga mos keluvchi parametrlarni kiritamiz.

5️⃣. “USB-устройство флэш-памяти”ni tanlaymiz, mavjud qurilmalar ro‘yxatidan kerakli saqlash qurilmasini ko‘rsatamiz va tanlovimizni tasdiqlaymiz.

6️⃣. Fayllar bilan amaliyotlar tugallanishini kutamiz — so‘ngra dastur barchasini o‘zi bajaradi.

Barchasi shulardan iborat. Toza Windows 10 bilan legal o‘rnatiluvchi fleshka foydalanish uchun tayyor!

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
#operatsion_tizim

⌨️ Проводник (Этот компьютер, Мой компьютер) oynasini ikki klavishani bosish orqali ishga tushiramiz

Biz Проводник oynasidan tez-tez foydalanamiz. Windows 10'da bu oyna ko‘pincha ishchi stolidagi Этот компьютер belgisi orqali ekranga chaqiriladi, bu belgi qoida bo‘yicha ishchi stolida joylashmagan bo‘ladi, uni Рабочий стол'ga joylashtirish haqidagi tavsiyamiz bilan tanishishingiz mumkin.

Проводник oynasini ekranga chaqirish uchun har doim sichqoncha bilan ovora bo‘lib o‘tirmasdan, ikki klavishlar birikmasini eslab qolish ishimizni ancha tezlashtirishi mumkin: WIN + E.

Bu usulning afzalligi shundaki, vazifalar panelidagi Пуск menyusiga murojaat etish yoki ishchi stoliga o‘tish uchun barcha ochilib turgan oynalarni vazifalar paneliga tushirish uchun sichqonchani o‘nlab marotaba bosib o‘tirishga hojat bo‘lmaydi.

📝 Manba: @computer_life

📌 P.S.: WIN + E orqali ochiluvchi oynani Этот компьютер belgisi orqali ochiluvchi oyna bilan bir xil ko‘rinishga keltirish uchun, ushbu postimizdagi ko‘rsatmalarga amal qilishni tavsiya etamiz.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software

📚 Lingvist – xorijiy tillarni tizimli tarzda o‘zlashtirib borish uchun qulay mobil ilova. Android 6.0+. Premium-versiya.

📎
Lingvist v2.75.9 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #rasm_bilan_ishlash

🖼 Veb-saytdan barcha rasmlarni ajratib olish

Agar biror-bir saytdagi rasm sizga ma’qul kelgan bo‘lib, uni yuklab olishni uddalay olmayotgan bo‘lsangiz yoki shunchaki saytdagi barcha rasmlarni yuklab olishga zarurat bo‘lsa, u holda Image Extractor xizmatidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Xizmat avtomatik ravishda saytdagi barcha rasmlarni ajratib oladi.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘tiladi.

2️⃣. Havola joylashtiriladi va “Extract” tugmasi bosiladi.

3️⃣. Ma’lum bir rasmlar tanlanadi yoki “Select all” tugmasi bosiladi, so‘nggi qadamda “Download selected” tugmasi bosiladi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

Operatsion tizim bilan birga keluvchi ilovalarni o‘chiramiz

Ko‘p holatlarda operatsion tizimimiz bilan birga keluvchi ilovalar keraksiz va shunchaki diskda ortiqcha joy egallab turgan bo‘ladi. Ularni odatiy tarzda o‘chirib bo‘lmaydi, bunda bizga Windows 10 App Remover yordamga keladi.

Yordamchi dastur ishga tushirilganidan so‘ng bizdan faqat bir harakat — xalos bo‘lishimiz lozim bo‘lgan dastur nomi keltirilgan tugma ustiga bosish talab etiladi.

Shu bilan birga, yordamchi dastur yordamida muammoli dasturning xatoliklarini kuzatish imkoni mavjud. Buning uchun Show Log bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatish talab etiladi.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #maslahat

🔍 Telegram'da istalgan ma’lumotni izlab topish

Ma’lumotni izlashga ko‘p vaqt sarflab o‘tirmaslik uchun MotherSearch botidan foydalanib ko‘rish mumkin (Google'ning Telegram muhitidagi analogi).

Bu qanday ishlaydi:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘tamiz va “Начать” tugmasiga bosamiz — @MotherSearchBot.

2️⃣. So‘rov matnini kiritamiz va yuboramiz. Bot siz kiritgan jumla bilan matnni, postga havola va kanalni ko‘rsatadi.

Tayyor!

📝 Manba: @guide_it

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

🔤 Matnni diagonal bo‘ylab ajratish

Ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, bir yacheykaga muayyan matnni diagonal bo‘yicha joylashtirishga to‘g‘ri keladi (masalan, Summa\Sana).

Bunday vaziyatlarda quyidagicha yo‘l tutiladi:

— 1-qadam
Kerakli yacheykani tanlang, ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va kontekstli menyudan Формат ячеек bandini tanlang.

— 2-qadam
Ochilgan oynada Граница varaqa (вкладка)siga o‘ting va qiya chiziqni qo‘shish uchun element o‘rtasiga bosing. OK tugmasini bosib, kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.

— 3-qadam
Qiya chiziq tushirilgan yacheykaning faol tanlanib turgan holatida formulalar satriga o‘tib, kerakli matnni satrlarga ajratgan holda (ALT + ENTER) kiriting. Bir nechta probellar yordamida yuqori satrda turga matnni yacheykaning o‘ng tomoniga siljiting, tayyor.

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🆕 Telegram 8.2 yangilanishini qabul qilib oldi

Yozishmalar tarixidagi mediafayllar bo‘limining yangilanishi, guruhlar va kanallarga obuna bo‘lishga taklif etish havolalarining yaxshilanishi.

Batafsil ma’lumot ushbu postda: ➡️ telegram.org/blog/shared-media-scrolling-calendar-join-requests-and-more/uz

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

⌨️ Oynani kattalashtirish, ekranning 1/2 yoki 1/4 qismini egallaydigan qilish yoki vazifalar paneliga tushirish

WIN + ⬅️➡️oynani ekranning yarmini egallaydigan qilib mos ravishda chap yoki o‘ng tomoniga o‘tkazadi;

WIN + ⬇️joriy oynani vazifalar paneliga tushiradi (fonga o‘tkazadi);

Agar oyna ekran chetiga biriktirilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi. Birikmaning takroriy bosilishi oynani butunlay fonga o‘tkazadi.

WIN + ⬆️joriy oynani butun ekranga yoyish;

Agar oyna ekran chetiga biriktilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi va takroriy bosishda butun ekranni qoplaydi.

🖱 Yaqin orada Sizga sichqonchaning keragi ham bo‘lmay qoladi! 😉

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#maslahat

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Xayrli kun, kanalimizning aziz muxlis va muxlisalari!

Khan Academy Oʻzbek
jamoasining ta’lim sohasida olib borayotgan mashaqqatli mehnatiga cheksiz hurmatimizni izhor etgan holda, sizning e’tiboringizga ular tomonidan yaratilgan videodarslarining bizning sohamizda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan Telegram-kanallari ro‘yxatini taqdim etmoqchimiz!

MATEMATIKA:
Boshlangʻich matematika@kau_boshlangich_matematika
Arifmetika@kau_arifmetika
Geometriya asoslari@kau_geometriya_asoslari
Boshlangʻich algebra@kau_boshlangich_algebra
Algebra 1@kau_algebra1
Geometriya@kau_geometriya
Algebra 2@kau_algebra2
Trigonometriya@kau_trigonometriya
Matematik analiz asoslari@kau_matanaliz_asoslari
Differensial tenglamalar@kau_differensial_tenglamalar
Chiziqli algebra@kau_chiziqli_algebra

ANIQ VA TABIIY FANLAR:
Fizika@kau_fizika

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI:
Dasturlash@kau_dasturlash
Informatika@kau_informatika

Sohamizga oid bo‘lmagan (balki qaysidir ma’noda oid bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan) kanallarni esa @kau_kurslar kanaliga o‘tgan holda ko‘rishingiz, obuna bo‘lib kuzatib borishingiz mumkin.

Aziz do‘stlar, ushbu imkoniyatlarning barchasi yurtimiz yoshlariga o‘quv dargohlarida olayotgan bilimlariga qo‘shimcha ravishda, jahon standartlariga mos qo‘shimcha bilim bo‘lishi uchun taqdim etilmoqda, Khan Academy Oʻzbek jamoasining faoliyati yurishishi uchun qanchadan-qancha ko‘ngillilar yordam qo‘lini cho‘zmoqda.

Shunday ekan, sizlardan ham ushbu resurslar mavjudligini yaqinlaringizga yetkazishni, ushbu postni imkon qadar sifatli ta’limning qadriga yetuvchi insonlarga yetib borishida qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz! 🤝

Khan Academy Oʻzbek jamoasiga yana bir bor cheksiz hurmatimizni izhor etgan holda, jamoaga qo‘shilish imkoniyati bo‘lsa, bundan faqat va faqat xursand bo‘lishimizni bildirib qolamiz! 🤲

👨🏻‍💻@itspecuz

Reklama emas
👍1
#operatsion_tizim

Microsoft eski shaxsiy kompyuterlarga Windows 11'ni o‘rnatishga ruxsat beradi 😱

Microsoft'ning ta’kidlashicha, u Windows 11'ni eski kompyuterlarga o‘rnatishni ortiq cheklamaydi.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi Windows 11 uchun qurilmalarga bo‘lgan talablarni tavsiya etib o‘tgan bo‘lsa-da, OT'ning o‘rnatilishiga bo‘lgan cheklov faqat Windows 10'dan Windows 11'ga qadar Центр обновления Windows orqali yangilashga bo‘lgan urinishda qo‘llaniladi.

Bu eski protsessorli shaxsiy kompyuteri bo‘lgan yangilanish testidan rasman o‘tmagan har qanday shaxs hali ham Windows 11'ning ISO-faylini yuklab olishi va operatsion tizimni qo‘lda o‘rnatishi mumkinligini anglatadi.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi
Microsoft Windows 11'ni taqdim etdi
Windows 11 Compatibility Checker dasturi
Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
“Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
Windows 11'da “Пуск” tugmasini chap tomonga ko‘chirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

💫 Telegram 1K+ kanallarda reklama sinovini boshladi

Homiylik xabarlari yirik kanallarda paydo bo‘lishni boshladi. Ayni paytda ular reklama platformasining xususiyatlari haqidagi Pavel Durovning postiga yo‘naltirmoqda

Reklama 1K+ obunachiga ega bo‘lgan ommaviy kanallarda ko‘rsatiladi va 160 belgi bilan cheklanadi. Xabarlar ular ko‘rsatiladigan ommaviy kanallar mavzulariga asoslanadi.

Telegram Info tahririyati reklama kanal adminlari tomonidan tasdiqlanmagan holda paydo bo‘lishini va hozirda uni o‘chirib bo‘lmasligini eslatib o‘tadi.

📝 Manba: @tginfo

📌 P.S.: Bunday reklamalar kanaldagi barcha postlarni ko‘rib tushganingizdan so‘ng, kanaldagi eng so‘nggi post bo‘lib ko‘rinib turadi.

Postning ancha payt topda turishi ko‘pchilik kanal adminlarining orzusi bo‘lsa kerak, Durovning kanalida shu bahonada obunachilar soni ancha ko‘payib qoldi!
😉

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija