IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #internet

🎬 Sevimli film yoki seriallaringizga o‘xshashini qanday topish mumkin?

Film va seriallarni janrlari bo‘yicha izlaganimizda — juda kam holatlarda yaxshiroq natijaga erishamiz. Sizga aniq ma’qul keladiganini topish uchun — “MovieMap”dan foydalaning.

Ushbu xizmat sun'iy intellektdan foydalangan holda qiziqishlaringizni baholaydi va sizni qiziqtirishi aniq bo‘lgan filmlarning nomlarini beradi!

Xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Brauzerimizda https://www.movie-map.com/ saytiga murojaat etamiz.

2️⃣. “Type the name of a movie to find it on the map:” bandi ostiga sevimli filmimiz nomini kiritamiz. Buni rus tilida emas, balki ingliz tilida amalga oshirgan ma’qul. Masalan, “Брат 2” emas, balki “Brother 2”.

3️⃣. Qidiruv tugmasiga bosamiz. Nomi kiritilgan film atrofida harakatlanib turuvchi filmlar nomlaridan iborat bulutcha yuzaga keladi. Film nomi qanchalik siznikiga yaqin joylashgan bo‘lsa, uning ma’qul kelish ehtimoli ham yuqori bo‘ladi.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #internet

👨‍🎓Talabalar uchun talabgir qulaylik

💰Endi siz oʻz kontrakt pulingizni elektron tarzda toʻlash imkoniyatiga egasiz.

👨‍💻 Ushbu qulaylik Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan boʻlib, uni “Toʻlovlar” modulidan oson topasiz.

🏢 Yangi toʻlov imkoniyati «Oliy taʼlim muassasalarida davlat taʼlim toʻlovlari» nomi bilan qayd etilgan.

🗓 Xizmat talabgirligini sentyabr oyining oʻzida – 346 mln., 20-oktyabrgacha esa, yaʼni 20 kun ichida 640 mln. soʻm elektron toʻlov amalga oshirilganidan ham bilish mumkin.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havolaga oʻting: https://my.gov.uz/uz/e-pay

📝 Manba: @MyGovUz

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

🔓 Muayyan yacheykalardan himoyani olib tashlash

Agar sizda u-bu kimga foydalanish uchun hujjat yuborish zarurati bo‘lsa-yu, qabul qiluvchi faqat muayyan yacheykalarnigina tahrirlashi mumkin bo‘lishi zarur bo‘lsa, u holda quyidagi tartibga amal qilasiz:

📎 Namuna uchun ushbu faylni ochib, gap nima haqida borayotganini tushunib olishingiz mumkin.

— 1-qadam
Tahrirlash uchun ruxsat berilishi lozim bo‘lgan yacheykalar diapazonini belgilang.

— 2-qadam
Belgilangan diapazon ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing, Формат ячеек → Защита bandlari bo‘ylab o‘ting va Защищаемая ячейка bandidan qushcha belgisini olib tashlang.

— 3-qadam
Istalgan qulay usul yordamida listni himoyalang (masalan, Рецензирование → Защитить лист).

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Excel sahifalari va kitobidan himoyani olib tashlash
Excel dasturida yacheyka uchun maxsus tanlanadigan ro‘yxat yaratish (Создание выпадающих списков)
Microsoft Excelda Автозаполнение yordamida ro‘yxat tuzish va undan foydalanish bo‘yicha
Kerakli listga tezkor o‘tish
Xatoliklarni avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatish
Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

🔤 Belgilararo intervalni sozlash

Xuddi Word'da bo‘lgandagi kabi, PowerPoint'da ham matn belgilari/harflari oralig‘idagi masofa (Межзнаковый интервал)ni sozlash imkoniyati mavjud. Bu probellar yoki boshqa shu kabi hiylalarni qo‘llashga qaraganda matndagi oraliq masofani to‘g‘rilashning ancha to‘g‘ri usulidir. Sozlamalar Шрифт menyusida joylashgan bo‘lib, belgilar/harflar oralig‘ini yaqinroq yoki uzoqroq qilish imkonini beradi.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor

Coca-Cola not found... 🙄

📌 P.S.: Onam singari rasmga qarab tushunmay turganlar uchun ushbu postimiz bilan tanishish maqsadga muvofiq. 😉

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Matnni qanday qilib ikki qismga ajratish mumkin? 🤔

Agar sizga u yoki bu sababga ko‘ra standart matnni ustunlar yordamida ajratish mos kelmasa, u holda quyidagi usulni qo‘llab ko‘rishingiz mumkin:

— 1-qadam
Menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)sida 2 ta ustunga 1 satr ko‘rinishidagi jadvalni yarating..

— 2-qadam
Menyu satrida yuzaga kelgan Конструктор varaqa (вкладка)sida Границы → Нет границ bandini tanlang.

— 3-qadam
Jadvalning har ikki katagiga sizga kerakli bo‘lgan matnni kiriting. Umuman olganda, siz matningizni 2 qismga ajratuvchi ko‘rinmas jadvalni yaratgan bo‘lasiz.

📝 Manba: @hacks_office

📌 P.S.: Ushbu usul davlat idoralarida ikki tashkilot nomlari, rahbarlari va ularning imzo qo‘yishlari uchun joyni keltirishda keng qo‘llaniladi. 😉

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya

Forbes jurnali muqovasidagi Nokia:
“Telefonlar qirolini kim ortda qoldirishni uddalay oladi?“, 2007-yil.

📝 Manba: @SuratlardagiTarix

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #smartfon

🔋 Smartfonimizni yil davomida quvvatlash uchun ketadigan elektr toki xarajati o‘rtacha 3-4 AQSh dollarini tashkil etadi.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #internet #android

🔄 Android'da barcha ilovalarni tezkor yangilash

Ilovalar sozlamalariga telefonning asosiy sozlamalari orqali murojaat etish mumkin, biroq buni, boz ustiga qo‘shimcha funksiyalarni taqdim etuvchi ilovalar do‘koni orqali amalga oshirish ancha qulaydir.

Buning uchun esa quyidagi qadamlar bajariladi:

1️⃣. Google Play Market'ni ishga tushiring;

2️⃣. Menyuni oching (qidiruv satridan o‘ng tomonda joylashgan akkaunt ikonkasi ustiga bosgan holda);

3️⃣. So‘ngra Мои приложения и игры bandini tanlang (ushbu band Управление приложениями и устройствами deb ham nomlanishi mumkin);

4️⃣. Ochilgan bo‘limda (yoki undagi Общие сведения varaqasi tarkibidagi Доступны обновления bandiga o‘tish orqali) smartfoningizga o‘rnatilgan barcha ilovalarni topishingiz va ularni bittalab yoki barchasini birdan yangilashingiz mumkin.

Библиотека quyi bo‘limida (yoki Управление varaqasi tarkibidagi Установлено ro‘yxat elementini Не установлено'ga o‘zgartirish orqali) siz tomondan yuklab olingan, ammo keyinchalik o‘chirib yuborilgan ilovalar ro‘yxatini topishingiz mumkin. Ba’zida bu, o‘chirilgan ilovaning nomini eslay olmaganingizda foydali bo‘lishi mumkin. 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #telegram #game

🏁 Telegram'da bot yordamida mamlakatlar bayroqlarini o‘rganamiz

Угадай флаг! – telegram-boti smartfondan chalg‘imagan holda, mamlakatlar bayroqlarini eslab qolishingizda yordam beradi. Buning uchun bir olam reklamalar bilan keluvchi hech qanday ilovani alohida o‘rnatib o‘tirishishga hojat yo‘q.

Foydalanish uchun havola bo‘ylab o‘tish va botni ishga tushirish yetarli. O‘yin nihoyatda oddiy: 1 bayroq va 4 javob varianti ko‘rsatiladi, ulardan faqat bir donasi to‘g‘ri. Botda “jon”lar mavjud, agar xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, 1 jon olib tashlanadi.

Bunday o‘yinni bir necha marotaba o‘ynab ko‘rish orqali barcha mamlakatlar bayroqlarini bir qarashda farqlaydigan bo‘lib qolasiz. 😉

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #game

🎮 Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz

Internetdan uzilib qolib, malikani ajdarhodan qutqargingiz kelib qolsa — brauzerga o‘rnatiluvchi kengaytma yordamida Super Mario'ni o‘ynashingiz mumkin.

Super Mario Game kengaytmasi — asl o‘yinni o‘z ichiga oladi va Internetsiz ishladi. “Map Select”ga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borgan holda o‘tish uchun o‘yinning istalgan bosqichini tanlashingiz mumkin.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting va kengaytmani o‘rnating.

2️⃣. “Расширения” (🧩) belgisi ustiga bosing va “Super Mario Game”ni tanlang.

O‘yindan bahra oling! 😉

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #bilasizmi #apple #hardware

Apple'ning xalqaro marketing bo‘yicha katta vitse-prezidenti kompaniya nima uchun Touch Bar panelidan voz kechib, funksional klavishlarni qaytarganiga izoh berdi.

Greg Josvikning ta’kidlashicha, professionallarga funksional klavishlarning to‘liq o‘lchamdagi, taktil (teginib) qo‘llash hissiyoti xush kelarkan.

📝 Manba: @tbite

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT'da nima gap? (Javlonbek)
❗️ Microsoft Windows 11'da Android ilovalarini bemalol ishlatishingiz mumkin. Bu funksiya hozircha testdan o'tkazilmoqda.

🌐 Hozircha Android ilovalarini faqat Amazon Appstore'dan o'rnatish mumkin va bu imkoniyat faqat AQSh foydalanuvchilari uchun ekan. Bizgayam kebqolar

🖥 Ilovalar Windows 11 ning barcha versiyalarida ishlashi aytilmoqda.

Kompyuterdan android dasturlarni ochish imkoniyati oldin ham bor edi. Faqat qo'shimcha dasturlar yordamizda NoxPlayer kabi. Lekin yaxshi o'ylashibti.

⚡️ IT'da nima gap?
#operatsion_tizim

Boot Menu'ga qanday o‘tish mumkin? 🤔

Windows'ning 8-versiyasidan boshlab Boot Menu'ga F12, ESC, F11 klavishlaridan biriga oddiy bosish orqali kirib bo‘lmaydi. Dastlab tezkor yuklanish (быстрая загрузка)ni faolsizlantirish talab etiladi.

1️⃣. “Панель управления” (WIN + RcontrolENTER) — “Электропитание”“Действия кнопок питания” bandlari bo‘ylab o‘ting;

2️⃣. Havola ko‘rinishida keltirilgan “Изменение параметров, которые сейчас недоступны” bandi ustiga bosing;

3️⃣. “Включить быстрый запуск” bandidan qushcha belgisini olib tashlang (ya’ni faolsizlantiring).

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🎞 YouTube Vanced – YouTube'ning reklamasiz, videoni fon rejimida ijro etish, qora mavzuli va boshqa imkoniyatlarni taqdim etuvchi Mod'i.

📎 YouTube Vanced v16.29.39 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
NewPipe mobil ilovasi
Snaptube mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi? 🤔

Shunday holatlar bo‘ladiki, Microsoft Office'ning dasturiy paketida standard (qaynoq) klavishlar ishlamaydi.

Ko‘plab foydalanuvchilar hujjatlarini CTRL+S birikmasi yordamida saqlashga, CTRL+C yordamida obyektlarni nusxalashga va CTRL+V orqali joylashtirishga ko‘nikishgan. Tabiiyki, ushbu kombinatsiyalar ishlamasa, bu ishni ancha sekinlashtiradi.

Buni ikki usul yordamida to‘g‘rilash mumkin. Keltirilayotgan maslahatlar Word'ning 2010 va undan keyingi versiyalariga tegishlidir.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤫 Har narsaning iloji bor, hatto eng zamonaviy kasblarni bepul o‘rganishning ham!

Botimizda har bir yo‘nalish hamda unga tegishli sohalar tartiblashtirilgan va topishga oson qilingan. Botdan foydalaning va o‘zingizga kerakli sohani bepul o‘rganing.

Aytgandek, yuqoridagi video ham shu botdagi darsliklar yordamida tayyorlangan 😉

Link 👉: t.me/VideoSaboqBot
#bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar #ict_news

🥇 Ilon Mask endi insoniyat tarixidagi eng boy inson

Hisobotlar va Hertz kompaniyasi tomonidan 100 000 elektromobil uchun olingan rekord buyurtmalar fonida Tesla aksiyalarining 13%-lik o‘sishi tufayli – Tesla va SpaceX asoschisining daromadi rekord darajadagi 41,7 AQSh dollariga ko‘paydi.

Bu Ilon Maskni Forbes'ning butun tarixdagi hisob-kitoblari bo‘yicha eng boy insonga aylantirdi. Bu bilan esa uni chin dildan tabriklaymiz!

📝 Manba: @d_code

📌 P.S.: Hozirda Maskning boyligi 271,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. U o‘zining SpaceX kompaniyasi tufayli dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

Dasturning yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqmagan bo‘lsangiz-u, u bilan ishlashni amallasangiz... 🙄

📝 Manba: @ithumor

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija