IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim #maslahat

🗂 Рабочий стол'imizda 5 daqiqada shaffof (ko‘rinmaydigan) papka yaratamiz

Agar ushbu maqolamizga muvofiq Рабочий стол (Ishchi stol)ingizdagi ma’lumotlarni D diskida saqlanadigan qilib sozlab olgan bo‘lsangiz, endi unda ma’lumotlarni qo‘rqmasdan saqlayversangiz bo‘ladi.

Tizim ma’lum sabablarga ko‘ra buzilib qolib, ishga tushmay qolgan taqdirda ham siz C diskini formatlab, unga yangi tizimni o‘rnatasiz, D diskidagi ma’lumotlaringiz esa saqlanib qoladi! (bu ham sizning ehtiyotkorligingizga boq‘liq, albatta!) 😉

Endi Ishchi stolida doimiy qo‘llab keladigan fayllaringizni shaffof (ko‘rinmaydigan) papkada saqlasangiz ham bo‘ladi, buni amalga oshirish qadamlari bilan tanishamiz:

1️⃣. Shaffof ikonkani yuklab olamiz.

2️⃣. Ishchi stolida yaratilgan (CTRL + SHIFT + N) papkani ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyu ostidagi “Свойства” bandini tanlaymiz.

3️⃣. Ochilgan muloqot oynasida papkaning nomini belgilab, ALT klavishini bosib turgan holda klaviaturaning raqamli blokida 255'ni kiritish orqali ko‘rinmas probelni hosil qilamiz va barmog‘imizni ALT klavishidan olamiz.

4️⃣. Ushbu oynaning o‘zida “Настройка” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz → oyna ostidagi “Сменить значок” tugmasiga bosamiz → oynaning yuqori o‘ng burchagidagi “Обзор” tugmasiga bosamiz → yuklab olingan ikonka joylashgan manzilni ko‘rsatamiz.

📎 Tayyor! Endi papkaning rasmi (ikonkasi) shaffof bo‘ladi va uni hech kim ko‘rmaydi! Biroq shuni inobatga olish lozimki: Ishchi stolidagi barcha elementlar belgilanganida (CTRL + A) papka sezilib qolishi mumkin.

Mayli, hechqisi yo‘q, hech bo‘lmaganda sizni “xaker” deb hisoblab, “Buni qanday qilding?” deb qiziquvchilar ortadi! 😉

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Botimiz sizga maq'ul kelayotgan bo'lsa, do'stlaringizga ham tavsiya qilishingizni so'rab qolardik.

😊Ko'p sonli film va kitoblar albatta sizga til o'rganishda katta yordam beradi degan umiddamiz...

@megadokbot @megadokbot
#mulohaza_uchun

💡 O‘ZIGA ISHONCH – MO‘JIZAKOR KUCH! (2-qism)

Ushbu maqolaning 1-qismi

Boshqalarga yordam bering.

Hayotda kuchli bo‘lish va o‘ziga ishonishning yaxshi yo‘llaridan biri – boshqalarga yordam berish. Bu orqali biz o‘zimizning kuchli jihatimizni his qilamiz.

O‘zingizdagi ojiz nuqtaga tikilavermasdan, odamlarga kuchli jihatlaringizdan saboq bering. Ana shu jarayotda o‘zingizga bo‘lgan ishonch oshib boradi.

O‘zingizni asrang.

O‘z-o‘zini asrash, bu xudbinlik emas. O‘ziga ishonch aslida yaxshi jismoniy holat hamda hissiy salomatlikning uyg‘unligi. Mashq qiling, yaxshi va sog‘lom ovqatlaning, o‘z vaqtida dam oling.

Shu bilan birga, kiyinishga ham e’tiborli bo‘ling. Odam nafaqat odobi, balki kiyimi bilan ham ko‘rkam. Qolaversa, soch turmagi, tozalik, tish-tirnoq holati ham nazoratda bo‘lsin.

O‘zingizni munosib ko‘ring.

O‘ziga ishonchi past odamlarning katta xatolaridan biri – boshqalarni yoki raqiblarini o‘zlaridan ustun va biror nimaga munosib ko‘rishlaridir. O‘zingizga ularning sizdan ustun jihati yo‘qligiga ishontiring.

Muvaffaqiyatlarni eslang.

Ko‘pchilik muammo va tashvishlar girdobida o‘tmishdagi imkoniyatlarini unutib qo‘yadi. Maktab yoki kollejdagi g‘oliblik onlari, universitetdagi zafarlarni yodga oling. Kichik bo‘lsa ham, muvaffaqiyatlardan kuch oling. Hayotingizning ijobiy lahzalarini unutmang.

Kelajagingiz to‘g‘risida o‘ylang.

Hayotdan nimani talab qilyabsiz? Bu savolga javob topish uchun qulay fursat toping. Hayotingizni boshqalar uchun yashamang va quvvatingizni, vaqtingizni ana shu javob uchun sarf qiling. Kuch-quvvatingizni odamlar fikrini o‘zgartirishga behuda sarf qilmang.

“Bu ishni qanday qilib uddalasam ekan-a?” deyish o‘rniga “Bu ishni uddalash faqat mening qo‘limdan keladi”, deyishga odatlaning.

G‘oliblar bilan suhbatda bo‘ling.

Muvaffaqiyatli insonlar bilan suhbatda bo‘lar ekansiz, ular ham aslida siz kabi oddiy odamlar ekaniga ishonasiz. Ana shu ishonch maqsadga erishishga yordam beradi. Ayniqsa, bunday odamlar g‘alabaga qadar boshlaridan kechirgan muammo va qiyinchiliklarni hikoya qilar ekanlar, sizga bitmas-tuganmas ilhom bahsh qiladilar.

XULOSA

Bu dunyoda ko‘pchiligimizni eng ko‘p mag‘lub qiladigan dushman, bu – ichimizdagi qo‘rquv. G‘oliblarda ham qo‘rquv bo‘ladi. G‘oliblarda ham shubha-shumon bo‘ladi. Ular ham tashvishga tushadilar. Faqat g‘oliblar bu hislar ularni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Ishonchning mo‘jizaga aylanishi uchun his-tuyg‘uning o‘zi yetarli emas. Yuqoridagi jihatlar sizni harakatga boshlasagina, ishonch mo‘jizaviy kuchga aylanadi.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #hardware

Barchani yangi haftaning boshlanishi bilan qutlagan holda, hayotimizni yengillashtirishi mumkin bo‘lgan, biroq har doim ham buni uddasidan chiqa olmaydigan robodevayslar to‘plamini taqdim etamiz... 🙄

📝 Manba: @DeepFaker

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #internet

Google har daqiqada 5,7 mln qidiruv so‘rovlarini qabul qiladi

Amerikaning Domo kompaniyasi foydalanuvchilar tomonidan Internetda bir daqiqada qancha ma’lumot shakllantirilishini hisoblab chiqdi.

Masalan, Amazon mijozlari har daqiqada 283 ming AQSh dollari sarflaydi, Twitter'da 575 mingta post paydo bo‘ladi, Facebook foydalanuvchilari 240 ming, Instagram foydalanuvchilari esa – 65 mingta fotosurat joylashtiradi. Qolgan Internet xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlar yuqoridagi rasmda keltirilgan👆🏻.

📝 Manba: @concertzaal

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🖱 Windows 10'da sichqoncha kursori ko‘rinishini o‘zgartirish

An’anaviy sichqoncha kursori bilan doimiy foydalanib zerikdingizmi? Tizimda qoida bo‘yicha o‘rnatilganidan tashqari yana ko‘plab boshqa kursorlar to‘plamlari mavjud. Agar ushbu to‘plamlar ham sizni qoniqtirmasa, unda Internetdan yuklab olish mumkin bo‘lgan to‘plamlarga yuzlanamiz.

1️⃣. WIN + Rcontrol mouseENTER ketma-ketligi bo‘yicha o‘tib, “Мышь” muloqot oynasini ekranga chaqiring, Ochilgan oynada “Указатели” varaqa (вкладка)sini tanlang.

2️⃣. “Схема” bo‘limida o‘z kursoringiz uchun tizim sxemalaridan birini tanlashingiz mumkin. P.S.: ularning barchasi istalgani kabi chiroyli bo‘lib tuyulmasligi mumkin.

3️⃣. Ushbu yoki boshqa biror manzildan ma’qul kelgan kursorlar to‘plam(lar)ini yuklab olishingiz mumkin. Bunday to‘plamlarning qariyb barchasida “install.inf” fayli bo‘ladi — ushbu fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va “Установить”ni tanlaymiz.

⚠️ Agar yuqorida keltirilgan saytni brauzeringizda yuklab, muayyan bir kursor to‘plami nomi ustiga bosib, keyingi ochiluvchi sahifada u bilan tanishib, yuklab olishga qaror qilsangiz, buni pastda binafsha rangdagi Начать скачивание yoki o‘ng tomondagi yashil Скачать tugmasi orqali emas, balki pastki o‘ng burchakdagi Скачать с сервера tugmasi yordamida yuklab olishni tavsiya etamiz. Qolgan ikki tugma shunchaki reklama maqsadida joylashtirilgan.

4️⃣. Kursor parametrlari oynasiga qaytamiz, ma’qul kelgan mavzuni tanlaymiz va undan ham zeriktirguniga qadar foydalanamiz. Istalgan vaqtda xuddi shu sozlamalar bo‘limiga o‘tib, yana tizim kursorini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish
Windows 10’da sichqonchaning chap va o‘ng tugmalari o‘rnini reyestr orqali almashtirish
Sichqonchani avtomatik ravishda qoida bo‘yicha bosiluvchi tugmaga o‘tadigan qilib sozlash
Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish
Windows 10'da bir nechta oynalar bilan ishlash
Windows 10'da “Проводник” dasturini qayta ishga tushirish
CTRL klavishi yordamisiz giperhavola bo‘yicha o‘tish
Butun abzatsni belgilashning uch oddiy usuli
Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
Birinchi sharikchali sichqoncha
Soyuz davrida ishlab chiqarilgan sichqoncha
O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar

Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi ☝🏻

Hindistondagi kambag‘al bir oilada tug‘ilgan Sundar Pichai hozir dunyodagi eng yirik va ilg‘or texnologik kompaniyalardan bo‘lgan Google ijrochi direktori lavozimida ishlamoqda. Uning bu muvaffaqiyatga erishish yo‘li haqida alohida maqola e’lon qilingan.

Inc.com nashri yozishicha, Pichai o‘zining hayot yo‘liga nazar solib, kishining hayotda yuksak yutuqlarga erishishida kerak bo‘lgan ikkita asosiy tamoyilni aytgan. Unga ko‘ra, bular – “qattiq qiziqish va obyektivlik” ekan.

Sundar Pichaining o‘zi aytishicha, to o‘n yoshga to‘lgunicha ularning uyida telefon ham bo‘lmagan. U o‘z yurtida bakalavr diplomiga ega bo‘lgach, AQShga yo‘l olgan – Stenford universitetida va Uorton biznes maktabida davom ettirgan. Bu esa unga o‘zi qiziqqan ish – kompyuterdan bemalol foydalanish imkonini bergan.

Google ijrochi direktorining ta’kidlashicha, kishi birinchi navbatda o‘zi nimaga kuchli qiziqishiga aniqlik kiritib olishi lozim. Shaxsan o‘zi uchun texnologiyalar eng qiziqarli soha ekanligiga amin bo‘lgach, u shu yo‘nalishga obyektiv tarzda intilgan. Ya’ni, texnologiyalar bo‘yicha qayerda yuqori muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini aniqlab, vaziyatga real ko‘z bilan qarab, maqsad sari intilgan. Natijani esa hozir butun dunyo biladi – qashshoq xonadondan chiqqan hind hozir qidiruv giganti direktori sifatida faoliyat yuritmoqda.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Stiv Jobs va “Pixar” animatsion kompaniyasi
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
Telegram asoschisi Pavel Durov pul va boylik xususida

👨🏻‍💻@itspecuz
🔥1
#ict_news #hardware #apple

🎧 Apple AirPods simsiz quloqchinlarining 3-avlodini taqdimot qildi

• Endi quloqchinlarning oyoqchasi AirPods Pro'dagi singari kaltaroq bo‘ladi, faqat silikonli qo‘shimcha ulamalari bo‘lmaydi;
• Yangi mahsulot “keng qamrovli audio” va Dolby Atmos hajmdor tovushini qo‘llab-quvvatlaydi;
• Avvalgi avlod quloqchinlariga nisbatan yangilari quvvatlash zaruratisiz 20% ko‘proq vaqt ishlab bera oladi;
• Narxi — 170 AQSh dollari.

📝 Manba: @NovostiUZ

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥1
#ict_news #hardware #apple

💻 Apple yangi M1 PRO protsessori bilan jihozlangan yangi avloddagi MacBook Pro'ni taqdim etdi

• Yon ramkalari 24%ga, yuqoridagisi 60%ga kichikroq;
• Ramkalarning kichrayichi hisobiga yuqorida “qoshcha” paydo bo‘ldi;
• 1080p kengaytmali FaceTime kamerasi;
• Ekran uchun uzoq kutilgan 120Hz;
• Touch Bar olib tashlangan (press F);
• Ovoz bo‘yicha 80%ga ko‘proq bas + Dolby Atmos;
• Narxi 14 va 16 dyuymli ekranlar uchun mos tarzda 1999-2499/2499-3499 AQSh dollarini tashkil etadi.

📝 Manba: @tbite

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#bilasizmi #ict_news #game

🎮 Rossiyaning “Team Spirit” jamoasi “Dota 2” bo‘yicha “The International 2021” jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi va 18 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘ni qo‘lga kiritdi

🥇 Xitoylik geymerlarning “PSJ.LGD” jamoasi bilan kechgan final bahsi 3:2 hisobi bilan yakunlandi. Bu TI tarixidagi shunday hisob bilan yakunlangan uchinchi finaldir.

💰 Har bir jamoa a’zosi 3,6 mln AQSh dollaridan pul mukofotiga ega bo‘ldi.

📝 Manba: Championat.com

📌 P.S.: O‘yin o‘ynashga qiziqasiz va bunda omadlimisiz, mana sizga motivatsiya, kibersport ham sport turlaridan biri sanaladi, vaqtingizni bekor ketkazmasdan hududingizdagi IT-park filiallariga bu borada murojaat etib ko‘ring, balki biror jamoa shakllanayotgandir! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija