IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #telegram

🔤 Ustidan chiziq tortilgan matn (зачёркнутый/перечёркнутый текст)

Savol: Matn ustidan chiziq qanday tortiladi? Tushuncha berib o‘tsangiz, oldindan rahmat!

🗣 Savolga javob

Matnning har qanday formatlanishi, shu qatorda ustidan chizilgan matn ham – matn fragmentini belgilash va maxsus menyuni chaqirish yordamida amalga oshiriladi.

1. Matnni kiritamiz.
2. Kiritilgan matnning kerakli qismini formatlash uchun belgilaymiz.
3. Menyusi ekranga chaqiramiz va kerakli formatni tanlaymiz.

MENYU QANDAY CHAQIRILADI? 🤔

Telegram Desktop'da belgilangan matn ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz (Форматирование bandining yon tomonida qo‘shimcha ochiluvchi ro‘yxatdan Зачёркнутый (CTRL + SHIFT + X) bandi tanlanadi.

Mobil ilovada vertikal UCH NUQTA ustiga bosiladi (va Зачёркнутый bandi tanlanadi).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet

🔄 “Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)

Microsoft ishlab chiqaruvchilari protsessor modeli va TPM 2.0 moduli (kompyuteringiz hech bo‘lmaganda TPM 1.2 versiyasini qo‘llab-quvvatlashi kerak) tekshiruvini qanday o‘chirib qo‘yish ko‘rsatmasi bilan bo‘lishdilar. Bu uchun esa reyestrga bir dona parametrni qo‘shish kifoyadir.

Biroq, reyestrni tahrirlash va Windows 11'ni “eskirgan” qurilmaga o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha risklar haqida dastlab o‘ylab olishingiz lozim.

Agar shunda ham davom etishga qaror qilsangiz:

1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasi orqali “Выполнить” oynasini ekranga chaqirib, unga regedit'ni kiriting va ENTER'ni bosgan holda “Редактор реестра”ni ishga tushiring.

2️⃣. Oynaning chap tarafidagi kichikroq panelda HKEY_LOCAL_machine\system\Setup\MoSetup bo‘limiga o‘ting.

3️⃣. Oynaning o‘ng tomondagi katta panelida bo‘sh soha ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosgan holda “AllowUpgradesWithUnsupportedTPMOrCPU” nomli “DWORD (32-bit)” parametrini yarating va unga 1 qiymatini bering.

Endi ShK'ga Windows 11'ni o‘rnatishda davom etishingiz mumkin.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 11 Compatibility Checker dasturi
Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Qanchalik xursandligimni so'z bilan ifodalab bera olmayman... 😄

㊙️ Kecha Microsoft o'zining Azure platformasidagi Translator (tarjimon) xizmatiga yana 12 ta til (ular orasida o'zbek tili ham bor) qo'shilganligini va bu bilan 100 dan ortiq tillarga xizmat ko'rsatayotganini aytdi.

— Skrinshot suratni ana shu yangilik haqida xabar berayotgan Microsoft blogidan oldim. Undagi rasmdagi ikki choy ichib o'tirgan otaxonlarni ko'rishingiz mumkin va bu surat ostiga shunday yozilgan:

"O'zbekistonning rasmiy tili bo'lgan o'zbek tili tarjimonda mavjud bo'lgan o'nlab til va shevalardan biridir. Bu rasmda ikki kishi O'zbekistonning Farg'ona viloyatida joylashgan choyxonada choy ichishadi. Fotosurat Getty Images tomonidan berilgan."

— Avvalo o'zbek bo'lganim uchun va shuningdek, o'zim ham Farg'onadan bo'lganim uchunmi suratni ko'rib, qandaydir ta'riflab bo'lmas xursandchilik tuyg'usini his qildim... Albatta, bu kichik narsa, oddiygina surat, lekin quvondim, maza qildim...

©️ @kompyuter_bilimlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🛣 Shvetsiyadagi “sun’iy do‘nglik”lar (“Лежачие полицейские”)

“Sun’iy do‘nglik” – tormozni bosish uchun ortiq sabab emas. Ushbu tizim e’tiborsiz shovvozlarni “jazolaydi” va tezlikka rioya etganlarning podveskasini buzmaydi. Datchiklar qoidabuzarlikni aniqlaganida metall plastina tushiriladi.

Tezlik cheklovi maxsus ilova yordamida sozlanadi. Moslama Shvetsiyada muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda. Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, qoidabuzarliklarning soni 8 foizga kamaydi, yonilg‘i tejami esa ortdi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🔤 Matnni alifbo tartibida saralash

Faraz qiling, sizda familiya, ism va shariflardan iborat ro‘yxat mavjud, ushbu ro‘yxat boshida avtomatik raqamlashni qo‘llashdan oldin esa bir muammoga mavjud, bu esa aynan familiyalarning alifbo tartibida joylashmaganidir. Xo‘sh, ushbu vaziyatda nima qilish mumkin? 🤔

Abzats yoki sarlavhalarni alifbo tartibida saralash uchun menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Абзац bo‘limida joylashgan Сортировка bandini tanlang.

Yuzaga kelgan oynada saralash abzatslar yoki sarlavhalar bo‘yicha bo‘lishini ko‘rsatib o‘ting. Shundan so‘ng По возрастанию (o‘sib borish tartibida) bandini tanlang va OK'ni bosing.

Matnni teskari, ya’ni Z dan A gacha tartibida saralash uchun yuqoridagi menyuning o‘zida По убыванию (kamayib borish tartibida) bandini tanlashingiz mumkin.

📝 Manba: @hacks_office

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #IT_humor

Sizning ham ishchi stolingizda nojo‘ya harakatlar tufayli yuqoridagi kabi holat kuzatilib turadimi? 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT Masters
Bunisi "parot" qilmaydi 😁

Instagram, Likee va TikTok ijtimoiy tarmoqlaridan videoingizni yuklab olishda turli telegram botlarini ishlatib ko'rdingiz, ammo kuni kelib ular ham ishlamay qoldi 🤭

Shunda "endi nima qilaman" deb o'ylanmangda, videolaringizni @MediaYuklaBot-dan osongina yuklab oling. Hechqanday kanalga a'zolik so'ralmaydi, sodda va qulay interfeysli bot.

Botga o'tish: 👉@MediaYuklaBot
#smartfon #android

🎼 SoundHound — musiqalarni izlash va ular haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun qulay mobil ilova. Android 5.0+. To‘liq versiya.

📎 SoundHound v9.8 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

Telegram'da yangi interfaol emodzilarni qarshi oling: 💸 👎 😂 🤮

Animatsiyani qo‘llab ko‘rish uchun emodzini alohida xabar ko‘rinishida yuborib, so‘ngra ustiga bosish talab etiladi.

📝 Manba: @vamtlgrm

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 01 | 02 | 03 | 04 | 05 | 06 | 07 | 08 | 09 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Informatika va AT
Kids video.apk
8.8 MB
#DIQQAT #TARQATING
#KELAJAK_UCHUN

O'zbekistonda 90 foizdan ortiq aholisi musulmon bo'lganligi hamda farzandlarimizning nojo'ya axborot va ma'lumotlardan himoyalash maqsadida KIDS VIDEO ilovasini taqdim etamiz.

Kids video ilovamiz maktabgacha ta'lim, o'rta ta'limda o'qiyotgan farzandlarimiz uchun mo'ljallangan bo'lib, ushbu ilova dunyoning 40 dan ortiq davlatida faol foydalanilmoqda.

Kids video ilovamizga har kuni saralangan va bola ruhiyatini ko'taruvchi multifilmlar, kinofilmlar, barcha sohalarda ta'lim beradigan video materiallar, boshqotirmalar, o'yinlar, qo'shiqlar va har xil turdagi foydali ma'lumotlar joylashtirilib boriladi.

🧒👧Bonus xabar: Humans sim kartalarida pul bo'lmasa ham ilovadan foydalanishda davom eting.

📵🔞Farzandlarimizni youtube, tiktok, instagram va boshqa sharmandali tarmoqlardan asrang. Kids videoni yuklab oling, farzandingizni xursand qiling

📲 Telegramdan yuklash

📲 Play marketdan yuklash
#test #hardware

Kompyuterning keysiga mahkamlanuvchi eng katta detal — Asosiy plata (Motherboard, Материнская плата)ni insonning qaysi ichki organi bilan qiyoslash mumkin?
Anonymous Poll
45%
Miyasi
30%
Yuragi
7%
Jigari
18%
Umurtqasi
#mulohaza_uchun #maslahat

👁 14-oktabr – Butunjahon ko‘rish qobiliyati kuni

Shunday ekan, aziz obunachilarimiz bilan kanalimizda salomatlikka oid tavsiyalar berib o‘tilgan postlarimiz ro‘yxati bilan bo‘lishishni joiz deb topdik:

Kompyuter va salomatlik
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari
Kompyuter qarshisida qanday o‘tirish kerak?
Kompyuter qarshisida to‘g‘ri o‘tirish qoidasi
Kompyuter bilan ishlash jarayonida toliqmasligimiz uchun foydali maslahatlar ulashuvchi qisqa videorolik
Smartfon bilan ishlashda bo‘yinga tushadigan yuk
Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar
Daltonik bola umrida birinchi bor ranglarni ajrata olgan vaziyat
“Kompyuter ko‘rish sindromi” nima va undan qanday himoyalanish mumkin?
Shaxsiy kompyuter yoki smartfon bilan ishlashda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun maxsus xizmat
Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
Kompyuterdan uzoq vaqt foydalanish qo‘l sog‘lig‘iga qanday ta’sir qiladi?
Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
Shifokor ko‘rish qobiliyatini yaxshilash bo‘yicha muhim ma’lumotlarni oshkor qildi
Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari
Kuniga yangi narsa o‘rganish miyani sog‘lomlashtirib, aqlliroq qiladi
Miya aqliy mehnatdan charchamaydi
Miya uchun eng zararli mahsulotlar sanab oʻtildi
Yaponiyalik olimlar miyaning faolroq ishlashiga yordam beruvchi samarali usulni aniqladilar
Yaxshi uyqu uchun tavsiyalar
Tibbiy ta’limning 3D-kelajagi (video)
Salomatlik uchun 18 foydali maslahat
Gigiyenadagi xatolar. Shifokorlar jim
Sog‘lom turmush tarzining olti muhim sharti. Ular nimalardan iborat?
Suv ozishga yordam beradimi?
Inson xotirasi uchun joy yetmay qolishi mumkinmi?
G‘aroyib harorat o‘lchagich
Robototexnikaning rivoji jarrohlikni yangi darajaga olib chiqmoqda
Kompyuterda ishlashda deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan 8 xato
Quloqchinlarni qanday tozalash mumkin?
Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

Dasturning matnli yoki video ko‘rsatmalariga amal qilmay ko‘r-ko‘rona foydalanganingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
#operatsion_tizim

📂 Papkani alohida oynada ochish

Tizimning Проводник dasturi orqali odatda biror papkaga murojaat etganimizda, u bir oyna doirasida ketma-ket ochiladi. Sozlamalarda har bir papka alohida oynalarda ochilishi usulini tanlashimiz mumkin.

Buning uchun Проводник dasturi oynasining Вид menyusidagi Параметры tugmasini bosing. Общие varaqa (вкладка)sida Открывать каждую папку в отдельном окне bandini faollashtiring.

Biroq shunday vaziyatlar bo‘ladiki, qoida bo‘yicha, ya’ni papkalar bir oyna doirasida ochiladigan hоlatda, papkalarni, masalan, ulardagi fayllar bilan ishlash maqsadida turli oynalarda ochishga to‘g‘ri kelib qoladi. Buning uchun ishchi stolidagi Этот компьютер belgisi (yoki WIN + E) orqali Проводник oynasini qayta-qayta ishga tushirish va yo‘nalish bo‘ylab o‘tib ovora bo‘lish shart emas.

Agar muayyan papkani yangi oynada ochishga zarurat paydo bo‘lsa, uning ustiga (odatdagidek) ikki marta bosish oldidan CTRL klavishini bosib turing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#software #operatsion_tizim #maslahat

easyQuizzy dasturi haqida 🔠

easyQuizzy
bilimlarni nazorat qilish uchun elektron vositalar, ya’ni kompyuter testlarini yaratish dasturi hisoblanadi.

Dastur pedagoglar uchun o‘quvchilarning bilimini nazorat qilishni ancha osonlashtiradi va ishlarni tekshirishda ularning vaqtini tejaydi, bu kiritilgan parametrlarga muvofiq bahoning avtomatik chiqarilishi hisobiga amalga oshiriladi.

easyQuizzy dasturining (aktivatori bilan birga) arxivga joylangan faylini yuklab olishingiz mumkin, eng qizig‘i esa, uning sozlamalari tarkibida o‘zbek tiliga o‘tkazish imkoniyatining mavjudligidir. Dastur birinchi navbatda ta’lim sohasi ishchilariga mo‘ljallangan. U juda qisqa vaqt ichida har xil darajadagi bilimlarni nazorat qilish vositalarini ishlab chiqish imkonini beradi.

👉🏻 Batafsil...

📎 easyQuizzy 2.0 Build 442 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi kompyuter dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tilini o‘zlashtirish uchun foydali dasturlar, mobil ilovalar va tavsiyalar jamlanmasi
Соло на клавиатуре dasturi
CyberShredder dasturi
Internet Download Manager dasturi
Punto Switcher dasturi
Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida
USB Safely Remove dasturi
Savodxon dasturi haqida
Papkaga parol o‘rnatish uchun Encrypto dasturi
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz
#internet

🐌 Brauzerda videoning qotib ishlashi

Ba’zida ayrim foydalanuvchilar brauzerda, masalan, YouTube'da ijro etilayotgan videoning qotishni boshlashi bilan bog‘liq muammoga duch kelishlari mumkin. Eng qizig‘i, ushbu vaziyatda Internet bilan bog‘liq hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Brauzerdagi apparat tezlashuvining qoida bo‘yicha faollashtirilgani bunga asosiy sababchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu opsiyani faolsizlantirib, videoning ijro etilishini qayta sinashga urinib ko‘ring.

Chrome brauzerining o‘ng yuqori burchakdagi ochiluvchi menyusidan Настройки bandiga o‘ting. Sahifa bo‘ylab pastga qarab tushing yoki oynaning chapki panelida Дополнительные'ni ustiga bosish orqali qo‘shimcha bandlarni oching va Система bo‘limida Использовать аппаратное ускорение (при наличии) bandini faolsizlantiring.

Edge brauzeri uchun klaviaturada WIN + R birikmasi orqali Выполнить oynasini ekranga chaqirib, u orqali inetcpl.cpl buyrug‘ini ishga tushiring. Дополнительно varaqa (вкладка)siga o‘ting va ro‘yxatning eng oxirida Использовать программную отрисовку вместо графического процессора bandini faolsizlantiring.

Яндекс.Браузер'da browser://flags/#disable-accelerated-video-decode manzili bo‘ylab o‘ting va sariq rang bilan yoritilgan funksiyani o‘chiring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma
Youtube.com saytidan videoni yuklab olish
YouTube'da videoni kerakli joyidan ko‘rsatish
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi?
720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
YouTube qaynoq klavishlari
YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin?
Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi?
Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis
Google siz haqingizda nimalarni biladi?
Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
Filmdan parchani topish va yuklab olish
Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?
Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
NewPipe mobil ilovasi
Snaptube mobil ilovasi
Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
"Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#telegram #maslahat

Telegram'ning kompyuter uchun talqini – Telegram Desktop'da barcha yozishmalarni yoki kanaldagi ma’lumotlarni eksport qilib o‘z xotirangizga saqlab qo‘yishingiz mumkin.

Bu usul judayam foydali bo‘lib, shaxsiy chat, guruh yoki kanal profilidagi vertikal uch nuqta bosilganida ochiluvchi menyuning Экспорт истории чата / канала bo‘limini tanlaganingizdan so‘ng, yozishmalaringiz yoki kanal ma’lumotlari orasidan aynan nimani olib qolishingizni ham tanlab qo‘yishingiz mumkin.

Misol uchun: foto, video yozuvlar, ovozli xabarlar, video xabarlar, stikerlar, GIF'lar va fayllar. Fayllar uchun chegaraviy hajmni o‘rnatish imkoniyati mavjud.

Saqlangan fayl .HTML formatida bo‘lib, uni ixtiyoriy brauzer orqali ochishingiz mumkin. Qolgan fayllar esa alohida papkalarga tushadi.

 Albatta sinab ko‘ring va do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

📝 Manba: @Kompyuterlar_Uz

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postimiz bilan tanishing.

👨🏻‍💻@itspecuz
#ict_news #mulohaza_uchun #texnologiya #hardware #iPhone

⚡️ Yarimo‘tkazgichlar tanqisligi chiplardan foydalanuvchi barcha sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda

Aftidan yarimo‘tkazgichlar inqirozi 2022 yilda ham davom etadi. Bozordagi yetakchi korxonalar hamon chiplar yetishmasligini bashorat qilishmoqda va prognozlar faqat salbiy tomonga o‘zgarmoqda. Pandemiya boshlanganidan buyon elektronika mahsulotlariga bo‘lgan talab oshdi, koronavirus cheklovlari tufayli esa yetkazib berish ancha sekinlashdi.

Ishlab chiqaruvchilar talablarni deyarli qondira olishmayapti. Asosiy muammolardan biri Tayvanning TSMC zavodlarida yuz bergan. Kompaniya bir vaqtning o‘zida bir nechta texnologik gigantlarga xizmat ko‘rsatadi: Apple, Qualcomm, Nvidia va AMD. iPhone Broadcom uchun Wi-Fi va Bluetooth-modemlarini ishlab chiqaruvchisi ham ushbu ro‘yxatda, chunki kompaniyaning o‘z zavodlari yo‘q.

📉 Natijada, Apple iPhone 13 ishlab chiqarishni 11 foizga qisqartirmoqda. Agar kompaniya Yangi yil bayramigacha yetkazib berishni tartibga solishga ulgurmasa, bu moliyaviy hisobotlarga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.

📝 Manba: @davletovuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#grafika #dizayn #rasm_bilan_ishlash

Tajribali admin, frilanser va IT tadbirkor Abdusattor Abdurahimovdan o‘zbek tilidagi eng sara YouTube-kanallari ro‘yxati:
Sardor Qodirov
Socially Design Academy
Dizayn va Grafika
Grafik Dizayn
Sanjar Maqsadov

Qiziqsangiz va ustingizda ishlasangiz albatta natija bo‘ladi!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #internet

🔍 Google qidiruv tizimi so‘rov natijalari uchun cheksiz tasmani ishga tushirdi

Bu esa SEO-mutaxassislarining qidiruv trafigida ishtirok etish imkoniyati oshganligidan darak beradi. 😉

Bu uchun Google jamoasiga qarsaklar! 👏

📌 P.S.: Ushbu o‘zgartirish hozircha faqat AQShda amal qilmoqda.

ℹ️
Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija