IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #telegram

🆕 Telegram'da homiylik xabarlari (Спонсируемые сообщения)

Telegram-kanallari administratorlari hamjamiyatlarida homiylik xabarlarini ko‘rsatishni sinovdan o‘tkazish boshlanganligi haqida faol muhokamalar ketmoqda.

Hozircha bu borada nima ma’lum?

Boshqa ilovalardan farqli o‘laroq, Telegram reklamani target qilish uchun sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanmaydi. Telegram'dagi reklama xabarlari faqat ular ko‘rsatilgan ommaviy kanallarning mavzusiga bog‘liq. Bu shuni anglatadiki, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari reklamalarni ko‘rsatish uchun yig‘ilmaydi va tahlil qilinmaydi, Telegram'da ma’lum bir kanalni kuzatayotgan har bir foydalanuvchi bir xil reklamalarni ko‘radi.

Boshqa ilovalardan farqli o‘laroq, Telegram sizning reklama xabari orqali o‘tganingizni kuzatmaydi va sizning harakatingizga asoslanib “maxsus dosyeni” shakllantirmaydi. Shuningdek biz uchinchi tomon kuzatuvchilarining foydalanuvchilarimizga josuslik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun reklama xabarlarida tashqi havolalardan foydalanishni taqiqladik. Bizning fikrimizcha, har bir inson shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga ega va texnologik platformalar buni hurmat qilishi shart.

Telegram yuz millionlab foydalanuvchilarga bepul va cheksiz xizmatlarni taqdim etadi, bu esa apparat va Data-markazlarining ta’minoti uchun katta xarajatlarini talab qiladi. Mustaqil bo‘lib qolish va o‘z qadriyatlariga sodiq qolish uchun Telegram o‘z foydalanuvchilari maxfiyligini hisobga olgan holda kanallar va xabarlarni targ‘ib qilish uchun pulli vositani ishlab chiqdi.

Reklama/homiylik xabarlari hozirda sinov rejimida ishlamoqda. Ular to‘liq formatda ishga tushib, Telegram'ga asosiy xarajatlarini qoplashga imkon berishi bilan, biz reklama xabarlari chiqarilayotgan ommaviy kanallar egalari bilan reklama daromadlarini bo‘lishishni boshlaymiz.

Internetdagi reklamani foydalanuvchilar maxfiyligini buzishga sinonim bo‘lishini to‘xtatish kerak. Keling, texnologik kompaniyalarning ishlashini birgalikda o‘zgartiramiz.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #IT_humor

Foydalanuvchilar haqida dasturchining hayoliga boshqa narsa kelmasa kerak-a... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

⚙️ “Этот компьютер” papkasiga “Панель управления” belgisini qo‘shamiz

"Этот компьютер" papkasiga "Панель управления" (Boshqaruv paneli)ni ishga tushiruvchi belgini qo‘shish uchun, quyidagi tarkib bilan reyestr faylini yarating va ishga tushiring:

Windows Registry Editor Version 5.00
[HKEY_CLASSES_ROOT\\CLSID\\{5399E694-6CE5-4D6C-8FCE-1D8870FDCBA0}]
"DescriptionID"=dword:00000003
[HKEY_LOCAL_MACHINE\\SOFTWARE\\Microsoft\\Windows\\CurrentVersion\\Explorer\\MyComputer\
ameSpace\\{5399E694-6CE5-4D6C-8FCE-1D8870FDCBA0}]

❗️Reyestr fayli oddiy Блокнот dasturi yordamida yaratiladi, dasturni ishga tushirasiz, yuqoridagi Mono uslubida keltirilgan matnni butunlay nusxalab olib (Copy), dastur oynasiga joylashtirasiz (Paste). Faylni saqlashda Control Panel.reg nomini berasiz (qanday nomlanishi muhim emas, lekin .reg kengaytmasi bo‘lishi shart!). So‘ngra faylni saqlangan joyidan topib, ikki marta bosib ishga tushirasiz.

Tayyor, endi sizning ham "Этот компьютер" oynangizda Boshqaruv paneli bor!

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Mundarija kanalimizning kichik mundarijasi:

🆕 Windows 10 yangiliklari: link

🖼 Ish stolingiz uchun fonlar: link

🛡 Xavfsizlik: link

🤖 Botlar: link

🌐 Saytlar: link

🎮 O'yinga oid: link

🧑‍💻 Windows 10 darslari: link

💻 Programmalar: link

💎 Qiziqarli va foydali postlar: link

🖥 Windows 11: link
#word

🔤 Hujjatga noyob simvol/belgilarni qanday qo‘shish mumkin?

Bunday simvollar matn tarkibini vizual ravishda yaxshi boyitsa-da, biroq ularning barchasini ham klaviatura yordamida kiritib bo‘lmaydi.

Ulardan foydalanish uchun Symbol Search qo‘shimcha vosita (надстройка)sini o‘rnatib oling. Buning uchun menyu satrida Вставка → Мои надстройки (ustiga bosiladi) → Магазин Office (tugma ustiga bosilari) bandlari bo‘ylab o‘ting va qidiruv satriga yuqorida aytib o‘tilgan nomlanishni kiriting 👆🏻.

O‘rnatish jarayoni tugallanganidan so‘ng menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)sining o‘ng chetida mos belgi paydo bo‘ladi, belgi ustiga bosib vosita ishga tushirilganida barcha simvollar kategoriyalarga ajralgan holda foydalanish uchun tayyor holatga keladi, vositaning Recent varaqa (вкладка)sida so‘nggi qo‘llanilgan belgilar tarixi saqlanib boradi.

📝 Manba: @hacks_office

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Qaysi klavishlar birikmasi ishchi kitobiga yangi list qo‘shish imkonini beradi?
Anonymous Quiz
44%
CTRL + L
28%
SHIFT + F3
20%
SHIFT + F11
8%
F3
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Quyida keltirilgan klavishlar birikmasining qaysi biri sizni 1 ta yuqorida joylashgan yacheykaga siljitish uchun xizmat qiladi?
Anonymous Quiz
59%
CTRL + ↑
18%
ALT + PROBEL
14%
ALT + TAB
10%
SHIFT + ENTER
#rasm_bilan_ishlash #internet

🖼 Rasmlarni suv belgilaridan tozalash

Bu uchun Google Chrome'ni ishga tushiramiz.

Rasm ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochiluvchi menyudan Найти картинку (Google) bandini tanlaymiz.

Bu bilan siz xuddi shunday rasmni suv belgisisiz va o‘zingizga kerakli o‘lchamda izlab topishingiz mumkin.

Ushbu maqsadda ko‘plab dasturlar mavjud bo‘lsa-da, aksariyat foydalanuvchilar uchun qidiruv tizimidan foydalanish varianti eng qulayi bo‘lsa kerak. 😉

📝 Manba: @computer_life

📌 P.S.: Ilgari bu usuldan hech foydalanib ko‘rganmisiz?

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasm bilan ishlash rukni ostidagi mundarija bilan joylashtirilgan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

🗒 Pavel Durovdan hayotiy maslahatlar

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida qiziq maslahatlar berib turadi. 37 yoshga to'lgan kuni (10.10.2021)da muxlislar bilan ba’zi o‘gitlarini baham ko‘ribdi.

Yetarli qadrlanmaydigan 3️⃣ narsa:

1. Uyqu – immunitetni kuchaytiradi, ijodkorlik va psixologik sog‘likni yaxshilaydi.

2. Tabiat – biz biologik jihatdan o‘zimizni yaxshi his qiladigan muhitdir.

3. Yolg'izlik – odamga ruhiy va intellektual kashfiyotlar qilish uchun erkinlik beradi.

Keragidan ortiq qadrlanadigan 7️⃣ narsa:

1. Katta shaharlar – ulardagi resurslardan foydalanish yaxshi, lekin ulardan tashqarida yashash ma’qulroq.

2. Restoranlar – eng sekin va samarasiz ovqatlanish yo‘li hisoblanadi. Uyda ovqat qilish sog‘lom turmush tarzi va ovqat tarkibini nazorat qilish imkonini beradi.

3. Issiq ob-havo – quyoshli havo nafaqat odamni dangasa qiladi, balki tez qarish va saratonga chalinish xavfini ham oshiradi. Sovuqroq harorat, aksincha, ruh, badan va aqlni tozalaydi.

4. Moda – doim o'zgarib boradigan trendlarga ergashish qimmat va keraksizdir. Qulay kiyinishga e’tibor berish hayotni osonroq qiladi va muhim narsalar uchun joy qoldiradi.

5. Ko‘chmas mulk – sotib olish odamning tanlov imkoniyatini cheklaydi va savol ostidagi sarmoyadir. Ijara esa erkin harakat qilish va turli hududlarni ko‘rish imkoniyatini beradi.

6. Ijtimoiy tarmoqlar – ulardan miyamizga tinimsiz oqib kirayotgan axlat baxtni va ijodkorlikni kamaytiradi. Bunday internet xizmatlaridan uzilish istalgan bir kunda biz qilishimiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsadir.

7. Mashhurlar maslahati – mashhur insonlar ko‘pincha o‘zlarining sohasi bo‘lmagan yo‘nalishlarda maslahatlar beradi. Hayotdagi muhim mavzularda ilm-fanga va ekspertlar fikriga ergashish kerak.

📝 Manba: @botir_kundaligi | @durov

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Eshmat Android-loyihalarni qishda amalga oshiraman deb bejizga aytmagan ekan... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #telegram

🔤 Ustidan chiziq tortilgan matn (зачёркнутый/перечёркнутый текст)

Savol: Matn ustidan chiziq qanday tortiladi? Tushuncha berib o‘tsangiz, oldindan rahmat!

🗣 Savolga javob

Matnning har qanday formatlanishi, shu qatorda ustidan chizilgan matn ham – matn fragmentini belgilash va maxsus menyuni chaqirish yordamida amalga oshiriladi.

1. Matnni kiritamiz.
2. Kiritilgan matnning kerakli qismini formatlash uchun belgilaymiz.
3. Menyusi ekranga chaqiramiz va kerakli formatni tanlaymiz.

MENYU QANDAY CHAQIRILADI? 🤔

Telegram Desktop'da belgilangan matn ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz (Форматирование bandining yon tomonida qo‘shimcha ochiluvchi ro‘yxatdan Зачёркнутый (CTRL + SHIFT + X) bandi tanlanadi.

Mobil ilovada vertikal UCH NUQTA ustiga bosiladi (va Зачёркнутый bandi tanlanadi).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet

🔄 “Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)

Microsoft ishlab chiqaruvchilari protsessor modeli va TPM 2.0 moduli (kompyuteringiz hech bo‘lmaganda TPM 1.2 versiyasini qo‘llab-quvvatlashi kerak) tekshiruvini qanday o‘chirib qo‘yish ko‘rsatmasi bilan bo‘lishdilar. Bu uchun esa reyestrga bir dona parametrni qo‘shish kifoyadir.

Biroq, reyestrni tahrirlash va Windows 11'ni “eskirgan” qurilmaga o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha risklar haqida dastlab o‘ylab olishingiz lozim.

Agar shunda ham davom etishga qaror qilsangiz:

1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasi orqali “Выполнить” oynasini ekranga chaqirib, unga regedit'ni kiriting va ENTER'ni bosgan holda “Редактор реестра”ni ishga tushiring.

2️⃣. Oynaning chap tarafidagi kichikroq panelda HKEY_LOCAL_machine\system\Setup\MoSetup bo‘limiga o‘ting.

3️⃣. Oynaning o‘ng tomondagi katta panelida bo‘sh soha ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosgan holda “AllowUpgradesWithUnsupportedTPMOrCPU” nomli “DWORD (32-bit)” parametrini yarating va unga 1 qiymatini bering.

Endi ShK'ga Windows 11'ni o‘rnatishda davom etishingiz mumkin.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 11 Compatibility Checker dasturi
Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Qanchalik xursandligimni so'z bilan ifodalab bera olmayman... 😄

㊙️ Kecha Microsoft o'zining Azure platformasidagi Translator (tarjimon) xizmatiga yana 12 ta til (ular orasida o'zbek tili ham bor) qo'shilganligini va bu bilan 100 dan ortiq tillarga xizmat ko'rsatayotganini aytdi.

— Skrinshot suratni ana shu yangilik haqida xabar berayotgan Microsoft blogidan oldim. Undagi rasmdagi ikki choy ichib o'tirgan otaxonlarni ko'rishingiz mumkin va bu surat ostiga shunday yozilgan:

"O'zbekistonning rasmiy tili bo'lgan o'zbek tili tarjimonda mavjud bo'lgan o'nlab til va shevalardan biridir. Bu rasmda ikki kishi O'zbekistonning Farg'ona viloyatida joylashgan choyxonada choy ichishadi. Fotosurat Getty Images tomonidan berilgan."

— Avvalo o'zbek bo'lganim uchun va shuningdek, o'zim ham Farg'onadan bo'lganim uchunmi suratni ko'rib, qandaydir ta'riflab bo'lmas xursandchilik tuyg'usini his qildim... Albatta, bu kichik narsa, oddiygina surat, lekin quvondim, maza qildim...

©️ @kompyuter_bilimlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🛣 Shvetsiyadagi “sun’iy do‘nglik”lar (“Лежачие полицейские”)

“Sun’iy do‘nglik” – tormozni bosish uchun ortiq sabab emas. Ushbu tizim e’tiborsiz shovvozlarni “jazolaydi” va tezlikka rioya etganlarning podveskasini buzmaydi. Datchiklar qoidabuzarlikni aniqlaganida metall plastina tushiriladi.

Tezlik cheklovi maxsus ilova yordamida sozlanadi. Moslama Shvetsiyada muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda. Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, qoidabuzarliklarning soni 8 foizga kamaydi, yonilg‘i tejami esa ortdi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🔤 Matnni alifbo tartibida saralash

Faraz qiling, sizda familiya, ism va shariflardan iborat ro‘yxat mavjud, ushbu ro‘yxat boshida avtomatik raqamlashni qo‘llashdan oldin esa bir muammoga mavjud, bu esa aynan familiyalarning alifbo tartibida joylashmaganidir. Xo‘sh, ushbu vaziyatda nima qilish mumkin? 🤔

Abzats yoki sarlavhalarni alifbo tartibida saralash uchun menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Абзац bo‘limida joylashgan Сортировка bandini tanlang.

Yuzaga kelgan oynada saralash abzatslar yoki sarlavhalar bo‘yicha bo‘lishini ko‘rsatib o‘ting. Shundan so‘ng По возрастанию (o‘sib borish tartibida) bandini tanlang va OK'ni bosing.

Matnni teskari, ya’ni Z dan A gacha tartibida saralash uchun yuqoridagi menyuning o‘zida По убыванию (kamayib borish tartibida) bandini tanlashingiz mumkin.

📝 Manba: @hacks_office

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #IT_humor

Sizning ham ishchi stolingizda nojo‘ya harakatlar tufayli yuqoridagi kabi holat kuzatilib turadimi? 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT Masters
Bunisi "parot" qilmaydi 😁

Instagram, Likee va TikTok ijtimoiy tarmoqlaridan videoingizni yuklab olishda turli telegram botlarini ishlatib ko'rdingiz, ammo kuni kelib ular ham ishlamay qoldi 🤭

Shunda "endi nima qilaman" deb o'ylanmangda, videolaringizni @MediaYuklaBot-dan osongina yuklab oling. Hechqanday kanalga a'zolik so'ralmaydi, sodda va qulay interfeysli bot.

Botga o'tish: 👉@MediaYuklaBot
#smartfon #android

🎼 SoundHound — musiqalarni izlash va ular haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun qulay mobil ilova. Android 5.0+. To‘liq versiya.

📎 SoundHound v9.8 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

Telegram'da yangi interfaol emodzilarni qarshi oling: 💸 👎 😂 🤮

Animatsiyani qo‘llab ko‘rish uchun emodzini alohida xabar ko‘rinishida yuborib, so‘ngra ustiga bosish talab etiladi.

📝 Manba: @vamtlgrm

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 01 | 02 | 03 | 04 | 05 | 06 | 07 | 08 | 09 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Informatika va AT
Kids video.apk
8.8 MB
#DIQQAT #TARQATING
#KELAJAK_UCHUN

O'zbekistonda 90 foizdan ortiq aholisi musulmon bo'lganligi hamda farzandlarimizning nojo'ya axborot va ma'lumotlardan himoyalash maqsadida KIDS VIDEO ilovasini taqdim etamiz.

Kids video ilovamiz maktabgacha ta'lim, o'rta ta'limda o'qiyotgan farzandlarimiz uchun mo'ljallangan bo'lib, ushbu ilova dunyoning 40 dan ortiq davlatida faol foydalanilmoqda.

Kids video ilovamizga har kuni saralangan va bola ruhiyatini ko'taruvchi multifilmlar, kinofilmlar, barcha sohalarda ta'lim beradigan video materiallar, boshqotirmalar, o'yinlar, qo'shiqlar va har xil turdagi foydali ma'lumotlar joylashtirilib boriladi.

🧒👧Bonus xabar: Humans sim kartalarida pul bo'lmasa ham ilovadan foydalanishda davom eting.

📵🔞Farzandlarimizni youtube, tiktok, instagram va boshqa sharmandali tarmoqlardan asrang. Kids videoni yuklab oling, farzandingizni xursand qiling

📲 Telegramdan yuklash

📲 Play marketdan yuklash
#test #hardware

Kompyuterning keysiga mahkamlanuvchi eng katta detal — Asosiy plata (Motherboard, Материнская плата)ni insonning qaysi ichki organi bilan qiyoslash mumkin?
Anonymous Poll
45%
Miyasi
30%
Yuragi
7%
Jigari
18%
Umurtqasi