IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#excel

📅 Oddiy ko‘rinishda yozilgan sanani qanday qilib oy nomlanishi ko‘rinishiga keltirish mumkin?

Faraz qilamiz, oddiy sanani oy nomlanishiga o‘girish lozim, biroq bu jarayonning qo‘lda bajarilishi juda ko‘p vaqt talab etadi. Buning uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajarilishi maqsadga muvofiqdir:

— 1-qadam
Oy nomlanishiga o‘girilishi lozim bo‘lgan sanalardan iborat yacheykalar diapazonini belgilang.

— 2-qadam
“Формат ячеек”
muloqot oynasini ekranga chaqirish uchun CTRL + 1 klavishlari birikmasini bosing va “Число” varaqa (вкладка)sida “Числовые форматы:” bo‘limi ostidagi ro‘yxat so‘ngida joylashgan (все форматы) bandiga o‘ting.

— 3-qadam
“Тип:”
maydonida ММММ'ni kiriting. Agar sizga shuningdek kunni saqlash talab etilsa — xuddi shu satrda ikki parametrni nuqta bilan ajratgan holda boshiga ДД'ni kiriting.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🎞 FilmoraGo – ijod uchun kengaytirilgan funksiyalar va ko‘plab usullarni taqdim etuvchi, videoni tahrirlashda foydalanish uchun qulay mobil ilova. Android 4.2+. Pro-versiya.

📎 FilmoraGo Pro v8.6.02 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
ADV Screen Recorder
AZ Screen Recorder
Intro Maker
MX Player
NewPipe (YouTube)
Snaptube (YouTube)
VideoShow
VivaCut
GIF Maker
Film Maker Pro
YouCut
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram #android #iOS

💬 Chat mavzularini sozlash

1 ga 1 chatlarda
siz joriy chat uchun o‘zgacha ko‘rinish va hissiyot baxsh etish maqsadida maxsus mavzuni qo‘llashingiz mumkin.

Har bir mavzu o‘zining kunduzgi va tungi variantlari, gradiyentli xabar pufakchalari, animatsiyali fonlari va noyob naqshlariga ega.

Chat mavzulari qurilmalaringiz o‘rtasida sinxronizatsiya qilinadi va shu bilan birga chatdagi suhbatdoshingizda ham qo‘llaniladi.

🤖 Mavzuni Android'da tanlash uchun chat sarlavhasi > > Изменить цвета (Change Colors) bandlari bo‘ylab o‘tasiz.

🍏 iOS'da chat sarlavhasi >
> Изменить цвета (Change Colors) bandlari bo‘ylab o‘tasiz.

ℹ️
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

Taym menejment bo‘yicha 3 maslahat (2-qism)

Ushbu postning 1-qismi

4️⃣. Barchasini rejalashtiring

Har bir kun uchun jadval tuzing va unga rioya qilishga, rejada bo‘lmagan vazifalarga chalg‘imaslikka harakat qiling. O‘zingizni aldashdan ma’no yo‘q, shuning uchun kichik narsalarni ham ishlar ro‘yxatiga kiritish lozim: masalan, uyqu aralash yangiliklarni o‘qish yoki Instagram'ga “yopishib qolish” uchun 10 daqiqa.

5️⃣. Zaxira variantini o‘ylab qo‘ying

Vaqt bilan munosabatlarda optimizmga o‘rin yo‘q. Biror ish rejadagi kabi amalga oshmagan taqdirda, kechikishlardan o‘zingizni sug‘urtalash uchun darhol harakatlar algoritmini o‘ylab qo‘ying.

6️⃣. O‘zingizga ortiqcha yuklama olmang

Kunlik jadvalni tuzayotgan vaqtingizda, unga imkon qadar ko‘proq ishlarni kiritish ishtiyoqi yuzaga keladi. Nazariy jihatdan olib qaraganda, bu ajoyib ko‘rinadi va sizga o‘zingizni unumdorlik qirolidek his qilishga yordam beradi, lekin aslida bu xavflidir. Atigi bir marta kechiksangiz xolos — butun jadval oyog‘i osmondan bo‘lib ketishi mumkin. Vaziyatga aql bilan nazar soling: barchasini va darhol bajarib bo‘lmaydi, shu bois zaxira uchun vaqt qoldirgan ma’qul.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
Yangi start!
O‘qish vaqtida diqqatni jamlash bo‘yicha maslahatlar
Taqdirimizga ta’sir qiluvchi besh tavsiya
O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#word

📄 Hujjatda sahifalar rangi qanday o‘zgartiriladi?

Hujjatga tashqi bezak berish maqsadida, uning sahifalari uchun rang yoki gradiyentni sozlash mumkin.

Buning uchun menyu satrida Конструктор → Цвет страницы → Способы заливки bandlari bo‘ylab o‘ting. Ushbu oynada siz gradiyent, tekstura yoki naqshni tanlay olasiz. Sozlangan parametrlar hujjatdagi barcha sahifalarga nisbatan qo‘llaniladi.

📌 P.S.: Word'ning eskiroq versiyalarida menyu satrining Конструктор varaqa (вкладка)si Дизайн yoki Разметка страницы deb nomlangan.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #telegram

📲 Telegraph (Graph Messenger) — Telegram'ning eronlik dasturchilar tomonidan taqdim etilgan eng mashhur norasmiy ilovalaridan biri. Ko‘plab foydali funksiyalar va imkoniyatlar. Reklama kesib tashlangan

📎
Telegraph Mod T8.3.1-P9.5 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
Viber
Cube Call Recorder
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

💬 Xabarlarni qayta yo‘llashning moslashuvchan sozlamalari

Messenjerga kelgan so‘nggi yangilanishlarda xabarlarni uchinchi tomonga qayta yo‘llash paytida, xabar ustidagi muallif yozuvi yoki rasmlar va mediafayllar ostidagi matnlarni olib tashlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Buning uchun kiritish maydoni ustida yuzaga keluvchi “Переслать сообщение” maydonchasi ustiga bosish va kerakli sozlamalarni kiritish talab etiladi. Post yuqorisidagi video ko‘rsatmaga diqqat bilan ahamiyat bering 👆🏻🎞.

Bundan tashqari, siz qayta yo‘llanayotgan xabardagi ortiqcha matnni olib tashlashingiz yoki bexosdan boshqa chatni tanlab qo‘ygan bo‘lsangiz, qabul qiluvchini o‘zgartirishingiz ham mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security

🔐 Kompyuterni dinamik bloklash

Agar kompyuteringizga parol o‘rnatib, uni bloklash (WIN + L) xizmatidan foydalansangiz, u holda dinamik bloklash bunga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

Bu Bluetooth-adapteri bilan jihozlangan kompyuterni, unga biriktirilgan qurilma (masalan, smartfon, smart soat yoki braslet) ma’lum masofaga uzoqlashgan taqdirda bloklash imkonini beradi.

Boshlanishiga qurilmani kompyuter bilan biriktiring. Bu Параметры (WIN + I) oynasidagi Устройства -> Bluetooth и другие устройства bo‘limida amalga oshiriladi.

So‘ngra Параметры oynasidagi Учётные записи -> Варианты входа bo‘limiga o‘ting.

Sahifa bo‘ylab pastga qarab, Динамическая блокировка bo‘limiga qadar tushing va Разрешить Windows автоматически блокировать устройство в ваше отсутствие bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating. Tayyor, bu yog‘i amalda kompyuterdan uzoqlashib, bloklanish jarayonini sinash qoladi xolos! 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

🌬Charchagan paytingizda o‘zingizni biror ish bilan mashg‘ul bo‘lishga qanday undashingiz mumkin?

– O‘rningizdan turing va o‘qishingiz, ishingiz yoki uydagi biror yumush bo‘yicha aynan nima qilish lozimligi borasida bir to‘xtamga keling;

– O‘zingiz uchun qahva yoki choy damlab oling. Bu aynan nima bo‘lishi muhim emas, asosiysi, siz buning haqiqiyligiga ishonch bildirsangiz bas;

– Maqsad va vazifalaringiz haqida o‘ylang va yozing: agar juda charchagan bo‘lsangiz, unda sizga muayyan bir vaqt davomida bajarishingiz mumkin bo‘lgan kichik maqsadlar zarurroqdir;

To‘xtab qolmang: kerakli ritmga tushib olishingiz bilan, bajarayotgan ishingiz sizga osonroq bo‘lib tuyuladi. Muvaffaqiyat kaliti – bu asl charchoqni prokrastinatsiyadan farqlay bilishda va hattoki ishni keyinga qoldirish istagida bo‘lgan paytingiz ham, ishlashga o‘zingizni unday olishingizdadir.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #android

🤖🎁 Kuni kecha Android operatsion tizimining tavallud ayyomi bo‘lib o‘tdi. Eng mashhur mobil OS qanday paydo bo‘lgan?

Taxminan o‘n uch yil oldin texnologiyalar olamidagi mashhur Google kompaniyasi Linux OS yadrosiga asoslangan yangi operatsion tizim ishlab chiqayotgani haqida mish-mishlar tarqala boshladi, o’sha vaqtlarda hech kim bunga jiddiy ahamiyat bermadi.

Hech kim Google haqiqiy inqilobni boshlayotganini tasavvur qila olmasdi va ularning rivojlanishi yaqin kelajakda mobil qurilmalar bozorini zabt etishga muvaffaq bo’ladi. Android OS'ning birinchi versiyasi 2008-yil 23-sentyabrda e’lon qilingan, kuni kecha sayyoramizning eng mashhur mobil platformasi o‘zining navbatdagi tavallud ayyomini nishonladi.

Keling, bu qanday Medium'da nashr qilingan maqola orqali eslaymiz.

📝 Manba: @mobiler_blog
📲 Ilovalar: @uzmobiler

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

☑️ Kichikroq guruhlarda xabarni kimlar o‘qiganligi haqidagi bildirishnoma

Barchamizga ma’lumki, guruhga yuborilgan xabarni undagi biror ishtirokchi ochib o‘qishi bilan, u juftlikda keluvchi qushcha belgisi ko‘rinishida “o‘qilgan” sifatida belgilanadi.

Sevimli messenjerimizning ushbu yangilanishi bilan, smartfonda xabarning ustiga bosish, kompyuterda esa xabar ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali ochiluvchi menyuning yuqorisida, guruhning qaysi ishtirokchilari uni ochib o‘qiganligi haqidagi band ko‘rinib turadi.

⚠️ Foydalanuvchilarning maxfiyligini ta’minlash maqsadida, kichik guruhlardagi o‘qilganlik haqidagi bildirishnomalar, xabar guruhga yuborilgan vaqtdan boshlab faqat 7 kun davomida saqlanadi.

📌 P.S.: Ha, aytgancha, ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlovchi yangilanish kuni kecha Plus Messenger uchun ham yetib keldi, ilovangizni yangilab olishni unutmang! 😉

ℹ️ Telegram bo‘yicha foydali maslahatlar havolalari keltirilgan postlarimiz: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet #software

📥 YTD Video Downloader – YouTube, Facebook, Google Video, Yahoo Video, va boshqa mashhur video servislardan videoni yuklab olish uchun kompyuter dasturi. Videoni iPod, PSP, Cell Phone, Windows Media, XVid va boshq. uchun konvertatsiya qilish va moslashtirish. Yuklab olinayotgan videoni oldindan ko‘rish uchun ichki o‘rnatilgan videopleyer.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v5.9.18.8
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 YTD Video Downloader v5.9.18.8 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #tarmoq #IT_humor

Eshigi server uslubida bezatilgan mana bunday muzlatgich ko‘pchilik sisadminlarning orzusi bo‘lsa kerak-a... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter va IT sohasiga doir bo‘lgan bepul video darslarni ulashayotgan loyiha haqida eshitganmisiz?

Javobingiz — “yo‘q” bo‘lsa, @BepulDarslarBot'ni tavsiya etamiz! Qanday darslar borligini bilish uchun postga biriktirilgan GIFni ko‘ring!

P.S: 1500dan ziyod video darslar, 60dan ziyod bo'limlar va 80mingdan ziyod obunachilar! Barchasi bepul va o'zbekcha!

Botga o'tish: 👉 @BepulDarslarBot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

📹 Jonli video chatlarni yozib olish

Adminlar saqlab olish va keyinchalik ulashish maqsadida jonli video chat (efir)larni yozib olishlari mumkin.

Video portretli yoki albomli oriyentatsiyalarda yozib olinishi mumkin, yozib olishning to‘xtatilishi yoki jonli efir tugashi bilanoq fayl adminning “Saqlangan xabarlar” bulutli papkasiga yuklanadi.

✔️ Yozib olish istalgan qurilmadayoki tugmasi ustiga bosganda ochiluvchi jonli efir menyusi orqali amalga oshoriladi.

ℹ️
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#operatsion_tizim

🆘 Windows 10'da bir juft klik yordamida tizim xatoliklarini bartaraf etish

Windows'ga kelgan ba’zi yangilanishlar o‘rnatilganidan so‘ng turli ko‘rinishdagi xatoliklar yuzaga kelishi mumkin: Wi-Fi ishlamay qoladi, tizim qurilmalarni ko‘rmay qoladi va boshqalar. Xatoliklarni bartaraf etish uchun — FixWin10 dasturidan foydalaning.

Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. Dasturni ushbu havola yordamida yuklab olamiz.

2️⃣. O‘rnatamiz, ishga tushiramiz va xatoliklar bo‘limlaridan birini tanlaymiz.

3️⃣. So‘ngra joriy muammoni tanlagan holda "Fix" tugmasi ustiga bosamiz.

📀 FixWin10 — tizimga ichki o‘rnatilgan va umuman olganda foydasi unchalik tegmaydigan "Система устранения неполадок" funksiyasining o‘rnini bosuvchi dasturdir.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

KillApps – ilova qurilmada ishga tushirilgan barcha ilovalarni bir harakat evaziga yopishni va ularning avtomatik qayta ishga tushirilishini taqiqlashni ta’minlaydi. Android 4.4+. Pro-versiya.

📎
KillApps v1.23.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Windows haqidagi 14 afsona!
#videodars / #windows

ℹ️ Windows eng mashhur operatsion tizimlardan bo'lganligi sababli ham u haqidagi afsonalar ham juda mashhur bo'lishi tabiiy holat hisoblanadi. Bugungi darsimizda Windows haqidagi 14 afsona haqida gaplashamiz. Ular quyidagilar:
00:26 - #1 Windows sekin ishlaydi, qotadi va doimo BSOD’ni koʻrsataveradi;
01:30 - #2 Profilaktika maqsadida Windows’ni qayta o'rnatish kerak;
02:46 - #3 Tizim diskini C va D ga bo’lgan ma’qul;
.....
13:43 - #13 Drayverlarni yangilovchi dasturlar;
14:50 - #14 Haqiqiy dasturchilar Windows’dan foydalanmaydi.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 16:00 💾: 34.1 MB

💭 Ushbu afsonalar haqidagi fikrlaringizni kutib qolaman...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
#word

⌨️ Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari (2-qism)

👉🏻 Ushbu ro‘yxatning 1-qismi.

CTRL + B — belgilangan matn shriftini qalin qilish / oddiy holatiga qaytarish;

CTRL + I — belgilangan matn shriftini kursiv qilish / oddiy holatiga qaytarish;

CTRL + U — belgilangan matn ostiga chizish / oddiy holatiga qaytarish;

CTRL + DШрифт muloqot oynasini ekranga chaqirish;

CTRL + Q — abzatsga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish;

CTRL + M — chap tomondan otstup qo‘shish;

CTRL + SHIFT + M — chap tomondan otstupni olib tashlash;

CTRL + PROBEL — belgilangan matn fragmentidan, unga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish (matn dastur sozlamasida qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shrift turi va o‘lchamiga qaytadi).

CTRL + SHIFT + A — barcha harflarni katta (agar allaqachon katta bo‘lsa, u holda kichik) ko‘rinishga keltirish;

CTRL + SHIFT + C (CTRL + SHIFT + V) — formatlarni nusxalash / boshqa matnga nisbatan qo‘llash;

CTRL + SHIFT + D — matn ostiga ikkitalik chiziq chizish / bekor qilish;

CTRL + SHIFT + H — belgilangan matnni berkitish / ko‘rsatish (bunda berkitilgan matn chop etish vaqtida ko‘rinmaydi, Главная menyu satrida chop etilmaydigan belgilarni ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchitugmasi ustiga bosilgan taqdirda ko‘rinadi);

CTRL + SHIFT + K — barcha harflarni kichik harf o‘lchamidagi katta harflar ko‘rinishiga keltirish / bekor qilish;

CTRL + SHIFT + W — so‘zlar ostiga probellarni hisobga olmagan holda chizish;

CTRL + T (CTRL + SHIFT + T) — Выступ qo‘shish / olib tashlash (abzatslarga nisbatan qo‘llaniladi);

SHIFT + F1 — dastur oynasining o‘ng tomonida ochiluvchi matnni formatlash panelini faollashtirish / berkitish.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4