IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
🌐 Kanalimizdagi #internet heshtegi ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (3):

Google-xaritalaridan internetsiz foydalanish
Ortga nazar: emojilarning matnli shakllarini yodga olamiz!
Adobe Flash rasmiy ravishda “iste’foga chiqdi”
Maktab darsliklari endi onlayn formatda!
“Gugol” soni
Brauzer varaqa (вкладка)lari bilan ishlashni osonlashtiruvchi klavishlar birikmalari
Elektron hukumat qurishning “estoncha retsepti”
Google Chrome'dagi navbatdagi zaiflik
Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash
Virtual fanatizm nima?
Tesla o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqda!
Rossiyaning Yandeks (Yandex) kompaniyasi 2008-yildan buyon birinchi marta o‘z logotipini o‘zgartirdi
• Internet haqida: 1-latifa | 2-latifa
Dasturlarning eski versiyalari portali
Elektron hukumatning “estoncha modeli”. O‘zbekiston va Estoniya hamkorligi yangi bosqichga o‘tdi
Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Google Chrome'ga muqobil eng yaxshi brauzerlar
Onlayn klaviatura trenajyorlari
Microsoft 2022-yilning 15-iyunidan boshlab Internet Explorer brauzeri bilan tamomila xayrlashadi
Oʻzbekistonliklar endi oʻz mahsulotlarini Amazon platformasida sotishlari mumkin boʻldi
Emodzilardan iborat rasm yasash
23 foizga tezlashgan Google Chrome endi kuniga 17 yillik protsessor umrini tejaydi!
Rasmdan matnni nusxalaymiz
YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
µTorrent Pro dasturi
Qo‘li “qiyshiqlar” uchun ideal chizmalar hosil qilish bo‘yicha layfxak
10 ming qadamga pul to‘lash boshlandi deyishmoqda
Elektron hukumat markazi bir yillik faoliyatini sarhisob qildi (+video)
“Otang bozor — onang bozor” yoxud onlayn sotuvchiga qanday qilib aldanib qolish mumkinligi haqida
Sizga VDS hosting kerakmi? Unda buni o‘qing!
Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz
Smartfondan tarqatilayotgan Wi-Fi tarmog‘ining kompyuter tomonidan aniqlanmasligi
Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis
YouTube'da videoni kerakli joyidan ko‘rsatish
Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish
Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
Materiklar o‘rtasidagi Internet ta'minoti qanday yo‘lga qo‘yilganini bilasizmi?
Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda
Facebook'ka tegishli xizmatlar va umuman olganda Internetning qolgan qismi bilan sodir bo‘lgan voqealarning eng ishonchli versiyalaridan biri
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
“Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
Rasmlarni suv belgilaridan tozalash
Brauzerda videoning qotib ishlashi
Google qidiruv tizimi so‘rov natijalari uchun cheksiz tasmani ishga tushirdi
Google har daqiqada 5,7 mln qidiruv so‘rovlarini qabul qiladi
Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
Google rahbari: 3 kun ofisda / 2 kun uydan turib ishlaymiz
“Elektron hukumat” ishlasa...
Sevimli film yoki seriallaringizga o‘xshashini qanday topish mumkin?
Kontrakt pulini elektron tarzda to‘lash imkoniyati
Android'da barcha ilovalarni tezkor yangilash
Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
Facebook nomlanishini Meta'ga o‘zgartirmoqda, ushbu qaror kompaniya rebrendingi taqdimotida e’lon qilindi
Veb-saytdan barcha rasmlarni ajratib olish
Video sifatini yo‘qotmagan holda hajmini kichraytiramiz
Ethernet'ga ulanganda Wi-Fi tarmog‘idan uzilish
“OK, Google” o‘tmishda qolmoqda: yordamchi endi bizni tez-tez eshitib turadigan bo‘ladi
Rasmlarni photostock'lardan suvli belgilarsiz yuklab olish
Rasmdagi shrift nomini aniqlaymiz
YouTube funksionalini Premium obunasisiz kengaytirish
Istalgan rangning kodini bilib olamiz

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi | 4-qismi.

💡Maqolalar ro‘yxatini ushbu sohaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashishni ham unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor #operatsion_tizim

Linux foydalanuvchisi “Windows'ing “tormoz”, Linux'ni o‘rnatish kerak edi”, deyishdan 15 daqiqa jimib qolsa...

👨🏻‍💻@itspecuz
#powerpoint

🎥 Kanalimizdagi Microsoft PowerPoint dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):

Taqdimotni Internetga yuklash yoki kimgadir foydalanish uchun berishdan oldin tekshirish
PowerPoint'da taqdimotni video ko‘rinishida saqlash
Microsoft Office’da endi gapirib turib matn terdirish mumkin!
Microsoft korporatsiyasi Word, Excel va PowerPoint dizaynini yangilaydi
PowerPoint'da gipermatnli havola rangini o‘zgartirish
PowerPoint'ga obyektlarni “Привязка к сетке” parametri faol va nofaol bo‘lgan holatlarda joylashtirish
Sizga Word, PDF, Excel va PowerPoint'lar bitta ilovada bo‘lishi qulaymi?
Fayllarni qoida bo‘yicha saqlash papkasini o‘zgartirish
Taqdimot namoyishi (Демонстрация)ni klaviatura yordamida boshqarish
PowerPoint'da ro‘yxat elementi markerlanmasligi yoki raqamlanmasligi uchun “Перенос строки” funksiyasidan foydalanish
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Ko‘rinishni o‘zgartirish va tasma (лента) bilan ishlash uchun klavishlar birikmalari
OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
“Microsoft” kompaniyasi Office 2021ni taqdim etdi
Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
Ekranda ochilib turgan hujjat oynalari o‘rtasida tezkor o‘tish
PowerPoint'da slaydlarning tarkibidan kelib chiqib bezatish bo‘yicha yangi imkoniyat
Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz!
Slayddagi ro‘yxatlarning to‘g‘ri va teskari yuzaga kelish animatsiyasini qo‘llash
Microsoft Office: 2007-yildan beri ilk marta qoida boʻyicha o‘rnatilgan shrift almashadi
Namoyish (Демонстрация) vaqtida kiritilgan qaydlarni saqlash
MS Office dasturlarida yangi hujjatni tezkor yaratamiz
Microsoft Office dasturlari bo'yicha e'lon qilingan bepul video kurslar
Ichki o‘rnatilgan shablonlarni tahrirlash
Slayd obyektlari uchun animatsiya
Belgilararo intervalni sozlash
Bir slayd tarkibini boshqa slaydda kichiklashtirilgan ko‘rinishda keltirish
Slaydlarni sahifalashda yuzaga keluvchi muammoning yechimi
Shakllarga nisbatan “Формат по образцу” opsiyasini qo‘llash
Shakl va uning tarkibidagi matn o‘lchamlarining proporsional o‘zgarishi sozlamasi
MS Office dasturlarida hujjatni saqlashda rasm sifatini sozlash
So‘zlardagi harflar registrini o‘zgartirish
Hujjatni parol bilan himoyalash
Shakl va obyektlar bilan ishlashda CTRL va SHIFT klavishlari bilan bog‘liq layfxaklar
Google Translate'dan yaxshiroq: dunyodagi eng aniq tarjimon
Slayddagi muayyan obyekt ustiga bosish orqali animatsiyani ishga tushirish
Jamoaviy tarzda taqdimotlar yaratish
Taqdimot faylini PDF'ga o‘tkazish/aylantirish

📌 P.S.: Kanalga MS PowerPoint dasturidan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi.

🔠 Agar MS PowerPoint bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS PowerPoint) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

💡Kanalimizda MS PowerPoint bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #hardware

📺 Macintosh 128K — ushbu markadagi dastlabki shaxsiy kompyuter 1984-yil 24-yanvar kuni ishlab chiqarilgan. Asl Apple Macintosh, narxi 2,495 AQSh dollarini tashkil etgan.

📌 P.S.: Ha, Apple mahsulotlari doim o‘z dizayni bilan ajralib turgan.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish tavsiya etiladi:
Shaxsiy kompyuter 40 yoshga to‘ldi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillikning 30 yilligi nafaqat biz bosib o‘tgan uzoq yo‘lning bosqichlarini esga olish, balki haqiqiy qadriyatlarimizni anglash vaqti hamdir. Bugun, ehtimol, har birimiz ham bir odamning, ham butun xalqning salomatligi; alohida bir oilada ham, butun davlatda ham tinchlik muhimligini; alohida har bir jamoaning va butun xalqning birligi muhimligini tushunib turibmiz. Biz kuchli, birlashgan va 30 yil oldin kuchli, do‘stona va go‘zal mamlakat yaratishga imkon bergan ideallarga sodiq qolishimiz kerak. Sevimli O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin!
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #it_humor

Tushungan tushundi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor #word

MS Word yoki shu kabi matnli dasturlardagi fayllar bilan ishlaganda… 🙄

📌 P.S.: Ochig‘ini ayting, siz buni necha marta bosasiz? 😉

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #tarmoq #internet

📶 Wi-Fi xonadon bo‘ylab qanday tarqalishini aks ettiruvchi qiziq video

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #video #darslik

Word dasturida barcha uchun muammo keltirib chiqaradigan kichik muammo bor.

Word dasturida matn kiritganda yoki kerakli matnni internetdan olib joylashtirganda matn ostid qizil rang bilan yo‘l ~ yo‘l chiziqlar hosil bo‘ladi. Bu muammoni ko‘pchilik bartaraf qila olishmaydi.

Endi bu muammoni oson yo‘q qilish usuli mavjud. Buning uchun matnni belgilab sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib kerakli bo‘limdagi "Добавить в словарь" buyrug‘i orqali muammoga yechim topasiz.

👉 @informatika
#word #maslahat

👆 Ushbu muammoda dasturda mavjud bo‘lmagan, lekin aslida mualliflar tomonidan yaratilgan va iste'molda bo‘lgan so‘zni dastur lug‘atiga qo‘shish haqida tavsiya berilgan.

Masalan, o‘zbek tilida kiritilgan so‘zlar dasturning lug‘atida mavjud bo‘lmaganligi uchun, deyarli barchasi qizil hoshiya bilan ajralib turadi. Bunday holatda har bir so‘zni lug‘atga qo‘shib chiqish noqulay, ancha muncha so‘zlarni lug‘atga qo‘shgan taqdiringizda ham, Windows qayta o‘rnatilganida barchasi MS Office paketi bilan birga o‘chib ketadi. 🤦🏻‍♂️

💡 Bu muammo yuzasidan eng oqilona maslahat esa ushbu postimizda keltirilgan:
MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish

Erinmay tanishib chiqing, arziydi degan umiddamiz! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Shunchaki yaxshi reklama qiling! Pul o'zi keladi...

Siz telegram orqali kanal, mahsulot, o'quv kursi yoki xizmatlaringizni ommaga taqdim etmoqchimisiz?

Sizga obunachilari asosan kompyuter va IT sohasiga aloqador bo'lgan auditoriya kerakdir?

Yuqoridagi savollarga javobingiz — "HA" bo'lsa, biz sizga samarali reklama xizmatlarini taklif qilamiz!

Telegramda sifatli kontentlari bilan minglab obunachilarni jalb qilgan kanallar endi birlashdik va Techno Advertising reklama birjasini yaratdik!

Narxlar bilan tanishish: 👉 @techno_ads
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #android

🆕 Telegram'da interfaol emodzilar

Android uchun Telegram
'ning beta-versiyasida ba’zi animatsiyali emodzilar ustiga bosilgan taqdirda butun ekranni qoplab namoyish etilish effektiga ega bo‘ldi, masalan: 🎆, 👍, 🎉, 💩, 🎈.

Agar suhbatdoshingizda chat ochiq turgan bo‘lsa, emodziga bosgan taqdiringizda u ham effektlarni ko‘radi.

📝 Manba: @betainfo

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 01 | 02 | 03 | 04 | 05 | 06 | 07 | 08 | 09 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #IT_humor

Dasturning texnik sharti (yaratilishi bo‘yicha batafsil retsepti)ni aniq belgilab olish lozim, aks holda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#operatsion_tizim

🔧 “Operativ xotira tizim tomonidan zaxiraga olingan” holatini bartaraf etamiz

Tizimingiz operativ (tezkor) xotiraning bir qismidan foydalanmasligi mumkin, ya’ni bunda RAM (Random access memory) tizim tomonidan zaxiraga olingan bo‘ladi.

Buni aniqlash uchun CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasini bosish orqali Диспетчер задач oynasini ekranga chaqiring. Производительность varaqa (вкладка)siga o‘ting, chap tomonda Память bandini tanlang va oynaning o‘ng pastki qismidagi Зарезервировано системой qiymatiga ahamiyat bering.

Agar ushbu qiymat yetarlicha katta bo‘lsa, unda uni kichraytirishga urinib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan oynaga msconfig buyrug‘ini kiritib ENTER klavishini bosish orqali Конфигурация системы oynasini ishga tushiring.

Загрузка varaqa (вкладка)siga o‘ting va Дополнительные параметры... tugmasi ustiga bosing. Максимум памяти bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang, kiritilgan o‘zgartirishni saqlang va kompyuterni qayta yuklang.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🎞 YouCut – qisqa videolar bilan ishlash uchun ideal tarzda mos keluvchi, sifati bo‘yicha eng qulay va optimal video-muharrirlardan biri. Premium-versiya.

📎 YouCut Pro v1.463 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
ADV Screen Recorder
AZ Screen Recorder
Intro Maker
MX Player
NewPipe (YouTube)
Snaptube (YouTube)
VideoShow
VivaCut
GIF Maker
Film Maker Pro
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

🗂 Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash

Google Chrome brauzerida ochilib turgan sahifalarning barcha sarlavhalari va manzillarini nusxalab olish uchun TabCopy kengaytmasidan foydalanish mumkin.

O‘rnatilganidan so‘ng kengaytma tomonidan 3 ta nusxa ko‘chirish varianti taqdim etiladi:

1️⃣. Copy selected tab – joriy varaqa (вкладка)ni nusxalash;

2️⃣. Copy N tabs in window – ochiq oynadagi varaqa (вкладка)larni nusxalash;

3️⃣. Copy all of N tabs – barcha ochiq oynalardagi barcha varaqa (вкладка)larini nusxalash.

Nusxa ko‘chirish variantlaridan keyin joylash uchun 3 ta rejim mavjud. Ya’ni kengaytirilgan yoki ixcham rejim, shuningdek faqat sayt manzillarini nusxalash.

Ma’lumotlar nusxalanganidan so‘ng, ularni istalgan matn muharririga, masalan, CTRL + V klavishlari birikmasi yordamida joylashtirish mumkin.

📝 Manba: @kompyuter_akademiyasi | @pcTeapot

📌 P.S.: Ushbu kengaytma bir qancha varaqa (вкладка)larda kerakli manzillar mavjud bo'lganda hammasini bittalab nusxalamasdan birdaniga nusxalash uchun kerak bo'ladi.

ℹ️
Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🏃🏻‍♂️ Motivatsiyasi sustroq bo‘lganlar uchun sportzal. Shanxaydagi interaktiv pol va LED-ekran – ajoyib uyg‘unlik.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

⚙️ Castro – tizim holatini kuzatib borish uchun ma’lumot ulashuvchi vosita. Android 5.1+. Pro-versiya.

📎
Castro v4.4 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
AIDA64 mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #unigram #android #iOS

🆕 Chatlar uchun mavzular, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalarni yozib olish, guruhlarda o‘qilganlik haqidagi hisobotlar va interaktiv emojilar

Android va iOS uchun Telegram
shuningdek Unigram mos tarzda 8.0.1 va 8.1 versiyalariga qadar yangilandi.

Kiritilgan yangiliklar:
Chatlar uchun mavzular
— O‘z shaxsiy chatlaringiz uchun taqdim etilgan sakkiz mavzulardan birini tanlang;
— Mavzuni almashtirish uchun ilovadagi vertikal joylashgan uch tugmali tugma ustiga bosing › “Изменить цвета”ni tanlang;
— Chatning har ikki ishtirokchisi — qaysi qurilma orqali ulanganidan qat’i nazar, chatda bir mavzuni ko‘rishadi;
— Barcha mavzular kunduzgi va tungi variantlarga ega va sizdagi tungi mavzuning umumiy sozlamalariga amal qiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar va video-chatlarni yozib oling
— O‘z guruhingiz yoki kanalingizda jonli translyatsiyalardan video va audiolarni yozib oling;
— Administratorlar yozib olishni sozlamalar panelidan boshlashlari mumkin;
— Yozib olish uchun portretli va landshaftli oriyentatsiyadalardan birini tanlash mumkin;
— Barcha yakunlangan (ovozli yoki video) yozuvlar “Избранное” bulutli papkasiga yuboriladi, bu o‘z navbatida guruhdoshlaringiz yoki kanalingiz auditoriyasiga ular bilan bo‘lishishni osonlashtiradi;
— Siz video-chatning yozib olinish jarayoni sodir bo‘layotganini uning sarlavhasi yonidagi qizil nuqtaga e’tibor bergan holda aniqlashingiz mumkin.

Katta bo‘lmagan guruhlarda o‘qilganlik haqidagi hisobotlar
— Katta bo‘lmagan guruhdagi chiquvchi xabarlaringizdan biri ustiga bosish orqali uni yaqin oraliqda kim o‘qiganligini ko‘rishingiz mumkin;
— Yaxshiroq privativlik (maxfiylik) uchun o‘qilganlik haqidagi hisobotlar xabar yuborilgan ondan boshlab faqat 7 kun saqlanadi.

Interaktiv emojilar
— Ba’zi animatsiyali emojilar ustiga bosilgan taqdirda endi to‘liq ekranli effektlarga ega, masalan 🎆, 👍, 🎉, 💩, 🎈va ❤️;
— Emoji ustiga bosgan paytingizda, agar chat bir vaqtning o‘zida har ikki tomonda ochiq holda turgan bo‘lsa, suhbatdoshingiz ham sodir bo‘layotgan effektni siz bilan birga ko‘radi.

📃 Batafsil ma’lumot uchun: telegram.org/blog/chat-themes-interactive-emoji-read-receipts/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Windows 10 uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnoma (rus)

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #telegram

🤔 Nega Telegram'ning sentabr oyidagi yangilanishini imkon qadar tezroq nashr qilish muhim edi

Yangilanishdagi eng asosiy jihatni ko‘pchilik bilmasligi ham mumkin. Telegram ilgari (ilova ishga tushirilgan on, ya’ni 2013 yildan boshlab) “int32” qiymatlarni saqlash tizimidan foydalanib kelgan, ushbu tizimda esa foydalanuvchilar, botlar, guruhlar va kanallar identifikatorlari diapazoni o‘z poyoniga yetmoqda. Bu esa yangi foydalanuvchilarning messenjerda ro‘yxatdan o‘ta olmasligi, eskilari esa — guruhlar, kanallar va botlarni yarata olmasligi bilan bog‘liq muammoga olib kelishi mumkin edi.

8.1 yangilanishidan boshlab barcha saqlash tizimlari va skriptlarning “int64”ga o‘tkazilish orqali ushbu diapazonni kengaytirishni nazarda tuzuvchi fundamental qayta qurish ishlari amalga oshirildi. Aynan shuning uchun ham ilova ishlab chiqaruvchilari Telegramni imkon qadar tezroq yangilash va bu orqali risklarni minimallashtirishga oshiqishdi.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija