IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #rasm_bilan_ishlash

🏞🔁 Agar siz chat, guruh yoki kanalga tasodifan noto‘g‘ri rasmni yuborgan bo‘lsangiz, unda uni ostida keltirilgan matni bilan birgalikda o‘chirishingiz shart emas. Ushbu media faylni shunchaki boshqasiga almashtirish mumkin.

Xabar yoki postni tahrirlash vaqtida biror papkada joylashgan boshqa rasmni ko‘rsatish uchun “Изменить медиа” ustiga bosing.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#excel #security

Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin? 🔐

Agar sizdan hujjatni qabul qiluvchilar unda qanday funksiyalarni qo‘llaganingizni bilishlarini istamasangiz – ularni osonlikcha berkitishingiz mumkin.

Buning uchun formulasi berkitilishi lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilang, belgilangan fragment ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan “Формат ячеек”ni tanlang. Ochilgan oynaning “Защита” varaqa (вкладка)sida “Скрыть формулы” bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating va “OK” tugmasini bosing.

Ushbu usul ishlashi uchun tanlangan list ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va “Защитить лист” bandini tanlagan holda, yuzaga keluvchi oynachada parol o‘rnatish lozim (oynachaning qolgan bandlari o‘zgartirilmaydi).

🎞 Ushbu videoda esa buni vizual tarzda ko‘rishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #maslahat

🍃 Motivatsiya haqida sizga faqat xalal beruvchi 10 afsona

1. Pullar — asosiy motivatordir.
2. Agar dono bo‘lsangiz, muvaffaqiyat sizga kafolatlangan.
3. Maqsadga erishish uchun uni vizuallashtirish lozim.
4. Mukofotning oshirilishi motivatsiyaning ortishiga olib keladi.
5. Qo‘rquv — yaxshi motivator.
6. Urinib ko‘rishning o‘zi kifoya.
7. Barchasi tug‘ma qobiliyatlarga bog‘liq.
8. Eng keraklisi — iroda kuchidir.
9. Ilhom kelishini kutish lozim, shunda motivatsiya ham keladi.
10. Maqsadlarni yozib borish — muvaffaqiyatning kalitidir.

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
🎉 Azizlar, kanalimiz obunachilar anchadan beri kutgan loyihamiz ishga tushdi.

Endi uyingizda o'tirgan holda va bir so'm ham sarflamay chet tillari yoki IT kabi zamonaviy kasblarni o'rganishingiz mumkin bo'ladi.
Botga kirganingizda u yerda barcha kurslar kategoriyaga bo'lingan. Hammasi sodda va siz tushunadigan uslubda tartiblab chiqilgan.

☝️ Eslatib o'tamiz barcha kurslar MUTLAQO BEPUL!
🏃🏻‍♂️ Shoshiling!!!


👉 @VideoSaboqBot
#mulohaza_uchun #software #it_humor

Yangi dastur va foydalanuvchi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware #maslahat

🌿 Kompyuter va salomatlik

💻 Kompyuter ish, taʼlim, hordiq jarayonining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ammo undan uzoq vaqt va noto‘g‘ri foydalanish nafaqat ko‘zlar, balki umumiy salomatlik uchun ham zararli ekanligi sir emas.

Bu zararlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Quruq ko‘zlar sindromi va ko‘rish qobiliyatining pasayishi;
• Gavdani tik tutmaslik natijasidagi skolioz;
• Harakatsizlik natijasida ortiqcha vazn yig‘ish, mushaklarning zaiflashuvi;
• Uzoq vaqt kompyuterdan taraladigan nurlar ta‘sirida quvvatsizlik, bosh og‘rig‘i.

❗️Mazkur noxushliklar kelib chiqmasligi uchun bir nechta oddiy tavsiyalarga amal qilish kerak.

Ko‘zlar uchun:

👀 Ko‘zlarni tez-tez yumib ochishga odatlaning. Bu ko‘z shilliq qavati namlanib turishini taʼminlaydi;
💦 Ko‘proq toza suv iching (shirin, gazlangan ichimliklar emas). Bu organizmda suv-tuz muvozanatini me’yorida ushlaydi;
👨‍💻 Ko‘z va monitor oralig‘i 60-70 santimetrdan kam bo‘lmasligi shart;
💊 Faoliyatingiz kompyuter bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ko‘zni namlantiruvchi tomchilardan shifokor bilan maslahatlashgan holda foydalanish mumkin.

Kompyuterdan foydalanishda har 25-30 daqiqada ko‘zni chiniqtiuruvchi mashqlarni bajaring:

1. Ko‘zlarni 2 daqiqa davomida tez-tez pirpirating;
2. Ko‘z soqqasi bilan aylanma va yuqoriga-pastga qarash harakatlarini bajaring;
3. Deraza yoniga kelib, ko‘chada maksimal uzoqlikda turgan jismni ilg‘ab, unga qattiq tikilib qarashga harakat qiling;
4. Ko‘zlarni yumib, sokin holatda 5-6 daqiqa yoqimli ranglarni tomosha qilayotgandek tasavvur qiling.
👓 Ko‘zni himoyalovchi koʻzoynaklardan foydalaning (bunday koʻzoynaklar haqida batafsil).

Umumiy salomatlik uchun:

🚶Ishga sho‘ng‘ib, jismoniy faollik haqida unutib qo‘ymang. Har 1-2 soatlik ishdan so‘ng, o‘rningizdan turib, yengil badantarbiya mashqlarini bajaring. Imkon bo‘lsa, 1-2 daqiqa toza havoda sayr qilib keling.
🙎🏻‍♂️Gavdani to‘g‘ri tuting. Bu nafas olish maromi va umurtqa holati uchun muhim (qanday to‘g‘ri tutish kerakligi post ostiga birikritilgan rasmda ko‘rsatilgan).
🥗 Taomnomani A, B, C vitaminiga boy mahsulotlar (yog‘li baliq navlari, jigar, sariyog‘, dengiz mahsulotlari, sabzi, qizil bulg‘or qalampiri, pomidor, petrushka, xurmo, sitrus mevalar) bilan boyitish ham ko‘z, ham umumiy salomatlik muhofazasi uchun kerak.
Haftada bir marta kompyutersiz kun eʼlon qiling.

📝 Manba: @soglomhayotuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

🎞 YouTube'da videoni kerakli joyidan ko‘rsatish

youtube.com videoni namoyish etadi va uni boshqa saytlar va forumlarga joylashtira oladi. Bunda uni boshidan emas, balki belgilangan vaqtdan boshlab ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Buni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin:

1️⃣. Videoni kerakli joyida Пауза'ni bosing (ya’ni to‘xtating).

2️⃣. Pleyer ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va menyudan Копировать URL видео с привязкой ко времени bandini tanlang.

3️⃣. Shundan so‘ng muayyan vaqtga biriktirilgan havola avtomatik nusxalanadi va sizga undan kerakli joyda foydalanish qoladi.

Masalan, https://youtu.be/RWhNkkOc7PY?t=145 havolasida t=145 — videoning namoyish etilishi 145-soniyadan boshlanishini anglatadi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma
Youtube.com saytidan videoni yuklab olish
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi?
720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
YouTube qaynoq klavishlari
YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin?
Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi?
Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis
Google siz haqingizda nimalarni biladi?
Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
Filmdan parchani topish va yuklab olish
Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?
Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
NewPipe mobil ilovasi
Snaptube mobil ilovasi
Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
"Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor

Yangi dasturlash tilini o‘rganishni boshlaganingda... 🖥👀

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#telegram

Agar siz chatlar, kanallar va guruhlar ro‘yxatidagi xabarlarda ko‘proq ma’lumotni ko‘rishni istasangiz, unda ikki satrli ko‘rish rejimidan uch satrlisiga o‘tib olsangiz bo‘ladi.

Buning uchun “Настройки” - “Настройки чатов”ga o‘ting va “Список чатов” bo‘limida uch satrli rejimni faollashtiring.

👨🏻‍💻@itspecuz
#smartfon #android #dasturlash

📱⌨️ Mimo — rus yoki ingliz tiliga qalaysiz, agar til borasida muammoingiz bo‘lmasa, u holda ushbu mobil ilova bilan dasturlashni o‘rganish endi yanada oson va qulay!

Kuniga atigi 5 daqiqa vaqt ajratish orqali siz kod yozishni, ilovalar, o‘yinlar, saytlar yaratish va boshqa ko‘plab narsalarni o‘rganishingiz mumkin.

HTML, CSS, JavaScript, SQL, Python, Kotlin, Swift va boshqa dasturlash tillarini 0 dan o‘zlashtiring! (Pochta manzili yoki Facebook-akkaunt orqali ro‘yxatdan o‘tish maqsadga muvofiq). Pro-versiya.

📎 Mimo Pro v3.121 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
SoloLearn mobil ilovasi
Основы HTML и CSS mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #bilasizmi #game

🧩 Sudoku otasi vafot etdi

Yaponiyada sudoku jumbog‘ini ixtiro qilgan Nikoli nashriyoti sobiq rahbari Maki Kadzi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar bermoqda Kyodo agentligi.

«Maki Kadzi «Sudoku otasi» sifatida tanilib, uni butun dunyodagi boshqotirma ishqibozlari hurmat qilishadi», — deyiladi nashriyot saytida.

Iyul oyida Kadzi sog‘lig‘i sababli kompaniya prezidenti lavozimidan ketdi. 10 avgustda Tokioda olamdan o‘tganda 69 yoshda edi. O‘limiga o‘t yo‘llari saratoni sababi bo‘lgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, birinchi sudoku 1980-yillarda Nikoli nashriyoti tomonidan chop etilgan jurnal sahifalarida paydo bo‘lgan. Pirovard natijada kompaniya nomi butun dunyoga dong taratgan.

Shunga qaramay, shunga o‘xshash raqamli topshiriqlarni yaratish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Sudokoning ajdodi shveysariyalik matematik Leonard Eyler tomonidan ixtiro qilingan “Lotin kvadrati” o‘yini bo‘lgan deb hisoblanadi.

2000-yillarning boshlarida sudoku juda ommalashib ketdi. Gazetalarda an’anaviy krossvordlar o‘rniga raqamli katakchalar chop etila boshlandi. Sudoku bo‘yicha birinchi jahon chempionati 25 yil oldin o‘tkazilgan.

📝 Manba: Xabar.uz

📌 P.S.: Ushbu o‘yinni gazeta, jurnalda yoki elektron ko‘rinishda o‘ynab ko‘rganmisiz?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #game

Eng murakkab Sudoku boshqotirmasini finlyandiyalik matemetik Arto Inkala tomonidan 2012-yilda yaratgan. Odatda ushbu yapon boshqotirmasi murakkabligi o‘lchanadigan shkalaga ko‘ra, Inkala sudokusi 11 ballga baholangan.

⚔️ Ushbu o‘yinning butun dunyo bo‘ylab boshqa foydalanuvchilar bilan Battle, ya’ni onlayn tarzda musobaqalashish uchun tavsiya etiluvchi, o‘zimiz muntazam foydalanadigan versiyasini yuklab oling (reklamalari muntazam chiqib turadi, shunisi biroz noqulaychilik tug‘dirishi mumkin):
📥 https://play.google.com/store/apps/details?id=easy.sudoku.puzzle.solver.free

🆓 Agarda reklamasiz versiyalari kerak bo‘lsa, u holda ushbu versiyalaridan ham foydalanib ko‘rishingiz mumkin:
1️⃣. Sudoku Master
2️⃣. Classic Sudoku
3️⃣. Monopoly Sudoku

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Achchiq haqiqat… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

📊 Kanalimizdagi Microsoft Excel dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):

Pavel Kogandan MS Excel'ga oid eng yaxshi 15 tryuk (rus tilida)
Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar
Excel’dagi formulalarni kiritish bo‘yicha umumiy yo‘riqnoma
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar:
1-qism | 2-qism | 3-qism
• Funksional klavishlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Son formatlari haqida
КОНМЕСЯЦА funksiyasi
РАЗНДАТ funksiyasi
ЧИСТРАБДНИ.МЕЖД funksiyasi
ОКРУГЛ (ROUND) funksiyasi
ЕФОРМУЛА funksiyasi
• ВПР funksiyasi: 1-misol | 2-misol
СУММЕСЛИ funksiyasi
СУММПРОИЗВ funksiyasi
ДЛСТР (LEN) funksiyasi
MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida
Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
Berkitilgan listlar mavjudligini aniqlashning tezkor usuli
Belgilangan diapazonda ma’lumotning qayta takrorlanmasligi uchun sozlash
Ma’lumotni qayta kiritishga cheklov o‘rnatish
O‘z uslub (stil)imizni yaratish va undan foydalanish
"Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish
Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
Muayyan katakka nisbatan havola turini o‘zgartirish
Aralash havola turidan foydalanish bo‘yicha misol (Karra jadvali)
Vazifaning bajarilish holatini vizual tasvirlashda shartli formatlashdan foydalanish
Ochiluvchi ro‘yxatlar
Ochiluvchi ro‘yxatni yaratish
Noyob ro‘yxatni yaratishning 3 usuli (1-qism)
Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish
Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish (qo‘shimcha)
Sananing elementlarini nusxalab Excelga o‘tkazganimizda yuzaga keladigan yana bir muammoning yechimi
Excel bilan 10 tezkor tryuk
Microsoft korporatsiyasi Word, Excel va PowerPoint dizaynini yangilaydi
Yacheykalarni mohirona birlashtirish usuli
Excel sahifalari va kitobidan himoyani olib tashlash
Yacheykalar diapazoni nima?
Microsoft Excel dasturida Avtoto‘ldirish (Автозаполнение) imkoniyatidan foydalanish
Excel'da o‘z avtoto‘ldiriluvchi ro‘yxatimizni yaratamiz (video)
R1C1 ko‘rinishidagi havolani A1 ko‘rinishiga qaytarish (video)
Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов) + video ko‘rsatma
Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
Excel dasturida yacheyka uchun maxsus tanlanadigan ro‘yxat yaratish (Создание выпадающих списков)
To‘ldirilgan diapazondagi ma’lumotlarni xatolikka qarshi tekshirish (video)
Excel'ning “Промежуточные итоги” imkoniyatidan foydalanish (video)
Excel'ning “Окно контрольного значения” imkoniyatidan foydalanish (video)
Excel'ning “Диспетчер имен” imkoniyatidan foydalanish (video)
Excel'da makros yaratishga misol (video)
Yacheykada u yoki bu so‘z necha marta uchrashini hisoblash (video)
Diagramma yasashda qiymatsiz satrlar keltirilgan taqdirda bo‘sh nuqtalarni bildirmaslik bo‘yicha ko‘rsatma (video)
Microsoft Excelda Автозаполнение yordamida ro‘yxat tuzish va undan foydalanish bo‘yicha
Microsoft Excel dasturida birdaniga bir nechta yacheykaga ma’lumot kiritish
Microsoft Excel dasturida ПОИСК va ЛЕВСИМВ funksiyalarini qo‘llash haqida
Microsoft Excelda ma’lumot kiritilishiga qarab amalga oshiriladigan numeratsiya
Microsoft Excelda joriy sana uchun hafta kunini aniqlash
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Ma’lumotlarni solishtirishda Лист’lar bilan ishlashda qulaylik yaratish haqida

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 2-qismi | 3-qismi.

🔠 Agar Microsoft Excel bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Excel) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

💡Kanalimizda MS Excel bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

📊 Kanalimizdagi Microsoft Excel dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (2):

Oyning 1-kunini haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishini aniqlash
Yacheykalarda keltirilgan matn harflarining registrini o‘zgartirish
Oddiy kredit kalkulyatoridan foydalanish
Qaytariluvchi (dublikat) yacheykalarni o‘chiramiz
Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
Matnni ustunlar bo‘ylab qanday ajratish mumkin?
Excel jadvalidagi xatoliklar va nollarni qanday berkitish mumkin?
Excel jadvaliga sonlarni matn sifatida qabul qilinadigan qilib kiritamiz
Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin?
Matnning turli yacheykalarda mos tushish/tushmasligini qanday tekshirish mumkin?
Bo‘sh yacheykalarni tezkor o‘chirish usuli
Excel jadvali yacheykalari tarkibidagi matnlar orasidan ortiqcha probellarni olib tashlash
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Microsoft Office: 2007-yildan beri ilk marta qoida boʻyicha o‘rnatilgan shrift almashadi
“Microsoft” kompaniyasi Office 2021ni taqdim etdi
MS Office dasturlarida yangi hujjatni tezkor yaratamiz
Fayllarni qoida bo‘yicha saqlash papkasini o‘zgartirish
Excel fayl formatlari
Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish
Ikki diapazon o‘rtasidagi farq va qaytarilishlarni solishtirish
Ikki sana oralig‘ida qancha ishchi kunlari mavjudligini hisoblash
Ekranda ochilib turgan hujjat oynalari o‘rtasida tezkor o‘tish
Sparklaynlar
Bir yacheykadagi jumlada joylashgan bir nechta so'zlarning har birini ustunlar bo'ylab yoyish (Текст по столбцам) va transponirlash (Транспонирование) vositalaridan foydalanish
Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin?
• Ustunlar o‘rnini almashtiramiz: 1-usul | 2-usul
Kerakli listga tezkor o‘tish
Excel'dagi listga fon qanday qo‘shiladi?
Unutilgan Scroll Lock klavishi
Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin?
Sizga Word, PDF, Excel va PowerPoint'lar bitta ilovada bo‘lishi qulaymi?
OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
Xatoliklarni avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatish
Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
Tasodifiy sonni generatsiya (hosil) qilish
Excel listining punktir chiziqlar bilan sahifalarga ajratilishini o‘chirib qo‘yish
Excel jadvalida formulalarni izlash
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Ortiqcha probellarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?
O‘z avtoto‘ldiriluvchi ro‘yxatimizni yaratamiz
MS Excel dasturida xatolik turlari
Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin?
Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari
Barcha manfiy qiymatlarni tezkor o‘chirish
Listning ma’lum bir qismini chop etishga berish

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 3-qismi.

🔠 Agar MS Excel bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Excel) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

💡Kanalimizda MS Excel bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #game #learn_english_with_software

🖼 4 pics 1 word

★ Whats the word we are looking for? ★
Each puzzle contains 4 photos with a common word - can you guess what it is?

Find out why everyone loves this game and join the fun now!

★ PURE, INSTANT FUN ★
Start straight away, have fun, beat your friends!

★ CAN YOU GUESS THEM ALL? ★
Can you guess all words and unlock all levels? Hundreds of puzzles from easy to tricky are waiting for you!

★ SIMPLE AND HIGHLY ADDICTIVE GAMEPLAY ★
So what are you waiting for? What’s the word? Look at the four pictures, guess what they have in common!

📥 Ilovani yuklab oling va yaqinlaringizga ham ulashing!

⌨️ Ilovani ishlab chiqargan: @uzmobiler
“Ismlar ma’nosi”
“Latifa.uz”
“Full Qr Code Scanner and Generator”
Maqollar.uz
“Maktab darsliklari”
“Namoz” mobil ilovalari

📢 Mobil dasturlashga oid maqolalar tarjimalarini ulashuvchi kanal: @mobiler_blog

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #IT_humor #game

👨🏻‍🎓 Men: Dada, o‘qishim uchun mana shu konfiguratsiyadagi kompyuter kerak ekan:

📋 O‘qish uchun talab etiluvchi shaxsiy kompyuter konfiguratsiyasi:
1. Protsessor: Ryzen 7 3700X
2. Tezkor xotira: 16 Gb
3. Videokarta: Nvidia RTX 2060 6Gb
4. Doimiy xotira: Tizim uchun 512 Gb SSD va qolgan ma’lumotlarni saqlash uchun 1 Tb HDD
5. Sovutgich: RGB Cooling fan

👨🏻‍🦱 Dadam: 🤨

📌 P.S.: O‘qishi 3D grafika, Rendering, video montaj, katta formatdagi rasm va illyustratsiya ishlari bilan bog‘liq bo‘lsa, to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi, ammo faqat o‘yin o‘ynash uchun bo‘lsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayta olmaydida buni farzand... 🤓

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

📏 Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish

Belgilangan kenglik va balandlik parametrlari bilan brauzerni muntazam ravishda ochib foydalanish uchun ko‘p sabablar bo‘lishi mumkin.

Masalan, veb dasturlashda smartfon ekranini imitatsiya qilish uchun. Agar sizda shunga o‘xshash ehtiyoj yuzaga kelsa, u holda quyidagi qadamlarni amalga oshiring:

1️⃣. Brauzer yorlig‘ (Ярлык)i nusxasini yarating va unga mos nom bering. Masalan, “iPhone 5s”.

2️⃣. Yorliq ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.

3️⃣. Ochilgan kontekstli menyudan “Свойства” bandini tanlang.

4️⃣. “Ярлык” varaqa (вкладка)sining “Объект” obyekt maydonida, satr oxiriga probel va quyidagi parametrni qo‘shing “--window-size=<KENGLIK>,<BALANDLIK>”.

5️⃣. “Применить” va “OK” tugmalarini bosing.

Bizning misolimizda biz yorliqqa “iPhone 5s” izohini qo‘shdik hamda kenglik va balandlik uchun mos tarzda 640 va 1136 piksellik ko‘rsatkichlarni belgiladik.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

👤 Mening bunga unchalik uquvim yo‘q, lekin bu muhim emas.

🖱 Scratch yordamida o‘zingning dastlabki saytingni yaratganingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #learn_english_with_software

🇬🇧|🇺🇸 Infuzoria nashri tomonidan taqdim etilgan diagramma orqali ko‘rib turganingizdek, ingliz tilini o‘rganish zarar qilmaydi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija