IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android #learn_english_with_software

🇬🇧 English Tenses – ingliz tilidagi zamonlarni (tilning asosini) oson tarzda tushunish va o‘zlashtirish usulini taqdim etuvchi mobil ilova. Barcha imkoniyatlar blokdan chiqarilgan

📎
English Tenses v6.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📌 P.S.: Ingliz tili bo‘yicha bilimingiz darajasini qanday baholaysiz? Buni aniqlashda sizga “English Level Checker” va “IELTS Test” mobil ilovalari yordam berishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #it_humor

Dasturlashni yaqin orada boshlaganlarda ko‘p uchraydigan holat… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

👨🏻‍🏫 Xitoy maktabidagi oddiy mashg‘ulotlardan biri. Bunday aqlli sinf doskalari bilan o‘quvchilar darslarni o‘tkazib yubormasliklar aniq!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

📥 Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis

O‘zingiz uchun qulay variantni tanlang va YouTube, Facebook, “VKontakte” va boshqa maydonchalardan videoroliklarni oson yuklab oling.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Internet Download Manager kompyuter dasturi
IDM Plus mobil ilovasi
µTorrent Pro kompyuter dasturi
μTorrent Pro mobil ilovasi
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #maslahat

🤦🏻‍♂️ “Ertaga qilaman”: ishlarni ortga surish odatidan qanday qutilish mumkin?

Baʼzan oʻta intizomli insonlarda ham dangasalik, ishlarni ortga surish holati kuzatiladi. Dangasalikka qarshi zudlik bilan kurashni boshlamasangiz, u tez orada odatga aylanib qoladi.

1️⃣. Holatdan unumli foydalanish

Dangasalik xuruji kuzatilayotgan vaqtda oʻzingizga dam olish uchun imkon bering. Sevimli filmingizni tomosha qiling, shoshilmasdan qahva iching, yaqinlaringiz bilan muloqot qiling. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan turib, katta ehtimol bilan bekorchilikdan oʻzingiz ham zerikasiz.

2️⃣. Sunʼiy dedlayn yarating

Ushbu usul juda yaxshi samara bera oladi, ammo ong dedlaynlar sunʼiy ekanligini tushunganidan keyin vazifani aytilgan vaqtda bajara olmay qoladi. Shu sababli mazkur usul dangasalikning ilk bosqichlaridagina yordam beradi.

3️⃣. Harakat qiling

Harakatsizlik dangasalikni kuchaytirib yuboradi. Maʼlum bir ish bilan shugʻullangingiz kelmasa, yugurishga chiqing yoki raqsga tushing.

4️⃣. Ish joyini oʻzgartiring

Baʼzida oʻzingiz uchun tanish boʻlmagan joyda ishlash sizga ilhom beradi, ish layoqatini oshirishga xizmat qiladi. Vaqti-vaqti bilan oʻzingiz odatlangan joyda emas, shinam kafe yoki tabiat qoʻynida ishlash usulini sinab koʻring.

5️⃣. Internet, TV, radioni yoqmang

Ishlaringizni yakunlab boʻlmaguningizga qadar oʻzingizni tashqi dunyo changaliga topshirib qoʻymang. Internet va TV'da sizni ishdan chalgʻituvchi maʼlumotlar koʻp ekanligini unutmang.

6️⃣. Oʻzingiz uchun mukofot oʻylab toping

Maʼlum bir vazifani yakunlashingiz evaziga oʻzingizni shirinlik yoki yangi libos bilan siylang. Miya bajarayotgan ishi uchun mukofot olishini avvaldan sezib, uni tezroq yakunlash uchun imkon qadar harakat qiladi.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🆕 Telegram Desktop muqobil 2.9.2 versiyasiga yangilandi

Kiritilgan yangiliklar:
— Rejalashtirilgan xabar/postlardagi uzilish va xatoliklar to‘g‘rilandi;
— Windows'dagi qo‘ng‘iroq yoki ovozli chatdan so‘ng fayllarning yuborilishi to‘g‘rilandi;
— Windows7'da bosh oynadagi sarlavhaning xatoliklari to‘g‘rilandi.

📥 Yuklab olish: Rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#dasturlash #hardware

🚀 Dasturlash bilan shug‘ullanish uchun kompyuter tanlash

Dasturlash bilan shug‘ullanish uchun kompyuter qanday tanlanadi, o‘zingiz tanlangan dasturlash sohasiga mos tarzda qanday xarakteristikalarga ahamiyat berish lozim?

👇🏻 Bu va boshqa savollarga rus tilida (🇷🇺) taqdim etilgan ushbu video orqali javob olishingiz mumkin.

🎞 Tomosha qilish

📝 Manba: @IT_1ess0ns

ℹ️ Kompyuter tanlash borasida o‘zbek tilida keltirilgan tavsiyalar bilan ushbu postlarimiz orqali tanishishingiz mumkin:
Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari
Kompyuter xarid qilish va narxlari bo‘yicha e’lon qilingan postlar ro‘yxati

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash

Dasturchilar qancha daromad topadi?

Yuqoridagi Screenshot'larda O‘zbekiston bozoridagi dasturchilarga bo‘lgan talab bilan tanishishingiz mumkin. Agar ingliz tilini bilsangiz va bilimingiz yetarli bo‘lsa, xalqaro bozorda bundan bir necha barobar ko‘p maosh taklif qilinadi.

Xo‘sh, shuncha pul to‘lanadigan kasbni qanday egallash mumkin? Mustaqil o‘rgansa bo‘ladimi?

❗️Javob: Dasturlashni o‘rganish uchun sizda 2 ta yo‘l bor:
1️⃣. Ingliz va rus tillarini yaxshi o‘rganib, YouTube va shu kabi manbalardan mustaqil o‘rganish (2-3 yil);
2️⃣. Yoki ma’lum miqdorda investitsiya kiritib, qisqaroq muddatda yaxshi ustozlardan o‘rganish.

Qaysi birini tanlash esa, o‘zingizga bog‘liq! 😉

ℹ️ IT-sohasi atrofidagi dastur va texnologiyalardan foydalanish hamda tizimli va veb-dasturlashni mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiluvchi manbalar:
Bepul video darslarni ulashuvchi maxsus bot
Python dasturlash tili bo‘yicha
Full-Stack (ya'ni veb)-dasturlash bo‘yicha

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

🔤 Yacheykalarda keltirilgan matn harflarining registrini o‘zgartirish

Yacheykadagi matn harflarini faqat kattalari yoki kichkinalariga o‘zgartirish uchun mos tarzda =ПРОПИСН va =СТРОЧН funksiyalari qo‘llaniladi.

Biroq agarda sizga matnning dastlabki harfi katta, qolganlari esa — kichik bo‘lishi lozim bo‘lsa. yuqoridagi ikki funksiya bilan vazifasi o‘xshash bo‘lgan =ПРОПНАЧ funksiyasidan foydalaning. Dastlabkisidan tashqari qolgan barcha harflar, qanday registrda bo‘lishidan qat’i nazar kichik harflarga aylantiriladi.

Ushbu funksiyaning qo‘llanilishiga misol post ostiga biriktirilgan rasmda keltirilgan👇🏻.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

📈 O‘ZIMIZ UCHUN SARMOYA KIRITISHNING 5 USULI

1. Doimiy o‘quv rejalarini tuzib yurish;
2. Aqlli va muvaffaqiyatli insonlar davrasida bo‘lishga intilish;
3. Insonlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini yaxshilash;
4. Pul sarflashga bo‘lgan qo‘rquvni yengish;
5. Nafaqat professional, balki ruhiy va jismoniy darajada rivojlanish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Komfort zonasi
“Ertaga qilaman”: ishlarni ortga surish odatidan qanday qutilish mumkin?
Miya uchun eng zararli mahsulotlar sanab oʻtildi
Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
Kitob o‘qishni boshlash uchun 7 sabab
Yaxshi uyqu uchun tavsiyalar
Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware #texnologiya

🖥 Nvidia kompaniyasi videokartalari tashqi ko‘rinishining 1995-2020 yillar oralig‘idagi o‘zgarish evolyutsiyasi.

📝 Manba: @che_history1

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🗑 Hujjatdan shaxsiy ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin?

Word qoida bo‘yicha siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni saqlaydi, buni faylni qabul qiluvchi va u bilan ishlovchi har qanday foydalanuvchi ko‘rishi mumkin.

Ushbu ma’lumotni o‘chirish uchun menyu satrida Файл → Сведения → Найти проблемы bandlari bo‘ylab o‘ting. Ochilgan oynada Проверить документ tugmasini bosing.

Bu yerda bizni ikkinchi band qiziqtiradi (qoida bo‘yicha tanlangan), ammo qolgan bandlardagi qushcha (☑️) belgilarini shu turishida qoldirish mumkin.

Проверить tugmasining, so‘ngra ikkinchi banddagi Удалить всё tugmasining ustiga bosing, tayyor.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Afsonaviy Nokia 3310 telefoni mustahkamligini sinash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalardan navbatdagisi. 1-tajriba | 2-tajriba

📌 P.S.: Bechora telefonda nima ayb bor ekanki, ko‘pchilik aynan shu modeldagi Nokia'ni qiynagisi keladi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun

💻 Kompyuterdan uzoq vaqt foydalanish qo‘l sog‘lig‘iga qanday ta’sir qiladi?

💪 Bilakda butun qo‘lni qon bilan ta’minlaydigan maxsus kanal mavjud. Ammo kompyuter qarshisida uzoq davom etadigan harakatlar natijasida ushbu kanaldagi zo‘riqish sezilarli darajada oshadi.

🔷 Bilakdagi kuchli stress tufayli asab shikastlanadi, bu esa barmoqlarning qattiq og‘rishi va ularda sezuvchanlikning pasayishiga olib keladi. Shifokorlar buni tunnel sindromi deb atashadi. Vaqt o‘tishi bilan og‘riq faqat kuchayadi va bartaraf qilish uchun uzoq vaqt tanaffus qilish talab qilinadi.

Tunnel sindromining oldini olish uchun ish paytida qo‘llarning holatini kuzatish, tanaffus qilish, oyoq va qo‘llarni cho‘zib turish kerak.

📝 Manba: @soglomhayotuz | @mir_zdorovya

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Kompyuter qarshisida qanday o‘tirish kerak?
Kompyuter qarshisida to‘g‘ri o‘tirish qoidasi
Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar
Yaxshi uyqu uchun tavsiyalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #iOS #maslahat

🧮 Matematik misollarni ikki soniyada yechamiz

Post ta’lim olayotganlar uchun:
algebradan uyga vazifani ideal tarzda bajarish uchun — Google amakini bezovta qilish yoki darslikni varaqlab o‘tirish shart emas. Misollarni o‘rningizga batafsil yechib beruvchi PhotoMath ilovasi bo‘lsa bas.

Undan foydanalish tartibi quyidagicha:

1️⃣. PhotoMath ilovasini PlayMarket yoki AppStore'dan yuklab olamiz.
2️⃣. Tilni tanlaymiz, kirish qismini o‘tkazib yuboramiz.
3️⃣. Daftardagi misolni skaner qilamiz. Buning uchun butun vazifani qizil chiziqlar orasiga joylashtiramiz.
4️⃣. Qizil tugma ustiga bosamiz. Birozdan so‘ng yechim va grafikalar bilan oyna paydo bo‘ladi. Qadamma-qadam yechimni ko‘rish uchun, “Показать шаги по решению” tugmasiga bosamiz.
5️⃣. Agar matematika siz uchun umuman qiyinchilik tug‘dirsa — hosil bo‘lgan menyuda “Пояснить этапы” tugmasiga bosamiz.

Ilovada shuningdek aqlli kalkulyator mavjud. U orqali siz nafaqat oddiy misollarga, balki tenglamalar tizimi + kvadrat ildizlar, foizlar va boshqa ko‘plab masalalarga yechim topishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Photomath Plus mobil ilovasi
Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Windows 10'dagi “Калькулятор” dasturi uchun foydali klavishlar birikmalari
Oddiy kredit kalkulyatoridan foydalanish

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya #hardware

🗓 Kuni kecha, shaxsiy kompyuter 40 yoshga to‘ldi – 1981 yilning 12 avgustida IBM PC'ning sotuvi boshlangan

🖥 IBM 5150
dastlabki ommalashgan model bo‘lgan – qurilmalarning yarmidan ko‘pi uyda foydalanish maqsadida xarid olingan.

Qurilmaning bazaviy komplektatsiyasi uchun narxi 1565 AQSh dollarini tashkil etgan, unga quyidagilar kirgan:

1. 4,77 MGs'lik 8 bitli Intel 8088 protsessori;
2. 16 Kb'lik operativ xotira;
3. 16 rangga qadar ko‘rsatishga mo‘ljallangan monoxromli yoki rangli IBM grafik adapteri;
4. Monoxromli IBM 5151 yoki rangli IBM 5153 ekrani;
5. 83 klavishdan iborat IBM Model F klaviaturasi;
6. Chastotasi dasturlanuvchi ovozli dinamik;
7. 160 yoki 320 Kb hajmli disketalar uchun mo‘ljallangan ikkitagacha 5,25-dyuymli diskovodlar;
8. Kassetali magnitofon yoki qo‘shimcha qattiq diskni ulash uchun portlar;
9. Kengaytiriluvchi platalar, ketma-ket va parallel portlar uchun 5 slot.

📝 Manba: tjournal.ru

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🤖 Kafeda buyurtmani yetkazib beruvchi robot ofitsiant.

📌 P.S.: Ha, robototexnika asta-sekin barcha sohalarga kirib bormoqda, texnologiyalar bilan bog‘liq qaysi sohani tanlasam ekan, deb o‘ylab yurgan yoshlar uchun yana bir variant... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🆕 Telegram Desktop’da yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

Windows 10 operatsion tizimi uchun Telegram Desktop yangilangan versiyada taqdim etildi. Ushbu apdeyt bilan messenjerda bir qator foydali funksiyalar va tashqi qiyofasida ayrim o‘zgarishlar paydo bo‘ldi.

Mazkur yangi imkoniyatlar quyidagilardan iborat:

1️⃣. Xabarning chatdan avtomatik yo‘qolib ketish muddatini bir kun, bir hafta yoki bir oy qilib sozlash mumkin.

2️⃣. Fayllarni ko‘rish rejimida alohida GIF varaqasi paydo bo‘lgan.

3️⃣. Agar akkauntingiz parolini unutgan bo‘lsangiz va uni tiklash uchun qo‘llanuvchi elektron pochtangizga kirish imkoningiz bo‘lmasa, endi ikki bosqichli autentifikatsiya yordamida akkauntga kirishni tiklasa bo‘ladi. Bunda eski parolni bekor qilish 7 kun vaqtni oladi, bu jarayonni mazkur akkauntingiz mavjud bo‘lgan istalgan qurilmadan turib to‘xtata olasiz ham.

4️⃣. Ilovaning belgichasi hamda dastlabki sozlamalarga ko‘ra chat foni yangilangan.

Telegram Desktop’ning yangi versiyasini Windows 10 operatsion tizimli kompyuter va noutbuklar egalari Microsoft Store katalogidan ushbu havola orqali o‘rnatib olishlari mumkin.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software #game

🕹 Windows 7 games for Windows 10 & 8 – sezgan bo‘lsangiz kerak, Windows 10'da standart o‘yinlar (Солитёр, Паук, Косынка va boshq.) mavjud emas. Windows 10'ga standart o‘yinlarni o‘rnatish uchun dasturchilar “Windows 7 games for Windows 10” bepul paketini ishlab chiqishdi. Ushbu to‘plamning barcha o‘yinlarini yoki faqat bir qismini o‘rnatish imkoniyati mavjud, o‘yinlar rus tilini qo‘llab-quvvatlaydi.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v2.2
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 Windows 7 games for Windows 10 & 8 v2.2 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Hayratlanarli “zoom”! 📷

👉🏻 Yana bir misol.

👨🏻‍💻@itspecuz
🥰1