IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

📽 Slayd obyektlari uchun animatsiya

PowerPoint'dagi obyektlar uchun mo‘ljallangan animatsion effektlar bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Kirish (slaydda obyektni yuzaga keltirish), ajratib ko‘rsatish (obyektga e’tiborni qaratish uchun) va chiqish (slayddan obyektni berkitish) uchun animatsiyalar mavjud.

Slayddagi obyektga nisbatan birvarakayiga bir qancha turli xil animatsiyalarni qo‘llash mumkin. Masalan, diagramma uchun sichqoncha tugmasini bosish evaziga yuzaga kelish, hajmini kattalashtirish va berkitish sozlamasini tayinlash mumkin. Barcha amallar obyektni dastlab belgilab olib, menyu satrining Анимация varaqa (вкладка)sida amalga oshiriladi.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Slayddagi ro‘yxatlarning to‘g‘ri va teskari yuzaga kelish animatsiyasini qo‘llash
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint bo‘yicha video darslar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

📷 Kanal/guruh uchun QR-kod

Telegram kanali yoki guruhiga yo‘naltiruvchi jozibador QR-kod yaratmoqchimisiz, bu uchun ixtisoslashgan xizmatlarni izlab o‘tirishingiz shart emas, buni messenjerning o‘zi orqali ham uddalash mumkin.

Qanday qilib deysizmi? Yo‘li oson (bu uchun kanal/guruh yaratuvchisi statusiga ega bo‘lishingiz kerak):

1️⃣. Kanal profilidagi qalamcha (Tahrirlash) belgisi;
2️⃣. Тип канала;
3️⃣. Управление приглашениями;
4️⃣. Kanal havolasining o‘ng tomonidagi vertikal uch nuqta belgisi;
5️⃣. Получить QR-код;
6️⃣. Поделиться bandlari bo‘ylab ketma-ket o‘tasiz.

📌 P.S.: Hosil bo‘lgan QR-kodli rasmni o‘zingizdagi “Избранное” bulutli papkasiga yuborishingiz mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #it_humor

Foydali va o‘ziga yarasha murakkab jazo... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #smartfon #it_humor

Natijada esa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #internet

🌎 Google-xaritalaridan internetsiz foydalanish

Sayohatchilar uchun layfxak: ma’lum bo‘lishicha, Google Maps'dan oflayn rejimda foydalanish mumkin ekan.

Buni amalga oshirish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. Google'ning “Карты” ilovasida menyuga murojaat etamiz. Buning uchun ekranning yuqori o‘ng burchagida joylashgan Google-akkauntimiz rasmi (rasm bo‘lmagan taqdirda profildagi nomimizning dastlabki harflari) keltirilgan yumaloq panel ustiga bosamiz.

2️⃣. “Оффлайн-карты” va “Выбрать карту” bandlari bo‘ylab o‘tamiz.

3️⃣. Oflayn foydalanish uchun kerakli bo‘lgan sohani xaritada tanlaymiz (uni kattalashtirish va kichraytirish mumkin) va “Скачать” tugmasiga bosamiz.

4️⃣. Yuklab olish jarayoni tugashini kutamiz.

5️⃣. Agar xaritaning kerakli sohasi oflayn xaritalar uchun juda kattalik qilsa — masshtabni kichraytiramiz. Kerakli sohaning boshqa qismlari uchun ham xuddi shu qadamlarni takrorlaymiz.

📌 P.S.: Oflayn-xaritalar uchun marshrutlar faqatgina avtomobillar uchun tuziladi. Shuningdek xaritaning sun’iy yo‘ldoshdan tasvirga tushirilgan ko‘rinishi ham ishlamaydi.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #it_humor

Birozgina bo‘lsa-da IT'shnik bo‘lmaganingizdan keyin qiyinda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #game

💸 The Archers 2 — bir yoki ikki o‘yinchi uchun mo‘ljallangan kazual o‘yin. Afsonaviy kamon ustasi Stickmen o‘rnidan o‘ynang. Android 4.4+. Ko‘plab miqdordagi pullar.

📎
The Archers 2 v1.6.6.0.2 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Angry Birds
Crossy Road
Subway Surfers
O‘yin haqida IT-hazil
Tap Tap Dash
Numpuz
Quick Brain
Geometry Dash
Plants vs. Zombies
Bridge Constructor
PC Creator PRO
Hill Climb Racing
Among Us
Sea Battle 2
Monopoly
Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #bilasizmi

Endi chatlarda yuborilgan xabarlarni avtomatik o‘chirish taymerini mavjud 1 kun va 1 haftaga qo‘shimcha ravishda — 1 oydan keyin o‘chiriladigan qilib o‘rnatish mumkin.

Funksiyani faollashtirish uchun chatda “uch vertikal nuqta” tugmasi bilan chaqiriluvchi menyuni oching, “Очистить историю” bandini tanlang va xabarlarning o‘chirilishi uchun avtoo‘chirish davrini tanlang.

📝 Manba: @vamtlgrm

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🥗 Lifesum – taomlanishingizni rejalashtirishdagi ajoyib yordamchi. Taomlanish jurnali, retseptlar va vazn yo‘qotish bo‘yicha maslahatlar — bularning barchasi bitta qulay ilovada. Android 4.0+. Premium obuna, pochta yoki Facebook orqali kiriladi.

📎
Lifesum v10.9.0(429) mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

ℹ️ Biz ham kanalimiz obunachilariga sog‘lom hayot tarzini istab, kanalimizda ulashilgan sportga oid postlar bilan tanishib, ilovalardan foydalanishni tavsiya etamiz:
Bryus Li yugurishni “mashqlar qiroli” deb atagan
10 ming qadamga pul to‘lash boshlandi deyishmoqda
365 Scores mobil ilovasi
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha ilovalar ro‘yxati:
7 Minute Workout v9.4.5 mobil ilovasi
RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
Fitify Workouts mobil ilovasi
Abs 21 mobil ilovasi
Height Increase mobil ilovasi
BikeComputer Pro mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware

🖱⚙️ Sichqonchani avtomatik ravishda qoida bo‘yicha bosiluvchi tugmaga o‘tadigan qilib sozlash

ℹ️ Kompyuter bilan ishlaganimizda sichqoncha juda kerakli va anchagina ishimizni osonlashtiruvchi qurilma hisoblanadi. Bugun bir sozlama orqali undan foydalanishda yanada tezkorlikka erishishni o‘rganamiz.

Buning uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

1️⃣. WIN + R birikmasi orqali chaqiriluvchi “Выполнить” oynasiga control mouse buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosamiz.

2️⃣. Ochilgan “Мышь” muloqot oynasining yuqorisidagi “Параметры указателя” bo‘limiga o‘tamiz va uning markazida keltirilgan “Исходное положение в диалоговом окне” maydonidagi “На кнопке, выбираемой по умолчанию” bandini faollashtiramiz ().

3️⃣. Oyna ostidagi OK tugmasini bosgan holda kiritilgan o‘zgartirishni saqlaymiz.

🎞 Batafsil ko‘rsatma post ostidagi videoda ko‘rsatilgan👇🏻.

🤔 Nima o‘zgarganini bilish uchun shunchaki WIN + R birikmasini bosing va sichqonchaning kursori avtomatik ravishda OK tugmasi ustida paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz.

❗️Ushbu sozlama majburiy emas, kompyuter uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Sozlamani faollashtirilgan joyidan o‘chiriladi.

📝 Manba: @kompyuter_akademiyasi

📌 P.S.: Kimda-kim Windows XP'ning rus mutaxassislari tomonidan ma’lum muddatga qadar maxsus yaratilgan Chip XP to‘plamlaridan birini kompyuteriga o‘rnatib ko‘rgan bo‘lsa, sichqonchaning qoida bo‘yicha faol tugmaga avtomatik o‘tishini kuzatgan bo‘lsa kerak.

Ushbu funksiya bizga noqulaylik tug‘dirgani uchun, ushbu ko‘rsatmadan biz bu funksiyani
faolsizlantirish uchun foydalandik, siz ham amalda sinab ko‘rib, yakuniy xulosaga kelishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Khan Academy Oʻzbek
👩‍🏫Taʼlim olish bepul emas deb oʻylasangiz adashasiz!

Bugungi kunda texnologiyalar taraqqiyoti bizga uydan chiqmay turib dunyo ilmlaridan boxabar boʻlish imkoniyatini yaratgan.

Biz bundan unumli foydalanishimiz kerak.

Khan Academy Oʻzbek bolalar va kattalarga 24ta fandan mutlaqo BEPUL tushunarli va qiziqarli videodarslarni taqdim etadi.

❇️ Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
#smartfon #android #learn_english_with_software

🇬🇧 English Tenses – ingliz tilidagi zamonlarni (tilning asosini) oson tarzda tushunish va o‘zlashtirish usulini taqdim etuvchi mobil ilova. Barcha imkoniyatlar blokdan chiqarilgan

📎
English Tenses v6.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📌 P.S.: Ingliz tili bo‘yicha bilimingiz darajasini qanday baholaysiz? Buni aniqlashda sizga “English Level Checker” va “IELTS Test” mobil ilovalari yordam berishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #it_humor

Dasturlashni yaqin orada boshlaganlarda ko‘p uchraydigan holat… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

👨🏻‍🏫 Xitoy maktabidagi oddiy mashg‘ulotlardan biri. Bunday aqlli sinf doskalari bilan o‘quvchilar darslarni o‘tkazib yubormasliklar aniq!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

📥 Qo‘shimcha dasturlarsiz har qanday saytdan videolarni yuklab olish uchun 10 universal servis

O‘zingiz uchun qulay variantni tanlang va YouTube, Facebook, “VKontakte” va boshqa maydonchalardan videoroliklarni oson yuklab oling.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Internet Download Manager kompyuter dasturi
IDM Plus mobil ilovasi
µTorrent Pro kompyuter dasturi
μTorrent Pro mobil ilovasi
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #maslahat

🤦🏻‍♂️ “Ertaga qilaman”: ishlarni ortga surish odatidan qanday qutilish mumkin?

Baʼzan oʻta intizomli insonlarda ham dangasalik, ishlarni ortga surish holati kuzatiladi. Dangasalikka qarshi zudlik bilan kurashni boshlamasangiz, u tez orada odatga aylanib qoladi.

1️⃣. Holatdan unumli foydalanish

Dangasalik xuruji kuzatilayotgan vaqtda oʻzingizga dam olish uchun imkon bering. Sevimli filmingizni tomosha qiling, shoshilmasdan qahva iching, yaqinlaringiz bilan muloqot qiling. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan turib, katta ehtimol bilan bekorchilikdan oʻzingiz ham zerikasiz.

2️⃣. Sunʼiy dedlayn yarating

Ushbu usul juda yaxshi samara bera oladi, ammo ong dedlaynlar sunʼiy ekanligini tushunganidan keyin vazifani aytilgan vaqtda bajara olmay qoladi. Shu sababli mazkur usul dangasalikning ilk bosqichlaridagina yordam beradi.

3️⃣. Harakat qiling

Harakatsizlik dangasalikni kuchaytirib yuboradi. Maʼlum bir ish bilan shugʻullangingiz kelmasa, yugurishga chiqing yoki raqsga tushing.

4️⃣. Ish joyini oʻzgartiring

Baʼzida oʻzingiz uchun tanish boʻlmagan joyda ishlash sizga ilhom beradi, ish layoqatini oshirishga xizmat qiladi. Vaqti-vaqti bilan oʻzingiz odatlangan joyda emas, shinam kafe yoki tabiat qoʻynida ishlash usulini sinab koʻring.

5️⃣. Internet, TV, radioni yoqmang

Ishlaringizni yakunlab boʻlmaguningizga qadar oʻzingizni tashqi dunyo changaliga topshirib qoʻymang. Internet va TV'da sizni ishdan chalgʻituvchi maʼlumotlar koʻp ekanligini unutmang.

6️⃣. Oʻzingiz uchun mukofot oʻylab toping

Maʼlum bir vazifani yakunlashingiz evaziga oʻzingizni shirinlik yoki yangi libos bilan siylang. Miya bajarayotgan ishi uchun mukofot olishini avvaldan sezib, uni tezroq yakunlash uchun imkon qadar harakat qiladi.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🆕 Telegram Desktop muqobil 2.9.2 versiyasiga yangilandi

Kiritilgan yangiliklar:
— Rejalashtirilgan xabar/postlardagi uzilish va xatoliklar to‘g‘rilandi;
— Windows'dagi qo‘ng‘iroq yoki ovozli chatdan so‘ng fayllarning yuborilishi to‘g‘rilandi;
— Windows7'da bosh oynadagi sarlavhaning xatoliklari to‘g‘rilandi.

📥 Yuklab olish: Rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#dasturlash #hardware

🚀 Dasturlash bilan shug‘ullanish uchun kompyuter tanlash

Dasturlash bilan shug‘ullanish uchun kompyuter qanday tanlanadi, o‘zingiz tanlangan dasturlash sohasiga mos tarzda qanday xarakteristikalarga ahamiyat berish lozim?

👇🏻 Bu va boshqa savollarga rus tilida (🇷🇺) taqdim etilgan ushbu video orqali javob olishingiz mumkin.

🎞 Tomosha qilish

📝 Manba: @IT_1ess0ns

ℹ️ Kompyuter tanlash borasida o‘zbek tilida keltirilgan tavsiyalar bilan ushbu postlarimiz orqali tanishishingiz mumkin:
Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari
Kompyuter xarid qilish va narxlari bo‘yicha e’lon qilingan postlar ro‘yxati

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija