IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#telegram

🆕 Telegram Messenger barqaror 7.9 versiyasiga yangilandi (1000 tagacha tomoshabin bilan video qo‘ng‘iroqlar, video ijro tezligi, videoxabarlar 2.0 va boshqalar)

Guruhli video qo‘ng‘iroqlar 2.0:
— Guruhli video qo‘ng‘iroqlar endi 1000 tagacha tomoshabinni hamda cheksiz audio tinglovchilarini qo‘llab-quvvatlaydi (30 tagacha ishtirokchi video uzatishi mumkin);
— Guruhli video qo‘ng‘iroqni boshlash uchun o‘zingiz administrator bo‘lgan guruh ma’lumotlari sahifasida ovozli chat yarating va keyin videoni yoqing.

Tovush bilan ekranni translatsiya qilish:
— Ikkita foydalanuvchi o‘rtasidagi video qo‘ng‘iroq paytida ekran tasvirini bo‘lishish imkoniyati;
— Har qanday video qo‘ng‘iroqda ekranni bo‘lishish imkoniyatidan foydalanilganida qurilmadagi tovush ham uzatiladi;
— Video qo‘ng‘iroq paytida kamera yoqilganda, video manbasini tanlash uchun barmog‘ingizni chap yoki o‘ngga suring.

Video ijro tezligi:
— Yangilangan videopleyerda 0.5, 1.5 yoki 2x ijro tezligini tanlab, videolavhalarni sekinlashtirish yoki tezlashtirish mumkin.

Videoxabarlar 2.0:
— Videoxabarlarda tasvir sifati va aniqlik darajasi yaxshilandi;
— Videoxabar bosilganda u butun ekranga kengayadi;
— Orqa kameradan yozish paytida, ikki barmoqli imo-ishora yordamida tasvirni kattalashtirish imkoniyati;
— Videoxabar yozilayotganida musiqa to‘xtab qolmaydi;
— Video rejimiga o‘tish uchun audioxabarlar (mikrofon belgisi) tugmachasini qisqa bosing, so‘ng video yozib olish uchun uni ushlab turing va jo‘natish uchun qo‘yib yuboring.

Vaqt belgisi havolalari (TIME CODE):
— Video sarlavhasida biror vaqtni (masalan, 0:30) ko‘rsatish mumkin va havola bosilganda videolavha belgilangan vaqtdan boshlab ijro etiladi;
— Agar video sarlavhada vaqt kodi bo‘lsa, ushbu fragmentga havolani nusxalash uchun ushlab turing.

Boz ustiga:
— Chatlardagi xabarlarni avtomatik o‘chirish uchun taymer endi 1 kun yoki 1 hafta emas, balki 1 oyga qadar o‘rnatilishi mumkin;
— Agar Telegram'dagi akkauntingizga kirish imkoni bo‘lsa, parolingizni (ikki bosqichli) o‘zgartirishingiz mumkin, hatto eskisini unutgan bo‘lsangiz va tiklash uchun elektron pochta ko‘rsatmagan bo‘lsangiz ham. Parolni tiklash uchun 7 kun kerak bo‘ladi.

📃 Batafsil ma’lumot uchun: https://telegram.org/blog/video-1000/uz

📥 Ilovani yuklab olish: Google Play,
rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🐟 Ushbu akvarium bolalar chizgan rasmlarni raqamlashtiradi va ularni 3D modelidagi baliqlarga aylantiradi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor #game

🙍🏻‍♀️ Onam: Telefoningdagi o‘yin o‘ynashni bas qilda, borib ko‘chani aynalib kel bolam!
👦🏻 Men ko‘chada: 🙄

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#maslahat #smartfon #android

“Ismlar ma’nosi” mobil ilovasi 👶🏻

Chiroyli dizayn va foydalanish uchun qulay bo‘lgan ilova orqali o‘zingiz va yaqinlaringiz ismlarining to‘liq o‘zbek tilidagi ma’nolarini bilib oling:

🔅Ilovada 18000dan ortiq ismlarning o‘zbek tilidagi ma’nolari jamlangan;
🔅Ilova lotin va kirill alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida ishlaydi;
🔅Bo‘lajak farzandingiz uchun ism tanlashda o‘g‘il bolalar ismlari va qiz bolalar ismlari bo‘limidan foydalanishingiz mumkin;
🔅Ilova orqali yaqinlaringiz ismlarini ularning ma’nolari bilan birgalikda chiroyli rasm ko‘rinishida hadya etishingiz mumkin.

📲 Ilovani ko‘chirib oling va yaqinlaringizga ham ulashing: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiler.ismlarmanosi

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #game

🧩 Numpuz — raqamlar va geometrik shakllar ishtirok etuvchi qiziqarli jumboqlar to‘plami. Android 4.4+. Reklama kesib tashlangan.

📎 Numpuz v3.9501 mobil ilovasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz
#learn_english_with_software

Drops mobil ilovasi 📲

Lug‘aviy so‘z va jumlalarni zerikarli yodlashdan ko‘ra, buni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi, adrenalin bilan to‘ldirilgan o‘yinni tasavvur etib ko‘ring. Drops - bu til o‘rganishda barcha zerikarli jarayonlarni bartaraf etuvchi mobil ilova. Foydali so‘z va jumlalar ajoyib minimalistik rasmlar va tezkor mini-o‘yinlar yordamida o‘zlashtiriladi.

Eng qizig‘i: bu kuniga atigi besh daqiqa vaqt oladi xolos. Rostini aytganda, bu siz uchun aynan kerakli bo‘lgan vaqtdir. Sizga g‘alati tuyulib, “Bu ish beradimi?”, deyishingiz mumkin. Ha, so‘zsiz!

📋 Mavjud tillarning to‘liq ro‘yxati:
🇰🇷 Koreys tili
🇯🇵 Yapon tili
🇨🇳🇭🇰 Xitoy tili (shimoliy xitoy tili va kantoncha dialekt)
🇪🇸🇲🇽 Ispan tili (kastilcha va lotin-amerikancha ispan tili)
🇺🇸🇬🇧 Ingliz tili (amerikancha va britancha ingliz tili)
🇫🇷 Fransuz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇳🇱 Golland tili
🇮🇹 Italyan tili
🇷🇺 Rus tili
🇵🇹🇧🇷 Portugal tili (yevropacha va brazilcha portugal tili)
🇮🇱 Ivrit tili
🇸🇦 Arab tili
🇹🇷 Turk tili
🇵🇭 Tagal tili
🇻🇳 Vyetnam tili
🇮🇩 Indoneziya tili
🇩🇰 Daniya tili
🇸🇪 Shved tili
🇳🇴 Norvegiya tili
🇮🇸 Island tili
🇭🇺 Venger tili
🇮🇳 Hind tili
Esparanto tili.

🏆 Ha, aytgancha, ushbu ilova 2018-yilning eng zo‘r ilovasi deb topilgan. Ilova sizga manzur kelsa, uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang. Birgalikda o‘zlashtirish esa yanada qiziqroq! 😉

📎 Drops Premium v35.86 mobil ilovasini yuklab olish.

📍P.S. Siz uchun taqdim etayotgan versiyamiz aslida Premium versiyasi bo‘lib, unda 5 daqiqalik cheklanma olib tashlangan, ilovadan xohlagan vaqtingizda va istaganingizcha foydalanishingiz mumkin, til o‘rganishda omad sizga yor bo‘lsin!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #it_humor

Ushbu filtr ko‘zoynaksiz qanday ko‘rinishga ega bo‘lishingizni ko‘rish imkonini beradi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁2
#smartfon #android

🚴🏻‍♂️ BikeComputer Pro – velosiped boshqaruvi ixlosmandlari uchun foydali vositalar. Ushbu ilova velosipedchining devaysini katta funksionalga ega velokompyuterga aylantiradi. Android 4.0.3+. Pro-versiya.

📎
BikeComputer Pro v8.8.3 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

ℹ️ Biz ham kanalimiz obunachilariga sog‘lom hayot tarzini istab, kanalimizda ulashilgan sportga oid postlar bilan tanishib, ilovalardan foydalanishni tavsiya etamiz:
Bryus Li yugurishni “mashqlar qiroli” deb atagan
10 ming qadamga pul to‘lash boshlandi deyishmoqda
365 Scores mobil ilovasi
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha ilovalar ro‘yxati:
7 Minute Workout v9.4.5 mobil ilovasi
RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
Fitify Workouts mobil ilovasi
Abs 21 mobil ilovasi
Height Increase mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍21
#smartfon #android

📛 Ilovalar bilan Android smartfonini “bug‘ish”ga chek qo‘yamiz

Kimgadir ayon, kimdir esa bilmas balki: ilovalarni ochilib turganlari ro‘yxatidan olib tashlagan taqdiringizda ham — ular fon rejimida ishlashda va batareyangiz quvvatini sarflashda davom etadi. Ularni birma-bir o‘chirib (faolsizlantirib) o‘tirmaslik uchun Hibernator ilovasidan foydalaning. Ushbu ilova smartfoningiz umrini uzaytiradi.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Ilovani Play Market'dan yuklab olamiz.

2️⃣. Yopilishi (faolsizlantirilishi) lozim bo‘lgan ilovalar turini tanlaymiz: tizimli (системные) yoki foydalanuvchiga tegishlisi (пользовательские).

3️⃣. Barcha ilovalarga nisbatan buni qo‘llash uchun — “Все приложения”ni, so‘ngra “ZZ”ni bosamiz.

4️⃣. Agar ba’zi ilovalarni faol holatda qoldirish kerak bo‘lsa, kerakli ilovalarni pastroqdagi ro‘yxatdan topamiz, har birini ustiga biroz bosib turamiz va “Добавить в список исключений” bandini tanlaymiz va “ZZ”ni bosamiz.

5️⃣. Faqatgina tanlangan ilovalarni faolsizlantirish uchun — ularning har birini ustiga bosib turgan holda, “Добавить в пользовательский список”ni tanlaymiz, so‘ngra “Пользовательский список” bo‘limiga o‘tamiz va “ZZ”ni bosamiz.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Hujjatni ochish paytida so‘raladigan parolni o‘rnatish uchun vositalar qaysi menyu varaqa (вкладка)sida joylashgan?
Forwarded from IT specialist
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Telegram’dagi shaxsiy yozishmalarda xabarlarni 48 soat mobaynida tahrirlash imkoniyati mavjud, Buning uchun xabar ustiga bosiladi va “Изменить” bandi tanlanadi. Tahrirlanganidan so‘ng matn ostidagi soat yonida “Изменено” tamg‘asi paydo bo‘ladi.

Telegram Desktop, ya’ni Telegram’ning kompyuter uchun versiyasida “Изменено” tamg‘asi ustiga sichqoncha olib borilganida matnning tahrirlangan vaqtini bilib olish mumkin.

Ilgari kanal va superguruhlarga joylashtirilgan postlar va matnlar bilan ham shunday cheklov mavjud edi, lekin hozirda bu cheklov butunlay olib tashlangan, bu esa kanal va superguruhlar administratorlari uchun xushxabar bo‘lgani aniq! 😊

📌 Telegram’dagi limitlar haqida ushbu postimizga biriktirilgan rasm orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

⁉️ Administrator kim?

Kanal yoki guruhda admin kim ekanligini qanday bilish mumkin?

🗣 Savolga javob

Birinchi navbatda kanal yoki guruhning izohi (описание)ga o‘ting. Izoh keltirilgan oynaga o‘tish uchun ekranning yuqori qismidagi kanal/guruhning nomi ustiga bosing.

Agar u yerda hech qanday ma’lumot bo‘lmasa, u holda admin yoki unga bog‘lanishlari uchun ma’lumot keltirishni unutgan bo‘ladi yoki shunchaki unga murojaat etishlarini istamasligi borasida xulosa chiqarish mumkin.

Shuningdek murojaat uchun ma’lumot alohida xabarda bo‘lishi mumkin – bunday xabar odatda kanal/guruhda ekranning yuqorisiga biriktirilgan (закреплено) bo‘ladi.

Ba’zida esa bog‘lanish uchun ma’lumotni xabar (post)larning ostki qismiga qo‘shishadi.

Kanal/guruhning obunachilari ro‘yxatlari

Kanalda siz ishtirokchilar ro‘yxatini ko‘ra olmaysiz – bu texnik jihatdan imkonsizdir.

Guruhlarda esa ishtirokchilar ro‘yxati guruhning barcha foydalanuvchilari uchun ochiqdir. Ushbu ro‘yxatni siz guruh izohida ko‘rishingiz mumkin.

Ilovaning desktop versiyasida guruh yaratuvchisi nomi qarshisida (o‘ng tomonda) ko‘k rangli yulduzcha turadi. Yaratuvchi tomonidan belgilangan oddiy adminlar esa kulrang yulduzcha bilan keltirilgan bo‘ladi.

Mobil qurilmalarda yulduzchalar o‘rniga adminlarning guruhdagi lavozimi yozilgan bo‘ladi. Oddiy foydalanuvchilarda esa bunday belgilanishlar bo‘lmaydi.

Diqqat! Agar guruh sozlamalarida ushbu foydalanuvchi huquqlari ro‘yxatida “Anonimlik” (“Анонимность”) faollashtirilgan bo‘lsa, siz guruh yaratuvchisi yoki adminini bila olmaysiz.

Guruhlardagi bot-adminlar

Guruh ishtirokchilari ro‘yxatlarida shuningdek bot-adminlar bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi (insonlar)dan farqli ravishda, botlarda so‘nggi tashrif vaqti haqida belgilanishlar bo‘lmaydi, ularda “Имеет доступ к сообщениям” matni keltirilgan bo‘ladi.

📌 P.S.: Agar kanal admini anonim (noma’lum) bo‘lib qolishni ixtiyor etsa, u holda katta ehtimollik bilan uning kimligini bila olmaysiz.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🕌 “Namoz” mobil ilovasi

“Men ham namoz o‘qiyman” kitobi hamda islom.ziyouz.com sayti asosida tayyorlangan va tartiblangan erkaklar va ayollar uchun namoz o‘rganish uchun batafsil yoritilgan qo‘llanma.

Tahorat olish, namoz o‘qish tartiblari to‘liq rasmlar bilan joylashtirilgan.

©️ Dastur muallifi maktab o‘quvchisi: Tursunmurodov Arslonbek

Ilovani yuklab oling va yaqinlaringizga ham ulashing!

📥 Ilovani yuklab olish uchun havola:👇🏻
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.arslon.namoz

⌨️ Ilovani ishlab chiqargan: @uzmobiler
“Ismlar ma’nosi”
“Latifa.uz”
“Full Qr Code Scanner and Generator”
Maqollar.uz
“Maktab darsliklari” mobil ilovalari

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #iOS #operatsion_tizim #tarmoq #internet

Smartfondan tarqatilayotgan Wi-Fi tarmog‘ining kompyuter tomonidan aniqlanmasligi 📱📶 🖥

Smartfonda Wi-Fi ulanish nuqtasini yaratib, unga keyinchalik noutbuk yoki Wi-Fi modulli ShK'ni ulashimiz mumkinligi hech kimga sir bo‘lmasa kerak. Ko‘pincha bu usul noutbuk uchun internet tarqatishda foydali sanaladi.

Foydalanuvchilar smartfonda maxsus yaratilgan ulanish nuqtasi – noutbukdagi mavjud ulanish nuqtalari ro‘yxatida ko‘rinmasligi vaziyatiga duch kelishlari mumkin. Ko‘pincha bu noutbukdagi Wi-Fi moduli faqat 2,4 GGs chastotasida ishlashi, zamonaviy smartfonlar esa 5 GGs chastotasida ishlashi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ushbu muammoni bartaraf etish uchun smartfondagi ulanish nuqtasini sozlash lozim. Bunda amalga oshiriladigan harakatlar quyidagicha:

1️⃣. Android uchun sozlamalarda Точка доступа Wi-Fi'ni topish va Настройка точки доступа'ga o‘tish lozim. Предпочтительная частота bo‘limida 2,4 GGs chastotasini tanlang.

2️⃣. iOS uchun Настройки -> Режим модема ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va Максимальная совместимость funksiyasini faollashtiring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Windows 10’da mobil ulanish nuqtasi funksiyasi qanday o‘chiriladi?
Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?
Sharh: Ochiq Wi-Fi tarmog‘ida foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo‘ldi
Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!
“Tarmoq bog‘lanishlari” oynasini tezkor ochish
NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash
IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?
Optik tolaning qanday ishlashi misolda
Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish
Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor

Qora ishchi o‘zi doim e’tibordan chetda qolib kelgan... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#test #excel

To‘g‘ri mantiqiy ifodaning natijasi qanday bo‘ladi?
Anonymous Quiz
32%
ИСТИНА
18%
ДА
46%
ВЕРНО
4%
НЕВЕРНО
Forwarded from Najot Ta'lim
​​YouTube'da 60K bo'ldik! Ishonch uchun tashakkur!

🥳
Mamnuniyat ila YouTube tarmog'ida do'stlarimiz soni 60 mingga yetganligini e'lon qilamiz!

Xabaringiz bor, Najot Ta'lim markazi tomonidan ko'pchilikka foydali ma'lumot ulashish maqsadida har hafta master-klasslar tashkillashtirishni yo'lga qo'yib ulgurdi.

Master-klasslar o'sha zahotiyoq yozib olinib, YouTube sahifamizga joylab borilayotganligi unda qatnasha olmagan yoshlar uchun ham ayni muddao bo'layotganligini obunachilarimiz bir necha bor izohlarda iliq fikrlari orqali bildirib o'tishmoqda.

Shuni ishonch bilan ayta olamizki, biz sizlar uchun:
🔹 Veb dasturlash;
🔹 Grafik dizayn va veb dizayn;
🔹 Moushn grafika;
🔹 Social media marketing
🔹 Freelancing
🔹 Foundation kabi yoʻnalishlarda foydali videolarni ulashishda davom etamiz.

Markazimizni muvaffaqiyatli bitirib, o'z sohasida ma'lum bir natijaga erishgan yoshlarni ommaga tanitib kelayotgan "Hammasi Najot Ta'limdan boshlanadi" nomli rubrikamiz soni ham 14 taga yetdi.

Bundan tashqari, hali yo'lga qo'yilganiga ko'p bo'lmasa-da, Najot Ta'lim bitiruvchilari haqidagi kichik videoroliklarimizning 3 ta soni allaqachon obunachilarimiz tomonidan iliq kutib olindi.

Najot Ta'lim jamoasi siz aziz obunachilarimizdan yana qanday videolar ketma-ketligini taqdim qilishimiz mumkinligini bilishni xohlar edik. Har biringizning fikringiz biz uchun o'ta muhim. Izohlarda kutib qolamiz! 😊

🔴 YouTube sahifa
#mulohaza_uchun #dasturlash #game

📈 Katta maqsadlar – ular sari tashlangan kichik qadamlarning muntazamligi evaziga amalga oshadi...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#hardware #texnologiya

⌨️ Kurt Plubell tomonidan loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan trekbolli “Planet 6” klaviaturasi prototipi.

Korpusning yaratilishi va klaviaturaning yig‘ilishi jarayoni Flickr'da fotoalbom ko‘rinishida nashr qilingan: https://www.flickr.com/photos/kurplop/sets/72157660247334784/with/23842968116/

📝 Manba: @solonabiraem

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram'ga yangi animatsiyali emodzilar qo‘shildi:

🤲 🤙 🖖 👊🤜 🤛☹️ 🙁 🌲 💃 🕺🌱🦉(❤️🔥) (❤️‍🩹)

Juftlikdagi emodzilar (yonayotgan va bintlangan yuraklar) hozircha faqat iOS uchun ishlab chiqilgan ilovalarda aks etmoqda.

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 01 | 02 | 03 | 04 | 05 | 06 | 07 | 08 | 09 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🥰1