IT specialist
9.67K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

Foydalanuvchi uchun mutlaqo yangi bo‘lgan dasturni ko‘rsatmalarsiz qo‘llashda taxminan yuqoridagi kabi holat yuz beradi... 🙄

📝 Manba: @ithumor

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #maslahat

📱 Oddiy tasmadan smartfon uchun ushlagich sifatida foydalanish usuli

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Kuni kecha Nokia 3310 press ostida qanchalik dosh bera olishi haqida video ulashgan edik.

Bu safar ushbu afsonaviy telefondan ishchi holatida million voltlik elektr tokini o‘tkazishdi.

U nafaqat omon qoldi, balki tarmoqqa ulanishni uddaladi va qo‘ng‘iroqni qabul qildi. Chindan ham o‘lmas apparat!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware #software

🖥 Zamonaviy operatsion tizimda eski skanerdan foydalanamiz

VueScan – bu skanerni boshqarish uchun dasturiy ta’minotga muxtoj bo‘lgan foydalanuvchilar uchun ajoyib variant sanaladi, chunki ushbu yengil dastur 500 dan ortiq skaner modellarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, yordamchi dastur shuningdek 200 dan ortiq raqamli kameralardan rasmlarni yuklab olish uchun qo‘llanilishi mumkin.

VueScan ishingizni osonlashtiruvchi intuitiv interfeysga ega bo‘lgani tufayli undan foydalanish juda oson. Dastur sizni skaner orqali rasmlar yaratish va saqlash jarayoni bo‘ylab qadamma-qadam yo‘naltiradi. Bir nechta tahrirlash funksiyalarini o‘z ichiga olgani bois, skanerdan olingan rasmlarni darhol o‘zgartirishingiz mumkin.

Agar siz eski skaner uchun yangi operatsion tizimga mos tushuvchi drayverlarni topa olmasangiz, u holda yuklab olish uchun hamrick.com'da mavjud bo‘lgan VueScan'dan foydalanishga urinib ko‘ring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya

Xonaki o‘simliklarni parvarish qiluvchi va ular uchun doimo quyoshli joylarni izlab yuruvchi ajoyib robot-bog‘bon.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun #bilasizmi

Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi 🎉

Bugun kimga internetda nima kerak bo‘lsa, uni qidirish uchun albatta Google saytidan foydalanadi. Shubhasiz, internetni Google’siz deyarli tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozir bundan yigirma ikki yil oldin, 1998-yil 4-sentabr kuni paydo bo‘lgan Google’dan muvaffaqiyatliroq kompaniyani ham tasavvur qilish qiyin. “Daryo” sana munosabati bilan Google tarixi va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiradi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar;
Telegram asoschisi Pavel Durov pul va boylik xususida;
Djeff Bezos haqida postlar;
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

📹 Simmetriya muxlislari uchun dron yordamida olingan ajoyib tasvir.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#smartfon #maslahat

Smartfondagi bu sozlamalarga tegmang! 📱⚙️

Smartfon sozlamalari bilan ishlashda ehtiyotkorlik zarar qilmaydi, ayniqsa, tushunmagan narsangizni o‘zgartirishga urinmang. Masalan, SIM-karta sozlamalarini bilib-bilmay o‘zgartirish aloqa va internet sifatining pasayishidan tortib, butunlay yo‘qolishigacha olib keladi, dedi “Sinergiya” universiteti axborot texnologiyalari instituti direktori Stanislav Kosarev “Praym”ga bergan intervyusida.

📍Ekspert: “Sozlamalar orqali smartfon buzilmagani bilan uning ish sifati buzilishi mumkin”.

Avvalo, telefonning SIM-kartasi sozlamalariga kirish tavsiya etilmaydi. Qilayotgan o‘zgartirishlaringiz to‘g‘riligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, mutaxassisga quloq tuting. Aks holda, noto‘g‘ri o‘zgartirishlar ovozli va internet aloqasi batamom yo‘qolishiga olib keladiki, keyin o‘z holiga qaytarish uchun ko‘p vaqtingiz ketadi. Aksariyat operatorlar SIM-karta menyusiga kiritadigan pulli xizmatlarga obuna bo‘lishda ham xuddi shunday: avval yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

“Maxsus imkoniyatlar, masalan, ko‘rish qobiliyati past insonlar uchun rejim mavjud. Undan noto‘g‘ri foydalansangiz telefonning interfeysi o‘zgarib qoladi, bunda ham avvalgi holatiga qaytarish uchun ko‘p urinishingizga to‘g‘ri keladi”, — ogohlantirdi Kosarev.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor

Dasturni oddiy 👈🏻 va 👉🏻 administrator nomidan ishga tushirish haqida qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsak...

👉🏻 2-misol 😉

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim

⌚️📅 Windows 7 operatsion tizimidagi vazifalar panelida vaqt va sana ko‘rinmay qolgan taqdirda bajariladigan ishlar ketma-ketligi aks etgan video ko‘rsatma.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

Android qurilmalarining aksariyatida “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) funksiyasi qo‘shildi 📱🆕

Kerakli faylni tanlang va tizim uni qaysi qurilmalarga yuborishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.

Google kompaniyasi rasman, “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) yoki “Nearby Sharing” deb nomlangan Android qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus texnologiyani taqdim etdi.

U Android 6.0 va undan yuqori tizimdagi smartfonlarda mavjud bo‘lib, atrofingizdagi odamlar bilan fayllar, havolalar va rasmlarni tez ulashishga imkon beradi (alohida ilova ko‘rinishida qo‘lda o‘rnatilmaydi, yuqori panelda belgisi avtomatik qo‘shiladi).
Ushbu funksiya ishlashi uchun Wi-Fi, Bluetooth va mobil Internet ulanishidan foydalanishi mumkin.

Yuborish jarayoni juda oddiy: Biror ilovada faylni yoki havolani tanlagandan so‘ng, “Ulashish” (Поделиться) menyusini oching, “Yaqin-atrofga yuborish” belgisini bosing va qabul qiluvchini tanlang. Fayllarni qabul qiladigan qurilmada shu nomdagi elementni tanlang va keyin ochilgan xabarnomada “Qabul qilish” (Принять) tugmasini bosing.

“Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasi qanday faollashtiriladi?
1️⃣. Smartfoningizda Bluetooth va joylashuv (geolokatsiya)ni yoqing.
2️⃣. “Sozlamalar” (Настройки)ni oching.
3️⃣. Google -> Qurilma ulanishlari (Подключения устройства) -> Yaqin-atrofga yuborish (Обмен с окружением) -> Yoqish (Включить)ni tanlang.
4️⃣. “Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasini o‘chirish uchun “Sozlamalar” (Настройки) belgisini bosing va “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) funksiyasini o‘chiring.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz
#telegram

🆕 Telegram Messenger barqaror 7.9 versiyasiga yangilandi (1000 tagacha tomoshabin bilan video qo‘ng‘iroqlar, video ijro tezligi, videoxabarlar 2.0 va boshqalar)

Guruhli video qo‘ng‘iroqlar 2.0:
— Guruhli video qo‘ng‘iroqlar endi 1000 tagacha tomoshabinni hamda cheksiz audio tinglovchilarini qo‘llab-quvvatlaydi (30 tagacha ishtirokchi video uzatishi mumkin);
— Guruhli video qo‘ng‘iroqni boshlash uchun o‘zingiz administrator bo‘lgan guruh ma’lumotlari sahifasida ovozli chat yarating va keyin videoni yoqing.

Tovush bilan ekranni translatsiya qilish:
— Ikkita foydalanuvchi o‘rtasidagi video qo‘ng‘iroq paytida ekran tasvirini bo‘lishish imkoniyati;
— Har qanday video qo‘ng‘iroqda ekranni bo‘lishish imkoniyatidan foydalanilganida qurilmadagi tovush ham uzatiladi;
— Video qo‘ng‘iroq paytida kamera yoqilganda, video manbasini tanlash uchun barmog‘ingizni chap yoki o‘ngga suring.

Video ijro tezligi:
— Yangilangan videopleyerda 0.5, 1.5 yoki 2x ijro tezligini tanlab, videolavhalarni sekinlashtirish yoki tezlashtirish mumkin.

Videoxabarlar 2.0:
— Videoxabarlarda tasvir sifati va aniqlik darajasi yaxshilandi;
— Videoxabar bosilganda u butun ekranga kengayadi;
— Orqa kameradan yozish paytida, ikki barmoqli imo-ishora yordamida tasvirni kattalashtirish imkoniyati;
— Videoxabar yozilayotganida musiqa to‘xtab qolmaydi;
— Video rejimiga o‘tish uchun audioxabarlar (mikrofon belgisi) tugmachasini qisqa bosing, so‘ng video yozib olish uchun uni ushlab turing va jo‘natish uchun qo‘yib yuboring.

Vaqt belgisi havolalari (TIME CODE):
— Video sarlavhasida biror vaqtni (masalan, 0:30) ko‘rsatish mumkin va havola bosilganda videolavha belgilangan vaqtdan boshlab ijro etiladi;
— Agar video sarlavhada vaqt kodi bo‘lsa, ushbu fragmentga havolani nusxalash uchun ushlab turing.

Boz ustiga:
— Chatlardagi xabarlarni avtomatik o‘chirish uchun taymer endi 1 kun yoki 1 hafta emas, balki 1 oyga qadar o‘rnatilishi mumkin;
— Agar Telegram'dagi akkauntingizga kirish imkoni bo‘lsa, parolingizni (ikki bosqichli) o‘zgartirishingiz mumkin, hatto eskisini unutgan bo‘lsangiz va tiklash uchun elektron pochta ko‘rsatmagan bo‘lsangiz ham. Parolni tiklash uchun 7 kun kerak bo‘ladi.

📃 Batafsil ma’lumot uchun: https://telegram.org/blog/video-1000/uz

📥 Ilovani yuklab olish: Google Play,
rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🐟 Ushbu akvarium bolalar chizgan rasmlarni raqamlashtiradi va ularni 3D modelidagi baliqlarga aylantiradi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor #game

🙍🏻‍♀️ Onam: Telefoningdagi o‘yin o‘ynashni bas qilda, borib ko‘chani aynalib kel bolam!
👦🏻 Men ko‘chada: 🙄

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#maslahat #smartfon #android

“Ismlar ma’nosi” mobil ilovasi 👶🏻

Chiroyli dizayn va foydalanish uchun qulay bo‘lgan ilova orqali o‘zingiz va yaqinlaringiz ismlarining to‘liq o‘zbek tilidagi ma’nolarini bilib oling:

🔅Ilovada 18000dan ortiq ismlarning o‘zbek tilidagi ma’nolari jamlangan;
🔅Ilova lotin va kirill alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida ishlaydi;
🔅Bo‘lajak farzandingiz uchun ism tanlashda o‘g‘il bolalar ismlari va qiz bolalar ismlari bo‘limidan foydalanishingiz mumkin;
🔅Ilova orqali yaqinlaringiz ismlarini ularning ma’nolari bilan birgalikda chiroyli rasm ko‘rinishida hadya etishingiz mumkin.

📲 Ilovani ko‘chirib oling va yaqinlaringizga ham ulashing: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiler.ismlarmanosi

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #game

🧩 Numpuz — raqamlar va geometrik shakllar ishtirok etuvchi qiziqarli jumboqlar to‘plami. Android 4.4+. Reklama kesib tashlangan.

📎 Numpuz v3.9501 mobil ilovasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz
#learn_english_with_software

Drops mobil ilovasi 📲

Lug‘aviy so‘z va jumlalarni zerikarli yodlashdan ko‘ra, buni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi, adrenalin bilan to‘ldirilgan o‘yinni tasavvur etib ko‘ring. Drops - bu til o‘rganishda barcha zerikarli jarayonlarni bartaraf etuvchi mobil ilova. Foydali so‘z va jumlalar ajoyib minimalistik rasmlar va tezkor mini-o‘yinlar yordamida o‘zlashtiriladi.

Eng qizig‘i: bu kuniga atigi besh daqiqa vaqt oladi xolos. Rostini aytganda, bu siz uchun aynan kerakli bo‘lgan vaqtdir. Sizga g‘alati tuyulib, “Bu ish beradimi?”, deyishingiz mumkin. Ha, so‘zsiz!

📋 Mavjud tillarning to‘liq ro‘yxati:
🇰🇷 Koreys tili
🇯🇵 Yapon tili
🇨🇳🇭🇰 Xitoy tili (shimoliy xitoy tili va kantoncha dialekt)
🇪🇸🇲🇽 Ispan tili (kastilcha va lotin-amerikancha ispan tili)
🇺🇸🇬🇧 Ingliz tili (amerikancha va britancha ingliz tili)
🇫🇷 Fransuz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇳🇱 Golland tili
🇮🇹 Italyan tili
🇷🇺 Rus tili
🇵🇹🇧🇷 Portugal tili (yevropacha va brazilcha portugal tili)
🇮🇱 Ivrit tili
🇸🇦 Arab tili
🇹🇷 Turk tili
🇵🇭 Tagal tili
🇻🇳 Vyetnam tili
🇮🇩 Indoneziya tili
🇩🇰 Daniya tili
🇸🇪 Shved tili
🇳🇴 Norvegiya tili
🇮🇸 Island tili
🇭🇺 Venger tili
🇮🇳 Hind tili
Esparanto tili.

🏆 Ha, aytgancha, ushbu ilova 2018-yilning eng zo‘r ilovasi deb topilgan. Ilova sizga manzur kelsa, uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang. Birgalikda o‘zlashtirish esa yanada qiziqroq! 😉

📎 Drops Premium v35.86 mobil ilovasini yuklab olish.

📍P.S. Siz uchun taqdim etayotgan versiyamiz aslida Premium versiyasi bo‘lib, unda 5 daqiqalik cheklanma olib tashlangan, ilovadan xohlagan vaqtingizda va istaganingizcha foydalanishingiz mumkin, til o‘rganishda omad sizga yor bo‘lsin!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #it_humor

Ushbu filtr ko‘zoynaksiz qanday ko‘rinishga ega bo‘lishingizni ko‘rish imkonini beradi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁2
#smartfon #android

🚴🏻‍♂️ BikeComputer Pro – velosiped boshqaruvi ixlosmandlari uchun foydali vositalar. Ushbu ilova velosipedchining devaysini katta funksionalga ega velokompyuterga aylantiradi. Android 4.0.3+. Pro-versiya.

📎
BikeComputer Pro v8.8.3 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

ℹ️ Biz ham kanalimiz obunachilariga sog‘lom hayot tarzini istab, kanalimizda ulashilgan sportga oid postlar bilan tanishib, ilovalardan foydalanishni tavsiya etamiz:
Bryus Li yugurishni “mashqlar qiroli” deb atagan
10 ming qadamga pul to‘lash boshlandi deyishmoqda
365 Scores mobil ilovasi
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha ilovalar ro‘yxati:
7 Minute Workout v9.4.5 mobil ilovasi
RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
Fitify Workouts mobil ilovasi
Abs 21 mobil ilovasi
Height Increase mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍21