IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #it_humor

Qachonki uyda ona dasturchi bo‘lganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #rasm_bilan_ishlash

🖼 Rasmlar bilan ishlashda badiiy effektlardan foydalanish

Word dasturida qo‘llanilayotgan har qanday rasmga nisbatan dastur bilan birga keluvchi 23 badiiy effektlardan birini qo‘llash mumkin.

Buning uchun kerakli rasmni tanlash, menyu satrida Формат → Изменение bandlari bo‘ylab o‘tish va Художественные эффекты ro‘yxatidan keraklisini tanlash lozim. Ushbu menyudagi variantlar ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib, effekt rasmingizda qanday aks ettishini darhol ko‘rishingiz mumkin.

Параметры художественных эффектов tugmasiga bosib, tanlangan effektni qo‘shimcha sozlashingiz yoki o‘z effektingizni mustaqil qo‘shishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🗜 Hujjat sahifasiga ko‘proq matn sig‘dirish

Agar siz matn kiritish chog‘ida qog‘ozda ko‘proq joy tejashni maqsad qilsangiz — u holda ushbu ko‘rsatmaga amal qiling:

— 1-qadam
Butun matn uchun Arial Narrow shriftini o‘rnating, u oddiy Arial shriftiga nisbatan ancha “ixcham”.

— 2-qadam
Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida birlamchi (одинарный) satrlararo intervalini o‘rnating.

— 3-qadam
Menyu satrida Макет → Поля → Настраиваемые поля bandlari bo‘ylab o‘ting va sahifa atrofidagi barcha maydonlar uchun 1 sm o‘lchamini o‘rnating.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish
Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi?
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥Ijtimoiy tarmoqlardan video yuklash endi sizlarga muammo bo'lmaydi

Ushbu bot shogirdlarimiz tomonidan yasalibdi, ko'rib ancha xursand bo'ldim. Ijtimoiy tarmoqlardan endi video fayllaringizni osonlikcha yuklab olishingiz mumkin ekan. 👍

— Youtube
— Instagram
— Likee
— Tik Tok
— Facebook

P.S: aahaaytt shogirdlarimiz kuchaydi uje 😁

👉 @KattaAmakiBot#tavsiya
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor

👨🏻‍🏫 “Sen oliy ma’lumotsiz yuqori maoshli ishga erisha olmaysan!”.

📍O‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlagan dasturchilar bu payt: 👆🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#excel #operatsion_tizim

Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi? 🧮

Agar siz dasturning o‘zidan turib, bevosita kalyulyatorga murojaat etmoqchi bo‘lsangiz — quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:

— 1-qadam
Menyu tasmasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan Настройка ленты... bandini tanlang.

— 2-qadam
Ochilgan oynadagi Настроить ленту bo‘limidagi Выбрать команды: bandi ostida Команды не на ленте’ni ko‘rsating va ushbu ro‘yxatdan kalkulyatorni toping.

— 3-qadam
Добавить (o‘ngda), so‘ngra OK tugmalarini bosing.

Tayyor, endi bosh sahifaning o‘zida turaturib, kalkulyatorni ochishingiz mumkin. 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#internet #maslahat

Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz! ⚙️💡

Google brauzeri kompyuteringiz yoki noutbukingizni “og‘irlashtirib” tashlashining oldini olishdagi ikkita samarali usul bilan tanishing. Ikkinchisi sizni hatto og‘ir reklamalardan ham qutqaradi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish;
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli;
Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши).

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#smartfon #iOS #android #iPhone #mulohaza_uchun

Smartfonlarning yildan-yilga kattalashib borishini to‘xtata olamizmi? 🤔

So‘nggi o‘n yildan buyon smartfonlar hajm jihatidan kattalashib bormoqda, ammo ularni ishlatadigan qo‘llarimiz kattalashayotgani yo‘q. Qizig‘-a?! Keling, quyida Android Authority sayti kolumnisti Saymon Xillning shaxsiy fikrlarini keltirish asnosida shu haqda suhbatlashamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (1-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (2-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (3-qism).

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

Telegram'dagi guruhli videochatlarda ekran translyatsiyasini ishga tushirish mumkin.

Buning uchun ovozli chatning sozlamalariga o‘ting va “Транслировать экран” (“Share screen”) bandiga bosing.

📝 Manba: @vamtlgrm

📌 P.S.: Telegram ilovasiga qo‘shilayotgan yangi imkoniyatlarni amalda sinab borish uchun, ilovani Play Market yoki rasmiy veb-sayti (Windows-Linux-macOS / Android / iOS) orqali muntazam ravishda yangilab borishni unutmang!

ℹ️
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #internet

🈳 Hujjatni butunlay tarjima qilish

Hujjatni xizmat tomonidan taqdim etilgan tillardan biriga to‘liq tarjima qilish uchun menyu satrida Рецензирование → Перевод → Перевести документ bandlari bo‘ylab o‘tish lozim.

Shundan so‘ng .html fayli ochiladi, unda oldindan tanlangan til bo‘yicha tarjima amalga oshiriladi.

Tarjima jarayonini boshlashdan oldin tarjima menyusidagi Выбрать язык для перевода tugmasini bosish orqali tarjima qilinadigan til tanlanadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #internet

🙂 Sizga VDS hosting kerakmi? Unda buni o‘qing!

Agar siz o‘zingiz yoki kompaniyangiz uchun arzon hamda sifatli hosting izlayotgan bo‘lsangiz, sizga Timeweb hosting provayderidan foydalanishni tavsiya etamiz.

U yerda dasturchiga kerak bo‘lgan deyarli barcha vositalarni topishingiz mumkin. Eng asosiysi, hammasi sodda va tushunarli. Ushbu hostingdan Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ham faol tarzda foydalanib kelmoqda.

Timeweb — kutganingizdan-da ko‘prog‘i!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Kimki Windows'ni qo‘llab shod bo‘lgay,
Bizning safimizni sharmanda aylagay!

📌 P.S.: Linux'izmning yangi darajasi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Afsonaviy Nokia 3310 turganda, o‘ta mustahkam materiallarni yaratishga ne hojat? 😏

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

📀🖥 VirtualBox – operatsion tizimlarni ishga tushirish uchun virtual muhitni ta’minlovchi dasturiy majmua. Dastur real kompyuter resurslari asosida virtual kompyuterni boshqarishga imkon beradi. Microsoft Windows (istalgan versiyasi), DOS, Linux, Mac OS X, FreeBSD, Solaris va boshqa ko‘plab operatsion tizimlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu turli xil operatsion tizimlar va ularga tegishli dasturlarni asosiy tizimga tegmagan holda sinab ko‘rish uchun ajoyib vosita.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v6.1.26 Build 145957
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 VirtualBox v6.1.26.145957 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
⁉️ Eng ko'p so'ralayotgan savollar 1
#savollar

Kompyuterimni biror joyi (usb, sichqoncha, wi fi, ovozi va h.k) ishlamayapti?
Javob:
Bunday holatda birinchi navbatda kompyuterdagi nosozlikni aniqlaymiz: Kompyuterdagi nosozliklarni aniqlash va tuzatish!
Ko'pincha bunday muammolarga kerakli drayverlarni yo'qligi sabab bo'ladi.

Drayverlarni qanday o'rnatish mumkin?
Javob:
Kompyuterni o'zini drayverlarini avtomatik yangilab beruvchi dasturlar yordamida o'rnatgan ma'qul: Drayverlarni onlayn yangilash
Qo'shimcha uskunalar uchun drayverni alohida yuklab oling, buning uchun uskuna nomi + drayver skachat deb izlang (canon 3110 drayver skachat).

Kompyuterim .zip yoki .rar fayllarini ocholmayapti?
Javob:
Demak sizda arxivator dasturi yo'q, kanaldan WinRAR dasturini yuklab, o'rnating.
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish va undan foydalanish
WinRAR x32 / WinRAR x64

Antivirus kerak. Qanday o'rnataman, bazasini qanday yangilayman?
Javob:
Bular uchun videodarslarimiz mavjud. Antivirus bazasi esa kanalga tez-tez joylab kelinmoqda.
NOD32 dasturi x32 va x64 uchun, uni o'rnatish va bazasini yangilash. Eng so'ngi bazalarni #baza orqali topasiz.

Torrent nima? Undan qanday foydalansam bo'ladi?
Javob:
Torrent nima? Torrent bilan ishlash

Kompyuter uchun dasturlarni qayerdan yuklash kerak?
Javob:
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)

Biror dasturni butunlay o'chirib yuborish qanday bajariladi?
Javob:
Buning uchun YourUninstaller dasturidan yoki kompyuterni o'zidan foydalanish mumkin.

Kompyuterim haqida batafsil ma'lumot (protsessor, videokarta, operativka va h.k) kerak. Xarakteristikasini qanday bilsam bo'ladi?
Javob:
Kompyuterni asosiy xarakteristikalari va ularni aniqlash

Kompyuterimdagi videokarta turini, hajmini qanday bilishim mumkin?
Javob:
Kompyuterdagi videokarta turini aniqlash! Дискретная yoki встроенная видеокарта nima?

Aktivlovchi dastur yoki dasturni o'zi o'chib ketibdi. Bunga sabab nima?
Javob:
Biror dasturni o'rnatishda (asosan crack dastur) antivirus va internetni o'chirib turish kerak. Bo'lmasam antivirus o'sha dasturni xavfli deb o'chirib tashlaydi.
Dastur o'rnatish sanʼati / Antivirusni vaqtincha o'chirib turish

Dastur o'rnatish payti nega antivirus va internet o'chiq bo'lishi kerak? Xavfsizlik nima bo'ladi?
Javob:
Kanaldagi ko'pchilik dasturlar crack dastur (piratskiy) ya'ni hakerlar tomonidan pul, aktivatsiya so'raydigan joylari olib tashlangan, agar internet yoniq bo'lsa dastur internet orqali biz qilgan aktivatsiya yolg'on ekanini bilib qoladi.
Antiviruslar esa bunday piratskiy dasturlarni yoqtirmaydi. Lekin kanalda virusli fayllar yo'q, hamma fayllar tekshirilgan holda joylanadi!

Kompyuterim x32 yoki x64 ekanligini qanday bilsam bo'ladi?
Javob:
Kompyuter razryadlari haqida videodarsimiz mavjud.

Kompyuterim Windows 10'ni ko'taradimi?
Javob:
Bunday turdagi savollarga ushbu videodarsda javob berilgan.

Windows 10 yoki 7'ni o'zim o'rnatishim mumkinmi?
Javob:
Xa albatta. Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha bepul kursimiz mavjud:
Windows 7 ni o'rnatish bo'yicha videodarslar
Windows 10 ham deyarli Windows 7 ni o'rnatishga o'xshash.

Kompyuterimda har xil reklamalar chiqyapti?
Javob:
Kompyuterdagi reklamalarni o'chirish!

Instagram, Facebook, tik tok'larni kompyuter uchun dasturi mavjudmi?
Javob:
Mashhur ijtimoiy tarmoqlarning rasmiy dasturlari

Yanada ko'proq ma'lumotlarni kanalimiz xaritasidan oson topishingiz mumkin. Ishoning, kanalimizda foydali ma'lumotlar juda ko'p, shunchaki ularni izlash kerak.

🤔 Balki sizning savolingizga javob boshqa postlarda berilgandir?
1 2️⃣ 3⃣

🧐 Shunday postlar kerakmi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
⁉️ Eng ko'p so'ralayotgan savollar 2
#savollar

Mening NOD32 antivirusimda litsenziya so'rash chiqib qolyapti. Nima qilish kerak?
Javob:
Bu degani antivirusga yangi login va parol kiritish (ya'ni litsenziyasini yangilash) kerak degani, litsenziyani internetdan izlab topishingiz mumkin. Bunday narsalar chiqib qolmasligi uchun kanaldagi antivirusdan foydalanishni tavsiya qilaman, unda bunday muammolar kuzatilmaydi.
NOD32 dasturi x32 va x64 uchun, uni o'rnatish va bazasini yangilash. Eng so'ngi bazalarni #baza orqali topasiz.

Windows 7 yoki 10 dagi obnovleniya (yangilanishlar) ni qanday o'chirsa bo'ladi?
Javob:
Windows 7'da o'chirishni bu videodan, Windows 10'dagi obnovleniyalarni o'chirishni bu videodan ko'rib olishingiz mumkin.

Kanaldagi fayllarga qo'yilgan parol qanday?
Javob:
Kanaldagi arxivlarning ba'zilariga parol qo'yilgan bo'lib, parol: kompyuterakademiyasi hisoblanadi.

Windows 7/8/8.1/10 ni yoki Microsoft Office dasturini qanday qilib aktivatsiya qilsa bo'ladi?
Javob:
Buning uchun KMSTools dasturidan foydalanish mumkin, Windows 7'ni aktivash uchun esa Windows Loader dasturi mavjud. Kanalda aktivlash bo'yicha video darslar ham mavjud: Windows'ni aktivlash, ofis dasturini aktivlash.

Kompyuterim qotyapti, nima qilishim kerak?
Javob:
Kompyuter qotishining sabablarini topish va ushbu sabablarni bartaraf etish kerak. Bu bo'yicha ushbu video ham foydali hisoblanadi. Bundan tashqari bu yerdagi tezlashtirish bo'yicha bir qancha tavsiyalardan ham foydalanishingiz mumkin.

Qanday qilib Windows 10'ni o'rnatsam bo'ladi?
Javob:
Windows 10 ham deyarli Windows 7'ni o'rnatish bilan bir xil hisoblanadi. Kanalda Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha kichik kursimiz mavjud. Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish.

Kompyuterimni xotirasi tez to'lib qolyapti yoki C disk qizarib qolgan, nima qilishim kerak?
Javob:
Kompyuter xotirasini bo'shatishni 3 usuli
Windows 10’da kompyuterni avtomatik tozalanib turadigan qilamiz!

Kompyuter qismlari va uskunalari (operativka, videokarta, SSD, printer va h.k) narxlarini qanday bilishim mumkin?
Javob:
Buning uchun ishlatilgan qism yoki uskunani olx.uz dan izlagan ma'qul, agar yangisi kerak bo'lsa Google.com ga "оперативная память в ташкенте" kabi so'rov berish orqali ham bilib olish mumkin.

Dasturlarshni o'rganish uchun qanday kompyuter olganim ma'qul? Talabalar uchun qanday kompyuterni qanchaga olsa bo'ladi?
Javob:
Kompyuter sotib olish bo'yicha video qo'llanma orqali sizga qanday xarakterdagi kompyuter kerakligini bilib olasiz va shu xarakterdagi kompyuter narxlarini ushbu videodan bilib olasiz.

Antivirusni qanday o'chirsam bo'ladi? Vaqtincha o'chirib turishni qanday amalga oshirsam bo'ladi?
Javob:
Antivirusni to'liq o'chirish uchun YourUninstaller dasturidan foydalaning, vaqticha o'chirish qanday amalga oshirilishini bu yerdan bilib oling.

Faylni arxivdan chiqarishda muammo kuzatilyapti. Nima qilish kerak?
Javob:
Birinchi navbatda nima muammo kuzatilayotganiga e'tibor bering. Quyidagi holatlarda arxiv bilan ishlashda muammo kuzatilishi mumkin:
Arxiv chala (brak) bo'lsa;
Arxiv fayl to'liq yuklanmagan bo'lsa;
Arxivlovchi va arxivdan chiqaruvchi dasturlarning versiyalari orasida farq katta bo'lsa (bu kamdan kam holatda kuzatiladi).

Qanday qilib papkani parollash mumkin?
Javob:
Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?
Shaxsiy fayllarni yashiramiz! 😎

Bir nechta PDF fayllarni qanday birlashtirish mumkin?
Javob:
Buning uchun ushbu videoni ko'ring.

Yanada ko'proq ma'lumotlarni kanalimiz xaritasidan oson topishingiz mumkin. Ishoning, kanalimizda foydali ma'lumotlar juda ko'p, shunchaki ularni izlash kerak.

🤔 Balki sizning savolingizga javob boshqa postlarda berilgandir?
1️⃣ 2 3⃣

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
⁉️ Eng ko'p so'ralayotgan savollar 3
#savollar

Menda ofis 2010. Shuni 2016 qilishim uchun nima qilishim kerak?
Javob:
Hozirgi 2010-yilgi versiyani YourUninstaller dasturi orqali yoki windows'ni o'zining sozlamalari orqali o'chirib yuboramiz. Keyin esa 2016-yilgi versiyani yuklab olamiz va video asosida o'rnatamiz.
Qolgan versiyalarni ham shu tarzda almashtirish mumkin.

Kompyuter uchun o'yinlarni qayerdan olsam bo'ladi?
Javob:
Telegramdagi @windowsuzgames kanalidan olishingiz yoki internetdan torrent orqali yuklashingiz mumkin. O'yin o'ynagandan ko'ra kelajakda kerak bo'ladigan biror nimani o'rganish haqida ham o'ylab ko'ring.

Telegram kanallardan yuklagan o'yin yoki dasturlar bir qancha qismlardan iborat ekan, ularni qanday o'rnatish mumkin?
Javob:
Telegramga fayl yuklash limiti 2 Gb hisoblanadi. Shu sababli ham 2 Gb dan katta bo'lgan dastur va o'yinlarni bir nechta qismlarga bo'lgan holda telegram kanallarga joylashadi. Bu haqida alohida post mavjud:
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o'rnatish

YouTube'dagi videolarni qanday yuklash mumkin?
Javob:
YouTube'dan video yuklash yo'llari

Guruhda savol berganlar ko'pincha "kanalda bor" degan javobni olishadi. Bu nima degani?
Javob:
Bu degani so'ralayotgan ma'lumot kanalda mavjud. Kanaldan kerakli ma'lumotni quyidagi postda ko'rsatilgan usullar orqali topishingiz mumkin:
Kanaldan kerakli ma'lumotni oson topish usullari

Menga u dastur yoki bu dastur kerak?
Javob:
Kompyuter uchun istalgan dasturni topish, yuklash va o'rnatish!
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)

Antivirus bazasini qanday yangilasam bo'ladi?
Javob:
Antivirus bazasini yangilashning 2 yo'li mavjud: onlayn va oflayn.
NOD32 antivirus bazasini onlayn yangilash
NOD32 antivirus bazasini internetsiz (oflayn) yangilash

Antivirus bazasini qancha vaqt oralig'ida yangilab turish kerak?
Javob:
Antivirus bazasini qancha muddatda yangilash bo'yicha aniq muddat belgilanmagan. Baza yangilanishiga sabab kompyuterdagi antivirus bazasi yangi bo'lsa yangi viruslarni "taniy olishi" hisoblanadi. Antivirus bazasini 1 haftada 1 marta yangilanishi yetarli.

Antivirus va viruslar haqida batafsil ma'lumot:
Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar

Windows'ni qanday aktivatsiya qilsa bo'ladi? Office'ni qanday aktivatsiya qilsa bo'ladi?
Javob:
Windows 7'ni aktivatsiya qilish
Windows 10'ni aktivatsiya qilish
Office'ni aktivatsiya qilish
Windows va Office dasturlari ham KMSTools dasturi orqali aktivatsiya qilinadi. Faqatgina Windows 7 uchun Windows Loader dasturidan foydalanish mumkin (agar KMSTools orqali aktivatsiya qilinmasa).

Windows 7 kerak? Uni qanday o'rnatsam bo'ladi?
Javob:
Kanalimizda Windows 7 максимальная ni torrent fayli mavjud. Shu torrent fayli orqali Windows 7'ni yuklab olishingiz va Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha kursimiz orqali uni mustaqil o'rnatishingiz mumkin.
Windows 7 ni o'rnatish bo'yicha videodarslar
Windows 7 максимальная x64 torrent fayli l x32 torrent fayli
Torrent nima? Torrent bilan ishlash

Windows o'rnatish bo'yicha savollarim bor edi...
Javob:
Windows (7/8/8.1/10) o'rnatish bo'yicha savollarga javobni ushbu videodan olasiz:
Windows o'rnatishga oid savol javoblar

Dasturni o'rnatishda dastur to'liq o'rnatilmayapti yoki cheklovlari saqlanib qolyapti, muammo nimada?
Javob: Balki siz "dastur o'rnatish sanʼati" ga amal qilmayotgandirsiz?


Yanada ko'proq ma'lumotlarni kanalimiz xaritasidan oson topishingiz mumkin. Ishoning, kanalimizda foydali ma'lumotlar juda ko'p, shunchaki ularni izlash kerak.

🤔 Balki sizning savolingizga javob boshqa postlarda berilgandir?
1️⃣ 2️⃣ 3

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #internet #mulohaza_uchun

Brauzerlar va ularning bozordagi ulushi, 1994–2019 📊

📝 Manba

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist