IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#smartfon #maslahat

Telefon nega qotadi? 📱🐌

E’tibor bergan bo‘lsangiz, Android smartfon yangi xarid qilingan vaqtida juda tez va chaqqon ishlaydi. Biroq bir muddat o‘tgandan keyin smartfon dasturining ishlashi sekinlashadi, samaradorligi kamayadi. Xo‘sh, bunga sabab nima?

Gap shundaki, qo‘lingizda telefonning tezkor xotirasi hajmi o‘rtacha segmentdagi kompyuterlarning tezkor xotirasi bilan barobar yoki undan ham ko‘p. Tasavvur qiling, qo‘lingizda shunchaki telefon emas, balki kompyuter joylashgan. Shu bois uning dasturida juda ham ko‘p jarayonlar bajariladi. Ko‘pincha telefonning qotishiga mos bo‘lmagan zararli ilovalar, dasturning eskirishi yoki noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lishi mumkin.

Keling, endi, smartfonning har doim chaqqon ishlashini ta’minlash uchun yordam beradigan profilaktika usullari bilan tanishsak.

1️⃣. Dastur fonidagi jarayonlar. Smartfonga juda ko‘p ilovalarni yuklash uning ishini sekinlashtiradi. Ilovani yopganingiz bilan u baribir fonda ishlab, xotirani band qilib turaveradi. Ayniqsa, agar haddan tashqari ko‘p ilovalar o‘rnatilgan bo‘lsa, bu telefon samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday keraksiz ilovalarga jonli oboylar va vidjetlarni kiritish mumkin. Buning oldini olish uchun zaruriy bo‘lmagan ilovalarni telefondan o‘chirib yuborish lozim. Telefonni ishlab chiqaruvchi parametrlariga (Factory Data Reset) qaytarish bu muammoda juda katta yordam beradi.

2️⃣. Dasturiy ta’minotni yangilash. Juda ko‘p foydalanuvchilar telefon dasturiy ta’minotini yangilab turmaydilar. Yuqorida aytilganday, smartfonning dasturi katta hajmli va doim profilaktika talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar zaruratga qarab dastur yangilanishlarini chiqarib turishadi. Ayniqsa, so‘nggi paytda Google va Samsung har oyda dastur yangilanishlarini taqdim qilishmoqda. Xavotir olmang, dasturiy ta’minotni yangilash uchun “Malika” (“Fleshka” savdo majmuasi) bozoriga (Toshkent shahrida) borish yoki birovdan iltimos qilish shart emas. Buni shunchaki internetga ulangan holda telefon sozlamalarida amalga oshirsa bo‘ladi. Yangilanishlar dasturning himoyasini oshiradi, versiyasini yangilaydi, qo‘shimcha imkoniyat va funksiyalarni taqdim etadi.

3️⃣. Doimiy xotiraning to‘lishi. Odatda, telefonning doimiy xotirasi to‘lig‘icha band bo‘lganda, uning ishlashi sustlashadi. Shu sabab telefondagi fayllarni tekshiring, zarur bo‘lmaganlarini o‘chirib tashlang yoki SD-kartaga o‘tkazing. Telefon sozlamalarida kesh-fayllarni o‘chirishni unutmang.

Yuqoridagi birlamchi profilaktika usullariga amal qilsangiz, telefoningiz qotmasdan, yelib-yugurib xizmatingizni bajaraveradi. Unutmang, smartfon bu shunchaki telefon emas, u katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan gadjet. Shu bois uning tez va yaxshi ishlashi, ko‘pincha, o‘zingizga bog‘liq!

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

O‘z uslub (stil)imizni yaratish va undan foydalanish 🎨

Agar Siz hujjatlaringizni chiroyli qilib rasmiylashtirishni yaxshi ko‘rsangiz va bunga ko‘p vaqtingizni sarflasangiz, unda yacheykalar uchun o‘z uslub (stil)laringizni yaratish imkoniyatiga baho berib ko‘ring.

Sevimli dizaynni bir klik orqali qo‘llash imkoniyati mavjud. Yuqoridagi video orqali buni ko‘rib o‘rganishingiz mumkin: 👆🏻

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#telegram #bilasizmi

🎞 Telegram’da videoning o‘ng yoki chap chetiga ikki marta bosilsa, videorolik 10 soniyaga oldinga/orqaga o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚧 Ushbu aylanuvchi to‘siq tizimi millionlab insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

👤 Reface (oldin Doublicat) — mashhur GIF-animatsiyalarga yuzingizni joylashtirish imkoniyatini beruvchi yangi ilova. Internet yordamida ishlaydi. Android 5.0+. Pro-versiya.

📎 Reface Pro v1.19.0 mobil ilovasini yuklab olish.

❗️Refeyslar bo‘yicha limitga yetgan paytingizda ilovani shunchaki qayta ishga tushiring.

📲
Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Belgilangan diapazonda ma’lumotning qayta takrorlanmasligi uchun sozlash 🚫⚙️

Agar belgilangan diapazonga faqat unikal qiymatlar kiritilishi va foydalanuvchi kiritayotgan paytda adashmasligi lozim bo‘lsa – ma’lumotlarni tekshirishni sozlab qo‘ying, bu faqat ma’lumotni bir marta kiritilib, qayta takrorlanmasligiga olib keladi.

Marhamat, buni qanday amalga oshirishni yuqoridagi video orqali o‘rganib olishingiz mumkin 👆.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

🔢 Word jadvalidagi formulalarda “Закладка”lardan foydalanish

Bundan oldin keltirilgan misolimizda biz joriy jadvalning o‘zida keltirilgan chegirma foizidan foydalanib, chegirmalarni alohida ustunda hisoblagan edik. Ammo boshqa variant ham mavjud. Chegirma foizi shunchaki oddiy matn ko‘rinishida hujjat tarkibida keltirilgan bo‘lishi mumkin.

Formulalar bunday holatda ham yordam berishi mumkin. Chegirma foizi keltirilgan joyda, uning qiymati foiz belgisi bilan birga belgilanadi va unga nisbatan “закладка” yaratiladi, jadvaldagi formulada esa ushbu “закладка” havola sifatida ko‘rsatiladi. Juda qulay usul. Hujjat matnida chegirma qiymati yangilangan taqdirda, barcha formulalarni belgilash va ularni qayta hisoblash uchun F9'ni bosish kifoyadir.

🎞 Postimiz yuqorisida keltirilgan amaliy (ovozsiz video) ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin👆🏻.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​🌙 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh! Barchamizga Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin! 🕋

Bu kunlarga yetib kela olmagan iymon ahllarini Robbim o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!

Duolar ijobat kunlarda Ollohim qalblarimizdagi ezgu niyatlarimizni o‘zi ro‘yobga chiqarsin!

O‘ylaganimizdan ko‘ra ham afzal maqomlarga erishtirsin!

Millatimizga ofiyat va taraqqiyot, xalqimizga baxt va saodat, peshvolarimizga haq va adolat, avomga insof va itoat, dinimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishda barchamizga hikmat va shijoat bersin!

Ollohim:
- ilm talabida yurganlarga foydali ilm;
- befarzandlarga solih va soliha farzandlar;
- bemorlarga shifo;
- qarzdorlarga kushoyish;
- g‘ariblarga nusrat;
- mazlumlarga najot;
- musofirlarga omonlik;
- safardagilarga g‘animatlar;
- ummat orasiga ittifoqlik;
- dushman jamoalariga tafriqa, qalblariga ixtilof;
- olimlarimizga haybat;
- omilarimiz uchun olimlarga itoat;
- farzandlarimizga ilm, odob va ummat xizmati;
- ayollarimizga hayo va iffat;
- ota-onalarimizga uzun va saodatli umr;
- vafot etganlariga rahmat va mag‘firat ato etsin!

Robbim niyatlarimizga ixlos, duolarimizga ijobat, qalblarimizga samimiyat, aqllarimizga rushd, oqibatimizda xayr nasib etsin!

Omin! Omin! Omin, yo Robbal-olamiyn!

💐 Hurmat va ehtirom ila,
© IT specialist kanali ma’muriyati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #videomontaj

Kanalimiz muxlislari tomonidan ulashilgan ajoyib montaj va ishlanmalardan bahramand bo'ling!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #bilasizmi #operatsion_tizim

Bill Geyts Microsoft korporatsiyasiga tegishli Windows operatsion tizimining ilk versiyasi o‘rnatilgan IBM PC kompyuteri bilan. 1985 yil.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan
• Ilon Maskning biznes vakillari reytingida ikkinchi va birinchi o‘ringa ko’tarilgani haqidagi postlar
Tesla kompaniyasi logotipi haqida
Tesla o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqda!
Stiv Jobs haqida postlar
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Pavel Durov haqida postlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #bilasizmi

Endi yumaloq video xabarlarni yozib olish paytida tasvirni kattalashtirish mumkin.

Olinayotgan tasvirni bir necha marotaba yaqinlashtirish uchun ikki barmog‘ingiz bilan videoni mos tarzda yuqori va pastga qaratib suring.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Qachonki uyda ona dasturchi bo‘lganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #rasm_bilan_ishlash

🖼 Rasmlar bilan ishlashda badiiy effektlardan foydalanish

Word dasturida qo‘llanilayotgan har qanday rasmga nisbatan dastur bilan birga keluvchi 23 badiiy effektlardan birini qo‘llash mumkin.

Buning uchun kerakli rasmni tanlash, menyu satrida Формат → Изменение bandlari bo‘ylab o‘tish va Художественные эффекты ro‘yxatidan keraklisini tanlash lozim. Ushbu menyudagi variantlar ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib, effekt rasmingizda qanday aks ettishini darhol ko‘rishingiz mumkin.

Параметры художественных эффектов tugmasiga bosib, tanlangan effektni qo‘shimcha sozlashingiz yoki o‘z effektingizni mustaqil qo‘shishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🗜 Hujjat sahifasiga ko‘proq matn sig‘dirish

Agar siz matn kiritish chog‘ida qog‘ozda ko‘proq joy tejashni maqsad qilsangiz — u holda ushbu ko‘rsatmaga amal qiling:

— 1-qadam
Butun matn uchun Arial Narrow shriftini o‘rnating, u oddiy Arial shriftiga nisbatan ancha “ixcham”.

— 2-qadam
Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida birlamchi (одинарный) satrlararo intervalini o‘rnating.

— 3-qadam
Menyu satrida Макет → Поля → Настраиваемые поля bandlari bo‘ylab o‘ting va sahifa atrofidagi barcha maydonlar uchun 1 sm o‘lchamini o‘rnating.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish
Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi?
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥Ijtimoiy tarmoqlardan video yuklash endi sizlarga muammo bo'lmaydi

Ushbu bot shogirdlarimiz tomonidan yasalibdi, ko'rib ancha xursand bo'ldim. Ijtimoiy tarmoqlardan endi video fayllaringizni osonlikcha yuklab olishingiz mumkin ekan. 👍

— Youtube
— Instagram
— Likee
— Tik Tok
— Facebook

P.S: aahaaytt shogirdlarimiz kuchaydi uje 😁

👉 @KattaAmakiBot#tavsiya
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor

👨🏻‍🏫 “Sen oliy ma’lumotsiz yuqori maoshli ishga erisha olmaysan!”.

📍O‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlagan dasturchilar bu payt: 👆🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#excel #operatsion_tizim

Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi? 🧮

Agar siz dasturning o‘zidan turib, bevosita kalyulyatorga murojaat etmoqchi bo‘lsangiz — quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:

— 1-qadam
Menyu tasmasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan Настройка ленты... bandini tanlang.

— 2-qadam
Ochilgan oynadagi Настроить ленту bo‘limidagi Выбрать команды: bandi ostida Команды не на ленте’ni ko‘rsating va ushbu ro‘yxatdan kalkulyatorni toping.

— 3-qadam
Добавить (o‘ngda), so‘ngra OK tugmalarini bosing.

Tayyor, endi bosh sahifaning o‘zida turaturib, kalkulyatorni ochishingiz mumkin. 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#internet #maslahat

Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz! ⚙️💡

Google brauzeri kompyuteringiz yoki noutbukingizni “og‘irlashtirib” tashlashining oldini olishdagi ikkita samarali usul bilan tanishing. Ikkinchisi sizni hatto og‘ir reklamalardan ham qutqaradi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish;
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli;
Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши).

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#smartfon #iOS #android #iPhone #mulohaza_uchun

Smartfonlarning yildan-yilga kattalashib borishini to‘xtata olamizmi? 🤔

So‘nggi o‘n yildan buyon smartfonlar hajm jihatidan kattalashib bormoqda, ammo ularni ishlatadigan qo‘llarimiz kattalashayotgani yo‘q. Qizig‘-a?! Keling, quyida Android Authority sayti kolumnisti Saymon Xillning shaxsiy fikrlarini keltirish asnosida shu haqda suhbatlashamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (1-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (2-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (3-qism).

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

Telegram'dagi guruhli videochatlarda ekran translyatsiyasini ishga tushirish mumkin.

Buning uchun ovozli chatning sozlamalariga o‘ting va “Транслировать экран” (“Share screen”) bandiga bosing.

📝 Manba: @vamtlgrm

📌 P.S.: Telegram ilovasiga qo‘shilayotgan yangi imkoniyatlarni amalda sinab borish uchun, ilovani Play Market yoki rasmiy veb-sayti (Windows-Linux-macOS / Android / iOS) orqali muntazam ravishda yangilab borishni unutmang!

ℹ️
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija