IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🖐🏻 Yangi avlod protezlari barmoqlarini yo‘qotgan odamga qo‘lning muhim funksiyalarini yo‘qotmaslik va o‘z hayotini yorqin o‘tkazish uchun xizmat qiladi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #rasm_bilan_ishlash

🆕 Telegram Desktop 2.8.8 versiyasiga yangilandi

Dasturning yangilangan versiyasida ichki rasmlar muharriri paydo bo‘ldi. Endi fotosurat yoki skrinshotni yuborishdan oldin uni kesish yoki kerakli qismini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Ushbu muharrirni dasturda ochish uchun kerakli fotosuratni tanlang va uning ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosing.

📝 Manba: @vamtlgrm

📌 P.S.: Bundan tashqari video konferensiyada ekranni translyatsiya qilish paytida tizim ovozlarini uzatish funksiyasi ham faollashdi.

ℹ️
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software #internet #rasm_bilan_ishlash #security

🤦🏻‍♂️ Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz

Turli fotosuratlarni Internetga yuklashda biz boshqa insonlarga rasmlar orqali izlash funksiyasidan foydalanib bizni topishga imkon yaratamiz.

Fotosuratni rasm bo‘yicha izlashda tanib bo‘lmaydigan qilish uchun Fawkes ilovasidan foydalanish tavsiya etiladi. sandlab.cs.uchicago.edu saytiga o‘ting va Downloads bo‘limida dasturning Windows, Linux yoki MacOS uchun versiyasini yuklab oling.

Qidiruv algoritmlarini chalkashtirish uchun ushbu yordamchi dastur rasmni piksellar darajasida o‘zgartiradi. Biroq vizual tarzda ko‘z uchun hech qanday farq sezilmaydi.

Fawkes dasturini ishga tushirib, Select Images tugmasi orqali kerakli fotosuratlarni tanlang, keyin esa Run Protection tugmasini bosing. Natijada rasm(lar) asl fayllar joylashgan papkada yangi nom ostida saqlanadi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya #game

🎮 Barchaga mashhur “Tetris” o‘yini qurilmalari ommalashuvidan oldin mana bunday “Электроника” brendi ostidagi ch‘ontakda olib yursa bo‘ladigan o‘yin qurilmalari mashhur bo‘lgan.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

🔢 ОКРУГЛ (ROUND) funksiyasi

ОКРУГЛ
– sonni formulada ko‘rsatilgan kasrli razryadlar miqdoriga qadar yaxlitlaydi.

🇷🇺 ОКРУГЛ(число; число_разрядов)
🇺🇿 ОКРУГЛ(son; razryadlar_miqdori
)
🇬🇧 ROUND(number, num_digits)

Son (majburiy argument) — yaxlitlanayotgan sonli qiymat;
Razryadlar miqdori (majburiy argument) — son bu yerda ko‘rsatib o‘tilgan kasrli razryadlar miqdoriga qadar yaxlitlanadi.

Izohlar:
■ Agar Razryadlar soni 0 dan katta bo‘lsa, u holda son ko‘rsatib o‘tilgan kasrli razryadlar miqdoriga qadar yaxlitlanadi;
■ Agar Razryadlar soni 0 ga teng bo‘lsa, u holda son eng yaqin butun qiymatga qadar yaxlitlanadi;
■ Agar Razryadlar soni 0 dan kichik bo‘lsa, u holda son kasrning chap tomoniga qarab yaxlitlanadi.

Formulaning ishlashiga misol quyidagi rasmda keltirilgan👇🏻.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🔢 Word jadvalidagi formulalarda A1 uslubidagi havoladan foydalanish

Kanalimizda Word dasturida formulalardan foydalanish borasida postlar qoldirganmiz (post ostidagi havolalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin), masalan, joriy ustun yoki satrlar qiymatlari yig‘indisini maxsus havolalar orqali hisoblaganmiz. Biroq (LEFT, RIGHT, ABOVE, BELOW) kabi maxsus buyruqlar bilan belgilanuvchi bunday havolalardan tashqari, Excel orqali bizga tanish bo‘lgan koordinatalar tizimidan foydalanib, alohida kataklar manzillarini ko‘rsatib o‘tishimiz ham mumkin.

Jadvalga chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga qarab izoh beradigan bo‘lsak, uning dastlabki katagi – bu A1. Undan o‘ngda joylashgan katak – B1. A1 dan pastda – A2 katagi. Agar Excel'da ishlab ko‘rgan bo‘lsangiz, bunday numeratsiyani tushunish sizga muammo tug‘dirmaydi. Masalan, chegirma foizi ko‘rsatilgan katakdagi qiymatni sotuvlar jadvalidagi ustunning barcha satrlariga nisbatan qo‘llab, hisob-kitobni amalga oshirishimiz mumkin.

🎞 Postimiz ostiga biriktirilgan amaliy (ovozsiz video) ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin👇🏻.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
Qiymatlarni tezkor hisoblash
Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#maslahat #operatsion_tizim #hardware

Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!

Bugungi kunda turli gadjetlarda asosiy portlardan biri bo‘lgan USB tirqishi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lgani bilan, USB Type-C kabi simmetrik emas. Unga kabelni yoki fleshkani ulayotib, siz ham aksariyat hollarda adashib teskari tiqishga urinasiz-a?

USB standartining yaratuvchilaridan biri Ajay Bhatt ham tirqishni nosimmetrik qilish yechimini ahmoqona, deb atagan. Lekin o‘shanda bu – iqtisodiy jihatdan eng maqbul yo‘l bo‘lgan. Zero, simmetrik, ya’ni ikki tomonidan ham bir xil ishlaydigan bo‘lishi uchun ko‘proq simlar va mikrosxemlar talab etilar, bu esa ishlab chiqarishda qimmatga tushar edi.

Xo‘sh, fleshka yoki kabelni USB-tirqishga to‘g‘ri kiritishning eng sodda usulini bilib qo‘yishga nima deysiz?

Buning uchun fleshkani yoki kabel boshchasini qo‘lingizga olib qarasangiz, har ikki tomonida bir xilda – ikkitadan kvadrat teshikchalarni ko‘rasiz. Bir tarafidagi juft teshikchadan uning ichidagi plastikni, ikkinchi tarafida esa – ichidagi kontaktlarni ko‘rish mumkin. USB ichidagi plastik har xil rangda bo‘lishi mumkin, ko‘pincha qora, oq yoki ko‘k ranglarni ishlatishadi.

Kompyuter va boshqa qurilmalardagi USB-tirqishlar shunday o‘rnatilganki, unga kiritiladigan fleshka (yoki kabel) USB-ulagichida o‘sha bir juft teshikchadan plastik emas, aynan kontaktlar ko‘rinadigan tomoni yuqoriga qilib tiqiladi. Ayni shu tomoni fleshkaning “old” tomoni hisoblanib, unga ishlab chiqaruvchi logotipi tushirilgan bo‘ladi. Kabel boshchasining esa shu tomonida USB belgisi ham mavjud.

Agarda kompyuterda USB-tirqish tikka holatda o‘rnatilgan bo‘lsa ham shu tamoyilga asoslanasiz: USB-ulagichining “old” tomonini yuqoriga qaratgan holda ushlab, soat mili yo‘nalishida 90 darajada aylantirasiz.

Agar USB-boshchaning “old” tomonini farqlashga odatlansangiz, yuqoridagi layfxak orqali uni doim birinchi urinishdayoq to‘g‘ri kiritadigan bo‘lasiz.

📌 P.S.: USB fleshkalarni kompyuterga ulash bo‘yicha kanaldagi so‘rovnoma.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#smartfon #maslahat

Telefon nega qotadi? 📱🐌

E’tibor bergan bo‘lsangiz, Android smartfon yangi xarid qilingan vaqtida juda tez va chaqqon ishlaydi. Biroq bir muddat o‘tgandan keyin smartfon dasturining ishlashi sekinlashadi, samaradorligi kamayadi. Xo‘sh, bunga sabab nima?

Gap shundaki, qo‘lingizda telefonning tezkor xotirasi hajmi o‘rtacha segmentdagi kompyuterlarning tezkor xotirasi bilan barobar yoki undan ham ko‘p. Tasavvur qiling, qo‘lingizda shunchaki telefon emas, balki kompyuter joylashgan. Shu bois uning dasturida juda ham ko‘p jarayonlar bajariladi. Ko‘pincha telefonning qotishiga mos bo‘lmagan zararli ilovalar, dasturning eskirishi yoki noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lishi mumkin.

Keling, endi, smartfonning har doim chaqqon ishlashini ta’minlash uchun yordam beradigan profilaktika usullari bilan tanishsak.

1️⃣. Dastur fonidagi jarayonlar. Smartfonga juda ko‘p ilovalarni yuklash uning ishini sekinlashtiradi. Ilovani yopganingiz bilan u baribir fonda ishlab, xotirani band qilib turaveradi. Ayniqsa, agar haddan tashqari ko‘p ilovalar o‘rnatilgan bo‘lsa, bu telefon samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday keraksiz ilovalarga jonli oboylar va vidjetlarni kiritish mumkin. Buning oldini olish uchun zaruriy bo‘lmagan ilovalarni telefondan o‘chirib yuborish lozim. Telefonni ishlab chiqaruvchi parametrlariga (Factory Data Reset) qaytarish bu muammoda juda katta yordam beradi.

2️⃣. Dasturiy ta’minotni yangilash. Juda ko‘p foydalanuvchilar telefon dasturiy ta’minotini yangilab turmaydilar. Yuqorida aytilganday, smartfonning dasturi katta hajmli va doim profilaktika talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar zaruratga qarab dastur yangilanishlarini chiqarib turishadi. Ayniqsa, so‘nggi paytda Google va Samsung har oyda dastur yangilanishlarini taqdim qilishmoqda. Xavotir olmang, dasturiy ta’minotni yangilash uchun “Malika” (“Fleshka” savdo majmuasi) bozoriga (Toshkent shahrida) borish yoki birovdan iltimos qilish shart emas. Buni shunchaki internetga ulangan holda telefon sozlamalarida amalga oshirsa bo‘ladi. Yangilanishlar dasturning himoyasini oshiradi, versiyasini yangilaydi, qo‘shimcha imkoniyat va funksiyalarni taqdim etadi.

3️⃣. Doimiy xotiraning to‘lishi. Odatda, telefonning doimiy xotirasi to‘lig‘icha band bo‘lganda, uning ishlashi sustlashadi. Shu sabab telefondagi fayllarni tekshiring, zarur bo‘lmaganlarini o‘chirib tashlang yoki SD-kartaga o‘tkazing. Telefon sozlamalarida kesh-fayllarni o‘chirishni unutmang.

Yuqoridagi birlamchi profilaktika usullariga amal qilsangiz, telefoningiz qotmasdan, yelib-yugurib xizmatingizni bajaraveradi. Unutmang, smartfon bu shunchaki telefon emas, u katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan gadjet. Shu bois uning tez va yaxshi ishlashi, ko‘pincha, o‘zingizga bog‘liq!

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

O‘z uslub (stil)imizni yaratish va undan foydalanish 🎨

Agar Siz hujjatlaringizni chiroyli qilib rasmiylashtirishni yaxshi ko‘rsangiz va bunga ko‘p vaqtingizni sarflasangiz, unda yacheykalar uchun o‘z uslub (stil)laringizni yaratish imkoniyatiga baho berib ko‘ring.

Sevimli dizaynni bir klik orqali qo‘llash imkoniyati mavjud. Yuqoridagi video orqali buni ko‘rib o‘rganishingiz mumkin: 👆🏻

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#telegram #bilasizmi

🎞 Telegram’da videoning o‘ng yoki chap chetiga ikki marta bosilsa, videorolik 10 soniyaga oldinga/orqaga o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚧 Ushbu aylanuvchi to‘siq tizimi millionlab insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

👤 Reface (oldin Doublicat) — mashhur GIF-animatsiyalarga yuzingizni joylashtirish imkoniyatini beruvchi yangi ilova. Internet yordamida ishlaydi. Android 5.0+. Pro-versiya.

📎 Reface Pro v1.19.0 mobil ilovasini yuklab olish.

❗️Refeyslar bo‘yicha limitga yetgan paytingizda ilovani shunchaki qayta ishga tushiring.

📲
Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Belgilangan diapazonda ma’lumotning qayta takrorlanmasligi uchun sozlash 🚫⚙️

Agar belgilangan diapazonga faqat unikal qiymatlar kiritilishi va foydalanuvchi kiritayotgan paytda adashmasligi lozim bo‘lsa – ma’lumotlarni tekshirishni sozlab qo‘ying, bu faqat ma’lumotni bir marta kiritilib, qayta takrorlanmasligiga olib keladi.

Marhamat, buni qanday amalga oshirishni yuqoridagi video orqali o‘rganib olishingiz mumkin 👆.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

🔢 Word jadvalidagi formulalarda “Закладка”lardan foydalanish

Bundan oldin keltirilgan misolimizda biz joriy jadvalning o‘zida keltirilgan chegirma foizidan foydalanib, chegirmalarni alohida ustunda hisoblagan edik. Ammo boshqa variant ham mavjud. Chegirma foizi shunchaki oddiy matn ko‘rinishida hujjat tarkibida keltirilgan bo‘lishi mumkin.

Formulalar bunday holatda ham yordam berishi mumkin. Chegirma foizi keltirilgan joyda, uning qiymati foiz belgisi bilan birga belgilanadi va unga nisbatan “закладка” yaratiladi, jadvaldagi formulada esa ushbu “закладка” havola sifatida ko‘rsatiladi. Juda qulay usul. Hujjat matnida chegirma qiymati yangilangan taqdirda, barcha formulalarni belgilash va ularni qayta hisoblash uchun F9'ni bosish kifoyadir.

🎞 Postimiz yuqorisida keltirilgan amaliy (ovozsiz video) ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin👆🏻.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​🌙 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh! Barchamizga Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin! 🕋

Bu kunlarga yetib kela olmagan iymon ahllarini Robbim o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!

Duolar ijobat kunlarda Ollohim qalblarimizdagi ezgu niyatlarimizni o‘zi ro‘yobga chiqarsin!

O‘ylaganimizdan ko‘ra ham afzal maqomlarga erishtirsin!

Millatimizga ofiyat va taraqqiyot, xalqimizga baxt va saodat, peshvolarimizga haq va adolat, avomga insof va itoat, dinimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishda barchamizga hikmat va shijoat bersin!

Ollohim:
- ilm talabida yurganlarga foydali ilm;
- befarzandlarga solih va soliha farzandlar;
- bemorlarga shifo;
- qarzdorlarga kushoyish;
- g‘ariblarga nusrat;
- mazlumlarga najot;
- musofirlarga omonlik;
- safardagilarga g‘animatlar;
- ummat orasiga ittifoqlik;
- dushman jamoalariga tafriqa, qalblariga ixtilof;
- olimlarimizga haybat;
- omilarimiz uchun olimlarga itoat;
- farzandlarimizga ilm, odob va ummat xizmati;
- ayollarimizga hayo va iffat;
- ota-onalarimizga uzun va saodatli umr;
- vafot etganlariga rahmat va mag‘firat ato etsin!

Robbim niyatlarimizga ixlos, duolarimizga ijobat, qalblarimizga samimiyat, aqllarimizga rushd, oqibatimizda xayr nasib etsin!

Omin! Omin! Omin, yo Robbal-olamiyn!

💐 Hurmat va ehtirom ila,
© IT specialist kanali ma’muriyati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #videomontaj

Kanalimiz muxlislari tomonidan ulashilgan ajoyib montaj va ishlanmalardan bahramand bo'ling!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #bilasizmi #operatsion_tizim

Bill Geyts Microsoft korporatsiyasiga tegishli Windows operatsion tizimining ilk versiyasi o‘rnatilgan IBM PC kompyuteri bilan. 1985 yil.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan
• Ilon Maskning biznes vakillari reytingida ikkinchi va birinchi o‘ringa ko’tarilgani haqidagi postlar
Tesla kompaniyasi logotipi haqida
Tesla o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqda!
Stiv Jobs haqida postlar
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Pavel Durov haqida postlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #bilasizmi

Endi yumaloq video xabarlarni yozib olish paytida tasvirni kattalashtirish mumkin.

Olinayotgan tasvirni bir necha marotaba yaqinlashtirish uchun ikki barmog‘ingiz bilan videoni mos tarzda yuqori va pastga qaratib suring.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Qachonki uyda ona dasturchi bo‘lganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #rasm_bilan_ishlash

🖼 Rasmlar bilan ishlashda badiiy effektlardan foydalanish

Word dasturida qo‘llanilayotgan har qanday rasmga nisbatan dastur bilan birga keluvchi 23 badiiy effektlardan birini qo‘llash mumkin.

Buning uchun kerakli rasmni tanlash, menyu satrida Формат → Изменение bandlari bo‘ylab o‘tish va Художественные эффекты ro‘yxatidan keraklisini tanlash lozim. Ushbu menyudagi variantlar ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib, effekt rasmingizda qanday aks ettishini darhol ko‘rishingiz mumkin.

Параметры художественных эффектов tugmasiga bosib, tanlangan effektni qo‘shimcha sozlashingiz yoki o‘z effektingizni mustaqil qo‘shishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🗜 Hujjat sahifasiga ko‘proq matn sig‘dirish

Agar siz matn kiritish chog‘ida qog‘ozda ko‘proq joy tejashni maqsad qilsangiz — u holda ushbu ko‘rsatmaga amal qiling:

— 1-qadam
Butun matn uchun Arial Narrow shriftini o‘rnating, u oddiy Arial shriftiga nisbatan ancha “ixcham”.

— 2-qadam
Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida birlamchi (одинарный) satrlararo intervalini o‘rnating.

— 3-qadam
Menyu satrida Макет → Поля → Настраиваемые поля bandlari bo‘ylab o‘ting va sahifa atrofidagi barcha maydonlar uchun 1 sm o‘lchamini o‘rnating.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish
Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi?
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija