IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android

🖼 InShot – Instagram, TikTok yoki YouTube'ga postlar tayyorlash uchun oddiy va funksional video- va foto muharrir. Android 4.3+. Pro funksiyalar blokdan chiqarilgan.

📎
InShot Pro v2.074.1465 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#security #bilasizmi

Tarixdagi eng yirik xakerlik hujumi nima uchun amalga oshirilganini bilasizmi? 🕵🏻‍♂️

Geri Makkinnon ismli Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi xaker oʻz vaqtida NASA hamda Amerika hukumatining serverlarini buzib kirishga erishgan.

Makkinnonning maxfiy maʼlumotlar saqlanadigan yuzdan ortiq kompyuterlarning himoya tizimlarini buzishiga nima sabab boʻlganini bilasizmi? U AQSh hukumati va NASA olimlari oʻzga sayyoraliklar haqidagi maʼlumotlarni oddiy odamlardan berkitayotganlariga ishonar edi. Aynan mana shu sababli ushbu maʼlumotlarni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan.

AQSh hukumati Makinnonni dunyodagi eng xavfli xaker deb taʼriflagan. U Pentagonning axborot tizimini ishdan chiqarib, AQSh hukumatiga 1 million dollarlik moliyaviy zarar yetkazgan. Ushbu hodisa “butun insoniyat tarixidagi harbiy kompyuterlarga uyushtirilgan eng yirik hujum” deb tan olingan.

Shotlandiyada dunyoga kelgan Makkinnon Asperger sindromidan aziyat chekkan. U Londonda tahsil olgan va keyinchalik tizim boshqaruvchisi boʻlib ishlagan. 1997-yilda AQShning harbiy kompyuterlari, 2001-2002-yillarda esa NASA kompyuterlariga hujum qilgan.

Xaker oʻzga sayyoraliklar haqidagi maʼlumotlarni izlab, faqatgina bitta kompyuterga zarar yetkazgani, AQShning boshqa ayblovlari yolgʻon ekanligini taʼkidlagan.

Xakerning ruhiy kasalligi maʼlum boʻlganidan soʻng Buyuk Britaniyaning oʻsha vaqtlardagi bosh vaziri Tereza Mey uni AQSh qoʻliga topshirishdan bosh tortgan.

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

🧾 Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish

Brauzerda ko‘plab varaqa (вкладка)larni ochganingizda — nima va qayerda joylashganini topishingiz qiyinlashadi. Har birini ustiga bosib chiqmaslik uchun, Google'da ajoyib funksiya — “varaqalar kartochkalari” mavjud. U faollashtirilgan taqdirda, sichqoncha ko‘rsatkichi varaqa (вкладка) ustiga olib borilganida, uning tarkibi mini panelda ko‘rinib turadi.

Uni faollashtirish tartibi:

1️⃣. Google Chrome brauzerini ishga tushiring va manzil satriga chrome://flags'ni kiriting.

2️⃣. “Tab Hover Card Images” bandini toping va uning qarshisidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Enabled” bandini tanlang.

3️⃣. Brauzer qayta yuklanib, o‘zgartirishlar amalda qo‘llanishi uchun brauzer oynasi ostida yuzaga keluvchi “Relaunch” tugmasini bosing.

4️⃣. Brauzer tezkor tarzda qayta yuklanadi (unda ochilib turgan varaqa (вкладка)lar qayta yuklanadi). Tayyor!

Agar kartochkalarni o‘chirib qo‘yishga qaror qilsangiz, u holda 2-qadamdagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Disabled” bandini tanlang va brauzerni qayta yuklang. Biroq yaxshisi o‘chirmagan ma’qul — bu chindan ham foydali opsiya.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#operatsion_tizim #software

🗜 Auslogics Windows Slimmer – Windows'ni ixchamroq va samaraliroq qilishning tez va oson usulini taklif etadi. Tizim hajmini kichraytirish orqali diskdagi joyni tejash va ishlashini optimallashtirish uchun xizmat qiladi.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v3.1.0.1
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 Auslogics Windows Slimmer v3.1.0.1 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Ilovani ishga tushirsang-u, undagi ma’lumotlar bazasini yangilashni unutsang... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🤸🏻‍♂️ Height Increase – bo‘yni o‘stirish uchun samarali mashqlar, taomlanish rejalari va maslahatlar. Android 4.4+. Premium-versiya.

📎
Increase Height Workout v1.0.25 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

ℹ️ Biz ham kanalimiz obunachilariga sog‘lom hayot tarzini istab, kanalimizda ulashilgan sportga oid postlar bilan tanishib, ilovalardan foydalanishni tavsiya etamiz:
Bryus Li yugurishni “mashqlar qiroli” deb atagan
10 ming qadamga pul to‘lash boshlandi deyishmoqda
365 Scores mobil ilovasi
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha ilovalar ro‘yxati:
7 Minute Workout v9.4.5 mobil ilovasi
RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
Fitify Workouts mobil ilovasi
Abs 21 mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #mulohaza_uchun #dasturlash #internet

Dunyoga mashhur tizimlarning yaralishida qo‘llanilgan dasturlash tillari 💻

YouTube, GoogleJavaScript, C, C++, Python, Java, Go;
YahooJavaScript, PHP;
AmazonJavaScript, Java, C++, Perl;
MicrosoftJavaScript, ASP.NET;
WikipediaJavaScript, PHP, Hack;
eBayJavaScript, Java, Scala;
PinterestJavaScript, Django (Python), Erlang;
MSNJavaScript, ASP.NET;
TwitterJavaScript, C++, Java, Scala, Ruby on Rails;
FacebookJavaScript, Hack, PHP, Python, C++, Java, Erlang, D, Xhp, Haskell.

👆🏻 JavaScript’ni o‘zlashtirish uchun sizga yana bir sabab! 💪🏻

📝 Manba: @muhammadyunus_uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#telegram

👀 Telegramda sirli xabarlar yozish

Telegram'da yangilik: endi umumiy chatlarda privat (sirli) xabarlar yuborish mumkin. Ularni faqatgina siz ruxsat bergan foydalanuvchilar ko‘ra oladilar.

Buning ishlash tartibi quyidagicha:

1️⃣. Botni ishga tushiramiz va u bilan muloqot qilish oynasidan chiqamiz, u bizga ortiq kerak bo‘lmaydi.

2️⃣. Endi chatga o‘tamiz va xabarni quyidagi formatda yozamiz: "@hidethisbot matn @user".

Bu yerda "MATN" — bu xabarning o‘zi, "user" esa — yashirin kontentni ko‘rishga ruxsat berish yoki taqiqlash rejalashtirilgan foydalanuvchi havolasi (username).

3️⃣. Username kiritilishi bilan, sizib chiquvchi oynada: "For" yoki "Except" rejimlaridan birini tanlash kerak bo‘ladi. Birinchi buyruq birovga xabarni ko‘rishga ruxsat beradi, ikkinchisi — taqiqlaydi.

4️⃣. Rejimni tanlashingiz bilanoq — xabar avtomatik ravishda yuboriladi.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

📚Kitob o‘qishni boshlash uchun 7 sabab

1. Miyaning faol tarzda ishlashi.
2. Ijtimoiy tarmoqlardagidan farqli o‘laroq – kontentning sifati.
3. Bebaho tajriba.
4. Tasavvurning rivojlantirishi.
5. Foydali bilimlar.
6. Lug‘aviy boylik va savodxonlik.
7. Dunyoqarashning kengayishi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Kitob o‘qish tufayli paydo bo‘luvchi 7 foydali odat
Kitob oʻqishni sevuvchilar! Siz uchun mos 8ta kasb
Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?
Har kuni kitob o‘qish uchun 9 sabab + sovg‘a!
Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?
O‘zingizni tobora yaxshilab borishning amaliy usullari
Doktor Abdul Qalam fikrlari
Bill Geytsning 10 qoidasi
Xitoy maqollari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya

⌚️Seiko firmasining televizorli soatlari. Yaponiya. 1982 y.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

Bizning to‘tixon bolalardan hech qolishmaydi, planshetni zaryadkaga ulab qarshisida qoldirsang bas, o‘zini zeriktirib qo‘ymaydi... 🦜👀

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🖼 Enhance it – fotosuratlarning sifatini avtomatik ravishda yaxshilash uchun neyron tarmoqlari va sun’iy intellekt usullaridan foydalanuvchi mobil ilova. Android 6.0+. Premium-versiya.

📎
Enhance it Premium v3.0.5 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #iPhone #android

Xonada yo‘qolib qolgan quloqchinni izlaymiz 🎧

Bunda maxsus Wunderfind ilovasini App Store yoki Play Market'dan yuklab olib, quloqchinni izlashda smartfondan foydalanish mumkin.

Ilovadagi foiz ko‘rsatkichlarining ortishiga qarab quloqchin tushib qolgan joyni izlab topish mumkin. Ilovaning amaliy qo‘llanilishi yuqoridagi videoda ko‘rsatib o‘tilgan 🎞👆🏻.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Uzoq muddatli loyihadan oldin va keyin dasturchilar holatini tasavvur etavering, ko‘plab loyihalarni keyingi bosqichda qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish ham turgan masala, albatta... 🙈

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat #internet

“Otang bozor — onang bozor” yoxud onlayn sotuvchiga qanday qilib aldanib qolish mumkinligi haqida 🛍

Nima bo‘ldi-yu, onlayn do‘kondan libos buyurtma bergim kelib qoldi. To‘g‘rirog‘i, vaziyat shunday bo‘ldi. O‘zim ham zap ayolman-da, qoq jazirama chillasida birinchi farzandimni tug‘ibman. Bosh qizim, o‘zimga sirdosh qizim deganlariday, ba’zi masalalar yuzasidan u bilan maslahatlashib turaman. Yaqin kunlarda uning tug‘ilgan kuni. Shunday kunlarning birida onlayn do‘konning telegram kanaliga kimdir a’zo qilib qo‘ydi (kimligini bilibmanmi, aloqada yuzlab talaba qizlaru o‘zimning qarindosh-urug‘larim bor, baraka topishsin). Ish-o‘qish pallasida bunaqa kanal-panallarni pisand qilmayman, shartta o‘chirib, SPAMga “tiqaman”. Lekin bu safar vaziyat boshqacha, birinchidan, karantin qoidalari yana kuchaydi, ikkinchidan, anomal issiq odamlarni salqin uylari bag‘riga “qamadi”. Uchinchidan esa bosh farzandim — qizimning tug‘ilgan kuni. Sovg‘a olish kerak.

Shunday vaziyat yuzaga kelganda ayollar uchun liboslar savdosi bilan shug‘ullanuvchi telegram kanal jonimga oro kirgandek bo‘ldi. Ha, nima, jaziramada yuramanmi do‘konma-do‘kon aylanib (deb o‘yladim o‘zimcha). Besh-oltita model ma’qul kelib, qizimga suratini tashladim: “Oyi, nima qilasiz, onlayn do‘konga ishonch yo‘q, aldashi mumkin”, deb javob yozvordi (qizim turmushga chiqqan, ikki mahalla narida yashaydi). Tug‘ilgan kunga hali ancha vaqt bor, surishtirib ko‘rish kerak, dedim yana o‘zimcha.

O‘sha kunlarda sartaroshxonaga bordim, gap-gapga ulanib onlayn do‘konlar mavzusiga buraldi. Biz ayollarni bilasiz, juda qiziquvchanmiz. Darrov ayollarga telegram kanalni ko‘rsatib, shundan u-bu narsa xarid qilmoqchi edim, ishonsa bo‘ladimi, so‘radim ulardan. Baxtimga ayollardan biri kanal egasini yaxshi tanirkan: o‘zim hech narsa olmaganman-u, lekin “adminka”ni taniyman, hijobli ayol, menimcha, ishonsa bo‘ladi, dedi va darrov menga uning telefon raqamini berdi. Ayol menga “adminka”ning erini ham tanishini, u qayerda ishlashini, qaysi mahallada istiqomat qilishini aytib, telefon raqamini berganida erinmay yozib qo‘ydim. Mahallaning nomini ham eslab qoldim. Chunki u mahallada qarindoshim istiqomat qiladi. Ko‘nglim yanayam xotirjam bo‘ldi, to‘g‘ri-da, pulni “ko‘chadan supurib” olayotganim yo‘q, ko‘pchilik qatori peshona terim bilan topaman.

O‘sha kuni kechqurun “adminka”ga qo‘ng‘iroq qildim, u rosa hayron bo‘ldi, raqamimni kimdan oldingiz deb. Gapni qisqaroq qilish uchun sizni taniyman, deb qo‘ya qoldim. Do‘kon qayerda joylashganini so‘raganimda u, biz faqat onlayn savdo qilamiz, deb javob berdi. “Adminka” menga, buyurtmani bir kun avval berasiz, eltuvchi tovarni olib borganidan keyin naqd hisob-kitob qilasiz, dedi. Menga ma’qul bo‘ldi.

O‘zimcha chamalab qizim yoqtirishi mumkin bo‘lgan fasondagi liboslarni tanladim-da, “adminka” “lichka”siga yubordim. Bir kundan keyin buyurtmam yetib kelishini bilgach, xotirjam bo‘ldim. Chunki tug‘ilgan kungacha ulgurdim. Har ehtimolga qarshi qizim uyga keladigan kunni mo‘ljallaganim ham yaxshi bo‘ldi, kiyib ko‘radi (keyin o‘ylasam, bundan nima naf, eltuvchi buyurtmani tashlaydi-yu, ketarkan). Chunki “adminka”ning aytishicha, o‘lchamda yanglishish holatlari bo‘lmagan, libos loyiq keladi. Yana ishonchliroq bo‘lishi uchun ko‘krak aylanasi o‘lchamini yubordim. “Adminka”ga qo‘ng‘iroq qilib, har ehtimolga qarshi buyurtma qilgan liboslardan bir-ikkita olib kelishlarini, kiyib ko‘rib, loyig‘ini olishimizni aytdim. “Adminka”: eltuvchining vaqti ziq, buyurtmalarimiz ko‘p, siz liboslarni kiyib ko‘rguningizcha kutib turolmaydi, men razmer tanlashda adashmayman, xavotir olmang, kiyim lop-loyiq keladi, deb e’tirozim o‘rinsiz ekanligiga ishontirdi. Ko‘nglim joyiga tushganday bo‘ldi.
Bu orada kanalda berib borilayotgan yangidan-yangi liboslar, xabarlar bilan tanishib turishni ham unutmadim. “Qizlarjonlaaaar... yangi modellar keldi”, “Falonchi-pismadonchi, forvord xabar tarqatmang!” (bunaqa ogohlantirishni kanal “qorovuli” berib turadi), “Eltuvchi ketdi, telefonlaringiz yoningizda bo‘lsin” kabi xabarlarni o‘qib, voy-bo‘y namuncha buyurtmasi ko‘p ekan bularni, deb o‘yladim. Yana o‘zimcha, omadim bor ekan, buyurtmam bir kundayoq yetib kelarkan, deb xursand bo‘lib qo‘yaman. E’tibor bermabmanki, birorta ham xaridor olgan buyumi uchun tashakkur bildirgan xabar yo‘q.

Aytilgan muddatda qizim mehmonga kelgan kuni eltuvchi ham buyurtmamni olib keldi. Qo‘ng‘iroq qilganida men band edim. Kelishilgan pulni qizimga berib, buyurtmani qabul qilib olish uchun jo‘natdim (o‘zim onlayn vebinarda edim-da, kulgili holat, to‘g‘rimi?). Qizimning aytishicha, “Kobalt” rusumli oq mashinada kelgan soqolli kishi buyurtmani berib, pulni sanab olgach, mashinaga o‘tiribdi-yu, ketibdi. Boshqa buyurtmalarni tarqatib bo‘lganmi yo umuman o‘zi bizdan boshqa buyurtmasi yo‘qmi, qizim mashinada faqat bizga atalgan paketdan boshqa hech narsa yo‘qligiga e’tibor berganini bildirdi. Ha, buyurtmadan tashqari “dostavka” haqini ham o‘zim to‘ladim.

Shunday qilib, uchta libosni birin-ketin ochdik. Birinchisi yaxshi, lop-loyiq, bichimi ham rasmdagidek, rangi ham o‘sha. Ikkinchi libosni ochdim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, xavotirim bejiz emas ekan. O‘lchami juda katta, hatto o‘zimga ham katta bir ko‘ylak “mana men” deb turibdi-da. Buning ustiga tugmalari pala-partish yelim bilan yopishtirib tashlangan (!), tikilgan emas. Fasoni ham tushunarsiz bir matoh bo‘lib chiqdi. Xafsalam pir bo‘lib, uchinchi libosni ko‘ra boshladim. Unisining rangi ham, fasoni ham butunlay boshqacha, hatto yirtiq joylari ham bor ekan. Mana endi, jahlim chiqa boshladi. Darrov “adminka”ga qo‘ng‘iroq qildim. E’tirozlarimni aytdim. U bo‘lsa, siz libosni noto‘g‘ri kiygan bo‘lsangiz kerak, men razmerda adashmaganman, dedi. Bitta libosni olib qolaman, manavi ikkita tushunarsiz matohlarni qaytaraman, eltuvchingiz keladimi, yo o‘zim uyingizga boraymi, dedim (axir mahallasini bilaman-da). “Adminka” yo‘q, biz sotilgan mahsulotni qaytarib olmaymiz desa bo‘ladimi?! Shu yerda aloqa uzildi. Qayta qo‘ng‘iroq qilsam, olmadi.

Kanalga boshqalarni firibgarlikdan ogoh etish uchun, hurmatli “adminka” yuborgan liboslaringizning ikkitasi sifatsiz chiqdi, deb yozdim. Lekin maxsus dasturda kanal a’zolari yozgan xabarlar avval “qorovul” va “adminka”ning ko‘ruvidan o‘tadigan, yozgan odamning o‘zidan boshqa hech kimga ko‘rinmaydigan qilib qo‘yilgan ekan. “Adminka” o‘sha zahotiyoq “lichka”mga yoza boshladi. Qarasam, kanalda meni “udalit” qilibdi. Shaxsiy yozishmalarda tortishuvimiz davom etdi. Men unga sifatsiz mahsulotni sotib olish niyatim yo‘qligini bildirish bilan ovvoraman, u esa menga qayoqdagi qoidalarini “tushuntirish” bilan ovvora. Nimamish, onlayn do‘kondan xarid qilishni bilmasmishman, qo‘limdan kelmasa, kanalga kirmasligim kerakmish. Iye, bu qanaqasi bo‘ldi?! Demak, ko‘pchilikni shu taqlid “kuydirib” yurganlardan ekan-da, bu “adminka”. Kanal profiliga qoidalarni yozib qo‘yishibdi ularning orasida “sotilgan mahsulot qaytarib olinmaydi” degan shart ham bor ekan, afsuski, keyin ko‘zim tushdi bu yozuvlarga. Ha, “adminka” NIKingizni “obmanka” deb qo‘yishni unutmang, devorgim keldi alamdan. Yozishmalarini o‘qib “adminka”ni bunaqa janjallardan ko‘p marotaba silliqqina chiqib ketgan juvonga o‘xshatdim. Har ehtimolga qarshi yozishmalarimizni skrinshot qildim. Xullas, biz kelisholmadik!
Qaydasan, “adminka”

Ayni damda meni tashvishga solayotgan narsa jamiyat turmushiga kirib kelayotgan yangi format — onlayn hayot tarzi. Virtual firibgarlarning ko‘payib borishi halol mehnat qilib daromad ko‘rayotgan odamlar mulkiga, mablag‘iga raxna soladi. Bu kabi firiblar qanchadan-qancha odamni chuv tushirishi tashvishli. Bundan ham yomon tarafi shundaki, yaqin kelajakda onlayn hayot tarzi – ta’lim olishdan tortib ish faoliyatimizgacha, maishiy to‘lovlaru bank xizmatlari virtual faoliyat yuritishi zarurat bo‘lib qolmoqda. Chunki vaziyat shuni taqozo etyapti. Haqiqiy turmushimizda jamoatchilik nazoratini kuchaytirganimiz kabi virtual hayotda ham nazoratni susaytirmasligimiz zarur. Arzimagan 200 ming so‘m uchun boshimni og‘ritamanmi, deb qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urishim mumkin edi. Ozgina maoshidan orttirib, misqollab yiqqan puliga chuv tushgan o‘zim kabi sodda ayollarni tasavvur qildim. Yo‘q, buni shundayligicha qoldirib bo‘lmaydi!

Ertasiga kechgacha eltuvchini kutdim. Kelmadi (xaliyam odamlarga ishonchim bor-da). “Adminka”ga yozdim: va’da bergandingiz, eltuvchingiz kelmadi, ertaga uyingizga boraman (qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tarmadi). Hech qanday javob bo‘lmadi. Menimcha, u topsa topdi, topolmasa, o‘zidan ko‘rsin, dedimi. Mahalla qo‘mitasiga bordim. Yoshgina, chiroylikkina qizcha mahalla raisining obodonlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari ekan. Unga bo‘lgan voqeani aytdim. Baxtimga idora xodimasi “adminka”ni tanir ekan. Boz ustiga, uning ham telegramida o‘sha onlayn do‘kon bor ekan. Yaqinda bola puli so‘rab mahallaga ariza bilan chiqqan edi, deb qoldi. Bahonada “adminka”ning haqiqiy ism-familiyasini bilib oldim. Uy manzilini yozib berdi. Mahalla idorasidan unchalik uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan uyga bordim. Aytilgan manzil bo‘yicha eshikni taqillatdim. Hech kim javob bermadi. Biroz turgach, qo‘shni eshikni taqillatdim. Bir ayol eshikni ochdi, undan shu yerda N... yashashligini, manzilini mahalla idorasidan olganimni aytdim. Ayol hayron bo‘lib, bu manzilda N... ismli ayol turmaydi, dedi. Men erinmasdan yana mahalla idorasiga bordim. Mahalla idorasiga o‘zi yashamaydigan manzildan arizalar tez-tez tushib turadimi deyman, xodima hatto hayron ham bo‘lmadi, faqat tushunarli deganday bo‘lib, menga qanday yordam berishini o‘ylab bosh qotirayotgan bir paytda, N...ning turmush o‘rtog‘ini telefon raqami menda borligi yodimga tushdi.

Shu joyda men ham “taktika” qo‘lladim — turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq qildirdim. Mashinada meni sabrsizlik bilan kutib o‘tirgan turmush o‘rtog‘imning jahli yetarlicha chiqib bo‘lgan va bu guldiragan ovozidan ma’lum edi. Vajohat ham “zap” o‘rniga tushdi-da. Ikki erkak darrov gapni tugatishdi. Boshqa manzilda turar ekan. Qaydasan “o‘sha manzil” deb yo‘lga tushdik. Mahalla idorasining xodimasi o‘zi uchun ham hujjatga o‘sha manzilni belgilab qo‘ydi.

Ko‘p qavatli uylarning biri oldida mashinani to‘xtatib, turmush o‘rtog‘imning g‘azabli qarashlaridan o‘zimni pana qilib turgan payt yo‘laklarning birida qorachadan kelgan, pakana bo‘yli, soch-soqoli o‘sib ketgan 35 yoshlardagi bir yigit ko‘rindi. Mashinadan tushib, unga peshvoz bordik. Erimning vajohatini ko‘rib, yigitning pakana bo‘yi yanayam pastlashganday bo‘lib ketdi ko‘zimga. Qo‘limdagi paketni olib, menga pulni uzatdi. Yigit to‘ng‘illab: “Shu paytgacha hech kimdan bunaqa e’tiroz eshitmagandik, o‘zingiz ko‘ylakni noto‘g‘ri kiygandirsiz-da”, desa bo‘ladimi?! Men ham bo‘sh kelmadim: “Kecha tug‘ilmaganman, ko‘ylakni qanday kiyishni yaxshi bilaman, mana — paketdan liboslarning birini olib, ochdim, bo‘yimga bo‘ylab, — razmerini qarang, hatto mengayam katta, ana qo‘shni ayollar o‘tirishibdi, chaqiraymi, shuni razmeri 44 emasligiga dalil kerak bo‘lsa”, dedim. “Buning ustiga, qarang sifatsizligini, ikkinchisiniyam ochib ko‘rsataymi, yirtiq joylarini ko‘rib ishonasizmi?” dedim kuymanib. Yigit bir menga, bir vajohat bilan turgan turmush o‘rtog‘imga zimdan nazar tashlab oldi-da, shoshilgancha chekindi va uzr o‘rniga: “Kelinoyi, bundan keyin onlayn do‘kondan narsa olmang-da”, dedi. Bu nima degani, biz baribir odamlarni aldayveramiz, deganimi?!
Xulosa shuki, ota-bobomizdan qolgan naql bor “Otang bozor, onang bozor” o‘zimizning real “Chorsu” va “Ippodrom”dan qo‘ymasin, azizlar. Tanlab-tanlab, kiyib ko‘rib, savdolashib olganga nima yetsin-a? Xarid zarurmi, qo‘lingizga sumkachangizni olib, yuz niqobingizni taqib, antiseptiklardan sepib oling-da, qaydasan bozor deya yo‘lga otlaning. Iloji bo‘lmasa-yu, onlayn do‘kondan boshqa chora qolmasa, maslahatim — “adminka”ni telefon raqami, uy manzili, do‘koni qayerdaligini bilib (agar do‘koni bo‘lmasa, bu firibgar), iloji bo‘lsa pasport ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, keyin savdoni “pishiring”.

📝 Muhayyo Saidova, jurnalist Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #game

🎮 O‘yinlar tufayli kompyuterni eskirishdan qanday himoyalash mumkin?

Layfxak: qurilmaning hayotini uzaytirish uchun — o‘yinlar vaqtidagi FPS (ingl. frames per second) qiymatini cheklang. Hattoki sizda o‘ta kuchli protsessor va qimmat videokarta o‘rnatilgan bo‘lsa ham, bu profilaktika uchun foydali bo‘ladi. Bunda bizga Windows 10 bilan birga keluvchi FPS hisoblagichi yordam beradi.

Uni faollashtirish tartibi quyidagicha:

1️⃣. WIN + G klavishlari birikmasini bosamiz va Game Bar qatlamida “Производительность” bo‘limini topamiz.

2️⃣. Dastlab “FPS”, so‘ngra “Запросить доступ” parametrlari ustiga bosamiz.

3️⃣. Kompyuterni qayta yuklaymiz.

4️⃣. O‘yinni ishga tushiramiz va “Производительность” bo‘limini ochamiz.

Ekranda FPS, videokarta (GPU), protsessor (CPU) va operativ xotira (RAM)ning yuklanganlik holati namoyish etiladi. Masalan, agar sizdagi monitor 60 Hz'lik bo‘lsa, u holda soniyasiga kadrlarning optimal soni — 70. Agar qiymatni ko‘proq etib belgilasangiz — ekranda keyinchalik olib tashlab bo‘lmaydigan chiziqlar paydo bo‘lishi mumkin.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🎞🎼 4K Video to MP3 – atigi birgina klik yordamida istalgan videodan audioni ajratib olish imkonini beradi. Videoni qo‘shing va natijani MP3 fayli ko‘rinishida oling. Ishlab chiqaruvchilar dasturning soddaligi va foydalanish uchun qulayligiga alohida e’tibor qaratishgan. Hech qanday murakkab sozlamalar, ortiqcha narsalarni uchratmaysiz, Ko‘zlaringizni yuming va yuqori sifatli MP3'dan zavq oling.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v3.0.0.930
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 4K Video to MP3 v3.0.0.930 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iPhone #iOS

🔋 iPhone'da avtomatik quvvatni tejash rejimi

Batareya ma’lum darajaga qadar quvvatsizlanganda, iPhone avtomatik ravishda faollashtirishi maqsadida quvvatni tejash rejimi uchun tezkor buyruq yaratishingiz mumkin:

1️⃣. Команды ilovasida Автоматизация bo‘limini oching, yangi avtomatlashtirishni yarating va Уровень заряда bandini tanlang.

2️⃣. Quvvatni tejash rejimini faollashtirish uchun batareyaning kerakli quvvat darajasini belgilang.

3️⃣. ДалееДобавить действие'larni bosing.

4️⃣. Вкл/выкл режим энергосбережения'ni tanlang.

5️⃣. “Спрашивать до запуска” qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang va keyingi safar, iPhone'ingiz batareyasi ma’lum darajaga qadar quvvatsizlanganda, kam quvvat sarflash rejimi avtomatik ravishda faollashadi.

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija