IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android

📋 Tasks – eslatish funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi vazifalar ro‘yxatini tuzish ilovasi. Android 4.1+. Pro-versiya.

📎
Tasks Pro Mod v2.16.1.110 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🔑 Windows 8.1, 10, 11'ni tezkor aktivatsiya qilish

Windows 8.1, 10 yoki 11'ni aktivatsiya qilish uchun KMS-aktivatorlar yoki tarkibida virusli fayllar bilan kelish ehtimolligi yuqori bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlarni yuklab olish shart emas.

Microsoft tomonidan taqdim etiluvchi ko‘p marotaba o‘rnatiluvchi kalitlardan foydalanib aktivatsiyani Командная строка'da bir daqiqa mobaynida amalga oshirish mumkin. Saytga o‘ting va o‘zingizdagi Windows versiyasi (WIN + RwinverENTER) uchun kalitni nusxalab oling.

Командная строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring va quyidagi buyruqlarni ketma-ket bajaring:
slmgr /ipk SAYTDAN_OLINGAN_KALIT
slmgr /skms kms.digiboy.ir
slmgr /ato

❗️Buyruq satrini administrator nomidan ishga tushirish uchun Пуск (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка(“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора(“Run as administrator”) menyu bandini tanlang.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Mini KMS Activator Ultimate dasturi
Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?
Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware

💾 Aksariyat dasturlardagi Сохранить (Saqlash) belgisi orqali bizga tanish bo‘lgan, atigi 1,44 Mb hajmli ushbu disketa qurilmasi yordamida Windows'ning ilk versiyalari kompyuterlarga o‘rnatilgan.

⚠️ Ilk marotaba paydo bo‘lganida bu hajm ham foydalanuvchilar uchun kichik bo‘lmagan.

Disketa plastik qolipi ichidagi yumshoq plyonkali magnitli disk avaylashni talab etar, formatlashni ko‘p so‘rar va tez buzilardi. Fleshkalar keng tarqalmagan mahalda kichik hajmdagi fayllarimizni disketalar va CD-DVD-R/RW qurilmalarida saqlab yurardik.

Vaqt o‘tib, saqlash qurilmalaridagi xotira hajmi ortib, asta-sekin an’anaviy kompyuter fleshkalari (USB 2.0) ham o‘z o‘rnini Mini/Micro SD, tashqi qattiq (Ext. HDD) va qattiq jismli (Ext. SSD) disklarga bo‘shatib bermoqda. Rasm manbasi.

📌 P.S.: Oramizda disketalardan foydalanib ko‘rganlar bormi? 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

IELTS imtihoniga ilgari ma'lumotlar yo‘qligi sabab tayyorlanish qiyin bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ma'lumotlar ko‘pligi sabab tayyorlanish qiyin bo‘lmoqda. Biroq bu muammoga biz bilan yechim topishingiz mumkin! 😉

@UzIELTSbot dan IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun eng sara va sinovdan o‘tgan videodars, kitob va boshqa fayllarni osonlik bilan topishingiz mumkin.

🤗 Ishonmasangiz tekshirib ko‘ring!

👉 @UzIELTSbotIELTS is easy with us!

🤲🏻
It's a new project by admin of @kompyuter_akademiyasi channel, Valijon Makhmudov, wish him good luck in the future!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Android uchun Telegram'da tezkor ravishda barcha chatlarni “o‘qilgan” qilamiz 💬

Agarda Sizda Telegram-kanallar va chatlardagi o‘qilmagan xabarlar hisoblagichlarini tezkor ravishda nolga tenglashtirish zarurati yuzaga kelsa, u holda quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajarish talab etiladi:

1️⃣. Android-smartfoningiz yoki planshetingizda Telegram ilovasini ishga tushiring.

2️⃣. Настройки (Sozlamalar) bo‘limining ostki qismida ilova versiyasi keltirilgan bandni toping, va matn ko‘rinishidagi smaylik paydo bo‘lguniga qadar ustiga bosib turing.

3️⃣. Yuqoridagi kabi yana bir bor versiya bandi ustiga bosib turing – sirli sozlamalarni o‘z ichiga olgan Меню отладки quyi menyusi ochilishi lozim.

4️⃣. Ochilgan oynada Прочесть все чаты bandi ustiga bosing.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

Qiziq nazariya: yuklanish satrining asl ko‘rinishi qanday deb o‘ylaysiz? 🤔

Endi barchasi o‘z o‘rniga tushdi! 😊

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

Hujjatni Word dasturida ochishning o‘ziga xos ikki xususiyati 📄

Fayllarni “Обзор” oynasi orqali ochishda hujjatni ochishning qo‘shimcha usullaridan foydalanish mumkin.

Faylni faqat o‘qish uchun (Только для чтения) ochish mumkin. Ushbu holatda unga kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlab bo‘lmaydi. Saqlashga bo‘lgan urinishda, faylning nusxasini yaratishni taklif etuvchi “Сохранить как” oynasi ochiladi.

Agarda ushbu faylning nusxasi sizga darhol kerak bo‘lsa, u holda hujjatni ochishning “Открыть как копию” variantini qo‘llash mumkin. Ushbu holatda asl fayl yopilgan holatida qoladi va siz boshqa nom ostida yaratilgan to‘laqonli nusxa bilan ishlashni boshlaysiz.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #telegram

📖 Telegram atamalari lug‘ati

Telegram kanallari va guruhlarida ko‘p uchraydigan maxsus atamalarning mazmunini yoritishga harakat qilamiz:

3/24 – kanalda nashr qilingan yozuv 3 soat TOPda va kamida 24 soat lentada qoladi;

ERR (Engagement rate by reach) – Auditoriyaning jalb etilganlik darajasi (foizlarda) = 1 postning foydalanuvchilar tomonidan ko‘rilishi miqdori / Obunachilar miqdori * 100;

Bot – turli jarayonlarni maxsus dasturlashtirilgan tugmalar yordamida avtomatlashtirish vositasi;

VP (ВП, Взаимопиар) – o‘zaro reklama almashish. Adminlar obunachilarni jalb etish maqsadida o‘z kanal/guruhlariga doir reklama postlari bilan almashishadi (postdagi havola magnit vazifasini bajaradi, matn effekt berishi ham muhim, bu uchun kopirayterlik qoidalarini o‘zlashtirish muhimdir);

Guruh – guruhlarning kanallardan afzal tomoni shundaki, unda guruh adminidan tashqari qolgan obunachilar ham xabarlar qoldirishlari mumkin (admin ruxsati bilan, albatta!). Xalq orasida bu ko‘proq “CHAT” atamasi sifatida ma’lum va mashhurdir;

Invite (taklif etish) – yopiq kanal yoki guruhga maxsus private (xususiy) havola (masalan, https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg) yordamida jalb etish;

II (ИЦ) – Iqtiboslar indeksi (Индекс цитирования) (kanaldan amalga oshirilgan repostlar miqdori + boshqa kanallarda joriy kanalning yodga olinishlari miqdori);

Kanal – kanallarga faqat yaratuvchilar va ular tomonidan tayinlangan adminlargina post joylashtira olishadi;

MEGA, To‘plam (Подборка) – o‘zaro reklama almashishning boshqacha ko‘rinishi. Bir guruh adminlar obunachilarini jalb etish maqsadida, o‘zaro kelishuv asosida umumiy ro‘yxatga kanallari havolalarini maxsus ta’rif bilan birga joylashtirishadi. Tayyor bo‘lgan ro‘yxat esa keyinchalik barcha ishtirokchilarning kanallariga ma’lum bir vaqtda (ko‘pincha barcha asosiy postlardan keyin, kechki payt) joylashtiriladi. Bu jarayonni avtomatlashtirish uchun maxsus yaratilgan botlar ham xizmat qiladi;

Parovoz – to‘plam (подборка)dagi obunachilari miqdori eng ko‘p bo‘lgan kanal;

Piar, “PR” – biror narsani ommalashtirish maqsadida admin tomonidan reklama qilinishi;

Pin, qotirib qo‘yish, “Pinlash” – kanal yoki guruh ekranining yuqori qismiga kanaldagi biror postning barcha obunachilarga ko‘rinib turadigan qilib maxsus panelga “qotirib qo‘yilishi” (hozirda bir nechta postlarni qotirib qo‘yish imkoni mavjud), bu jarayon amalga oshirilganida barcha obunachilarga bildirishnoma va tovushli signal yuboriladi (ularda bildirishnomalar o‘chirib qo‘yilgan taqdirda ham);

Post – admin yoki oddiy foydalanuvchining kanal yoki guruhga joylashtirgan xabari;

Privativ kanal/guruh, privat – maxsus havola (invite)lar orqali jalb etiladigan yopiq kanal yoki guruh (odatda pullik tavsiyalar berish yoki maxsus darslar o‘tish uchun yaratiladi);

PROMO – kanallar. guruhlar, botlar va hokazolarni reklama qiluvchi post;

Reaksiyalar – post tarkibidagi ma’lumotni baholash uchun kanallardagi postlar ostida qoldiriluvchi emodzili tugmachalar;

Repost – kanaldagi postning Telegram'dagi boshqa kanal, guruh yoki foydalauvchiga yuborilishi (postning yuqorisida, uning qaysi kanalga tegishliligini berkitmagan holatda);

Snipet – havolani oldindan ko‘rish matni (kanal, guruh yoki botning tavsifidan olinadi);

Stikerpak (stickerpack) – yagona uslubda yaratilgan stikerlar to‘plami;

TOP – kanalga joylashtirilgan so‘nggi post (TOPda ushlash – yangi postlarni vaqtinchalik joylamay turish);

Emodzi – kanallar va guruhlardagi matnlarga qo‘shish uchun smayliklar.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#smartfon #android

📲 Auto Move – fayllarni qurilmaning ichki xotirasidan SD-kartaga avtomatik o‘tkazish uchun qulay mobil ilova. Android 5.0+. Premium-versiya.

📎
Auto Move Premium v2.0.6 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👎1
🏆 12-Soatlik Onlayn Biznes Marafon - endi @BepulDarslarBot'da!

🆕 Onlayn Biznes Marafonda ishtirok etadigan spikerlarning videolarini sifatli formatda ko'rishni istaysizmi?


*⃣ Biznes Marafon videosining sifati HD, hajmi 5.01GB

#⃣ Quyida botni linkini qoldiraman, botga kirib Biznes marafon bo'limiga o'ting va miriqib tomosha qiling!

LINK: 👉 @BepulDarslarBot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

📄 Word dasturida hujjat sahifalarni emas, balki varaqlarini raqamlashni o‘rganamiz

Word'da biz ko‘pincha sahifalarni raqamlaymiz. Bu qulay va oson bajariladi. Biroq ba’zida hujjat sahifalarini emas, balki varaqlarni raqamlash zarurati paydo bo‘ladi. Ya’ni birinchi sahifada – 1 raqami, ikkinchisida – raqamsiz, uchinchisida –2 raqami, to‘rtinchisida – raqamsiz va hokazo.

Kolontitullardagi numeratsiya sozlamalarida bunday opsiya ko‘zda tutilmagan bo‘lsa-da, bu imkonsiz masala emas. Shunchaki sahifa raqami formatlanishiga javob beruvchi maydonga qo‘lda biroz o‘zgartirish kiritishingiz lozim. Aynan shu formula sahifa raqamini varaq raqamiga aylantiradi. Sizdan faqat bir juft klavishlar birikmalarini bilish talab etiladi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #smartfon #it_humor

90% zaryadga ega telefonimni quvvat oldirish manbasiga ulaganimda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Windows yangilanishi doim noo‘rin vaqtda eshik taqillatadi... 🙄

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da yangilanishlarni qanday qilib vaqtinchalik to‘xtatib turish mumkin?
Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #smartfon #texnologiya

🎥 O‘z qo‘llarimiz bilan smartfon uchun mini proyektor yasaymiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🖼 InShot – Instagram, TikTok yoki YouTube'ga postlar tayyorlash uchun oddiy va funksional video- va foto muharrir. Android 4.3+. Pro funksiyalar blokdan chiqarilgan.

📎
InShot Pro v2.074.1465 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#security #bilasizmi

Tarixdagi eng yirik xakerlik hujumi nima uchun amalga oshirilganini bilasizmi? 🕵🏻‍♂️

Geri Makkinnon ismli Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi xaker oʻz vaqtida NASA hamda Amerika hukumatining serverlarini buzib kirishga erishgan.

Makkinnonning maxfiy maʼlumotlar saqlanadigan yuzdan ortiq kompyuterlarning himoya tizimlarini buzishiga nima sabab boʻlganini bilasizmi? U AQSh hukumati va NASA olimlari oʻzga sayyoraliklar haqidagi maʼlumotlarni oddiy odamlardan berkitayotganlariga ishonar edi. Aynan mana shu sababli ushbu maʼlumotlarni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan.

AQSh hukumati Makinnonni dunyodagi eng xavfli xaker deb taʼriflagan. U Pentagonning axborot tizimini ishdan chiqarib, AQSh hukumatiga 1 million dollarlik moliyaviy zarar yetkazgan. Ushbu hodisa “butun insoniyat tarixidagi harbiy kompyuterlarga uyushtirilgan eng yirik hujum” deb tan olingan.

Shotlandiyada dunyoga kelgan Makkinnon Asperger sindromidan aziyat chekkan. U Londonda tahsil olgan va keyinchalik tizim boshqaruvchisi boʻlib ishlagan. 1997-yilda AQShning harbiy kompyuterlari, 2001-2002-yillarda esa NASA kompyuterlariga hujum qilgan.

Xaker oʻzga sayyoraliklar haqidagi maʼlumotlarni izlab, faqatgina bitta kompyuterga zarar yetkazgani, AQShning boshqa ayblovlari yolgʻon ekanligini taʼkidlagan.

Xakerning ruhiy kasalligi maʼlum boʻlganidan soʻng Buyuk Britaniyaning oʻsha vaqtlardagi bosh vaziri Tereza Mey uni AQSh qoʻliga topshirishdan bosh tortgan.

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

🧾 Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish

Brauzerda ko‘plab varaqa (вкладка)larni ochganingizda — nima va qayerda joylashganini topishingiz qiyinlashadi. Har birini ustiga bosib chiqmaslik uchun, Google'da ajoyib funksiya — “varaqalar kartochkalari” mavjud. U faollashtirilgan taqdirda, sichqoncha ko‘rsatkichi varaqa (вкладка) ustiga olib borilganida, uning tarkibi mini panelda ko‘rinib turadi.

Uni faollashtirish tartibi:

1️⃣. Google Chrome brauzerini ishga tushiring va manzil satriga chrome://flags'ni kiriting.

2️⃣. “Tab Hover Card Images” bandini toping va uning qarshisidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Enabled” bandini tanlang.

3️⃣. Brauzer qayta yuklanib, o‘zgartirishlar amalda qo‘llanishi uchun brauzer oynasi ostida yuzaga keluvchi “Relaunch” tugmasini bosing.

4️⃣. Brauzer tezkor tarzda qayta yuklanadi (unda ochilib turgan varaqa (вкладка)lar qayta yuklanadi). Tayyor!

Agar kartochkalarni o‘chirib qo‘yishga qaror qilsangiz, u holda 2-qadamdagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Disabled” bandini tanlang va brauzerni qayta yuklang. Biroq yaxshisi o‘chirmagan ma’qul — bu chindan ham foydali opsiya.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#operatsion_tizim #software

🗜 Auslogics Windows Slimmer – Windows'ni ixchamroq va samaraliroq qilishning tez va oson usulini taklif etadi. Tizim hajmini kichraytirish orqali diskdagi joyni tejash va ishlashini optimallashtirish uchun xizmat qiladi.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v3.1.0.1
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 Auslogics Windows Slimmer v3.1.0.1 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Ilovani ishga tushirsang-u, undagi ma’lumotlar bazasini yangilashni unutsang... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🤸🏻‍♂️ Height Increase – bo‘yni o‘stirish uchun samarali mashqlar, taomlanish rejalari va maslahatlar. Android 4.4+. Premium-versiya.

📎
Increase Height Workout v1.0.25 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

ℹ️ Biz ham kanalimiz obunachilariga sog‘lom hayot tarzini istab, kanalimizda ulashilgan sportga oid postlar bilan tanishib, ilovalardan foydalanishni tavsiya etamiz:
Bryus Li yugurishni “mashqlar qiroli” deb atagan
10 ming qadamga pul to‘lash boshlandi deyishmoqda
365 Scores mobil ilovasi
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha ilovalar ro‘yxati:
7 Minute Workout v9.4.5 mobil ilovasi
RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
Fitify Workouts mobil ilovasi
Abs 21 mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija