IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android

Smartfonda kursorni qulay va oson boshqaramiz 📲

Agar kiritilayotgan matnda bexosdan xatolikka yo‘l qo‘yilsa, uni to‘g‘rilash uchun barmoq bilan kichik harflar oralig‘iga kursorni joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa, tan olish kerak, unchalik ham qulay jarayon emas.

Shunisi quvonarliki, siz kursorni nisbatan qulayroq bo‘lgan usulda boshqarishingiz mumkin — shunchaki probel klavishi ustiga barmog‘ingizni joylashtirib, qo‘yib yubormagan holda chapga yoki o‘ngga siljiting va kursor matn bo‘ylab siljiydi.

⌨️ Ushbu “sehrli” opsiya ishlashi uchun esa, sizda Google klaviaturasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Smartfonda matnni o‘chirishning yana bir qulay usuli
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

Ushbu qushning sayrashi fantastik filmlardagi tizimning sozlanishini yodga soladi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz 🔢

Hujjatda sonlarni kiritishda razryadlar guruhini ajratishda ko‘pincha oddiy probeldan foydalaniladi (masalan, 1 200 sonidagi 1 va 2 soni orasidagi probel). Bunday sonlarni o‘qish, albatta, ancha qulay, Biroq buning kamchiligi ham yo‘q emas.

Masalan, oddiy probellar bilan ajratilgan sonlar formulalar tomonidan noto‘g‘ri qabul qilinadi. Katta jadvalda bu xatolikni sezmaslik ham mumkin. Agar hisob-kitob natijalari shubha uyg‘otsa va siz sonlarda oddiy probellar ishlatilganini ko‘rsangiz, u holda ushbu probellarni “ajralmas”iga almashtirishga harakat qiling. Bu sonlarning tashqi ko‘rinishiga ta’sir etmagan holda formulalarning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ajratib yozaymi yo qo‘shib?
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram'da animatsiyali fonlar paydo bo‘ldi. Ular bir nechta ranglardan iborat bo‘lib, xabar yuborilayotgan mahalda ranglar silliq tovlanadi.

Chatlardagi sozlamalarda siz taklif etilgan fon variantlari orasidan bittasini tanlashingiz yoki uch-to‘rtta tuslanishdan birini tanlagan holda o‘z foningizni o‘rnatishingiz mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android

🎞 Film Maker Pro — ham professionallar, ham shunchaki ishqibozlar uchun yaratilgan funksional video yaratish va tahrirlash ilovasi. Android 5.0+. Pro-versiya.

📎 Film Maker Pro v.2.9.6.6 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
ADV Screen Recorder
AZ Screen Recorder
Intro Maker
MX Player
NewPipe (YouTube)
Snaptube (YouTube)
VideoShow
VivaCut
GIF Maker
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #smartfon #hardware

☀️ Jazirama issiqning smartfonga zarari qanday?

Uzoq vaqt quyosh nurlarining tushishi va havoning yuqori harorati smartfon va boshqa qurilmalarning akkumulyatorini ishdan chiqarishi mumkin. Plexanov nomidagi RIU (Rossiya iqtisodiyot universiteti) sun’iy intellekt, neyrotexnologiyalar va biznes-tahlil laboratoriyasi xodimi Vitaliy Krasikov “Praym” agentligiga bergan intervyusida shunga urg‘u berdi.

Ekspertning aytishicha, smartfonlarni ishlatish uchun tavsiya qilinadigan havo harorati +25℃ atrofida. Bundan yuqori harorat hamda quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomli tushishi har qanday elektron qurilmaga zarar yetkazishi mumkin.

Zamonaviy smartfonlar protsessor haroratini nazorat qiluvchi tizimlar bilan ta’minlangani bois, qizib ketganida avtomatik tarzda o‘chishi kerak, ta’kidladi Krasikov.

“Ammo buning tagiga yetish uchun smartfoningizda “yuqori haroratli” sinovlar o‘tkazib yurmang!”, — ogohlantirdi u.

Hozir yozgi dam olish mavsumi avjida. Smartfonni suv va qumdan ehtiyot qiling. Smartfon suv bilan chiqishmasligini hammamiz bilamiz, ammo uni qaynoq qumda qoldirish bundan-da xavfli.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
O‘z smartfonimizni o‘lkamiz jaziramasidan qanday asrash kerak?
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Smartfonni tunda quvvatlashga qo‘yib yotish xavflimi?
Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya
Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#test #excel

C8 yacheykasiga qanday formula kiritilgan taqdirda, u keyinchalik C8:F15 yacheykalari diapazoniga to‘g‘ri nusxalab o‘tkaziladi?


📌 P.S.: Ushbu savolimiz yuzasidan bu va mana bu postlarimiz bilan bir boshdan tanishib o‘tishingizni maslahat beramiz.
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #iOS #internet

📺 YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)

YouTube'ning Premium imkoniyatlari uchun pul sarflashning hojati yo‘q. Buning uchun bepul Pure Tuber ilovasidan foydalanish mumkin. U Android uchun ham, iOS uchun ham mavjud.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Ilovani Play Market yoki AppStore'dan yuklab olamiz va o‘rnatamiz.

2️⃣. Ishga tushiramiz va bizga tanish bo‘lgan YouTube interfeysini, faqatgina qora fonda ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Agar tomosha qilish emas, balki audio tinglamoqni ixtiyor etsak — "В фоне" tugmasiga bosamiz va ilovani fonga o‘tkazamiz.

3️⃣. Videoni boshqa ilovalar ustidan tomosha qilish uchun "В окне" tugmasiga bosamiz va Pure Tuber'ni fonga o‘tkazamiz.

📌 P.S.: Oynaning joylashuvi va o‘lchamini o‘zgartirish mumkin. Foydalaning va Premium uchun sarflanadigan pulni tejang!

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
YouTube qaynoq klavishlari
YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
Dunyoga mashhur tizimlarning yaralishida qo‘llanilgan dasturlash tillari
YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi?
YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi?
YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma
Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin?
YouTube'dan videoni yuklab olishning oddiy usuli
720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi
Snaptube mobil ilovasi
NewPipe mobil ilovasi
"Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #maslahat

😴 Yaxshi uyqu uchun tavsiyalar

1. Muayyan rejimga amal qiling – muayyan bir vaqtda yotib, bir vaqtda turing.

2. Telefoningizni ovozsiz yoki “Не беспокоить” rejimiga o‘tkazing.

3. Kechki mashqlar shunisi bilan yaxshiki, ular sizni charchatadi, biroq buni aynan uyqudan oldin bajarmagan ma’qul.

4. Barcha ekranlarni uyqudan bir soat avval o‘chiring.

5. Kunduzgi soat 2 (14)dan so‘ng hech qanday kofein iste’mol qilmang.

6. Xonangizda qulay harorat bilan qorong‘i va sokin muhitni ta’minlang.

7. O‘zingizni kechki odatlarga ko‘niktiring – o‘qish, dush qabul qilish, ibodat qilish va hokazo.

8. Doim soatingizga qarayvermang – agar uxlashni istamasangiz, o‘rningizdan turing.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Kompyuter qarshisida qanday o‘tirish kerak?
Kompyuter qarshisida to‘g‘ri o‘tirish qoidasi
Salomatlik uchun 18 foydali maslahat
Gigiyenadagi xatolar. Shifokorlar jim
Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar
Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari
Kompyuterda ishlashda deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan 8 xato
Internet odoblari
Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
Miya uchun eng zararli mahsulotlar sanab oʻtildi
Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?
Kitob oʻqishni sevuvchilar! Siz uchun mos 8ta kasb
Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Skrinshot olish yoki obyektni o‘chirishni ilgari bunchalik diqqat bilan amalga oshirmagandim… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

🎨 Ichki o‘rnatilgan shablonlarni tahrirlash

PowerPoint'da taqdimotlar uchun ko‘plab ichki o‘rnatilgan chiroyli shablonlar mavjud. Agar ular orasidan birortasi sizga qariyb mos kelib, dizaynida o‘chirilishi yoki tahrirlanishi mumkin bo‘lgan 1-2 elementi halal berayotgan bo‘lsa, buni slaydlar namunalari bilan ishlash rejimida oson amalga oshirish mumkin.

Shablon dizaynining istalgan qismini o‘chirish, siljitish yoki o‘zgartirish mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Namoyish vaqtida kiritilgan qaydlarni saqlash
Slayddagi ro‘yxatlarning to‘g‘ri va teskari yuzaga kelish animatsiyasini qo‘llash
Ro‘yxatlar bilan ishlashda ENTER va SHIFT+ENTER klavishlarining vazifalari haqida
Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz!
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint bo‘yicha video darslar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#smartfon #android

📋 Tasks – eslatish funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi vazifalar ro‘yxatini tuzish ilovasi. Android 4.1+. Pro-versiya.

📎
Tasks Pro Mod v2.16.1.110 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🔑 Windows 8.1, 10, 11'ni tezkor aktivatsiya qilish

Windows 8.1, 10 yoki 11'ni aktivatsiya qilish uchun KMS-aktivatorlar yoki tarkibida virusli fayllar bilan kelish ehtimolligi yuqori bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlarni yuklab olish shart emas.

Microsoft tomonidan taqdim etiluvchi ko‘p marotaba o‘rnatiluvchi kalitlardan foydalanib aktivatsiyani Командная строка'da bir daqiqa mobaynida amalga oshirish mumkin. Saytga o‘ting va o‘zingizdagi Windows versiyasi (WIN + RwinverENTER) uchun kalitni nusxalab oling.

Командная строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring va quyidagi buyruqlarni ketma-ket bajaring:
slmgr /ipk SAYTDAN_OLINGAN_KALIT
slmgr /skms kms.digiboy.ir
slmgr /ato

❗️Buyruq satrini administrator nomidan ishga tushirish uchun Пуск (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка(“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора(“Run as administrator”) menyu bandini tanlang.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Mini KMS Activator Ultimate dasturi
Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?
Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware

💾 Aksariyat dasturlardagi Сохранить (Saqlash) belgisi orqali bizga tanish bo‘lgan, atigi 1,44 Mb hajmli ushbu disketa qurilmasi yordamida Windows'ning ilk versiyalari kompyuterlarga o‘rnatilgan.

⚠️ Ilk marotaba paydo bo‘lganida bu hajm ham foydalanuvchilar uchun kichik bo‘lmagan.

Disketa plastik qolipi ichidagi yumshoq plyonkali magnitli disk avaylashni talab etar, formatlashni ko‘p so‘rar va tez buzilardi. Fleshkalar keng tarqalmagan mahalda kichik hajmdagi fayllarimizni disketalar va CD-DVD-R/RW qurilmalarida saqlab yurardik.

Vaqt o‘tib, saqlash qurilmalaridagi xotira hajmi ortib, asta-sekin an’anaviy kompyuter fleshkalari (USB 2.0) ham o‘z o‘rnini Mini/Micro SD, tashqi qattiq (Ext. HDD) va qattiq jismli (Ext. SSD) disklarga bo‘shatib bermoqda. Rasm manbasi.

📌 P.S.: Oramizda disketalardan foydalanib ko‘rganlar bormi? 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

IELTS imtihoniga ilgari ma'lumotlar yo‘qligi sabab tayyorlanish qiyin bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ma'lumotlar ko‘pligi sabab tayyorlanish qiyin bo‘lmoqda. Biroq bu muammoga biz bilan yechim topishingiz mumkin! 😉

@UzIELTSbot dan IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun eng sara va sinovdan o‘tgan videodars, kitob va boshqa fayllarni osonlik bilan topishingiz mumkin.

🤗 Ishonmasangiz tekshirib ko‘ring!

👉 @UzIELTSbotIELTS is easy with us!

🤲🏻
It's a new project by admin of @kompyuter_akademiyasi channel, Valijon Makhmudov, wish him good luck in the future!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Android uchun Telegram'da tezkor ravishda barcha chatlarni “o‘qilgan” qilamiz 💬

Agarda Sizda Telegram-kanallar va chatlardagi o‘qilmagan xabarlar hisoblagichlarini tezkor ravishda nolga tenglashtirish zarurati yuzaga kelsa, u holda quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajarish talab etiladi:

1️⃣. Android-smartfoningiz yoki planshetingizda Telegram ilovasini ishga tushiring.

2️⃣. Настройки (Sozlamalar) bo‘limining ostki qismida ilova versiyasi keltirilgan bandni toping, va matn ko‘rinishidagi smaylik paydo bo‘lguniga qadar ustiga bosib turing.

3️⃣. Yuqoridagi kabi yana bir bor versiya bandi ustiga bosib turing – sirli sozlamalarni o‘z ichiga olgan Меню отладки quyi menyusi ochilishi lozim.

4️⃣. Ochilgan oynada Прочесть все чаты bandi ustiga bosing.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

Qiziq nazariya: yuklanish satrining asl ko‘rinishi qanday deb o‘ylaysiz? 🤔

Endi barchasi o‘z o‘rniga tushdi! 😊

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

Hujjatni Word dasturida ochishning o‘ziga xos ikki xususiyati 📄

Fayllarni “Обзор” oynasi orqali ochishda hujjatni ochishning qo‘shimcha usullaridan foydalanish mumkin.

Faylni faqat o‘qish uchun (Только для чтения) ochish mumkin. Ushbu holatda unga kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlab bo‘lmaydi. Saqlashga bo‘lgan urinishda, faylning nusxasini yaratishni taklif etuvchi “Сохранить как” oynasi ochiladi.

Agarda ushbu faylning nusxasi sizga darhol kerak bo‘lsa, u holda hujjatni ochishning “Открыть как копию” variantini qo‘llash mumkin. Ushbu holatda asl fayl yopilgan holatida qoladi va siz boshqa nom ostida yaratilgan to‘laqonli nusxa bilan ishlashni boshlaysiz.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija