#excel
Oddiy kredit kalkulyatoridan foydalanish 🧮
Excel'ning yangi versiyalariga tayyor shablonlar biriktirilgan, ularning orasida Kredit kalkulyatorini ham topish mumkin.
Bunday shablondan foydalanish uchun menyu satrida Файл → Создать bandlari bo‘ylab o‘ting va Поиск шаблонов в сети bo‘limida Кредитный калькулятор nomli hujjatni izlab toping.
Shundan so‘ng, ochilgan hujjatda siz kredit miqdori (summasi), foiz stavkasi va kredit muddatini belgilab o‘tishingiz lozim. Shablon avtomatik ravishda foizlarning umumiy miqdorini, umumiy to‘lovlar sonini va oylik to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqadi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

#telegram
Guruhli video chaqiruvlar, animatsiyali fonlar va boshqa ko‘plab yangiliklar 🆕
Android, iOS va macOS uchun Telegram muqobil 7.8 versiyasiga yangilandi. Telegram Desktop 2.8 versiyasiga yangilandi.
• Guruhli video chaqiruvlar
— Videokonferensiyalar istalgan guruhning ovozli chatlarida mavjud.
— 30 foydalanuvchi bilan o‘z ekrani yoki kamerasidagi videoni bo‘lishish imkoniyati (ushbu limit yaqin orada oshiriladi).
— Cheklanmagan miqdordagi ishtirokchilar bilan videosiz ovozli chatlardagi muloqot.
— Ovozli chatlarda suhbatlashish vaqtida shovqinsizlantirishni o‘chirib qo‘yish imkoniyati.
— Virtual kameraning qo‘llab-quvvatlanishi (macOS).
— Guruhli video chaqiruvlar to‘liq krossplatformali va barcha qurilmalarda, shu jumladan iPad va noutbuklarda qo‘llab-quvvatlanadi.
• Animatsiyali fonlar
— Chatlar uchun animatsiyali fonlar – messenjer uchun yangilikdir! Gradiyent algoritmik yaratiladi va xabar har safar yuborilganida chiroyli animatsiya qilinadi.
— Noyob rang kombinatsiyalari va o‘nlab naqshlardan birini tanlash imkonini beruvchi o‘z animatsiyali fonini yaratish imkoniyati.
— Do‘stlar bilan o‘z animatsiyali fonini bo‘lishish imkoniyati.
— “Настройки внешнего вида” > “Фон” bo‘limida o‘nlab yangi ajoyib animatsiyali fonlar.
— Endi fon chatlardagi yuqori va pastki kolontitullarda qisman ko‘rinib turadi (iOS).
• Xabarlarni yuborish animatsiyasi
— Xabarlarni yuborish uchun yaxshilangan animatsiya: terilgan matningiz yuborilganidan so‘ng mayinlik bilan xabar pufakchasiga aylanadi (iOS).
— Siz tomondan yuboriladigan stikerlar va animatsiyali emodzilar stikerlar panelidan chatga mayinlik bilan o‘tadi.
• Kirish ma’lumotlarining muntazam tekshirib turilishi
— Telegram sozlamalarida yangi bannerlar yordamida Telegram akkauntingizga bog‘langan telefon raqamining faolligini va ikki faktorli autentifikatsiya uchun parolingiz yodingizdan ko‘tarilmaganini muntazam ravishda tekshirib turadi.
— Endi har ikki bosqichli autentifikatsiya sozlamalari o‘zgartirilganida Telegram'dan bildirishnoma olasiz.
Batafsil ma’lumot ushbu maqolalarda:
— https://telegram.org/blog/group-video-calls/uz
— https://telegram.org/blog/animated-backgrounds/uz
Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki ishonchli kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: App Store'dan yoki ishonchli kanaldan.
📝 Manba: @tginfo
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post

Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor
1️⃣. Kelajak – dasturlash bilan bog‘liq. Sen albatta kod yozishni o‘rganishing kerak. ⌨️
2️⃣. Hmm... Unchalik qiyin emas ekan. 💭
🖥 Ekrandagi yozuv
Kodingizning dastlabki satrini kiriting:
3️⃣. Bu paytda…
👨🏻💻@itspecuz

print(“Hello, world!”)
✅ Ishga tushirish3️⃣. Bu paytda…
(salomlaaar…)
4️⃣. 📱👀🥴👟👨🏻💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#security #internet
Onlayn Antivirus 👾🚫
Kaspersky Threat Intelligence Portal onlayn xizmati viruslar va shubhali xatti-harakatlarga qarshi fayllarni bepul tekshirish imkoniyatini beradi.
Ushbu xizmat 256 MB’ga qadar hajmdagi fayllarni yuklab olish, saytlarga havolalarni, IP-manzillarni, domenlarni, shuningdek fayllarning xesh summalarini tekshirish imkonini beradi.
Fayllarni tekshirish bir nechta oddiy qadamlarni o‘z ichiga oladi:
1️⃣. https://opentip.kaspersky.com/ saytiga o‘tish.
2️⃣. “Browse” tugmasiga bosgan holda tekshirilishi lozim bo‘lgan faylni kompyuterda tanlash.
3️⃣. “Analyze” tugmasini bosish.
Obyektni tekshirish jarayoni boshlanadi. Tekshiruv natijasida olinadigan ma’lumotlarning batafsil ro‘yxatini quyiroqda ko‘rishingiz mumkin.
Har bir fayl Urgent Detection System xizmatining evristik tahlil usuli yordamida tekshiriladi va bulutli sinov muhitida ishga tushiriladi.

#bilasizmi #rasm_bilan_ishlash
Algoritm selfini “selfisizlantirdi” 🤳🏻➡️👤
Belgiya va AQSh dasturchilari selfilarni fotosuratchi tomonidan chetdan turib olingan portretlarga aylantiruvchi algoritmni taqdim etishdi. Buning uchun tizim chetki algoritm yordamida rasmdagi odamning holatini tahlil qiladi, eng o‘xshash portret pozasini tanlaydi va u bilan tasvirni tiklaydi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel
Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish 🔢
Ushbu video orqali ko‘pchilikka foydasi tegadigan formula bilan bo‘lishamiz.
"2.15" formatidagi sonni Excel'ga nusxalab o‘tkazganimizda u "фев.15"ga aylanadi. Yacheyka formatini o‘zgartirish bu yerda bizga yordam bermaydi. Buni to‘g‘rilashni o‘rganamiz. 👆🏻🎞

#operatsion_tizim #security #software
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin? 🗑🤔
Agar tasodifan yoki bilvosita o‘chirib yuborilgan ma’lumotlar ustidan hech nima yozilmagan bo‘lsa, ularni osonlik bilan o‘z joyiga qaytarish mumkin. Ushbu maqolada buni Windows, macOS va Linux operatsion tizimlarida qanday amalga oshirish xususida to‘xtalib o‘tamiz.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👍3
Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi telekanallarni endi birgina ilova orqali tomosha qilish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, ilovada qiziqarli koʻrsatuvlar, kinolar va teleseriallar, sport musobaqalari va boshqa dasturlarni istalgan vaqt va istalgan joyda kuzatib borishingiz mumkin.
uztv.tv | App Store | Google Play
uztv.tv | App Store | Google Play
#mulohaza_uchun #security #it_humor
Sizda bu borada qiyinchilik yuzaga kelmaydimi? 🙄
📌 P.S.: Captcha xavfsizlik tekshiruvi: Kompyuterning antirobot tizimi bo‘lib, xavfsizlik uchun rasmda keltirilgan belgilarni yoki biror misolning yechimini matn maydoniga kiritishni talab etadi, belgilar to‘g‘ri kiritilsa, tizim kompyuterdan chindan ham inson foydalanayotganiga ishonch hosil qilib, foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tish yoki tizimga kirish jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tkazadi.

#ict_news #operatsion_tizim
Windows 10 foydalanuvchilari yangi Windows 11 rasmiy ravishda o‘rnatish uchun paydo bo‘lishi bilanoq unga tizimlarini yangilay olishmaydi.
Yangilanish jarayoni 2022-yilning birinchi yarmidan boshlanadi. Unga qadar yangi operatsion tizimdan foydalanib ko‘rish istagida bo‘lganlar uni alohida xarid qilib, o‘rnatishlariga to‘g‘ri keladi.
📝 Manba: @tbite
📌 P.S.: Maslahatimiz, operatsion tizim o‘zi Windows 11 ga qadar yangilanmagunicha alohida o‘rnatishga urinmaganingiz ma’qul.
Xuddi Android yoki iOS'ga keluvchi rasmiy proshivka kabi, rasmiy yangilanish ham nisbatan xato-kamchiliklarsiz va ishonchli bo‘ladi.
2022-yilga qadar ancha-muncha kamchiliklar yuzaga kelib, bartaraf etilishi turgan gap.

🔉 Keyingi yangilanishda qurilmadagi tizim tovushlari ham qo‘shiladi
Telegram'ning rasmiy Twitter-akkauntida xabar berilishicha, keyingi yangilanishda ovozli chatda ekranni translyatsiya qilishda qurilmadagi tizim tovushlari ham uzatiladigan bo‘ladi.
Ushbu imkoniyatni allaqachon Telegram'ning Android uchun Beta-versiyasida paydo bo‘lgan.
📝 Manba: @tginfo
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🔉 Keyingi yangilanishda qurilmadagi tizim tovushlari ham qo‘shiladi
Telegram'ning rasmiy Twitter-akkauntida xabar berilishicha, keyingi yangilanishda ovozli chatda ekranni translyatsiya qilishda qurilmadagi tizim tovushlari ham uzatiladigan bo‘ladi.
Ushbu imkoniyatni allaqachon Telegram'ning Android uchun Beta-versiyasida paydo bo‘lgan.
📝 Manba: @tginfo
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#internet #maslahat @mehrobuz kanalidan olindi
Internet odoblari
"Internet" so‘zi ajnabiy tildagi qisqartirilgan jumla bo‘lib, tilimizda "xalqaro ma’lumotlar to‘ri" degan ma’noni anglatadi. Ammo bu nom ixtiyor qilinganidan keyin internetning tinmay rivojlanishi oqibatida u faqat ma’lumotlar taqdim va qabul qilish bilan cheklanib qolmay, bundan ham katta hajmdagi ishlarni olib borishga xizmat qiladigan bo‘lib ketdi. Hayotning barcha sohalarida internet yordamida osonlik, arzonlik va tezlik foydalari ko‘zlanadigan bo‘ldi.
Tassavur qilish uchun birgina misol keltirishning o‘zi kifoya qiladi, deb o‘ylayman. Havo yo‘li bilan safarga chiqmoqchi bo‘lgan inson oddiygina chipta olish uchun chiptaxonaga borishi, navbatda turib, chipta olishi, agar chipta u istagan kunga topilmasa, ortiga qaytib ketishiga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu ish internet orqali amalga oshirilsa, juda ko‘p foyda ko‘riladi, ya’ni uyda o‘tirib, chipta sotib olinadi. Vaqti kelganda, aeroportda uchishdan oldin avtomatdan elektron chiptasini oladi. Bu ish avvalgisiga solishtirib ko‘rilsa, vaziyat ayon bo‘ladi. Chiptaxonaga borib, ovora bo‘linmaydi. Navbatga turilmaydi. Ustiga-ustak, arzonga tushadi. Chunki chiptaxona binosi, chiptachi, binoni isitish, sovutish, yoritish uchun ketadigan, yo‘lkira va shunga o‘xshash xarajatlar tejab qolinadi.
Bunga o‘xshash foydalar juda ko‘p bo‘lib, biz keltirganimiz oddiy bir misol edi. Shuning uchun hozirda hamma xalqlar internetni rivojlantirish borasida qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rmoqda. Bu ishga to‘g‘anoq bo‘luvchi omillardan xalos bo‘lish yo‘llarini axtarmoqda. Internetdan foydalanuvchilar kun sayin ko‘payib bormoqda. Hamma ushbu osonlik va qulaylikdan bahramand bo‘lishga oshiqmoqda.
Ammo shu bilan birga, internetga bog‘liq muammolar ham ko‘payib va jiddiylashib bormoqda. Barcha sohalardagi kabi, internetning foydalari muqobilida zararlari ham ko‘payib bormoqda.
Internetda foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda zararli, buzuq ma’lumotlar ham tarqalmoqda. Aqiydaga putur yetkazuvchi, fohishabozlik va behayolikni targ‘ib qiluvchi, axloqsizlikni tarqatuvchi va shunga o‘xshash inson zotiga or keltiruvchi ishlarni targ‘ib qiladigan saytlar ko‘payib bormoqda. Ba’zi odamlar internet orqali bir-biriga tuhmat qilmoqda va hokazo. Aynan internet orqali nafaqat axloqiy buzuqliklar, balki siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, ilmiy va boshqa ko‘pgina sohalarda ham jinoyatlar sodir etilmoqda. Qo‘pol qilib aytganimizda, internet mazkur qabohatlarni amalga oshirishni osonlashtirmoqda.
Aytib o‘tilgan ushbu gaplardan ko‘rinib turibdiki, internet ham ikki taraflama - ham yaxshilikka, ham yomonlikka xizmat qilishi mumkin narsaga aylandi. Bizning vazifamiz uni yaxshilikka xizmat qildirib, yomonlikka boshlamasligi choralarini ko‘rish, uning zararlaridan chetlanishga harakat qilishdir. Buning uchun esa dinimizning umumiy ta’limotlari asosida internetdan foydalanish odoblarini yo‘lga ko‘yishimiz kerak bo‘ladi.
"Ijtimoiy odoblar kitobidan". Do‘stlaringizga ham eslating!
👨🏻💻 @itspecuz

👍1
#telegram
📲 Telegram stikerlar uchun ilovalar yaratish bo‘yicha musobaqa e’lon qildi
Dasturchilar insonlar uchun yangi noyob stikerlarni yaratish va ularni Telegram'ga tezkor import qilish imkonini beruvchi ilovani yaratishlari lozim.
Ishlarni taqdim etishning so‘nggi muddati – 4-iyul. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi 50 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Batafsil ma’lumotni musobaqalar kanalidan bilib olish mumkin.
📝 Manba: @vamtlgrm
✅ Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 01 | 02 | 03 | 04 | 05 | 06 | 07 | 08 | 09 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19
📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:

#smartfon #android
🖼 VSCO (Visual Supply COmpany) – ko‘plab filtrlarni qo‘llab-quvvatlovchi mashhur fotomuharrir. Android 5.0+.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• Logo Maker Plus
• Photoshop Express
• PhotoRoom
• Prisma
• Canva
• Wallcraft
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🖼 VSCO (Visual Supply COmpany) – ko‘plab filtrlarni qo‘llab-quvvatlovchi mashhur fotomuharrir. Android 5.0+.
VSCO X obunasi (obunani faollashtirish uchun tizimga kiring)
📎 VSCO v362 mobil ilovasini yuklab olish.ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• Logo Maker Plus
• Photoshop Express
• PhotoRoom
• Prisma
• Canva
• Wallcraft
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
🎬 Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
Aytaylik, bir qancha kanallarga obuna bo‘lgansiz, biroq kuzatmayabsiz yoki kuzatishga vaqt ajrata olmayabsiz. Normal algoritmlarni hayotga qaytarish va o‘z tasmangizga bemalol murojaat etish uchun — obunalaringizni tozalang, ya’ni ularni bekor qiling. Buni qo‘shimcha dastur va kengaytmalarsiz amalga oshirish mumkin:
1️⃣. Chrome'ni ishga tushiramiz va YouTube'dagi obunalarni boshqarish sahifasiga o‘tamiz (Bunda joriy Google-akkauntingiz brauzerda faol holda turgan bo‘lishi lozim).
2️⃣. So‘ngra
3️⃣. “Console” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz, ushbu kodni nusxalab olib konsolga joylashtiramiz va
Natijada skript sichqonchaning harakatini imitatsiya qiladi, mustaqil ravishda obunalarni ketma-ket, navbati bilan bekor qiladi.
📝 Manba: @bugnotfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube qaynoq klavishlari
• YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
• YouTube'dan videoni yuklab olishning oddiy usuli
• 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
• "Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🎬 Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
Aytaylik, bir qancha kanallarga obuna bo‘lgansiz, biroq kuzatmayabsiz yoki kuzatishga vaqt ajrata olmayabsiz. Normal algoritmlarni hayotga qaytarish va o‘z tasmangizga bemalol murojaat etish uchun — obunalaringizni tozalang, ya’ni ularni bekor qiling. Buni qo‘shimcha dastur va kengaytmalarsiz amalga oshirish mumkin:
1️⃣. Chrome'ni ishga tushiramiz va YouTube'dagi obunalarni boshqarish sahifasiga o‘tamiz (Bunda joriy Google-akkauntingiz brauzerda faol holda turgan bo‘lishi lozim).
2️⃣. So‘ngra
CTRL + SHIFT + J klavishlari birikmasi yordamida dasturchi konsoli (консоль разработчика)ga murojaat etamiz.3️⃣. “Console” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz, ushbu kodni nusxalab olib konsolga joylashtiramiz va
ENTER'ni bosamiz.Natijada skript sichqonchaning harakatini imitatsiya qiladi, mustaqil ravishda obunalarni ketma-ket, navbati bilan bekor qiladi.
📝 Manba: @bugnotfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube qaynoq klavishlari
• YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
• YouTube'dan videoni yuklab olishning oddiy usuli
• 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
• "Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
⌨️ Tugmachalar kombinatsiyasi (#hotkeys)
• Tugmachalar majmuasi (dastur)
• Men ko'p ishlatadigan 7 ta hotkeys
• Ko'p kerak bo'ladigan 5 ta hotkeys
• Windows tugmasi bilan bog'liq tugmachalar kombinatsiyalari
• Google Chrome'dagi qaynoq tugmalar
• Oynalarni tezkor joylashtirish
• PowerPoint'dagi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Excel'dagi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• YouTube'dagi klaviatura kombinatsiyalari
• Word dasturidagi tezkor klaviatura kombinatsiyalari
• Qanday qilib fayl nusxasi (дубликат файла) ni tezkor yaratish mumkin?
• Dastur nusxasini ochish
• Klaviatura kombinatsiyasi endi animatsion ko'rinishda
• Faol oynadan boshqa barchasini yig'ish
• F1 - F12 tugmalari vazifalari
• Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klavishlar birikmalari
• Dasturlarga tezkor kirish
• CTRL A dan Z gacha
• Telegram Desktop uchun barcha tezkor klaviaturalar ro’yxati
• Kompyuterda tez ishlash bo'yicha qo'llanma - Win tugmasi
• Word bilan ishlashda CTRL tugmasi
• Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari
• Excel dasturida belgilash uchun tezkor klaviatura kombinatsiyalari
• Chrome dasturida vkladkalar bilan ishlash uchun tezkor klaviatura kombinatsiyalari
• Biror papka yoki faylning "Свойства" oynasini ko'rishning 4 usuli
• Windows tizimida "Диспетчер задач" oynasini ochishning 7 usuli
• Windows uchun foydali 9 tugma
📚 PDF shaklda:
• Total Commander dasturidagi barcha klaviatura kombinatsiyalari (pdf)
• Mashhur brauzerlar uchun klaviatura kombinatsiyalari (chrome, firefox, edge, yandex.browser,opera)
• Tugmachalar majmuasi (PDF)
🔄 Post doimiy tarzda yangilab boriladi. (tah. 15.05.21)
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube

Loyihani topshirish vaqti kelsa-yu, senda faqat dasturning tashqi dizayni tayyor bo‘lsa… 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Loyihani topshirish vaqti kelsa-yu, senda faqat dasturning tashqi dizayni tayyor bo‘lsa… 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #internet
Elektron hukumat markazi bir yillik faoliyatini sarhisob qildi (+video) 📊
O‘zbekiston jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakat bo‘lib, 35 mln.dan ziyod aholisining 22,5 mln.dan ortig‘i internet foydalanuvchilari hisoblanadi.
Bugun ilg‘or axborot texnologiyalari tufayli aholi, biznes va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda qulayliklar yaratish, boshqaruvda adolatu shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaning oldini olishda eng yaxshi ko‘makchi bu elektron hukumatdir.
🎞 Elektron hukumat orqali erishilgan yutuqlar
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Elektron hukumat qurishning “estoncha retsepti”
• Elektron hukumatning “estoncha modeli”. O‘zbekiston va Estoniya hamkorligi yangi bosqichga o‘tdi
• “Ichishga suvi ham yo‘q davlat qanday boyidi?”: Singapurning raqamli iqtisodiyoti haqidagi maqolaning 1-qismi | 2-qismi
• “Elektron hukumat” tushunchasi haqida
• Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — aholi uchun qulay onlayn xizmatlar majmuidir

#operatsion_tizim #maslahat
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash 🧹
Kompyuterga qachonlardir ulangan barcha USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumot tizim reyestrida saqlanadi. Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p “axlat” to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimni qotib ishlashiga olib keladi.
Yechimi bitta. Vaqti-vaqti bilan ulanayotgan fleshkalar va boshqa USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘lim (раздел)larini tozalab turish lozim. Ushbu bo‘limlarning tozalanishi yangi USB qurilmalarning ulanishini va umuman tizimning ishlashini tezlashtirishda yordam beradi.

#mulohaza_uchun #word
⌨️ Probel klavishidan to‘g‘ri foydalanishning grammatik qoidalari
Probel — bu soʻzlar orasidagi boʻsh joy, interval. Afsuski, koʻpchilik buni oʻz oʻrnida ishlata olmaydi. Shu bois bugun uni toʻgʻri qoʻllashni oʻrganamiz:
1. Har bir soʻz orasi ochib yoziladi:
Xushkelibsiz ❌
Xush kelibsiz ✅
2. Nuqtadan keyin joy ochib yoziladi:
Salom.Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
3. Nuqtadan oldin probel qoʻyilmaydi:
Salom .Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
4. Vergul, ikki nuqta (:), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), soʻroq belgisi (?), gap soʻngidagi uch nuqta (...) uchun ham xuddi shu qoidalar amal qiladi:
Nima ?Ha ,mayli ❌
Nima? Ha, mayli ✅
5. Defis (-) bilan yoziladigan juft soʻzlar, takror soʻzlar, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) orasida boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
Oldi - berdi ❌
Oldi-berdi ✅
Asta - sekin ❌
Asta-sekin ✅
6. Umuman olganda, defisning ikki tarafida hech qachon boʻsh joy boʻlmaydi. Faqatgina osma defis bundan mustasno:
5 - noyabr ❌
5-noyabr ✅
Audio - va videoaloqa ❌
Audio- va videoaloqa ✅
7. Vaqt oraligʻini ifodalash uchun ishlatiladigan qisqa tire (–) qatnashgan soʻzlar boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
3 – 4 dona ❌
3–4 dona ✅
1941 – 1945-yillar ❌
1941–1945-yillar ✅
8. Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tire (—) har ikki tomondan boʻsh joy qoldirib yoziladi:
Til—bu millat gʻururi ❌
Til — bu millat gʻururi ✅
Qaragʻay—bu daraxt ❌
Qaragʻay — bu daraxt ✅
9. Qavs ichidagi soʻz yoki soʻzlar qavsdan ajratmay yoziladi:
( Qavs ichidagi soʻz ) ❌
(Qavs ichidagi soʻz) ✅
10. Qoʻshtirnoq ichidagi soʻzlar ham qoʻshtirnoqdan ajratmay yoziladi:
« Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz » ❌
«Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz» ✅
11. Son yoki boshqa biror belgidan soʻng birikib kelgan qoʻshimchalar ajratib yoziladi:
15dan ziyod ❌
15 dan ziyod ✅
100%gacha ❌
100% gacha ✅
(❗️Foiz belgisini son bilan qoʻshib yoki ajratib yozish borasida turli qarashlar mavjud)
12. Dona sonlar raqamlar bilan yozilsa, ta alohida yoziladi:
5ta ❌
5 ta ✅
📌 P.S.: Yana biror holatlar esga kelib qolsa, ushbu matn toʻldirib boriladi.
📝 Manba: @xatoliklar

Smartfonda kursorni qulay va oson boshqaramiz 📲
Agar kiritilayotgan matnda bexosdan xatolikka yo‘l qo‘yilsa, uni to‘g‘rilash uchun barmoq bilan kichik harflar oralig‘iga kursorni joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa, tan olish kerak, unchalik ham qulay jarayon emas.
Shunisi quvonarliki, siz kursorni nisbatan qulayroq bo‘lgan usulda boshqarishingiz mumkin — shunchaki probel klavishi ustiga barmog‘ingizni joylashtirib, qo‘yib yubormagan holda chapga yoki o‘ngga siljiting va kursor matn bo‘ylab siljiydi.
⌨️ Ushbu “sehrli” opsiya ishlashi uchun esa, sizda Google klaviaturasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfonda matnni o‘chirishning yana bir qulay usuli
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.