IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#word

Hujjatga ramka qo‘shamiz 📄

Ba’zi hujjatlardagi sahifalar atrofiga ramka qo‘shish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Buni amalga oshirish tartibi quyidagicha:

— 1-qadam
Menyu satrida Конструктор → Границы страниц bandlari bo‘ylab o‘ting.

— 2-qadam
Ramka turi (to‘g‘ri, punktirli chiziq, bezaklar yoki rasmlar) va rangini tanlang.

— 3-qadam
Ramkani qo‘llash parametrini tanlang (butun hujjatga yoki muayyan bir sahifaga nisbatan) va OK tugmasini bosing, tayyor.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🏟 365 Scores — sport musobaqalari natijalarini kuzatib borish uchun mashhur mobil ilova. Android 4.4+. Pro-versiya

📎
365 Scores Pro v11.3.3 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Biz ham kanalimiz obunachilariga sog‘lom hayot tarzini istab, kanalimizda ulashilgan sportga oid postlar bilan tanishib, ilovalardan foydalanishni tavsiya etamiz:
Bryus Li yugurishni “mashqlar qiroli” deb atagan
10 ming qadamga pul to‘lash boshlandi deyishmoqda
Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha ilovalar ro‘yxati:
7 Minute Workout v9.4.5 mobil ilovasi
RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
Fitify Workouts mobil ilovasi
Abs 21 mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

Android'ga ilovani o‘rnatmasdan turib, undan foydalanib ko‘rish 📲

Bunda bizga Instant Apps (“Приложения с мгновенным запуском”) rejimi yordam berishi mumkin. Ushbu texnologiya, agar ilova bu funksionalni qo‘llab-quvvatlasa, uni o‘rnatmasdan turib foydalanib ko‘rish imkoniyatini beradi.

1️⃣. Smartfonning Настройки'siga o‘ting, undagi Google bandiga qadar tushing va unga kiring.

2️⃣. Ochilgan sahifada Настройки для приложений Google quyi bo‘limini tanlang.

3️⃣. Google Play Instant (“С мгновенным запуском”) bandiga bosing va Обновить веб-ссылки funksiyasini faollashtiring.

4️⃣. Play Market ilovasini ishga tushiring va tezkor ishga tushirish (быстрый запуск)ni qo‘llab-quvvatlovchi ilovani toping, masalan, Vimeo'ni. Ilova sahifasiga o‘tganda siz Попробовать tugmasini ko‘rasiz — unga bosing, tayyor.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist videolari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim

Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash 📆🧮

Windows operatsion tizimi tarkibida o‘rnatiladigan “Калькулятор” dasturidan ko‘pchilik foydalanuvchilar asosan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanishadi.

Ushbu dasturda qo‘shimcha tarzda ikki sana oralig‘ini ko‘rsatgan holda, ushbu sanalarning necha yil, oy, hafta va kunga farq qilishini yoki ma’lum bir yil, oy, kunni ko‘rsatgan holda, ma’lum bir sanaga nisbatan kunlar sonini qo‘shish yoki ayirish orqali qanday sanaga mos kelishini aniqlash mumkin. Ushbu video ko‘rsatmamizda shu haqida so‘z yuritiladi. 👆

📄 Asosiy kanalimizdagi matnli postimiz ostidagi Batafsil... havolasi ustiga bosgan holda ushbu jarayon haqida o‘qib ko‘rishingiz ham mumkin.

🎞 @itspecuz_videos
#operatsion_tizim #software

📀 MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset) – Windows'ning ishchi holatini qayta tiklash uchun kuchli yuklanuvchi fleshka hosil qilish mumkin bo‘lgan obraz. Tizim fayllaridagi buzilishlar yoki unutib yuborilgan parolga qaramasdan kompyuterni ishga tushirish imkonini beradi.

Ushbu vosita yordamida disklar, tizim reyestri, sozlamalar va drayverlarga murojaat etib, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish mumkin. Ushbu to‘plamga disk quyi tizimini diagnostika qilish va testlash uchun yordamchi dasturlar qo‘shilgan.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v4.9.15
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset (MSDaRT) v4.9.15 obrazining torrent fayli yoki arxiv fayllari (1-qism | 2-qism)ni yuklab olish.

📝 O‘QING: Torrent haqidagi postlarimiz jamlanmasi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
Windows 10’da “Этот компьютер” belgisini ish stoliga qaytarish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da vazifalar panelidan ob-havo va yangiliklar tugmasini olib tashlash 🌦

Windows 10'ning so‘nggi yangilanishlarida vazifalar paneliga ob-havoni vizual ko‘rsatib turuvchi tugma qo‘shilgan. Uning ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilganida yoki bosilganida, joriy yangiliklarni taqdim etuvchi oynacha ochiladi.

Agar siz uchun bu ma’lumot keraksiz bo‘lsa, uni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun vazifalar panelining bo‘sh sohasiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochilgan menyudan Новости и интересы - Отключить bandini tanlash lozim.

Har ehtimolga qarshi ushbu funksiyani Редактор реестра (WIN + RregeditENTER) orqali o‘chirib qo‘yish usulini ham keltiramiz. Uni ishga tushiring va quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:

Компьютер\HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Feeds.

ShellFeedsTaskbarViewMode parametri qiymatini 2 ga o‘zgartiring va kompyuterni qayta yuklang.

📥 Agar Редактор реестра'ga murojaat etmasdan turib, maxsus fayl (reyestr tviki) ustiga ikki marta bosish orqali ushbu funksiyani faolsizlantirishni istasangiz, unda uni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash

🎞 Ushbu qisqa videorolikda mashhur veb-servislar logotiplarining maxsus "ishlab chiqarilishi" kreativ ravishda montaj qilingan.

📝 Manba

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #internet #it_humor

Hammasini keyin birvarakayiga yopib mazza qilishingni aytmaysanmi… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #operatsion_tizim

Microsoft Windows 11'ni taqdim etdi 🆕

“Microsoft” kompaniyasi yangilangan Windows 11 operatsion tizimini taqdim etdi. Yangi OT qayta ko‘rib chiqilgan dizayn va boshqa bir qator o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan.

“Microsoft” korporatsiyasi o‘ziga tegishli Windows operatsion tizimining yangi versiyasini taqdim etdi. “РИА Новости”ning xabar berishicha, kompaniya Windows 11'ni so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik operatsion tizim yangilanishi deya ta’rifladi.

Windows 11 interfeysi sezilarli o‘zgarishlarga duch keldi. “Пуск” menyusi vazifalar panelining o‘rtasiga ko‘chirilgan, bu esa Apple'ning macOS uchun yechimini eslatib yuboradi. Jonli plitkalar yo‘qoldi, vazifalar paneli o‘zgacha uslubda chizilgan. Yangi OT vizual ravishda ancha yengillashdi - Windows 7 orqali foydalanuvchilarga ma’lum bo‘lgan nimshaffoflik yana qaytdi.

OT bilan birgalikda oldindan o‘rnatilgan boshqa ilovalar, masalan, OneDrive va Edge brauzeri ham o‘zgardi. Brauzerga varaqa (вкладка)larni vertikal va gorizontal ko‘rinishga o‘zgartirish funksionali qo‘shilgan.

Foydalanuvchilarga ishga tushirilgan ilovalar oynalarini, muayyan ekran parametrlariga maxsus moslashtirilgan mozaika tartibida joylashtirish imkoniyati berildi. “Microsoft“ tomonidan ta’kidlanganidek, bu sensor ekranli kompyuterlar va planshetlar egalari uchun ayniqsa foydalidir.

Yangi Windows'da touch-displey bilan ishlashga ko‘p ahamiyat berilgan. Sensorli klaviaturaning mantig‘i o‘zgardi, foydalanuvchilarga bosish qulay bo‘lishi uchun dastur va sozlamalarning belgilari kattalashdi. Windows 11'da faol stilusdan foydalanishda vibrotebranish (выброотдача) effekti paydo bo‘ldi. Mobil operatsion tizimlarda ishlatiladigan vidjetlar ham tizimga qaytdi.

Virtual mashinasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan Android ilovalarining qo‘llab-quvvatlanishini eng ulkan yangilik deya e’tirof etish mumkin. “Microsoft” yangi operatsion tizimdagi integratsiya yuqori darajada amalga oshirilishini va’da qilmoqda.

Foydalanuvchilar Windows 11'dan yangilanishlarni yaqin oylarda qabul qilishni boshlaydilar.

🎞 Windows 11'dagi vizual o‘zgarishlar bilan ushbu postdagi videorolik orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🖼 Perfectly Clear Complete – fotosuratlarni avtomatik rejimda mukammal ko‘rinishga keltirish, shuningdek ularni qo‘lda to‘g‘rilash imkonini taqdim etadi. Dastur alohida yoki Photoshop va Lightroom uchun plagin sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu mahsulot qimmatbaho xotiralarni o‘zida jamlagan fotosuratlaringizni avtomatik ravishda tuzatishni ishonib topshirishga loyiqdir. Shunchaki plaginni ishga tushiring va tanlangan fotosuratlar avtomatik ravishda to‘g‘rilanadi.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v3.11.2.1905
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 Perfectly Clear Complete v3.11.2.1905 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Oddiy kredit kalkulyatoridan foydalanish 🧮

Excel'ning yangi versiyalariga tayyor shablonlar biriktirilgan, ularning orasida Kredit kalkulyatorini ham topish mumkin.

Bunday shablondan foydalanish uchun menyu satrida Файл → Создать bandlari bo‘ylab o‘ting va Поиск шаблонов в сети bo‘limida Кредитный калькулятор nomli hujjatni izlab toping.

Shundan so‘ng, ochilgan hujjatda siz kredit miqdori (summasi), foiz stavkasi va kredit muddatini belgilab o‘tishingiz lozim. Shablon avtomatik ravishda foizlarning umumiy miqdorini, umumiy to‘lovlar sonini va oylik to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Guruhli video chaqiruvlar, animatsiyali fonlar va boshqa ko‘plab yangiliklar 🆕

Android, iOS va macOS uchun Telegram muqobil 7.8 versiyasiga yangilandi. Telegram Desktop 2.8 versiyasiga yangilandi.

• Guruhli video chaqiruvlar
— Videokonferensiyalar istalgan guruhning ovozli chatlarida mavjud.
30 foydalanuvchi bilan o‘z ekrani yoki kamerasidagi videoni bo‘lishish imkoniyati (ushbu limit yaqin orada oshiriladi).
— Cheklanmagan miqdordagi ishtirokchilar bilan videosiz ovozli chatlardagi muloqot.
— Ovozli chatlarda suhbatlashish vaqtida shovqinsizlantirishni o‘chirib qo‘yish imkoniyati.
Virtual kameraning qo‘llab-quvvatlanishi (macOS).
— Guruhli video chaqiruvlar to‘liq krossplatformali va barcha qurilmalarda, shu jumladan iPad va noutbuklarda qo‘llab-quvvatlanadi.

• Animatsiyali fonlar
— Chatlar uchun animatsiyali fonlar – messenjer uchun yangilikdir! Gradiyent algoritmik yaratiladi va xabar har safar yuborilganida chiroyli animatsiya qilinadi.
— Noyob rang kombinatsiyalari va o‘nlab naqshlardan birini tanlash imkonini beruvchi o‘z animatsiyali fonini yaratish imkoniyati.
— Do‘stlar bilan o‘z animatsiyali fonini bo‘lishish imkoniyati.
“Настройки внешнего вида” > “Фон” bo‘limida o‘nlab yangi ajoyib animatsiyali fonlar.
— Endi fon chatlardagi yuqori va pastki kolontitullarda qisman ko‘rinib turadi (iOS).

• Xabarlarni yuborish animatsiyasi
— Xabarlarni yuborish uchun yaxshilangan animatsiya: terilgan matningiz yuborilganidan so‘ng mayinlik bilan xabar pufakchasiga aylanadi (iOS).
— Siz tomondan yuboriladigan stikerlar va animatsiyali emodzilar stikerlar panelidan chatga mayinlik bilan o‘tadi.

• Kirish ma’lumotlarining muntazam tekshirib turilishi
— Telegram sozlamalarida yangi bannerlar yordamida Telegram akkauntingizga bog‘langan telefon raqamining faolligini va ikki faktorli autentifikatsiya uchun parolingiz yodingizdan ko‘tarilmaganini muntazam ravishda tekshirib turadi.
— Endi har ikki bosqichli autentifikatsiya sozlamalari o‘zgartirilganida Telegram'dan bildirishnoma olasiz.

Batafsil ma’lumot ushbu maqolalarda:
https://telegram.org/blog/group-video-calls/uz
https://telegram.org/blog/animated-backgrounds/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki ishonchli kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: App Store'dan yoki ishonchli kanaldan.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #it_humor

1️⃣. Kelajak – dasturlash bilan bog‘liq. Sen albatta kod yozishni o‘rganishing kerak. ⌨️

2️⃣. Hmm... Unchalik qiyin emas ekan. 💭

🖥 Ekrandagi yozuv
Kodingizning dastlabki satrini kiriting:
print(“Hello, world!”)
Ishga tushirish

3️⃣. Bu paytda… (salomlaaar…)

4️⃣. 📱👀🥴👟

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#security #internet

Onlayn Antivirus 👾🚫

Kaspersky Threat Intelligence Portal onlayn xizmati viruslar va shubhali xatti-harakatlarga qarshi fayllarni bepul tekshirish imkoniyatini beradi.

Ushbu xizmat 256 MB’ga qadar hajmdagi fayllarni yuklab olish, saytlarga havolalarni, IP-manzillarni, domenlarni, shuningdek fayllarning xesh summalarini tekshirish imkonini beradi.

Fayllarni tekshirish bir nechta oddiy qadamlarni o‘z ichiga oladi:

1️⃣. https://opentip.kaspersky.com/ saytiga o‘tish.
2️⃣. “Browse” tugmasiga bosgan holda tekshirilishi lozim bo‘lgan faylni kompyuterda tanlash.
3️⃣. “Analyze” tugmasini bosish.

Obyektni tekshirish jarayoni boshlanadi. Tekshiruv natijasida olinadigan ma’lumotlarning batafsil ro‘yxatini quyiroqda ko‘rishingiz mumkin.

Har bir fayl Urgent Detection System xizmatining evristik tahlil usuli yordamida tekshiriladi va bulutli sinov muhitida ishga tushiriladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #rasm_bilan_ishlash

Algoritm selfini “selfisizlantirdi” 🤳🏻➡️👤

Belgiya va AQSh dasturchilari selfilarni fotosuratchi tomonidan chetdan turib olingan portretlarga aylantiruvchi algoritmni taqdim etishdi. Buning uchun tizim chetki algoritm yordamida rasmdagi odamning holatini tahlil qiladi, eng o‘xshash portret pozasini tanlaydi va u bilan tasvirni tiklaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish 🔢

Ushbu video orqali ko‘pchilikka foydasi tegadigan formula bilan bo‘lishamiz.

"2.15" formatidagi sonni Excel'ga nusxalab o‘tkazganimizda u "фев.15"ga aylanadi. Yacheyka formatini o‘zgartirish bu yerda bizga yordam bermaydi. Buni to‘g‘rilashni o‘rganamiz. 👆🏻🎞

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #security #software

“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin? 🗑🤔

Agar tasodifan yoki bilvosita o‘chirib yuborilgan ma’lumotlar ustidan hech nima yozilmagan bo‘lsa, ularni osonlik bilan o‘z joyiga qaytarish mumkin. Ushbu maqolada buni Windows, macOS va Linux operatsion tizimlarida qanday amalga oshirish xususida to‘xtalib o‘tamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi telekanallarni endi birgina ilova orqali tomosha qilish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, ilovada qiziqarli koʻrsatuvlar, kinolar va teleseriallar, sport musobaqalari va boshqa dasturlarni istalgan vaqt va istalgan joyda kuzatib borishingiz mumkin.

uztv.tv | App Store | Google Play
#mulohaza_uchun #security #it_humor

Sizda bu borada qiyinchilik yuzaga kelmaydimi? 🙄

📌 P.S.: Captcha xavfsizlik tekshiruvi: Kompyuterning antirobot tizimi bo‘lib, xavfsizlik uchun rasmda keltirilgan belgilarni yoki biror misolning yechimini matn maydoniga kiritishni talab etadi, belgilar to‘g‘ri kiritilsa, tizim kompyuterdan chindan ham inson foydalanayotganiga ishonch hosil qilib, foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tish yoki tizimga kirish jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tkazadi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #operatsion_tizim

Windows 10 foydalanuvchilari yangi Windows 11 rasmiy ravishda o‘rnatish uchun paydo bo‘lishi bilanoq unga tizimlarini yangilay olishmaydi.

Yangilanish jarayoni 2022-yilning birinchi yarmidan boshlanadi. Unga qadar yangi operatsion tizimdan foydalanib ko‘rish istagida bo‘lganlar uni alohida xarid qilib, o‘rnatishlariga to‘g‘ri keladi.

📝 Manba: @tbite

📌 P.S.: Maslahatimiz, operatsion tizim o‘zi Windows 11 ga qadar yangilanmagunicha alohida o‘rnatishga urinmaganingiz ma’qul.

Xuddi Android yoki iOS'ga keluvchi rasmiy proshivka kabi, rasmiy yangilanish ham nisbatan xato-kamchiliklarsiz va ishonchli bo‘ladi
.

2022-yilga qadar ancha-muncha kamchiliklar yuzaga kelib, bartaraf etilishi turgan gap.

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#telegram

🔉 Keyingi yangilanishda qurilmadagi tizim tovushlari ham qo‘shiladi

Telegram'ning rasmiy Twitter-akkauntida xabar berilishicha, keyingi yangilanishda ovozli chatda ekranni translyatsiya qilishda qurilmadagi tizim tovushlari ham uzatiladigan bo‘ladi.

Ushbu imkoniyatni allaqachon Telegram'ning Android uchun Beta-versiyasida paydo bo‘lgan.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija