IT specialist
11.6K subscribers
1.11K photos
471 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim

Fayllarning qaysi dasturga tegishliligini aniqlaymiz ☝🏻

Bizga noma’lum kengaytmali faylni ishga tushirishga uringanimizda, tizim uning ochilishi uchun bizga kompyuterdagi dasturni tanlashni tavsiya etadi. Muayyan turdagi fayllarning o‘zlariga tegishli dastur bilan uzviy aloqasini ta’minlanishi uchun, noma’lum kengaytmalar HKEY_CLASSES_ROOT reyestr bo‘limida yozilishi lozim. Xo‘sh, noma’lum kengaytmali faylni nima bilan ochish mumkinligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun FileInfo dasturidan foydalanish mumkin. Dastur kompyuterga o‘rnatilganidan so‘ng, fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosganimizda ochiluvchi kontekstli menyuda Открыть с помощью FileInfo menyu bandi paydo bo‘ladi. Noma’lum fayl dastur oynasida ochilganida kengaytmalar va faylni ochishi mumkin bo‘lgan dasturlar haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.

📥 Dasturni yuklab olish uchun manba: https://www.file-info.ru/

📌 P.S.: Ilovaning o‘zi bepul, biroq o‘rnatgich tarkibiga boshqa dasturning reklamasi biriktirib ketilgan. Shunday ekan, o‘rnatish paytida e’tiborliroq bo‘ling – reklama takliflarini rad eting.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Dasturlarning eski versiyalari portali
Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi? 🎧🆚📖

Bugungi kunda audiokitoblarni topish muammo emas. Ularni tinglash ham, internet tarmogʻidan bir necha soniya ichida yuklab olish ham juda qulay. Biroq, nima uchun ular bosma kitoblarning oʻrnini bosa olmayapti? Nima uchun kitob oʻqish, audiokitob tinglashdan koʻra foydaliroq ekanligini bilasizmi?

Audiokitoblarni nima uchun tanlaymiz?

Oʻz vaqtida kitoblarni fonograf orqali eshitishni taklif qilgan Tomas Edison ushbu usulning qanchalar ommalashib ketishini tasavvur ham qilmagan boʻlsa kerak. Birgina Angliyada audiokitob sotuvidan tushadigan daromad koʻrsatkichi 2013-yildan 2017-yilga qadar 148 foizga oʻsgan.

Buning sababi ham tushunarli. Audiokitoblarni tirbandlikda, navbatda turganda ham, uy ishlari bilan band boʻlgan holatda ham eshitish mumkin. Ular bosma kitoblarga nisbatan arzon turadi, javondan joy egallamaydi. Audiokitoblarni yaratish ham oson. Bundan tashqari, koʻrish qobiliyati zaif boʻlgan insonlar undan istalgancha foydalanishlari mumkin.

Nima uchun bosma kitoblarni magʻlub qilib boʻlmaydi?

• Audiokitobga suratlar, jadvallar ilova qilish imkoni yoʻq;
• Audiokitob oʻqiyotgan odamning ovozi matnni toʻliq tushunib olishga halal beradi;
• Audiokitobning mazmuniga tushunish nisbatan koʻproq vaqt oladi.

Eng muhimi:

Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida, audiokitob tinglagan odamlar boshqa ish bilan band boʻlmasalar ham jarayon davomida koʻproq chalgʻishlari aniqlangan. Inson koʻzlari bilan oʻqigan kitobini quloqlari bilan eshitgan ovozdan koʻra osonroq eslab qoladi va qabul qiladi.

Audiokitoblar maʼlum darajada ustunlikka ega boʻlgan format – video hisoblanadi. London universiteti olimlari odamlar kitobdagi hodisalarni ekran orqali koʻrsalar, uni yaxshiroq tushunishlarini isbotlab berishgan.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

💾 Namoyish vaqtida kiritilgan qaydlarni saqlash

Taqdimotning namoyishi vaqtida slaydlarda “chizish” uchun interaktiv qalam (перо) va markerdan foydalanish mumkin. Ba’zida ushbu qaydlar taqdimot tugaganidan keyin ham foydali bo‘lishi mumkin. Ushbu holatda, PowerPoint tomonidan qo‘lda kiritilgan qaydlarni saqlash borasidagi taklifni qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Namoyish rejimidan chiqilganidan so‘ng ular slaydlarga alohida grafik obyektlar sifatida qo‘shiladi. Albatta, ular istalgan vaqtda taqdimotning asosiy kompozitsiyasiga ziyon yetkazmagan holda o‘chirilishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Slayddagi ro‘yxatlarning to‘g‘ri va teskari yuzaga kelish animatsiyasini qo‘llash
Ro‘yxatlar bilan ishlashda ENTER va SHIFT+ENTER klavishlarining vazifalari haqida
Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz!
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint bo‘yicha video darslar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📨 SMS Backup Restore Pro – qo‘ng‘iroq, SMS/MMS'larning zaxira nusxasini yaratishda yordam beradi. Backup Google Disk/OneDrive/Dropbox'larda saqlanishi mumkin. Pro-versiya

📎
SMS Backup Restore Pro v10.11 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Matnning turli yacheykalarda mos tushish/tushmasligini qanday tekshirish mumkin? ↔️🤔

Agar sizga turli yacheykalarda joylashgan matnlarning bir-biriga mos tushish/tushmasligini tezkor tarzda solishtirish lozim bo‘lib qolsa, buning uchun oddiy formuladan foydalanishingiz mumkin: =A1=A2

A1 va A2'larning o‘rniga istalgan boshqa yacheykalarni tanlashingiz va natijani ЛОЖЬ (yolg‘on) yoki ИСТИНА (rost) ko‘rinishida qabul qilishingiz mumkin.

ИСТИНА yacheykalardagi ma’lumotlar yoki matn mos tushgan taqdirda, ЛОЖЬ esa aksincha bo‘lganda yuzaga keladi.

Shuni yodda tutingki, ushbu taqqoslashda harflarning registri, ya’ni katta-kichikligiga ahamiyat beriladi. Qariyb o‘xshash =СОВПАД() funksiyasi xuddi shu ishni, faqatgina registrga ahamiyat bermagan tarzda bajaradi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da qidiruv indeksatsiyasini qanday o‘chirib qo‘yish mumkin? 🔍🤔

Windows 10 qattiq diskni fon rejimida indekslaydi. Nazariy jihatdan olib qaraganda, ushbu funksiya fayllarni tezroq izlab topish imkonini beradi. Biroq indekslash kuchsizroq ShK'larning ishlashini yanada sustlashtiradi.

Buni o‘chirib qo‘yish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Windows'ning qidiruv satriga services.msc so‘rovini kiriting va ishga tushiring.
2️⃣. “Xizmatlar” (“Службы”) oynasi yuzaga keladi.
3️⃣. “Windows Search” bandini izlab toping va xizmat ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
4️⃣. “Xususiyatlar” (“Свойства”)ni oching va “Тип запуска” uchun ro‘yxatdan “Отключена” bandini tanlang. Откройте свойства и в "Тип запуска" выберите "Отключена".
5️⃣. ShK'ni qayta yuklang.

📌 ShK - shaxsiy kompyuter.

Sizda hattoki SSD-disk bo‘lgan taqdirda ham, indeklashni o‘chirib qo‘yish kompyuterning ishlash tezligini oshirishi mumkin. Chunki indekslash bajarilayotgan diskka doimiy yozuvlar kiritib turiladu, bu esa SSD-disklarni sekinlashtirishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Oddiy insonlar qoʻli bilan qilingan qahramonliklarni yaxshi koʻrishim haqida oldin ham yozgandim.

Mana bu voqea Ganada boʻlibdi. Jonkuyar informatika oʻqituvchisi bolajonlarga kompyuterni oʻrgatish uchun doskaga chizib koʻrsatar ekan. Maktabda kompyuter boʻlmaganidan boshqa yoʻl ham boʻlmagan. Buni rasmga olgan turist uni internetga qoʻyadi. Bir necha kishi buni koʻrib taʼsirlangandan pul yigʻib maktab uchun yangi kompyuterlar sotib olib berishibdi.

📝 Manba: @allaevuzb

📌 P.S.: Rasmdagi sinf doskasida chizilgan interfeys Microsoft Word dasturiga tegishli ekanligini tajribali foydalanuvchilar darhol payqashgandir.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Bildirishnomalarning xususiy sozlamalari ⚙️

Telegram'da har bir chat, guruh, kanal uchun bildirishnomalar kelishi borasida alohida sozlamalarni amalga oshirish mumkin. Buning uchun:

1️⃣. Chatning profiliga o‘ting (avatarka ustiga bosing) va “Уведомления” bo‘limini oching.
2️⃣. “Настроить” bandini tanlang.
3️⃣. Paydo bo‘lgan oynada “Включить особые уведомления” qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating.

Endi siz xabarlar va ilova ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun istalgan tarona, vibrosignal, rangli diod rangini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🖼 Canva (Graphic Design, Video Collage, Logo Maker) – ushbu grafik muharrir dizaynlarning yaratilishini oson va yoqimli qiladi. Ishingiz va shaxsiy maqsadlaringiz uchun ajoyib dizaynlarni yarating, buning uchun profi bo‘lish shart emas. Pro-versiya

📎
Canva Pro v2.101 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
Logo Maker Plus
Photoshop Express
PhotoRoom
Prisma
Wallcraft
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

JS haqidagi memlar hech qachon eskirmaydi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iOS #iPhone

iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz 🔋

Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, smartfondagi so‘nggi foizlar bizga havodek zarur, biroq zaryadlovchi qurilma qo‘l ostimizda yoki birinchisi bo‘lgan taqdirda ham, elektr manbasi yon atrofimizda bo‘lmay qoladi.

Bunday holatlarda energiyani tejash rejimi bilan bir qatorda yana bir foydali chorani qo‘llash maqsadga muvofiqdir:

1️⃣. НастройкиУниверсальный доступ bo‘limiga o‘tamiz.
2️⃣. Дисплей и размер текста bandini tanlaymiz.
3️⃣. Светофильтры bo‘limiga o‘tamiz.
4️⃣. Rang filtrlarini faollashtiramiz va Оттенки серого (oq-qora rejim)ni tanlaymiz.

Endi, ekrandagi oq-qora tasvir bilan bo‘lsa ham, siz muhim qo‘ng‘iroqlar va xabarlarga javob bera olasiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?
Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Qaysi Android-ilovalar batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydi?
Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi? (+“jonli” video)
Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak?
Yaponlar o‘zi tiklanuvchi akkumulyator yaratishdi
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows'ning “Проводник” fayl menejeri oynasi bilan ishlash uchun tezkor klaviatura birikmalari 📝

* — tanlangan papka tarkibiga kiruvchi barcha papkalarni ko‘rsatish;

+ — tanlangan papkaning tarkibini ko‘rsatish (раскрыть содержимое);

- — tanlangan papkaning tarkibini berkitish (скрыть содержимое);

ALT + D — manzil satrini tanlash;

ALT + P — ko‘rish sohasini ko‘rsatish / berkitish;

ALT + ENTER — tanlangan elementning xususiyatlari (Свойства) oynasini chaqirish;

ALT + — asosiy papkaga qaytish;

ALT + (ALT + ) — oldingi / keyingi papkaga o‘tish;

BACKSPACE — oldingi papkani ko‘rish;

CTRL + F — qidiruv maydoniga o‘tish;

CTRL + N — yangi oynani ochish;

CTRL + SHIFT + E — joriy papka qaysi papkalar tarkibida joylashganligini ko‘rsatish;

CTRL + SHIFT + N — yangi papkani yaratish;

CTRL + W — faol oynani yopish;

F4 — manzil satriga o‘tish;

F6 — oyna yoki ishchi stolidagi elementlar o‘rtasida siklik o‘tish;

F10 — faol ilovadagi menyu satriga o‘tish;

F11 — faol oynani butun ekranga yoyish (развернуть) / vazifalar paneliga tushirish (свернуть);

HOME — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning dastlabkisiga o‘tish;

END — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning so‘nggisiga o‘tish.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Super aksiya!

💐ZUHUR - gullar olamiga marhabo!

Munis va go‘zal ayollarimiz uchun ismlari tushirilgan guldastalar 💝

🚕 Yetkazib berish xizmati — kelishuv asosida.

101 talik – 110.000 so‘m;

201 talik – 200.000 so‘m;

301 talik – 280.000 so‘m;

401 talik – 350.000 so‘m;

501 talik – 450.000 so‘m;

1001 talik – kelishilgan holda.

Murojaat uchun raqam:
📞+998977444769

💵|💳
To‘lov naqd va pul o‘tkazish yo‘li bilan.

🌹Eng sara guldastalar katalogi:
Telegram | Instagram | Facebook
#ict_news #operatsion_tizim #internet

Microsoft 2022-yilning 15-iyunidan boshlab Internet Explorer brauzeri bilan tamomila xayrlashadi.

Brauzer ortiq foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lmaydi, undan foydalanib kelgan ilovalar esa Edge orqali ishlashga moslashtiriladi.

📝 Manba: @tbite

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Microsoft” kompaniyasi yangi “Edge” brauzerini chiqardi
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
Android-smartfon egalarini reklamadan Microsoft Edge brauzeri qutqaradi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

O‘z ma’lumotlaringizni himoyalang 🔐

Telegram'da har qanday ma’lumotni Избранное bulutli papkasida saqlash maqsadga muvofiq, agar ma’lumotlarni saralash lozim bo‘lsa, u holda shaxsan o‘zingiz uchun kanallar yaratib olishingiz mumkin. Aytgancha, Telegram'dagi limitlar bilan ham tanishib qo‘yish zarar qilmaydi.

⚠️ Kanallar privat bo‘lishi lozim, aks holda ehtiyotsizlik bilan shaxsiy ma’lumotlaringizni kimgadir erkin foydalanishga topshirib qo‘yishingiz mumkin.

📌 P.S.: Postlar bo‘yicha kanaldagi statistikani kuzatayotgan paytimiz ko‘pincha shunday public (havolasi ochiq) kanalchalarga ko‘zimiz tushib qoladi, ularda ko‘p vaziyatlarda mavjud kanallardan foydali deb topilgan postlarning repostini kuzatish mumkin.

Agar kichik auditoriyaga bilim ulashish maqsadida bo‘lsangiz, kanalingizni privat ko‘rinishga o‘tkazib, havolasini tor doiradagi insonlarga uzatish orqali ish yuritishingiz mumkin, xullas ehtiyot bo‘laverganingiz ma’qul.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash

Parkentlik dasturchilar oilasi: bolalar Android'ni oʻrganmoqda, ota va ona oflayn platforma yaratmoqchi 💻

Ikki yil avval oʻzbek dasturchilarini tayyorlaydigan “Bir million oʻzbek dasturchisi” (One Million Uzbek Coders) loyihasi ishga tushgandi. Loyiha kurslarini oʻqib, yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlar 100 dan ortiq Nanodegree dasturlarining birida oʻqishni davom ettirishlari mumkin. Parkentlik Xolovlar oilasi loyihada qatnashib, barcha oila aʼzolari bilan dasturlashni oʻrgandi. Oila aʼzolari muvaffaqiyatlari haqida Kun.uz'ga gapirib berdi.

👉 Batafsil oʻqish

📹 Videoni koʻrish

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari
“Oyiga 5 000 – 7 000 AQSh dollarigacha daromad topyapman!..” 23 yoshli frilanser Sardor Islomov bilan suhbat
Dasturchilik kasbi, unga o‘qish narxlari va maoshlar — dasturchi Botir Ziyatov bilan suhbat

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Dasturlash paytida massivlar 0 dan boshlanishini unutib qo‘yganingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

25 soniyada daraxtga ishlov beruvchi ushbu texnologiyaning ish samaradorligini kuzatib lol qolasan kishi...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Gibernatsiya rejimini faollashtirish 💤

Boshlanishiga bu o‘zi qanday rejim ekanligi borasida to‘xtalib o‘tsak. Gibernatsiya (Гибернация) – avvalambor noutbuklar uchun mo‘ljallangan, kompyuter energiyasini saqlash holatidir.

Mazmunan bu Uyqu rejimi (Спящий режим), farqi esa shundaki, Гибернация vaqtida siz kompyuter yoki noutbukni elektr manbasidan to‘liq uzib qo‘yishingiz mumkin. Qurilmaning keyingi ishga tushirilishida barcha ma’lumotlar va ochilib turgan dasturlar, Спящий режим bilan bo‘lgandagi kabi o‘z ishchi holatiga tiklanadi.

Ushbu rejimni Windows 10'dagi Пуск menyusiga qo‘shish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

1️⃣. Панель управления ishga tushiriladi ( WIN + R -> control -> ENTER).

2️⃣. Электропитание bandi tanlanadi.

3️⃣. Elektr ta’minoti (Электропитание) sozlamalari oynasining chap tomonida Действия кнопок питания bandi ustiga bosiladi.

4️⃣. So‘ngra o‘ng tomondagi asosiy paneldan Изменение параметров, которые сейчас недоступны tanlanadi.

5️⃣. Shundan keyin Режим гибернации'ni faollashtiring va Сохранить изменения tugmasi ustiga bosing.

6️⃣. Natija sifatida sizdagi Пуск menyusida Гибернация bandi paydo bo‘ladi.

📝
Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
SHUTDOWN buyrug‘i
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Singapur hukumati metro liniyalari yaqinidagi uylar aholisi shaxsiy hayotini yo‘lovchilarning nigohidan saqlash maqsadida, muammoni o‘ziga xos tarzda hal qildi.

Turar-joy binolari yonidan o‘tayotganda vagon oynalari avtomatik ravishda xiralashadi! Ha, sun'iy intellekt shu yerda ham inson foydasiga xizmat qilmoqda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin? 🔤🗓🤔

Agar siz shunchaki matn va funksiyani, masalan, =СЕГОДНЯ'ni biriktirib yozishga urinsangiz — sizda formatlardagi farq bois kerakli natija yuzaga kelmaydi.

Buning amalga oshirish yo‘li esa quyidagicha:

— 1-qadam
Yangi yacheykada kerakli matnni kiriting. Masalan: (Привет! Сегодня )

— 2-qadam
Joriy sanani hosil qilish maqsadida =СЕГОДНЯ() funksiyasini, keyingi (pastki) yacheykaga esa =ТЕКСТ(А1; ДД.ММ.ГГГГ) funksiyasini qo‘llang. A1 o‘rniga =СЕГОДНЯ funksiyasi qo‘llanilgan yacheykani ko‘rsating.

— 3-qadam
=СЦЕПИТЬ funksiyasi yordamida matn va siz oldingi qadamda matnli formatga o‘tkazgan sana keltirilgan yacheykalarni biriktiring.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija