IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

Tajribali murabbiy ko‘magisiz biror ko‘nikmani hosil qilishga uringan paytimizda, yuzaga kelgan muammoning yechimini topish uchun soatlab vaqt sarflashimiz taxminan yuqoridagi holatga mos tushsa kerak... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

Guruh ishtirokchilarini kanalga yo‘naltirish 👥👉🏻📢

Aytaylik, sizda oldindan biror tijoriy yoki ta’limiy maqsadga xizmat qiluvchi guruh mavjud. Barcha guruh ishtirokchilari uchun qandaydir ma’lumot ulashish guruh uchun biroz noqulay, boisi yozishmalar ko‘payib ketib, tashlangan ma’lumot chatning yuqorisida qolib ketadi.

Guruh ishtirokchilarning fikr almashishi uchun maxsus xizmat qiluvchi joy, shu tufayli uni kanal kabi yuritish, ya’ni ishtirokchilarining yozishini cheklab, faqat ma’lumot ulashish uchun xizmat qilishi, bizning fikrimizcha biroz noto‘g‘ri yondashuv. Bu maqsad uchun kanal ochish va ma’lumotlarni aynan u orqali guruh ishtirokchilariga ma’lum qilish ayni muddaodir.

Agar kanal profili sozlamalari orqali oldindan yuritib kelinayotgan guruh kanalga biriktirilsa, kanalga ulashilayotgan har bir post guruhga ham yuboriladi va ishtirokchilar har bir post ostidagi Прокомментировать (Leave a comment) tugmasiga bosish orqali muayyan post bo‘yicha fikr-mulohazalarini hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Agar siz guruh obunachisi, guruhga xabar yuborishi uchun, uni kanalga obuna bo‘lishi lozimligini bildirmoqchi bo‘lsangiz, u holda quyidagi maxsus botlardan birini kanal va guruhingizga admin sifatida belgilashingiz mumkin:
@TA_CleverBot
@TGmutebot
@toptgadmin_bot

Shunda obunachi kanalda ham, guruhda ham borligi borasida ishonchingiz komil bo‘ladi. Umid qilamizki berilgan tavsiyamiz siz uchun foydali bo‘ladi, amalga oshirib kelayotgan va boshlashni rejalashtirib yurgan ishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolamiz! ✊🏻

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat

Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi? 📄🤔

Agar siz boshqa foydalanuvchilar bilan yangiliklar va maqolalar borasida tez-tez bo‘lishib tursangiz, u holda maqolaning muayyan qismiga e’tiborni qaratishga urinish maqsadida, odatda ushbu maqolaning havolasini va qo‘shimcha ravishda qayeriga e’tibor berish lozimligini yozib yuborasiz.

Yana bir variant — muayyan abzatsni belgilab, skrinshot olish va yuborish. Birinchi va ikkinchi usulda ham ikki harakatni amalga oshirishga to‘g‘ri kelmoqda, ya’ni Havola + Matn yoki Havola + Skrinshot. Yaqinda bu ikki harakatni birlashtiruvchi yangi variant — ushbu abzats uchun havola yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi.

1️⃣. Quyidagi manzil bo‘ylab o‘ting, uni nusxalab, brauzerning manzil satriga yuborishingiz mumkin: chrome://flags/#copy-link-to-text.
2️⃣. Copy Link To Text vositasini faollashtiring va brauzer oynasini yopib, qayta ishga tushiring.
3️⃣. So‘ngra istalgan maqolani ochib, kerakli matnni belgilang.
4️⃣. Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va “Скопировать ссылку на выделение(Copy link to highlight) menyu bandini tanlang.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish ↕️🚀

MS Word matn muharriri bilan ishlagan paytimiz, markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlarni yaratishga to‘g‘ri keladi. Biroq shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, ro‘yxatning biror elementini yuqoriga yoki pastga siljitish kerak bo‘ladi.

Buni, matnni kesish/joylashtirish usuli bilan amalga oshirish mumkin, albatta, lekin bu noqulaylik tug‘diradi, ya’ni muharrir ro‘yxatning qo‘shimcha satrini yaratib yuboradi, uni esa o‘chirishga to‘g‘ri keladi.

Ro‘yxat elementlari o‘rnini yuqoriga yoki pastga qarab siljitish uchun qaynoq klavishlardan foydalanamiz. Sichqoncha kursorini ro‘yxatning kerakli satriga o‘rnating va ushbu satrni yuqoriga siljitish uchun ALT + SHIFT + yoki pastga siljitish uchun ALT + SHIFT + kombinatsiyasini bosing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft PowerPoint:
Ro‘yxatlar bilan ishlashda ENTER va SHIFT+ENTER klavishlarining vazifalari haqida
Ro‘yxat elementlarining yuqoridan pastga va teskari tartibdagi yuzaga kelish animatsiyasi
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Syurprizli Range Rover, siz ham o‘zingiz uchun shunday sharoitni istarmidingiz? 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
RuschaTarjimon-v4.0.apk
11 MB
Android telefonlar uchun Ruscha-O'zbekcha lu'gatning yangi versiyasi chiqarildi.

Endilikda matnlarni va gaplarni ham tarjima qilish mumkin. Ovozli kiritish imkoniyati qo'shildi. Avvalgidek lug'atdan ham foydalana olasiz.
#mulohaza_uchun #smartfon #it_humor

Sizda ham shunday emasmi mabodo? 🙄

@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🎞 Intro Maker - qisqa zastavkalar va o‘tish effektlarini yaratish uchun funksional video muharrir. Android 5.0+. VIP-versiya

📎
Intro Maker v4.7.3 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #internet #maslahat

Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat 🔎

XXI asrda ma’lumot izlashni bilish — internetning har bir foydalanuvchisi uchun “must have”dir. Quyidagi maslahatlar yordamida esa siz qidiruv jarayonini osonlashtirishingiz, hattoki tezlashtirishingiz ham mumkin.

1️⃣. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qidirish
Google aynan muayyan bir jumlani izlashi uchun, muhim jumlani “mana bunday qo‘shtirnoqlar” ostiga oling. Masalan:
“the best programming language”

2️⃣. Yulduzcha belgisi
Unutilgan so‘z o‘rniga yulduzcha belgisini kiriting va Google so‘rovni o‘zi to‘ldirib beradi. Masalan:
“twinkle twinkle little star how I * what you are”

3️⃣. So‘zlarni filtrlash
Agar so‘z oldidan minus belgisi qo‘yilsa, ushbu so‘zni o‘z tarkibiga oluvchi natijalar filtrlanadi. Masalan:
“the best programming language for a beginner -python”
⚠️ Izoh: Qidiruv natijalarida Python dasturlash tili bo‘lmaydi.

4️⃣. Fayllar bo‘ylab izlash
Fayllarni izlash uchun “filetype”dan foydalaning. Masalan:
“python presentation filetype:pptx”

5️⃣. Ortiqcha belgilar
So‘rovingizdan tinish belgilari va boshqalarni olib tashlang. Google ularni baribir hisobga olmaydi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
9 правил поиска в GOOGLE, о которых не знают 99% пользователей
Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash
Google qidiruviga “Открыть в полном размере” tugmasini qaytaramiz
Google'ga har daqiqa qancha so‘rov kelib tushadi?
“Ok, Google” nimalarga qodir?
OK Google imkoniyatlari
Google siz haqingizda nimalarni biladi?
Google'ga kim va qachon asos solgan?
Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi
“Gugol” soni
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
Kesh nima?
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
Telegram Desktop’da kanal yoki guruhning birinchi xabariga tezkor o‘tish
Dasturlarning muqobil variantlarini qanday izlash mumkin?
Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁1
Forwarded from Abituriyent Onlayn
⚡️Dasturlashga qiziquvchilar uchun bepul darslar:

Ulugbek Samigjonov
– 5 yildan ortiq tajribaga ega Full-Stack dasturchi. Hozirda AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi a'zosi. Stanford Code In Place va RSSchool maktabi mentori.

Javascript tili va u bilan bog'liq bo'lgan TypeScript, NodeJS, Angular va ReactJS texnologiyalari bo'yichi chuqur bilimga ega. Yuqoridagi tillarga qo'shimcha ravishda, Python (Django, Flask) va PHP (Yii2) tillarini ham mukammal egallagan.

Ulug'bekning Youtube kanalida HTML va CSS kurslari to'liq yuklangan va hozirda Bootstrap 5 bo'yicha to'liq kurs yuklanib borilyabdi. Tez kunlarda esa JavaScript darslari boshlanadi.

Videodarslarni ushbu sahifalardan topshingiz mumkin:
Telegram: @ulugbeksamigjonov
Youtube: https://youtube.com/ulugbeksamigjonov
Instagram: https://instagram.com/ulugbeksamigjonov
#maslahat #smartfon #android #iOS

🌿 Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar

01.
Puzzle Alarm Clock (Android)
02. Timetable (Android)
03. MyScript Calculator (Android, iOS)
04. Scanbot (Android, iOS)
05. Clockwork Tomato (Android)
06. ToDoist (Android, iOS)
07. Dict EN-RU (Android, iOS)
08. Nike+ Training Club (Android, iOS)
09. AppBlock (Android)
10. FBReader (Android)

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Talabalar uchun tavsiyalar
Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
Psixolog va talabalar
Ustoz...
Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?
Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik — XXI asr epidemiyasi
“Qo‘llarim yo‘q bo‘lgani bilan aqlim bor” — Doniyor tengdoshlariga motivatsiya bera oladi
Talaba va o'quvchilar uchun kompyuter tanlaymiz + narxlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #word #excel #powerpoint

🔄 Microsoft Office: 2007-yildan beri ilk marta qoida boʻyicha o‘rnatilgan shrift almashadi

Times New Roman
va Calibri shriftlari Microsoft Office foydalanuvchilariga juda yaxshi tanish. Birinchisi shunchalik eskiki, qachon chiqqanini ishlab chiqaruvchining oʻzi ham yaxshi eslolmasa kerak. Haqiqiy klassika... Ikkinchisi esa 2007-yilda chiqqan. Oʻshandan beri kompaniya qoida bo‘yicha sozlangan shriftni oʻzgartirmagandi.

Navbatdagi oʻzgartirish ham koʻp shoshilinch emas: 2022-yildan dasturlarda paydo boʻladi. Hozircha “Microsoft” keng koʻlamli ovoz berish oʻtkazyapti — foydalanuvchilar taklif etilgan beshta shriftdan bittasini tanlab berishlari lozim, eng koʻp ovoz toʻplagani Microsoft 365 yangi dasturlarida paydo boʻladi, deb yozmoqda SRSLY.

Beshta shrift kompaniyaning “Twitter”dagi sahifasida taqdim etilgan: Grandview, Seaford, Skeena, Bierstadt va Tenorite.

Dizaynerlar ularni imkon qadar oson oʻqiladigan koʻrinishga keltirish uchun ter toʻkishgan. Koʻring, ovoz bering, kelajakda balki foydasi tegib qolar.

📝 Manba: Xabar.uz

📌 P.S.: Yangi shriftlar haqida batafsilroq ma’lumot olish va o‘zbek segmentidagi foydalanuvchilar bergan ovozi bilan tanishib, ushbu jarayonda ishtirok etish uchun hamkor kanalimizdagi ushbu post bilan ham tanishib ko‘rishingiz mumkin.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Calibri shrifti soxta hujjatlarni aniqlashda yordam berdi
Shrift o‘lchami qanday o‘lchov birligida o‘rnatiladi?
Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin?
“Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi
Kompyuterda ishlashda deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan 8 xato
MS Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
Nostandart shriftni hujjatga biriktirish
Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari
Word'da Ikkitalik probellarni tezkor almashtirish
PowerPoint'da taqdimot hujjati tarkibidagi shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz!
MS Outlook dasturida shrift o‘lchamini sozlash
Qo‘llanilgan formatni saqlagan holda post chiqarish
Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
👍2
#ict_news #muvaffaqiyatli_insonlar

Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda Geyts 27 yillik turmushdan so‘ng ajralishlari haqida xabar berishdi.

Tadbirkor o‘z qarorining sababini oshkor etmadi, biroq “Bill va Melinda Geyts fondi”dagi ishlarini birgalikda davom ettirishlarini ta’kidlab o‘tdi.

📝 Manba: @tbite

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan
• Ilon Maskning biznes vakillari reytingida ikkinchi va birinchi o‘ringa ko’tarilgani haqidagi postlar
Tesla kompaniyasi logotipi haqida
Tesla o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqda!
Stiv Jobs haqida postlar
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Pavel Durov haqida postlar

👨🏻‍💻@itspecuz
Forwarded from IT specialist
#test #excel

15,7E+4 qiymati Excel’da qaysi sonni anglatadi?
Anonymous Quiz
51%
157000
27%
157,4
16%
0,00157
6%
19,7
#operatsion_tizim #internet #maslahat

Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash 😴🔧

Edge brauzerida nofaol varaqa (вкладка)lar qoida bo‘yicha 2 soatdan so‘ng kutish rejimiga o‘tadi, biroq dastur sozlamalarining ochiluvchi ro‘yxatida boshqa faolsizlik vaqtini — besh daqiqadan olti soatgacha belgilash imkoni mavjud. Ushbu parametrlar dastur sozlamalarining Система -> Сохранение ресурсов bo‘limida sozlanadi.

Funksiya shunisi bilan afzalki, varaqa (вкладка)lar tomonidan band etib turilgan protsessor va operativ (tezkor) xotira resurslarini bo‘shatadi, ushbu resurslar ayni damda dolzarbroq hisoblangan, amaldagi jarayonlar uchun safarbar etiladi.

Agar sizning ShK'da boshqa qayd yozuvlari ham bo‘lsa, unda siz varaqa (вкладка)larning umumiy uyqu rejimiga o‘tish vaqtini belgilab qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun Редактор реестра'ni ishga tushiring (klaviaturada Win + R klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida regedit buyrug‘ini kiritasiz va Enter klavishini yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosasiz) va ushbu yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:

Компьютер\HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Policies\Microsoft\Edge.

Agar Edge quyi bo‘limi mavjud bo‘lmasa, unda uni Microsoft papkasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan yangi quyi bo‘limni qo‘shish orqali yarating. So‘ngra SleepingTabsTimeout nomli DWORD (32-bit) parametrini yarating.

Ushbu parametrning qiymati sifatida kompyuterning barcha foydalanuvchilari uchun nofaol varaqa (вкладка)larning “gibernatsiya” rejimiga o‘tish vaqtini soniyalar tarzida, o‘nlik sanoq tizimidagi raqamlar ko‘rinishida kiriting.

📌 P.S.: Windows 10'ni muntazam yangilab borayotgan bo‘lsangiz, unda Google Chrome brauzerini alohida o‘rnatib o‘tirmasdan, tizim tarkibidagi MS Edge brauzeridan bemalol foydalansangiz bo‘ladi, ushbu brauzer Chromium bazasida ishlashi bois, Google Chrome'dan ishlash tezligi bo‘yicha unchalik qolishmaydi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
Kesh nima?
Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
Google Chrome haqida yana bir hazil post
Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasm_bilan_ishlash #mulohaza_uchun

Photoshop'dagi qatlamlar bilan ishlash jarayonini ushbu rasmning yuzaga kelish uchun ketgan mehnat bilan qiyoslash mumkin, rasm xoh sun'iy, xoh tabiiy ravishda yaratilmasin, ikkisi uchun ham iqtidor va tajriba talab etiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Yashirin davom (скрытое продолжение) nima o‘zi? 🤔

2020-yilning yozida kanallarini klikbeyt orqali rivojlantiruvchi adminlar uchun Telegram'da ajoyib yangilanish yuzaga keldi. Ushbu yangilanish 200 nafar obunachidan boshlanuvchi yopiq kanallarni 5 daqiqa davomida obuna bo‘lmay turib kuzatish imkonini berdi.

Arzon, ya’ni pullik reklamaga ko‘p mablag‘ sarflamay turib jalb etilgan obunachini saqlab qolish uchun yordamga yashirin davom (скрытое продолжение) xizmatini taqdim etuvchi botlar ham qo‘shildi.

Xo‘sh, buning ishlash tartibi qanday?

Bot orqali post yaratiladi va yashirin davom (скрытое продолжение) funksiyasi faollashtiriladi (ushbu ro‘yxatdagi so‘nggisidan tashqari qolgan yuqoridagi botlar bu funksiyani qo‘llab-quvvatlaydi).

Post nashr etilgan vaqtda, uning ostida tugma hosil bo‘ladi. Uning ustiga bosgan paytda, kanalga obuna bo‘lmaganlarga, postning davomi bilan tanisha olish uchun kanalga obuna bo‘lish talabi qo‘yiladi. Allaqachon obuna bo‘lganlar esa, mos ravishda yashirin ma’lumotni o‘qiy olishadi.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🔄 “Автозамена” (avtomatik almashtirish)ning foydali imkoniyatlari

Word'da bir nechta belgilar kombinatsiyasini bitta maxsus belgiga avtomatik almashtirish imkoniyati qoida bo‘yicha sozlangan. Ularga quyidagilar kiradi:

• Qalin strelka: <== yoki ==>

• Oddiy strelka: <— yoki —>

• Ikki tomonlama strelka: <=>

• Mahsulotlar va xizmatlar, copyright yoki yevro belgilari: (ТМ), (R), (C), (E)

• Emodzilar: :), ;), :|, :(

Yuqorida keltirilgan belgilarni o‘zgartirish yoki o‘z belgilarimizni qo‘shish uchun menyu satrida Файл → Параметры → Правописания → Параметры автозамены ketma-ketligi bo‘ylab o‘tamiz.

📌 P.S.: (ТМ), (R), (C), (E) belgilarini Параметры автозамены oynasida ko‘ra olish uchun, ushbu oynani ochishdan oldin klaviaturadan matn kiritish tilini inglizcha yoki ruschaga o‘lkazib turish (ALT + SHIFT yoki CTRL + SHIFT) tavsiya etiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from BB2 academy
📝 Uzoq kutilgan SMM-dizayn kursi uchun qabul boshlandi.

📌 Kursda nimalarni oʻgranasiz?
— Minimalistik, kreativ va qiziqarli rasm yasash;
— Brendlar bilan ishlash;
— Mahsulotni bezash va taqdim etish qoidalari;
— Ranglar va yozuv(shrift)lar bilan ishlash.

🤔 Kurs kimlar uchun moʻljallangan?
• Yuqori maoshli kasb istayotganlar
• Dizaynerlikka qadam qoʻyayotganlar
• SMM-mutaxassislari
• Biznes vakillari
• Frilanserlar
• Ijodiy ish bilan shugʻullanishni istaganlar

Afzalliklar:
— kurs 2,5 oyga moʻljallangan;
— darslarning asosiy qismi amaliyot bilan oʻtadi;
— Kursni tayyor portfolio bilan yakunlaysiz;
— Targeting va SMM sohasini bonus sifatida oʻrganasiz;
— Kursni aʼlo tamomlaganlarga ish taklif etiladi;

Shoshiling, guruhda joylar bor yoʻgʻi 15ta!

👉🏻 Adminga bog'lanish

📞 +998 99 150 50 40

📍 Manzil: Chilonzor 20-mavze, Katta Qa’ni koʻchasi, 37/1

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
#operatsion_tizim

📁 Bir nechta papkani bir urinishda yaratish imkoniyati haqida bilasizmi?

Yangi papkani yaratish uchun kimdir sichqonchaning o‘ng tugmasini bosadi va menyudan Создать - Папку bandlarini tanlaydi. Yana kimdir esa CTRL + SHIFT + N klavishlari birikmasidan foydalanadi. Hammasi yaxshikuya, biroq, masalan, 30 ta muayyan nomdagi papkani yaratish kerak bo‘lib qolsa, nima qilish kerak? 🤔

Buning uchun Командная строка bizga yordamga keladi. Papkalar yaratilishi lozim bo‘lgan manzilga o‘ting va Проводник oynasining manzil satriga cmd buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosing. Ushbu buyruq kerakli manzildagi konsol oynasini chaqiradi (cd papka_manzili buyrug‘iga o‘xshash).

So‘ngra md 1-papka 2-papka 3-papka buyrug‘ini ishga tushiring, bu yerda md ortidan yangi papkalarning barcha nomlari probel bilan ajratgan holda sanab o‘tiladi. Agar papka nomida probel mavjud bo‘lsa, u holda buyruqda uning nomini qo‘shtirnoqlar orasida ko‘rsating. Masalan, md 1-papka 2-papka "Yangi papka".

🎞 Postga biriktirilgan video ko‘rsatma orqali batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin 👇🏻

📌 P.S.: md (make directory)'ning o‘rniga mkdir'dan foydalanish ham mumkin, agarda yaratilgan papkalarning barchasini yana o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda buyruqni konsol oynasiga qayta joylashtirib, buyruqning boshidagi md (mkdir)'ni rd (rmdir, remove directory)ga o‘zgartirasiz va ENTER'ni bosasiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz
SHUTDOWN buyrug‘i
Windows brandmaueri yordamida kompyuterda saytga kirishni bloklash
Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
Kompyuterga o‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatini tezkor hosil qilish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija