IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim #security #software

Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.

3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.

4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.

❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.

📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
CyberShredder dasturi
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish 👁‍🗨

Agar sizda biror ma’lumotni berkitish zarurati yuzaga kelib, biroq yacheykalarni berkitish usulidan foydalanishni istamasangiz, u holda quyidagi qadamlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

— 1-qadam
Istalgan yacheykada CTRL + K klavishlari birikmasini bosing, ochilgan muloqot oynasining chap tomonidagi ustunda tartib bo‘yincha ikkinchi o‘rinda turgan Место в документе bo‘limiga o‘ting va joriy listning boshidan uzoqroqda joylashgan biror yacheyka manzilini kiriting (masalan, GV150).

— 2-qadam
Yuzaga kelgan havolaga nisbatan boshqa yacheykalarda bo‘lgani kabi formatlashni (rangini qoraytirish va ostki chiziqni olib tashlash) qo‘llang. Bu havola boshqa yacheykalar fonida ajralib turmasligi uchun muhimdir.

— 3-qadam
Yuzaga kelgan havola bo‘ylab o‘ting, berkitilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni kiriting hamda listning boshiga qaytish maqsadida CTRL + va CTRL + klavishlari birikmasini ketma-ket bosing.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
"Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish
Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin?
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #texnologiya

Nega filmlarni yashil fonda suratga olishadi? 🟢🤔

Yashil fonning qo‘llanilishi boisi, ko‘p holatlarda rekvizitda yashil rangning ishtirok etmasligi va bu orqali kompyuterga ijrochini kesib olishning qulayligidir.

Agar qahramon yashil kiyim kiygan taqdirda, ko‘k rangdagi fondan foydalanish mumkin – bu muhim emas. Fon uchun eng mashhur rang – aynan yashildir.

📌 P.S.: Google amakiga Chroma Key so‘rovini yuborib, bu haqda batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet #software

🌐 Dasturlarning eski versiyalari portali

Old Version saytida siz Windows, Mac OS X va Linux operatsion tizimlari uchun 700 ga yaqin dasturlar, drayverlar, o'yinlarning eski versiyalarini topasiz.

Dasturlar turli vaqtlarda chiqarilgan juda ko‘p sonli versiyalarga ega. Shu bois dasturning ma’lum bir versiyasini kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin.

Old Version eski dasturiy ta’minotlar portali 2001-yilda Rossiyalik Aleksandr Levin va Igor Dolgalevlar tomonidan tashkil etilgan. Sayt boshqa bir nechta tillar qatori, rus tilida ham ishlaydi.

Rus tiliga tarjima mashina elektron tarjimoni yordamida amalga oshirilgan, shu tufayli ba’zi joylarda tarjima mos tushmagan bo‘lishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar

Stiv Jobs'dan omadning 6 siri 💡

01. O‘zingiz chindan yaxshi ko‘rgan ish bilan shug‘ullaning.

02. Qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasangiz ham, ishni doim qo‘lingizdan kelganicha yaxshiroq bajarishga intiling.

03. Tahlil qilishni kanda qilmang.

04. Orzuingiz katta bo‘lsin, biroq eng kichigidan boshlang.

05. Barcha manbalardan fikr-mulohaza (feedback)lar olishga intiling.

06. Xato va muvaffaqiyatsizliklardan saboq oling.

ℹ️ Stiv Jobsning nomi keltirilgan ushbu postlarimiz bilan ham tanishing:
Nega muvaffaqiyat omadsizlikdan boshlanadi?
Farzandingiz nega axborot texnologiyalari mutaxassisi bo‘lishi kerak?
Har kuni kitob o‘qish uchun 9 sabab + sovg‘a!
Mashhur BRENDlarning ma’nolari
iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi?
Apple kompaniyasining tarixi qayerda boshlangan?
Stiv Jobs Apple muhandislari tomonidan unga taqdim etilgan dastlabki iPod'ni akvariumga uloqtirgan
Stiv Jobs va “Pixar” animatsion kompaniyasi
Stiv Jobsning o‘limidan oldin aytgan oxirgi so‘zlari...
Boshqa mashhur insonlar haqida o‘qib ko‘rish uchun havolalar qoldirilgan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegramda_kanal_yuritish

📢 Post chiqarish uchun servislar reytingi 📊

Quyida servislarning xususiyatlari keltirilgan, asosiy funksional barcha botlarda mavjud.

1️⃣. Fleep
Boshqa kanallarga avtorepost, chat orqali izohlarni yoqish/o‘chirish, yashirin davom (скрытое продолжение), javob tarzidagi postlar, postni qadab qo‘yish (Pin qilish), postni boshqa kanallarga nusxalab o‘tkazish, bo‘lishish (поделиться) tugmasi, kontent-reja, daromadlar/xarajatlar statistikasi, kreativlar ombori, avtoimzo, suvli belgi (водяной знак).

2️⃣. Telepost
Botdan tashqari, kimga qaysi biri qulay bo‘lishiga qarab, sayt orqali ham boshqarilishi mumkin bo‘lgan servis, sirli davom (скрытое продолжение) mavjud, kontent-reja, postni boshqa kanallarga nusxalab o‘tkazish.

3️⃣. Admaker
Sirli davom (скрытое продолжение), reklamadan kelayotgan daromadni kuzatish, kontent-reja, postni boshqa kanallarga nusxalab o‘tkazish.

4️⃣. Controller
Asosiy funksiyalari: keyinga qoldirilgan postlar, taymer bo‘yicha postni avtomatik o‘chirish, postlar ostidagi tugmalar, reaksiyalar, izohli/izohsiz postlar.

O‘z izohlari mavjud (Telegram'ga ichki o‘rnatilganlari emas), bu avvallari qulay funksiya edi, hozirda unchalik dolzarb emas.

🔧 Ushbu botni yaratish va undan foydalanish haqidagi ko‘rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Hujjatga matn yoki rasm sifatida Emoji'ni joylashtirish 👊

Buning uchun bizga maxsus Emoji Keyboard qo‘shimcha sozlama (надстройка)si kerak bo‘ladi. Uni o‘rnatish maqsadida menyu satridaning Вставка varaqa (вкладка)sida → Мои надстройки → Магазин Office ketma-ketligi bo‘ylab o‘tib, qidiruv satriga sozlamaning nomini kiritamiz va Добавить tugmasi ustiga bosamiz.

O‘rnatish jarayoni tugallanganidan so‘ng siz emodzi hujjatga qanday ko‘rinishda joylashtirilishini tanlash uchun menyuni ochishingiz mumkin: bunda emodzi rasm (o‘lchamini tanlash mumkin bo‘ladi) yoki matn ko‘rinishida joylashtirilishi mumkin.

Barcha emodzilar toifalari yoki teri rangi bo‘yicha saralanadi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Toshkent shahridagi Amity Universiteti 2021-2022 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabulini boshladi:

Xalqaro “Foundation” dasturi

Bakalavriat bosqichida:
— Axborot texnologiyalari
— Kompyuter injiniringi
— Iqtisodiyot
— Turizm sohasidagi boshqaruv
— Biznes boshqaruv

Magistratura bosqichida:
— Axborot texnologiyalari

Amity Global universiteti – dunyoning yetakchi universitetlari reytingi tashkilotlari bo‘lgan QS va THE tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda dunyodagi TOP-universitetlarning eng yaxshi 3 foiziga kirgan. Bundan tashqari, AQSh va Buyuk Britaniyaning mintaqaviy akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan universitet hisoblanadi.

Amity universitetining jami 17 ta, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika, Hindiston va boshqa qator davlatlarda kampuslari mavjud. Ularda jami 175000 dan ortiq talabalar tahsil olishi uchun 6000 dan ortiq o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib boradi.

Facebook | Instagram | Telegram | Youtube | Website
#telegram

To‘lovlar 2.0, rejalashtirilgan ovozli chatlar va yangi veb-versiyalar 🆕

Android, iOS va macOS uchun Telegram 7.7 versiyasiga, Telegram Desktop esa 2.7.2 versiyasiga yangilandi

To‘lovlar 2.0
• Mahsulotlar va xizmatlarni endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanallar va guruhlardan xarid qilish mumkin.
• Sotuvchilar 8 to‘lov tizimidan birini qo‘llashlari mumkin.
• Telegram xaridlardan komissiya olmaydo va Sizning bank kartangiz ma’lumotlaridan foydalana olmaydi.
• Yangi imkoniyatlardan @TestStore sinov kanalida foydalanib ko‘rish mumkin.

Rejalashtirilgan ovozli chatlar
• Endi kelgusi ovozli chat haqida oldindan xabar berish mumkin.
• Foydalanuvchilar vaqtning kamayib borish tartibini kuzatib turishlari va ovozli chatning boshlanishi haqidagi bildirishnomaga obuna bo‘lishlari mumkin.

Ovozli chat ishtirokchilari haqida ma’lumot
• Ovozli chat oynasida endi istalgan ishtirokchining fotosurati va ma’lumotlarini tezkor tarzda ko'rish mumkin.
• Shaxsiy rasm va ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovozli chatning o‘zida turib tahrirlash mumkin.

Yangi veb-versiyalar
• Animatsiyali stikerlar, tungi rejim, chatlar uchun papkalar va boshqa ko‘plab imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlovchi Telegram'ning brauzerlar uchun ikki yangi versiyalari ishga tushirildi: t.me/tginfo/2984.

APK'dan o‘rnatib olish
• Yangilanishlarni tezroq qabul qilib turish uchun Telegram'ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiy saytdan o‘rnatib olish mumkin: t.me/tginfo/2985

Mediani tomosha qilish uchun yaxshilanishlar
• Ikki barmoq orqali surgan holda chatdagi rasmlar va video yozuvlarni ochmay turib yaqinlashtirish mumkin.
• Barmoq bilan ekranning o‘ng yoki chap qismini bosib turish orqali videoni oldinga surish yoki orqaga qaytarish mumkin.
• Ikki marta bosish orqali videoni Androidda 10, iOS'da esa 15 soniyaga oldinga surish yoki orqaga qaytarish mumkin.

📄 Batafsil ma’lumot ushbu maqolada: telegram.org/blog/payments-2-0-scheduled-voice-chats/ru

Yangilanish iOS foydalanuvchilari uchun App Store orqali allaqachon mavjud, ammo Google “yuklamaning oshishi sababli ilovalar moderatsiyasi odatdagidan ko‘proq vaqt talab etayotganligini” xabar bermoqda. Quvonarlisi shundaki, Android foydalanuvchilar yangilanishning Google Play katalogida paydo bo‘lishini kutib o‘tirishlari shart emas.

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki ishonchli kanaldan APK.
iOS: App Store.
TD: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: App Store'dan yoki ishonchli kanaldan.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Qiziq, bolalikda “Senimi, shoshmay tur!” multfilmida bo‘rining o‘zini-o‘zi suratga olishi qandaydir g‘alati tuyulib, rosa kulardik, biroq kim o‘ylabdi deysiz... 🙄

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Amerika psixiatriya uyushmasi “selfi” haqida nima deydi?
Inglizlar selfi tayoqchasini qanday atashadi?
Algoritm selfini “selfisizlantirdi”
Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz
Android’da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #internet #e_government #interaktiv_xizmatlar

Elektron hukumatning “estoncha modeli”. O‘zbekiston va Estoniya hamkorligi yangi bosqichga o‘tdi 🤝

O‘zbekiston elektron hukumat sohasida Estoniya tajribasini o‘rganmoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, nega aynan Estoniya? Aholisi soni jihatidan Toshkent shahrinikidan uch baravar kamni tashkil etuvchi bu kichik mamlakat tajribasi biz uchun qanchalik namuna bo‘la oladi?

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Elektron hukumat qurishning “estoncha retsepti”
• “Ichishga suvi ham yo‘q davlat qanday boyidi?”: Singapurning raqamli iqtisodiyoti haqidagi maqolaning 1-qismi | 2-qismi
“Elektron hukumat” tushunchasi haqida
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — aholi uchun qulay onlayn xizmatlar majmuidir

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security

⤴️ Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish

Windows 10'da Windows'ning qoida bo‘yicha o‘rnatilgan sozlamalariga qaytaruvchi “Сбросить настройки ПК” opsiyasi mavjud. Bu Windows'ni qayta o‘rnatib o‘tirgandan ko‘ra tezroq va qulayroq kechuvchi jarayondir.

Kompyuteringizdagi Windows 10 sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
1️⃣. WIN + I klavishlari birikmasi yordamida “Настройки” oynasini ekranga chaqiring.
2️⃣. Ochilgan oynada “Обновление и безопасность” -> “Восстановление” bandlari bo‘ylab o‘ting.
3️⃣. “Перезагрузить этот компьютер” bo‘limida “Начать” tugmasi ustiga bosing.
4️⃣. Qayta tiklash (сброс)ning kerakli parametrlarini tanlang. (Fayllarni saqlash, qattiq diskni to‘liq tozalash va hokazo)

“Сбросить этот ПК” opsiyasi qulay, biroq qurilmangiz ishlab chiqaruvchisi zavodda ko‘plab istalmagan dasturiy ta’minotlarni o‘rnatgan bo‘lsa, qayta tiklash ushbu dasturlarni o‘chirmaydi.

📌 P.S.: Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
CyberShredder dasturi
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun

Farrosh bo‘lolmagan biznesmen 🧹📧🤔

Bir kishi “Microsoft” kompaniyasiga farrosh bo‘lib ishlash uchun kelibdi. Kadrlar bo‘limida u bir nechta testlardan, suhbatdan o‘tibdi va unga deyishibdi:

— Tabriklaymiz, sizni ishga qabul qilamiz. Bizga o‘z e-mail’ingizni qoldiring, ish jadvali haqida ma’lum qilamiz.

— Kechirasiz, mening kompyuterim yo‘q, – debdi boyagi kishi, – elektron pochtam ham yo‘q.

— Afsuski, u holda sizni ishga qabul qilolmaymiz. “Microsoft”ning barcha xodimlari bilan e-mail orqali aloqa qilamiz va ishimizning asosiy qismi kompyuterlar bilan bog‘liq. Shuning uchun, sizni ishga ololmaymiz.

Bechora kishi tashqariga yo‘l olibdi va kompyuter uchun qanday qilib pul topishni o‘ylay boshlabdi. Cho‘ntagida atigi 30 dollar puli bor ekan. Qarasa, nariroqda bir fermer bog‘idan terib kelgan olmalarini sotayotgan ekan. U 10 kilo olma sotib olibdi va gavjum ko‘chalardan biriga borib olma sota boshlabdi. Ikki soatda uning puli ikki barobar, olti soatdan keyin esa 10 barobarga ko‘payibdi. U “Microsoft”ga ishga kirmasdan ham yashash mumkinligini tushunibdi.

Bir qancha vaqtdan keyin erkak avtomobil sotib olibdi, avvaliga kichik do‘kon, keyinroq magazin ochibdi. Besh yildan keyin supermarketlar tarmog‘ini tashkil qilibdi. Shundan so‘ng u biznesini sug‘urta qildirmoqchi bo‘libdi, sug‘urta agenti esa undan elektron pochtasini qoldirishni so‘rabdi. Biznesmen xuddi bir necha yil oldingi singari unda e-mail ham, kompyuter ham yo‘qligini aytibdi.

– Qoyil! – debdi sug‘urta agenti, – kompyuteringiz yo‘q bo‘la turib shunday biznesga ega ekansiz! Agar komyuteringiz bo‘lganida kim bo‘lardingiz?!

Biznesmen unga jilmayib javob qaytaribdi:
– U holda “Microsoft”da farrosh bo‘lardim.

📌 P.S.: Bundan ikkita xulosa qilishimiz mumkin. Biri, qandaydir buyumlar muvaffaqiyatga sababchi bo‘lmaydi. Ikkinichisi, doimo birovlarning qo‘liga qarab qolmaydigan ishning payida bo‘lish darkor. Zero, ko‘pchilik odamlarda 3 yil ichida o‘z biznesini qurish uchun sabr yetishmaydi, ammo 40 yil ishga borish uchun ularning sabri yetadi!

📝 Manba: @nishondagi_gaplar_tegadi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#bilasizmi #apple #grafika #dizayn

Apple'ning dastlabki logotipi 🍏

Apple'ning eng dastlabki logotipida olim Isaak Nyuton va mevasi olimning boshiga qarab tushish uchun uzilay deb turgan olma daraxti tasvirlangan.

Ushbu emblema Apple I kompyuterining korpusiga tushirilmagan, faqat uning qo‘llanmasida keltirilgan.

Logotipning umumiy kompozitsiyasida detallar xaddan ziyod ko‘p bo‘lgani uchun, bir yil o‘tar-o‘tmas u bizga odatiy bo‘lgan cheti tishlangan olma ko‘rinishiga o‘zgartirilgan.

ℹ️ Tanishish, foydalanish va murojaat etish tavsiya etiladi:
Logo Maker Plus mobil ilovasi
Logotip va boshqa dizayn turlari bo‘yicha buyurtma berish uchun yaxshi dizayner va uning portfolio kanali

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚗 “Lego” konstruktor kompaniyasi tomonidan Domino elementlarini taxlash uchun maxsus mashina.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #bilasizmi #maslahat

⌚️ Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish

Siz bilmasligingiz mumkindir balki, ammo Telegram barcha kunlik vazifalar bo‘yicha maxsus menejer ilovalari o‘rnini bemalol bosishi mumkin. Masalan, nimanidir “Избранное” bulutli papkasiga yuborishdan tashqari, undan bararilishi lozim bo‘lgan vazifalarni eslatib turuvchi sifatida foydalanish, masalan, “Murodjonni shukrona kuni bilan tabriklash” deb 7-may, soat 10:30'ga taymerni sozlab qo‘yish mumkin. Juda qulay, to‘g‘rimi?

O‘QING: Telegram’ning “Saqlangan xabarlar” (Избранное) bo‘limidan foydalanishda e’tiborli bo‘ling.

📋 Eslatmaning yaratilish tartibi:

1️⃣. Telegram'ni ishga tushiramiz va undagi “Избранное” (Saved Messages) bo‘limiga o‘tamiz.
2️⃣. Eslatma uchun matnni kiritamiz va yuborish tugmasi ustiga bosib, biroz ushlab turamiz (Telegram Desktop'da yuborish tugmasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz).
3️⃣. “Задать напоминание” (Set a reminder)'ni tanlaymiz va xabar kelishi lozim bo‘lgan sana va vaqtni ko‘rsatamiz.
4️⃣. Telegram Desktop'da “Запланировать” (Schedule) / Android - iOS'da “Отправить” (Remind) tugmasi ustiga bosamiz va kutamiz.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security

⤴️ Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash

Agar kompyuteringiz avvalgiga nisbatan ancha sekin ishlashni boshlasa yoki uni sotish niyatida bo‘lsangiz, uni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qadar qayta tiklash sizga yordam berishi mumkin.

1️⃣. Buyruq satrini ishga tushiring. Buning uchun “Пуск(Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка(“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора(“Run as administrator”) menyu bandini tanlang.
2️⃣. Ochilgan qora fondagi oynaga systemreset --factoryreset buyrug‘ini kiriting.
3️⃣. Qayta tiklash rejimini tanlang.
4️⃣. So‘ngra drayverlarni o‘chirish/o‘chirmaslikni tanlang.
5️⃣. “Сбросить(“Reset”) tugmasiga bosing.

Ushbu harakatlardan so‘ng, operatsion tizim ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan holatga qaytariladi va siz tizimning dastlabki sozlamasi oynasiga yo‘naltirilasiz.

Siz shuningdek ushbu postda ko‘rsatilgani kabi ShK'ni tizim sozlamalari orqali ham qayta tiklashga urunib ko‘rishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач) orqali Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushirish
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
CyberShredder dasturi
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija