IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim

SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️

SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz.

1️⃣. shutdown /s – kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

2️⃣. shutdown /s /t 0 – kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish.

3️⃣. shutdown /h – kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish.

4️⃣. shutdown /l – joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash.

4️⃣. shutdown /r – kompyuterni qayta yuklash.

5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7 – COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash.

❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 🤔

Ko‘pgina yoshlar imtihonlar vaqtida stress va xavotirga beriluvchan bo‘lib qoladi. Ammo buning bir nechta amaliy harakatlar bilan oldini olish, umuman imtihonlar davomida xotirjamlikka erishish va natijada muvaffaqiyat qozonish mumkin.

Ec.еuropa.eu sayti bu borada tavsiyaviy maqola e’lon qildi. Quyida ushbu maqolani e’tiboringizga havola qilamiz.

1️⃣. Nimaga aloqadorligini tushuning

Imtihon avvalida, uning formatini tushunganingizga ishonch hosil qiling – masalan, u qanday mavzularni qamrab olgan.

Imtihon qancha davom etadi?

Savollarga qanday javob berish kerak?

Bu borada oldindan o‘qituvchilaringizdan maslahat so‘rang.

2️⃣. Oldindan rejalashtirish

O‘zingizga kerak bo‘lgan har qanday kitob yoki yozuvlarni qayta ko‘rib chiqish va ma’lum nusxalarini olish uchun o‘zingizga yetarlicha vaqt ajrating. Qayta ko‘rib chiqishingiz va uni qachon amalga oshirishni rejalashtiring.

3️⃣. Amaliyot mukammal qiladi

Repetitorlaringizdan oldingi imtihon ishlarini so‘rang va ularga javob berishni mashq qiling. Bu sizga katta amaliy tajriba bilan bir qatorda, imtihon texnikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

4️⃣. Faol o‘quvchi bo‘ling

Agar siz kitoblar yoki qayd sahifalaringizni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, undagi aksariyat ma’lumotlarni unutib qo‘yishingiz mumkin. Shuning uchun, o‘qiyotganingizda qisqa yozuvlar yozishga yoki asosiy fikrlarni ta’kidlashga harakat qiling. Bu sizga ma’lumotlarni uzoq vaqt eslab qolishga yordam beradi. Shu bilan birga, yaqin insonlaringizdan sizni sinovdan o‘tkazishini so‘rang yoki boshqalarga sinov sifatida mavzu bo‘yicha ma’ruza qilib bering.

5️⃣. Dam oling!

Agar siz juda ko‘p o‘qiyotgan bo‘lsangiz toliqishingiz turgan gap. Buning oldini olish uchun tanaffus qilish va hordiq chiqarishga vaqt ajrating. Vaqti-vaqti bilan uxlab olish samaralidir.

E’tibor bering, agar xotirjam bo‘lsangiz, aniqroq fikr qila olasiz. Shuningdek, yoga va meditasiya ham ajoyib dam olish texnikasi bo‘la oladi.

6️⃣. Sog‘lom bo‘ling

Ko‘p jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning va to‘yimli ovqat iste’mol qiling – bu sport formasida qolish va miya quvvatini oshirish uchun ajoyib usuldir. Har kuni 30 daqiqa piyoda yurish ham moʻjizalar yaratishga ilhom bag‘ishlashi mumkin.

7️⃣. O‘zingizga motivasiya bering

Ko‘p hollarda imtihon oldi, hatto xonangizni changyutgich bilan tozalash ham o‘qishdan ko‘ra hayajonli ko‘rinadi! Shu boisdan jarayonni yengillashtirish uchun har bir rejalashtirilgan ishlarni bajarganingizdan keyin o‘zingizga turli ko‘rinishlarda motivasiya bering.

8️⃣. Qiyinchiliklarni yengish uchun

Agar siz juda xavotirda bo‘lsangiz yoki imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishingizga to‘sqinlik qiladigan turli muammolarga duch kelsangiz (masalan, sog‘liq muammolari yoki oilaviy muammolar) o‘qituvchilaringiz bilan yoki talaba-do‘stlaringiz bilan suhbatlashing. Ular sizga yordam berishlari mumkin.

9️⃣. Imtihondan bir kun oldin...

Imtihondan bir kun oldin suzish, sayr qilish yoki yaqinlar va do‘stlar bilan ko‘rishish sizga kuch va xotirjamlik berishi aniq. Maroqli kundan keyin albatta tiniqib uxlaysiz. Bundan jismoniy toliqqan taqdiringizda ham unutmang, inson miyasi har doim katta narsalarga qodir.

🔟. Ijobiy munosabat

Umid qilamizki, mashaqqatli harakatlaringiz o‘z samarasini beradi va siz istagan imtihon natijalarini olasiz. Ammo bu o‘xshamay qolsa, umidingizni yo‘qotmang. O‘qituvchilaringiz bilan qayta maslahatlashing. Balki imtihonni qayta topshirishingiz yoki boshqa muqobil imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Unutmang, har qanday holatda ham hayotga ijobiy munosabat bilan siz to‘siqlarni ajoyib narsaning boshlanishiga aylantira olasiz.

📝 Xabar.uz uchun Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3🤩1
#operatsion_tizim #software

🎥🖥 Icecream Screen Recorder Pro - kompyuteringiz ekranidagi harakatlarni videoga olish, shuningdek butun oyna yoki tanlangan sohaning skrinshotini hosil qilishda sizga ko‘mak beruvchi dastur.

Dastur juda tushunarli va foydalanish uchun qulay bo‘lib, ekrandagi videoni ovozi bilan birga yozib olish uchun barcha zaruriy vositalar to‘plamiga ega.

O‘yinlar, video va ovozli so‘zlashuvlar, vebinarlar va boshqa ko‘plab tadbirlarni ekrandan yozib olish endi yanada qulay.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v6.26
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 Icecream Screen Recorder Pro v6.26 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Ekrandan videoni yozib olish uchun bepul ilovalar
Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?
AZ Screen Recorder mobil ilovasi
ADV Screen Recorder mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Matnni ustunlar yordamida ajratish 🔤

Matnni gazeta va jurnallardagi kabi bir nechta ustunlarga ajratish istagingiz bo‘lsa, u holda dasturdagi menyu satrining Макет yoki Word versiyasi eskiroq bo‘lsa, Разметка страницы varaqa (вкладка)sidagi Колонки funksiyasidan foydalaning.

Колонки menyu bandida sizga birato‘lasi bir nechta variantlar taklif etiladi, biroq agar ulardan birortasi sizga mos kelmasa — Другие колонки tugmasi ustiga bosing.

Ushbu bo‘limda siz ustunlar sonini, (xohishga ko‘ra) ajratgichni, va hujjatning qaysi qismiga nisbatan sozlamalar qo‘llanilishi lozimligini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Xitoy maqollari 🇨🇳💭

Boshqalarga ta’na qilgandek o‘zingga ta’na qil, o‘zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.

Muvaffaqiyatsizlik insonga ko‘p narsalarni o‘rgatadi.

Bir onlik g‘azabingni bossang, yuz kun xotirjam yashaysan.

Sulton — qayiq, xalq suv: xohlasa suzdiradi, istasa cho‘ktiradi.

O‘qib turib fikr qilmaslik — ahmoqlik, fikr qilib o‘qimaslik — fojia.

Insonning xohishlari osmondan yuqori: imperator bo‘lganidan keyin abadiy yashashni orzu qiladi.

Tog‘larga chiqmagan uzoqlarni ko‘rolmas.

Erkalatilgan bola tarbiyasiz bo‘ladi, erkalatilgan it — gapuqmas.

Kuniga bir siqim donni tejasang, o‘n yildan so‘ng ot olasan.

Ko‘zingni tezroq och, og‘zingni — sekin.

Odamni ursang — yuziga urma, so‘ksang — jismoniy nuqsonlaridan kulma.

Har qanday ishni uch marta o‘ylab boshlash kerak.

Odam bilan odam kabi, shaytonni ko‘rsa shaytonchasiga gaplashadi (ikkiyuzlamachi kishi haqida).

Agar belingda yuz ming tanga bo‘lsa, Yanchjouga laylakda uchib borasan.

Agar tog‘da yo‘lbars bo‘lmasa, it o‘zini qirol deb e’lon qiladi.

Eng baland minora ham yerdan boshlanadi.

To‘g‘ri so‘z quloqqa yoqmaydi, ammo to‘g‘ri ish qilishga yordam beradi.

Yo‘ldan adashsang, orqaga qaytish mumkin, tildan adashsang — yo‘l yo‘q.

Inson hayotining oxiri bor, ilmniki — yo‘q.

Har kuni bir tangadan jamg‘arsang, uch yilda ming tangali bo‘lasan.

Bolangga bir sandiq oltin qoldirgandan unga ta’lim bergan afzal.

Kitob o‘qishdan ortiq huzur yo‘q, bolalarga ta’lim berishdan afzal yumush yo‘q.

O‘rganish — oqimga qarshi suzish, bir daqiqa to‘xtasang orqaga oqizib ketadi.

📝 Manba: @liderlar1

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #hardware

🔋 Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)

Smartfonning har bir quvvatlanishi batareyaning asl sig‘imini pasaytiradi. Batareya hajmining qisqarib borishi — muqarrardir. Ammo uning holatini maxsus dasturlar orqali kuzatib boradigan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda batareyaning eskirishini sekinlashtira olasiz.

1️⃣. AccuBattery ilovasini yuklab olamiz. Endi u statistik ma’lumotlarni to‘playdi va batareyaning yemirilishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berib boradi.

2️⃣. Bir necha kun davomida telefon zaryadini 0%'ga tushirib, uni 100%'ga qadar quvvatlaymiz.
Несколько дней разряжаем телефон до 0% и заряжаем до 100%. Bu orqali biz akkumulyatorning asl sig‘imini aniqlaymiz.

3️⃣. Tayyor: “Ёмкость” bo‘limida batareyaning holati ko‘rinib turadi.

Bu nima beradi: AccuBattery sizga batareyaning holatini kuzatib borishga yordam beradi, batareyani (sig‘imini kamroq yo‘qotish uchun) qancha foizga qadar zaryadlash samarali ekanligini va smartfoningizni zaryadlash/zaryadsizlantirish uchun qancha vaqt talab etilishini aytib beradi.

📎 AccuBattery Pro v1.5.1.1 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🏘 3D printer yordamida 24 soat mobaynida chop etilgan uy.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

Dasturlarning muqobil variantlarini qanday izlash mumkin? 🤔

Agar sizda biron-bir dasturning boshqa muqobil variantini izlash zarurati yuzaga kelib qolsa, u holda ushbu xizmatdan foydalanib ko‘rishingiz mumkin.

🌐 alternativeto.net — turli xil dasturlarning analoglarini izlash uchun mo‘ljallangan sayt.

Saytga o‘ting. Qidiruv maydoniga dastur nomini kiriting. Keling, bu “Photoshop” bo‘laqolsin. Keyingi qadamda siz dastur alternativalari ro‘yxati va ularning afzalliklarini ko‘rasiz.

Masalan, “Gimp”, “Photoshop”dan farqli o‘laroq bepul va ochiq kodli dastur hisoblanadi.

Dastur nomi ostida, uninп qaysi operatsion tizimlar uchun o‘rnatilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni ko‘rasiz. Undan pastroqda esa foydalanuvchilarning “Gimp vs Photoshop” mavzusidagi qoldirgan izohlarini ko‘rishingiz mumkin.

Shunday qilib, ushbu dastur sizga mos kelish-kelmasligini aniqlashingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Eng zo‘r pulli dasturlarning bepul analoglari
Pullik dasturlarni bepuliga almashtiramiz
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
​​#mulohaza_uchun

Bir ayol 20 dinor pulini yo‘qotib qo‘yib, ko‘chaga quyidagicha e’lon ilib qo‘ydi:

“Men 20 dinor pulimni yo‘qotib qo‘ydim. Kim uni topib olsa, falon manzildagi falon xonadonga qaytarsin, chunki maoshim oz bo‘lgani uchun pulga juda muhtojman. Hozir yeyishga nonim ham yo‘q”.

Bir kishi “Men o‘sha pulni topib oldim” deb, hamyonidan 20 dinor pulni chiqarib, o‘sha xotin yashaydigan manzilga bordi.

Pulni olgan xotin yig‘lab yuborib, “O‘g‘lim, sen o‘sha pulni topib oldim deb kelgan o‘n ikkinchi kishisan”, dedi.

Pulni olib kelgan odam bir tabassum qildi-da, lift tomon yurdi.

Shu payt haligi xotin yig‘idan to‘xtab, shunday dedi: “Bolam! Sen borib o‘sha e’lonni yirtib tashla. Uni men yozmaganman, o‘zi yozishni bilmayman ham. Shuncha odamning menga qilgan g‘amxo‘rligidan hayotga yana umidim uyg‘ondi, dunyo ko‘zimga go‘zal ko‘rinib ketyapti”.

Azizlar, o‘zingiz ne’matga g‘arq bo‘lgan holda muhtojlarni tashlab qo‘ymang. Sadaqa ulashing, chunki kafanning cho‘ntagi yo‘q!

📝 Manba: @kayfiyatzur

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#operatsion_tizim #security #software

Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.

3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.

4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.

❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.

📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
CyberShredder dasturi
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish 👁‍🗨

Agar sizda biror ma’lumotni berkitish zarurati yuzaga kelib, biroq yacheykalarni berkitish usulidan foydalanishni istamasangiz, u holda quyidagi qadamlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

— 1-qadam
Istalgan yacheykada CTRL + K klavishlari birikmasini bosing, ochilgan muloqot oynasining chap tomonidagi ustunda tartib bo‘yincha ikkinchi o‘rinda turgan Место в документе bo‘limiga o‘ting va joriy listning boshidan uzoqroqda joylashgan biror yacheyka manzilini kiriting (masalan, GV150).

— 2-qadam
Yuzaga kelgan havolaga nisbatan boshqa yacheykalarda bo‘lgani kabi formatlashni (rangini qoraytirish va ostki chiziqni olib tashlash) qo‘llang. Bu havola boshqa yacheykalar fonida ajralib turmasligi uchun muhimdir.

— 3-qadam
Yuzaga kelgan havola bo‘ylab o‘ting, berkitilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni kiriting hamda listning boshiga qaytish maqsadida CTRL + va CTRL + klavishlari birikmasini ketma-ket bosing.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
"Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish
Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin?
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #texnologiya

Nega filmlarni yashil fonda suratga olishadi? 🟢🤔

Yashil fonning qo‘llanilishi boisi, ko‘p holatlarda rekvizitda yashil rangning ishtirok etmasligi va bu orqali kompyuterga ijrochini kesib olishning qulayligidir.

Agar qahramon yashil kiyim kiygan taqdirda, ko‘k rangdagi fondan foydalanish mumkin – bu muhim emas. Fon uchun eng mashhur rang – aynan yashildir.

📌 P.S.: Google amakiga Chroma Key so‘rovini yuborib, bu haqda batafsilroq ma’lumot olishingiz mumkin! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet #software

🌐 Dasturlarning eski versiyalari portali

Old Version saytida siz Windows, Mac OS X va Linux operatsion tizimlari uchun 700 ga yaqin dasturlar, drayverlar, o'yinlarning eski versiyalarini topasiz.

Dasturlar turli vaqtlarda chiqarilgan juda ko‘p sonli versiyalarga ega. Shu bois dasturning ma’lum bir versiyasini kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin.

Old Version eski dasturiy ta’minotlar portali 2001-yilda Rossiyalik Aleksandr Levin va Igor Dolgalevlar tomonidan tashkil etilgan. Sayt boshqa bir nechta tillar qatori, rus tilida ham ishlaydi.

Rus tiliga tarjima mashina elektron tarjimoni yordamida amalga oshirilgan, shu tufayli ba’zi joylarda tarjima mos tushmagan bo‘lishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar

Stiv Jobs'dan omadning 6 siri 💡

01. O‘zingiz chindan yaxshi ko‘rgan ish bilan shug‘ullaning.

02. Qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasangiz ham, ishni doim qo‘lingizdan kelganicha yaxshiroq bajarishga intiling.

03. Tahlil qilishni kanda qilmang.

04. Orzuingiz katta bo‘lsin, biroq eng kichigidan boshlang.

05. Barcha manbalardan fikr-mulohaza (feedback)lar olishga intiling.

06. Xato va muvaffaqiyatsizliklardan saboq oling.

ℹ️ Stiv Jobsning nomi keltirilgan ushbu postlarimiz bilan ham tanishing:
Nega muvaffaqiyat omadsizlikdan boshlanadi?
Farzandingiz nega axborot texnologiyalari mutaxassisi bo‘lishi kerak?
Har kuni kitob o‘qish uchun 9 sabab + sovg‘a!
Mashhur BRENDlarning ma’nolari
iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi?
Apple kompaniyasining tarixi qayerda boshlangan?
Stiv Jobs Apple muhandislari tomonidan unga taqdim etilgan dastlabki iPod'ni akvariumga uloqtirgan
Stiv Jobs va “Pixar” animatsion kompaniyasi
Stiv Jobsning o‘limidan oldin aytgan oxirgi so‘zlari...
Boshqa mashhur insonlar haqida o‘qib ko‘rish uchun havolalar qoldirilgan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegramda_kanal_yuritish

📢 Post chiqarish uchun servislar reytingi 📊

Quyida servislarning xususiyatlari keltirilgan, asosiy funksional barcha botlarda mavjud.

1️⃣. Fleep
Boshqa kanallarga avtorepost, chat orqali izohlarni yoqish/o‘chirish, yashirin davom (скрытое продолжение), javob tarzidagi postlar, postni qadab qo‘yish (Pin qilish), postni boshqa kanallarga nusxalab o‘tkazish, bo‘lishish (поделиться) tugmasi, kontent-reja, daromadlar/xarajatlar statistikasi, kreativlar ombori, avtoimzo, suvli belgi (водяной знак).

2️⃣. Telepost
Botdan tashqari, kimga qaysi biri qulay bo‘lishiga qarab, sayt orqali ham boshqarilishi mumkin bo‘lgan servis, sirli davom (скрытое продолжение) mavjud, kontent-reja, postni boshqa kanallarga nusxalab o‘tkazish.

3️⃣. Admaker
Sirli davom (скрытое продолжение), reklamadan kelayotgan daromadni kuzatish, kontent-reja, postni boshqa kanallarga nusxalab o‘tkazish.

4️⃣. Controller
Asosiy funksiyalari: keyinga qoldirilgan postlar, taymer bo‘yicha postni avtomatik o‘chirish, postlar ostidagi tugmalar, reaksiyalar, izohli/izohsiz postlar.

O‘z izohlari mavjud (Telegram'ga ichki o‘rnatilganlari emas), bu avvallari qulay funksiya edi, hozirda unchalik dolzarb emas.

🔧 Ushbu botni yaratish va undan foydalanish haqidagi ko‘rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Hujjatga matn yoki rasm sifatida Emoji'ni joylashtirish 👊

Buning uchun bizga maxsus Emoji Keyboard qo‘shimcha sozlama (надстройка)si kerak bo‘ladi. Uni o‘rnatish maqsadida menyu satridaning Вставка varaqa (вкладка)sida → Мои надстройки → Магазин Office ketma-ketligi bo‘ylab o‘tib, qidiruv satriga sozlamaning nomini kiritamiz va Добавить tugmasi ustiga bosamiz.

O‘rnatish jarayoni tugallanganidan so‘ng siz emodzi hujjatga qanday ko‘rinishda joylashtirilishini tanlash uchun menyuni ochishingiz mumkin: bunda emodzi rasm (o‘lchamini tanlash mumkin bo‘ladi) yoki matn ko‘rinishida joylashtirilishi mumkin.

Barcha emodzilar toifalari yoki teri rangi bo‘yicha saralanadi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Toshkent shahridagi Amity Universiteti 2021-2022 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabulini boshladi:

Xalqaro “Foundation” dasturi

Bakalavriat bosqichida:
— Axborot texnologiyalari
— Kompyuter injiniringi
— Iqtisodiyot
— Turizm sohasidagi boshqaruv
— Biznes boshqaruv

Magistratura bosqichida:
— Axborot texnologiyalari

Amity Global universiteti – dunyoning yetakchi universitetlari reytingi tashkilotlari bo‘lgan QS va THE tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda dunyodagi TOP-universitetlarning eng yaxshi 3 foiziga kirgan. Bundan tashqari, AQSh va Buyuk Britaniyaning mintaqaviy akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan universitet hisoblanadi.

Amity universitetining jami 17 ta, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika, Hindiston va boshqa qator davlatlarda kampuslari mavjud. Ularda jami 175000 dan ortiq talabalar tahsil olishi uchun 6000 dan ortiq o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib boradi.

Facebook | Instagram | Telegram | Youtube | Website