IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #bilasizmi

Tortishuv vaqtida miyamizning bir qismi o‘chiriladi 🧠

Fikrimizga qarshi taraf bilan bahslashgan paytimizda, miya yangi axborotni o‘zlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan zonani o‘chirib turadi.

Aynan shuning uchun tortishuv vaqtida qarama-qarshi qarashlarga ega bo‘lgan insonga o‘z fikrimizni uqtira olmaymiz. Tortishuv o‘tib bo‘lganidan keyingina biz harakatlarimizga baho berishimiz mumkin bo‘ladi.

📌 P.S.: “Jahl chiqqanda – aql ketadi” ifodasi bejizga aytilmaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

AQSH universitetida bepul taʼlim olishni xohlaysizmi? Unda bu post siz uchun! 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓

Oldin muammo haqida tushuntiradigan bo‘lsak, dunyoda 100,000,000 odam taʼlim olishga muhtoj, ayniqsa oliy taʼlimga. Kimlardir mablagʻ yoʻqligi sabab, kimlardir oʻqishga kira olmagani sabab, kimlardir yana boshqa qator sabablarga koʻra taʼlimsiz qoladilar.

University of the People aynan shunday insonlar uchun. Nomi oʻzi bilan, “Odamlarning Universiteti”, yaʼni bizning, sizning universitetingiz!

U yerda hamma narsa onlayn. Oʻqish 100% bepul. Harward, Colombia, Oxford kabi dunyoning yetakchi universitetlari professorlari volontyorlik qiladilar, yaʼni bepul dars beradilar. Elektron kitoblar bepul taqdim etiladi. Universitet talabalari esa “Harward Online Business School”da oʻqiy olish huquqiga ham ega boʻladilar.

Universitet AQSH tomonidan toʻliq akkreditatsiya qilingan! Yaʼni, AQSh'ga borib, oʻqib, diplom olgan odam bilan sizning diplomingiz bil xil maqomga ega boʻladi. Bemalol “men AQSh universitetida oʻqiganman”, deya olasiz.

Lof deysizmi? Adashasiz!

Hozirda universitetda Biznes boshqaruvi (Business Administration), IT (Computer Science), Tibbiyot (Healph Science) va Ta’lim (Education) yoʻnalishlari mavjud! Bakalavr ham, magistratura ham bor.

Oʻzbekiston aholisining 50% qismini 26 yoshdan yosh boʻlgan odamlar tashkil qilishini hisobga olsak, bizda ham taʼlimga ehtiyoj katta. Har yili millionga yaqin abituriyentlar oʻqishga kira olmay koʻz yosh toʻkadilar. Bu universitet ingliz tilini biluvchi oʻzbek yoshlari uchun ham ayni muddao boʻlishi aniq!

University of the People hali yosh, hali koʻpchilik bilmaydi u haqida. Shunday ekan bu maʼlumotni yaqinlaringizga ham yetkazing, ular ham bilishsin.

🌐 Universitetning rasmiy veb-sayti: https://www.uopeople.edu

📝 Manba: @ITStarsUz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #game

🕹 Crossy Road – mashhur pikselli o‘yin, unda tovuqcha va boshqa qahramonlarga xavfli to‘siqlardan o‘tishga yordam berishingiz kerak bo‘ladi. Android 5.0+. Ko‘plab miqdordagi pullar.

📎 Crossy Road v4.6.0 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Angry Birds mobil o‘yini
Subway Surfers mobil o‘yini
O‘yin haqida IT-hazil
Tap Tap Dash mobil o‘yini
Numpuz mobil o‘yini
Geometry Dash mobil o‘yini
Plants vs. Zombies mobil o‘yini
Bridge Constructor mobil o‘yini
PC Creator PRO mobil o‘yini
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish 🔎

Qoida bo‘yicha qidiruv indeksatori fayllarni foydalanuvchining Документы, Изображения, Музыка, Видео, Рабочий стол kabi lokal papkalarida indeksatsiya qiladi, shu bois indekslanmagan joylardagi fayllarning qidiruvi odatda ko‘proq vaqtni talab etadi.

Kengaytirilgan qidiruv lokal tarkib bilangina cheklanib qolmay, fayllarning indeksatsiyasini kompyuterga ulangan barcha disklar doirasida amalga oshiradi, bu esa o‘z navbatida qidiruv jarayonini tezlashtiradi.

Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish uchun WIN + I klavishlari birikmasi yordamida Параметры oynasini oching. Поиск -> Поиск в Windows bo‘limiga o‘ting. Найти мои файлы bo‘limida almashtirgichni Расширенный holatiga o‘rnating.

Shundan so‘ng, kompyuter disklaridagi fayllar miqdoridan kelib chiqqan holda qanchadir vaqtni oluvchi indeksatsiya jarayoni boshlanadi. Ushbu jarayon yakunlanganidan so‘ng qidiruv yordamida barcha fayllaringizni izlab topish deyarli darhol amalga oshiriladi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor #internet

— Mening Internetim limitsiz bo‘lishi bilan birga, boz ustiga mutlaqo tekin ham!
— Zo‘rku, qanday qilib?
— Bunga aslida dadam erishganlar. Internet ulanayotgan paytda, ular yuqori qavatlardagi qo‘shnilar bilan, Internet barcha uchun umumiy ulab berilayotgani uchun, to‘lov quyidagicha bo‘ladi: ular - juft oylarda, biz esa - toq oylarda to‘lashimiz borasida kelishuvga erishgan.
— Qiziq, sen mutlaqo tekin degandingku?!
— Eng qiziq tomoni shundaki, ular pastki qavatdagi qo‘shnilar bilan ham, ular - toq, biz esa - juft oylarda to‘lashimizni kelishib qo‘yibdilar.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
IT specialist
#maslahat 🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Xayrli kun, kanalimizning aziz muxlis va muxlisalari! Khan Academy Oʻzbek jamoasining ta’lim sohasida olib borayotgan mashaqqatli mehnatiga cheksiz hurmatimizni izhor etgan holda, sizning e’tiboringizga ular tomonidan yaratilgan videodarslarining…
#maslahat

Khan Academy O‘zbek (KAU)dan ajoyib yangilik!

Endilikda Xan akademiyasining bepul kurslariga bot orqali yoʻl topishingiz mumkin. Bu sizga kerakli kursni tezroq topishda ancha yordam beradi. Qolaversa, bot yordamida loyiha haqida boshqa maʼlumotlarni ham olishingiz mumkin.

Bot → @khanacademyloyihasibot

Hoziroq sinab koʻring. Botda biror kamchilikni sezib qolsangiz – @khanacademyuzbek_admin'ga murojaat qilishingiz mumkin.

Bot muallifi: @khayitmurodsafarov

📝 Manba: @khanacademyuzbek

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Ikki diapazon o‘rtasidagi farq va qaytarilishlarni solishtirish ↔️

Ba’zida, Excel bilan ishlash vaqtida ikki ro‘yxatni solishtirish va ulardagi mos keluvchi va farq qiluvchi elementlarni aniqlash zarurati yuzaga keladi. Buni amalga oshirishning eng tez va intuitiv tushunarli bo‘lgan usuli esa quyidagicha:

— 1-qadam
CTRL klavishini ushlab turgan holda solishtirilayotgan ustunlarni belgilaymiz.

— 2-qadam
Menyu satrida quyidagilar bo‘ylab o‘tamiz: Главная (Home)Условное форматирование (Conditional Formatting)Правила выделения ячеек (Highlight Cells Rules)Повторяющиеся значения (Duplicate Values...).

— 3-qadam
Ochiluvchi ro‘yxatdan Уникальные (Unique) variantini tanlaymiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware

PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish ⌨️📷

Windows 10 bilan birga keluvchi Фрагмент экрана (Snip & Scatch) vositasi ekranning to‘rtburchak va ixtiyoriy shakldagi sohalaridan skrinshot olish imkoniyatini taqdim etadi. Uni ishga tushirish uchun WIN + SHIFT + S klavishlari birikmasini bosish lozim. Butun ekran skrinshotini hosil qilish va uni almashinish buferiga olish uchun PRINT SCREEN (PrtScn) klavishini bosish lozim.

O‘QING: Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida

Tizim sozlamalarida Фрагмента экрана (Snip & Scatch)'ning ishga tushishini PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi orqali amalga oshadigan qilishimiz mumkin. Buning uchun Параметры (Settings) oynasini WIN + I klavishlari yordamida chaqiring va Специальные возможности - Клавиатура (Ease of Access - Keyboard) bo‘limiga o‘ting.

Сочетание клавиш: PRINT SCREEN (Print Screen shortcut) bandida Используйте кнопку PRINT SCREEN, чтобы запустить функцию создания фрагмента экрана (Use the PrtScn button to open screen snipping) parametrini faollashtiring. Tayyor!

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #it_humor

🐶: Ehhh, bu zamonaviy, innovatsion texnologiyalaringdan o‘rgildim... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Stikerlarni rejalashtirilgan vaqtda yuborish

Bundan ilgari biz kanalimizda oddiy hamda audio va video xabarlarning yuborilish vaqtini rejalashtirish yuzasidan ko‘rsatma berib o‘tgandik.

Telegram'da yuqoridagi holatlardan tashqari, stikerlar uchun ham buni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Buning uchun stikerlar katalogidan keraklisini tanlang, uni ustiga bosib, biroz ushlab turing va ochilgan menyudan “Запланировать” bandini tanlang.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Ushbu keltirilgan fikr to‘g‘rimi: Excel jadvalida faqat bir ustunga nisbatan filtr qo‘llab, ma’lumotlarni saralash mumkin.
Anonymous Quiz
59%
To‘g‘ri
41%
Noto‘g‘ri
👍1
#mulohaza_uchun #it_humor

Google Chrome:
“Meni o‘rnatganing uchun senga rahmat, Internet Explorer!” ☺️

Internet Explorer (foydalanuvchiga):
“Shu xolosmi… Senga faqat shuning o‘zi kerakmidim?” 🤨

Foydalanuvchi:
“Hada!” 🙃

Internet Explorer:
“Endi Chrome asosiy brauzerga aylanadmi?” 😖

Foydalanuvchi:
“Har doim shunday bo‘lib kelgan.” 😵🔫

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #surovnoma

🎯 Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobida keltirilgan ushbu mavzular bilan tanishing:

ICHIMIZDA NIMA BOR?
QACHON MUVAFFAQIYATGA ERISHAMIZ?
I BOB. MUVAFFAQIYAT VA BAXTIYORLIK TARKIBI
MUVAFFAQIYAT QOZONISH NIMANI ANGLATADI?
ULKAN MUVAFFAQIYAT – KATTA MUVAFFAQIYATSIZLIK MEVASI (1-qism)
ULKAN MUVAFFAQIYAT – KATTA MUVAFFAQIYATSIZLIK MEVASI (2-qism)
ULAR QANDAY G‘OLIB BO‘LDILAR (1-qism)
ULAR QANDAY G‘OLIB BO‘LDILAR (2-qism)
TAQDIRIMIZGA TA’SIR QILUVCHI BESH TAVSIYA
TO‘G‘RI QAROR – MUVAFFAQIYATNING YARMI (1-qism)
TO‘G‘RI QAROR – MUVAFFAQIYATNING YARMI (2-qism)
FE’L ATVOR – TAQDIR
IBRATLI HIKOYA: Inson fe’l-atvorining muvozanati
MUVAFFAQIYATSIZLIK – TAJRIBA UCHUN IMKONIYAT (1-qism)
MUVAFFAQIYATSIZLIK – TAJRIBA UCHUN IMKONIYAT (2-qism)
IJOBIYLIK – MUVAFFAQIYATNING YAGONA SIRI
G‘OLIBLARGA XOS MUHIM ODATLAR (1-qism)
G‘OLIBLARGA XOS MUHIM ODATLAR (2-qism)
BAXTIYORLIK VA MUVAFFAQIYAT SIRI
BAXTNI HIS QILISH AMALLARI (1-qism)
BAXTNI HIS QILISH AMALLARI (2-qism)
QANDAY QILIB BAXTLI YASHASH MUMKIN?
XULOSA
IBRATLI HIKOYA: Yaxshilik zanjiri
DONO FIKRLAR: Doktor Abdul Qalam fikrlari

📌 P.S.: Ushbu kitobda keltirilgan mavzular va ularning tarkibidagi matnlarni kanalga ulashishda davom etishimizga nima deysiz? Muallifning misralarini mutolaa qilib, mulohaza yuritgan holda ushbu so‘rovnomamizda faolroq ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
Kerakli narsalarni endi oson topamiz!

💻 Kompyuter Akademiyasi kanalidagi videodars yoki dasturlarni endi bot orqali osonlik bilan topishingiz mumkin.

🔄 Bot doimiy ravishda yangilab boriladi.
#mulohaza_uchun #internet #it_humor

Ona farzandini olib ketish uchun bolalar bog‘chasiga keladi. Qarasa, bolalar qum maydonchasida telefonga tikilib o‘tirishibdi, tarbiyachi (bog‘cha opa) esa skameykada uxlab yotibdi.
– Nega uxlayabsiz? Bolalaringiz biror yerga qochib ketishi mumkin-ku axir...
– Qayerga ham ketardi, axir bizda Wi-Fi faqat qum maydonchasi hududi doirasida ishlaydiku.

🌐 Internet haqida yana bir hazil post.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚲 Ushbu velosiped, undan foydalanilmayotgan paytda ortingizdan mustaqil ravishda harakat qilishi mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️

SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz.

1️⃣. shutdown /s – kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

2️⃣. shutdown /s /t 0 – kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish.

3️⃣. shutdown /h – kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish.

4️⃣. shutdown /l – joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash.

4️⃣. shutdown /r – kompyuterni qayta yuklash.

5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7 – COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash.

❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 🤔

Ko‘pgina yoshlar imtihonlar vaqtida stress va xavotirga beriluvchan bo‘lib qoladi. Ammo buning bir nechta amaliy harakatlar bilan oldini olish, umuman imtihonlar davomida xotirjamlikka erishish va natijada muvaffaqiyat qozonish mumkin.

Ec.еuropa.eu sayti bu borada tavsiyaviy maqola e’lon qildi. Quyida ushbu maqolani e’tiboringizga havola qilamiz.

1️⃣. Nimaga aloqadorligini tushuning

Imtihon avvalida, uning formatini tushunganingizga ishonch hosil qiling – masalan, u qanday mavzularni qamrab olgan.

Imtihon qancha davom etadi?

Savollarga qanday javob berish kerak?

Bu borada oldindan o‘qituvchilaringizdan maslahat so‘rang.

2️⃣. Oldindan rejalashtirish

O‘zingizga kerak bo‘lgan har qanday kitob yoki yozuvlarni qayta ko‘rib chiqish va ma’lum nusxalarini olish uchun o‘zingizga yetarlicha vaqt ajrating. Qayta ko‘rib chiqishingiz va uni qachon amalga oshirishni rejalashtiring.

3️⃣. Amaliyot mukammal qiladi

Repetitorlaringizdan oldingi imtihon ishlarini so‘rang va ularga javob berishni mashq qiling. Bu sizga katta amaliy tajriba bilan bir qatorda, imtihon texnikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

4️⃣. Faol o‘quvchi bo‘ling

Agar siz kitoblar yoki qayd sahifalaringizni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, undagi aksariyat ma’lumotlarni unutib qo‘yishingiz mumkin. Shuning uchun, o‘qiyotganingizda qisqa yozuvlar yozishga yoki asosiy fikrlarni ta’kidlashga harakat qiling. Bu sizga ma’lumotlarni uzoq vaqt eslab qolishga yordam beradi. Shu bilan birga, yaqin insonlaringizdan sizni sinovdan o‘tkazishini so‘rang yoki boshqalarga sinov sifatida mavzu bo‘yicha ma’ruza qilib bering.

5️⃣. Dam oling!

Agar siz juda ko‘p o‘qiyotgan bo‘lsangiz toliqishingiz turgan gap. Buning oldini olish uchun tanaffus qilish va hordiq chiqarishga vaqt ajrating. Vaqti-vaqti bilan uxlab olish samaralidir.

E’tibor bering, agar xotirjam bo‘lsangiz, aniqroq fikr qila olasiz. Shuningdek, yoga va meditasiya ham ajoyib dam olish texnikasi bo‘la oladi.

6️⃣. Sog‘lom bo‘ling

Ko‘p jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning va to‘yimli ovqat iste’mol qiling – bu sport formasida qolish va miya quvvatini oshirish uchun ajoyib usuldir. Har kuni 30 daqiqa piyoda yurish ham moʻjizalar yaratishga ilhom bag‘ishlashi mumkin.

7️⃣. O‘zingizga motivasiya bering

Ko‘p hollarda imtihon oldi, hatto xonangizni changyutgich bilan tozalash ham o‘qishdan ko‘ra hayajonli ko‘rinadi! Shu boisdan jarayonni yengillashtirish uchun har bir rejalashtirilgan ishlarni bajarganingizdan keyin o‘zingizga turli ko‘rinishlarda motivasiya bering.

8️⃣. Qiyinchiliklarni yengish uchun

Agar siz juda xavotirda bo‘lsangiz yoki imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishingizga to‘sqinlik qiladigan turli muammolarga duch kelsangiz (masalan, sog‘liq muammolari yoki oilaviy muammolar) o‘qituvchilaringiz bilan yoki talaba-do‘stlaringiz bilan suhbatlashing. Ular sizga yordam berishlari mumkin.

9️⃣. Imtihondan bir kun oldin...

Imtihondan bir kun oldin suzish, sayr qilish yoki yaqinlar va do‘stlar bilan ko‘rishish sizga kuch va xotirjamlik berishi aniq. Maroqli kundan keyin albatta tiniqib uxlaysiz. Bundan jismoniy toliqqan taqdiringizda ham unutmang, inson miyasi har doim katta narsalarga qodir.

🔟. Ijobiy munosabat

Umid qilamizki, mashaqqatli harakatlaringiz o‘z samarasini beradi va siz istagan imtihon natijalarini olasiz. Ammo bu o‘xshamay qolsa, umidingizni yo‘qotmang. O‘qituvchilaringiz bilan qayta maslahatlashing. Balki imtihonni qayta topshirishingiz yoki boshqa muqobil imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Unutmang, har qanday holatda ham hayotga ijobiy munosabat bilan siz to‘siqlarni ajoyib narsaning boshlanishiga aylantira olasiz.

📝 Xabar.uz uchun Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3🤩1
#operatsion_tizim #software

🎥🖥 Icecream Screen Recorder Pro - kompyuteringiz ekranidagi harakatlarni videoga olish, shuningdek butun oyna yoki tanlangan sohaning skrinshotini hosil qilishda sizga ko‘mak beruvchi dastur.

Dastur juda tushunarli va foydalanish uchun qulay bo‘lib, ekrandagi videoni ovozi bilan birga yozib olish uchun barcha zaruriy vositalar to‘plamiga ega.

O‘yinlar, video va ovozli so‘zlashuvlar, vebinarlar va boshqa ko‘plab tadbirlarni ekrandan yozib olish endi yanada qulay.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v6.26
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 Icecream Screen Recorder Pro v6.26 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Ekrandan videoni yozib olish uchun bepul ilovalar
Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?
AZ Screen Recorder mobil ilovasi
ADV Screen Recorder mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Matnni ustunlar yordamida ajratish 🔤

Matnni gazeta va jurnallardagi kabi bir nechta ustunlarga ajratish istagingiz bo‘lsa, u holda dasturdagi menyu satrining Макет yoki Word versiyasi eskiroq bo‘lsa, Разметка страницы varaqa (вкладка)sidagi Колонки funksiyasidan foydalaning.

Колонки menyu bandida sizga birato‘lasi bir nechta variantlar taklif etiladi, biroq agar ulardan birortasi sizga mos kelmasa — Другие колонки tugmasi ustiga bosing.

Ushbu bo‘limda siz ustunlar sonini, (xohishga ko‘ra) ajratgichni, va hujjatning qaysi qismiga nisbatan sozlamalar qo‘llanilishi lozimligini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Xitoy maqollari 🇨🇳💭

Boshqalarga ta’na qilgandek o‘zingga ta’na qil, o‘zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.

Muvaffaqiyatsizlik insonga ko‘p narsalarni o‘rgatadi.

Bir onlik g‘azabingni bossang, yuz kun xotirjam yashaysan.

Sulton — qayiq, xalq suv: xohlasa suzdiradi, istasa cho‘ktiradi.

O‘qib turib fikr qilmaslik — ahmoqlik, fikr qilib o‘qimaslik — fojia.

Insonning xohishlari osmondan yuqori: imperator bo‘lganidan keyin abadiy yashashni orzu qiladi.

Tog‘larga chiqmagan uzoqlarni ko‘rolmas.

Erkalatilgan bola tarbiyasiz bo‘ladi, erkalatilgan it — gapuqmas.

Kuniga bir siqim donni tejasang, o‘n yildan so‘ng ot olasan.

Ko‘zingni tezroq och, og‘zingni — sekin.

Odamni ursang — yuziga urma, so‘ksang — jismoniy nuqsonlaridan kulma.

Har qanday ishni uch marta o‘ylab boshlash kerak.

Odam bilan odam kabi, shaytonni ko‘rsa shaytonchasiga gaplashadi (ikkiyuzlamachi kishi haqida).

Agar belingda yuz ming tanga bo‘lsa, Yanchjouga laylakda uchib borasan.

Agar tog‘da yo‘lbars bo‘lmasa, it o‘zini qirol deb e’lon qiladi.

Eng baland minora ham yerdan boshlanadi.

To‘g‘ri so‘z quloqqa yoqmaydi, ammo to‘g‘ri ish qilishga yordam beradi.

Yo‘ldan adashsang, orqaga qaytish mumkin, tildan adashsang — yo‘l yo‘q.

Inson hayotining oxiri bor, ilmniki — yo‘q.

Har kuni bir tangadan jamg‘arsang, uch yilda ming tangali bo‘lasan.

Bolangga bir sandiq oltin qoldirgandan unga ta’lim bergan afzal.

Kitob o‘qishdan ortiq huzur yo‘q, bolalarga ta’lim berishdan afzal yumush yo‘q.

O‘rganish — oqimga qarshi suzish, bir daqiqa to‘xtasang orqaga oqizib ketadi.

📝 Manba: @liderlar1

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija