IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #dasturlash

Dasturchi uchun Time Management kerakmi? 🤔

Dasturchi uchun, umuman olganda har bir inson uchun Time Management muhim ya’ni o‘z vaqtingizni taqsimlash, boshqarish.

Har birimizda 24 soat vaqt bor va bu vaqtni har bir inson turlicha sarflashadi, kimdir o‘qish uchun, boshqa kimdir esa o‘yin uchun! Shunda ham vaqtim yo‘q, vaqtim yetmayapdi deb nolib qo‘yamiz.

❗️Avvalo ishlaringizni rejalashtiring va ularni birinchi bo‘lib o‘z yon daftar (bloknot)ingizga yozib chiqing. Ishlaringizni muhim va muhim bo‘lmagan toifalarga ajratib oling.

Sababi bloknotda ishlaringizni yozganingizda, u ishlaringizni xotirangizda qoladi va ularni bajarishga tezroq intilasiz.

Keyin esa bloknotingizga yozilgan rejalaringizni esa biron-bir dasturga yozib qo‘ying, masalan Trello, Notion. Men har doim Trello'dan foydalanaman.

🧰 Ishni boshlashingizdan avval Pomodoro dasturiga rejalaringizni kiritib, vaqtni 25 daqiqaga qo‘yasiz va vaqtni ishga tushurib ishingizni boshlaysiz. Pomodoro dasturida siz 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Bu borada pomofocus.io saytidan foydalanishni tavsiya beraman!

📌 P.S.:👆Yuqorida ko‘rsatib bergan usullarimdan foydalanib ko‘ring. Bu usuldan 1 haftadan beri foydalanib kelmoqdaman va natijalarim hozirda yaxshi.” – Javohir Hakimov, Frontend-dasturchi.

📝 Manba: @javohir_group

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

Cheksiz ovozli chatlar 🎧

Guruh va kanal adminlari jonli suhbat, podkast va boshqa shu kabi tadbirlarga atrofida cheksiz miqdordagi insonlarni bir joyga jamlashlari mumkin.

Maxsus taklif etish linklari foydalanuvchilarga tinglovchi yoki nuqt so‘zlovchi sifatida qo‘shilish imkonini beradi, tinglovchilar o‘z navbatida suhbatga qo‘shilish istagida ekanliklarini maxsus Qo‘l ko‘tarish tugmasi orqali bildirishlari mumkin.

Sizning bio-matningiz ro‘yxatda ko‘rinib turadi, undan biror ma’lumot qo‘shish yoki savol berish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Kanallardagi ovozli chatlar uchun siz o‘z shaxsiy akkauntingiz orqali yoki, qo‘shimcha maxfiylik uchun kanal ortidagi adminlardan biri sifatida qo‘shilishingiz mumkin.

❗️Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun foydalanayotgan ilovangizni yangilab olishni unutmang. 😉

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar ro‘yxati keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #game

🕹 Crash Bandicoot – ko‘pchilikka oldingi Sega va hozirda qo‘llaniluvchi Sony PlayStation o‘yin pristavkalari orqali ma’lum bo‘lishga ulgurgan, bosh rollarni Kresh va Koko ijro etuvchi dinamik, sarguzashlarga boy “runner” o‘yini. Android 5.0+. Barcha skinlar ochilgan.

📎 Crash Bandicoot v1.0.76 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Angry Birds mobil o‘yini
Subway Surfers mobil o‘yini
O‘yin haqida IT-hazil
Tap Tap Dash mobil o‘yini
Numpuz mobil o‘yini
Geometry Dash mobil o‘yini
Plants vs. Zombies mobil o‘yini
Bridge Constructor mobil o‘yini
PC Creator PRO mobil o‘yini
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

⌨️ “Выполнить” oynasi uchun 10 muhim buyruq

Oldingi joylashtirgan postlarimiz orqa balki obunachilarimizga balki tanish bo‘lishga ulgurgan Выполнить oynasi: WIN + R klavishlari birikmasi yordamida ekranga chaqiriladi, u Windows bilan birga keluvchi vositalar va alohida o‘rnatiluvchi dasturlarni tezkor ishga tushirish maqsadida qo‘llaniladi.

1️⃣. msconfig – ShK'ni xavfsiz rejimda ishga tushirish, yuklanish parametrlarini tahrirlash, Windows 7 uchun dasturlarning avtomatik ishga tushirilishi (Автозапуск).

2️⃣. resmon – ShK resurslarining yuklanishi monitoring qilish.

3️⃣. msinfo32 – kompyuterning umumiy konfiguratsiyasi haqida ma’lumot.

4️⃣. regedit – Windows reyestrini tahrirlash.

5️⃣. optionalfeatures – qo‘shimcha komponentlarni o‘rnatish.

6️⃣. charmap – belgi (simvol)lar jadvali.

7️⃣. devmgmt.msc – qurilmalar dispetcheri (ushbu vosita yordamida odatda qaysi qurilmaga drayver o‘rnatilgan yoki o‘rnatilmaganini sariq undovcha belgisining bor-yo‘qligiga qarab aniqlaymiz).

8️⃣. services.msc – barcha xizmat (servis)lar va ularning holari (faol/faol emasligini) ko‘rsatadi.

9️⃣. control – an’anaviy boshqaruv paneli (Панель управления).

🔟. mdsched – operativ xotira diagnostikasi.

Kanalimizda ilgari ushbu oynani qo‘llagan holda ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan, 3 qismdan iborat postlarni joylashtirgandik. Marhamat, ular bilan ham tanishib, amaliyotda foydalanib borishingiz mumkin:
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Yaponiya va MDH davlatlaridagi oddiy insonlarning innovatsiyalarga bo‘lgan o‘ziga xos yondashuvi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Ekranga “Hello World” yozuvini chiqarishni uddalashning o‘zi – dasturchi bo‘lishing uchun yetarli emasligini anglab yetganingda… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

Eng yaxshi fayl menejeri 🗃

💾 Total Commander – oddiy, lekin ko‘p funksiyali interfeysga ega bo‘lgan, sodda va qulay fayl menejeri. Fayllar bilash ishlashda odatda qo‘llaniladigan: nusxalash, ko‘chirib o‘tkazish, o‘chirish, qayta nomlash kabi amallardan tashqari, arxivlar bilan ishlash, FTP'ga ulanish, fayllar guruhi bilan ishlash, kengaytirilgan qidiruv hamda fayl va papkalarni guruhlash dastur tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Sozlanishi mumkin bo‘lgan ikki panelli interfeys: panellarning o‘lchamini o‘zgartirish, ularni fayllarning xususiyatlariga moslab sozlash, shuningdek turli xil dastur va tizim vositalariga tezkor murojaat etish uchun o‘z tugmalarimizni qo‘shish imkoniyatini beradi.

Total Commander funksionalligini plaginlar yordamida kengaytirish mumkin. Muayyan turdagi fayllarni ajratib olish (распаковка), fayllar tarkibini tomosha qilish, tashqi va tarmoq qurilmalari bilan ishlash va fayllar haqida turli ma’lumotlarni olish uchun plaginlar mavjud.

Dasturning Android uchun talqini ham bor bo‘lib, u kompyuter talqinining asosiy funksiyalarini o‘ziga jamlagan. Superfoydalanuvchi (superuser) kengaytmasi Android-qurilmalar bilan root-huquqlari ostida to‘laqonli ishlashni ta’minlaydi. Root-funksiyalar Total Commander'ga /system yoki /data kabi tizimli papkalarga yozuvlar kiritish imkonini beradi.

🌐 Dasturning rasmiy veb-sahifasi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Total Commander kompyuter dasturi
Total Commander dasturi bilan to‘liq tanishamiz! (video ko‘rsatma)
Total Commander'da faylni tezkor arxivlash
Total Commander'da diskka ma'lumot yozish
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli
Fayl yoki papkaning xususiyati (Свойства)ni ekranga tezkor chaqirish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
#TEZKOR #TARQATAMIZ #KIDS #VIDEO

💥O'zbekistonda bolajonlarimiz uchun siz va biz xohlagan, kutgan foydali loyihani taqdim etish vaqti keldi...

Raqamli dunyoda bolalar uchun foyda va xavf. O'zbekistonda ishga tushirilgan Kids video mobil ilovasi haqida

Dеyarli har bir ota-ona o‘ziga intеrnеt-sеrfing bolaga foyda kеltirishi, uning bilimlarini va muloqotchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishi, ammo bir vaqtning o‘zida unga zarar yеtkazmasligi uchun nima qilish kеrak dеgan savolni bеradi. Ota-ona yo‘qligida bola xavfli chеgaradan o‘tib kеtmadimikin dеgan xavotir barchaga tanish.

Ushbu xavotir va savollarga javob sifatida
ushbu maqolani to'liq o'qib chiqishni hamda barcha tanishlaringizga jo'natishingizni iltimos qilamiz.

Batafsil: https://telegra.ph/Raqamli-dunyoda-bolalar-uchun-foyda-va-xavf-04-08

👉 @informatika
#operatsion_tizim #software #android

📲🖥 Nox App Player – Windows operatsion tizimi boshqaruvi ostida, kompyuterda Android ilovalarni ishga tushirish uchun emulyator dasturi. Google Play'dagi barcha ilovalar qo‘llab-quvvatlanadi. Dastur tarkibida fayllarni qulay ayirboshlash uchun kompyuter fayl tizimlari bilan ishlay oluvchi maxsus to‘laqonli fayl tizimi mavjud. Root-huquqlarini olish imkoniyati bor.

Dasturning alohida afzalliklariga misol sifatida bir vaqtning o‘zida ilovaning bir nechta nusxalarini ishga tushirish imkoniyati, sozlanuvchan joylashuv (lokatsiya) va joystiklarning qo‘llab-quvvatlanishini keltirish mumkin.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v7.0.0.8
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 Nox App Player v7.0.0.8 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#excel #maslahat

Excel bilan 10 tezkor tryuk 🚀

Microsoft Excel’da murakkabligi bo‘yicha har xil masalalarning yechimi — tez, oddiy va asosiysi gifkalarda!

Ko‘pincha MS Excel’da boshlang‘ich foydalanuvchilar bizga jadvallar bilan ishlashni tezlashtirish, hayotni yengillashtiruvchi sirlar bilan bo‘lishish masalasida murojaat qilishadi. Bizda esa bunga javoban “Bir klikdagi sirlar” deb nomlash mumkin bo‘lgan, Excel uchun oddiy va tezkor yechimlar to‘plami yig‘ilib qolgan.

Keltirilgan 10 ta layfxaklarning barchasi Microsoft Excel’ning har qanday versiyasida ishlaydi. Harakatdagi rasmlarga nazar soling, o‘z kompyuterlaringizda ushbu harakatlarni takrorlab ko‘ring va elektron jadvallarning haqiqiy ustasiga aylaning!

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
#word

Word'da matn ostiga probelsiz chiziq tortish 🔤

MS Word'da matnni bezatishda biz uni formatlash imkoniyatlaridan foydalanamiz. Matn ostiga chiziq tortish uchun Шрифт panelida maxsus belgi ustiga yoki klaviaturada CTRL + U birikmasini bosish lozimligi ko‘pchilikka allaqachon ma’lum va mashhur.

Barchasi yaxshikuya, biroq ushbu standart usulda ostki chiziq jumladagi so‘zlar orasidagi probellar uchun ham qo‘llaniladi. Agar shunchaki probellarsiz, faqat so‘zlarning ostiga chiziq tortish lozim bo‘lsa, bu uchun boshqa usul qo‘l keladi.

Buning uchun kerakli matnni belgilang va CTRL + SHIFT + W klavishlari birikmasini bosing.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#maslahat #operatsion_tizim #internet

Windows’dagi Hosts fayli yordamida saytlarga kirishni bloklash 🌐🚫

Agar farzandlaringiz yoki sizning kompyuteringizdan foydalanib turgan tanish-bilish, do‘stlaringiz uchun saytlarga kirishni bloklab qo‘yishni istasangiz, buni Windows tarkibida keluvchi vositalar yordamida amalga oshirishingiz mumkin:

1️⃣. “Блокнот” dasturini administrator nomidan ishga tushiring.
2️⃣. Chapki yuqori burchakda “Файл”ga kiring va “Открыть”ni tanlang.
3️⃣. "C:\Windows\System32\drivers\etc" papkasini toping va oching.
4️⃣. O‘ng pastki burchakda "Все файлы (".")"ni tanlang.
5️⃣. "hosts" faylini oching.
6️⃣. # belgisi bilan keluvchi barcha yozuvlarning ostida yangi satrdan "127.0.0.1 sayt havolasi"ni kiriting.
7️⃣. Barcha o‘zgartirishlarni kiritib bo‘lganingizdan so‘ng faylni saqlang.

↪️ Barchasini o‘z holiga qaytarish uchun – bloknotda kiritgan satrlaringizni o‘chiring va faylni saqlang.

👨🏻‍💻@itspecuz
#telegram

Telegram ovozli chatlar uchun navbatdagi yangilanishni tayyorlamoqda 🗣

Navbatdagi yangilanishda ovozli chatni kelajak uchun rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Foydalanuvchilar ovozli chatning boshlanishi uchun vaqtning kamayib borish tartibini nazorat qilishlari, shuningdek suhbatning boshlanish vaqtini o‘tkazib yubormaslik uchun bildirishnomalarga obuna bo‘lishlari mumkin.

📝 Manba: @vamtlgrm

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #bilasizmi

Tortishuv vaqtida miyamizning bir qismi o‘chiriladi 🧠

Fikrimizga qarshi taraf bilan bahslashgan paytimizda, miya yangi axborotni o‘zlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan zonani o‘chirib turadi.

Aynan shuning uchun tortishuv vaqtida qarama-qarshi qarashlarga ega bo‘lgan insonga o‘z fikrimizni uqtira olmaymiz. Tortishuv o‘tib bo‘lganidan keyingina biz harakatlarimizga baho berishimiz mumkin bo‘ladi.

📌 P.S.: “Jahl chiqqanda – aql ketadi” ifodasi bejizga aytilmaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

AQSH universitetida bepul taʼlim olishni xohlaysizmi? Unda bu post siz uchun! 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓

Oldin muammo haqida tushuntiradigan bo‘lsak, dunyoda 100,000,000 odam taʼlim olishga muhtoj, ayniqsa oliy taʼlimga. Kimlardir mablagʻ yoʻqligi sabab, kimlardir oʻqishga kira olmagani sabab, kimlardir yana boshqa qator sabablarga koʻra taʼlimsiz qoladilar.

University of the People aynan shunday insonlar uchun. Nomi oʻzi bilan, “Odamlarning Universiteti”, yaʼni bizning, sizning universitetingiz!

U yerda hamma narsa onlayn. Oʻqish 100% bepul. Harward, Colombia, Oxford kabi dunyoning yetakchi universitetlari professorlari volontyorlik qiladilar, yaʼni bepul dars beradilar. Elektron kitoblar bepul taqdim etiladi. Universitet talabalari esa “Harward Online Business School”da oʻqiy olish huquqiga ham ega boʻladilar.

Universitet AQSH tomonidan toʻliq akkreditatsiya qilingan! Yaʼni, AQSh'ga borib, oʻqib, diplom olgan odam bilan sizning diplomingiz bil xil maqomga ega boʻladi. Bemalol “men AQSh universitetida oʻqiganman”, deya olasiz.

Lof deysizmi? Adashasiz!

Hozirda universitetda Biznes boshqaruvi (Business Administration), IT (Computer Science), Tibbiyot (Healph Science) va Ta’lim (Education) yoʻnalishlari mavjud! Bakalavr ham, magistratura ham bor.

Oʻzbekiston aholisining 50% qismini 26 yoshdan yosh boʻlgan odamlar tashkil qilishini hisobga olsak, bizda ham taʼlimga ehtiyoj katta. Har yili millionga yaqin abituriyentlar oʻqishga kira olmay koʻz yosh toʻkadilar. Bu universitet ingliz tilini biluvchi oʻzbek yoshlari uchun ham ayni muddao boʻlishi aniq!

University of the People hali yosh, hali koʻpchilik bilmaydi u haqida. Shunday ekan bu maʼlumotni yaqinlaringizga ham yetkazing, ular ham bilishsin.

🌐 Universitetning rasmiy veb-sayti: https://www.uopeople.edu

📝 Manba: @ITStarsUz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #game

🕹 Crossy Road – mashhur pikselli o‘yin, unda tovuqcha va boshqa qahramonlarga xavfli to‘siqlardan o‘tishga yordam berishingiz kerak bo‘ladi. Android 5.0+. Ko‘plab miqdordagi pullar.

📎 Crossy Road v4.6.0 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Angry Birds mobil o‘yini
Subway Surfers mobil o‘yini
O‘yin haqida IT-hazil
Tap Tap Dash mobil o‘yini
Numpuz mobil o‘yini
Geometry Dash mobil o‘yini
Plants vs. Zombies mobil o‘yini
Bridge Constructor mobil o‘yini
PC Creator PRO mobil o‘yini
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish 🔎

Qoida bo‘yicha qidiruv indeksatori fayllarni foydalanuvchining Документы, Изображения, Музыка, Видео, Рабочий стол kabi lokal papkalarida indeksatsiya qiladi, shu bois indekslanmagan joylardagi fayllarning qidiruvi odatda ko‘proq vaqtni talab etadi.

Kengaytirilgan qidiruv lokal tarkib bilangina cheklanib qolmay, fayllarning indeksatsiyasini kompyuterga ulangan barcha disklar doirasida amalga oshiradi, bu esa o‘z navbatida qidiruv jarayonini tezlashtiradi.

Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish uchun WIN + I klavishlari birikmasi yordamida Параметры oynasini oching. Поиск -> Поиск в Windows bo‘limiga o‘ting. Найти мои файлы bo‘limida almashtirgichni Расширенный holatiga o‘rnating.

Shundan so‘ng, kompyuter disklaridagi fayllar miqdoridan kelib chiqqan holda qanchadir vaqtni oluvchi indeksatsiya jarayoni boshlanadi. Ushbu jarayon yakunlanganidan so‘ng qidiruv yordamida barcha fayllaringizni izlab topish deyarli darhol amalga oshiriladi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor #internet

— Mening Internetim limitsiz bo‘lishi bilan birga, boz ustiga mutlaqo tekin ham!
— Zo‘rku, qanday qilib?
— Bunga aslida dadam erishganlar. Internet ulanayotgan paytda, ular yuqori qavatlardagi qo‘shnilar bilan, Internet barcha uchun umumiy ulab berilayotgani uchun, to‘lov quyidagicha bo‘ladi: ular - juft oylarda, biz esa - toq oylarda to‘lashimiz borasida kelishuvga erishgan.
— Qiziq, sen mutlaqo tekin degandingku?!
— Eng qiziq tomoni shundaki, ular pastki qavatdagi qo‘shnilar bilan ham, ular - toq, biz esa - juft oylarda to‘lashimizni kelishib qo‘yibdilar.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
IT specialist
#maslahat 🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Xayrli kun, kanalimizning aziz muxlis va muxlisalari! Khan Academy Oʻzbek jamoasining ta’lim sohasida olib borayotgan mashaqqatli mehnatiga cheksiz hurmatimizni izhor etgan holda, sizning e’tiboringizga ular tomonidan yaratilgan videodarslarining…
#maslahat

Khan Academy O‘zbek (KAU)dan ajoyib yangilik!

Endilikda Xan akademiyasining bepul kurslariga bot orqali yoʻl topishingiz mumkin. Bu sizga kerakli kursni tezroq topishda ancha yordam beradi. Qolaversa, bot yordamida loyiha haqida boshqa maʼlumotlarni ham olishingiz mumkin.

Bot → @khanacademyloyihasibot

Hoziroq sinab koʻring. Botda biror kamchilikni sezib qolsangiz – @khanacademyuzbek_admin'ga murojaat qilishingiz mumkin.

Bot muallifi: @khayitmurodsafarov

📝 Manba: @khanacademyuzbek

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Ikki diapazon o‘rtasidagi farq va qaytarilishlarni solishtirish ↔️

Ba’zida, Excel bilan ishlash vaqtida ikki ro‘yxatni solishtirish va ulardagi mos keluvchi va farq qiluvchi elementlarni aniqlash zarurati yuzaga keladi. Buni amalga oshirishning eng tez va intuitiv tushunarli bo‘lgan usuli esa quyidagicha:

— 1-qadam
CTRL klavishini ushlab turgan holda solishtirilayotgan ustunlarni belgilaymiz.

— 2-qadam
Menyu satrida quyidagilar bo‘ylab o‘tamiz: Главная (Home)Условное форматирование (Conditional Formatting)Правила выделения ячеек (Highlight Cells Rules)Повторяющиеся значения (Duplicate Values...).

— 3-qadam
Ochiluvchi ro‘yxatdan Уникальные (Unique) variantini tanlaymiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware

PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish ⌨️📷

Windows 10 bilan birga keluvchi Фрагмент экрана (Snip & Scatch) vositasi ekranning to‘rtburchak va ixtiyoriy shakldagi sohalaridan skrinshot olish imkoniyatini taqdim etadi. Uni ishga tushirish uchun WIN + SHIFT + S klavishlari birikmasini bosish lozim. Butun ekran skrinshotini hosil qilish va uni almashinish buferiga olish uchun PRINT SCREEN (PrtScn) klavishini bosish lozim.

O‘QING: Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida

Tizim sozlamalarida Фрагмента экрана (Snip & Scatch)'ning ishga tushishini PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi orqali amalga oshadigan qilishimiz mumkin. Buning uchun Параметры (Settings) oynasini WIN + I klavishlari yordamida chaqiring va Специальные возможности - Клавиатура (Ease of Access - Keyboard) bo‘limiga o‘ting.

Сочетание клавиш: PRINT SCREEN (Print Screen shortcut) bandida Используйте кнопку PRINT SCREEN, чтобы запустить функцию создания фрагмента экрана (Use the PrtScn button to open screen snipping) parametrini faollashtiring. Tayyor!

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija