IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#maslahat #dasturlash #python

⚡️Dasturlashni Python dasturlash tili orqali o‘rganishni istaganlar uchun mukammal bepul darslar!

👤 Muallif:
Anvar Narzullayev – 10 yildan ortiq tajribaga ega dasturchi. Malayziya USIM oliygohining Kompyuter texnologiyalari kafedrasida yetakchi mutaxassis. “Computer Science” va “Axborot texnologiyalari” fanlari o‘qituvchisi.

YouTube-kanalida dasturlash asoslari kurslari to‘liq yuklangan va tez kunlarda har bir dasturchi bilishi kerak bo‘lgan: Algoritmlar, ma'lumotlar tuzilmasi, Django darslari boshlanadi, Aprel oyining o‘rtalaridan Data Scienсe darslari, undan so‘ng mukammal Telegram bot yaratish kursi rejalashtirilgan.

Video darslarni ushbu sahifalardan topshingiz mumkin:
🌐 Veb-sayt: https://python.sariq.dev
📢 Telegram: https://t.me/sariqdev
🎞 Youtube: https://www.youtube.com/sariqdev

Reklama emas

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hardware #texnologiya

⌨️ Terilgan harflar bilan “otuvchi”, maxsus proyektor bilan birga keluvchi noodatiy geymerlar klaviaturasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Hujjatni himoyalashning ilg‘or usuli 🔐

Word hujjatini himoya qilishning yagona usuli — parol emasligini hamma ham bilmaydi. Siz istalgan matn fragmentini tahrirlashdan himoya qilishingiz mumkin.

Buning uchun menyu satridagi Файл varaqa (вкладка)si Сведения → Защитить документ → Ограничить редактирование ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting. So‘ngra — ikkinchi band qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va Да, включить защиту tugmasi ustiga bosing.

Sizga ushbu bloklanishni keyinchalik olib tashlashingiz uchun dastur tomonidan parol o‘rnatish taklifi bildiriladi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Ishchi stolining joriy holati skrinshotini xotiraga saqlab olib, undagi belgilarni berkitib, so‘ngra olingan skrinshotni fon sifatida o‘rnatib hazillashishganini ko‘rganmiz-u, lekin bunaqasini... 🙄

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#telegram #smartfon #android

Telegram Android'da havola (ссылка)larni messenjer bilan birga keluvchi, shuningdek smartfondagi qoida bo‘yicha o‘rnatilgan brauzer orqali ochish mumkin.

Ushbu opsiya sozlamasi “Настройки” -> “Настройки чатов” -> “Встроенный браузер” bandi orqali amalga oshiriladi.

Telegram iOS'da brauzerni qanday almashtirish haqida ushbu postimiz orqali ko‘rsatma bergandik.

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Quyida keltirilgan klavisha/klavishlar birikmasidan qaysi biri joriy listga diagramma qo‘shish uchun xizmat qiladi?
Anonymous Quiz
36%
ALT + F1
10%
F1
48%
ALT + F11
6%
F11
#test #excel

Quyida keltirilgan klavisha/klavishlar birikmasidan qaysi biri alohida bir listni to‘liq egallovchi diagrammani hosil qilish uchun xizmat qiladi?
Anonymous Quiz
24%
ALT + F1
15%
F11
55%
ALT + F11
6%
F1
#operatsion_tizim #internet #word

PDF-faylni Word'ga o‘girishning 15 ta bepul usuli 🧾➡️📄

Ko‘pincha internetdan olingan kitob, qo‘llanma yoki boshqa matnli hujjatlar PDF formatida bo‘ladi. Ularni o‘zimiz o‘rgangan Word-faylga o‘girish orqali keyinchalik matnlarini o‘zgartirish, ulardan nusxa olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Quyida shuning bepul usullarini bayon etamiz, ammo bir jihatiga e’tibor bering: mazkur jihozlar konverter hisoblanadi. Ya’ni, ular hujjatning formatini o‘zgartiradi, ammo rasm holidagi matnni tanib – “o‘qib” olishga qodir emas. Bu yerda keltirilayotgan usullarda o‘girib olingan Word-fayldagi matnni tahrirlash imkoni bo‘lishi uchun, dastlabki PDF-faylning o‘zida matn qatlami bo‘lishi lozim.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Hujjatlarni PDF dan Word ga o'tkazishning 3 ta sinalgan usuli!
Word va PDF hujjatlarni kitobcha shaklida chop etish
PDF hujjat yaratishning eng oson usuli
PDF'ni qirqishni eng sodda usuli (Chrome orqali)
PDF sahifalarni birlashtirish
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
#operatsion_tizim

Windows 10'da ovozli sxemani o'chirib qo'yish 🔇

Ovozli sxema Windows operatsion tizimi va unda ishlab turgan dasturlarda yuz beradigan turli jarayonlarga mos keluvchi signallarni ijro etish uchun xizmat qiladi.

Windows yaratuvchilari, tizimdagi ish jarayonlarini ovozli ifodalash uchun, imkon qadar yoqimli signallarni yaratishga harakat qilishgan.

Biroq insonlarning didi turfadir, agar taklif qilingan ovozli sxema sizga ilgaridan ma'qul bo'lmasa yoki undan shunchaki charchagan bo'lsangiz, uni butunlay o'chirib yoki boshqasiga o'zgartirib qo'yishingiz mumkin.

Vazifalar panelining o'ng burchagidagi soatdan chap tomonda joylashgan, fondagi ishlab turgan dasturlar orasidan dinamik belgisi ustiga sichqonchaning o'ng tugmasi bilan bosing va Звуки bandini tanlang.

Agar sukunatni xush ko'rsangiz, unda ochilgan muloqot oynasida ovozli sxema uchun ro'yxatdan Без звука bandini yoki didingizga mosroq tushuvchi boshqa ovozli sxemani tanlang,

💾 “Применить” -> “OK” tugmalarini bosish orqali kiritilgan o'zgartirishlarni saqlang.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#internet #ict_news

Tesla o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqda! 🌐

Tesla SocialX nomli ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqda. Unga dastlab Tesla'ning avtomobil va energiya mahsulotlari egalari qo‘shilishlari mumkin. Yozda esa ijtimoiy tarmoq barcha foydalanuvchilarga ulanish imkoniyatini taqdim etadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Tesla kompaniyasi logotipi haqida
Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan
• Ilon Maskning biznes vakillari reytingida ikkinchi va birinchi o‘ringa ko’tarilgani haqidagi postlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#internet #ict_news

Katta bir davr ortda qoldi! Rossiyaning Yandeks (Yandex) kompaniyasi 2008-yildan buyon birinchi marta o‘z logotipini o‘zgartirdi.

🎞 Shu bilan birga kompaniya “Всё начинается с Поиска(Barchasi Qidiruvdan boshlanadi) nomli rolikni ishlab chiqdi. Baho bering!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #bilasizmi

Telegram'da o'zini-o'zi o'chiruvchi fayllar qanday yuboriladi? 🗑

Telegram'ning ishonchli messenjer ekanligi vaqt o'tib o'zini isbotlab kelmoqda. Unda suhbatdoshga yuborilgan xabar(lar) ko'rilishi bilanoq o'chirilishi funksiyasi mavjud.

Bunday xabarni, ya'ni rasm yoki videoni yuborish uchun biror insonning shaxsiy muloqot oynasiga o'tishimiz lozim, bu Android va iOS'larda quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

🤖 Androidda:
1. "Skrepka 📎" belgisi ustiga bosiladi;
2. "Предварительный просмотр файла" opsiyasi faollashtiriladi;
3. Pastki menyudan "sekundomer" belgisi tanlanadi.
4. O'chirilish vaqti belgilanadi.

🍏 iOS'da:
1. "Предварительный просмотр"ga o'tiladi.
2. "Отправить" tugmasini bosib, ushlab turiladi.
3. Ochilgan menyuda "Задать таймер" tanlanadi.

Bunday xabar qabul qilinganidan so‘ng suhbatdosh bildirishnoma oladi. Xabar ochilganida, u kelib tushgan manzilda faylni tomosha qilish uchun belgilangan vaqt ishga tushib, kamayib borishni boshlaydi.

Agar suhbatdoshlardan biri maxfiy xabarning skrinshotini oladigan bo'lsa, ikkinchisida tegishli bildirishnoma ko'rsatiladi.

❗️Izoh: Ushbu funksiya Telegram ilovasining 4.2-versiyasidan boshlab ishlaydi.

📋
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

📄 PDF-XChange Pro – o‘zida PDF-XChange Viewer va PDF-Tools funksiyalarini mujassamlashtirgan, PDF formatidagi fayllar bilan ishlash uchun universal dastur.

Taqdim etilayotgan ushbu dasturda Sizda PDF-fayllarini yaratish uchun barcha vositalar jamlangan. PDF-hujjatning formatlanishi va ko‘rinishi asl nusxadagi hujjat bilan bir xil bo‘ladi.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v9.0.351.0
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 PDF-XChange Pro v9.0.351.0 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

“Iltimos kuting, sizning qo‘ng‘irog‘ingiz biz uchun muhim”, yoxud uydan turib ishlashning o‘ziga xos qiyinchiliklari... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash

Dasturchi uchun Time Management kerakmi? 🤔

Dasturchi uchun, umuman olganda har bir inson uchun Time Management muhim ya’ni o‘z vaqtingizni taqsimlash, boshqarish.

Har birimizda 24 soat vaqt bor va bu vaqtni har bir inson turlicha sarflashadi, kimdir o‘qish uchun, boshqa kimdir esa o‘yin uchun! Shunda ham vaqtim yo‘q, vaqtim yetmayapdi deb nolib qo‘yamiz.

❗️Avvalo ishlaringizni rejalashtiring va ularni birinchi bo‘lib o‘z yon daftar (bloknot)ingizga yozib chiqing. Ishlaringizni muhim va muhim bo‘lmagan toifalarga ajratib oling.

Sababi bloknotda ishlaringizni yozganingizda, u ishlaringizni xotirangizda qoladi va ularni bajarishga tezroq intilasiz.

Keyin esa bloknotingizga yozilgan rejalaringizni esa biron-bir dasturga yozib qo‘ying, masalan Trello, Notion. Men har doim Trello'dan foydalanaman.

🧰 Ishni boshlashingizdan avval Pomodoro dasturiga rejalaringizni kiritib, vaqtni 25 daqiqaga qo‘yasiz va vaqtni ishga tushurib ishingizni boshlaysiz. Pomodoro dasturida siz 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Bu borada pomofocus.io saytidan foydalanishni tavsiya beraman!

📌 P.S.:👆Yuqorida ko‘rsatib bergan usullarimdan foydalanib ko‘ring. Bu usuldan 1 haftadan beri foydalanib kelmoqdaman va natijalarim hozirda yaxshi.” – Javohir Hakimov, Frontend-dasturchi.

📝 Manba: @javohir_group

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

Cheksiz ovozli chatlar 🎧

Guruh va kanal adminlari jonli suhbat, podkast va boshqa shu kabi tadbirlarga atrofida cheksiz miqdordagi insonlarni bir joyga jamlashlari mumkin.

Maxsus taklif etish linklari foydalanuvchilarga tinglovchi yoki nuqt so‘zlovchi sifatida qo‘shilish imkonini beradi, tinglovchilar o‘z navbatida suhbatga qo‘shilish istagida ekanliklarini maxsus Qo‘l ko‘tarish tugmasi orqali bildirishlari mumkin.

Sizning bio-matningiz ro‘yxatda ko‘rinib turadi, undan biror ma’lumot qo‘shish yoki savol berish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Kanallardagi ovozli chatlar uchun siz o‘z shaxsiy akkauntingiz orqali yoki, qo‘shimcha maxfiylik uchun kanal ortidagi adminlardan biri sifatida qo‘shilishingiz mumkin.

❗️Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun foydalanayotgan ilovangizni yangilab olishni unutmang. 😉

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar ro‘yxati keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #game

🕹 Crash Bandicoot – ko‘pchilikka oldingi Sega va hozirda qo‘llaniluvchi Sony PlayStation o‘yin pristavkalari orqali ma’lum bo‘lishga ulgurgan, bosh rollarni Kresh va Koko ijro etuvchi dinamik, sarguzashlarga boy “runner” o‘yini. Android 5.0+. Barcha skinlar ochilgan.

📎 Crash Bandicoot v1.0.76 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Angry Birds mobil o‘yini
Subway Surfers mobil o‘yini
O‘yin haqida IT-hazil
Tap Tap Dash mobil o‘yini
Numpuz mobil o‘yini
Geometry Dash mobil o‘yini
Plants vs. Zombies mobil o‘yini
Bridge Constructor mobil o‘yini
PC Creator PRO mobil o‘yini
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

⌨️ “Выполнить” oynasi uchun 10 muhim buyruq

Oldingi joylashtirgan postlarimiz orqa balki obunachilarimizga balki tanish bo‘lishga ulgurgan Выполнить oynasi: WIN + R klavishlari birikmasi yordamida ekranga chaqiriladi, u Windows bilan birga keluvchi vositalar va alohida o‘rnatiluvchi dasturlarni tezkor ishga tushirish maqsadida qo‘llaniladi.

1️⃣. msconfig – ShK'ni xavfsiz rejimda ishga tushirish, yuklanish parametrlarini tahrirlash, Windows 7 uchun dasturlarning avtomatik ishga tushirilishi (Автозапуск).

2️⃣. resmon – ShK resurslarining yuklanishi monitoring qilish.

3️⃣. msinfo32 – kompyuterning umumiy konfiguratsiyasi haqida ma’lumot.

4️⃣. regedit – Windows reyestrini tahrirlash.

5️⃣. optionalfeatures – qo‘shimcha komponentlarni o‘rnatish.

6️⃣. charmap – belgi (simvol)lar jadvali.

7️⃣. devmgmt.msc – qurilmalar dispetcheri (ushbu vosita yordamida odatda qaysi qurilmaga drayver o‘rnatilgan yoki o‘rnatilmaganini sariq undovcha belgisining bor-yo‘qligiga qarab aniqlaymiz).

8️⃣. services.msc – barcha xizmat (servis)lar va ularning holari (faol/faol emasligini) ko‘rsatadi.

9️⃣. control – an’anaviy boshqaruv paneli (Панель управления).

🔟. mdsched – operativ xotira diagnostikasi.

Kanalimizda ilgari ushbu oynani qo‘llagan holda ishga tushirilishi mumkin bo‘lgan, 3 qismdan iborat postlarni joylashtirgandik. Marhamat, ular bilan ham tanishib, amaliyotda foydalanib borishingiz mumkin:
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Yaponiya va MDH davlatlaridagi oddiy insonlarning innovatsiyalarga bo‘lgan o‘ziga xos yondashuvi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Ekranga “Hello World” yozuvini chiqarishni uddalashning o‘zi – dasturchi bo‘lishing uchun yetarli emasligini anglab yetganingda… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija