IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#maslahat

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Xayrli kun, kanalimizning aziz muxlis va muxlisalari!

Khan Academy Oʻzbek
jamoasining ta’lim sohasida olib borayotgan mashaqqatli mehnatiga cheksiz hurmatimizni izhor etgan holda, sizning e’tiboringizga ular tomonidan yaratilgan videodarslarining bizning sohamizda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan Telegram-kanallari ro‘yxatini taqdim etmoqchimiz!

MATEMATIKA:
Boshlangʻich matematika@kau_boshlangich_matematika
Arifmetika@kau_arifmetika
Geometriya asoslari@kau_geometriya_asoslari
Boshlangʻich algebra@kau_boshlangich_algebra
Algebra 1@kau_algebra1
Geometriya@kau_geometriya
Algebra 2@kau_algebra2
Trigonometriya@kau_trigonometriya
Matematik analiz asoslari@kau_matanaliz_asoslari
Differensial tenglamalar@kau_differensial_tenglamalar
Chiziqli algebra@kau_chiziqli_algebra

ANIQ VA TABIIY FANLAR:
Fizika@kau_fizika

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI:
Dasturlash@kau_dasturlash
Informatika@kau_informatika

Sohamizga oid bo‘lmagan (balki qaysidir ma’noda oid bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan) kanallarni esa @kau_kurslar kanaliga o‘tgan holda ko‘rishingiz, obuna bo‘lib kuzatib borishingiz mumkin.

Aziz do‘stlar, ushbu imkoniyatlarning barchasi yurtimiz yoshlariga o‘quv dargohlarida olayotgan bilimlariga qo‘shimcha ravishda, jahon standartlariga mos qo‘shimcha bilim bo‘lishi uchun taqdim etilmoqda, Khan Academy Oʻzbek jamoasining faoliyati yurishishi uchun qanchadan-qancha ko‘ngillilar yordam qo‘lini cho‘zmoqda.

Shunday ekan, sizlardan ham ushbu resurslar mavjudligini yaqinlaringizga yetkazishni, ushbu postni imkon qadar sifatli ta’limning qadriga yetuvchi insonlarga yetib borishida qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz! 🤝

Khan Academy Oʻzbek jamoasiga yana bir bor cheksiz hurmatimizni izhor etgan holda, jamoaga qo‘shilish imkoniyati bo‘lsa, bundan faqat va faqat xursand bo‘lishimizni bildirib qolamiz! 🤲

👨🏻‍💻@itspecuz

Reklama emas
#telegram

Mualliflik huquqi bilan himoyalangan filmlar, qo‘shiqlar, multfilmlar, kitoblar va boshqa kontentlarni ulashuvchi kanallarni rasmda ko‘rsatilgan holat kutmoqda.

Telegram o‘z tarkibiga o‘g‘irlangan kontentni olgan deyarli barcha postlarni, hattoki ular reklama tarkibida berilayotgan bo‘lsa ham, avtomatik ravishda o‘chiradi.

Siz ham bundan ogoh bo‘ling va shunga ko‘ra ish tuting.

📝 Manba: @raskruti

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #texnologiya

Mohir fotosuratchilar jamoasi aslida Photoshop uchun deyarli ish qoldirmaydi, ushbu harakatlar va effektlarning yakuniy rasmda aks etayotgan natijasi shunchaki tahsinga loyiq! 👏🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet #software

📱💻 Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi

Shunday saytlar borki, ulardan faqat kompyuter uchun mo‘ljallangan brauzerlarda to‘laqonli foydalanish mumkin, yana shundaylari ham mavjudki, saytning maxsus funksiyalari unga faqat mobil brauzer orqali murojaat etilsagina namoyon bo‘ladi.

Kompyuterda ishlash vaqtida sizda u yoki bu saytning mobil telefon yoki planshet ekranida qanday aks etishini, ushbu qurilmalarga murojaat etmagan holda sinab ko‘rish istagi paydo bo‘ldi deylik. Ushbu maqolamiz orqali buni qanday qilib Chrome, Mozilla, Opera va Microsoft Edge brauzerlarida amalga oshirish mumkinligi borasida to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #internet

Tabiat qo‘yniga dugonasi bilan chiqqan qiz gulzorda chiroyli rasmga tushgisi kelib qoladi:

— “Meni shunday rasmga olginki, gulzor ichiga qarab yugurib ketayotgan bo‘lishim, sochlarim esa ortimdan xilpirab turishi kerak.

Natijada esa... 👇🎞

Virtual fanatizm nima? 🤔

Sizda hech savol yuzaga kelganmi, nega siz doim ijtimoiy tarmoqlarga kirib, u yerda muntazam ravishda postlar yoki o‘z rasmlaringizni qoldirasiz? Aslida esa barchasi juda oddiy — sizda, sizga e’tibor berishlari uchun bo‘lgan ishtiyoq kuchli.

Odatda ijtimoiy tarmoqdan faol foydalanuvchi bunday insonlarga real hayotda jonli suhbat, boshqa insonlar tomonidan elementar qo‘llab-quvvatlash yetishmaydi. Ko‘pincha ularning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi ham past bo‘ladi.

Ammo virtual reallik — bu umuman o‘zga olam, u yerda emotsional xarakterning namoyon etilishi juda past, suhbatni ham jonli suhbat bilan solishtirib bo‘lmaydi.

Doim yangi rasmni profildagi sahifaga yuklashga bo‘lgan ishtiyoq, bu borada mutaxassisga murojaat etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu oldi olinishi lozim bo‘lgan jiddiy qaramlikdir!

ℹ️
Internet rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Insonlarda filmlar orqali xakerlar borasida hosil bo‘lgan tasavvur va asl dasturchilar o‘rtasidagi farq... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #bilasizmi

Keyinga qoldirish odati (Prokrastinatsiya)

Ushbu tushuncha muhim va shoshilinch ishlarni doimiy ravishda keyinga qoldirishni, foydali vazifalarni arzimas, ammo yoqimlilari bilan almashtirishni anglatadi.

Prokrastinatsiyani mahsuldorlikning asosiy dushmani deb hisoblashadi, chunki u dedlayn muddatlarining buzilishi va vazifalarni samarasiz bajarilishiga olib keladi.

Masalan, siz o‘zingiz uchun besh daqiqalik tanaffus e’lon qilib, ijtimoiy tarmoqlardan xabar olishga qaror qildingiz va oxir-oqibat soatingizga qarab, allaqachon bir soat vaqt o‘tganini angladingiz.

Ushbu vaqt ichida siz o‘nlab postlarga layklar bosdingiz, lekin ishingiz uchun muhim bo‘lgan biznes-rejani tuzmadingiz. Ya’ni, 60 daqiqa mutlaqo mazmunsiz o‘tgan bo‘ladi...

ℹ️ Qo‘shimcha o‘qish tavsiya etiladi:
Prokrastinatsiyani 5 daqiqada yengish usuli

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#telegram

Agar siz xabarni qayta yuborish (пересылка) uchun adashib boshqa chatni tanlab qo‘ygan bo‘lsangiz, yuborishdan oldin o‘ng chetdagi belgisi ustiga bosing. Siz bu orqali nafaqat qayta yuborish (пересылка)ni bekor qilishingiz, balki boshqa chatni ham tanlashingiz mumkin.

Agar qayta yuborilayotgan xabar rasm va ostidagi matn ko‘rinishidagi post bo‘lsa, yozuvi ko‘rinmaydigan qilib, post muallifini ham yuqorida ko‘rinmaydigan qilib uchinchi tomonga yuborishingiz mumkin.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

Dasturiy ta’minotni o‘rnatishda ortiqcha qushcha belgilarini avtomatik “olib tashlagich” 🛡💿

Agar siz shaxsiy kompyuterlarda dasturiy ta’minotlarni ko‘p o‘rnatsangiz yoki yangilasangiz, unda sizga asosiy dasturdan tashqari, o‘zi bilan birga kompyuteringizga, masalan, Amigo brauzerini zimdan "olib kelmoqchi" bo‘lgan o‘rnatgichlar ma’lum bo‘lsa kerak.

Unchecky — buning oldini olish uchun mo‘ljallangan dastur. Uni o‘rnating va ortiqcha checkbox'lar doim faolsizlantirilgan holatda bo‘ladi.

Unchecky oynasini ochish uchun, pastki o‘ng burchakda soat yonida joylashgan fondagi dasturlar orasidan uning belgisi ustiga bosing.

Ushbu oynada qaysi o‘rnatgichlarda qaysi qushcha belgilari olib tashlanganligini ko‘rish, istisnolar qo‘shish, bildirishnomalarni o‘chirish va hokazolarni amalga oshirish mumkin.

Postga biriktirilgan videoda uning “µTorrent” mijozi va boshqa dasturlarning o‘rnatilishi misolida qanday ishlashi ko‘rsatib o‘tilgan.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#operatsion_tizim

Windows 10'da muvofiqlik rejimi (Режим совместимости) 🖥

Windows'dagi muvofiqlik rejimi operatsion tizimning oldingi versiyalarida ishlagan dasturlarni ishga tushirish imkonini beradi. Agar eski dastur Windows 10'da ishlashdan bosh tortsa, unda tizim bilan birga keluvchi muvofiqlik rejimidan foydalanib, muammoni hal qilishga urinib ko‘rish mumkin.

Buning uchun dasturni ishga tushiruvchi fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Свойства menyu bandini tanlang. Ochilgan muloqot oynasida Совместимость varaqa (вкладка)siga o‘ting.

Запустить программу в режиме совместимости bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va ochiluvchi ro‘yxatdan operatsion tizimning kerakli versiyasini tanlang. Shu bilan birga Выполнять эту программу от имени администратора bandi qarshisiga ham qushcha belgisini o‘rnatish mumkin. Применить -> OK tugmalari bosilib, kiritilgan o‘zgartirishlar saqlanadi.

⚠️ Shuni yodda tutingki, ayrim sabablarga ko‘ra muvofiqlik rejimi qo‘llanilgan ba’zi dasturlar shunda ham to‘g‘ri ishlamasligi mumkin. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bu usul ko‘p holatlarda eski dasturlarni ishga tushirishda ko‘mak beradi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Omadli insonning 7 siri 🤫

1. Ozodlik siriboshqalar siz haqingizda qanday fikrda ekanidan xavotir olmaslik;
2. Reallik sirihar qanday fikrni albatta moddiylashtirish/amalga oshirish mumkinligini bilish;
3. Go‘zallik sirio‘z tanasini boricha qabul qilish va sevish;
4. Do‘stlik sirio‘zi va o‘zgalarni ayblamaslik va tanqid qilmaslik;
5. Muhabbat sirimuhabbatni hadya etish va o‘z suyuklilarini o‘zgartirishga urinmaslik;
6. Boylik siri avval biror nimani berish/taqdim etish va keyingina olishga intilish;
7. Baxt sirikamroq o‘ylash, ko‘proq sevish va xursandchilik ulashish.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Animatsiya stikerlari tanlovining birinchi bosqichi ishtirokchilari taqdim etgan ishlar contest.com veb-saytiga joylashtirildi.

Stikerlarni tomosha qilib, ma’qul kelganlariga ovoz berish mumkin. Yodda tuting, foydalanuvchilar tomonidan qo‘yilgan baholar tanlov natijalariga ta’sir qilmaydi.

📋 Tanlovlar kanali.

📝 Manba: @vamtlgrm

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟 | 11 | 12 | 13 | 14

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Rasmda ko‘rsatib o‘tilgan Фильтр vositasi bosh menyuning qaysi varaqa (вкладка)sida joylashgan? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
⬆️⬇️ (bundan oldingi postdagi rasm va savolga ahamiyat bering)
Anonymous Quiz
26%
Главная
25%
Вставка
28%
Данные
10%
Формулы
10%
Вид
#maslahat #bepul_kurslar #bilasizmi

Kimnidir xabari bordir, kimningdir esa yo‘q. Telegram, YouTube yoki boshqa saytlarni kezib, kompyuter va IT'ni o‘rganaman deb vaqtini sarflayotganlar uchun, yaqin ukamiz tomonidan muntazam ravishda bepul darslar bilan to‘ldirilib boruvchi @BepulDarslarBot haqida eslatib qo‘ymoqchimiz.

Uzoqning donidan yaqinning somoni yaxshi deganlaridek, bu loyiha ham 80 mingdan ortiq qiziquvchilarga bepul kompyuter va IT sohasiga doir video darslarini ulashib kelmoqda. Bazasida esa 2000 dan ziyod video darslar joylangan, Siz izlagan darslar birgina tugma ostida!

📌 P.S.
: Ajoyib-a? Yaxshisi botga kiringda, o‘zingizni qiziqtirgan darsni hoziroq bepul o‘rganishni boshlang, do‘stlarni ham jalb etib, ular bilan birga o‘rganish yanada maroqli! 😉

Manzil bu yerda: 👉 @BepulDarslarBot

Reklama emas
#operatsion_tizim #software

🗑 IObit Uninstaller Pro – keraksiz dasturlar va ularga tegishli bo‘lgan fayl va papkalarni muammosiz o‘chirishga yordam beruvchi qulay vositadir.

U qurilmaga o‘rnatilgan barcha dasturlarni aniqlab, toifalarga ajratadi, shuningdek, sichqonchaning bitta kliki evaziga dasturlarning paketli o‘chirish imkoniyatini taqdim etadi.

“Мощное сканирование” va “Принудительное удаление” kabi foydali funksiyalar bilan dasturlar yoki uskunalar panelidagi qoldiqlar (fayllar, papkalar, reyestr yozuvlari) Sizni ortiq bezovta qilmaydi.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v10.3.0.13
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 IObit Uninstaller Pro v10.3.0.13 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #maslahat

Prokrastinatsiyani 5 daqiqada yengish usuli 💪

Ushbu qoida, vazifaga hattoki umuman kirishish istagi bo‘lmagan taqdirda ham yordam beradi.

Bu qanday qoida? 🤔

Hammamizda ham biror ishga hech kirisha olmaslik holatlari yuzaga kelib turadi. Instagram rahbari Kevin Sistrom (Kevin Systrom) ham bunday muammoga duch kelgan. Bunday vaziyatlar uchun u 5 daqiqa qoidasini o‘ylab topgan.

Agar bajarilishi lozim bo’lgan biror ishga kirishish uchun qo’lingiz hech bormay turgan bo’lsa, o‘zingizga bu bilan faqatgina besh daqiqa shug‘ullanaman, deb va’da bering. Katta ehtimol bilan, ushbu besh daqiqadan so‘ng siz barchasini oxirigacha yetkazib qo‘yasiz.

ℹ️ Qo‘shimcha o‘qish tavsiya etiladi:
Keyinga qoldirish odati (Prokrastinatsiya)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#telegram #smartfon #iOS

Telegram iOS'da siz tashqi manbalarga o‘tish havolalarini ochish uchun xizmat qiluvchi muayyan bir brauzerni tanlashingiz mumkin.

Buning uchun “Настройки” -> “Данные и Хранилище” -> “Другое” ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va qoida bo‘yicha qo‘llanilishi lozim bo‘lgan brauzerni tanlang.

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #dasturlash #python

⚡️Dasturlashni Python dasturlash tili orqali o‘rganishni istaganlar uchun mukammal bepul darslar!

👤 Muallif:
Anvar Narzullayev – 10 yildan ortiq tajribaga ega dasturchi. Malayziya USIM oliygohining Kompyuter texnologiyalari kafedrasida yetakchi mutaxassis. “Computer Science” va “Axborot texnologiyalari” fanlari o‘qituvchisi.

YouTube-kanalida dasturlash asoslari kurslari to‘liq yuklangan va tez kunlarda har bir dasturchi bilishi kerak bo‘lgan: Algoritmlar, ma'lumotlar tuzilmasi, Django darslari boshlanadi, Aprel oyining o‘rtalaridan Data Scienсe darslari, undan so‘ng mukammal Telegram bot yaratish kursi rejalashtirilgan.

Video darslarni ushbu sahifalardan topshingiz mumkin:
🌐 Veb-sayt: https://python.sariq.dev
📢 Telegram: https://t.me/sariqdev
🎞 Youtube: https://www.youtube.com/sariqdev

Reklama emas

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hardware #texnologiya

⌨️ Terilgan harflar bilan “otuvchi”, maxsus proyektor bilan birga keluvchi noodatiy geymerlar klaviaturasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija