IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #smartfon #hardware #IT_humor

Bunday quvvatlagich bilan 7G belgisi chiqib qolsa ham ajabmas... 🙄

📌 P.S.: Qimmatbaho gadjetingizni tajriba quyoniga aylantirib yurmang tag‘in! 😉

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#telegram #android #iOS #software

Ovozli chatlar 2.0: kanallar, millionlab tinglovchilar, audiochatlarni yozish va administratorlar uchun vositalar 🆕
⁠⁠
Android, iOS va macOS uchun Telegram 7.6-versiyasiga, Telegram Desktop esa 2.7-versiyasiga qadar yangilandi

Bir vaqtning o‘zida millionlab tinglovchilar
• Guruh va kanallarda cheklanmagan miqdordagi audiochatlar ishtirokchilari.

Audiochatni yozib olish
• Suhbatdan keyinchalik foydalanish maqsadida audiochatni yozib olish imkoniyati.
• Yozib olish vaqtida profil nomi yonida qizil nuqta ko‘rinishidagi indikator paydo bo‘ladi.

Ishtirokchilarning yaxshilangan ro‘yxati
• Audiochat ishtirokchilari ro‘yxatining o‘zida foydalanuvchilar profillari tavsifi.
• Administratorlarga so‘zga chiqish istagida ekanligingizni bildirish uchun qo‘l ko‘tarish imkoniyati.

Tashkilotchilar uchun vositalar
• Tinglovchilar va nutq so‘zlovchilar uchun audiochatga maxsus taklif etish havolalari.
• Muhokama mavzusini belgilash uchun audiochat nomlanishini o‘zgartirish imkoniyati.
• O‘z shaxsiy qayd yozuvini sir tutish maqsadida audiochatga kanal sifatida ulanish imkoniyati.

Svayp uchun bajariluvchi amallarni sozlash (faqat Android uchun)
• Chatlar ro‘yxatida suhbatni chapga svayp qilishda bajariluvchi amalni tanlash imkoniyati: Qotirib qo‘yish (Закрепить), o‘qilgan sifatida belgilash (Пометить как прочитанное), arxivlash (Архивировать), Ovozni o‘chirish (Отключить звук) yoki O‘chirib tashlash (Удалить).

📃 Batafsil ushbu ma’lumot maqolada: telegram.org/blog/voice-chats-on-steroids/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki ishonchli kanaldan APK.
iOS: App Store.
TD: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: App Store'dan yoki ishonchli kanaldan.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

🤔 Hozirgi kunda kafeda stol oldida o‘tirgan biror kimsa smartfonsiz, noutbuksiz, shunchaki kofe ichib o‘tirgan bo‘lsa, g‘alati insondek qabul qilinsa kerak-a, nima deysiz shunga?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📐 AutoCAD — DWG-fayllarini ochish uchun ilova. Istalgan vaqtda va makonda mobil qurilmalarda AutoCAD chizmalarini ko‘rish, yaratish va tahrirlash imkonini taqdim etadi. Android 5.0+. Premium-versiya.

📎
AutoCAD Premium v5.4.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
GnaCAD mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Assalomu alaykum,

Sizni bugungi yangilanish, yasharish bayrami bo‘lmish Navro‘z ayyomi bilan chin dildan muborakbod etamiz! Shu munosabat bilan Sizga oilaviy baxt, omad, sog‘lik, hotirjamlik va shodlik tilaymiz!

Dilingizdagi barcha ezgu niyatlar ijobat bo‘lishiga tilakdoshmiz. Yurtimiz doim tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Barcha go‘zal va dilbar opa-singillarimizni, onajonu-buvijonlarimizni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom ila,
© “IT specialist” kanali ma’muriyati
#telegram

🆕 Telegram Desktop muqobil 2.7.1 versiyasiga yangilandi

Kiritilgan yangiliklar:
— Kanal administratorlari uchun ovozli chatlarni boshqarish huquqlari sozlamalari to‘g‘rilandi;
— Audiochat ishtirokchilari ro‘yxatida Ishonchli kanallar aks ettirilishi to‘g‘rilandi;
— Ovozli chatlarda kanallarni o‘chirish va bloklash huquqi.

📥 Yuklab olish: rasmiy saytdan, GitHub'dan yoki kanalimizning fayllar bo‘limidan.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
KA Test 1 (@kompyuter_akademiyasi).exe
1.3 MB
KA Test 1
#test

ℹ️ Kompyuter savodxonligini tekshirish uchun tuzilgan test. Agar siz kanalimizga a'zo bo'lib, doimiy tarzda kanalimizni kuzatib borgan bo'lsangiz testlarni osonlik bilan ishlay olasiz.

© Testlarning barchasi Kompyuter Akademiyasi kanalidan olingan. Test easyQuizzy dasturi yordamida tuzilgan.

📅 Kanalimizga 21.03.21 sanasigacha joylangan testlar. 1–qism.

💾: 1.2 mb (.exe)

📌 Kanalda e'lon qilingan viktorinalar (testlar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
#operatsion_tizim

Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash 🚮

Ba’zida foydalanuvchilar Windows 10 bilan aktivatsiyasiz ishlashni ma’qul ko‘rishadi, vaholanki bu ish beradi ham (bu haqda alohida maqolani o‘qib ko‘rishingiz mumkin: Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?), ammo qandaydir vaqt o‘tganidan so‘ng ekranning pastki o‘ng burchagida – “Windows'ni aktivatsiya qilish uchun Параметры bo‘limiga o‘ting” ta’rifi bilan “Активация Windows” yozuvi paydo bo‘ladi, u Параметры -> Обновления и безопасность -> Активация bandlari bo‘ylab o‘tib, mahsulotning kalitini kiritishingizni nazarda tutadi. Biroq ekrandan yozuvni busiz ham olib tashlash mumkin.

Ushbu ko‘rsatmamizda Windows 10 ekranidan “Активация Windows” yozuvini bir nechta usulda — tizim komponentlari yordamida mustaqil tarzda va chetki dastur yordamida butunlay olib tashlash xususida batafsil so‘z yuritamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#internet

🗑 O‘z akkauntlaringizni qanday qilib tezkor o‘chirishingiz mumkin?

Ko‘plab kompaniyalar foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarini o‘chirishlari murakkab bo‘lishi uchun Dark Pattern texnologiyasini qo‘llashadi.

justdelete.me — bu ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar sahifalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalarni o‘z ichiga oluvchi saytdir.

1️⃣. Yuqorida keltirilgan sayt bo‘ylab o‘ting;
2️⃣. Akkaunti o‘chirilishi lozim bo‘lgan xizmatning nomini qidiruv satriga kiriting;
3️⃣. Paydo bo‘lgan natija ustiga bosing;
4️⃣. Akkauntni o‘chirish jarayonini boshlang.

Sayt akkauntni o‘chirishning murakkablik darajasini ko‘rsatib beradi:
Easyo‘chirish oson;
Mediumqo‘shimcha qadamlarni bajarish talab etiladi;
Hardto‘liq o‘chirish xizmat vakillari bilan bog‘lanishni talab etadi;
Impossibleo‘chirishning imkoni yo‘q.

Shunday qilib, sayt sahifalarini varaqlab o‘chirish tugmachasini izlab o‘tirmay, akkauntlaringizni tezda yo‘q qilishingiz mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi kanalga joylashtirgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor

Menga, men umuman ishlashni istamagan loyihani topshirishga urinishganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

🔢 Hujjatdagi arab raqamlarini rim raqamlariga o‘girish

Rim raqamlarini ifodalash uchun oddiy inglizcha harflardan foydalanish har doim ham qulay emas, ayniqsa barcha raqamlar qanday yozilishini aniq bilmaganimizda.

Arab raqamini rim raqamiga aylantirish uchun CTRL + F9 klavishlari birikmasini bosish lozim, paydo bo‘lgan qavslar ichiga tenglik belgisi (=), istalgan sonni, qiya slesh belgisi (\), asteriks belgisi (*) va ROMAN so‘zini kiritish lozim.

Bularning barchasi natijada quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: {=40\*ROMAN}.

Funksiya qo‘llanilishi uchun F9'ni bosamiz. Tayyor! Arab raqami avtomatik ravishda rim raqamiga o‘giriladi.

❗️Rim raqamlari kichik lotin harflari ko‘rinishida aks etishi uchun funksiyadagi roman ham kichik harflarda keltirilishi lozim.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Foydalanuvchilarning yo‘nalishlar doirasida erkak va ayol jinsi bo‘yicha taqsimoti 👨🏻‍💻👩🏻‍💻

Obunachilarning yo‘nalishlar doirasida jinsi bo‘yicha taqsimotiga tasodifan ko‘zimiz tushib qoldi, rasm 2019-yilga tegishli bo‘lsa-da, statistika bugungi kunga qadar unchalik o‘zgarmagan.
Manba

Obunachilarning jinsi, obunachilar ismlarini to‘plagan va ularni bazadagi erkak va ayollar ismlari bilan solishtirgan @crosser_bot yordamida aniqlangan (hozirgi kunda ushbu xizmatdan foydalanish pullik bo'lgan),

📝 Manba: @TG1ife

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #maslahat

Ushbu videoda Android bazasida ishlovchi smartfonlar uchun animatsiya effektlarini tezlashtirish bo‘yicha maslahat berilgan.

Bu bo‘yicha kanalimizga ulashilgan post bilan ham tanishib ko‘rishingiz mumkin.

🎞 Video manbasi

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🖥 32 va 64 bitli Windows'lar o‘rtasidagi farq

Windows operatsion tizimi razryadligining ikki versiyasi mavjud: 32 bitli va 64 bitli, ularning belgilanishlari esa quyidagicha: 32-bit (x86) va 64-bit (x64). 64 bitli tizim, 32 bitli operatsion tizimga qaraganda katta hajmdagi hisoblashlarda samaraliroq hisoblanadi. 64 bitli Windows'da, shunga o‘xshash 32 bitli tizimga qaraganda resurslarga talabchan bo‘lgan dasturlar ishlashi uchun kamroq vaqt sarflanadi.

Umumiy ish faoliyatini yaxshilashdan tashqari, ushbu ikki turdagi tizimlar orasidagi asosiy farq, ma’lum miqdordagi xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlashidadir. Windows'ning 32 bitli versiyasida, tizim arxitekturasining o‘ziga xos xususiyati tufayli, kompyuterda o‘rnatilgan 4 Gb'dan kam, 64 bitli versiyasida esa 16 TB'gacha RAM (tezkor/operativ xotira) ishlatiladi

❗️Ikki razryaddan birini tanlash uchun ham bu asosiy mezon sifatida xizmat qiladi, kompyuterga o‘rnatilgan operativ xotira 3 GB'dan kam bo‘lsa — 32 bitli tizim, 4 Gb va undan katta bo‘lsa — 64 bitli tizim o‘rnatiladi.

Windows x64'da 64 va 32 bitli, x32'da esa faqat 32 bitli dasturlarni o‘rnatish mumkin. Windows uchun yaratilgan dasturlarning aksariyati 32 bitli razryadlikni qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu dasturlarni istalgan razryadlikdagi kompyuterlarga o’rnatish mumkin.

📌 P.S.: Kompyuterdagi 32-bitli tizimni faqat qayta o‘rnatish (Переустановка Windows) orqaligina 64-bitli tizimga va aksincha o‘zgartirish mumkin!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

Ko‘zoynak taquvchilar maska taqsa, maskadan chiqqan nafasga ko‘zoynak odatda parlanib qoladi 👓

Soqol olishda ishlatiladigan penani oz miqdorda ko‘zoynakning shishalariga surib, quruq latta bilan artib tashlasangiz, parlanmaydi.

❗️Faqat juda berilib ishqalamang, bunda ko‘zoynakni tozalash uchun maxsus matodan foydalaning, qog‘ozli sochiq yoki salfetka linzaning ustida kichik tirnalishlar hosil qilishi mumkin.

Bu usulni yomg‘ir paytida parlanmasligi uchun avtomobil oynalariga ham qo‘llash tavsiya qilinadi. Sinalgan.

Pena o‘rnida glitserin ishlatsa ham bo‘ladi

© Dilshod Odilov @Shunaqangi_gaplar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

💸 Telegram 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni sotdi

Pavel Durovning xabar berishicha Telegram yirik sarmoyadorlarga (qarz shaklida) obligatsiyalarni sotish orqali 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ni qo‘lga kiritdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Telegram'ga o‘z qadriyatlari va mustaqilligini saqlagan holda, global o‘sishni davom ettirishga imkon beradi. Shuningdek, ushbu resurslardan o‘tgan yilning oxirida Durov e’lon qilgan monetizatsiya strategiyasini amalga oshirish uchun foydalaniladi.

“Deyarli 8 yil oldin Telegram ishga tushirilganida ta’kidlaganimdek, Telegram'ning asosiy maqsadi kelajakda bir necha yillar (hattoki asrlar) davomida insoniyatga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy barqaror loyihaga aylanishdir. Bugungi yangilik – bu maqsad sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.” — Pavel Durov.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #maslahat

Ushbu videoda Android bazasida ishlovchi smartfonning ish vaqtini ko‘paytirish borasida maslahat berilgan.

❗️Video ko‘rsatma Xiaomi kompaniyasiga tegishli smartfon yordamida yozilgan bo‘lib, boshqa kompaniya smartfonlari sozlamalari bilan mos kelmasligi mumkin.

🎞 Video manbasi

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #maslahat

Google yuborgan yangilanishi tufayli ba'zi Android ilovalarining ishlashida xatoliklar yuzaga kelmoqda 🥴

Google kompaniyasining "Android System Webview" uchun yangilanish yuborganiga hali ko‘p vaqt o‘tmadi. Bu ilovalar ichidagi internet kontentini aks ettirish uchun kerak bo‘luvchi komponent hisoblanadi.

Ushbu ilovaning yangilanishi internetga bog‘liqligi bo‘lgan ilovalarning ishlashida nosozliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bunday ilovalar sarasiga VPN-mijozlari, ba’zi brauzerlar, onlayn o‘yinlar, messenjerlar va Google'ga tegishli ilovalar kiradi.

Google Workspace saytining 23-martda bergan ma’lumotiga ko‘ra, muammo keyingi yangilanishda bartaraf etilgan. “Android System Webview View” va “Google Chrome”ni “Google Play” orqali yangilab olish tavsiya etiladi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija