IT specialist
11.4K subscribers
1.11K photos
473 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #internet #rasm_bilan_ishlash

Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash 🖼🔍

Qidiruv uchun rasmni yuklashda quyidagi qadamlar ketma-ketligi amalga oshiriladi
:
1. Kompyuterda brauzerni ishga tushiring (masalan, Chrome или Safari).
2. Google Картинки sahifasiga o‘ting.
3. Поиск по картинке belgisi ustiga bosing.
4. Загрузить файл -> Выберите файл yoki Обзор bo‘ylab o‘ting.
5. Kompyuteringizdagi rasmni tanlang.
6. Открыть yoki Выбрать'ning ustiga bosing.

📍Batafsil ma’lumot rus tilidagi ushbu ko‘rsatmada.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin? 🤔

Agar jadvalda satrlar juda ko‘p bo‘lib, u bir nechta sahifalarni egallashiga to‘g‘ri kelsa, ushbu jadvalning sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilib “qotirib qo‘yish” maqsadga muvofiqdir.

Buning uchun ko‘rinib turishi lozim bo‘lgan satrlarni belgilang (ular odatda 1-3 satr oralig‘ida bo‘ladi). sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan belgilanib turgan soha ustiga bosing va Свойства таблицы'ni tanlang. Ochilgan muloqot oynasida Строка bo‘limiga o‘ting va Повторять как заголовок на каждой странице bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating.

Agar dastlabki sahifadagi jadval sarlavhasi katagidagi biror matn tahrirlansa, kiritilgan o‘zgartirish avtomatik ravishda qolgan barcha sahifalarga nisbatan qo‘llaniladi (boshqa sahifalardagi qaytarilayotgan sarlavhalar shunchaki rasm kabi tahrirlanmaydigan rejimda bo‘ladi).

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from QIZIQ FAN
💥💥💥 Zamon o‘tib, zamonaviy texnologiyalar eski rasmlarni ham “jonlantirish”ni boshladi. DNK tahlili va shajaraviy daraxtlar qurish bilan shug‘ullanuvchi MyHeritage xizmati o‘zining DeepNostalgia xizmatini taklif eta boshladi. Ushbu xizmat oq-qora tasvirlarni ham qayta ishlab, rasmga turli mimikalarni, bosh va ko‘z harakatlarini qo‘shgan holatda rasmni “jonlantirib” berar ekan.

Ushbu tasvirlarda quyidagi insonlarning tasvirlaridan foydalanilgan:

Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li

Abdurauf Fitrat

Abdulla Qodiriy

Abdulhamid Cho‘lpon

Amir Olimxon

‼️ Bizning kanaldan uzoqlashmang va kun davomida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ling 👉👉👉 @qiziqfan
Forwarded from QIZIQ FAN
Amir Olimxon

‼️ Bizning kanaldan uzoqlashmang va kun davomida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ling 👉👉👉 @qiziqfan
Forwarded from QIZIQ FAN
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amir Olimxon

‼️ Bizning kanaldan uzoqlashmang va kun davomida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ling 👉👉👉 @qiziqfan
#mulohaza_uchun

Xato qilishdan qo'rqmang

Biz o‘z ishimizni benuqson bajarishga, eng aniq natijalarga erishishga intilamiz. Ammo ba’zida idealga intilib, eng qiziqarli narsalardan mahrum bo‘lish xavfi bor. Tadqiqotchilar o‘z yo‘nalishidan chetlashganida qancha muhim kashfiyotlar qilinganligini eslab ko‘ring. Kolumb Amerikani kashf etdi, bunda u Hindiston qirg‘og‘iga qadam qo‘ydim deb to‘liq ishongan. Fleming tartibsizligi va yuvilmagan Petri idishlari tufayli penitsillinni kashf etgani bois Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Siz ko‘zlagan maqsadingizga erisha olmasligingiz mumkin, lekin
o‘zingizning harakatlaringizda ham, ularni baholashda ham o‘zingizga biroz ko‘proq erkinlik berib, xatolaringiz va muvaffaqiyatsizliklaringizdagi alohida muhim jihatlarni farqlay bilasiz.

💭 Xatoliklar iste’dod (talant)ning rivojlanishiga zamin yaratadi.

Har safar tasodifan qoqilganingizda, miyangiz xatoni tuzatish uchun zo‘r berib ishlashni boshlaydi. Xatolar qilish va ularni tuzatish jarayoni o‘z-o‘zidan juda ijodiydir va qobiliyatlaringizning odatiy chegaralaridan chiqib ketishga imkon beradi. Iste’dod ham odatda aynan o‘sha yerda yashiringan bo‘ladi. Belgilangan maqsadingiz sari odimlang, ammo agar to‘satdan yo‘lda adashganingizni sezib qolsangiz, darhol orqaga yurishga shoshmang, avval atrofga nazar soling, ehtimol aynan shu (adashib kirib qolingan) yo‘lda siz biror yangi va qiziqarli narsani kashf eta olarsiz...

📝 Manba: @goodbiznes

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish

Yuborilgan xabarlarning umumiy miqdori qanday aniqlanadi? 🤔

Ba’zida biror guruh, kanal yoki shaxsiy yozishmalarda qancha xabar yozilganini bilish sizga qiziq tuyulishi mumkin, biroq har bir xabar yoki postni bittalab sanash, tabiiyki, variant emas. Bunday holatda quyidagicha yo‘l tutish maqsadga muvofiq:

Guruh / kanal / shaxsiy yozishmalardagi qidiruv maydoniga o‘tib, “-“ (chiziqcha) belgisini kiriting, shunda xabarlarning umumiy miqdorini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

🧾 Bir yacheykadagi jumlada joylashgan bir nechta so'zlarning har birini ustunlar bo'ylab yoyish (Текст по столбцам) va transponirlash (Транспонирование) vositalaridan foydalanish

Telegram'dagi "Microsoft Excel" kanali obunachilarining savoliga javob tariqasida yacheyka(lar)ning qiymatlarini bir nechta ustunlarga bo'lish imkonini beruvchi Текст по столбцам vositasidan foydalanishni ushbu videoda ko'rsatib o'tgan 🎞👆.

Shu bilan birga Специальная вставка muloqot oynasining Транспонирование opsiyasi nusxalab o'tkazilayotgan diapazondagi satr va ustunlarning o'rnini almashtirish imkonini berishi haqida ham alohida ko'rsatma berilgan, bunda satrlar ustunlarga, ustunlar esa – satrlarga aylanadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Matnni ustunlar bo‘ylab qanday ajratish mumkin
Jadvalni funksiya yordamida transponirlash
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #texnologiya

🖨 3D-chop etish texnologiyalari ajratib bo‘lmaydigan modulli parametrik sirtlarni yaratish imkonini taqdim etadi, ularni ishlab chiqarish ilgari mumkin emas edi.

📌 P.S.: Postning yuqorisida keltirilgan heshteglar ustiga bosish orqali kanalimizda bundan ilgari ulashilgan shu kabi boshqa qiziqarli postlarimizga o‘tishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10 bo‘yicha maslahatlar: har kunlik qo‘llaniluvchi vazifalarni tezroq va qulayroq bajaramiz! 🚀

1️⃣. Tizimdagi qidiruv imkoniyatini qo‘llagan holda shaxsiy kompyuteringiz (ShK)dagi fayllar va papkalarni tez topmoqchi bo‘lsangiz, WIN (Пуск) klavishini bosing va darhol izlanishi lozim bo‘lgan so‘zni kiriting.

📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?

2️⃣. Windows 10'ning ko‘plab miqdordagi parametrlari sozlanuvchi Параметры oynasini ekranga tezkor chaqirish uchun WIN + I klavishlari birikmasidan foydalaning.

3️⃣. Sizda ko‘plab miqdorda dastur va hujjatlar ochilgan bo‘lib, ular bo‘ylab o‘tish noqulaymi? ALT klavishini bosib turgan holda, to kerakli oynaga kelib to‘xtamaguningizga qadar TAB klavishini ketma-ket bosing, kerakli dastur ustida to‘xtalganiga amin bo‘lganingizda ALT'ni qo‘yib yuborishingiz mumkin.

Agar ALT + TAB klavishlari birikmasini bosish paytida kerakli dasturdan o‘tib ketib qolsangiz, ALT + SHIFT + TAB kombinatsiyasi yordamida oyna elementlari bo‘ylab teskarisiga (o‘ngdan chapga) o‘tishingiz mumkin bo‘ladi.

4️⃣. Sensorli ekranga ega qurilmalar bilan ishlashda ekran klaviaturasini tezkor chaqirish imkoniyati kerak bo‘lishi mumkin. Sensorli klaviatura yorlig‘ini qo‘shib qo‘yish uchun vazifalar paneli (Панель задач)ning bo‘sh sohasiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan Показать кнопку сенсорной клавиатуры bandini tanlang.

5️⃣. Agar kompyuteringiz bilan ishlash vaqtida ishchi stoli (Рабочий стол)ga tezkor o‘tish zarurati paydo bo‘lsa, unda barcha ochilib turgan oynalarni vazifalar paneliga qarab tushirish uchun WIN + D klavishlari birikmasini qo‘llashingiz mumkin.

6️⃣. Windows tarkibidagi standart fayllar menejeri – Проводник'ni ekranga tezkor chaqirish uchun WIN + E klavishlari birikmasidan foydalanishingiz mumkin.

📝 O‘QING: Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klavishlar birikmalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-post | 2-post
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Punto Switcher dasturi
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Hurmatli aziz va mo‘’tabar opa-singillar!

Sizlarni 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami bilan tabriklaymiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Doimo oilangiz va farzandlaringiz, elu yurtimiz ardog‘ida bo‘ling!

Hurmat va ehtirom ila,
© “IT specialist” kanali ma’muriyati
#operatsion_tizim #software

🧹 CCleaner Pro - Operatsion tizimni ortiqcha “axlatlar”dan tozalash uchun mo‘ljallangan. CCleaner o‘z ishi doirasida vaqtinchalik va foydalanilmayotgan fayllarni izlab topadi va o‘chiradi.

USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v5.92 Build 9652
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 CCleaner Pro v5.92 Build 9652 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterda joy “o‘g‘irlab” yotgan fayllarni aniqlovchi 3 dastur
CCleaner’ning foydali 6 ta imkoniyati
CCleaner mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#surovnoma

Har bir foydalanuvchi uyda, o‘qishda yoki ishda bir emas, ikki yoki undan ko‘p kompyuterdan foydalanishi mumkin. Ushbu kompyuter(lar)da Microsoft Windows'ning qaysi versiya-si/-laridan foydanalasiz?
Anonymous Poll
67%
Windows 10
12%
Windows 8.1
8%
Windows 8
39%
Windows 7
3%
Windows Vista
11%
Windows XP
#surovnoma

Har bir foydalanuvchi uyda, o‘qishda yoki ishda bir emas, ikki yoki undan ko‘p kompyuterdan foydalanishi mumkin. Ushbu kompyuter(lar)da Microsoft Office'ning qaysi versiya-si/-laridan foydanalasiz?
Anonymous Poll
28%
Office 2019
35%
Office 2016
23%
Office 2013
31%
Office 2010
20%
Office 2007
7%
Office 2003
#test #excel

Rasmda ko‘rsatilgan yacheykalarni avtoto‘ldirish (kichik kvadrat nuqtachani ushlab turib pastga qarab tortish)da yuzaga keluvchi belgidan qanday maqsadda foydalaniladi? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
#operatsion_tizim #word #excel #powerpoint

🏎 Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!

Matn kiritish tezligi sizda qanchalik yuqori bo‘lmasin, tan olish kerak — bir oynadan ikkinchisiga CTRL + C, CTRL + V klavishlari yordamida o‘tkazish doim qulay bo‘lib kelgan.

Lekin nusxalab o‘tkaziluvchi bunday fragmentlar ko‘p bo‘lib, matn katta bo‘lsachi? Hamma narsa yuz berishi mumkin: qayerga kelganingiz yodingizdan ko‘tariladi, tasodifan kerakli havolani yopib qo‘yasiz, qo‘ng‘iroqqa chalg‘iysiz va fikringizni yo‘qotasiz… Oynadan oynaga o‘tish esa har doim ham yoqavermaydi! Barcha kerakli narsalarni birdaniga nusxalab olishga nima deysiz?

Bir nechta fragmentlarni kesib oling yoki nusxalang (albatta CTRL + X yoki CTRL + C qaynoq klavishlari bilan), so‘ngra ular joylashtirilishi (Вставить qilinishi) lozim bo‘lgan oynaga o‘ting va WIN + V'ni bosing.

WIN — bu “Пуск” menyusini chaqirish uchun xizmat qiluvchi Windows logotipi tushirilgan klavisha. Qoida bo‘yicha u chap-pastki qatorda, ALT klavishining yonida joylashgan bo‘ladi. Agar almashinish buferi o‘chirilgan bo‘lsa, unda WIN + V dastlabki marotaba bosilganida, uni faollashtirish taklifi yuzaga keladi.

Ko‘plab marotaba kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan fragmentlarni “qotirib” qo‘yish (“Pin” qilish) mumkin — shunda hattoki bufer tozalangan taqdirda ham ular hech qayerga ketib qolmaydi. Buning uchun elementdan o‘ng tomonda joylashgan uch nuqtali tugma ustiga bosing va “Закрепить”ni tanlang.

Fragmentlarni ketma-ket belgilash bilan birga, ularni bir nechta qurilmalarga yuborishga nima deysiz? Agar sizdagi qurilmalar (masalan, ish yoki uydagi kompyuter) bir akkauntga ulangan bo‘lsa, unda almashinish buferi ular uchun umumiy bo‘ladi. Buning uchun qidiruv menyusida “Параметры буфера обмена”ni kiriting va qurilmalar o‘rtasidagi sinxronizatsiyani faollashtiring.

Agar sizda Windows'ning eskiroq versiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, ishingiz esa Word, Excel yoki PowerPoint bilan bog‘liq bo‘lsa, unda MS Office ilovalarining istalganida Главная varaqa (вкладка)sidagi Буфер обмена (Almashinish buferi)ni faollashtirsangiz bas. Ushbu saqlagich matn bilan birgalikda rasmlar, jadvallarni ham saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, 24 taga qadar elementlarni o‘ziga sig‘dira oladi.

Aytgancha, ekran fragmentlarini WIN + SHIFT + S klavishlari birikmasi yordamida tez va qulayroq nusxalash mumkin. Ixchamgina mini-skrinshot darhol almashinish buferiga borib tushadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar mundarijasi
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Frontend Backend'ga nisbatan tezroq yaratilganida... 🙄

ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #rasm_bilan_ishlash #bilasizmi

Telegram yordamida istalgan videodan osongina usulda GIF yasaymiz 🎞

Messenjerlar davrida onlayn muloqotlarda GIF-animatsiyalar ham emodzilar darajasiga chiqqan. Harakatlanuvchi suratlar kishilar uchun o‘zini namoyon etish, hissiyotlarini ifodalash vositasiga aylangan.

To‘liq nomi Graphics Interchange Format bo‘lgan ushbu formatdagi fayllarni harakatli rasm yoki ovozsiz qisqa video deyish ham mumkin. Garchi oxirgi bir necha yil mobaynida ommalashgan bo‘lsa-da, bu format ancha eski – 1987 yili ishlab chiqilgan. Bu turdagi rasm sifatini yo‘qotmagan holda siqilgan ma’lumotlarni o‘zida saqlay oladi, faqat 256 rangda.

Xo‘sh, to‘laqonli videorolikni qay tariqa GIF-faylga – animatsiyali, lekin ovozsiz rasmga aylantirish mumkin? Bunda bizga aksariyatga sevimli bo‘lgan Telegram messenjeri yordam beradi. Ushbu ilovaga videorolikni GIF-animatsiyaga transformatsiya qilish imkoni ham qo‘shilgan.

Buning uchun quyidagi amallarni bajarish kifoya:

1️⃣. Istalgan bir chatda jo‘natish uchun kerakli videofaylni tanlang.

2️⃣. Yuborishdan oldin chiquvchi rolikni tahrirlash oynasida ovoz belgichasi ustiga bosing (rasmda ko‘rsatilgan 👇🏻).

3️⃣. Bo‘ldi, uni yuborsangiz, ovoz yo‘lakchasi olib tashlanadi va rolik GIF formatida jo‘natiladi.

Agarda biror videoni kimgadir yuborish uchun emas, shunchaki o‘zingiz uchun GIF-animatsiyaga aylantirib saqlab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, yuqoridagi usulda uni o‘zingizga – “Избранное” bulutli papkasiga yuborsangiz ham bo‘ladi.

📝 DiMaX @terabaytuz

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija