IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #dasturlash

Omadli bo‘lish — oson emas! ☝🏻

ℹ️ O‘qish ko‘rish tavsiya etiladi:
Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

🌇 “Ichishga suvi ham yo‘q davlat qanday boyidi?”: Singapurning raqamli iqtisodiyoti haqida (birinchi maqola)

🇸🇬 Singapur Malayziyadan ajralib chiqqan — ular mustaqillik berishni so‘rashganida tashlandiq va botqoqda yashovchi asosan xitoylik va hindistonlik qashshoqlar (asl malayyaliklar juda oz)dan iborat “boshog‘riq”dan tezroq qutulish uchun Malayziya hukumati ko‘p o‘ylab o‘tirmagan ekan.

❗️Shu bir parcha yerda neft, gaz, oltin nima qilsin, hatto ichadigan suvigacha Singapur to‘liq Malayziyadan keltiradi — salkam olti million aholiga!..

Endi esa...

👉🏻 Batafsil...

Ushbu maqolaning 2-qismi.

📝 Manba: @eGovUz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar

🥇“Amazon” Internet-kompaniyasi asoschisi Djeff Bezos dunyoning eng boy biznes vakili mavqeini qaytarib oldi

“Bloomberg” ma’lumotlariga ko’ra, Bezosning 16 fevraldagi boyligi 191 milliard dollarni tashkil etgan, bu SpaceX asoschisi va uni vaqtinchalik ikkinchi o’ringa siljitgan Tesla avtomobil kompaniyasi rahbari Ilon Maskdan 955 million dollarga ko’pdir.

🏎 Ushbu poyga davom etmoqda...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Ilon Maskning biznes vakillari reytingida ikkinchi va birinchi o‘ringa ko’tarilgani haqidagi postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Bill Geyts haqida postlar
Pavel Durov haqida postlar
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Stiv Jobs haqida postlar
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

“Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasi orqali endi ilovalarni ham ulashish mumkin 📤📥

Google kompaniyasi “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) imkoniyatini kengaytirdi. Ilgari ushbu funksiya yordamida rasmlar, videolar va boshqa turdagi fayllarni ulashish uchun foydalanishingiz mumkin edi, endi Play Market orqali o‘rnatilgan ilova va o‘yinlarni ham xuddi shu tarzda bitta smartfondan boshqasiga o‘tkazishingiz mumkin.

📲 Ilovalar internetdan foydalanmasdan, o‘zaro Wi-Fi tarmog‘ini yaratib (SHAREit'ga o‘xshab) uzatiladi. Ikkala qurilmada ham Play Market 24.0 va undan yuqori versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Agar u pastroq bo‘lsa, Play Market'ning o‘zini-o‘zi yangilashini kutishga to‘g‘ri keladi.

📶 Ilovalarni qanday ulashish mumkin:

1️⃣. Har ikki smartfonda ham Play Market'ni ishga tushiring.

2️⃣. “Ilova va o‘yinlarim” (Мои приложения и игры) menyusidagi “Ulashish” (Поделиться) yorlig‘ini tanlang.

3️⃣. Birinchi smartfonda “Yuborish” (Отправить), ikkinchisida “Qabul qilish” (Получить)'ni tanlang.

4️⃣. Yuborilishi lozim bo‘lgan ilovalarni tanlang, yaqin atrofdagi smartfonlar ro‘yxati paydo bo‘lguncha kuting va tegishli smartfonni tanlang.

5️⃣. Xavfsizlik uchun ikkala smartfonda ham kod ko‘rsatiladi. Uning mos kelishiga ishonch hosil qiling.

6️⃣. Qabul qiluvchining smartfonida “Qabul qilish” (Получить) tugmasini bosing.

7️⃣. Ilova o‘tkazilgandan so‘ng, u o‘rnatishilishi lozim. Bir nechta ilovalarni uzatishda, ularni bir vaqtning o‘zida o‘rnatishingiz mumkin. Buning uchun “Hammasini o‘rnatish” (Установить всё)'ni ustiga bosing.

❗️Yuboruvchining smartfonida ilovalarga nisbatan qo‘llanilgan sozlamalar uzatilish vaqtida saqlanib qolmaydi.

Ulashish jarayoni yakunlanganidan so‘ng, smartfonlar orasidagi aloqani uzish uchun – “Uzish” (Отключить) tugmasini bosing.

❗️Play Market orqali emas, balki boshqa manbalardan o‘rnatiladigan ilovalarni bu tarzda o‘tkazish mumkin emas (ular boshqa smartfonga yuborilishi mumkin bo‘lgan ilovalar ro‘yxatida ko‘rinmaydi.

🏷 Izoh: Oxirgi paytlarda SHAREit ilovasida g‘alati reklamalarning ko‘rsatilishi, tushunarsiz o‘yinlarning internetdan o‘z-o‘zidan ko‘chirilishi kabi holatlar kuzatilmoqda.
Shu sabab, fayllarni boshqa smartfonga o‘tkazish uchun aynan "Yaqin-atrofga yuborish" funksiyasidan yoki SHAREit ilovasining muqobil variantlaridan (masalan, ShareMe) foydalanish tavsiya etiladi.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maslahat

🔜 Qadrdon ukamiz, xush ovozli, har tomonlama iste’dodli yosh san’atkor, hozirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi Zokirjon G‘ulomovning “Sog‘indim” nomli qo‘shig‘idan so‘ng, “O‘zbek” deya nomlangan qo‘shig‘i premyerasi ertaga, 22 fevral kuni soat 17:00 da Rizanova.com saytida e’lon qilinishi va bir qator radiokanallar to‘lqinlarida eshittirilishi kutilmoqda.

Ukamizning san’atiga chin dildan yangidan-yangi ilhomlar va zafarlar tilab, elimizga manzur bo‘luvchi musiqiy asarlarni kutib qolamiz!

🎼 Zokirjon G‘ulomovning:
📢 Telegram-kanali | 📷 Instagram sahifasi.

📌 P.S.: Kanalimiz muxlislari orasidan san’atga ixlosmand do‘stlarimizdan ushbu yangilikni ulashuvchi postni yaqinlari bilan bo‘lishishni so‘rab qolamiz, premyerani birgalikda kutamiz! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin? 👁‍🗨

1️⃣. Nollarni olib tashlash va sahifa o’qilishini yaxshilash maqsadida Файл menyu varaqa (вкладка)si → ПараметрыДополнительно bandlari bo’ylab o’ting.

2️⃣. Параметры отображения листа bo’limida qoida bo’yicha faollashtirilgan holda keluvchi Показывать нули в ячейках, которые содержат нулевые значения bandini toping va qushcha belgisini olib tashlang.

Umuman olganda, nollarni berkitish borasida ushbu usul shartli formatlashni qo’llashga nisbatan qulayroq va samaraliroq hisoblanadi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #muvaffaqiyatli_insonlar

Bill Geyts qo‘lida Microsoft korporatsiyasi operatsion tizimlari orasida oddiy foydalanuvchilar uchun eng ommabop versiyalaridan biri – Windows XP diskini ushlab turibdi, ortidagi peshtaxtada uning rasmiy ishlab chiqarilishi sanasiga qadar nechi kun qolgani ko‘rsatilgan, 2001-yil 24-avgust, Redmond

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar
• Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #smartfon #android #iPhone

Samsung’ning barcha smartfon va planshetlari egalariga zo‘r xushxabar bor! 🆕📲

Smartfonsozlarning nufuzini belgilaydigan omillardan biri – o‘z mobil qurilmasini uzoq muddatga operatsion tizim va xavfsizlik yangilanishlari bilan ta’minlab borishidir. Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda o‘zining to‘rt yillik smartfonlarining ham proshivkasini yangilashga kirishgan edi.

Umuman, Samsung o‘zining telefonlariga ikki yilgacha Android yangilanishlarini, uch yilgacha esa xavfsizlik yangilanishlarini tarqatib kelmoqda. Endi esa u bu borada yanada ilgarilab ketdi: mazkur ishlab chiqaruvchining smartfon va planshetlari to‘rt yilgacha xavfsizlik patchlari bilan ta’minlanadi!

Buning ustiga, gap faqat flagman yoki yangi modellar haqida ketmayapti – deyarli barcha Samsung mobil qurilmalari to‘rt yilgacha yangilanib turadigan bo‘lyapti. Ularning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha:

▪️Galaxy Fold hamda Flip turkumlari: Fold, Fold 5G, Z Fold 2, Z Fold 2 5G, Z Flip, Z Flip 5G;

▪️Galaxy S turkumi: S10, S10+, S10e, S10 5G, S10 Lite, S20, S20 5G, S20+, S20+ 5G, S20 Ultra, S20 Ultra 5G, S20 FE, S20 FE 5G, S21 5G, S21+ 5G, S21 Ultra 5G;

▪️Galaxy Note turkumi: Note 10, Note 10 5G, Note 10+, Note 10+ 5G, Note 10 Lite, Note 20, Note 20 5G, Note 20 Ultra, Note 20 Ultra 5G;

▪️Galaxy A turkumi: A10, A10e, A10s, A20, A20s, A30, A30s, A40, A50, A50s, A60, A70, A70s, A80, A90 5G, A11, A21, A21s, A31, A41, A51, A51 5G, A71, A71 5G, A02s, A12, A32 5G, A42 5G;

▪️Galaxy M turkumi: M10s, M20, M30, M30s, M40, M11, M12, M21, M31, M31s, M51;

▪️Galaxy XCover turkumi: XCover4s, XCover FieldPro, XCover Pro;

▪️Galaxy Tab turkumi: Tab Active Pro, Tab Active3, Tab A 8 (2019), Tab A with S Pen, Tab A 8.4 (2020), Tab A7, Tab S5e, Tab S6, Tab S6 5G, Tab S6 Lite, Tab S7, Tab S7+.

Ko‘rib turganingizdek, nafaqat Galaxy A10 va M10s kabi eng arzon modellar, balki korpusi mustahkam himoyali Galaxy Xcover seriyasidagi smartfonlar ham e’tibordan chetda qolmagan.

Darvoqe, bu borada Apple’ga yetadigani yo‘q – aksariyat iPhone’lariga u kamida besh yilgacha apdeyt tarqatadi.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram 7.5 talqinini qarshi oling: xabarlarni avtomatik o‘chirish, vidjetlar va vaqtincha taklif havolalari 🆕

Kuni kecha Telegram ilovasiga qo‘shilayotgan yangi imkoniyatlar haqida saytda ma’lumot berilgan edi. Messenjer ma’muriyati shu va boshqa yangi funksiyalarni o‘zida jamlagan apdeytni chiqardi.

👉🏻 Batafsil...

📎 Telegram Messenger ilovasining Windows (v2.6.0), Android va iOS (v7.5) versiyalarini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

🌇 “Ichishga suvi ham yo‘q davlat qanday boyidi?”: Singapurning raqamli iqtisodiyoti haqida (ikkinchi maqola)

Ushbu maqolaning 1-qismi.

🇸🇬 Singapurning maqsadi raqamli texnologiyalarni shunchaki rivojlantirish bilan cheklanmaydi, o‘z tajribasini eksport qilishni ham rejalashtirgan (ma’lumot uchun: mamlakat YaIMning uchdan ikki qismi tashqi bozori hisobiga shakllantiriladi). So‘nggi 4 yilda mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish va raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida hukumat 2,4 mlrd. Singapur dollari ($1,68 mlrd.) ajratdi. Kichik va o‘rta biznesning raqamli imkoniyatlarini oshirishga esa — $56,43 mln.

👉🏻 Batafsil...

📝 Manba: @eGovUz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🆕 Telegram Desktop barqaror 2.6.1 versiyasiga yangilandi

📋 Unga kiritilgan yangiliklar:
— Tungi rejimda QR-kod endi to‘g‘ri nusxalanadi;
— Taklif etish havolasi amal qilish sanasining ko‘rinishi to‘g‘rilandi;
— Taklif etish havolasini izohsiz yuborishdagi xatolik to‘g‘rilandi;
— Linux'da havolalarni tahrirlashdagi dasturning ishdan chiqish holati to‘g‘rilandi;
— Boshqa kichik tuzatishlar va yaxshilanishlar.

Telegram Desktop'ning bundan oldingi 2.6.0 versiyasiga kiritilgan yangiliklar.

📥 Yuklab olish: rasmiy saytdan, kanalimizning fayllar bo‘limidan yoki GitHub'dan.

📝 Manba: @tginfo

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Qo'llab-quvvatlash jamoasi (Support team) yangi xatolik (bug)ni bartaraf etish uchun dasturchi izlamoqda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #security

“https://” - havolasi bilan boshlanadigan saytlar “http://” - bilan boshlanadigan saytlardan farqi shundaki, oxirida “s” qo‘shimchasi qo‘shilgan holatdagi saytlar himoya ostiga olingan degani.

❗️“http://” bilan boshlanadigan saytlarga hech qachon bank kartalaringiz ma’lumotlarini va parolini kiritmang. 🔐

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #internet

🌐 Agar “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i alohida mamlakat bo‘lganida, u – jami 3,8 mlrd, shundan - 2,5 mlrd faol foydalanuvchilardan iborat aholisi bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lardi.

“Facebook” haqidagi 11 fakt ushbu postimizda.

ℹ️ Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bonus #excel #video_dars

Microsoft Excel dasturida krossword yaratish

Dars
davomiyligi: 10 daqiqa

Muallif: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika
#test #operatsion_tizim

Buyruq satri (Командная строка)da “chkdsk” buyrug‘i qanday vazifani bajarish uchun qo‘llaniladi?
Anonymous Quiz
19%
Fayllar va katalog (papka)larni nusxalash
25%
Buzilgan tizim fayllarini tiklash
41%
Fayl tizimi xatoliklariga qarshi qattiq diskni tekshirish
15%
Fayllar va katalog (papka)lar ro‘yxatini aks ettirish
#test #excel

Microsoft Excel'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida yangi ishchi kitobi (Рабочая книга)ni yaratish mumkin?
Anonymous Quiz
23%
ALT + F3
60%
CTRL + N
12%
CTRL + M
5%
ALT + M
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor

Qiziq nazariya: yuklanish satrining asl ko‘rinishi qanday deb o‘ylaysiz? 🤔

Endi barchasi o‘z o‘rniga tushdi! 😊

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #IT_humor

🗜Arxivatorning vazifasiga hayotiy misol... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar

Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask, ushbu kompaniya logotipi mushuk burnining shaklidan olinganini tasdiqladi. Bu haqda u o‘z Twitter sahifasida yozgan.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Ilon Maskning biznes vakillari reytingida ikkinchi va birinchi o‘ringa ko’tarilgani haqidagi postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Bill Geyts haqida postlar
Pavel Durov haqida postlar
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Stiv Jobs haqida postlar
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija