IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Aziz muxlislar, xabaringiz bo‘lsa @itspecuz_videos kanalida #excel va #operatsion_tizim ruknlari ostida 2 ta video joylashtirgandik, keyingi postimiz qaysi ruknga oid bo‘lishini istardingiz? Faol bo‘ling (bir nechta variantni belgilash imkoniyati mavjud).
Anonymous Poll
30%
40%
34%
41%
31%
#excel

Excel'dagi listga fon qanday qo‘shiladi? 🖼

Excel'da tanlangan list ortiga rasm joylashtirish imkoniyati mavjud. Buning uchun Разметка страницы menyu varaqa (вкладка)si Подложка'ga o‘ting va fon sifatida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan rasm faylini tanlang.

Agarda fon hujjatdagi chiziqlar rangi bilan birlashib ketib, yacheykalardagi chiziqlar sezilmas bo‘lib qolsa, u holda Файл menyu varaqa (вкладка)si
Параметры → Дополнительно
ketma-ketligi bo‘ylab o‘tib, Параметры отображения листа bo‘limida sezilarliroq ko‘rinishdagi rangni tanlang.

❗️E’tibor bering, fon faqat siz tanlagan listga nisbatan qo‘shiladi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

👨🏻‍🎓 Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar:

🔹 kimdandir (xoh u ustoz bo‘lsin, xoh siz kabi talaba) biror-nimani so‘rashdan qo‘rqmang - sizni yuksaltirishga xizmat qiluvchi rejalar o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi;

🔸 seminarlarni shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tkazmang, balki faol ishtirokchisi bo‘ling - baribir javob berishingizga to‘g‘ri keladi, lekin bu safar siz uchun savolni o‘zingiz emas, balki o‘qituvchi tanlaydi;

🔹 testlar, kollokviumlar, o‘tkazib yuborilgan amaliyot darslari va ma’ruza konspektlari bilan bog‘liq qarzlaringizni darhol qayta topshiring;

🔸 siz uchun zerikarli bo‘lsa ham, bu sohaga oid fan bo‘lmasa ham, hattoki buni keyinchalik mustaqil o‘rganishga to‘g‘ri kelsa ham, dars vaqti (para)da chalg‘imang - o‘qituvchilar o‘zlari uchun alohida belgilab borishmasa-da, barchasiga e’tibor berishadi;

🔹 o‘zingiz bilan fleshka olib yuring;

🔸 paralarga xuda-behuda noutbuk olib yurishga shoshmang - ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan qimmatbaho qurilmani olib yurgandan ko‘ra, ehtimol, sizga qo‘lda yozish varianti durustroqdir;

🔹 kursdoshlaringizdan yordam so‘rashdan yoki bir jamoa bo‘lib ishlashni taklif etishdan o‘zingizni olib qochmang - bundan sizga ham, boshqalarga ham osonroq, qolaversa ma’lumot ham tez izlab topiladi;

🔸 turli manbalardan foydalaning, faqatgina konspektlarga tayanib ish tutmang;

🔹 agar bir kunlik paralar soni ko‘p bo‘lsa, o‘zingiz bilan yo suv/choy va tezkor tanovul uchun yegulik, yo (agar mavjud bo‘lsa, albatta) bunga yetarli miqdorda mablag‘ olib yuring;

🔸 hajmi 350-500 ml'lik kichik termos - foydali narsa: paralarda yoki ularning oralig‘ida issiq kofe/choy/tovuq bulyoni ichib yurish mumkin;

🔹 o‘zingiz bilan yalpiz ta’mli konfetlar olib yuring - inson tanovul qilayotgan payti uxlab qolishi mushkuldir;

🔸 ko‘k choy kofega nisbatan yaxshiroq tetiklashtiradi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar aytilishini bilasizmi?
Talabalar uchun tavsiyalar
Ustoz haqida
Psixolog va talabalar
Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi
“Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi
Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik — XXI asr epidemiyasi
Bir daqiqada uyquga ketish
Kanaldagi ingliz va rus tillariga oid postlar
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
#bilasizmi #hardware

USB standartlari va ulardagi ma’lumot almashish tezliklari 👆🏻

Ikkita turli xil USB versiyalariga ega qurilmalar bir-biriga ulansa, ma’lumot uzatish tezligi ulangan portdagi pastroq versiya tezligi bilan cheklanadi.

Bu shuni anglatadiki, USB 3.0 qurilmasi (ulanish joyidagi temir karkas orasida plastik qismi odatda 🔵 rangda) USB 2.0 portiga (bunisida odatda ⚫️ rangda) ulansa, ma’lumotlar uzatish tezligi USB 2.0 tezligi – 480 Mbit/s bilan ishlaydi. Chunki USB 2.0 bu tezlikdan yuqorisida ishlay olmaydi.

📝 Manba: @geek_boy_uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin? 🧾

Word'da sahifaga chiziq tortishning eng qulay usuli – 1 ustunli jadvaldan foydalanishdir. Buning uchun esa quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi:

1-qadam
Разметка страницы
(Макет) menyu varaqa (вкладка)si Поля Настраиваемые поля bandlari bo‘ylab o‘ting va siz uchun qulay bo‘lgan maydonlarni o‘rnating. 1 santimetrdan katta bo‘lmasligini maslahat beramiz.

2-qadam
Вставка
menyu varaqa (вкладка)si → Таблица → Вставить таблицу bandlari bo‘ylab o‘ting va 1 ustunga 25-30 satrni tanlang.
Shundan keyin tanlangan jadvalga oid Работа с таблицами menyu guruhidagi Макет menyu varaqa (вкладка)si → Размер ячейки bo‘ylab o‘tib, satrlar uchun mos balandlikni tanlang (0,8-1 sm).

3-qadam
Tanlangan jadvalga oid Работа с таблицами menyu guruhidagi Конструктор menyu varaqa (вкладка)sida Границы vositasi yordamida jadvalning chap va o‘ng chegaralarini o‘chiring.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #mulohaza_uchun

🔴 Online va offline taʼlim orasida qanday farq bor va nega offline taʼlim eskirib bormoqda?

Online va offline bilim olish bir-biri bilan zid narsa emas. Meni fikrimcha o‘qishga borib yoki masofaviy tarzda bilim olishning ikkala shakli ham yaxshi. Shaxsan meni o‘zim ham ilk bor online kurs olyapman, oldin ijtimoiy tarmoqlar yoki YouTube orqali video darslarni ko‘rar edim, lekin hozir tizimli ravishda online kurs olyapman.

Online darslarni qulaylik taraflarini aytadigan bo‘lsam xohlagan paytingizda, ishingiz chiqib qolsa maʼlum vaqtdan so‘ng davom ettirasiz, imtihonlarni topshirasiz yaʼni online darslarning imkoniyati juda katta va o‘zimizni online tarzda bilim olishga o‘rgatishimiz kerak.

Online darslarning pullik yoki pulsiz shaklining pullik shaklini tanlashni maslahat berar edim chunki pul to‘laganingizda masʼuliyat olasiz va biron narsa kutasiz hamda sizdan pul olgan ikkinchi taraf ham masʼuliyat oladi, yaʼni ertaga siz ularga savol berganingizda javobi ham batafsil bo‘ladi.

📝 Hikmat Abdurahmanov @Hikmat_kundaligi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📄 PDF Extra – rasmni PDF formatiga skanerlab o‘tkazish uchun maxsus mobil ilova. Android 5.0+.

📎 PDF Extra v6.9.3.973 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
CamScanner mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi klavishlar birikmasi yordamida yacheykalarni o‘chirish menyusini ekranga chaqirish mumkin? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
⬆️⬇️ (bundan oldingi postdagi rasm va savolga e’tibor bering)
Anonymous Quiz
47%
CTRL + DELETE
37%
CTRL + SHIFT + BACKSPACE
12%
CTRL + -
4%
SHIFT + *
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Kompyuterlarimizdagi Windows qotib qolganida ham taxminan shunday manzara kuzatiladi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🆕 Telegram Desktop barqaror 2.5.9 versiyasiga yangilandi

⚙️ Unga kiritilgan yangiliklar:
— Xabarga javob qaytarish uchun xizmat qiluvchi CTRL+UP/DOWN kombinatsiyasi endi izohlarda ham ishlaydi.
— Bir nechta (maksimum 20 ta) keyinga qoldirilgan xabarlar vaqtini o‘zgartirish imkoniyati.
— “Добавить участников” maydoniga “Пригласить по ссылке” tugmasi qo‘shildi.
— Barcha .webp fayllarini stikerlar ko‘rinishida (mediani ko‘rish vositasida alohida rasm sifatida ochish imkoniyati bilan) aks ettirish.
— Kanallarda postlarni ovozsiz yuborish tugmasi ustiga bosilganida yuzaga keluvchi animatsiya qo‘shildi.
— Ovozli chalda admin tomonidan foydalanuvchi ovozi balandligining o‘zgartirilishi barcha uchun qo‘llaniladi.
— Chat tarixini eksport qilishdagi 400: LOCATIONNOTAVAILABLE xatoligining o‘tkazib yuborilishi.
— Taklif etish uchun xizmat qiluvchi havolalarda yangi sintaksisning qo‘llab-quvvatlanishi.
— Endi PDF-fayllar faqat fayllar ko‘rinishida yuboriladi.
— Mediani o‘rniga-o‘ring almashtirish endi izohlar bo‘limida ham ishlaydi.
— Barcha chiquvchi xizmat xabarlari uchun qushcha belgilari.
— Windows 10'dagi planshet rejimi uchun oyna o‘lchami to‘g‘rilandi.
— Tana rangidagi animatsiyali smayliklarning yangilanishi to‘g‘rilandi.
— Kanallardagi ba’zi video xabarlarning aks ettirilishi to‘g‘rilandi.
— Oddiy guruh egasi tomonidan adminlarni qo‘shish va olib tashlash imkoniyatining mavjud emasligi to‘g‘rilandi.
— Kichik tuzatishlar va yaxshilanishlar.

📥 Yuklab olish: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.

📝 Manba: @tginfo

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #operatsion_tizim

Quyidagi buyruqlardan qaysi birini “Выполнить” oynasiga kiritib, ENTER klavishi bosilsa, Lokal guruh siyosati muharriri (Редактор локальной групповой политики) ishga tushiriladi?
Anonymous Quiz
30%
regedit.exe
24%
gpedit.msc
22%
charmap.exe
15%
lusrmgr.msc
10%
mmc.exe
#excel

Kerakli listga tezkor o‘tish 🚀

Agar siz ishlab turgan faylda ko‘plab miqdorda ishchi listlari qo‘llanilayotgan bo‘lsa, unda ular bo‘ylab o‘tish siz uchun biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Bunday holatda dastur oynasining pastki chap qismida listlarga o‘tkazish uchun xizmat qiluvchi istalgan strelka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochilgan listlar ro‘yxatidan biror band ustiga bosgan holda sizga kerakli bo‘lgan listga bir zumda o‘tish mumkin.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #rasm_bilan_ishlash

Quyidagi rasm formatlaridan qaysi biri vektor grafikasiga tegishli?
Anonymous Quiz
28%
JPEG
13%
GIF
18%
TIFF
25%
SVG
17%
PNG
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Agar chatda biror emodzi oldidan @sticker kiritilsa, Telegram sizga orasidan birortasini tanlash uchun mos keluvchi stikerlardan iborat katta to‘plamni taqdim etadi.

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟 | 11 | 12 | 13

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#word

Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida 🔄

Ko‘pincha bizga kirill yoki lotin alifbosida materiallar kelganida ularni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o‘girish ehtiyoji paydo bo‘lib turadi. Bundan tashqari hujjatimizni odatdagidek emas, balki kitob ko‘rinishida chop etish ehtiyoji ham yuzaga keladi. Siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganimiz, video ko‘rsatmamizda so‘z yuritiladigan Translit dasturi ana shu muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi 👆.

📄 Kanalimizda keltirilgan matnli post tarkibidagi Batafsil... havolasi ustiga bosgan holda ushbu jarayon haqida o‘qib ko‘rishingiz ham mumkin.

📎 Microsoft Word matn muharriri uchun Translit dasturini yuklab olish.

🎞 @itspecuz_videos
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor

Janjalning Internet va real hayotdagi ko‘rinishi... 🙄 (bunga yana bir misol)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #word #excel #powerpoint

“Microsoft” kompaniyasi Office 2021ni taqdim etdi 🆕

“Microsoft” kompaniyasi ofis ilovalari to‘plamining yangi talqini — Office 2021'ni taqdim etdi. Bu haqda “The Verge” xabar berdi.

Xuddi Office 2019'da bo‘lgani kabi, “korobka” talqini obuna bo‘lishni istamaganlar uchun mo‘ljallangan. Yangi paketga muddatsiz litsenziya bir martalik to‘lov orqali qo‘lga kiritiladi.

Office 2021 ikki shaklda chiqariladi: iste’molchilar hamda korporativ foydalanuvchilar (LTSC) uchun uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash huquqi bilan. Ammo LTSC muddati endi avvalgidek yetti yil emas, besh yil.

Office Professional Plus, Office Standard va korporativ mijozlar uchun alohida ilovalar narxlari 10 foizga qimmatlashgan, foydalanuvchilar va kichik biznes uchun Office 2021 narxi o‘zgartirilmagan.

Windows va macOS uchun ilovalarning yangilangan to‘plami shu yilning ikkinchi yarmida chiqadi. To‘plamdan Word, Excel, PowerPoint hamda OneNote'ning 32 va 64-razryadli talqinlari o‘rin oladi.

“Yangi ofis”ning barcha imkoniyatlarini “Microsoft” hozircha ochiqlagan emas.

📝 Manba: Xabar.uz

📌 P.S.: Bizni va balki boshqa foydalanuvchilarni ham hayron qoldirgan jihati – Office'ning ushbu versiyasi odatdagidek har 3 yilda emas, balki 2 yil oralig‘ìda chiqayotganidir (bundan avval Office 2007, 10, 13, 16, 19 versiyalari chiqqan edi).

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

MS Excel'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida bir yacheyka doirasida keyingi satrga o‘tish mumkin?
Anonymous Quiz
33%
ENTER
24%
ALT + ENTER
22%
CTRL + ENTER
13%
SHIFT + ENTER
8%
Bunday birikma mavjud emas