IT specialist
11.6K subscribers
1.11K photos
471 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #texnologiya

Sahna oldi va ortida bo‘layotgan jarayonni tasvirlovchi ushbu video (uzilishlarsiz, bir urinishning o‘zida olinayotgani odamni lol qoldiradi, jamoaning ahilligi qanday natija berishini ko‘rsatadi), web-dasturlashdagi Frontend va Backend tushunchalarini qiyosiy tasvirlab bergan... 🙄

Garchi formati kichikroq bo‘lsa-da, videoni ko‘rish uchun ketgan vaqtingizga afsuslanmaysiz, degan umiddamiz 😉

ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #photoshop

Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida konturni ko‘rsatish mumkin?
Anonymous Quiz
25%
ALT + K
24%
SHIFT + H
32%
CTRL + SHIFT + H
19%
CTRL + K
#test #excel

Kiritilgan qiymatlarning qaysi biri Excel tomonidan sana sifatida qabul qilinadi?
Anonymous Quiz
14%
14.07.1786
12%
30 фев
23%
28.02.2005
50%
Barcha javoblar to‘g‘ri
#internet #security #maslahat

Google Chrome'dagi navbatdagi zaiflik 🛡

Bu Windows, macOS va hattoki Linux uchun ham dolzarbdir, bu yovuz niyatli shaxslarga tizimni boshqarish huquqini olish uchun qurol sifatida xizmat qilishi mumkin.

🔄 Yaxshi xabar ham bor, bunga dasturchilar tomonidan allaqachon patch ishlab chiqilgan — brauzeringizni tezroq yangilab oling!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
Аntivirus va viruslarga oid postlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #powerpoint

PowerPoint'da slaydlar namoyishi (слайд-шоу) qaysi klavisha yordamida boshlanadi?
Anonymous Quiz
17%
TAB
57%
F5
10%
F6
16%
ENTER
#bilasizmi #dasturlash

🛰 NASAga tegishli Apollon dasturining yetakchi dasturiy taʼminot muhandisi Margaret Xemilton o‘zi va jamoasi tomonidan 1969 yilda insoniyatni Oyga olib kelgan raketa va dasturiy taʼminot uchun qo‘lyozma dastur kodi yonida turibdi.

📝 Manba: @qiziqfan

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Diagrammaning qaysi elementi Легенда deb nomlanadi? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
⬆️⬇️ (bundan oldingi postdagi rasm va savolga e’tibor bering)
Anonymous Quiz
21%
1
29%
2
32%
3
18%
4
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslahat

Telegram'da matnlarni ajratish 🔤

Matn qanchalik uzun bo‘lsa, uni o‘qish va idrok qilish shunchalik qiyinlashib boraveradi, ayniqsa bu reklama matni bo‘lsa.

Shu bois kopirayting sohasida matndagi ba’zi so‘z yoki jumlalarga jilo berish orqali mijozlar e’tibori tortiladi.

Quyida Telegram'da matnlarni ajratib ko‘rsatishning qanday usullari borligini ko‘rib chiqamiz:

1️⃣. Sarlavha, bandlar nomlari va boshqa muhim so‘zlarni yo‘g‘on yozish orqali ajratish mumkin: buning uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va B klavishlarini bosing.

2️⃣. So‘z yoki uning ma’nolarida, urg‘u berishda, qo‘shimcha izohlarda, og‘zaki nutqni ifodalash yoki boshqa hollarda matnni yotiq (qiya) shaklga keltirish mumkin: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va I klavishlarini bosing.

3️⃣. So‘zning ostiga chizish orqali ham unga o‘zgacha urg‘u berish imkoni bor: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va U klavishlarini bosing.

4️⃣. Matnni yozish jarayonida fikringiz o‘zgarib qolganini ifodalash uchun yoki hazil tariqasida so‘zni yo‘qotish o‘chirish funksiyasidan foydalanib tursangiz ham bo‘ladi: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL, SHIFT va X klavishlarini bosing.

5️⃣. Reklama sohasida havola (link)siz ish bitmaydi. Uni so‘z ortiga yashirish uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va K klavishlarini bosing, keyin kerakli havolani kiriting.

📝 Manba: @xatoliklar

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu ruknlar ostida joylashtirilgan boshqa postlarimiz bilan tanishing:
Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar
Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
Spoyler formatlanishi
Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari.
Telegram Desktop'da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
• Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📲 Android'ga o‘rnatilgan ilovalarni qanday ulashish mumkin?

Foydalanuvchilarning barchasi ilovalarni qo‘llashadi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, qurilmangizga o‘rnatilgan ilovani ulashishga to‘g‘ri kelib qoladi. Ilovani qayerdan yuklab olganingizni eslashga urinib, uni aniq rasmiy do‘kon (PlayMarket)dan olmaganingiz yodingizga tushadi, Xo‘sh, bunday vaziyatda ilovani qanday qilib tezkor tarzda ulashish mumkin?

1️⃣. Ushbu ilovalar menejerini yuklab olamiz va o‘rnatamiz.
2️⃣. Ilovani ishga tushiramiz. Ulashilishi lozim bo‘lgan ilovaning APK-faylini yaratish uchun tanlaymiz.
3️⃣. Опции tugmasini bosamiz, Извлечь bandini tanlaymiz.
4️⃣. Saqlash uchun papkani tanlaymiz, Использовать эту папку tugmasi ustiga bosamiz.
Tayyor, endi ilovani siqilgan formatda saqlab, istalgan foydananuvchilar bilan bo‘lishish mumkin.

📲 Boshqa foydali ilovalarni ushbu postimiz orqali topishingiz mumkin.

ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Ish beruvchi sendan stajing 10 yillik bo‘lishi lozimligini talab etsayu, yoshing hali 20 ga ham to‘lmagan bo‘lsa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Formulalarni yaratish uchun maxsus vositalar dasturning qaysi varaqa (вкладка)sida joylashgan?
Anonymous Quiz
25%
Главная
52%
Вставка
14%
Макет
8%
Ссылки
#operatsion_tizim

Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻

Windows'ni o‘rnatishga qaror qilganimizda, ushbu operatsion tizimning muayyan versiyasi asosida yuklanuvchi fleshkani yaratishimizga to‘g‘ri keladi.

Bundan ilgari biz operatsion tizim tarkibida keluvchi Buyruq satri (Командная строка), Rufus yoki UltraISO dasturlari orqali yuklanuvchi (operatsion tizimni o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi) fleshkani yaratishni ko‘rib o‘tgandik. Bugun tizimga o‘rnatilgan PowerShell konsoli yordamida shunday fleshkani yaratish usuli bilan tanishamiz.

Boshlanishiga Windows diskining ISO-obrazini yuklab oling va hajmi 8 Gb'dan kam bo‘lmagan USB-saqlash qurilmasini kompyuterga ulang. Пуск menyusining qidiruv satriga powershell so‘zini kiriting va natija panelida odatda birinchi turuvchi PowerShell konsol dasturi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Запуск от имени администратора'ni tanlang.

So‘ngra ochilgan konsol dasturi oynasiga ushbu buyruqlarni kiriting:

1️⃣. $Results = Get-Disk | Where-Object BusType -eq USB | Out-GridView -Title 'Select USB Drive to Format' -OutputMode Single | Clear-Disk -RemoveData -RemoveOEM -Confirm:$false -PassThru | New-Partition -UseMaximumSize -IsActive -AssignDriveLetter | Format-Volume -FileSystem FAT32.

2️⃣. Ulangan qurilmani formatlash uchun tanlang. OK tugmasini bosing, fleshkangiz FAT32 fayl tizimiga formatlanadi.

3️⃣. Windows disk obrazini virtual qurilmaga ulang. ISO kengaytmasi bilan tugaydigan ushbu fayl Windows 10'da odatda ustiga ikki marta bosilganida alohida virtual diskovodga ulanadi. Foydalanib bo‘lib uni ham haqiqiy disk o‘quvchi qurilmalar bilan bo‘lgandagi kabi Извлечь qilish mumkin.

❗️Windows 7'da fayl ustiga ikki marta bosib virtual diskka ulash imkoniyati qoida bo‘yicha mavjud emas, bu uchun UltraISO, Daemon Tools va shu kabi boshqa dasturlar alohida o‘rnatiladi.

4️⃣. Set-Location -Path "$($ISO):\boot"
bootsect.exe /nt60 "$($Results.DriveLetter):"
Copy-Item -Path "$($ISO):\*" -Destination "($Results.DriveLetter):" -Recurse -Verbose

Fayllarning nusxalanish jarayoni yakunlanishini kuting. Fleshkangiz Windows'ni o‘rnatish uchun tayyor!

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz ushbu ro‘yxatlarda: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor

🔹Alijon: Ko‘chirishga berib turasanmi?
🔸Valijon: Ha, faqat birga-bir qilib ko‘chirma, xo‘pmi?

Natijada esa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🗑 Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?

Hozirgi keltirayotgan ko‘rsatmamiz kanalga bundan oldin nashr qilingan postimizning davomidir, joriy ko‘rsatma bilan tanishish oldidan ushbu ko‘rsatmamizga amal qiling.

Endi esa telefon xotirasini qanday qilib keraksiz ilovalardan tozalash borasida gaplashamiz.

1️⃣. O‘rnatilgan mobil ilova menejerini ochamiz.
2️⃣. Ortiqcha (keraksiz) ilovalar joylashgan bandlar ustiga bosib turgan holda birma-bir belgilaymiz.
3️⃣. Savatcha belgisi ustiga bosamiz.
4️⃣. Tizim oynasida chiqqan xabarga javoban o‘chirishga roziligimizni tasdiqlaymiz.

Sizning qurilmangiz tozalandi.

📌 Layfxak: aynan qaysi ilova ko‘proq joy egallayotganini anglash uchun qidiruv maydonidagi sozlamalar belgisi ustiga bosamiz va o‘lcham bo‘yicha saralaymiz.

ℹ️
Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

Kanalimizda IT-sohasi bilan birga musiqa sohasi ixlosmandlari ko‘p bo‘lsa kerak, agar sizda ham shunday bo‘lsa, unda qadrdon ukamiz, iqtidorli yosh san’atkor Zokirjon G‘ulomov tomonidan yaqinda tashkil etilib, muntazam ravishda yuritilib kelinayotgan @z_gulyamoff musiqiy blogiga ham obuna bo‘lib, kuzatib borishni tavsiya etamiz.

📌 P.S.: Kanalni ommalashtirishga yordam beramiz, Alloh rozi bo‘lsin azizlar!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

💡 Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач) orqali Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushirish

Turli vazifalarni bajarish uchun bizga ko‘pincha Командная строка'ni administrator nomidan ishga tushirishga to‘g‘ri keladi. Konsol oynasini ekranga chariqishning ko‘plab usullari mavjud.

Bugun esa Командная строка'ni Диспетчер задач orqali ishga tushirishning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan usulini sizning e’tiboringizga taqdim etmoqchimiz.

Buning uchun Диспетчер задач'ni CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi orqali ishga tushiramiz. Oyna yuqori chap chetidagi Файл menyusiga murojaat etamiz. Аgar Запустить новую задачу ustiga bosilsa, u holda bizga WIN + R klavishlari birikmasi orqali ishga tushirilishi ma’lum bo‘lgan Выполнить standart oynasi ochiladi.

Menyuning ushbu bandiga CTRL klavishini ushlab turgan holda sichqonchaning chap tugmasi bilan bosilsa, u holda Выполнить oynasining o‘rniga konsol (Командная строка) oynasi administrator nomidan ishga tushiriladi.

ℹ️ Kanalimizda Buyruq satri ishtirok etgan boshqa postlarimiz bilan ham tanishing:
Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows uchun layfxak: qotib qolgan kompyuterimizni “jonlantiramiz”
Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish
Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
Istalgan papka asosida virtual disk yaratish
Windows 10'da Buyruq satri (Командная строка) yordamida disk harfini o‘zgartirish
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
Windows 10'da keraksiz tizim xatoliklari xotira dampini o‘chirish orqali joy bo‘shatish
Windows'ni qo‘shimcha dasturlarsiz aktivatsiya qilishning 3 usuli
Windows 7, 8.1 va 10'ni tezkor aktivatsiya qilish
Windows'ga yangilanishlar kelib tushishi (Windows Update)ni faollashtirish
Windows brandmaueri yordamida kompyuterda saytga kirishni bloklash
Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
Windows brandmaueri (Firewall)ni o‘chirib qo‘yishning ikki usuli
Windows'da “Максимальная производительность” rejimini faollashtirish
Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?
Tarmoq parametrlarini qayta tiklash
CHKDSK buyrug‘i (test)
SHUTDOWN buyrug‘i
Bir nechta papkani bir urinishda yaratish imkoniyati haqida bilasizmi?
O‘chirilgan fayllarni tiklash
Kompyuterga o‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatini tezkor hosil qilish
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
Ixtiyoriy hajmdagi fayl yaratish
Windows tizimli fayllarining butligini tekshirish
• Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

Hurmatli kanalimiz muxlislari, tungi vaqtda bezovta qilayotganimiz uchun sizdan uzr so‘ragan holda, yangi loyihani boshlaganimizni bildirib o‘tmoqchimiz.

Endi, kanalimizga allaqachon joylashtirilgan va joylashtirish rejalashtirilgan matnli postlarimiz uchun qo‘shimcha ravishda video ko‘rsatmalar berib borishni niyat qilib alohida kanalni ishga tushirdik.

Hozircha unga bor yo‘g‘i bir dona video ko‘rsatma joylashtirildi, kun davomida bo‘lmasada, kechki, balki tunggi vaqtda vaqt topib, videolar tayyorlab borishni umid qilamiz.

Ushbu kanalimizga ham obuna bo‘ling, videolarni ko‘rib boring, o‘rganing va yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring, ushbu loyihamizni ham birgalikda rivojlantiramiz, ommalashtirish yuzasidan qo‘llab-quvvatlaysiz, degan umiddamiz. ☺️

🆕 Yangi kanalimiz linki: @itspecuz_videos

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #smartfon

🎣 Suvdan himoyalanish bo‘yicha IP68 standartiga ega smartfonlar ba’zida mana shunday zaruriy vaziyatlarda ham insoniyatga qo‘l kelishi mumkin.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Ustunlar o‘rnini almashtiramiz (2-usul) 🧾

👉🏻 1-usul

Excel'da ustunlarning o‘rnini shuningdek qaynoq klavishlar yordamida almashtirish mumkin:

— 1-qadam
Sarlavhasi ustiga bosish orqali ma’lumotlar keltirilgan ustunni butunlay belgilaymiz va ustunni "kesib olish" uchun CTRL + X klavishlari birikmasini bosamiz.

— 2-qadam
"Kesib olingan" ustunni joylashtirish uchun kerakli ustunni tanlaymiz (bunda joylashtirilayotgan ustun belgilangan ustunning chap tomoniga joylashishi hisobga olinadi).

— 3-qadam
Ustun ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusidan Вставить вырезанные ячейки bandini tanlaymiz (rasmda ko‘rsatilgan).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов)
Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija