IT specialist
11.8K subscribers
1.12K photos
475 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#test #excel

Excel'da sonning butun qismi, uning kasr qismidan qaysi tinish belgisi yordamida ajratiladi?
Anonymous Quiz
32%
nuqta
40%
vergul
17%
probel
11%
ikki nuqta
#test #excel

Excel'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida yacheykaga giperhavola joylashtirish mumkin?
Anonymous Quiz
42%
CTRL + G
15%
F6
24%
ALT + G
19%
CTRL + K
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Hozirgi kunda zo‘r Web-dasturchi bo‘laman deb endigina HTML'ni mukammal o‘zlashtirganingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Musiqa pleyeridagi yaxshilanish 🎧

Telegram'ning yangi versiyasida musiqa pleyeriga bir qancha yaxshilanishlar kiritildi.

Pleyerdagi ijrochi nomi ustiga bosib, uning barcha chatlaringizda joylashgan to‘liq treklari ro‘yxatiga o‘tish mumkin.

Shuningdek “keyingi trek” yoki “oldingi trek” tugmalarini bosib turish orqali audio yozuvni oldinga yoki orqaga surishingiz mumkin.

Bundan tashqari, ijro etishning boshlanishida tovush asta-sekin balandlanib, to‘xtashiga yaqin xuddi shu tarzda pasayadi.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post
Elementlarni izsiz o‘chirish
Telegram 7.4 chiqdi: boshqa messenjerlardan chatlarni ko‘chirish va ko‘plab yangi imkoniyatlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #game #IT_humor

Sizda ham shundaymi? 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🕹 J2ME Loader — eski telefonlar uchun Java'da ishlab chiqilgan eski o‘yin va ilovalardan foydalanishga mo‘ljallangan yaxshi emulyator. Mascot Capsule sheyderlarini qo‘llab-quvvatlash qo‘shilgan.

📎
J2ME Loader Mod v0.77.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software #word #excel #powerpoint #outlook

Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish 📥

Windows ISO Downloader – Microsoft serverlaridan Windows operatsion tizimining rasmiy obrazlarini oddiy yuklab olish uchun mo‘ljallangan bepul dastur.

Dastur obrazini yuklab olish mumkin bo‘lgan mavjud operatsion tizimlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayni damda bu Windows 7, Windows 8.1, Windows 10 va Insider Preview, shuningdek MS Office 2010, Office 2013, Office 2016, Office 2019 va Expression Studio'lardir. Mos keluvchi tizim tanlanganidan so‘ng, dastur Microsoft Techbench saytidagi kabi monand formani aks ettiradi.

Kompyuterga allaqachon o‘rnatilgan va qo‘llanilib turgan operatsion tizimning tayyor ISO obrazini yuklab olish, tizimni qayta o‘rnatish yoki tiklash uchun ajoyib variant hisoblanadi.

📎 Windows ISO Downloader v8.46.0.154 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #telegramda_guruh_yuritish

Elementlarni izsiz o‘chirish 🗑

Telegram'ning yangi versiyasida xabarlar, chatlar, qo‘ng‘iroqlar tarixi va siz tomondan yaratilgan guruhlarni istalgan onda o‘chirish mumkin.

Shunchaki elementlarni belgilang va ular barcha ishtirokchilarda ham o‘chirilishi uchun ochilgan panelda maxsus belgini o‘rnating. O‘chirilgan elementlar ortidan iz qoldirmaydi – bu esa sizga tarmoqdagi raqamli izingizni to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post
Musiqa pleyeridagi yaxshilanish
Telegram 7.4 chiqdi: boshqa messenjerlardan chatlarni ko‘chirish va ko‘plab yangi imkoniyatlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#grafika #dizayn #rasm_bilan_ishlash

“Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi 🔤

Serif — bunday shriftlarning serif'lari bor hisoblanadi. Serif bu harflar oxirini tugatadigan (ba’zan harflarning “oyoqlari” deb ham ataladigan) dekorativ qism. Serif shriftlari odatda an’anaviy, asosli va ishonchli degan ma’nolarni bildirish maqsadida qo‘llaniladi.

Sans-serif — bunday shriftlarda serif mavjud emas. Sans-serif shriftlar asosan zamonaviy, norasmiy va do‘stona degan ma’nolarni berish uchun qo‘llaniladi.

❇️ Kompaniyalar to‘g‘ri ma’nolarni anglatish uchun bularga alohida e’tibor qaratishadi. Misol uchun: 2015-yilda Google o‘zining logosini Serif'dan Sans-serif'ga almashtirdi. Chunki Sans-serif shrifti Google xizmatlari taqdim etuvchi zamonaviylik, qulaylilik kabi ma’nolarni to‘g‘ri tasvirlaydi. Texnologiyaga asoslangan, doimo yangiliklar bilan ommani o‘ziga jalb qiluvchi kompaniya uchun bu maqsadli tanlov hisoblanadi.

📝 Manba: @sociallyuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin?
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🔍 AppWatch – qurilmangizda yuzaga keluvchi reklamani qaysi ilova ko‘rsatayotganini aniqlashga ko‘mak beruvchi maxsus mobil ilova. Android 6.0+. Pro-versiya.

📎
AppWatch v1.6.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

👤 Loyiha menejeri telefon orqali mijozga: “Ha, albatta, buni ham qo‘shamiz. Barchasini uddalay olamiz! Muddatmi? Shu hafta juma kuni kechasi topshiramiz!”.

Ushbu suhbatni eshitib turgan dasturchilar jamoasi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#security #operatsion_tizim

ESET Nod32 antivirusi uchun yangilanishlar serveri (Сервер обновлений)ni sozlamalardagi o‘rniga qaytarish 📥⚙️

Nod32 antivirusining 5-versiyasidan boshlab yangilanishlar serveri (Сервер обновлений) o‘zgartirish uchun o‘z odatiy joyida uchramaydi. Ushbu banddan foydalanuvchilar asosan antivirus bazasining onlayn baza serverini belgilash yoki biror papkadan oflayn yangilash uchun uning joylashgan manzilini ko‘rsatib ketish uchun foydalanishadi.

⚠️ Dasturning 5-versiyasidan boshlab yangilanishlar sozlamasiga o‘tish uchun bosh oynasida F5 klavishini bosib, ochilgan Дополнительные настройки oynasining chapki panelida ОбновлениеПараметры tanlanadi. Oynaning ko‘rinishi esa post ostida 👇🏻 biriktirilgan rasmdagi kabi, faqat Сервер обновлений: bandi, ostidagi ro‘yxati va yonidagi Изменить... tugmasisiz ko‘rinishda bo‘ladi.

Bunday vaziyatda Windows'ni Xavfsiz rejim (Безопасный режим, Safe Mode)da ishga tushirish lozim bo‘ladi, boisi, ushbu rejimda antivirus dasturi tizimga yuklanmaydi va uning sozlamalarini Reyestr muharriri (Редактор реестра)da bemalol sozlash mumkin hisoblanadi.

Windows operatsion tizimining – 7, 8, 8.1 va 10-versiyalarida, kompyuter keyingi yuklanishida Xavfsiz rejim'da ishga tushishi uchun quyidagi sozlama amalga oshiriladi:

1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasini bosish orqali Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga msconfig buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Конфигурация системы oynasini ishga tushiring.

2️⃣. Ochilgan oynaning yuqorisidagi varaqa (вкладка)lar orasidan Загрузка'ga o‘ting va pastroqda chap tomondagi Параметры загрузки paneliga kiruvchi Безопасный режим bandiga qushcha belgisini o‘rnating. Bu yerda boshqa narsani o‘zgartirish shart emas.

3️⃣. Oynaning ostki qismidagi Применить va OK tugmalarini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni tasdiqlang.

Endi Windows'ni qayta yuklashingiz mumkin. Keyingi yuklanishida u odatdagi kabi emas, balki siz uchun noodatiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan Xavfsiz rejim (Safe Mode)da ishga tushiriladi. Antivirus sozlamasini amalga oshirish uchun esa quyidagi qadamlar bajariladi:

1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasini bosish orqali Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Reyestr muharriri (Редактор реестра) oynasini ishga tushiring.

2️⃣. Oynaning yuqoridagi manzil satriga quyidagi yo‘nalishni nusxalab joylashtiring: HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\ESET\ESET Security\CurrentVersion\Info va ENTER klavishini bosing.

3️⃣. Oynaning o‘ng tomondagi panelidan alfavit tartibida keluvchi PackageFeatures bandini toping, ustiga ikki marta bosing va ochilgan oynadagi qiymatni 1 ga o‘zgartirib OK tugmasini bosish orqali tasdiqlang.

4️⃣. Kompyuterni qayta yuklash oldidan bundan yuqoridagi 👆🏻 ko‘rsatmaga muvofiq Конфигурация системы oynasiga o‘ting va bu safar Безопасный режим bandidan qushcha belgisini olib tashlab, kiritilgan o‘zgartirishni saqlang. Shunda kompyuter keyingi yuklanishida oddiy rejimda yuklanadi.

♻️ Barcha sozlamalar to‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa unda antivirus sozlamasidagi oyna post ostida 👇🏻 keltirilgan rasmdagi kabi ko‘rinishga keladi (bizda turgani 8-versiya, iloji bo‘lsa shunisidan foydalaning).

Yangilanishlar serveriga quyidagi parametrlarni kiritish tavsiya etiladi:
🌐 Сервер обновлений: http://000.youface.uz
👤 Имя пользователя: @spyuz
🔐 Пароль: funsun21

📋 Сервер обновлений: bandi ostidagi ro‘yxatning o‘ng tomonida joylashgan Изменить... tugmasini bosib, ochilgan oynaning manzil satriga http bilan boshlangan manzilni kiritasiz, OK tugmasini bosib tasdiqlaysiz. Qolgan ikki parametrni oynadagi mos bandlarga kiritasiz va OK tugmasi bilan tasdiqlaysiz, dastur ushbu serverga murojaat etib, bazasini muammosiz yangilayveradi (buning doimiy ish berishi esa server administratoriga havola 🤲🏻).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Pareto qonuni (yoki 80 ga 20 tamoyili) 📈

Ushbu tamoyil ko‘plab muvaffaqiyat qozonib kelayotgan insonlarga juda katta va keng ommaga sezilmas ta’sir ko‘rsatdi, ammo u hanuz eng buyuk sirlardan biri bo‘lib qolmoqda. U haqda tushunchasi bor, biladigan va amalda qo‘llaydigan sanoqli insonlar ham undagi quvvatning juda oz ulushidan foydalanib keladi.

Pareto qonunida aytilishicha, harakatlaringizning yigirma foizi 80% lik muvaffaqiyatli natijalarni beradi. Qolgan 80% hayotingiz davomida qiladigan boshqa barcha ishlaringiz natijalarning atigi 20% ini tashkil qiladi. Ko‘pchilik insonlar tomonidan bajariladigan ushbu 20% lik ishlar esa hayotining deyarli barcha faol vaqtlarini o‘g‘irlaydi.

Barcha ishlaringizning yigirma foizi – hayotingizdagi eng muhim narsalardir. Eng muhimi, ularni aniqlash, ajratib olish va har kuni bajarishdir, shunda hayotingiz mazmunga boy tarzda kechadi, kuningiz hayrli o‘tsin azizlar!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ehson haqida
“Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobidan misralar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #texnologiya

Sahna oldi va ortida bo‘layotgan jarayonni tasvirlovchi ushbu video (uzilishlarsiz, bir urinishning o‘zida olinayotgani odamni lol qoldiradi, jamoaning ahilligi qanday natija berishini ko‘rsatadi), web-dasturlashdagi Frontend va Backend tushunchalarini qiyosiy tasvirlab bergan... 🙄

Garchi formati kichikroq bo‘lsa-da, videoni ko‘rish uchun ketgan vaqtingizga afsuslanmaysiz, degan umiddamiz 😉

ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #photoshop

Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida konturni ko‘rsatish mumkin?
Anonymous Quiz
25%
ALT + K
24%
SHIFT + H
32%
CTRL + SHIFT + H
19%
CTRL + K
#test #excel

Kiritilgan qiymatlarning qaysi biri Excel tomonidan sana sifatida qabul qilinadi?
Anonymous Quiz
14%
14.07.1786
12%
30 фев
23%
28.02.2005
50%
Barcha javoblar to‘g‘ri
#internet #security #maslahat

Google Chrome'dagi navbatdagi zaiflik 🛡

Bu Windows, macOS va hattoki Linux uchun ham dolzarbdir, bu yovuz niyatli shaxslarga tizimni boshqarish huquqini olish uchun qurol sifatida xizmat qilishi mumkin.

🔄 Yaxshi xabar ham bor, bunga dasturchilar tomonidan allaqachon patch ishlab chiqilgan — brauzeringizni tezroq yangilab oling!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
Аntivirus va viruslarga oid postlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #powerpoint

PowerPoint'da slaydlar namoyishi (слайд-шоу) qaysi klavisha yordamida boshlanadi?
Anonymous Quiz
17%
TAB
57%
F5
10%
F6
16%
ENTER
#bilasizmi #dasturlash

🛰 NASAga tegishli Apollon dasturining yetakchi dasturiy taʼminot muhandisi Margaret Xemilton o‘zi va jamoasi tomonidan 1969 yilda insoniyatni Oyga olib kelgan raketa va dasturiy taʼminot uchun qo‘lyozma dastur kodi yonida turibdi.

📝 Manba: @qiziqfan

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Diagrammaning qaysi elementi Легенда deb nomlanadi? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)