This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Turli dasturlash tillarining tashqi ko‘rinishiga oid qiyosiy yondashuv... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

#internet
Brauzer varaqa (вкладка)lari bilan ishlashni osonlashtiruvchi klavishlar birikmalari ⌨️
•
•
•
•
•
•
•
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Brauzer varaqa (вкладка)lari bilan ishlashni osonlashtiruvchi klavishlar birikmalari ⌨️
•
CTRL + 1...8 — varaqani tartib raqami bo‘yicha tanlash (1 dan 8 ga qadar);•
CTRL + 9 — so‘nggi varaqani tanlash;•
CTRL + T — varaqa yaratish;•
CTRL + W — varaqani yopish;•
CTRL + SHIFT + T — so‘nggi yopilgan varaqa(lar)ni tiklash;•
CTRL + PAGE UP (CTRL + PAGE DOWN) — keyingi / oldingi varaqaga o‘tish;•
CTRL + TAB (CTRL + SHIFT + TAB) — keyingi / oldingi varaqaga o‘tish.ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslahat
Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar ✍🏻
Telegram'dagi ko‘pchilik kanal va guruh mualliflarida (ayniqsa buni endigina boshlagan adminlarda) uzun matnlarni yozishga oid muammolar kuzatilib turadi. Bu aynan matnning uzunligi bilan emas, balki uning yozilish uslubi bilan bog‘liqdir.
Ushbu postimizda uzun, zerikarli matnni jozibador va o‘qish uchun qulay shaklga keltirishga oid maslahatlarimizni ulashishga qaror qildik.
• Parazit so‘zlarni qo‘llamang – masalan, “eng”, “eng zo‘r”, “to‘g‘risi”, “chindan ham” va hokazo, ko‘pchilik obunachilarning bu kabi so‘zlarga “allergiya”si bor, bu kabi so‘zlar ularning butun matnga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishga xizmat qilishi mumkin.
• Vizualizatorlardan foydalaning: faraz qiling, his etib ko‘ring, nazar soling, eslab ko‘ring va hokazo.
• Obunachilarning e’tiborini jalb etish uchun markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlardan foydalaning.
• O‘qish uchun qisqa abzatslar qulay.
• Bitta uzun jumlani yozgandan ko‘ra, bir nechta qisqa jumlalarni yozgan ma’qul. Bu orqali postni o‘qishni boshlagan obunachi, uning oxiriga yetganida, postning nimadan boshlanganini unutib qo‘ymaydi.
• Murakkab jarayonlarni to‘rt-besh so‘zdan ortmaydigan qilib tasvirlang.
• Faqat alohida mutaxassislarga ma’lum bo‘lgan maxsus so‘zlar (slenglar)ni qo‘llamaslikka harakat qiling. Shunday yozingki, matnlaringizni kichik yoshdagi bola ham, nafaqadagi yoshi ulug‘ inson ham birday tushunsin.
• Bir abzatsda 1-2 raqamdan ortig‘ini yozmaslikka harakat qiling.
• Butun matnni KAPSLOK (CapsLock) bilan yozmang – oddiy insonlar uchun bunday matnni o‘qish va qabul qilish murakkablik qiladi.
• Butun matnni BOLD (qalin shrift) bilan yozmang – faqat auditoriya e’tiborini qaratishi lozim bo‘lgan sarlavhalar yoki alohida so‘z va so‘z birikmalarini ajratib ko‘rsating.
• Butun matnni yagona yirik abzats ko‘rinishida yozmang.
• Har bir postingiz uchun sarlavha qo‘llashga harakat qiling.
•
• Xabaringizga e’tiborni jalb etish uchun matnning boshlanishi yoki oxiriga rasmlar qo‘shing.
• Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlaridan foydalaning. Matnning muhim qismlariga e’tiborni qaratish uchun bold, kursiv, osti yokiustidan chizilgan va
• Matnda emodzilarni qo‘llashda me’yorni biling – ular chalg‘itadi va matnni o‘qishga xalaqit beradi.
📌 P.S.: Telegram'dagi xabarlarda matnlarning o‘qilishini qanday yaxshilash mumkinligini bilasizmi? Ushbu post ostidagi izohlarda o‘z maslahatlaringizni keltiring.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar ✍🏻
Telegram'dagi ko‘pchilik kanal va guruh mualliflarida (ayniqsa buni endigina boshlagan adminlarda) uzun matnlarni yozishga oid muammolar kuzatilib turadi. Bu aynan matnning uzunligi bilan emas, balki uning yozilish uslubi bilan bog‘liqdir.
Ushbu postimizda uzun, zerikarli matnni jozibador va o‘qish uchun qulay shaklga keltirishga oid maslahatlarimizni ulashishga qaror qildik.
• Parazit so‘zlarni qo‘llamang – masalan, “eng”, “eng zo‘r”, “to‘g‘risi”, “chindan ham” va hokazo, ko‘pchilik obunachilarning bu kabi so‘zlarga “allergiya”si bor, bu kabi so‘zlar ularning butun matnga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishga xizmat qilishi mumkin.
• Vizualizatorlardan foydalaning: faraz qiling, his etib ko‘ring, nazar soling, eslab ko‘ring va hokazo.
• Obunachilarning e’tiborini jalb etish uchun markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlardan foydalaning.
• O‘qish uchun qisqa abzatslar qulay.
• Bitta uzun jumlani yozgandan ko‘ra, bir nechta qisqa jumlalarni yozgan ma’qul. Bu orqali postni o‘qishni boshlagan obunachi, uning oxiriga yetganida, postning nimadan boshlanganini unutib qo‘ymaydi.
• Murakkab jarayonlarni to‘rt-besh so‘zdan ortmaydigan qilib tasvirlang.
• Faqat alohida mutaxassislarga ma’lum bo‘lgan maxsus so‘zlar (slenglar)ni qo‘llamaslikka harakat qiling. Shunday yozingki, matnlaringizni kichik yoshdagi bola ham, nafaqadagi yoshi ulug‘ inson ham birday tushunsin.
• Bir abzatsda 1-2 raqamdan ortig‘ini yozmaslikka harakat qiling.
• Butun matnni KAPSLOK (CapsLock) bilan yozmang – oddiy insonlar uchun bunday matnni o‘qish va qabul qilish murakkablik qiladi.
• Butun matnni BOLD (qalin shrift) bilan yozmang – faqat auditoriya e’tiborini qaratishi lozim bo‘lgan sarlavhalar yoki alohida so‘z va so‘z birikmalarini ajratib ko‘rsating.
• Butun matnni yagona yirik abzats ko‘rinishida yozmang.
• Har bir postingiz uchun sarlavha qo‘llashga harakat qiling.
•
Mono kenglikdagi matn bilan yozilgan uzun jumlalar xabarning umumiy kengligini oshiradi. Bu postlarning ba’zi qurilmalarda o‘qilishini qiyinlashtiradi.• Xabaringizga e’tiborni jalb etish uchun matnning boshlanishi yoki oxiriga rasmlar qo‘shing.
• Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlaridan foydalaning. Matnning muhim qismlariga e’tiborni qaratish uchun bold, kursiv, osti yoki
mono kenglikdagi matnlarni qo‘llang (1️⃣ va 2️⃣).• Matnda emodzilarni qo‘llashda me’yorni biling – ular chalg‘itadi va matnni o‘qishga xalaqit beradi.
📌 P.S.: Telegram'dagi xabarlarda matnlarning o‘qilishini qanday yaxshilash mumkinligini bilasizmi? Ushbu post ostidagi izohlarda o‘z maslahatlaringizni keltiring.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun
DONO FIKRLAR: Doktor Abdul Qalam fikrlari 🔰
👤 Avur Pakir Djaynulabdin Abdul Qalam (1932-2015) – hind olimi, fan va jamoat arbobi. Doktor Abdul Qalam Hindiston Respublikasining 11-prezidenti bo‘lib, 2002-2007 yillarda faoliyat ko‘rsatgan. Oddiy qayiqchining o‘g‘lidan prezidentlik darajasigacha erishgan olim mamlakat yoshlarining ilmiy-ma’naviy yo‘lboshchisi, mehnat muvaffaqiyatga erishtirishini isbotlay olgan. Quyida uning iqtiboslaridan namunalarni o‘qib bahra oling:
“Orzu ushalishidan oldin sen orzu qilishga odatlanishing kerak. Ammo unutma: orzu qilish – hayollarni tushda ko‘rish degani emas, balki bu odamga uyqu bermaydigan jarayondir”.
* * *
“Maqsad yo‘lida omadga erishishning yagona yo‘li – sobitqadamlikdir”.
* * *
“Erkak kishi muvaffaqiyatidan huzurlanishi uchun mashaqqatlarga ro‘baro‘ kelishi kerak. Mehnat azobi muvaffaqiyatning hozirligidan nishona”.
* * *
“Kimgadir zarba berish uni mag‘lub qilishni anglatmaydi. G‘alaba insonning ko‘nglidan joy olish bilan belgilanar ekan, kimgadir dushmanligimizdan ma’ni yo‘qdir”.
* * *
“Bizning farzandlarimiz ertaga farovon yashashi uchun biz bugunimizni qurbon qilishga ikkilanmaylik”.
* * *
“Ozod bo‘lmagan millatni ham, insonni ham hech kim hurmatga munosib ko‘rmaydi. Avvalo, biz ozodlikka shuning uchun muhtojmiz”.
* * *
“Hayotdagi mashaqqatlar bizni xarob qilish uchun emas, o‘zimizning yashirin salohiyat va imkoniyatimizni anglash uchun bizga to‘qnash keladi. Mashaqqatlarga mukammal inson ekanligingizni bildirib qo‘ying”.
* * *
“Quyoshdek porlamoq uchun quyoshdek nur sochishni bilish kerak”.
* * *
“Qalbi yuksak insonlar uchun din, bu – do‘stlar orttirish, osuda yashash vositasi. Mayda odamlar esa dinni dahshatli qurolga aylantirishadi”.
* * *
“Kichik maqsad ham go‘yo bir jinoyat – o‘zingga qarshi jinoyat. Doimo o‘zingga munosib baho ber va kichik emas, yuksak cho‘qqini ko‘zla”.
* * *
“To‘g‘ri, men kelishgan odam emasman. Lekin kelisha oladigan odamman. Go‘zallik yuzda emas, ko‘ngilda bo‘ladi”.
* * *
“Modomiki mamlakat korrupsiyadan holi, go‘zal tafakkurli insonlar jamiyatini qurishni xohlar ekan, men buni jamiyatning uchta a’zosi amalga oshirishiga qattiq ishonaman. Ular – ota-ona va o‘qituvchi”.
* * *
“Yaratgan ham tinimsiz mehnat qiladiganlarga yordam berishini tushunib yetgan bo‘lsang kerak. Bu hayotning eng yorqin qoidasi”.
* * *
“Kelajagingni o‘zgartirishga qodir emasdirsan, lekin fe’l-atvor, odatlaringni o‘zgartirish qo‘lingdan keladi. Bu esa o‘z navbatida kelajagingni o‘zgartiradi”.
* * *
“Yomg‘ir yog‘ishi bilan qushlar iniga, pana-pasqamga shoshsa, burgutlargina bulut tepasiga parvoz qiladilar. Xulosa: muammolar bir xil, unga yechim topish yoki topa olmaslik fe’l-atvorga bog‘liq”.
* * *
“Muvaffaqiyatga bag‘ishlangan hikoyalarni o‘qimang: ularning maktubdan farqi yo‘q. Siz muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarning hayotini o‘rganing: ular xulosa chiqarishingizga sababchi bo‘lishadi”.
* * *
“Modomiki buyuk bo‘lishni istar ekansan, avvalo millating buyukligi yo‘lida xizmat qil”.
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi
“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”
📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

#ict_news #bilasizmi #internet
Elektron hukumat qurishning “estoncha retsepti” 🏗
📊 BMTning elektron hukumatlar bo‘yicha 2020-yilgi reytingida 193 mamlakat orasida Estoniya 3-o‘rinni (Daniya va Janubiy Koreyadan so‘ng) band etib, dunyoning eng raqamlashgan uch mamlakatidan biriga aylandi.
📈 Bu shunchaki o‘sish emas — Estoniya ushbu reytingda 2018 yilda 16-o‘rinda edi. Reytingdagi elektron ishtirok indeksida Estoniya uzil-kesil 1-o‘rinda!
🇪🇪 Estoniya — chin ma’noda raqamli mamlakat. Estonlar qurgan raqamli jamiyat yashovchanligini ko‘rsatdi: nikoh yoki ajrashish, ko‘chmas mulk sotish yoki xarid qilish istisno qilinganda, qolgan deyarli barchasi internet orqali bajariladi.
👉 Batafsil…
📝 Manba: @eGovUz

#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor
Ayol turmush o‘rtog‘iga telefon orqali:
— Menda kompyuter ishlamayapti
— Qara, protsessordagi katta tugmani bosdingmi?
— Bosdim
— Sim elektr manbasiga ulanganmi?
— Hozir qarab turing, fonarni olayin, qarab ko‘raman...
— Fonarni nima qilasan?
— Svet o‘chgandida...

#test #powerpoint
PowerPoint'da qaysi klavishlar birikmasi orqali joriy taqdimot hujjatiga yangi slayd qo‘shish mumkin?

Anonymous Quiz
23%
CTRL + S
30%
SHIFT + PROBEL
15%
F3
32%
CTRL + M
#test #operatsion_tizim
Windows'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida “Проводник” oynasini ekranga chaqirish mumkin?
Windows'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida “Проводник” oynasini ekranga chaqirish mumkin?
Anonymous Quiz
25%
CTRL + P
15%
F8
40%
WIN + E
20%
WIN + P
#ict_news #texnologiya #mulohaza_uchun
Isroil startapi atigi besh daqiqada quvvat oladigan elektromobil batareyalarini ishlab chiqardi 🔋
Isroilning “StoreDot” startapi faqat 5 daqiqada noldan 100% gacha quvvat oladigan elektromobillar uchun akkumulyatorlarning birinchi partiyasi ishlab chiqarilishini e’lon qildi. Bu elektromobil egalariga benzin va dizel yonilg‘isi bilan ishlaydigan mashinalar egalari qancha vaqt sarf qilsa, shuncha vaqtni zaryadlash shaxobchasida o‘tkazishga imkon beradi.
StoreDotning alohida ta’kidlashicha, mingta batareyaning birinchi partiyasi laboratoriya prototiplari emas, balki litiy-ionli batareyalarni yig‘ish uchun ishlatiladigan standart ishlab chiqarish liniyalarida tayyorlangan muhandislik namunalaridir. Xitoyning “EVE Energy” zavodi “StoreDot”ning sherigi sifatida ish olib bormoqda.
Isroil kompaniyasinin nou-xausi — aksariyat zamonaviy batareyalarda ishlatiladigan grafitning metalloid nanozarralari bilan almashtirilishidir. “StoreDot” ma’lumotlariga ko‘ra, bu hozirda elektromobillarning tez zaryadlanishiga to‘sqinlik qiladigan xavfsizlik, batareyaning ishlash muddati va batareyaning shishishi bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi.
“StoreDot” rahbari Doron Mayersdorf kelajakda tez quvvat oladigan batareyalar narxi standart litiy-ionli analoglari narxidan oshmasligini ta’kidladi. Bunday akkumulyatorlar bilan elektromobillarni hamma joyda quvvatlantirishning ta’minlanishi 2025-yilga qadar amalga oshirilishi kutilmoqda.

#operatsion_tizim #software
🔑 Mini KMS Activator Ultimate - Barcha Windows operatsion tizimlari va barcha Office mahsulotlarini yanada ishonchli usulda aktivatsiya qilishga ko‘mak beruvchi Windows Activation'ning so‘nggi versiyasi.
USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v2.5
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇬🇧 Interfeys tili: Inglizcha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi
📎 Mini KMS Activator Ultimate v2.7 dasturini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
• Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

#mulohaza_uchun #game
🚑 Bir paytlar GTA Vice City o‘yinida tez yordam missiyasini bajarish yo‘lida yarim shahar aholisini mashinada turtib yoki umuman bosib ketishga to‘g‘ri kelardi. 😣
Hozir kompyuter grafikasi imkoniyatlari tobora rivojlanib, ushbu o‘yin ham ancha realistik ko‘rinishga kelgan... 🙄
📌 P.S.: Shu o‘yinning qaysi versiyasini bo‘lsa ham hech o‘ynab ko‘rganmisiz?

#operatsion_tizim #security
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi? 🛡🚫
“Защитник Windows”, ya’ni ushbu operatsion tizim tarkibida keluvchi ichki antivirus kompyuter resurslarining aksariyat qismini iste’mol qiladi. Shunday ekan, agarda kompyuteringiz parametrlari kuchsizroq bo‘lsa, unda uning ish samaradorligini oshirish maqsadida ushbu opsiyani o‘chirib qo‘yish mumkin.
1️⃣. Windows'ning qidiruv satriga Безопасность Windows'ni kiritib toping va ishga tushiring. Защита от вирусов и угроз varaqa (вкладка)siga o‘ting.
Параметры защиты от вирусов и других угроз bo‘limida Управление настройками'ning ustiga bosing.
Bu yerda biz real vaqtdagi himoyani, bulutli himoyani va antivirusning boshqa funksiyalarini o‘chirib qo‘yishimiz mumkin.
2️⃣.
Chap tomondagi panelda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Компоненты Windows → Антивирусная программа “Защитник Windows”.
O‘ng tomondagi katta panelda Выключить антивирусную программу «Защитник Windows» parametrini toping. Uning ustiga ikki marta bosing va o‘tkazgichni Включено holatiga o‘rnating.
❗️Защитник Windows o‘rniga sizda Microsoft Defender deb yozilgan bo‘lishi mumkin.
Shundan so‘ng, Windows’ning himoya tizimi ishlamay qoladi, bu haqda sizga bildirishnoma keladi. Endi kompyuterni shu holicha qoldirishingiz yoki boshqa antivirus dasturini o‘rnatishingiz mumkin.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi? 🛡🚫
“Защитник Windows”, ya’ni ushbu operatsion tizim tarkibida keluvchi ichki antivirus kompyuter resurslarining aksariyat qismini iste’mol qiladi. Shunday ekan, agarda kompyuteringiz parametrlari kuchsizroq bo‘lsa, unda uning ish samaradorligini oshirish maqsadida ushbu opsiyani o‘chirib qo‘yish mumkin.
1️⃣. Windows'ning qidiruv satriga Безопасность Windows'ni kiritib toping va ishga tushiring. Защита от вирусов и угроз varaqa (вкладка)siga o‘ting.
Параметры защиты от вирусов и других угроз bo‘limida Управление настройками'ning ustiga bosing.
Bu yerda biz real vaqtdagi himoyani, bulutli himoyani va antivirusning boshqa funksiyalarini o‘chirib qo‘yishimiz mumkin.
2️⃣.
WIN + R klavishlari birikmasini bosish orqali Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Редактор локальной групповой политики oynasini ishga tushiring.Chap tomondagi panelda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Компоненты Windows → Антивирусная программа “Защитник Windows”.
O‘ng tomondagi katta panelda Выключить антивирусную программу «Защитник Windows» parametrini toping. Uning ustiga ikki marta bosing va o‘tkazgichni Включено holatiga o‘rnating.
❗️Защитник Windows o‘rniga sizda Microsoft Defender deb yozilgan bo‘lishi mumkin.
Shundan so‘ng, Windows’ning himoya tizimi ishlamay qoladi, bu haqda sizga bildirishnoma keladi. Endi kompyuterni shu holicha qoldirishingiz yoki boshqa antivirus dasturini o‘rnatishingiz mumkin.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
📚 eReader Prestigio - elektron kitoblar va PDF fayllarni o‘qish uchun maxsus mobil ilova. Zamonaviy dizayn, intuitiv navigatsiya va o‘qish sohasining qulay tuzilishi.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📚 eReader Prestigio - elektron kitoblar va PDF fayllarni o‘qish uchun maxsus mobil ilova. Zamonaviy dizayn, intuitiv navigatsiya va o‘qish sohasining qulay tuzilishi.
Premium-versiya.
📎 eReader Prestigio v6.6.8 mobil ilovasini yuklab olish.📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#telegram
⚡️ Telegram'da yaqin orada ovozli chatlarda video xabarlar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Telegram'ning macOS uchun Beta-versiyasida aniqlangan ushbu satr darak bermoqda:
U ovozli chatda videoning manbasini sozlash uchun xizmat qiladi.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
⚡️ Telegram'da yaqin orada ovozli chatlarda video xabarlar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Telegram'ning macOS uchun Beta-versiyasida aniqlangan ushbu satr darak bermoqda:
"VoiceChat.Video.VideoSource" = "Video Source".U ovozli chatda videoning manbasini sozlash uchun xizmat qiladi.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor
Ba’zilar Internetda va hayotda o‘zlarini taxminan mana shunday tutishadi... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Ba’zilar Internetda va hayotda o‘zlarini taxminan mana shunday tutishadi... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🔥1😁1
#telegramda_kanal_yuritish #security #maslahat
‼️ Telegram'da kanalni yovuz niyatli shaxslar tomonidan “uxlatish” holatlari ko‘paymoqda (yana misollar: 1, 2 (rus tilida)). Ular reklama beruvchi sifatida o‘zlarini tanishtirib, arxiv faylini yuborishadi, uning ichida go‘yoki reklama qilinishi lozim bo‘lgan video, taqdimot yoki ilova joylashgan bo‘ladi.
Aslida esa ushbu arxivlar tarkibida ko‘plab holatlarda kompyuteringizga masofadan turib ulanish va ochiq sessiyada turgan Telegram-mijozini “uxlatish” imkonini beruvchi Windows uchun troyan dasturi bo‘ladi. Yana bir “qarmoqqa tushirish” usuli — bu reklama beruvchining go‘yoki anketa to‘ldirish uchun yuboradigan havolasidir, tabiiyki ushbu havola foydalanuvchini Telegram'ga kirish uchun ma’lumotlarni kiritishni talab etuvchi fishing sahifasiga yo‘naltiradi.
Ushbu xabarni barcha tanish Telegram-kanallari adminlariga yetkazishni unutmang!
📝 Manba: @d_code
ℹ️ Ushbu rukndagi foydali postlar mundarijasi: 1-post | 2-post

🎓OMADLI TALABALARNING HAR KUNLIK ODATLARI
• 8 soat uxlaydilar
• Erta va har doim muayyan bir vaqtda uyg‘onadilar
• Sog‘lom taom iste’mol qiladilar
• Yetarli miqdorda suv ichadilar
• Kofein va shakar iste’molini nazorat qiladilar
• Salbiy fikrlarni nazorat qilishga va ularning kelib chiqish sababini izlashga harakat qiladilar
• Shaxsiy rivojlanish uchun doim biroz vaqt topadilar
• Muhim ishlarni keyinga qoldirmaydilar

👍1👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #IT_humor
Tabiat (arxar) va texnologiya (dron) to‘qnashuvi... 🙄
📌 P.S.: Qanday ajoyib tasvir hosil bo‘layotgan ediya... Bunga nima sabab bo‘lgan deb o‘ylaysiz, operatorning tajribasizligimi yoki drondagi nosozlik?

#bilasizmi #telegram
🎉 2021-yilning yanvar oyida Telegram'da allaqachon 90 milliondan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda messenjer jamoasi o‘zining servis tarqatmasi orqali xabar berdi.
Boz ustiga, oy hali poyoniga yetgani yo‘q. Telegram'ga foydalanuvchilar oqimining darajasi shunchalik balandki (buning sabablaridan biri WhatsApp siyosatida yuz bergan yangilanishdir), butun yanvar davomida ro‘yxatdan o‘tish ko‘rsatkichi 100 millionlik dovondan oshishini bemalol taxmin qilish mumkin.
Taqqoslaydigan bo‘lsak, Pavel Durovga tegishli messenjerning dastlabki 100 million faol foydalanuvchiga erishishi 2,5 yillik muddatni talab etgan.

#smartfon #android #game
🧩 Plants vs. Zombies — o‘simliklar va zombilar qarama-qarshiligi haqidagi mashhur kazual o‘yinlar seriyasining eng dastlabki qismi. Android 4.1+.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Angry Birds mobil o‘yini
• Subway Surfers mobil o‘yini
• O‘yin haqida IT-hazil
• Tap Tap Dash mobil o‘yini
• Numpuz mobil o‘yini
• Geometry Dash mobil o‘yini
• O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
• Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish
• Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!
• Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin
• Barcha geymerlar uchun qadrdon bo‘lishga ulgurgan Counter Strike o‘yini kodlari
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🧩 Plants vs. Zombies — o‘simliklar va zombilar qarama-qarshiligi haqidagi mashhur kazual o‘yinlar seriyasining eng dastlabki qismi. Android 4.1+.
Kungaboqarlar ko‘proq energiya beradi; ko‘plab tangalar.
📎 Plants vs Zombies Mod v3.5.5 mobil o‘yinini yuklab olish.ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:

👍2