#ict_news #telegram
Telegram yangi marralar sari intilmoqda 🔝
WhatsApp'dagi yangi qoidalar va Trampning Twitter'da bloklanishidan so‘ng foydalanuvchilarning Telegram'ga qarab “qochish”i holatlari kuchaydi.
AppAnnie taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 43 mamlakatda ilovaning Android versiyasida yuklab olinishi “Коммуникации” kategoriyasida birinchi o‘rinni egallagan. Agar avvallari mashhurlik borasida biroz ortda turuvchi iOS topda ko‘rsatib kelingan bo‘lsa, hozir Telegram yanada ulkan segment – Android qurilmalarni tobora zabt etib kelmoqda.
Messenjer asosan Markaziy va Lotin Amerikasi, MDH mamlakatlari, Afrika va Osiyoda topni egallagan.
📝 Manba: @tginfo
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

#operatsion_tizim #hardware
Windows'da videoxotira hajmini bilishning 2 usuli 🎞
Agar biror sabab tufayli videokartangizdagi xotira hajmini bilmasangiz, unda buni tizimning standart vositalari yordamida aniqlash mumkin. Ushbu postimizda buni amalga oshirishning 2 usulini ko‘rib o‘tamiz:
1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasi yordamida "Выполнить" oynasini chaqirib,
Экран (Монитор) varaqa (вкладка)siga o‘ting. Устройство bo‘limida Память дисплея (видеопамять) satrini toping.
2️⃣. Windows 10 uchun Параметры oynasini ochish uchun WIN + I'ni bosing. Система bo‘limiga o‘ting. Дисплей quyi bo‘limining ostki qismidagi Дополнительные параметры дисплея bandi ustiga bosing.
Свойства видеоадаптера для дисплея 1'ga bosing va ochilgan muloqot oynasida Используется видеопамяти satrini toping.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Windows'da videoxotira hajmini bilishning 2 usuli 🎞
Agar biror sabab tufayli videokartangizdagi xotira hajmini bilmasangiz, unda buni tizimning standart vositalari yordamida aniqlash mumkin. Ushbu postimizda buni amalga oshirishning 2 usulini ko‘rib o‘tamiz:
1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasi yordamida "Выполнить" oynasini chaqirib,
dxdiag buyrug‘ini kiriting, ENTER klavishini bosgan holda DirectX diagnostika vositalari (Средства диагностики DirectX) oynasini ishga tushiring.Экран (Монитор) varaqa (вкладка)siga o‘ting. Устройство bo‘limida Память дисплея (видеопамять) satrini toping.
2️⃣. Windows 10 uchun Параметры oynasini ochish uchun WIN + I'ni bosing. Система bo‘limiga o‘ting. Дисплей quyi bo‘limining ostki qismidagi Дополнительные параметры дисплея bandi ustiga bosing.
Свойства видеоадаптера для дисплея 1'ga bosing va ochilgan muloqot oynasida Используется видеопамяти satrini toping.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #internet #security #mulohaza_uchun
Kuni kecha kanalimizda AQSh rahbariyatidagi kutilayotgan o’zgarishlar fonida Telegram'ning Android versiyasi foydalanuvchilari keskin ravishda ortib borayotgani haqida ma’lumot ulashgandik.
WhatsApp messenjeri Facebook kompaniyasiga tegishli ekanligini ko‘pchilik bilishadi. O‘tgan hafta WhatsApp'dan foydalanish shartlari o‘zgartirildi. Endi WhatsApp'dagi ma’lumotlaringiz Facebook bazasiga ham jo‘natiladi.
Natijada shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha turli savollar paydo bo‘lmoqda. G‘arbda foydalanuvchilar yoppasiga Telegram yoki Signal kabi messenjerlarga o‘tib boshlashdi. Bir necha kunda Signal messenjerini ko‘chiruvchilar soni oldingi kunlarga nisbatan 4200 %'ga o‘sdi. So‘nggi 72 soatda Telegram foydanaluvchilari soni bo‘lsa 25 milliontaga o‘sdi.
Hozirda Telegram'ning butun dunyoda foydalanuvchilari soni 520 milliontadan oshganligi xabar berilmoqda.
📝 Manba: @allaevuzb

#test #excel
Jadval asosida muayyan bir diagramma tuzilgan deylik, jadval o‘chirilgan paytda diagramma bilan nima yuz beradi?

Anonymous Quiz
28%
Diagramma o‘chirilmagunga qadar jadvalni o‘chirib bo‘lmaydi
38%
Bo‘sh diagramma qoladi
19%
Diagramma o‘chib ketadi
10%
Hech nima yuz bermaydi
6%
🤔
#test #rasm_bilan_ishlash
Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida setkani ko‘rsatish / berkitish mumkin?
Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida setkani ko‘rsatish / berkitish mumkin?
Anonymous Quiz
34%
ALT + S
26%
CTRL + ;
14%
CTRL + '
17%
F5
9%
🤔
#operatsion_tizim #software
💻 Notepad++ — MS Windows operatsion tizimida qo‘llash uchun mo‘ljallangan matnli fayllarning bepul muharriri (standart Блокнот dasturining mukammallashtirilgan ko‘rinishi), ko‘plab dasturlash tillari sintaksisini qo‘llab-quvvatlaydi.
USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v8.1.9.3
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi
📎 Notepad++ v8.1.9.3 Final dasturini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

#operatsion_tizim #security
Windows ishchi stoli (Рабочий стол)da ilovalar yorliqlarini qanday berkitish mumkin? 🤔
Siz do‘stingiz uchun kompyuterida “syurpriz” qilmoqchimisiz? Yoki mehmonlar bilan birga keluvchi bolalarning kompyuteringizga yaqinlashib, u-bu kerakli ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborishi ehtimolini oldini olmoqchimisiz? Unda Windows'ingizning ishchi stolidagi ilovalarni ishga tushiruvchi belgilarni berkitib qo‘yishingiz mumkin.
Agar astoydil hazillashmoqchi bo‘lsangiz, unda ekrandan Printscreen olib, ilovalar yorliqlarining joriy holatini rasm ko‘rinishida saqlashingiz va ushbu rasmni fon rasmi sifatida o‘rnatib qo‘yishingiz mumkin! 😉
Shunday qilib, ushbu usul orqali “o‘lik belgilar” effektiga erishish mumkin, ular ko‘rinib turadi, biroq ish bermaydi. Ko‘pchilik kompyuter qotib qolgan, degan hayolga borib, nima qilishni ham bilmay turaveradi. Ushbu maqolada buni Windows XP, 7 va 10 versiyalarida qanday amalga oshirilishi xususida to‘xtalib o‘tamiz.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows uchun Fences dasturi
• Windows 10’da virtual ishchi stollari o‘rtasida tezkor o‘tish
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri

#mulohaza_uchun
XULOSA 📋
Dunyoda millionlab insonlar mehnatlari evaziga baxtiyor yashayotgan bir paytda, siz ham bunga munosibsiz. Ularning ba’zi farqli jihatlarigina yaxshi yashashlari uchun xizmat qiladi. Kitobning birinchi bobidagi mavzular, fikrlarni xulosa qiladigan bo‘lsak, baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlarni baxtli qiladigan quyidagi jihatlar mavjud:
– boshqalarga yomonlik tilamaydilar va yomonlik ravo ko‘rmaydilar;
– o‘z olamlaridan tashqariga chiqib, boshqalarning fikrini ham inobatga olishga odatlanganlar;
– boshqalarda ko‘rgan yaxshi xislatlarni o‘zlarida ham shakllantirishga harakat qiladilar;
– ular baxtiyor, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar ko‘p tomonga intiladilar;
– boshqalarning fikrlari ularning yo‘llarini to‘sib qo‘yishiga izn bermaydilar;
– har kuni ertalab faqatgina kimlarningdir ko‘nglini chog‘ qilish uchungina uyg‘onmaydilar; ular o‘zlari uchun ham yashashni biladilar;
– duch kelinadigan kundalik mashaqqatlarni yuksalish uchun imkon, xatolarni hayotning saboqlari deb qabul qiladilar;
– ba’zida vaqtni yolg‘iz o‘tkazish foydali ekanini unutmaydilar;
– e’tiqodlarini mustahkamlab, ma’nan yuksalib, orzu va ishonch o‘rtasida ko‘prik quradilar;
– kamroq vahimaga tushib, chuqur idrok qila olishlari uchun chuqur-chuqur nafas oladilar;
– ular hayotda hamma narsaga ega bo‘lish imkonsizligini tan oladilar;
– tavakkal qilish yangi marralarga erishish uchun mukofot ekanini biladilar;
– o‘zlari imkonsiz bo‘lgan vaziyatda “yo‘q” deyishga uyalmaydilar;
– odamlarga tillari va dillari mushtarak ekanini ko‘rsata oladilar;
– uzoqni ko‘ra oladilar va ko‘rganlariga erishmagunlarigacha tinib-tinchimaydilar;
– o‘zlarini yaxshi ishlarga hech bir manfaat-muddaosiz bag‘ishlaydilar;
– o‘zlarida borini ko‘rsatishni emas, boshqalardagi muhim jihatni ilg‘ashga harakat qilib, hukmronlikka da’vo qilmaydilar;
– maqsad uchun intilayotganlarida tez-tez o‘zlarining g‘oliblik daqiqalarini tasavvur qilib ruhlanadilar;
– nolish, zorlanishni odat qilmaydilar;
– insoniy fazilatlaridan ishda yuksalish va oilani farovon tutishda foydalanadilar;
– kezi kelganda, ya’ni haq bo‘lganlarida oqimga qarshi suzishdan cho‘chimaydilar;
– boshlagan ishlarini tugatmaguncha to‘xtamaydilar;
– o‘zlarini boshqalar bilan taqqoslamaydilar;
– boshqalarning muvaffaqiyat qozonishlariga yordam beradilar.
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi
“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”
📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

#rasm_bilan_ishlash #operatsion_tizim
JPEG, GIF, PNG, BMP formatlarini o‘zaro qanday farqi bor? 🤔
ℹ️ JPEG, GIF, PNG va boshqa grafik formatlarning farqini bilasizmi? Qachon u yoki bu formatdan foydalanish kerak? Rasmlarni saqlash uchun qay biri yaxshi? Barcha savollarga javobni ushbu postda topasiz.
🖼 .JPEG (JPG)
Eng mashhur format hisoblanadi. Asosan bu format internetda surat va rasmlarni matn bilan birgalikda e'lon qilish uchun ishlatiladi. JPEG TrueColor-format hisoblanadi ya'ni 24 bit/piksel rang chuqurligi bo‘lgan tasvirlarni saqlashi mumkin. Ushbu format 16 milliondan ortiq rangni namoyish etishi mumkin. JPEG moslashuvchan ma'lumotlarni siqish qobiliyatlari bilan mashhurlikka erishdi. Agar kerak bo‘lsa, tasvirni yuqori sifatli saqlash mumkin. Sifatni yo‘qotuvchi siqish algoritmi qo‘llanganida har safar rasmni saqlashda uning sifati kamayib boradi.
🖼 .GIF
GIF (Grafik almashinuvi formati) rang chuqurligi bilan maqtana olmaydi (8 bit). U 256 ranggacha yo‘qotishsiz siqilgan tasvirlarni saqlashi mumkin. GIF-ning xususiyatlaridan biri – bu animatsiyani qo‘llab-quvvatlashidir.
🖼 .PNG
Ushbu format GIF-ning o‘rnini bosuvchi sifatida ishlab chiqilgan. PNG portativ tarmoq grafikasi degan ma'noni anglatadi. GIF-dan farqli o‘laroq, PNG qo‘shimcha alfa-kanali tufayli shaffoflik (прозрачность) gradatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi (fonsiz rasmlarni shu formatda izlash degani). Tashqi tomondan, PNG fayllari JPEG rasmlaridan deyarli farq qilmaydi. PNG ma'lumotlarni yo‘qotmasdan siqadi. Agar shaffoflik siz uchun muhim bo‘lsa, ushbu formatni tanlaganingiz ma'qul.
🖼 .BMP
BMP (bitmap) formati birinchi grafik formatlardan biri hisoblanadi va hozirda unchalik mashhur emas. BMP rang chuqurligi 64 bitgacha bo‘lgan tasvirlarni saqlaydi. Ushbu format shaffoflikni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo uni ba'zi Microsoft dasturlari o‘qiy olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, BMP fayllari boshqa formatga o‘tkazgan yaxshi.
❓Qaysi formatdan foydalangan ma'qul?
PNG - bu eng yaxshi tanlov. Bu katta tasvirlar uchun juda yaxshi. Agar sizga fotosuratni elektron pochta orqali yuborish uchun yuqori siqishni nisbati kerak bo‘lsa, JPEG-dan foydalanish yaxshiroqdir.
⬇️ Pastdagi jadvalda turli formatlar xarakteristikalari keltirilgan.
📝 Manba: @kompyuter_akademiyasi
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin?
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
• Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
• Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
• Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
• Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?

#excel
Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin? 📆
Dastlab tug‘ilgan sanangizni B1 yacheykasini kiriting, so‘ngra quyidagi funksiyalarni qo‘llab ko‘ring:
B1'ning o‘rniga siz tug‘ilgan sanani boshqa istalgan yacheykaga ham kiritishingiz mumkin, bunda joriy manzilni formulada o‘sha yacheyka manziliga o‘zgartirish lozim bo‘ladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Excel’dagi formulalarni kiritish bo‘yicha umumiy yo‘riqnoma
• Muayyan katakka nisbatan havola turini o‘zgartirish
• MS Excel dasturida xatolik turlari
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin? 📆
Dastlab tug‘ilgan sanangizni B1 yacheykasini kiriting, so‘ngra quyidagi funksiyalarni qo‘llab ko‘ring:
=ТЕКСТ(B1;"ДДДД") — siz tavallud topgan hafta kuni;=СЕГОДНЯ()-B1 — tug‘ilgan sanangizdan buyon nechi kun o‘tgani;=(СЕГОДНЯ()-B1)*1440 — tug‘ilgan sanangizdan buyon necha daqiqa o‘tgani;=B1+15000 — qaysi sanada siz, masalan, 15000 kunga yetasiz.B1'ning o‘rniga siz tug‘ilgan sanani boshqa istalgan yacheykaga ham kiritishingiz mumkin, bunda joriy manzilni formulada o‘sha yacheyka manziliga o‘zgartirish lozim bo‘ladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Excel’dagi formulalarni kiritish bo‘yicha umumiy yo‘riqnoma
• Muayyan katakka nisbatan havola turini o‘zgartirish
• MS Excel dasturida xatolik turlari
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #telegram
Telegram ehtimoliy IPO (Initial Public Offering, aksiyalarni birlamchi joylashtirish) jarayonida aksiyaga aylantirish uchun 1 mlrd AQSh dollari atrofidagi mablag‘ni qarzga jalb etish maqsadida sarmoyadorlar bilan hamkorlikni ko‘rib chiqmoqda.
Messenjer yuklab olinishlari sonining keskin ortishi mablag‘ jalb etish zaruratini yanada kuchaytirdi. 12-yanvar kuni Pavel Durov Telegram auditoriyasining oyiga 500 mln foydalanuvchidan ortganini e'lon qildi — bu esa 2020-yilning apreliga nisbatan 100 mln'ga ko‘proqdir.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Telegram ehtimoliy IPO (Initial Public Offering, aksiyalarni birlamchi joylashtirish) jarayonida aksiyaga aylantirish uchun 1 mlrd AQSh dollari atrofidagi mablag‘ni qarzga jalb etish maqsadida sarmoyadorlar bilan hamkorlikni ko‘rib chiqmoqda.
Messenjer yuklab olinishlari sonining keskin ortishi mablag‘ jalb etish zaruratini yanada kuchaytirdi. 12-yanvar kuni Pavel Durov Telegram auditoriyasining oyiga 500 mln foydalanuvchidan ortganini e'lon qildi — bu esa 2020-yilning apreliga nisbatan 100 mln'ga ko‘proqdir.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #internet
🏎 Speedtest – Internetning ulanish tezligini tekshirish uchun maxsus mobil ilova. Android 4.2+.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🏎 Speedtest – Internetning ulanish tezligini tekshirish uchun maxsus mobil ilova. Android 4.2+.
Premium imkoniyatlar blokdan chiqarilgan, analitika va boshqa keraksiz xizmatlar kesib tashlangan.
📎 Speedtest Premium v5.1.0 mobil ilovasini yuklab olish.📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin? 🧾
Ba'zida, jadvalni tahrirlash paytida shunday bo‘lishi lozimki, foydalanuvchiga jadval chegaralari ko‘rinib turishi, biroq chop etishga berilganida inobatga olinmasligi (ko‘rinmasligi) kerak.
Buni bevosita Главная varaqa (вкладка)sining o‘zidan turib amalga oshirish mumkin. Shunchaki “ko‘rinmas” holatga keltirilishi lozim bo‘lgan jadvalni belgilang, Абзац → Границы guruhini toping va undan Нет границы bandini tanlang.
So‘ngra hujjat bilan ishlash paytida jadval chegaralari ko‘rinib turishi uchun ushbu menyuning o‘zidan Отобразить сетку bandini tanlang.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

IBRATLI HIKOYA: Yaxshilik zanjiri ⛓
Chamasi o‘n bir yoshlardagi bu sotuvchi bolakayning ismi Hovard. Shu mavzeda ko‘pchilik uni yaxshi taniydi. Hovard dam olish va ta’til kunlari ko‘chama-ko‘cha, eshikma-eshik onasi tayyorlab bergan pishiriqlarni sotib, ro‘zg‘orga va o‘qishiga pul jamg‘aradi.
Jazirama kunlarning birida tushdan keyin Hovard nimadir sotish ilinjida navbatdagi eshikni taqillatdi. Eshik ochilishi bilan u qarshisidagi ayolni ham ilg‘amasdan hushidan ketibdi.
Bolakay ko‘zini ochganida o‘zini yumshoq o‘rinda ko‘rdi. Qarshisidagi begona ayolning mehrga to‘la nigohidan taskin oldi. Ayolning ham iyagining o‘ngrog‘ida onasinikiga o‘xshagan bir chaqalik tangadek qop-qora xoli borligi bolaning e’tiborini tortdi. Go‘dakning holsizlanganini ko‘rgan ayol unga bir stakan salqin ayron tutqazdi.
Shu vaqtga qadar hayotni pul bilan o‘lchagan bola uyni tark etar mahali ayoldan ayronning narxini so‘radi. “Ota-onam menga mehring va e’tiboringni hech qachon pullamagin”, deb o‘rgatishgan, dedi mehribon ayol tabassum bilan.
“Unday bo‘lsa, sizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman, xonim”, dedi Hovard xijolatdan ko‘zlarini olib qochib. Bolakay bu xonadonni tark etayotganda uning Yaratganga va odamlarga bo‘lgan e’tiqodi yuksalgan edi.
Oradan yillar o‘tdi. Bir kuni AQShning ko‘zga ko‘ringan shifokorlaridan hisoblanmish Hovard Artvud Kelli huzuriga og‘ir ahvolda bir ayolni olib kelishdi. Bemor ayollarda kamdan-kam uchraydigan, professor Hovard Kelli tadqiq qilgan kasallikka chalingan ekan. Bemorni ko‘zdan kechirayotib uning iyagi o‘ngrog‘ida joylashgan xol doktorning e’tiborini tortdi. Hovard Kelli holsizlanib qolgan ayolga diqqat bilan razm soldi...
Professor bir oy davomida bemorni oyoqqa turg‘azish uchun bor mahoratini ishga soldi. Undan har kuni shaxsan o‘zi xabar olib turdi. Nihoyat, keksa onaxon oyoqqa turdi. So‘nggi kun qo‘lidagi to‘lov chekiga xavotir bilan nazar solgan ayolning ko‘zlarida hayrat porlardi.
Chekda “Bizda mehr pullanmaydi. Binobarin, barcha xarajatlar bir stakan ayron bilan to‘langan!” deb yozilgan, ostiga bolaligida onasiga o‘xshash ayolga mehri tushgan doktor Hovard Kelli imzo qo‘ygan edi.

#telegram #maslahat
Telegram smartfon xotirasidan juda ko‘p joy egallayotgan bo‘lsa nima qilish kerak? 🤔
Messenjerning keshi va ma’lumotlari bazasini tozalang va smartfoningizdagi xotira yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo bartaraf etiladi.
Agar siz Telegram'dan faol foydalansangiz, unda vaqt o‘tishi bilan u borgan sayin ko‘proq xotira makonini band etib boraveradi. Sababi shundaki, messenjer sizga yuborilgan fayllar, rasmlar, fotolar va GIF'larni chatni ochgan paytingiz hadeb yana qayta yuklab o‘tirmaslik maqsadida qurilmaga saqlab boradi.
Bu mobil trafikni tejaydi, biroq saqlash makonining hajmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qo‘ymaydi. Telegram'ning gigabaytlaringiz bilan yumshoqroq muomala qilishi uchun maxsus sozlamalarning ko‘zda tutilgani, albatta quvonarlidir! ☺️
Ushbu postimizda ana shular haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Telegram smartfon xotirasidan juda ko‘p joy egallayotgan bo‘lsa nima qilish kerak? 🤔
Messenjerning keshi va ma’lumotlari bazasini tozalang va smartfoningizdagi xotira yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo bartaraf etiladi.
Agar siz Telegram'dan faol foydalansangiz, unda vaqt o‘tishi bilan u borgan sayin ko‘proq xotira makonini band etib boraveradi. Sababi shundaki, messenjer sizga yuborilgan fayllar, rasmlar, fotolar va GIF'larni chatni ochgan paytingiz hadeb yana qayta yuklab o‘tirmaslik maqsadida qurilmaga saqlab boradi.
Bu mobil trafikni tejaydi, biroq saqlash makonining hajmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qo‘ymaydi. Telegram'ning gigabaytlaringiz bilan yumshoqroq muomala qilishi uchun maxsus sozlamalarning ko‘zda tutilgani, albatta quvonarlidir! ☺️
Ushbu postimizda ana shular haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #grafika #dizayn #logo #banner
💎 Biznesda tashqi ko‘rinish 80% ishni hal qilsa, ijtimoiy tarmoqlardagi biznesda ham dizayn eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.
✳️ Ko‘pchilik admin va dizayn muxlislariga tanish bo‘lib ulgurgan @Xafizov akamiz ham trenddagi “kreativ” dizayn ishlarini yaratishda yetakchilar qatorida turadi.
💠 Xususan, kanalingiz uchun SMM post dizayni, logotip, avatarkadan tortib murakkab dizayn ishlarini ham tez fursatlarda “mazzasini qochirib qo‘yadi”.
✅ Qiziqqan bo‘lsangiz, demak portfolioni ko‘rib chiqishingizni tavsiya qilaman:
👉 @XafizovTime

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Turli dasturlash tillarining tashqi ko‘rinishiga oid qiyosiy yondashuv... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Turli dasturlash tillarining tashqi ko‘rinishiga oid qiyosiy yondashuv... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
Brauzer varaqa (вкладка)lari bilan ishlashni osonlashtiruvchi klavishlar birikmalari ⌨️
•
•
•
•
•
•
•
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Brauzer varaqa (вкладка)lari bilan ishlashni osonlashtiruvchi klavishlar birikmalari ⌨️
•
CTRL + 1...8 — varaqani tartib raqami bo‘yicha tanlash (1 dan 8 ga qadar);•
CTRL + 9 — so‘nggi varaqani tanlash;•
CTRL + T — varaqa yaratish;•
CTRL + W — varaqani yopish;•
CTRL + SHIFT + T — so‘nggi yopilgan varaqa(lar)ni tiklash;•
CTRL + PAGE UP (CTRL + PAGE DOWN) — keyingi / oldingi varaqaga o‘tish;•
CTRL + TAB (CTRL + SHIFT + TAB) — keyingi / oldingi varaqaga o‘tish.ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslahat
Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar ✍🏻
Telegram'dagi ko‘pchilik kanal va guruh mualliflarida (ayniqsa buni endigina boshlagan adminlarda) uzun matnlarni yozishga oid muammolar kuzatilib turadi. Bu aynan matnning uzunligi bilan emas, balki uning yozilish uslubi bilan bog‘liqdir.
Ushbu postimizda uzun, zerikarli matnni jozibador va o‘qish uchun qulay shaklga keltirishga oid maslahatlarimizni ulashishga qaror qildik.
• Parazit so‘zlarni qo‘llamang – masalan, “eng”, “eng zo‘r”, “to‘g‘risi”, “chindan ham” va hokazo, ko‘pchilik obunachilarning bu kabi so‘zlarga “allergiya”si bor, bu kabi so‘zlar ularning butun matnga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishga xizmat qilishi mumkin.
• Vizualizatorlardan foydalaning: faraz qiling, his etib ko‘ring, nazar soling, eslab ko‘ring va hokazo.
• Obunachilarning e’tiborini jalb etish uchun markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlardan foydalaning.
• O‘qish uchun qisqa abzatslar qulay.
• Bitta uzun jumlani yozgandan ko‘ra, bir nechta qisqa jumlalarni yozgan ma’qul. Bu orqali postni o‘qishni boshlagan obunachi, uning oxiriga yetganida, postning nimadan boshlanganini unutib qo‘ymaydi.
• Murakkab jarayonlarni to‘rt-besh so‘zdan ortmaydigan qilib tasvirlang.
• Faqat alohida mutaxassislarga ma’lum bo‘lgan maxsus so‘zlar (slenglar)ni qo‘llamaslikka harakat qiling. Shunday yozingki, matnlaringizni kichik yoshdagi bola ham, nafaqadagi yoshi ulug‘ inson ham birday tushunsin.
• Bir abzatsda 1-2 raqamdan ortig‘ini yozmaslikka harakat qiling.
• Butun matnni KAPSLOK (CapsLock) bilan yozmang – oddiy insonlar uchun bunday matnni o‘qish va qabul qilish murakkablik qiladi.
• Butun matnni BOLD (qalin shrift) bilan yozmang – faqat auditoriya e’tiborini qaratishi lozim bo‘lgan sarlavhalar yoki alohida so‘z va so‘z birikmalarini ajratib ko‘rsating.
• Butun matnni yagona yirik abzats ko‘rinishida yozmang.
• Har bir postingiz uchun sarlavha qo‘llashga harakat qiling.
•
• Xabaringizga e’tiborni jalb etish uchun matnning boshlanishi yoki oxiriga rasmlar qo‘shing.
• Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlaridan foydalaning. Matnning muhim qismlariga e’tiborni qaratish uchun bold, kursiv, osti yokiustidan chizilgan va
• Matnda emodzilarni qo‘llashda me’yorni biling – ular chalg‘itadi va matnni o‘qishga xalaqit beradi.
📌 P.S.: Telegram'dagi xabarlarda matnlarning o‘qilishini qanday yaxshilash mumkinligini bilasizmi? Ushbu post ostidagi izohlarda o‘z maslahatlaringizni keltiring.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar ✍🏻
Telegram'dagi ko‘pchilik kanal va guruh mualliflarida (ayniqsa buni endigina boshlagan adminlarda) uzun matnlarni yozishga oid muammolar kuzatilib turadi. Bu aynan matnning uzunligi bilan emas, balki uning yozilish uslubi bilan bog‘liqdir.
Ushbu postimizda uzun, zerikarli matnni jozibador va o‘qish uchun qulay shaklga keltirishga oid maslahatlarimizni ulashishga qaror qildik.
• Parazit so‘zlarni qo‘llamang – masalan, “eng”, “eng zo‘r”, “to‘g‘risi”, “chindan ham” va hokazo, ko‘pchilik obunachilarning bu kabi so‘zlarga “allergiya”si bor, bu kabi so‘zlar ularning butun matnga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishga xizmat qilishi mumkin.
• Vizualizatorlardan foydalaning: faraz qiling, his etib ko‘ring, nazar soling, eslab ko‘ring va hokazo.
• Obunachilarning e’tiborini jalb etish uchun markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlardan foydalaning.
• O‘qish uchun qisqa abzatslar qulay.
• Bitta uzun jumlani yozgandan ko‘ra, bir nechta qisqa jumlalarni yozgan ma’qul. Bu orqali postni o‘qishni boshlagan obunachi, uning oxiriga yetganida, postning nimadan boshlanganini unutib qo‘ymaydi.
• Murakkab jarayonlarni to‘rt-besh so‘zdan ortmaydigan qilib tasvirlang.
• Faqat alohida mutaxassislarga ma’lum bo‘lgan maxsus so‘zlar (slenglar)ni qo‘llamaslikka harakat qiling. Shunday yozingki, matnlaringizni kichik yoshdagi bola ham, nafaqadagi yoshi ulug‘ inson ham birday tushunsin.
• Bir abzatsda 1-2 raqamdan ortig‘ini yozmaslikka harakat qiling.
• Butun matnni KAPSLOK (CapsLock) bilan yozmang – oddiy insonlar uchun bunday matnni o‘qish va qabul qilish murakkablik qiladi.
• Butun matnni BOLD (qalin shrift) bilan yozmang – faqat auditoriya e’tiborini qaratishi lozim bo‘lgan sarlavhalar yoki alohida so‘z va so‘z birikmalarini ajratib ko‘rsating.
• Butun matnni yagona yirik abzats ko‘rinishida yozmang.
• Har bir postingiz uchun sarlavha qo‘llashga harakat qiling.
•
Mono kenglikdagi matn bilan yozilgan uzun jumlalar xabarning umumiy kengligini oshiradi. Bu postlarning ba’zi qurilmalarda o‘qilishini qiyinlashtiradi.• Xabaringizga e’tiborni jalb etish uchun matnning boshlanishi yoki oxiriga rasmlar qo‘shing.
• Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlaridan foydalaning. Matnning muhim qismlariga e’tiborni qaratish uchun bold, kursiv, osti yoki
mono kenglikdagi matnlarni qo‘llang (1️⃣ va 2️⃣).• Matnda emodzilarni qo‘llashda me’yorni biling – ular chalg‘itadi va matnni o‘qishga xalaqit beradi.
📌 P.S.: Telegram'dagi xabarlarda matnlarning o‘qilishini qanday yaxshilash mumkinligini bilasizmi? Ushbu post ostidagi izohlarda o‘z maslahatlaringizni keltiring.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun
DONO FIKRLAR: Doktor Abdul Qalam fikrlari 🔰
👤 Avur Pakir Djaynulabdin Abdul Qalam (1932-2015) – hind olimi, fan va jamoat arbobi. Doktor Abdul Qalam Hindiston Respublikasining 11-prezidenti bo‘lib, 2002-2007 yillarda faoliyat ko‘rsatgan. Oddiy qayiqchining o‘g‘lidan prezidentlik darajasigacha erishgan olim mamlakat yoshlarining ilmiy-ma’naviy yo‘lboshchisi, mehnat muvaffaqiyatga erishtirishini isbotlay olgan. Quyida uning iqtiboslaridan namunalarni o‘qib bahra oling:
“Orzu ushalishidan oldin sen orzu qilishga odatlanishing kerak. Ammo unutma: orzu qilish – hayollarni tushda ko‘rish degani emas, balki bu odamga uyqu bermaydigan jarayondir”.
* * *
“Maqsad yo‘lida omadga erishishning yagona yo‘li – sobitqadamlikdir”.
* * *
“Erkak kishi muvaffaqiyatidan huzurlanishi uchun mashaqqatlarga ro‘baro‘ kelishi kerak. Mehnat azobi muvaffaqiyatning hozirligidan nishona”.
* * *
“Kimgadir zarba berish uni mag‘lub qilishni anglatmaydi. G‘alaba insonning ko‘nglidan joy olish bilan belgilanar ekan, kimgadir dushmanligimizdan ma’ni yo‘qdir”.
* * *
“Bizning farzandlarimiz ertaga farovon yashashi uchun biz bugunimizni qurbon qilishga ikkilanmaylik”.
* * *
“Ozod bo‘lmagan millatni ham, insonni ham hech kim hurmatga munosib ko‘rmaydi. Avvalo, biz ozodlikka shuning uchun muhtojmiz”.
* * *
“Hayotdagi mashaqqatlar bizni xarob qilish uchun emas, o‘zimizning yashirin salohiyat va imkoniyatimizni anglash uchun bizga to‘qnash keladi. Mashaqqatlarga mukammal inson ekanligingizni bildirib qo‘ying”.
* * *
“Quyoshdek porlamoq uchun quyoshdek nur sochishni bilish kerak”.
* * *
“Qalbi yuksak insonlar uchun din, bu – do‘stlar orttirish, osuda yashash vositasi. Mayda odamlar esa dinni dahshatli qurolga aylantirishadi”.
* * *
“Kichik maqsad ham go‘yo bir jinoyat – o‘zingga qarshi jinoyat. Doimo o‘zingga munosib baho ber va kichik emas, yuksak cho‘qqini ko‘zla”.
* * *
“To‘g‘ri, men kelishgan odam emasman. Lekin kelisha oladigan odamman. Go‘zallik yuzda emas, ko‘ngilda bo‘ladi”.
* * *
“Modomiki mamlakat korrupsiyadan holi, go‘zal tafakkurli insonlar jamiyatini qurishni xohlar ekan, men buni jamiyatning uchta a’zosi amalga oshirishiga qattiq ishonaman. Ular – ota-ona va o‘qituvchi”.
* * *
“Yaratgan ham tinimsiz mehnat qiladiganlarga yordam berishini tushunib yetgan bo‘lsang kerak. Bu hayotning eng yorqin qoidasi”.
* * *
“Kelajagingni o‘zgartirishga qodir emasdirsan, lekin fe’l-atvor, odatlaringni o‘zgartirish qo‘lingdan keladi. Bu esa o‘z navbatida kelajagingni o‘zgartiradi”.
* * *
“Yomg‘ir yog‘ishi bilan qushlar iniga, pana-pasqamga shoshsa, burgutlargina bulut tepasiga parvoz qiladilar. Xulosa: muammolar bir xil, unga yechim topish yoki topa olmaslik fe’l-atvorga bog‘liq”.
* * *
“Muvaffaqiyatga bag‘ishlangan hikoyalarni o‘qimang: ularning maktubdan farqi yo‘q. Siz muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarning hayotini o‘rganing: ular xulosa chiqarishingizga sababchi bo‘lishadi”.
* * *
“Modomiki buyuk bo‘lishni istar ekansan, avvalo millating buyukligi yo‘lida xizmat qil”.

#ict_news #bilasizmi #internet
Elektron hukumat qurishning “estoncha retsepti” 🏗
📊 BMTning elektron hukumatlar bo‘yicha 2020-yilgi reytingida 193 mamlakat orasida Estoniya 3-o‘rinni (Daniya va Janubiy Koreyadan so‘ng) band etib, dunyoning eng raqamlashgan uch mamlakatidan biriga aylandi.
📈 Bu shunchaki o‘sish emas — Estoniya ushbu reytingda 2018 yilda 16-o‘rinda edi. Reytingdagi elektron ishtirok indeksida Estoniya uzil-kesil 1-o‘rinda!
🇪🇪 Estoniya — chin ma’noda raqamli mamlakat. Estonlar qurgan raqamli jamiyat yashovchanligini ko‘rsatdi: nikoh yoki ajrashish, ko‘chmas mulk sotish yoki xarid qilish istisno qilinganda, qolgan deyarli barchasi internet orqali bajariladi.
👉 Batafsil…
📝 Manba: @eGovUz