IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun

BAXTNI HIS QILISH AMALLARI (2-qism) ☺️

Ushbu maqolaning 1-qismi

Ehtimol, adabiyot va ijod odamlarining uzoq yillar baxtli va sog‘lom hayot kechirishlarining sababi shudir, deb o‘ylab qolaman. Axir, ular yozayotgan, kuylayotgan yoki chizayotgan asarlarida aksariyat qahramon va syujetlarni o‘z hayotlaridan oladilar, o‘zlarini tarannum qiladilar, muammo va tashvishlarini bayon qiladilar. Yillar o‘tib ijodkor o‘sha asarini qo‘lga olganida esa o‘zining zalvorli umrini eslaydi, baxtiyorlik hissidan zavqlanadi.

Yaxshi insonlar davrasida bo‘lish

Ba’zan baxtiyorliging bois tabassum qilasan, ba’zida esa tabassum qilganing bois baxtiyorsan, deyishgan donolar. Ruhshunoslar baxt hissining “yuqumli” bo‘lishini aytishadi. Baxt hissi insondan insonga yuqadi! Bu – haqiqat!

Yon-atrofida yaxshi insonlar ko‘p bo‘lgan, bu davralarga tez-tez qo‘shilib turadigan kishilar hayotning har lahzasini sevib, shukr qilib ham bag‘rikeng bo‘lib yashashga harakat qiladilar.

Agar sizga ijobiy kayfiyat ulasha oladigan, kezi kelganda tarbiya qiladigan yaxshi do‘stlaringiz bo‘lsa, ular uchun ko‘proq vaqt ajrating.

Harvard universiteti ruhshunoslarining fikricha, insonlarning mashaqqatli hayoti va baxtga erishuviga bag‘ishlangan mazmunli filmlar tomosha qilish ham insonning ichki baxtiyorligini, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirar ekan.

Dunyoda na baxtiyorlik, na azoblanish degan narsa yo‘q. Insonning bir holatini ikkinchi holatiga qiyoslash bor, xolos. Eng chiroyli baxtni eng og‘ir azobni boshdan kechirganlar his qiladi. Hayotning naqadar go‘zalligini bilish uchun o‘lim bilan yuzma-yuz kelish lozim, degan ekan atoqli adib Aleksandr Dyuma.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram'ning so‘nggi yangilanishida animatsiyali stikerlarning yuklanishi tezlashdi. Bundan tashqari, endi yuklanish vaqtida ularning shaklini oldindan ko‘rish mumkin.

Yangi yil stikerlari

Chatlaringizga yangi yil kayfiyatini qo‘shish uchun, bayramona stikerlar to‘plamini qarshi oling:

🐃 Buzor Muu
🎄 Archa
🎁 Sovg‘alar
🐿 Olmaxon
🦌 Kiyik Rudi
🐸 Pepe Grinch
🧨
Feyerverklar
🎊
Bayramona to‘plam
🐧
Pingvin Rikki

O‘zingizga qo‘shib oling va do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring!

📌 P.S.: Boshqa turdagi stikerlarni @stickersboom kanalidan izlab topishingiz mumkin.

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟 | 11 | 12

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #dizayn #logo #banner

👤 Onlancer dizaynerlar jamoasi quyidagi turdagi yo‘nalishlarda buyurtmalar qabul qiladi:

🔸- Logotip, Brandbook, Avatarka, Sticker;
🔸- SMM post banneri, Reklama banneri, Facebook va YouTube Cover, Instagram Stories, Web-reklama banneri;
🔸- Vizitka, Flayer, Billboard, Katalog, Bloknot, Kalendar, Kitob muqovasi, Shtender va shu kabilar;
🔸- Qadoq etiketkasi;
🔸- Rastr grafikasini Vektorda chizib berish;

🔹- Landing page, vizitka veb-sayti dizayni;
🔹- Interior dizayn;
🔹- Motion grafika dizayni, Intro, GIFkalar;

®️- Naming (Brendingiz uchun nom topish)

va dizayn atrofidagi boshqa ko‘plab xizmatlar.

🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸

🤔 Onlancer jamoasi bilan ishlashdagi afzalliklar:

☝️- 100 dan ortiq dizaynerlar mehnati mahsulidan bahramand bo‘lish;
☝️- Ko‘p sonli dizaynerlar bilan birma-bir muloqot qilishga hojat yo‘q, mijozlar bilan menejerlar muloqot qilishadi;
☝️- Buyurtma uchun eng kamida 5-6 ta, o‘rtacha 8-10 ta va maksimum 20-30 ta variant taqdim etiladi (albatta, byudjet miqdori ham bunda katta ahamiyat kasb etadi);
☝️- Belgilangan muddatda variantlar taqdim etiladi;
☝️- Variantlar soni ko‘p ekanligi bois o‘zingizga ma’qul variantni topish osonlashadi;
❗️Eslatma: Variantlarning barchasini emas, balki o‘zingiz uchun ma’qul bo‘lgan faqat 1 dona variantni tanlagan holda sotib olasiz!

Mijoz bilan MULOQOT 💬 - dizaynerlar jamoasi guruhida jamoa bilan muntazam ravishda aloqada bo‘linadi va siz bo‘sh dizayner qidirib yurish G‘AMIDAN OZOD bo‘lasiz 😊)).

❗️💬 Buyurtma berish uchun admin:

👨🏻‍💻 @Khamrakulov_Kamron

🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸

❗️Poligrafiya, SMM agentliklari yoki mustaqil SMM agentlari hamda istalgan dizayn xizmatlari muntazam kerak bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga DOIMIY HAMKORLIK TAKLIF etiladi!

📂 Portfolio: @OnlancerUz
👍2
Kelayotgan Yangi yil bilan!

Bu yil Telegram uchun ijobiy boʻldi — u koʻplab ajoyib yangi funksiyalar bilan boyitildi, faol foydalanuvchilardan tashkil topgan auditoriyasi esa 500 millionga yaqinlashib qoldi.

2021-yilda ham shunday yoqimli (va imkon qadar kamroq yomon) yangiliklar boʻlishini, shuningdek, obunachilaringiz soni ortishini, qamrovlar koʻpayishini, barcha rekordlarni yangilaydigan ERR'ni va, albatta, omad tilaymiz.

Bizdan anʼanaviy sovgʻa — kanalingiz uchun bu yil qanday oʻtgani haqidagi maktub.

2021-yilda koʻrishguncha,
TGStat.com jamoasi
⚡️Яндекс.Плюсдан ўтиб бораётган йилнинг асосий тенденциялари!

Рус тилидаги қўшиқлар кетма-кет учинчи йили рўйхатда етакчилик қилишмоқда, ўтган йил билан солиштирганда одамлар бу йил кўпроқ подкастлар эшитишмоқда. Шахсий тавсиялар кўпроқ одамларнинг ишончига сабаб бўлмоқда, ўзбекистонликлар орасидаги энг машҳур сериал «Рик ва Морти» бўлди, фильм эса Гай Ричининг «Жентльменлар» криминал комедияси.

☝🏻Қуйида 2020 йилга оид бир қанча фактлар:

Яндекс.Музыканинг аксарият обуначилари шахсий тавсияларга ишонишади: мусиқа тинглаш вақтининг ярмидан кўпи шахсий радио ва плейлистларга сарфланган;

Энг машҳур хорижий қўшиқ «Blinding Lights» (The Weeknd) бўлди, русча қўшиқлардан эса биринчи ўринга «X.O.» (Andro) сазовор бўлди; ашулачилар орасида лидер JONY бўлди, энг машҳур албом эса Miyagi & Andy Panda («Yamakasi»). Қўшиқлари энг кўп тингланган гуруҳ HammAli & Navai дуэти бўлди. Ўзбек қўшиқчилари орасида биринчи ўринни Shohruhxon эгаллади, ўзбек тилида энг кўп тингланган трек Yamin Band'нинг «Armon» қўшиғи бўлди;

Энг машҳур подкаст «русча TED» бўлди. Подастларда, асосан, коронавирус, ўз ўзини яккалаш, ўйинлар ва ота-оналар каби мавзулар муҳокама қилинди. Янги эпизодларга обуна бўлганлар сони бўйича рекордчилар орасида «Бир кўнгил» (Одно расстройство), «Лайфхакер подкасти» ҳамда Сергей Лукяненконинг «Кўриш қобиляти» (Ловец видений) деб номланган янги романи асосида аудиосериаллар бор.

Қуйидаги ҳаволага ўтинг ва 2020 йилдаги Ўзбекистоннинг топ-100 қўшиқларини тингланг!
#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash

Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin? 🖼

Agar sizga tezkor tarzda bir guruh rasmlar o‘lchamini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, unda Microsoft PowerToys dasturi yordamida buni operatsion tizim tarkibidagi Проводник (Этот компьютер) dasturining o‘zidan uzoqlashmagan holda amalga oshirish mumkin.

1. Microsoft PowerToys havolasi bo‘ylab o‘ting. Dasturning so‘nggi versiyasi odatda yuklab olish sahifasining yuqorisida keltiriladi.
2. EXE-faylni toping, masalan: "PowerToysSetup-0.67.0-x64.exe".
3. Ushbu faylni yuklab oling va ishga tushiring.
4. O‘rnatish jarayoni tugallanganidan so‘ng PowerToys'ni ishchi stolingizdan ishga tushiring.
5. Yon tomondagi panelda "Image Resizer"ni ustiga bosing.
6. "Enable Image Resizer"ni faollashtiring.
7. PowerToys'ni yoping.
8. Bir nechta rasmlarni belgilang.
9. Sichq. o‘ng tugmasini, so‘ngra "Resize pictures"ni ustiga bosing.
10. Rasm uchun kerakli o‘lchamni tanlang.

Shundan keyin hajmi o‘zgartirilgan rasmlar asl rasmlar joylashgan papkaning o‘zida paydo bo‘ladi. Siz buni istalgan miqdordagi rasmlar ustida bajarishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Let’s Enhance piksellari soni (разрешение) kam bo‘lgan fotorasmlarning sifatini yaxshilashda yordam beradi
Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10'ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Photoshop'da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Photoshop dasturidan foydalanish bo‘yicha video darslar
Adobe Photoshop CS6 dasturi (kuchsiz kompyuterlar uchun)
• Adobe Photoshop CC 2018 (Portable) dasturi x32-(x86) / x64
Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET'dan boshlaymiz!
Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
Neyron tarmog‘i yordamida realistik rasmlarni yaratish
Rasmda yuzni almashtirish - Reflect.tech
O‘z yuzingiz tushirilgan kupyurani yaratishni istaysizmi?
Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
Algoritm selfini “selfisizlantirdi”
Telegram'da post yuqorisida biriktirilgan rasmni o‘zgartirish
Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Qaysi klavisha yoki klavishlar birikmasi yordamida Windows'da ekranda ochilib turgan barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish mumkin?
Anonymous Quiz
19%
WIN + S
23%
CTRL + S
14%
F10
44%
WIN + D
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun

Inson dastxati uning barmoq izi, ovozi yoki ko‘z to‘r pardasi singari noyobdir.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Почерк столь же уникален, как отпечаток пальца, голос или сетчатка глаза.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news

Yagona portal yangilangan va takomillashtirilgan versiyada taqdim etildi 🆕

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqilgan edi. Uning foydalanuvchilari uchun yangi qulayliklar yaratish maqsadida Yagona portal takomillashtirildi va yangilangan versiyasi tayyorlandi, deb yozadi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘tgan yillar mobaynida mazkur tizim sifati va imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. Takomillashtirilgan versiya yangi interfeysga ega bo‘lib, navigatsiya jihatidan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratib beradi va yanada ko‘proq statistik ma’lumotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, elektron to‘lov imkoniyatlari ham kengaytirildi.

O‘zgarishlarning amalga oshirilishi va joriy etilishi, o‘z navbatida, aholi uchun taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va turmush darajasini ko‘tarishga yordam beradi.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 @itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash #internet #word #maslahat

Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin? 🤔

Agar siz ko‘pincha grafika, matnlar bilan ishlasangiz yoki saytlar yaratsangiz, u holda chiroyli shriftlar yordamiga tayanishingiz aniq. Internetda bepul yoki pullik shriftlarni yuklab olish uchun saytlar ko‘p.

Ammo ba’zida shunday vaziyat bo‘ladiki, internetda turli resurslarga murojaat etish chog‘ida, masalan, biror matn sarlavhasi shriftiga ahamiyat berasiz va ichingizda: “Menga aynan shu shrift kerak edi”, deysiz. Xo‘sh, uning nomini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun brauzerlar (Chrome, Safari, Firefox) uchun maxsus kengaytma – Fonts Ninja'dan foydalanishni tavsiya etamiz. Ishlash tartibi juda sodda, o‘rnatilganidan so‘ng plaginni faollashtirish va kursorni matn ustiga olib borishning o‘zi yetarlidir. Izlanayotgan shrift sizga mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun, o‘sha shrift ko‘rinishidagi biror jumlani kiritish, o‘lchami va harflar o‘rtasidagi intervalni o‘zgartirish imkonini beruvchi maydon ham mavjud.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
Microsoft Word'da qo‘llanilgan nostandart shriftni hujjatga biriktirish
Microsoft Word dasturida shrift o‘lchami qanday o‘lchov birligida o‘rnatiladi?
Microsoft Word dasturida matn bilan ishlash bo‘yicha foydali maslahat (Shift + Enter, Ctrl + Shift + Probel) + video
Microsoft Word dasturida matn ostiga chiziq chizish bo‘yicha foydali maslahatlar
Microsoft Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
Calibri shrifti soxta hujjatlarni aniqlashda yordam berdi
Windows’da shriftni kattalashtirish
Kompyuterda ishlashda deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan 8 xato
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

QANDAY QILIB BAXTLI YASHASH MUMKIN? 🤔

Zamonaviy yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov ularning aksariyati pul va mashhurlikni baxtiyor hayotning asosi deb hisoblashlarini ko‘rsatmoqda. Harvard universiteti tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazilgan izlanishlar inson yoshligi o‘tgani sayin mol-davlat uning baxti uchun ahamiyat kasb etmasligini aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, insonning turmush o‘rtog‘i bilan mustahkam munosabati, oilasidagi o‘z o‘rni va do‘stlari bilan aloqalari baxtiyor hayotning muhim omillari ekan.

Muqaddas islom dinida ham insonning baxti uch omilga bog‘liqligi, ulardan biri uning ahli ayoli ekani alohida ta’kidlangan.

Izlanishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, inson hayotiga keksaygani sayin ikki omil juda salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Bulardan biri tamaki chekish bo‘lsa, ikkinchisi spirtli ichimliklar iste’moli deyiladi.

Boisi tamaki chekish insonda juda ko‘plab kasalliklarning paydo bo‘lishiga, xususan, insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab turuvchi jinsiy hayotining nosog‘lomlashuviga olib kelsa, spirtli ichimliklar uning tushkunlikka bo‘lgan moyilligini oshiradi. Ayniqsa, o‘rta yoshda yuzaga kelgan oilalar buzilishi o‘rganilganida, erkaklarning spirtli ichimliklar iste’moliga mukkasidan ketishi nikoh buzilishining bosh omili ekanligi aniqlangan.

Shu bilan birga, mustahkam rishtalar bog‘langan oilada er va xotinning davriy kasallik, ruhiy va xotira pasayishi kabi xastaliklardan himoyalanganlik darajasi yuqori bo‘lishi aniqlangan.

Qolaversa, oilada baxtli bo‘lgan erkaklarning yuqori salohiyatli kishilardan ham farovon yashashi, hayotda chinakamiga baxtli bo‘lishi aniqlangan.

Tadqiqot xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, nafaqaga chiqqan insonlarning ijtimoiy hayotda faol bo‘lishi, do‘stlari bilan bordi-keldi qilishi, jamiyat bilan aloqalari mustahkam bo‘lishi ularning uzoq va sog‘lom hayot kechirishining asosi ekan.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#test #internet

Qaysi klavisha yoki klavishlar birikmasi yordamida YouTube'da subtitrlarni faollashtirish mumkin?
Anonymous Quiz
22%
F4
16%
S
13%
C
50%
ALT + S
#mulohaza_uchun #internet #telegram

Ortga nazar: emojilarning matnli shakllarini yodga olamiz! 🥳

Yaqin yillar ichida chatlarda emoji yoki smayliklardan foydalanish keng ommalashdi. Telegram va WhatsApp kabi messenjerlarning bunda ahamiyati katta. Ayniqsa, animatsion stikerlarning chiqarilgani so‘zlashuv davomida emotsiyalarni yorqinroq ifodalash imkonini yaratdi.

Hozirgi emojilar rasm ko‘rinishida, biroq ilgarilari smayliklar matn ko‘rinishida bo‘lgan. Quyida mana shu (deyarli unutilgan) matnli emojilar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:

~:0chaqaloq
O:-)farishta
\:D/raqs
:ʼ(yig‘lash
:_(yig‘lash
O.ozo‘r
*<:o)masqaraboz
=^.^=mushuk
</3singan qalb
(*v*)qush
:-Dkatta tabassum
(.V.)o‘zga sayyoralik
8-)ko‘zoynak
*-*hayron qolish
:o3kuchuk
:*)mast
>:)yovuz kulish
<><baliq
:-(qovoq solish
:(qovoq solish
:-Pg‘azablangan
=Pg‘azablangan
X-(g‘azablangan
:-*o‘pich
:-)*o‘pich
(-}{-)o‘pich
:*o’pich
$_$ochko’z
:->kulgi
=)xursand
:-)xursand
:)xursand
<3yurak
{}quchoqlash
:-|“Menga farqi yo’q”
X-Phazil
^_^juda xursand
=D — baland ovozda kulish
(-: — kulish
:-) — kulish
:) — kulish
XD — kulish
<:3)~ — sichqon
~,~ — uxlash
:-)(-: — “Turmush qurganman”
)-: — xafa yuz
=/ — g‘azablangan
=8) — cho‘chqa
8-# — zombi
:-E — vampir
@~)~~~~ — atirgul
=( — xafa
:-( — xafa
:( — xafa
:-Q — chekish
:P — tilni chiqarish
=D — juda xursand
;-) — ko‘z qisish
;) — ko‘z qisish
|-O — esnash

📝 Mirzoxidbek @terabaytuz

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan Telegram emodzilari haqidagi postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟 | 11 | 12 | 13

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Mana necha yildirki, ketma-ket 31-dekabr kuni Telegram Android'da bayromona animatsiya qo‘llanilib keladi.

Telegram'dagi shapkachaning ustiga bir marta bosganingizda qor ❄️ yog‘ishni boshlaydi, ikki marta bosganingizda esa mushaklar (salyut) 🎇 otilib chiqadi.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #mulohaza_uchun

⚡️ Yangi start!

Har yili Yangi yilda o‘zimizga “yangi” hayotni boshlashga va’da beramiz. Buning o‘rniga esa har yili biz “eski”si bilan yashashni davom ettiramiz. Chunki har yili, kurantlar bong urgan chog‘da, biz eski yil bilan xayrlashamiz, yangisidan esa bizning o‘rnimizga barchasini hal etuvchi sehrli tayoqchani kutib qolamiz. Lekin yangi yil bayrami bilan birga sehr ham tarqalib ketadi, oddiy kunlar qaytadi, ularda esa nimagadir erishish uchun nimadir qilish lozim bo‘ladi. Buning uchun esa...

🎯 Yangi yilga reja tuzib qo‘yish lozim – bu orzularning aynan haqiqatga aylanishiga ko‘mak beradi. Har bir “xohlayman”ga “qanday qilib?”ni o‘ylab toping. Mavhum fikrlash bilan ko‘p narsalar amalga oshmaydigandek tuyuladi. Lekin aniqroq fikrlashni boshlaganimizda, maqsadga erishish yo‘li qanchalik qisqa va sodda ekanligi ma’lum bo‘lib qoladi.

😱 Internet-syorfing va ijtimoiy tarmoqlarni cheklash lozim. Internet allaqachon biz uchun muhim ma’lumotlar manbai va qulay aloqa vositasiga aylanib ulgurgan, biroq rasmlarga ko‘r-ko‘rona layk bosish va tasma bo‘yicha siljishga kuniga qancha vaqtingizni sarflaysiz? Internet-syorfing ba’zida navbatda turganimizda yoki transportda ketayotganimizda vaqtni “o‘ldirishga”, yoki shunchaki “ishdan chiqqan paytimizda” biroz o‘zimizga kelib olishimizga yordam beradi. Lekin ko‘pincha bu shunchaki qimmatbaho vaqtimizni o‘girlovchi mahluqdir. Ushbu mahluqni esa har birimiz jilovlay olishimiz lozim.

🕯 Yangi yil haqida nimalar yozishmasin va gapirishmasin, uni qanchalar sehrli xususiyatlar bilan bezatishmasin, munajjimlar qanchalik bashorat qilishmasin - bu shunchaki taqvimiy hisob, vaqtni belgilash usulidir. 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar tun esa 5-dan 6-martga o‘tar tun bilan bir xil, u hayotimizda hech nimani o‘zgartirmaydi. Bizsiz hech nimani o‘zgartirmaydi. Biz esa “bugun”imizda yashaymiz. Buguningizni esa hozirning o‘zidayoq yaratishni boshlang.

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin azizlar!

Biz bilan birga bo‘ling, kanalimizdan uzoqlashmang!

👨🏻‍💻 IT specialist va @uzabt kanali ma’muriyati
#mulohaza_uchun #maslahat

Har kuni kitob o‘qish uchun 9 sabab + sovg‘a! 📚

1. Miyaning qarishini sekinlashtirish;
2. Ishdan so‘ng hordiq chiqarish;
3. Lug‘aviy boylikni oshirish;
4. Tezroq fikrlashni boshlash;
5. Tahlil qilish va diqqatni bir joyga jamlashni o‘rganish;
6. Uyquni yaxshilash;
7. Ilhomlanish;
8. Vaqtichog‘lik qilish;
9. Chet tilini o‘rganish.

Bu borada Alimoff Team barcha uchun yangi yil sovg‘asini tayyorlabdi!

Jamoa Uolter Ayzeksonning xalqaro bestseller bo‘lgan “Innovatorlar: Bir guruh daholar, xakerlar va giklar qanday qilib raqamli inqilobni amalga oshirdilar“ nomli kitobini ilk bora o‘zbek tiliga o‘girdi.

Stiv Jobs haqidagi kitobidan keyin Uolter Ayzekson, kompyuterlar va Internetni yaratgan odamlar haqida hozirda tarjima qilinib ommaga ilk bora taqdim etilayotgan ajoyib kitobni yozgan. Bu raqamli inqilobning turli bosqichlari va orzularga qanday erishish haqidagi hikoya. Kitob XIX asrning qirqinchi yillaridan boshlab, kompyuterda dasturlash tamoyillarini birinchi bo‘lib topgan ayol – Ada Lavleys bilan boshlanadi.

Buyuk raqamli inqilobchilar haqida so‘zlaydigan ushbu kitob, yoshlarimizga juda katta motivatsiya bo‘lib, kasb tanlashda yo‘l chirog‘i bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Bu ishlarni jamoa xolis amalga oshirib kelmoqda. Bundan hech qanday tijoriy maqsad ko‘zlanmagan.

📥 Kitobni PDF va EPUB formatlarida yuklab olishingiz mumkin.

📌 P.S.: Kitob kanalimiz mavzusiga yaqin bo‘lganligi uchun, biz ham kanalimiz muxlislari bilan ushbu ajoyib kitobni bo‘lishishga qaror qildik. Marhamat, mutolaa qiling, do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring, asosiysi, kirib kelgan yangi 2021-yilda doim salomat bo‘ling! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💟 Grafik dizaynni video darslar va amaliy mashqlar orqali o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus kanal: ➡️ t.me/sociallyuz
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Ushbu uy egasi Microsoft korporatsiyasiga tegishli, 1985-yilda yaratilib, ushbu kunga qadar yangilanib kelayotgan operatsion tizimning ashaddiy muxlisi ko‘rinadi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (1-qism) 🛠

Tizimning turli yordamchi va amaliy dasturlarini tezkor tarzda ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi Выполнить oynasini biz WIN + R klavishlari birikmasi yordamida ekranga chaqiramiz.

📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?

Masalan, Редактор реестра (Reyestr muharriri)ni ishga tushirish uchun biz regedit, Сведения о системе (Tizim haqida ma’lumotlar)ni ishga tushirish uchun esa – msinfo32 buyrug‘idan foydalanamiz.

Jami 3 qismdan iborat postlarimiz orqali Выполнить oynasi uchun asosiy buyruqlar ro‘yxati bilan yaqindan tanishamiz.

1️⃣. Tizim yordamchi dasturlari va u bilan birga keluvchi ba’zi dasturlarni ishga tushirish uchun buyruqlar:

❗️ Ushbu buyruqlarni .exe qo‘shimchasisiz ham kiritishingiz mumkin.

explorer.exe – bir qarashda ushbu buyruq foydalidek tuyulmaydi: u shunchaki Проводник oynasini ekranga chaqiradi, lekin bu muammosiz ishlayotgan tizim uchun shunday. Aytaylik, siz tizimni ishga tushirayotib, “qora ekran” va “sichqoncha ko‘rsatkichi” holatiga duch kelib qolsangiz, ushbu buyruq boshqacha tarzda ishlash ehtimolligi bor: u ishchi stoli, vazifalar paneli va Windows'ning odatiy boshqa elementlarini ishga tushiradi (bu payt CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi yordamida Диспетчер задач oynasi ishga tushiriladi va unda Файл -> Новая задача (Выполнить...) bandlari orqali Выполнить oynasi chaqiriladi).

msconfig.exe – buyrug‘i yordamida biz har tomonlama foydali bo‘lgan Конфигурация системы oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oyna yordamida biz: turli parametrlar bilan xavfsiz rejim (Безопасный режим)ni faollashtirishimiz yoki Windows 10'ning odatiy yuklanishini amalga oshirishimiz; yuklanishdan keraksiz operatsion tizimlarni olib tashlashimiz; Сервис varaqa (вкладка)sida tizim bilan birga keluvchi diagnostika dasturlarini ishga tushirishimiz mumkin.

control.exe – buyrug‘i Windows'ning Панель управления oynasini ekranga chaqiradi.

msinfo32.exe – buyrug‘i yordamida biz Сведения о системе oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oynada kompyuteringizning apparat va dasturiy komponentlari haqida: asosiy plataning modeli, MAC-manzil, operativ (tezkor) xotira hajmi, protsessor yadrolari soni, Windows 10'ning versiyasi va razryadi (arxitekturasi) kabi ma’lumotlarni olishimiz mumkin.

cleanmgr.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Очистка диска Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi. Ushbu dastur keraksiz vaqtinchalik fayllar, Очистить системные файлы tugmasi bosilganida esa — hajmi ba’zida gigabaytlardan ham oshuvchi, qo‘llanilmayotgan tizim fayllarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan.

mstsc.exeПодключение к удаленному рабочему столу oynasini ekranga chaqiradi.

sdclt.exe – buyrug‘i tizimni tiklash diskini yaratish, fayllarning tarixini sozlash, tizimning rezerv nusxasini yaratish imkonini beruvchi Windows 10'ni rezerv nusxalash va tiklash parametrlari oynasini ishga tushiradi.

mmc.exeКонсоль управления (MMC) oynasini ishga tushiradi — bu, birinchi navbatda tizim administratorlari uchun tizimning apparat va dasturiy komponentlari holatini boshqarish va monitoring qilishga mo‘ljallangan Microsoft'ga va boshqa ishlab chiqaruvchilarga tegishli ulanadigan platformalar bilan ishlash uchun vositadir.

resmon.exe – buyrug‘i tizim resurslarining samaradorligi va iste’molini tahlil qilish uchun qulay bo‘lishi mumkin bo‘lgan, tizim bilan birga keluvchi Монитор ресурсов yordamchi dasturini ekranga chaqirish uchun xizmat qiladi.

🔽 Ushbu postning 2-qismi | 3-qismi

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3