IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun

BAXTIYORLIK VA MUVAFFAQIYAT SIRI ☺️🚀

Ideal hayotning yo‘qligi aniq. Ammo baxtli hayot kechirsa bo‘ladi. Muammo va tashvishlar orasida mardlarcha borayotgan odam o‘zining irodasini toblab, ma’nan-ruhan yuksaladi. Yuksalish esa doim o‘zgarishni talab etadi.

Quyida e’tiboringizga hayotni yanada samarali, yanada mazmun-maqsadli qilish uchun muhim hisoblangan barhayot an’analarni taqdim etmoqchiman. Baxtiyorlikning bu tamoyillari azal-azaldan, o‘tmishning nodir asarlarida ham ta’kidlanadi.

Bilim va tafakkur

Axborot asrida yashashning ham qulay jihati mavjud. Misol uchun, bilim va yangiliklar endi bizning kaftimizda, ya’ni smartfonimizda. Bir necha asr ilgari Navoiy bobomiz ogoh kishini shoh darajasiga ko‘targan edilar. Sababi bu xislat kishida vaziyatni baholashda muhim bo‘lgan bilim, ma’lumotning bo‘lishini ta’minlaydi. Elektron qurilmalar ko‘proq o‘qish va ong-idrokni kengaytirish uchun xizmat qilsa, hayot ham yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Hayotda saboq va xulosa chiqarishni, ularga amal qilishni o‘rganing. Aks holda, ular qarshimizdan qayta va qayta chiqaveradi.

Ziddiyat va o‘zgarish

Hayotdagi ziddiyatlar inson fe’l-atvorini sinovdan o‘tkazadi va kezi kelganda unga ta’sir qiladi. Har qanday sharoitda yomon illatlardan voz kechib, yaxshi odatlarga o‘rganish hayotning muhim tamoyilidir. Hayotning zarbasini fe’limizdagi “uxlab yotgan” biror ijobiy xulqni uyg‘otishga yoki biror nuqsonni qulatishga yo‘naltirish yashashning chinakam shartidir.

Iste’mol madaniyati

Alisher Navoiyning “Og‘ziga kelganni demoq – nodonning ishi, oldiga qo‘yganni yemoq – hayvonning ishi” degan hikmatlarini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Har kuni og‘zingizdan kirayotgan luqmani hech nazorat qilganmisiz?

Unutmang, hamma narsada, jumladan taom iste’molida ham o‘rtachalik yaxshi. Ko‘p iste’mol qilish insonning tafakkur doirasini chegaralaydi, tan sa’y-harakati ovqat hazm qilish bilan band bo‘ladi. Juda kam ovqat tanovul qilish ham sog‘lik uchun zararli.

Bugun – do‘konlar kimyoviy qo‘shimchalarga boy mahsulotlarga to‘la bir davrda sog‘lom ovqatlanishga alohida e’tibor qiling.

Vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan ochlik insonning ruhiy-ma’naviy, hissiy va jismoniy holatini tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.

Sabr va qat’iyat

Hayotda hadeb huzurlanish yoki muntazam mamnun bo‘lish imkonsiz. Chunki umr mohiyatini baxtiyorlikda emas, mashaqqatlarda anglash mumkin.

Maqsad qilgach, u uchun sabr bilan kurashing. Harakatda qat’iy bo‘ling. Tez erishilgan bo‘lsa, muvaffaqiyat sizga tegishli bo‘lmaydi. Uzoq va mashaqqat bilan erishilgan mukofotning qadri ham yuqori bo‘ladi.

Eleonora Ruzvelt aytgani kabi, hayotning ma’nosi yashash va yangi kechinmalarga botirlik bilan qo‘l cho‘zishdan iborat.

Noxushlikdan saqlanish

Salbiy taassurot qoldirgan kishidan qoching, xosiyatsiz manzilga borishdan tiyiling. Tobora chigallashib borayotgan vaziyatni murosa bilan yumshating. Nohaq ekaningizni tan olishdan qo‘rqmang.

Eng qiyin paytda ham g‘azabni jilovlashga o‘rganing. Kimdir sizga nohaq yomon gapirsa ham, muloyimlik bilan murojaat qilib, ularni mulzam qiling va tarbiyalang.

Hayotdan nolish odatidan saqlaning. Chunki bu kabilardan hamma qochadi va nom-nishonsiz yashaydilar.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🗣 Telegram jamoasi foydalanuvchilarning takliflari va xatoliklar haqidagi xabarlarni qabul qilish uchun ommaviy platformani ishga tushirdi. Unda barcha foydalanuvchilar takliflar ro‘yxatini ko‘rishi va ularga ovoz berishi mumkin.

🇬🇧 Hozirda platforma faqat ingliz tilini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu butun dunyodan foydalanuvchilar turli tillarda o‘nlab bir xil takliflarni bermasliklarini ta'minlash uchun o‘ylangan.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #operatsion_tizim

🕹 PC Remote — tarkibida geympad emulyatsiyasi mavjud bo‘lgan, Windows o‘rnatilgan kompyuterni masofadan boshqarish uchun mobil ilova. Android 5.0+. VIP-versiya.

📎
PC Remote VIP v7.4.0 mobil ilovasini yuklab olish.

❗️Ishlashi uchun kompyuterga PC Remote Receiver o‘rnatilishi lozim.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

📄 Web-sahifaga nisbatan HTML 👈🏻 va 👉🏻 CSS texnologiyalari qo‘llanilganida tashqi ko‘rinishi qanday farq qilishi borasida qiyosiy hazil 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi klavisha yoki klavishlar birikmasi yordamida hozirda faol holda turgan ishchi listdagi formulalarni dasturga qayta hisoblatish mumkin?
Anonymous Quiz
19%
F9
45%
SHIFT + F9
21%
SHIFT + F8
15%
CTRL + F8
#PowerPoint

⚡️ Ko‘rinishni o‘zgartirish uchun klavishlar birikmalari:

ALT + F9 — yo‘naltirgichlarni ko‘rsatish / berkitish;

SHIFT + F9 — setkani ko‘rsatish / berkitish.

⚡️ Tasma (лента) bilan ishlash uchun klavishlar birikmalari:

ALT + — tanlangan tugma uchun menyuni ochish;

CTRL + F1 — tasmani ko‘rsatish / berkitish;

F1 — ma'lumotnoma;

SHIFT + F10 — kontekstli menyu;

ALTTAB (SHIFT + TAB) — tasmani buyruqlarini faollashtirgan holda, ular bo‘ylab yuqoridan-pastga chapdan-o‘ngga va aksincha o‘tish.

📌 P.S.: Microsoft PowerPoint'da qo‘llanishi mumkin bo‘lgan foydali klaviatura birikmalarining to‘liqroq ro‘yxatini ushbu postimizdan topishingiz mumkin.

ℹ️
Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram'ning Android uchun yangilangan versiyasida kanal qanday yaratiladi? 🤔

Ko‘pchilik kanal yurituvchilar adminlar yoki kanal yuritishni boshlamoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar Telegram'ning Android uchun yangilangan versiyasida “Новый канал” (Yangi kanal) tugmasi g‘oyib bo‘lganiga e’tibor berishga ulgurishdi.

Endi kanal yaratish uchun foydalanuvchilar video ko‘rsatmada keltirilganidek, dastlab oynaning o’ng pastki burchagida joylashgan “Новое сообщение” (Yangi xabar), so‘ngra “Новый канал” (Yangi kanal) tugmalarini bosishlari lozim bo‘ladi.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
📕 Najot ilmdadir

Siz ilm-fanga va turli xil qiziqarli faktlarga qiziqasizmi? Aynan shu mavzuda o‘zbek tilida faoliyat yurituvchi @qiziqfan kanalimizni tavsiya etamiz. Har kuni o‘zingiz uchun bu dunyoning siz bilmagan ilmlaridan boxabar bo‘ling, qiziqarli fakt va maʼlumotlarni kuzatib boring. Barcha faktlar bilan tanishib chiqish uchun kanaldagi barcha maʼlumotlarga hech bo‘lmaganda bir eʼtibor berib chiqing.

Kanalga hoziroq aʼzo bo‘ling: 👉👉👉 @qiziqfan
#mulohaza_uchun #texnologiya

Rasmda keltirilgan ushbu texnologiyalarning barchasi – o‘z vaqtida mashhur bo‘lgan va o‘zi uchun belgilangan alohida vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan, hozir esa bularning barchasi bizning cho‘ntagimizga sig‘uvchi zamonaviy gadjetlarda mujassam… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Xatoliklarni avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatish ⭕️

Agar siz katta jadvallar uchun formulalarni qo‘llasangiz, ba’zida xatoliklar yuz berishi mumkin, ularni qo‘lda to‘g‘rilash uchun izlab topish esa ko‘p vaqtingizni olishi tabiiydir.

Agar siz yacheykalarning belgilangan diapazonida barcha xatoliklar muayyan bir rang bilan ajralib turishini istasangiz, unda quyidagi qadamlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi:

— 1-qadam
Kerakli yacheykalarni belgilang va menyu satrining Главная varaqa (вкладка)si → Условное форматирование → Правила выделения ячеек bandlari bo‘ylab o‘ting.

— 2-qadam
Другие правила
tugmasini bosing va paydo bo‘lgan oynada Ошибки bandini tanlang.

— 3-qadam
Формат
tugmasi yordamida xatolikni ajratib ko‘rsatuvchi rangni tanlang va OK tugmasini bosing, tayyor.

ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da yangilanishlarni qanday qilib vaqtinchalik to‘xtatib turish mumkin? ⭕️🤔

Windows 10 yangilanishlar paydo bo‘lishi bilan, ularni avtomatik ravishda yuklab oladi va o‘rnatadi.

Buni to‘xtatish uchun siz yangilanishlar o‘rnatilishini 35 kunga qadar “pauza” qilib turishingiz mumkin:

1️⃣. WIN (ПУСК) + I klavishlarini boshgan holda Параметры oynasini ekranga chaqirib, Обновление и безопасность Центр обновления Windows bandlari bo‘ylab o‘ting.
2️⃣. Остановить обновления на 7 дней tugmasi ustiga bosing.
3️⃣. Davrni oshirish maqsadida tugmaning ustiga yana bosishingiz mumkin.

Tugmaning ustiga maksimal qiymat – 35 kunlik davrni ko‘rsatguniga qadar bosishingiz mumkin, shundan keyin ushbu opsiya kulrang tusga o‘tib, nofaol bo‘ladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Barcha video ko‘rsatmalar o‘zlashtirildi, shogird sertifikat olish uchun tayyor! 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat

Toza Windows 10'ni o‘rnatish 🖥

Ko‘pincha kanalning guruhi va boti orqali ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan Windows 10'ni o‘rnatish borasida savollar kelib turadi (undan pastroq versiyalari ham shunga monand tarzda o‘rnatiladi).

Siz uchun tizim arxitekturasini tanlash, yuklanuvchi fleshkani yaratish, fleshkadan yuklash prioritetini belgilash, tizimni o‘rnatish va sozlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha batafsil ko‘rsatma ishlab chiqdik.

👉🏻 Batafsil...

📎Windows 10 x86/x64 12 in 1 obrazini o‘z ichiga oluvchi arxiv fayllarini yuklab olish: 1-qism | 2-qism | 3-qism

📋
Yuklab olingan fayllarni arxivdan alohida .ISO faylga ajratib olish bo‘yicha ko‘rsatma.

📌 P.S.: Toza Windows 10'ni o‘rnatish deganda, eski Windows'ni to‘liq formatlab/o‘chirib tashlab, yangisini o‘rnatish nazarda tutilgan. Shunda tizimni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng C diskida Windows.old nomli papkani uchratmaysiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

BAXTNI HIS QILISH AMALLARI (1-qism) ☺️

“Siz baxtlimisiz?”
“Ha!”
“Yanada baxtli bo‘lishni istarmidingiz?”
“Ha!”
“Demak, hali chinakam baxt nimaligini his qilmagan ekansiz!”
“Keling, boshqa mavzuda suhbatlasha qolaylik!”

Baxtli bo‘lish – barchamizning hayotdagi maqsadimiz. Baxtiyorlikka intilish qanchalik xudbinlik bo‘lib ko‘rinmasin, har bir inson baxtga munosib. Ko‘pchilik baxt, bu – xohlaganimizga erishish va ehtiyojlarimizni qondirish, deb hisoblar ekan. Ammo izlanishlar chinakam baxtiyorlik hissi insonda nimanidir olish bilan emas, boshqalarga berish bilan tug‘ilishini ko‘rsatmoqda. Shu sababli ham yaxshilik va baxtiyorlik bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, yaxshilik qiluvchi odamlar boshqalardan ko‘ra o‘zlarini ko‘proq baxtli his qilar ekanlar.

Ruhshunoslar insonga o‘zini baxtiyor his qilishiga yordam beradigan birlamchi omillarni aniqlab, quyidagi uch muhim amalga odatlanish zarurligini aytadilar. Ya’ni boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshi xotiralarni yozib borish hamda yaxshi insonlar davrasida bo‘lish.

Yaxshilik qilish

Buddizm e’tiqodiga tegishli o‘gitlarda shunday hikmat bor: “Birgina qandil orqali minglab qandillarga charog‘onlik ulashish mumkin. Bu bilan o‘sha qandilning umri qisqarib qolmaydi. Baxtiyorlik ham shunday: ulashilgani bilan tugab qolmaydi”.

Boshqalarga yaxshilik qilish amali insonning o‘z oilasidan boshlanadi, albatta. Ota-onasiga, turmush o‘rtog‘i yoki farzandlariga yaxshilik ravo ko‘rgan insongina begonalarga chin dildan yaxshilik qilishi mumkin.

Baxt rohat yoki huzur bilan o‘lchanmaydi. Uning ko‘lami yoki darajasi jismoniy ta’sirdan yuqori turadi. Ya’ni muzqaymoq yeyish tanaga huzur berishi mumkin, ammo bu bilan insonning baxtiyorligi oshmaydi. Aksincha, muzqaymoqni uni sotib olishga qurbi yetmaydigan insonga olib berish tanga baxtning chinakam huzurini hadya eta oladi.

Boshqalarning kimgadir qilgan yaxshiligini, deylik, kimningdir keksa insonning og‘irini yengil qilishini ko‘rish, nochorlarga hayr-sahovat qilinayotganini kuzatish ham insondagi chuqur ichki baxtiyorlikning oshishiga sabab bo‘lar ekan. Buni ruhshunoslar “hissiy yuksalish” deb ataydilar. Bunday vaziyatda insonning insonlarga bo‘lgan ishonchi ortib, o‘zini himoyalangan his qilar ekan.

Shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida hukumatimiz tomonidan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga imtiyozli uylar berilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga ko‘zimiz ko‘p tushmoqda. Ana shunday lahzalarda har birimiz uy olganlar bilan birga quvondik, ularning hursandchiligi bizning ham ko‘zimizni namladi. Ya’ni “hissiy yuksalish”ni boshimizdan o‘tkazdik.

Insonlarning baxtiyor lahzalarini ko‘rish, tabiatga, jonzotlarga yaxshilik qilish ham inson baxtini ilhomlartirar ekan. Amerikalik jamoat arbobi Eleonora Ruzveltning fikricha, chin baxtiyorlikni boshqalarga baxt ulashib his qilish mumkin. O‘z navbatida, kimdandir yaxshilik ko‘rgan inson o‘zini boshqalarga yaxshilik qilishga mas’ul hisoblay boshlaydi va bu yaxshilik zanjir misol uzayib boradi va odamlarni ko‘rinmas rishtalar bilan bog‘laydi, oqibatning yashovchanligini ta’minlaydi.

Xotiralarni qayd etib borish

Ruhiy tadqiqotlar inson biror qiyin vaziyatga tushganida uni yozishi kerakligi, qiyin vaziyatni o‘z-o‘ziga bayon qilish foydali ekanini, bu unga og‘ir vaziyatdan chiqib ketishiga ruhiy ko‘mak berishini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, baxtli lahzalarni ham qayd etish insonning baxtiyorligini oshirar ekan.

Bugun smartfonlar yordamida tasvir va suratlar olamiz. Baxtli damlarni bir muddatga muhrlashga imkonimiz bor. Ammo baxtiyor damlarni qog‘ozga tushirishning gashti undan ham yuqori bo‘lar ekan.

Ushbu maqolaning 2-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

👈🏻 Foydalanuvchiga ko‘rinuvchi tashqi interfeys;
👉🏻 Dasturni yaratishda qo‘llanilgan kod.

📌 P.S.: Ular buni bilishlari shart emas! 🤫

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #word #excel #powerpoint

📚 OfficeSuite Pro – Android uchun to‘liq funksiyali ofis paketi. Ushbu ilova Sizga MS Word va Excel formatlarida fayllarni yaratish, tahrirlash va o‘qish, shuningdek PDF hujjatlari hamda PowerPoint taqdimotlarini kuzatib borish imkonini beradi. Android 4.2+. Premium-versiya.

📎
OfficeSuite Pro v14.5.52368 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
WPS Office (Kingsoft Office) mobil ilovasi
Moon Reader mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram-kanalingiz bormi? Faoliyatingizni endi qonuniylashtirish mumkin! 💸

Internetda kanal ochib reklama joylashtirish orqali pul topadigan yoki tijoriy faoliyatga yaqin bo‘lmagan usullar bilan daromad olish orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning qonuniy ishlashi uchun imkoniyat yaratilgan. Bunda yiliga 223 000 so‘m miqdorida soliq to‘lash lozim bo‘ladi, deb yozadi Sof.uz.

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Ismoilov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida internet kanallari orqali o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning qonuniy faoliyat yuritishi uchun yaratilgan imkoniyat haqida ma’lumot berdi.

“Bizda internet orqali tadbirkorlikka ko‘maklashish yoki bo‘lmasa frilanser faoliyat turlari bor. Agarda frilanser internet orqali savdo faoliyatidan tashqari boshqa biror-bir tijoriy xizmatlarni amalga oshiradigan bo‘lsa, u uchun 67 ta faoliyat turi belgilab qo‘yilgan.

O‘sha faoliyat turlarini tanlagan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi, ya’ni 111 ming 500 so‘m miqdorida ijtimoiy soliqni to‘lashi mumkin. Bu to‘lov miqdori 2020 yil uchun belgilangan.

2021 yildan boshlab esa BHMning 1 baravari miqdorida to‘lanishi soliq siyosati konsepsiyasida belgilangan va bu yaqin kunlarda qabul qilinadi”
, —dedi u.

Ma’lumot uchun, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatida quyidagi kasb egalari ham ijtimoiy soliq to‘lash orqali (yiliga 223 ming so‘m) o‘z faoliyatini erkin va ochiq olib borishi mumkinligi, shuningdek pensiya va staj hisoblanishi ta’kidlangan.

— Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, ye-mail orqali xatlarni jo‘natish bo‘yicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar.

— Mul’timedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, ma’lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissyori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar).

— Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy ta’minotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis).

— Tarjima qilish xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qilish, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi).

— Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) uni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi).

Qo‘mita raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarovning aytishicha, soliqlarni muntazam to‘lab borgan frilanserlarga bir qator imtiyozlar beriladi.
👍1
“Birinchidan, bu bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilib yurganlarni qonuniy ishlashi uchun sharoitdir.

Ikkinchidan, mobil ilova orqali tekin ro‘yxatdan o‘tganidan keyin ularga «staj» ketish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Uchinchidan, o‘zi ixtiyoriy ravishda pensiya jamg‘armasiga to‘lovni amalga oshirsa, nafaqaga chiqishida albatta inobatga olish mexanizmi joriy qilindi.

Agar ro‘yxatdan o‘tmasdan yillar davomida o‘zini o‘zi band qilgan holda tirikchiligini qilib yursayu hech qaerda ro‘yxatga olinmasa, bilamizki, pensiya yoshiga borganda pensiyaga chiqish imkoniyati bo‘lmaydi.

Ular qarilik nafaqasini oladi. Ya’ni bugun erkak kishi uchun 60 yosh pensiya nafaqasi uchun belgilangan bo‘lsa, 65 yoshda ham ular budjetdan hech qanaqa pul ola olmaydi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro 60 yoshda nafaqaga chiqishni xohlasa, ro‘yxatdan o‘tib ixtiyoriy ravishda yilda bir marotaba soliq to‘lovini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Va bu avtomat ravishda bazada qoladi va nafaqaga chiqishda hech qanaqa ortiqcha hujjat talab qilinmasdan turib faqat bazani o‘zi hisob-kitob qilib beradi”
, — dedi qo‘mita rasmiysi.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #maslahat #internet

Samolyot rejimini yoqmasdan, smartfondagi qo‘ng‘iroqlarni qanday taqiqlash mumkin? ✈️🤔

Turli xil vaziyatlarda smartfonda kirish yoki chiqish qo‘ng‘iroqlarini taqiqlash imkoniyati kerak bo‘lishi mumkin. Masalan, qo‘ng‘iroqlarga javob berishni ham, ko‘rishni ham xohlamaysiz, lekin mobil internetdan foydalanmoqchisiz.

Ushbu usul, “qora ro‘yxatdan” barcha uchun kirish yoki chiqish qo‘ng‘iroqlari taqiqlanishi bilan farq qiladi (qisqa gudok eshitilmaydi).

1️⃣. Qo‘ng‘iroqlarni taqiqlash uchun, raqam teriladigan “Telefon” ilovasini oching, yuqori o‘ng burchakdagi menyu tugmasini (3 nuqta) bosing va “Sozlamalar” (Parametrlar)ni tanlang;

2️⃣. Ochilgan oynada qo‘ng‘iroqlarni taqiqlamoqchi bo‘lgan SIM-kartaga tegishli “Yana” (Еще) bandini tanlang;

3️⃣. “Qo‘ng‘iroqlaringizni taqiqlash” menyusini tanlab, taqiqlamoqchi bo‘lgan qo‘ng‘iroqlarni belgilang (kiruvchi, chiquvchi, yoki birdaniga, xalqaro yoki rouming);

4️⃣. So‘ralgan parolni kiriting (odatda 0000, 1111 yoki 1234) va tasdiqlang (parol noto‘g‘ri deyilsa operatoringizdan so‘rab biling);

Taqiqni olib tashlash uchun, teskari tartibda ham xuddi shunday qiling.

Umuman olganda, “Telefon” ilovasi sozlamalaridan boshqa kerakli (raqamlarni bloklash, ovozlarni yozib olish, pereadresatsiya) funksiyalarni ham topish mumkin.

Afsuski ba’zi smartfonlarda yuqorida ko‘rsatilgan sozlamalar telefon ilovasidan olib tashlangan.

Savol: “Terilgan raqam mavjud emas” xabari, ishlab turgan raqam uchun qanday yoqiladi?

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

BAXTNI HIS QILISH AMALLARI (2-qism) ☺️

Ushbu maqolaning 1-qismi

Ehtimol, adabiyot va ijod odamlarining uzoq yillar baxtli va sog‘lom hayot kechirishlarining sababi shudir, deb o‘ylab qolaman. Axir, ular yozayotgan, kuylayotgan yoki chizayotgan asarlarida aksariyat qahramon va syujetlarni o‘z hayotlaridan oladilar, o‘zlarini tarannum qiladilar, muammo va tashvishlarini bayon qiladilar. Yillar o‘tib ijodkor o‘sha asarini qo‘lga olganida esa o‘zining zalvorli umrini eslaydi, baxtiyorlik hissidan zavqlanadi.

Yaxshi insonlar davrasida bo‘lish

Ba’zan baxtiyorliging bois tabassum qilasan, ba’zida esa tabassum qilganing bois baxtiyorsan, deyishgan donolar. Ruhshunoslar baxt hissining “yuqumli” bo‘lishini aytishadi. Baxt hissi insondan insonga yuqadi! Bu – haqiqat!

Yon-atrofida yaxshi insonlar ko‘p bo‘lgan, bu davralarga tez-tez qo‘shilib turadigan kishilar hayotning har lahzasini sevib, shukr qilib ham bag‘rikeng bo‘lib yashashga harakat qiladilar.

Agar sizga ijobiy kayfiyat ulasha oladigan, kezi kelganda tarbiya qiladigan yaxshi do‘stlaringiz bo‘lsa, ular uchun ko‘proq vaqt ajrating.

Harvard universiteti ruhshunoslarining fikricha, insonlarning mashaqqatli hayoti va baxtga erishuviga bag‘ishlangan mazmunli filmlar tomosha qilish ham insonning ichki baxtiyorligini, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirar ekan.

Dunyoda na baxtiyorlik, na azoblanish degan narsa yo‘q. Insonning bir holatini ikkinchi holatiga qiyoslash bor, xolos. Eng chiroyli baxtni eng og‘ir azobni boshdan kechirganlar his qiladi. Hayotning naqadar go‘zalligini bilish uchun o‘lim bilan yuzma-yuz kelish lozim, degan ekan atoqli adib Aleksandr Dyuma.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija