IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#telegram

Guruhlarda ovozli suhbatlar, yangi animatsiyalar va boshqalar 🆕

Android va iOS uchun Telegram 7.3 versiyasiga yangilandi

✔️ Guruhlarda ovozli suhbat (chat)lar:
— Istalgan guruhda ovozli suhbatni ishga tushirish imkoniyati;
— Har bir ovozli suhbatda bir necha minggacha ishtirokchilar;
— Moslashuvchan boshqaruv vositalari yordamida faol ishtirokchilar sonini boshqarish imkoniyati.

✔️ Tahrirlashning yangi imkoniyatlari:
— Ko‘rish rejimida maxsus belgi ustiga bosish orqali yuborilgan rasmni tahrirlash imkoniyati;
— Xabarlar va media sarlavhalarini tahrir qilishda qolgan belgilar sonini ko‘rsatuvchi hisoblagich.

✔️ Yangi animatsion emojilar:
— Animatsion emojilar: 🥴, 🤗, 🥺, ⭐️, ⚡️, ☠️, 🔍, 🔎, , 🤫, 💤, 🤥, 🤑, 💪, 🤩, 🤭 va 🤠.
— Ovozli animatsion emojilar: 🎄, 🦾, 🎉 va 🎊.

✔️Android uchun yangi imkoniyatlar:
— Ma’lumotlarni SD-kartada saqlash imkoniyati. Qurilma ichki xotirasi kichik bo‘lgan foydalanuvchilar, multimedia va fayllarni tashqi xotirada saqlashlari mumkin (hozirgacha ushbu imkoniyat norasmiy Telegram ilovalarida mavjud edi);
“Yangi xabar” tugmasini bosish, foydalanuvchi profillarini ochish va suhbat papkalarini boshqarishda yangi animatsiya;
— Suhbatlar ro‘yxatidagi xabarlar hisoblagichidagi raqamlar, papkalar va umumiy media fayllar animatsiyalari;
“Yaqin-atrofdagi odamlar” (Люди рядом) bandi yon menyuga ko‘chirildi;
— Tarmoqqa ulanmasdan xabarni tahrirlash.

📄 Ko‘proq ma’lumot ushbu maqolada: https://telegram.org/blog/voice-chats/ru?setln=uz

📥 Ilovani yuklab olish: Google Play, APK rasmiy saytidan yoki tasdiqlangan kanaldan.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#operatsion_tizim #maslahat

PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli 🚀

🇬🇧 PCPersonal Computer
🇷🇺 ПКПерсональный компьютер
🇺🇿 ShKShaxsiy kompyuter

Hamma tadbirkorlar ham o‘z biznes-masalalari bo‘yicha Apple texnikasidan foydalanmaydi – bizning sharoitimizda ko‘pchilik hali hanuz Windows o‘rnatilgan shaxsiy kompyuter (PC)lardan foydalanishni afzal deb biladi yoki bunga ko‘nikib qolgan. Business Insider nashri operatsion tizimni qayta o‘rnatishdan tashqari ShK funksionalligini tezlashtiruvchi 10 ta umumiy usullar sanab o‘tilgan material bilan bo‘lishdi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram'da qor yog‘ishni boshladi

Android uchun Telegram'ga yangi yil bezagi qaytdi. Yon menyudagi belgilar yangi yil mavzusiga o‘tkazildi, yuqoridagi profil rasmi turgan qismida esa qor yog‘moqda.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram'ni rivojlantirish strategiyasi 📈

Telegram 500 million faol foydalanuvchi belgisiga yaqinlashganda, ko‘pchilikda savol tug‘dirmoqda: bu o‘sishni kim to‘laydi? Axir, foydalanuvchilar qancha ko‘p bo‘lsa, serverlar va trafik uchun xarajatlar ham ko‘proq bo‘laveradi. Bizning miqyosdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yiliga yuz millionlab dollar turadi.

Telegram'ning tarixining aksariyat qismida Telegram to‘lovlarini men shaxsiy mablag‘larim hisobidan to‘laganman. Ammo hozirgi o‘sish sur’atlarida Telegram milliardlab faol foydalanuvchilarga va tegishli xarajatlarga erishish yo‘lida.

Texnologik kompaniya bunday hajmga yetganida, uning oldida faqat ikkita yo‘l mavjud bo‘ladi: xarajatlarni qoplash uchun pul ishlashni boshlash yoki bozorning kattaroq o‘yinchiga sotilish.

Shuning uchun savol tug‘ilishi tabiiy — biz nima qilamiz? Rejalarimizga bir nechta bandlarda oydinlik kiritaman.

1️⃣. Biz WhatsApp asoschilari kabi kompaniyani sotmoqchi emasmiz.

Telegram foydalanuvchilarga huquqlarini hurmat qiladigan va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatadigan mustaqil loyiha sifatida dunyoga kerak. Telegram buyog‘iga ham mukammallik va benuqsonlikka intiladigan texnologik kompaniyasi namunasi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Buni esa, o‘tmishdoshlarimizning qayg‘uli misollari ko‘rsatayotganidek, katta korporatsiya tarkibida amalga oshirib bo‘lmaydi.

2️⃣. Telegram hali uzoq vaqt yashaydi.

Biz 8 yildan ko‘proq vaqt oldin Telegram'ni dastlab o‘z shaxsiy foydalanishimiz uchun mahsulot sifatida ishlab chiqishni boshladik. O‘shandan beri biz uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Telegram aloqaning bir qator jihatlarida — shifrlashda, funksionallikda, soddaligida, dizaynida, tezligida mumkin bo‘lgan chegaralarni kengaytirdi. Ammo bu faqat boshlanish. Biz dunyoga yana ko‘p narsalarni olib kelishimiz mumkin va kerak.

3️⃣. 1 va 2-bandlarni bajarish uchun Telegram keyingi yildan pul ishlashni boshlaydi.

Bunda biz o‘tmishda bergan qadriyatlarimiz va kafolatlarimizga sodiq qolamiz. Yetib olingan ko‘lam tufayli biz Telegram'dan xiraliksiz pul ishlashimiz mumkin — aksariyat foydalanuvchilar jiddiy o‘zgarishlarni sezmaydilar ham.

4️⃣. Hozirgi barcha Telegram xizmatlari bepul bo‘lib qoladi.

Ularga qo‘shimcha ravishda biz biznes-jamoalar va rivojlangan ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha funksiyalarni taklif etamiz. Ushbu yangi funksiyalarning ba’zilari bizdan katta resurslarni talab qiladi va natijada pullik bo‘ladi. Oddiy foydalanuvchilar doimo Telegramdan bepul foydalanadilar.

5️⃣. Telegram'da xabar almashish barcha xizmatlari reklamasiz qoladi.

Shaxsiy va guruh chatlarda reklama ko‘rsatilishi nojoiz deb hisoblaymiz. Odamlar o‘rtasidagi aloqa reklamaga chalg‘imasligi kerak.

6️⃣. Telegram'da xabar almashish bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoq tarkibiy qismi ham mavjud.

"Birdan ko‘pga" eshittirish tamoyili asosida qurilgan Telegram ommaviy kanallari millionlab obunachilarni qamray oladi va an’anaviy xabar almashish bilan umumiy jihatlari deyarli yo‘q. Ko‘p mamlakatlarda kanal egalari o‘z obunachilariga, ba’zida uchinchi tomon reklama platformalari orqali reklama ko‘rsatib pul ishlashadi. Ular joylashtiradigan reklama odatdagi xabarlarga o‘xshaydi va ko‘pincha xiralik hususiyatga ega bo‘ladi. Shu munosabat bilan biz foydalanuvchilarga qulaylik va maxfiylikni ta‘minlaydigan hamda bizga serverlar va trafik xarajatlarini qoplashga imkon beradigan kanallar uchun o‘z reklama platformamizni taklif qilamiz.

7️⃣. Telegram orqali pul ishlash nafaqat bizga, balki butun jamoatchilikka foyda keltirishi kerak.

Masalan, ommabop ommaviy kanallar reklama platformasi orqali monetizatsiya qilinadigan bo‘lsa, ushbu kanal egalari qamrovga qarab bepul trafikni olishadi. Yoki, agar hozirgi bepul stikerlardan tashqari, yaxshilangan xususiyatlarga ega pullik stikerlar mavjud bo‘lsa, ushbu stikerlar rassomlari daromadning bir qismini ham olishadi. Biz Telegram'dagi kontenti yaratuvchilari va tadbirkorlar barcha foydalanuvchilarimizni yaxshilangan xizmat ko‘rsatish orqali boyitib, rivojlanib borishini istaymiz.
👍1
Telegram yo‘lini mana shunday ko'ramiz.

Bu bizga ko‘plab yangi xususiyatlarni joriy etish va kelgusi o‘n yilliklarda milliardlab yangi foydalanuvchilarni kutib olish imkoniyatini beradi. Ushbu yondashuv mustaqil bo‘lib qolib, qadriyatlarimizni saqlab qolishimizga va dunyoga yangi turdagi texnologik kompaniya namunasini taqdim etishga imkon beradi.

23-dekabr 2020-yil, Pavel Durov

🇺🇿 Pavel Durov rasmiy postining o‘zbek tilidagi talqini.

🇷🇺 Версия данной статьи на русском.
🇬🇧 Original version of the article in English.

📝 Manba: @TeleUz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Dasturchi: — Ha, men tushunaman, har bir tilning o‘z belgilangan vazifasi bor.

Shuningdek u... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #rasm_bilan_ishlash

Qaysi klavishlar birikmasi yordamida Photoshop'da qatlamlarni birlashtirish mumkin?
Anonymous Quiz
21%
ALT + O
46%
CTRL + E
22%
CTRL + O
11%
F7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #game

Yurtimizdagi ilk tarixiy video oʻyin 🆕🕹

2020-yil 19-dekabr kuni Hilton mehmonxonasi Congress Hall'da “Mangu Sarkarda” video o‘yinining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “AAA” o‘lchamdagi mazkur o‘yin yurtimizdagi ilk tarixiy video o‘yindir.

❇️ O‘yin yaratuvchisi UIC Games loyihasi ustida 1 yil davomida ish olib bordi. O‘yin tarixiy haqiqatga asoslangan bo‘lib, Unreal Engine o‘yin mexanizmida yaratildi.

Taqdimot Toshkent Yoshlar Forumi doirasida o‘tkazildi va ishtirokchilar tomonidan kutilganidan ham iliq qarshi olindi.

O‘yinning demo versiyasi va unga oid yangiliklar haqida rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin: Facebook | Instagram

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🆕 Telegram'ning Android va iOS uchun chiqarilgan yangilanishidan so‘ng Telegram Desktop ham barqaror 2.5.1 talqiniga yangilandi

⚙️ Unga kiritilgan yangiliklar:
Guruhlardagi ovozli chatlar.
— Ovozli chat oynasida, uni fonga o‘tkazish uchun CTRL + M klaviatura birikmasi.
— Ovozli chat oynasida, undan chiqish uchun CTRL + W klaviatura birikmasi.
— Ovozli xabarni erkin yozib olish imkoniyati. Buning uchun unga bosib, ushlab turgan holda yuqoriga qarab tortish lozim, shunda yozib olish sichq. chap tugmasini bosib turishni talab etmagan holda davom etaveradi.
— Ba'zi xizmatchi xabarlar uchun, ularning o‘qilganligi statusini ko‘rsatib turuvchi belgi (иконка)lar qo‘shildi.
— Izohlar bo‘limida so‘rovnomalar yaratishning qo‘llab-quvvatlanishi.
— Kanal uchun izohlarda inlayn botlar va emodzi bo‘yicha stikerlar taklifi chiqarilishining qo‘llab-quvvatlanishi.
— Chat bo‘yicha qidiruv bekor qilinganida joriy qidiruv so‘rovi o‘chib ketmaydi.
— Xabarni qayta uzatish (Пересылка)da "Yuqoriga" klavishini bosish orqali so‘nggi xabarning tahrirlanishi to‘g‘rilandi.
— Endi tasodifiy tozalashlarning oldini olish uchun yozishmalar tarixini tozalashni tasdiqlashdan ENTER klavishi faolsizlantirildi.
— Ovozli chatlarga kontaktlar ro‘yxatidagi insonlarni taklif etish imkoniyati.

📄 Ko‘proq ma’lumot ushbu maqolada: https://telegram.org/blog/voice-chats/ru?setln=uz

📥 Yuklab olish: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.

📝 Manba: @tginfo

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#tarmoq #internet #operatsion_tizim

Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish 📶

Qurilmangizdagi Wi-Fi ulanishining signal darajasini bilish, tarmoq yoki Internetga ulanishning sustligi – sizning Internet-provayderingiz yoki simsiz ulanish nuqtangiz bilan bog‘liq muammo emas, balki signal bilan bog‘liq muammo ekanligini aniqlashga ko‘mak berishi mumkin.

Signalni aniqlash uchun alohida dasturlardan foydalanishingiz mumkin bo‘lsa-da, Windows'da konsol orqali signal kuchini tekshirish usuli mavjud.

Buyruq satri (Командная строка) orqali quyidagi buyruqni ishga tushiring: netsh wlan show interfaces.

Signal sifatini aniqlash uchun Сигнал maydoniga ahamiyat bering. Agar qiymat 80ga teng yoki undan yuroqi bo‘lsa, demak signal darajasi yaxshi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Windows 10’da mobil ulanish nuqtasi funksiyasi qanday o‘chiriladi?
Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?
Sharh: Ochiq Wi-Fi tarmog‘ida foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo‘ldi
Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!
“Tarmoq bog‘lanishlari” oynasini tezkor ochish
NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash
IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?
Optik tolaning qanday ishlashi misolda
Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish
Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

BAXTIYORLIK VA MUVAFFAQIYAT SIRI ☺️🚀

Ideal hayotning yo‘qligi aniq. Ammo baxtli hayot kechirsa bo‘ladi. Muammo va tashvishlar orasida mardlarcha borayotgan odam o‘zining irodasini toblab, ma’nan-ruhan yuksaladi. Yuksalish esa doim o‘zgarishni talab etadi.

Quyida e’tiboringizga hayotni yanada samarali, yanada mazmun-maqsadli qilish uchun muhim hisoblangan barhayot an’analarni taqdim etmoqchiman. Baxtiyorlikning bu tamoyillari azal-azaldan, o‘tmishning nodir asarlarida ham ta’kidlanadi.

Bilim va tafakkur

Axborot asrida yashashning ham qulay jihati mavjud. Misol uchun, bilim va yangiliklar endi bizning kaftimizda, ya’ni smartfonimizda. Bir necha asr ilgari Navoiy bobomiz ogoh kishini shoh darajasiga ko‘targan edilar. Sababi bu xislat kishida vaziyatni baholashda muhim bo‘lgan bilim, ma’lumotning bo‘lishini ta’minlaydi. Elektron qurilmalar ko‘proq o‘qish va ong-idrokni kengaytirish uchun xizmat qilsa, hayot ham yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Hayotda saboq va xulosa chiqarishni, ularga amal qilishni o‘rganing. Aks holda, ular qarshimizdan qayta va qayta chiqaveradi.

Ziddiyat va o‘zgarish

Hayotdagi ziddiyatlar inson fe’l-atvorini sinovdan o‘tkazadi va kezi kelganda unga ta’sir qiladi. Har qanday sharoitda yomon illatlardan voz kechib, yaxshi odatlarga o‘rganish hayotning muhim tamoyilidir. Hayotning zarbasini fe’limizdagi “uxlab yotgan” biror ijobiy xulqni uyg‘otishga yoki biror nuqsonni qulatishga yo‘naltirish yashashning chinakam shartidir.

Iste’mol madaniyati

Alisher Navoiyning “Og‘ziga kelganni demoq – nodonning ishi, oldiga qo‘yganni yemoq – hayvonning ishi” degan hikmatlarini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Har kuni og‘zingizdan kirayotgan luqmani hech nazorat qilganmisiz?

Unutmang, hamma narsada, jumladan taom iste’molida ham o‘rtachalik yaxshi. Ko‘p iste’mol qilish insonning tafakkur doirasini chegaralaydi, tan sa’y-harakati ovqat hazm qilish bilan band bo‘ladi. Juda kam ovqat tanovul qilish ham sog‘lik uchun zararli.

Bugun – do‘konlar kimyoviy qo‘shimchalarga boy mahsulotlarga to‘la bir davrda sog‘lom ovqatlanishga alohida e’tibor qiling.

Vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan ochlik insonning ruhiy-ma’naviy, hissiy va jismoniy holatini tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.

Sabr va qat’iyat

Hayotda hadeb huzurlanish yoki muntazam mamnun bo‘lish imkonsiz. Chunki umr mohiyatini baxtiyorlikda emas, mashaqqatlarda anglash mumkin.

Maqsad qilgach, u uchun sabr bilan kurashing. Harakatda qat’iy bo‘ling. Tez erishilgan bo‘lsa, muvaffaqiyat sizga tegishli bo‘lmaydi. Uzoq va mashaqqat bilan erishilgan mukofotning qadri ham yuqori bo‘ladi.

Eleonora Ruzvelt aytgani kabi, hayotning ma’nosi yashash va yangi kechinmalarga botirlik bilan qo‘l cho‘zishdan iborat.

Noxushlikdan saqlanish

Salbiy taassurot qoldirgan kishidan qoching, xosiyatsiz manzilga borishdan tiyiling. Tobora chigallashib borayotgan vaziyatni murosa bilan yumshating. Nohaq ekaningizni tan olishdan qo‘rqmang.

Eng qiyin paytda ham g‘azabni jilovlashga o‘rganing. Kimdir sizga nohaq yomon gapirsa ham, muloyimlik bilan murojaat qilib, ularni mulzam qiling va tarbiyalang.

Hayotdan nolish odatidan saqlaning. Chunki bu kabilardan hamma qochadi va nom-nishonsiz yashaydilar.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

🗣 Telegram jamoasi foydalanuvchilarning takliflari va xatoliklar haqidagi xabarlarni qabul qilish uchun ommaviy platformani ishga tushirdi. Unda barcha foydalanuvchilar takliflar ro‘yxatini ko‘rishi va ularga ovoz berishi mumkin.

🇬🇧 Hozirda platforma faqat ingliz tilini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu butun dunyodan foydalanuvchilar turli tillarda o‘nlab bir xil takliflarni bermasliklarini ta'minlash uchun o‘ylangan.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #operatsion_tizim

🕹 PC Remote — tarkibida geympad emulyatsiyasi mavjud bo‘lgan, Windows o‘rnatilgan kompyuterni masofadan boshqarish uchun mobil ilova. Android 5.0+. VIP-versiya.

📎
PC Remote VIP v7.4.0 mobil ilovasini yuklab olish.

❗️Ishlashi uchun kompyuterga PC Remote Receiver o‘rnatilishi lozim.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

📄 Web-sahifaga nisbatan HTML 👈🏻 va 👉🏻 CSS texnologiyalari qo‘llanilganida tashqi ko‘rinishi qanday farq qilishi borasida qiyosiy hazil 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi klavisha yoki klavishlar birikmasi yordamida hozirda faol holda turgan ishchi listdagi formulalarni dasturga qayta hisoblatish mumkin?
Anonymous Quiz
19%
F9
45%
SHIFT + F9
21%
SHIFT + F8
15%
CTRL + F8
#PowerPoint

⚡️ Ko‘rinishni o‘zgartirish uchun klavishlar birikmalari:

ALT + F9 — yo‘naltirgichlarni ko‘rsatish / berkitish;

SHIFT + F9 — setkani ko‘rsatish / berkitish.

⚡️ Tasma (лента) bilan ishlash uchun klavishlar birikmalari:

ALT + — tanlangan tugma uchun menyuni ochish;

CTRL + F1 — tasmani ko‘rsatish / berkitish;

F1 — ma'lumotnoma;

SHIFT + F10 — kontekstli menyu;

ALTTAB (SHIFT + TAB) — tasmani buyruqlarini faollashtirgan holda, ular bo‘ylab yuqoridan-pastga chapdan-o‘ngga va aksincha o‘tish.

📌 P.S.: Microsoft PowerPoint'da qo‘llanishi mumkin bo‘lgan foydali klaviatura birikmalarining to‘liqroq ro‘yxatini ushbu postimizdan topishingiz mumkin.

ℹ️
Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram'ning Android uchun yangilangan versiyasida kanal qanday yaratiladi? 🤔

Ko‘pchilik kanal yurituvchilar adminlar yoki kanal yuritishni boshlamoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar Telegram'ning Android uchun yangilangan versiyasida “Новый канал” (Yangi kanal) tugmasi g‘oyib bo‘lganiga e’tibor berishga ulgurishdi.

Endi kanal yaratish uchun foydalanuvchilar video ko‘rsatmada keltirilganidek, dastlab oynaning o’ng pastki burchagida joylashgan “Новое сообщение” (Yangi xabar), so‘ngra “Новый канал” (Yangi kanal) tugmalarini bosishlari lozim bo‘ladi.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
📕 Najot ilmdadir

Siz ilm-fanga va turli xil qiziqarli faktlarga qiziqasizmi? Aynan shu mavzuda o‘zbek tilida faoliyat yurituvchi @qiziqfan kanalimizni tavsiya etamiz. Har kuni o‘zingiz uchun bu dunyoning siz bilmagan ilmlaridan boxabar bo‘ling, qiziqarli fakt va maʼlumotlarni kuzatib boring. Barcha faktlar bilan tanishib chiqish uchun kanaldagi barcha maʼlumotlarga hech bo‘lmaganda bir eʼtibor berib chiqing.

Kanalga hoziroq aʼzo bo‘ling: 👉👉👉 @qiziqfan
#mulohaza_uchun #texnologiya

Rasmda keltirilgan ushbu texnologiyalarning barchasi – o‘z vaqtida mashhur bo‘lgan va o‘zi uchun belgilangan alohida vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan, hozir esa bularning barchasi bizning cho‘ntagimizga sig‘uvchi zamonaviy gadjetlarda mujassam… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Xatoliklarni avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatish ⭕️

Agar siz katta jadvallar uchun formulalarni qo‘llasangiz, ba’zida xatoliklar yuz berishi mumkin, ularni qo‘lda to‘g‘rilash uchun izlab topish esa ko‘p vaqtingizni olishi tabiiydir.

Agar siz yacheykalarning belgilangan diapazonida barcha xatoliklar muayyan bir rang bilan ajralib turishini istasangiz, unda quyidagi qadamlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi:

— 1-qadam
Kerakli yacheykalarni belgilang va menyu satrining Главная varaqa (вкладка)si → Условное форматирование → Правила выделения ячеек bandlari bo‘ylab o‘ting.

— 2-qadam
Другие правила
tugmasini bosing va paydo bo‘lgan oynada Ошибки bandini tanlang.

— 3-qadam
Формат
tugmasi yordamida xatolikni ajratib ko‘rsatuvchi rangni tanlang va OK tugmasini bosing, tayyor.

ℹ️ Qo‘shimcha tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da yangilanishlarni qanday qilib vaqtinchalik to‘xtatib turish mumkin? ⭕️🤔

Windows 10 yangilanishlar paydo bo‘lishi bilan, ularni avtomatik ravishda yuklab oladi va o‘rnatadi.

Buni to‘xtatish uchun siz yangilanishlar o‘rnatilishini 35 kunga qadar “pauza” qilib turishingiz mumkin:

1️⃣. WIN (ПУСК) + I klavishlarini boshgan holda Параметры oynasini ekranga chaqirib, Обновление и безопасность Центр обновления Windows bandlari bo‘ylab o‘ting.
2️⃣. Остановить обновления на 7 дней tugmasi ustiga bosing.
3️⃣. Davrni oshirish maqsadida tugmaning ustiga yana bosishingiz mumkin.

Tugmaning ustiga maksimal qiymat – 35 kunlik davrni ko‘rsatguniga qadar bosishingiz mumkin, shundan keyin ushbu opsiya kulrang tusga o‘tib, nofaol bo‘ladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija