IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #smartfon #internet

Kesh nima? 🤔

Uyali telefonlar va tarmoqlarda “kesh” (ing. cache) atamasi, odatda, telefon yoki tarmoqdagi yaqin kelajakda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning nusxalarini saqlaydigan xotira maydonini anglatadi. Bu bilan veb-sahifalar va ilovalarga tezroq kirish mumkin bo‘ladi.

Masalan, telefoningizda veb-sahifaga kirganingizda, uning nusxasi telefonning kesh xotirasida saqlanishi mumkin. Agar o‘sha sahifa qayta so‘ralsa, sahifaning internetdan qayta yuklab olinishini kutish o‘rniga, sahifa darhol keshdan ko‘rsatilishi mumkin.

Shunday qilib, elektron keshdagi ma’lumot tezkor kirish uchun axborotning ikkilamchi nusxasi hisoblanadi.

☝🏻Telefon sozlamalaridagi ilovalar bo‘limiga o‘tib, har bir dastur xotiradan kesh uchun qancha joy egallab turganligini bilish va uni tozalab turish mumkin. Keshni butun telefon bo‘ylab tahlil qilib tozalash uchun CCleaner mobil ilovasidan foydalanish tavsiya etiladi.

📝 Mirzoxidbek @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Saytlar to‘g‘ri ochilmasligi: sababi va bartaraf etish yo‘llari
Telefon nega qotadi?
Telegram ilovasida keshni SD-kartaga o‘tkazish imkoniyati yuzaga keldi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism| 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

IJOBIYLIK – MUVAFFAQIYATNING YAGONA SIRI 🙃

Muvaffaqiyat qozonish juda oson. Yuqori natijalarga erishayotgan insonlar o‘z imkoniyatlariga ishonadilar. Ularning yagona ustunligi – shu.

Har insonda o‘ziga xos tabiat shakllangan bo‘ladi. Inson xulqida ijobiy yoki salbiy jihatlar ustun bo‘ladi. Ijobiy fazilatlilar beligacha qum to‘ldirilgan qopni “yarim bo‘sh” ko‘radi. Shu tabiatiga ko‘ra, uning atrofida o‘z muhiti vujudga keladi. Uning omadli yoki omadsizligi xuddi shu muhitga bog‘liq.

Buyuk insonlar omadining bosh sababi – ularning fe’l-atvorida ishonch va ijobiy hislarning ustunligidir. Ijobiylik – buyuklarning eng buyuk fazilati, desak xato bo‘lmaydi.

Har bir oilada o‘ziga xos an’ana bor. Har bir jamiyatning o‘ziga tegishli bo‘lgan urf-odatlari mavjud. Qaysidir davlatga xos siyosiy yoki ijtimoiy an’analar, shu millatning xususiyatlari hamda fazilatlari negizida shakllanadi. Mamlakatdagi bu umumiy tabiat uning kelajagini belgilaydi.

Bugungi zamon va o‘tmish davrlarning muhitida o‘ziga xos fazilat va ziddiyatlar borligi aniq. Ruhshunos Martin Seligmanning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, XX asrning so‘nggi 30 yilida ruhshunoslikka ixtisoslashgan jurnallardagi salbiy kayfiyat aks etgan maqolalar hajmi 46 ming hamda ijobiy ruhdagi ishlar hajmi bor yo‘g‘i 400 sahifa ekan.

“Har narsani yaxshilikka yo‘y”, “Hammasi yaxshillikka”, “Taskin olish uchun hikmat izla” kabi qadimiy naqllar baxtli yashash sirlaridan biri. Uni ijobiy ruhdagi kishilar yaratgan. Ijobiy fazilatlilar olamni, undagi har bir narsani odamzodga xayrixoh deb bilishadi. Har bir voqeani xosiyatli hisoblashadi. Biz yoshlikni ilm uchun sarflaymiz. Oqibatda yaxshi turmush tarzidan tortib, jamiyatda o‘zimizga yarasha hurmatga ham erishamiz. Ijobiy tabiatli kishilar hayot ularni yig‘lashga majbur qilganda ham bunda bir xosiyat ko‘ra oladilar.

Hindistonning Maharashtra shtati sharqida joylashgan so‘lim Mahabaleshvar vohasi bo‘ylab yo‘l boshlovchi hamrohligida sayohat qilar ekanmiz, bir necha chaqirimlik sayr barchani holdan toydirdi. Yo‘l boshlovchi va’da qilganidek, so‘nggi manzil sharshara edi. Sharsharaga yetganimizda tabiatning bu qadar go‘zalligidan lol qoldik. Kun issig‘ida holsizlanib, sharshara quyilayotgan anhor bo‘yidagi bahaybat daraxtning tanga orom bag‘ishlovchi soyasida cho‘zildik. Uzoq sayohatdan keyin bu rohatni ta’riflashga til ojiz edi.

“Namuncha issiq bo‘lmasa, yo Xudo!”, dedi sayyohlardan biri juda norozi ohangda. Umri oftob ostida o‘tgan, zuvalasi shu issiqda pishgan yo‘lboshchi bu nolishdan so‘ng jilmaydi: “Agar issiq bo‘lmaganida, siz hozir bu soyada lazzatlanish qanchalik yoqimli ekanini tassavur qila olmas edingiz”, dedi ajin to‘la peshonasini silab. “Sher va yirtqichlarni yaratgani uchun Xudodan nolima. Ularga qanot bermagani uchun shukr qil, degan maqol bor bizda”, qo‘shimcha qildi u.

Bu dunyo biz uchun barcha qulayliklari bilan yaratilgan. Hayotning har bir lahzasida baxt bor. Faqatgina uni his qilish uchun istak zarur.

Misol uchun, deraza oynasidan yomg‘irni tomosha qilish, yaqin do‘stingizdan xabar olish, farzandingizga yangi nimadir o‘rgatib, jajji qalbni to‘g‘ri tarbiyalash, uzoq vaqtdan keyin ota-onangiz bilan ko‘rishish, mazmunli suhbat, ilk marotaba sevib qolish, tun yarmida shirin uyqudan uyg‘onib, tonggacha hali borligidan quvonish, kimdandir o‘zingiz haqida yaxshi ta’rif eshitish, sevgilingiz yoki turmush o‘rtog‘ingiz mehribonligidan lazzatlanish, qiziqarli film ko‘rish, mehr bilan dasturxon tuzash yoki ovqat pishirish, quyosh chiqayotganini tomosha qilib ruhlanish, yangi do‘stlar orttirish, qadrdonlar bilan choyxonada o‘tirish, qo‘shnilar bilan hangoma qilish ...

Bu ro‘yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin. Imkoniyat bor ekan, hayotdan zavqlanish kerak. Shunda omad sizdan uzoqlashmaydi.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #ict_news #internet

🌐 Janubiy Koreya barcha avtobuslarida bepul internet taqdim qilingan birinchi mamlakatga aylandi

Janubiy Koreya barcha avtobuslarida bepul Wi-Fi internet taqdim qilingan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.

Tegishli dasturning amalga oshirilishi yakunlanishiga bag‘ishlangan kichik tantanali marosim Seul markazida yo‘lovchi avtobuslaridan birida bo‘lib o‘tdi. Avtobusda Janubiy Koreyaning fan, texnologiyalar va telekommunikatsiyalar vaziri Chxve Gi Yon va hukmron “Toburo” demokratik partiyasidan ikki deputat bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi barcha shahar avtobuslarini bepul internet bilan jihozlash dasturi 2018 yilda boshlangan va 2020 yil 14 dekabrda to‘liq yakunlandi. Endilikda mamlakatning barcha avtobuslarida yo‘lovchilar bepul internetdan foydalana oladilar. Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreya barcha yo‘nalishli avtobuslarda ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada 35 ming 6ta yo‘nalishli avtobus harakatlanadi. 29 mingdan ko‘proq avtobusni bepul internet taqdim qilish uchun qurilmalar bilan jihozlashni markaziy hukumat, 5 ming 906tasini ta’minlashni esa mahalliy hokimiyat idoralari o‘z zimmasiga olgan.

Dasturning dastlabki natijalari ham ma’lum qilindi: o‘rtacha har oy har bir avtobusda 1228 kishi bepul internetdan foydalangan, axborot almashish hajmi esa bir avtobusga oyiga 55,3 Gb'ni tashkil qilgan.

Janubiy Koreya fan vazirligi vakilining ta’kidlashicha, keyingi 3 yil ichida avtobuslarda bepul internetdan foydalanishdan olinadigan iqtisodiy samara 220 mlrd vonni (200 mln dollar) tashkil qilishi kerak.

📝 Manba: @kunuzofficial

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #grafika #IT_humor

Devorda yugurish imkoniyatiga buyurtma berganmidingiz? Marhamat! 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #maslahat

Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar 📋

Operatsion tizimni imkon qadar qayta o‘rnatib, unga kerakli bo‘lgan barcha drayver va dasturiy ta’minotlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan keyin, fayllar bilan ishlashdan oldin, kompyuteringizni boshidan antivirus himoyasi ostiga olish (bu borada Kaspersky Lab yoki Eset Nod 32 antiviruslarining bir yillik litsenziyasini xarid qilgan holda foydalanish maqsadga muvofiq) va fleshkalarni faqat Total Commander dasturi yordamida ochgan holda foydalanish tavsiya etiladi.

Oddiy foydalanuvchilar shunchaki Total Commander dasturining qadriga yetishmaydi. Virus tufayli berkinib qolgan fayl va papkalarni Windows'dagi Проводник dasturi ko‘p holatlarda ko‘rsatib bera olmaydi, Total Commander esa doim ushbu ma’lumotlarni (agar ular chindan ham fleshkada va berkitilgan holatga o‘tib qolgan bo‘lsa) doim ko‘rsatib kelgan.

Total Commander'da berkinib qolgan fayllarni ko‘rsatish uchun tartib: Yuqoridagi menyuda satridagi ВидРасширенные настройки (birinchi turadi)Показывать скрытые и системные файлы: вкл/выкл (ro‘yxatda pastdan beshinchi, sariq undovchali belgisi bor).

O‘zi Windows operatsion tizimining 8, 8.1, 10 va 11-versiyalarida fleshkani kompyuterga ulaganingizda, fleshka tarkibidagi ma’lumotlarning Проводник (Мой компьютер yoki Этот компьютер oynasi)da umuman ochilmaydigan qilib sozlab qo‘yganingiz ma’qul, barcha viruslar va zararkunanda dasturlar Windows'ning mana shu qoida bo‘yicha o‘rnatilgan sozlamasi tufayli kompyuterning operativ xotirasiga “yopishib oladi”.

Fleshka Проводник dasturida avtomatik ravishda ochilib ketmasligi uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi: Панель управления (WIN+R → control → ENTER)Просмотр (oynaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan КатегорияМелкие значки'ga o‘zgartiriladi)АвтозапускСъемный носитель (ro‘yxatida Не выполнять никаких действий tanlanadi)Сохранить tugmasini bosgan holda kiritilgan o‘zgartirish saqlanadi (bu muhim, saqlash yodingizdan ko‘tarilmasin).

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Аntivirus va viruslarga oid postlar
Shaxsiy fayllarni yashiramiz!
Barcha kompyuterda bo‘lishi shart bo‘lgan 8 dastur
Total Commander dasturi bilan to‘liq tanishamiz!
Total Commander kompyuter dasturi
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
#ict_news #telegram #mulohaza_uchun

“Telegram” va “VKontakte” “qora ro‘yxat”ga kiritildi 🕵🏻‍♂️

Yevrokomissiya qaroqchilikka sharoit yaratib, ortidan daromad olishi mumkin bo‘lgan resurslarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi. RBK yozishicha, ushbu ro‘yxatga ilk marotaba “Telegram” messenjeri hamda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i kiritildi.

Ro‘yxat bir qator huquq egalarining hisobotlari asosida shakllantiriladi. Xususan, “Telegram” foydalanuvchilari, ommaviy kanallardan ham foydalangan holda “kontentni noqonuniy ayirboshlash” (musiqa, kitoblar, filmlar, teledasturlar, yangilik va xabarlar kabilar) bilan shug‘ullanishyapti. Bundan tashqari, obunachilar qaroqchilik kontenti mavjud saytlarga havolalarni ham o‘zaro baham ko‘rishmoqda, deyiladi Yevrokomissiya xulosasida.

“VKontakte”ga ham deyarli shu yo‘sindagi ayblovlar qo‘yilgan.

Kutilmaganda o‘zlarini “qora ro‘yxat”da ko‘rgan “Telegram” hamda “VKontakte” vakillari e’tirozlarini bildirishni boshlashdi. Masalan, “Telegram” o‘z platformasida har qanday zararli kontentga toqat qilmasligini va ularni 24 soat davomida o‘chirib tashlayotganini ma’lum qilgan. “VKontakte” ham qaroqchilikka kurashdan chetda turmaganini, huquq egalarining har qancha e’tirozlari bo‘lsa, elektron shaklda qabul qilishini bildirgan.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#excel

Tasodifiy sonni generatsiya (hosil) qilish 🎰

Excel'ning o‘zidan uzoqlashmay turib har qanday tasodifiy sonni generatsiya qilish mumkin.

Buning uchun shunchaki =СЛУЧМЕЖДУ(A;B) funksiyasidan foydalanish mumkin.

A = pastki chegara (masalan, 1)
B = yuqori chegara (masalan, 100)

Agar pastki chegaraning qiymati yuqori chegaraning qiymatidan katta bo‘lsa, u holda funksiya xatolik haqida xabar beradi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

Telegram allaqachon yaqinlashib kelayotgan yangi yilga o‘z tayyorgarligini boshlab yuborgan. Shu mavzu doirasidagi bir nechta emodzilarga ovozli ta'minot qo‘shildi: 🎉🎄 🎊.

Ovozini eshitib ko‘rish uchun emodzini alohida xabar ko‘rinishida yuboring va ustiga bosing.

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟 | 11

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Trenerimiz: — Tilni tashuvchi inson bilan suhbatlashib turilsa, unda bu tilni juda tez o‘zlashtirish mumkin!

C++'ni o‘zlashtirayotgan men bu payt: 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash

Dasturchilar qancha daromad topadi?

Yuqoridagi Screenshot'larda O‘zbekiston bozoridagi dasturchilarga bo‘lgan talab bilan tanishishingiz mumkin. Agar ingliz tilini bilsangiz va bilimingiz yetarli bo‘lsa, xalqaro bozorda bundan bir necha barobar ko‘p maosh taklif qilinadi.

Xo‘sh, shuncha pul to‘lanadigan kasbni qanday egallash mumkin? Mustaqil o‘rgansa bo‘ladimi?

❗️Javob: Dasturlashni o‘rganish uchun sizda 2 ta yo‘l bor:
1️⃣. Ingliz va rus tillarini yaxshi o‘rganib, YouTube va shu kabi manbalardan mustaqil o‘rganish (2-3 yil);
2️⃣. Yoki ma’lum miqdorda investitsiya kiritib, qisqaroq muddatda yaxshi ustozlardan o‘rganish.

Qaysi birini tanlash esa, o‘zingizga bog‘liq! 😉

ℹ️ IT-sohasi atrofidagi dastur va texnologiyalardan foydalanish hamda tizimli va veb-dasturlashni mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiluvchi manbalar:
Bepul video darslarni ulashuvchi maxsus bot
Python dasturlash tili bo‘yicha
Full-Stack (ya'ni veb)-dasturlash bo‘yicha

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #security #smartfon #android

Android-qurilmalarda xavfli bo‘shliq aniqlandi📱⚡️

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar Android platformasida ishlovchi millionlab qurilmalarga ziyon yetkazish xavfi mavjud zaif nuqtani topishdi. Bu haqda “Project Zero” saytida xabar berildi.

Ekspertlar muammoga yuqori xavfli darajasini berishdi. Xabarga ko‘ra, zaif nuqtani Qualcomm Adreno protsessorining drayverida topishgan. Foydalanuvchining qurilmasi strukturasi yadro (KGSL) grafikasini qo‘llovchi darajadagi fayllar deskriptori bilan aloqaga kirishganda mana shu “bo‘shliq” hosil bo‘ladi.

Shunga qaramasdan, mutaxassislar, ushbu bo‘shliq orqali qurilmaga hujum qilish amalda ancha murakkabligini ham ta’kidlashmoqda. Ta’kidlanishicha, Qualcomm ushbu xabarlarga darhol javob berib patch chiqargan, u kelgusi yilning yanvaridan keng foydalanuvchilar uchun ochiladi. Biroq ayrim mutaxassislar bu chora yetarli emas deyishmoqda, qurilmalarga hujum xavfi saqlanib qoladi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klavishlar birikmalari ⌨️

CTRL + sichq.g‘ildiragi — fayl va papkalar belgilarining o‘lchami va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish;

F5 — oynani yangilash;

WIN + P — monitor (ekran)larni boshqarish;

WIN + D — barcha oynalarni vazifalar paneliga tushirish (ishchi stolini ko‘rsatish);

WIN + , — barcha oynalarni shaffof ko‘rinishga keltirish (vaqtinchalik, klavisha qo‘yib yuborilgunga qadar);

WIN + HOME — faol holda turga oynadan tashqari qolgan oynalarni vazifalar paneliga tushirish / joyiga qaytarish;

WIN + (WIN + ) — faol holda turgan oynani gorizontal bo‘ylab yarim ekranni egallaydigan qilib o‘ngga / chapga siljitish;

WIN + (WIN + ) — faol holda turgan oynani vertikal bo‘ylab ekranning to‘rtdan bir qismini egallaydigan qilib siljitish, vazifalar paneliga tushirish / joyiga qaytarish;

WIN + M (WIN + SHIFT + M) — muloqot oynalaridan tashqari qolgan barcha oynalarni vazifalar paneliga tushirish / joyiga qaytarish;

WIN + ALT + D — ishchi stolida sana va vaqtni ko‘rsatish / berkitish;

WIN + SHIFT + (WIN + SHIFT + ) — oyna yoki ilovani qo‘shni monitorga o‘tkazish

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan buyruqlar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

G‘OLIBLARGA XOS MUHIM ODATLAR (1-qism) 🏆

G‘alaba qozonganlar, milliardlab mablag‘ topayotganlar aslida hech qanday serh-jodu ishlatmaydilar. Ular shunchaki tushkunlikda asir bo‘lishmaydi, o‘z hayotlarini nazorat qila oladilar va ertangi kun bugungidan ko‘ra yaxshi bo‘lishi uchun mehnat qiladilar. Ular eng yaxshi, eng kuchli bo‘lishga intiladilar, maqsadni aniq qo‘yib, mehnatdan qochmaydilar. Ilg‘or tashabbuslar bilan chiqadilar, innovatsiyalar yordamida odamlar hayotida qulayliklar yaratishga intiladilar. Muvaffaqiyatning asosi ham shunda.
Muvaffaqiyat qozongan insonlarni obdon o‘rganib chiqsak, ularga xos quyidagi odatlar va hayotiy qoidalarga guvoh bo‘lamiz.

Yomon narsa haqida o‘ylashmaydi.

Aslida, sizu biz to‘qnash kelgan yomon narsalar – bizning o‘y-fikrlarimiz mahsuli. Ular tez xulosa chiqarish to‘g‘ri emasligini ham yaxshi bilishadi. Ular odamlardan shubhalanishmaydi. Balki odamlarning ishonchini qozonish uchun bor iqtidorini ishga soladilar.

Hech qachon yolg‘on gapirmaydilar.

Ular sarob sanalmish yolg‘onlardan yiroq va xotirjam yashashga intilishadi. Agar inson ijobiy xulqli bo‘lsa, u odamning ko‘ziga tik qarab, samimiy gaplashadi. Muammolarini hal qilish uchun o‘zini oqlamaydi, yolg‘on to‘qimaydi.

Xafagarchiliklarni uzoq muddat eslab yurmaydilar.

Chunki ular qalbdagi gina-kudurat, xafagarchilik salbiy hissiyotlarga sabab bo‘lishini yaxshi bilishadi. Shuning uchun xafagarchiliklarni darrov unutishga, voqeaning mohiyatini anglab, uning o‘zini esdan chiqarishni odat qilishadi.

Ular mayda detal va tafsilotlarni doimo esda tutishadi.

Ma’lumki, hayotdagi uncha-muncha mayda voqea-hodisalar oson unutiladi. Biroq omadli insonlar bunday qilishmaydi. Ular o‘zlarining buyuklikka erishishlariga hissa qo‘shgan har qanday yaxshilikni qadrlaydi, yodda tutishadi. Shu bilan birga, kichik xatolarni ham yodida saqlaydilar. Va omad ana shunday xulosalar yig‘indisi ekanini yaxshi bilishadi.

O‘z ishlariga doim mas’uliyat bilan qarashadi.

Ular o‘z baxtining me’mori o‘zlari ekanliklarini, o‘zlari bilan bog‘liq barcha narsalarga o‘zlari javob berishlari shart ekanini yaxshi bilishadi. Omadli odamlar hech qachon kechikmaydi, avtomobillar tirbandligini bahona qilib, o‘zlarini oqlashga urinmaydilar.

Ular uchun muammoning o‘zi yo‘q.

Muvaffaqiyatli odamlarning fikricha, muammolarni odamlarning o‘zi chaqirib oladi. Shuning uchun bu g‘oliblar munosib yashalsa, muammosiz yashash mumkin, deb biladilar va hayot murakkabliklari haqida ortiqcha bosh qotirmaydilar. Ular hayotdagi turli g‘ov-to‘siqlarni yetgib o‘tib, eng yaxshi narsalarga erishishlarini yaxshi bilishadi. Ular o‘z mehnatlari qadriga yetadi va imkoniyatlarini yanada kengaytirishga intiladilar.

Qiyin vaziyatga tez moslashadilar.

Ko‘pchilikning fikricha, hayot barbod bo‘lgan umidlar, omadsizlikka uchragan g‘oyalar, daydib yuradigan taqdirlar makoni. Biroq omadli odamlar imkonsiz narsa yo‘qligini, har qanday vaziyatda inson o‘ziga mos sharoitni yaratishi mumkinligini yaxshi biladilar.

Ular mukofot uchun ishlashmaydi.

Ular qilingan og‘ir va mashaqqatli mehnatlari kun kelib, albatta, mukofotlanishini kutib o‘tirishmaydi. Ular qat’iy va bir maromdagi intilishlari bilan maqsad cho‘qqisini zabt etishadi. Muvaffaqiyat haqida ko‘p o‘ylamaydilar, balki o‘ylash uchun ketadigan vaqtlarini ham mehnatga sarflaydilar.

Umidsizlikka berilmaydilar.

Eslab qoring: ijod va ilhom kabi muvaffaqiyatlar ham dangasalik va umidsizlik sabab barbod bo‘ladi. Omadli odamlar tevarak-atrofdan ilhom oladilar, ruhlanadilar hamda katta ishtiyoq bilan o‘rganadilar. Shu bois ular umid bilan yashashni odat qilganlar.

Ushbu maqolaning 2-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #telegram #security

Telegram'da suhbatdoshlarni telefon raqamisiz kontaktga qo‘shish imkoniyati mavjud 📲

Buning uchun shunchaki yangi chatda foydalanuvchi haqidagi ma’lumotni saqlash uchun “В Контакты” tugmasini bosiz lozim. Ushbu tugma mavjud bo‘lmagan eski chatlarda suhbatdoshning profiliga o‘tish va vertikal joylashgan uch nuqtali tugma ortidagi menyudan “Добавить” bandi tanlanadi.

Shuni yodda tutish lozimki, agar sizning maxfiylikka oid “Кто видит мой номер телефона” sozlamalasida “Мои контакты” bandi faol bo‘lsa, unda suhbatdoshingiz sizning raqamingizni ko‘ra oladi. Agarda “Никто” bandi o‘rnatilgan bo‘lsa, sizda suhbatdoshingizga raqamingizni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik tanlovi bo‘ladi.

Suhbatdoshingizga tegishli telefon raqamining sizga ko‘rinishi ham undagi aynan shu sozlamalarga bog‘liq.

📌 P.S.: Yuqorida keltirilgan maxfiylik sozlamalarini o‘zingizga moslashtirib olganmisiz?

ℹ️
Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#rasm_bilan_ishlash #operatsion_tizim

Adobe Photoshop dasturining oyna ko‘rinishini boshqarishga oid ayrim foydali klavishlari birikmasi ⌨️

CTRL + 0 — to‘liq ekranda ko‘rsatish;

CTRL + 1 — asl o‘lcham (100%);

CTRL + + (CTRL + -) — oyna masshtabini kattalashtirish / kichraytirish;

CTRL + H — yordamchi elementlar (вспомогательные элементы);

CTRL + R — chizg‘ichlar (линейки);

CTRL + Y — rang probasi (RGB → CMYK, цветопроба);

CTRL + ; — yo‘naltirgichlarni ko‘rsatish (показать направляющие);

CTRL + ' — setkani ko‘rsatish (показать сетку);

CTRL + ALT + ; — yo‘naltirgichlarni qotirish (закрепить направляющие);

CTRL + SHIFT + H — konturni ko‘rsatish/berkitish (показать/скрыть контур);

CTRL + SHIFT + ; — biriktirish (привязка).

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
👍1
#smartfon #android

📐 GnaCAD.dwg formatidagi CAD-chizmalarini ko‘rish va tahrirlash uchun qulay mobil ilova. Android 4.1+. Premium-versiya.

📎 GnaCAD Premium v2.8.48 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

G‘OLIBLARGA XOS MUHIM ODATLAR (2-qism) 🏆

Ushbu maqolaning 1-qismi

O‘z imkoniyatlarini yuqori baholaydilar.

Ular o‘zlarini boshqalar bilan qiyoslab, solishtirib o‘tirmaydi, balki har kimda har xil o‘ziga xos kuch va qobiliyat bor deb hisoblashadi. Ular qarama-qarshi tomonga, boshqalarning ishiga ortiqcha ahamiyat bermay, diqqat-e’tiborlarini o‘z ishi va o‘z rejalariga qaratadilar.

Kutilmagan tashvishdan ortiqcha azob chekishmaydi.

Mashhur olim Tomas Edison cho‘g‘lanma chiroq ishlab chiqaruvchi fabrikasi yonib kul bo‘lganida xarobalar oldiga kelib unga achinayotgan odamlarni tinchlantirishga, ishchilarning kayfiyatini ko‘tarishga uringan. Olimning xonavayron bo‘lganini aytayotganlarga Tomas Edison bu ko‘rgulik aslida hammasini yangitdan boshlash uchun Xudo tomonidan berilgan imkoniyat ekanini aytadi.

Ijobiy fazilatlarga boy odamlar uchun omadsizliklar qo‘rqinchli hodisa emas! Ular muvaffaqiyatsizlikdan saboq chiqarishadi. Buni keyingi yutuqlar yo‘lidagi ko‘makchi deb hisoblashadi.

Ular uchun ayni lahzalar harakat qilishning ayni fursati.

G‘oliblar o‘tmishga ko‘p ham qarayverishmaydi. Yakunlangan ishlar va ideallar, o‘tmishdagi muvaffaqiyatlar endi foydasiz ekanini yaxshi bilishadi.

Masalan, siz bugungi kun sport bilan shug‘ullanishni boshlash yoki umuman boshqa ishlar starti uchun juda yaxshi kun ekanini o‘ylaysiz. Ularning fikricha biror narsani boshlash uchun ideal vaqt degan tushuncha mavjud emas. Anglash kerakki, aynan hozir, ayni lahza – har ishni boshlashning eng yaxshi vaqti.

Ular bekorchilardan uzoqda yuradilar.

“Dunyoni urushlar emas, bekorchilar abgor qiladilar”, degan gap bor. Muvaffaqiyatli odamlar o‘z atroflariga mehnatkash, pozitiv ruhiyat egalarini, intiluvchan insonlarni to‘plashga, ana shundaylar bilan muloqot qilishga intilishadi. Ular atrofidagilarning eng yaxshi, eng kuchli, namunali bo‘lishi uchun ko‘mak berishadi.

Ular “ha!” deydiganlar tomon shoshadilar.

Shu o‘rinda bir hikoya yodimga tushdi. Bir guruh baqalar ko‘l sari sayr qilayotib, yo‘lda minoraga duch keldilar. Ulardan biri bu minoraga kaltakesakdek o‘rmalab chiqishga ahd qilibdi.

“Yo‘q! Buning iloji yo‘q! Biz baqamiz!” – baqirdilar boshqa baqalar. Ko‘p o‘tmay qolgan baqalar ham bu ishga urinib ko‘rishga ahd qildilar. Yana barcha bir ovozdan “Buning iloji yo‘q, axir biz baqalarmizku!” – deyishibdi. Mana shunday shovqin-suron orasida birgina baqa orqaga og‘ishmay, minora tepasiga o‘rmalay boshladi va maqsadiga erishdi. Nega? Qanday qilib?

Chunki u eshitmas ekan. Uning nazdida shovqin solayotgan hamrohlari uni qo‘llab-quvvatlayotgan va “Yashavor! Sen zo‘rsan! Sen buni uddalay olasan!” demoqda edilar.

O‘zini kuchli hisoblagan, ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan insonlarning qoidalari shunday ekan. Ehtimol, ular orasida o‘zingizdagi mavjud qarashlarni ham topgandirsiz?! Har holda o‘zini omadli sanaydigan har qanday odamda bu qoidalarning ayrimlari bo‘ladi. Qolganlarini o‘zlashtirish uchun esa hozir vaqtingiz bor. Axir, omadli odamlar aytishadiku: “Har ishni boshlash uchun eng yaxshi fursat – ayni lahzadir”.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #mulohaza_uchun

Bolangiz uchun smartfon tanlay olasizmi? 📱🤔

Ertami, kechmi ota-onalar oldida bolasiga telefon olib berish masalasi ko‘ndalang turadi. Hozirda telefon olib berish uchun bola necha yoshda bo‘lishi kerak, degan savol ham aksariyat ota-onalarni o‘ylantirsa kerak. Ammo shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda 10 yoshdagi bolaga telefon tutish mumkindir, lekin erta-indin 7 yoki 6 yoshli bolalar ham smartfon tutadigan bo‘lar.

Agar maktabgacha yoshda bo‘lgan bolaga ota-onasi u bilan istalgan vaqtda bog‘lanish uchun tugmachali telefon olib bersa, maktab o‘quvchisi uchun esa, yaxshisi smartfonga e’tibor qaratish ma’qulroq. Birinchidan, smartfonlarning narxi borgan sari arzonlashmoqda va ozroq pulga ham ushbu muammoni bemalol hal etsa bo‘ladi. Ikkinchidan, maktabda bolaga albatta atrofidagilari katta ta’sir ko‘rsatadi, shu bois u o‘g‘il bolami yoki qiz bolami, muhimi o‘zini tengdoshlaridan ajralib qolganday his etmasin.

Odatda, bolalar uchun telefon olayotganda qurilma haqida internet orqali batafsil tanishmoqchi bo‘lsangiz, shubhasiz smartfonning faqat texnik tavsifi, sog‘liq uchun xavfsizlik darajasi va narxi haqida ma’lumot olasiz. Ammo masalaning boshqa, yanada muhimroq tomonlari ham bor. Keling, bu masalani har tomonlama o‘rganishga harakat qilamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Bobofon”ning o‘rniga: ota-onamiz uchun zamonaviy smartfon tanlaymiz
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Kodingiz xaddan tashqari yaxshi ishlaganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1