IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Loyiha nima bo‘lgan taqdirda ham amalga oshirilishi lozim bo‘lganda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim? 🤔

Faraz qilaylik, siz jadvalni yaratdingiz, biroq matnning bir qismi satrga sig‘mayabdi va uning ortida "ko‘rinmay qolyapti". Ushbu muammoni bartaraf etish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

— 1-qadam
Satr ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va paydo bo‘lgan ro‘yxatdan Свойства таблицы bandini tanlang.

— 2-qadam
Ochilgan muloqon oynasining Строка varaqa (вкладка)sida Высота bandidan qushcha belgisini olib tashlang. Endi satrlar biz istaganimizdek yangi matn qo‘shilishiga qarab "kengayadi".

📌 P.S.: Sizda shunga o‘xshash muammo yuzaga kelganmi?

ℹ️
Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Aziz yurtdoshlar, kanalimizning sodiq kuzatuvchilari! 🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan barcha kanalimiz muxlislarini tabriklaymiz! Konstitutsiyamiz, qonun ustuvorligimiz, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan.
IT specialist kanali ma’muriyati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Eslatib o‘tamiz, siz Telegram'da o‘z @username'ingizni yaratib olishingiz mumkin, bu boshqa foydalanuvchilarga sizning profilingizni izlab topish va telefon raqamisiz o‘z kontaktiga qo‘shib qo‘yishiga imkon beradi.

Bundan tashqari guruhlardagi yozishmalarda @username'ni kiritgan holda boshqa foydalanuvchilar aynan sizga murojaat etayotganliklarini bildirishlari mumkin.

📌 P.S.: Siz profilingiz uchun @username yaratib olganmisiz?

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar

Ilon Mask jahonning eng boylari reytingida Bill Geytsdan ham o‘zib, ikkinchi o‘ringa chiqdi! 💸

SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari o‘tgan hafta dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida kuchli uchlikka kirgan edi. Ilon Mask sarmoyasi o‘sishda davom etmoqda – u allaqachon ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi!

Ilon Mask ushbu reytingda endi Microsoft asoschisi Bill Geyts'ni quvib o‘tdi. Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Maskning boyligi 127,9 milliard dollarga ko‘paygan, yil davomida u 100,3 milliard dollar ishlab topgan.

Bill Geyts bu safar 127,7 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Amazon korporatsiyasi rahbari Djeff Bezos milliaderlar yetakchisi bo‘lib qolmoqda, uning boyligi 182 milliard dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, kuchli beshlikdan Bernar Arno va Mark Sukerberg (Facebook) o‘rin egalladilar.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram #iOS

Mono kenglikdagi matnni nusxalash

iOS uchun Telegram
ilovasida mono kenglikdagi shrift ustiga bosgan holda matnni nusxalab olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

📝 Manba: @tginfo

📌 P.S.: Siz o‘z yozishmalaringizda bunday turdagi shriftdan foydalanasizmi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

📍Do‘stlar Telegram ilovasi orqali o‘z manzillarini real vaqtda tarmoqqa uzatganida, ularning yaqinlashgani haqidagi bildirishnomani faollashtirib qo‘yishingiz mumkin.

Bu sizga ko‘chada (ayniqsa sovuq mahalda) kutish bilan vaqt o'tkazmaslikka va mehmonni vaqtida kutib olishga yordam beradi.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🗜 WinRAR - Oddiy, dunyoga mashhur arxivator. Uni barcha biladi, undan hamma foydalangan. Tarmoqda ko‘pincha – kimga shu pullik WinRAR dasturi kerak, undan ko‘ra bepul 7-zip dasturi borku, degan munosabatlar uchrab turadi. Bunga javob esa – Qulaylik do‘stlar, to‘g‘ri, 7-zip yomon dastur emas, biroq WinRAR – bu klassika! U birinchi raqamli arxivator bo‘lgan, va ishonch bilan aytishimiz mumkinki, hali yana uzoq vaqt o‘z maqomini saqlab qoladi. Bu yaxshi soft qanday bo‘lishi lozimligiga yorqin namunadir.

USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v6.10 Final
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi

📎 WinRAR v6.10 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism| 5-qism | 6-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#smartfon #android #rasm_bilan_ishlash

🖼 Prisma – Van Gog, Pikasso, Levitan kabi mashhur rassomlarning uslublari, shuningdek mashhur naqshlar va ornamentlardan foydalangan holda rasmlaringizni san’at asariga aylantirib beruvchi ilova. Android 4.4+. Premium-obuna.

📎 Prisma v4.5.5.607 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #hardware

🙄 Soyuz davrida ishlab chiqarilgan sichqonchaning tashqi ko‘rinishi va ulanish razyomiga ahamiyat bering, sahifa bo‘ylab pastga o‘tish uchun xizmat qiluvchi g‘ildirakli tugmasi bo‘lmagan.

😣 Ostida hozirgidek lazerli sensor emas, balki shar shaklidagi kursorni harakatga keltiruvchi detali bo‘lgan, uni va plastmassali aylanuvchi elementlarni tez-tez tozalab turishga to‘g‘ri kelgan.

🖱⌨️ Hozirgi zamonaviy sichqoncha va klaviaturalar USB va Bluetooth texnologiyalari orqali masofadan turib simsiz boshqariladi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware #software #IT_humor

Grafika bilan ishlash dasturlari, Google Chrome va operativ xotira (RAM) o‘rtasidagi munosabatlar haqida qiyosiy hazil... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'ning ishga tushishida maxsus ovoz ijrosini faollashtirish 🎼

Qoida bo‘yicha Windows 10 ishga tushgan paytda hech qanday ovoz eshitilmaydi, biroq siz tizimni maxsus ovoz bilan ishga tushishini faollashtirishingiz mumkin. Buning uchun esa quyidagi qadamlar amalga oshirilishi lozim:

1️⃣ WIN (ПУСК) + R klavishlarini birgalikda bosish orqali “Выполнить” oynasini chaqiring va unga mmsys.cpl buyrug‘ini kiritib ENTER klavishini bosish orqali “Звук” muloqot oynasini ishga tushiring.

2️⃣ Ochilgan muloqot oynasining Звуки varaqa (вкладка)sida Проигрывать мелодию запуска Windows bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating, OK tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.

Tizimni qayta yuklash orqali ushbu qisqa audio ovozni eshitib ko‘rishingiz mumkin. 😉

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Xabarni foydalanuvchi “onlayn” bo‘lgan mahalda yuborish 🗓

Siz xabarni qabul qiluvchi “tarmoqda paydo bo‘lganida” yuboriladigan qilib rejalashtirishingiz mumkin.

“Отправить” tugmasini bosib, biroz ushlab turing, “Отправить позже”ni tanlang, vertikal uch nuqtali menyuni oching va “Отправить, когда пользователь будет в сети”ni ustiga bosing. Xabar yuborilgan mahali sizga bu haqida bildirishnoma keladi.

❗️Yodda tuting, ushbu opsiya ishlashi uchun foydalanuvchi sizdan o‘zining so‘nggi faollik vaqti (“Последняя активность”)ni maxfiylik sozlamalarida berkitmagan bo‘lishi lozim.

Ushbu mavzu doirasidagi boshqa postlarimiz:
Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
Audio yoki videoxabarning yuborilishini qanday rejalashtirish mumkin?

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #IT_education

🏢 ATOM University 🏢

💾 Ta’lim:
Programming;
🌕 Yo‘nalish: Front-end, Back-end, English, Design, Freelanсе;
🔥 Muddat: 1 yil.

YUTUQLAR:
🖥 Mashg‘ulot xonasi:
9:00 - 18:00;
🏆 O‘qituvchilar: Senior (mashg‘ulot xonasida ham bor);
💰 Diplom: Eng kami 10 mln'lik ish bilan ta’minlab beradi;
🛏 Yotoqxona: Bor;
📃 To‘lov: Shartnoma asosida (4 mln so‘mgacha chegirma);
🗓 Dars kunlari: 5/7;
Dars davomiyligi: Kuniga 2 soat!

📞 +998 99 933 11 92
🔶 TG: @manager_au
#smartfon #android

📥 IDM Plus - Internet Download Manager dasturining Android uchun mavjud tezkor va ilg‘or (Torrent'ni ham qo‘llab-quvvatlovchi) fayllarni yuklab olish menejeri sanaladi. Plus-versiya.

📎
IDM Plus v15.0.203 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

MUVAFFAQIYATSIZLIK – TAJRIBA UCHUN IMKONIYAT (1-qism) 😞➡️🥳

Muvaffaqiyatsizlik pallasida bizdagi xudbinlik ashaddiy raqibimizga aylanadi. Voqealar rivoji bizning istaklarimizga qarshi borishi oqibatida bizda noto‘g‘ri himoyalanish mexanizmi ishga tushadi. Aksariyat odamlarda bu vaziyatda his-tuyg‘u g‘olib keladi.

Muvaffaqiyatsizlik lahzalarida quyidagilarga amal qilgan inson o‘ziga maqsadiga erishish uchun imkon bergan bo‘ladi.

Xatoni tan oling.

Dunyodagi eng qiyin ish – odamning o‘z xatosini tan olishi. Ustiga-ustak, bu xatoni to‘g‘rilashga harakat qilmaslik o‘zingizda kuchli irodani shakllantirishingizga to‘sqinlik qiladi. Xatoni tan oling. Muvaffaqiyatli odamlar “men xato qildim” deyishadi. Omadsiz odam esa doim “bu mening aybim emas” deydi va aybdorlarni izlab, o‘zini oqlashga urinadi.

Yo‘qotishlarni tasavvur qiling.

Maqsadga erisha olmagan inson yo‘qotishlarni chamalash o‘rniga, qahr-g‘azabga to‘lgan bo‘ladi. Nohaqlik, adolatsizlik uning irodasini sindirishga urinadi. Biz filmlarda poker o‘ynayotib katta pulni qo‘ldan boy bergan va uni qaytarish uchun bor pulini tikkan, natijada omadini qaytarib olgan qahramonlarni ko‘p ko‘rganmiz. Hayotda ham shunday: yo‘qotishlarni aniq tasavvur qilish insonni yana qayta harakatga keltiradi.

Ijobiy bo‘ling.

Yosh chivin uchishni o‘rgangach, ilk marotaba ozuqa tashvishida inini tark etibdi. Qaytib kelgach, otasi undan olgan taassurotlarini so‘rabdi.

“Hayot go‘zalliklarga to‘la ekan. Ayniqsa, menga ko‘zlari tushishlari bilanoq qarsak chalishga kirishib ketgan odamlarni ko‘rganimda o‘zimni yanada baxtiyor sezdim”, debdi u.

Xulosa shuki, barchasi munosabatingizga bog‘liq. Siz esa doimo ijobiysini tanlang.

O‘zingizga siz baxtiyor ekaningizni uqtiring.

Tushkunlikka tushmaslik – bu biz o‘rganishimiz kerak bo‘lgan mashq. Oldimizdan ariq yoki choh chiqsa, tushib ketmaslik uchun sakraymiz – bu ham mashq. Nega endi ruhiy chuqurga bilib turib qadam qo‘yish kerak?

Tez-tez o‘zingizga “Hozircha hayotman, sevimli kasbim bor, kimnidir seva olaman, demak, men – baxtiyor odamman!” deb ayting.

☝🏻Unutmang: tunning eng zulmat daqiqalari tong otishidan bir fursat avval sodir bo‘lar ekan. Hali yorug‘ tonglar oldinda.

Yangi marralarga harakat qiling.

Yangi marralarga yaqinlashish uchun o‘zgarish kerak. O‘zgarishni xohlamagan odam zaiflikka duchor bo‘ladi. “Hayot, bu – yashash degani. Yashayotgan kishi o‘zgarishga tayyor turishi lozim”, deydi faylasuf Gyote.

Ushbu maqolaning 2-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor

Uzoq karantindan so‘ng va nihoyat ishga chiqqaningizda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #learn_english_with_software

🇺🇳 Rosetta Stone – chet tillarini uy sharoitida o‘zlashtirib borish uchun eng yaxshi ilovalardan biri. Android 5.0+. Premium-obuna.

📎
Rosetta Stone v8.23.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📌 P.S.: Ingliz tilini kompyuter yordamida mashq qilib borishingiz uchun darajalari bo‘yicha kanalimizda taqdim etilgan Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Smartfon yordamida ingliz tilidan lug‘aviy boyligingizni oshirib borishingiz uchun Drops va Memrise, grammatika bo‘yicha bilimlaringizni sinash va doimiy mashq qilib borish uchun Duolingo va ingliz tili bo‘yicha o‘z darajangiz (Level)ni aniqlash uchun English Level Checker mobil ilovalarini tavsiya etamiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Sahifaning raqamlanishini hujjatning istalgan joyidan boshlash mumkinmi? 🤔

Agar sizning hujjatingizda har biri alohida raqamlanishi lozim bo‘lgan bir nechta bo‘lim (раздел)lar mavjud bo‘lsa, u holda buni quyidagi qadamlar ketma-ketligi bo‘yicha sozlab olishingiz mumkin:

— 1-qadam
Raqamlanish boshlanishi lozim bo‘lgan sahifadan bitta sahifa yuqoriga o‘ting.

— 2-qadam
Menyu satrining Макет varaqa (вкладка)si → Разрывы → Следующая страница bo‘ylab o‘ting va kolontitulni tahrirlashni boshlang (sahifaning yuqori yoki pastki qismiga sichq. chap tugmasi bilan ikki marta bosing).

— 3-qadam
Sahifa raqami ustiga sichq. o‘ng tugmasini bosing, Формат номеров страниц va Начать с'ni tanlang. Bu yerda sahifalarning yangi raqamlanishi qaysi raqamdan boshlanishi lozimligini ko‘rsatasiz.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija