#mulohaza_uchun
FE’L-ATVOR – TAQDIR 👤
Buyuk minoralar samoga tomon bo‘y cho‘zgan qad-qomatlari bilan salobatli ko‘rinsalar ham, aslida ularni ushlab turgan asos yer ostida bo‘ladi. Bolaligimizda otam meni Buxoroning mashhur Minorai Kalon inshooti oldiga olib borgan edi. Minoraning salobatidan meni hayajon bosgan. Bu minoraning balandligi 47,5 metr, uning asosi yer sathidan 11,5 metr chuqurlikda joylashgan. Uni qurgan usta poydevori mustahkam bo‘lmagan minora uzoq turmasligini aytib ketgan.
Bularni aytishimdan maqsad shuki, asrlarni pisand qilmay mag‘rur turgan buyuk inshootlarning barhayotligi ularning asosi bilan bog‘liq. Ular mustahkam poydevorlari bois vaqtdan g‘olib kelmoqdalar. Muvaffaqiyatning ham tagzamini, minoralar kabi asosi bor, bu – fe’l-atvor. Sharq donishmandlarining “Kaloming belgilar kamoling” degan hikmati bor.
Harvard universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, odamning ishga kirishi yoki ishda mavqei ko‘tarilishida fe’l-atvorning o‘rni 85 foiz, bilim va tajriba, bilgan raqam va dalillarning o‘rni 15 foiz ekan. Baxtga qarshi, mamlakatlarda ta’limga sarflanayotgan mablag‘ning 100 foizi o‘quvchi va talabalarga raqam va dalil o‘rgatish uchun sarflanadi. Hayotda esa bu omil 15 foizlik ahamiyatga ega!
“Fe’l-atvor” so‘zi barcha millat lug‘atlarida muhim so‘zlardan biri ekani shubhasiz. Boisi shaxsiy va kasbiy hayot bevosita shu tushunchaga bog‘liq. Jumladan, Alisher Navoiyning “So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq, so‘zlagandim tegdi boshimga tayoq”, “Inson maqomi fe’l-atvor, iroda bilan qo‘lga kiritiladi” degan fikrlari bunga misol.
Biz doim hayotda aqlli odamlar muvaffaqiyat qozonishiga ishonib kelganmiz. Endi bu nuqtai-nazardan voz kechish kerak. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, – “aql koeffitsienti” baland bo‘lgan odamlarda emas, hissiy aql-zakovat egalarida hayotda g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori ekan. Ayniqsa, bunda insoniy fazilatlarning o‘rni yuqori. Jumladan, Avstraliyaning Griffit Universiteti professori Artur Poropatning fikriga ko‘ra, quyidagi 5 fazilat insonlarga hayotda muvaffaqiyat qozonishlariga xizmat qiladi:
– vijdonlilik;
– samimiylik;
– murosasozlik;
– hissiy barqarorlik;
– ochiq fe’l-atvorlilik.
Shu bilan birga, Karnegi nomidagi Texnologiyalar institutining tadqiqotlariga ko‘ra, insonning moliyaviy muvaffaqiyat qozonishida fe’l-atvorning ahamiyati 85 foizni, boshqa bilimlarning o‘rni 15 foizni tashkil qiladi.
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi
“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”
📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

👍1
#bilasizmi #ict_news #smartfon #android
Samsung smartfon va planshetlariga Android 11 (One UI 3.0) kelishining rasmiy yo‘l xaritasi 🆕📲
Biz o‘n birinchi avlod “yashil robotchali” tizimni qabul qiladigan Samsung mobil qurilmalarining 63 ta nomdan iborat ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Keyinroq chiqqan ma’lumotga ko‘ra, kompaniyaning Android 11 operatsion tizimigacha yangilanuvchi smartfon va planshetlari soni to‘qsontaga borar ekan!
Samsung endi o‘z mobil gadjetlaridan qay biri qachon Android 11 operatsion tizim talqinini qabul qilishini aytdi. Aniqrog‘i – bu grafikni kompaniyaning Misr bo‘linmasi Samsung Members ilovasida e’lon qildi.
Ishlab chiqaruvchi hozircha to‘qsonta emas, balki 43 ta rusumdagi smartfon va planshetlariga mazkur apdeytni tarqatish vaqtiga aniqlik kiritgan. Unga ko‘ra, qurilmalarning yangilanish yo‘l xaritasi quyidagicha:
2020 yil dekabr:
1. Galaxy S20
2. Galaxy S20+
3. Galaxy S20 Ultra
2021 yil yanvar:
4. Galaxy S10
5. Galaxy S10+
6. Galaxy S10 Lite
7. Galaxy Note 10
8. Galaxy Note 10+
9. Galaxy Note 20
10. Galaxy Note 20 Ultra
11. Galaxy Z Flip
12. Galaxy Z Fold 2
2021 yil fevral:
13. Galaxy Fold
2021 yil mart:
14. Galaxy M21
15. Galaxy M30s
16. Galaxy M31
17. Galaxy A51
18. Galaxy Note 10 Lite
19. Galaxy Tab S7
2021 yil aprel:
20. Galaxy A50
21. Galaxy M51
2021 yil may:
22. Galaxy A21s
23. Galaxy A31
24. Galaxy A70
25. Galaxy A71
26. Galaxy A80
27. Galaxy Tab S6
28. Galaxy Tab S6 Lite
2021 yil iyun:
29. Galaxy A01-Core
30. Galaxy A01
31. Galaxy A11
32. Galaxy M11
33. Galaxy Tab A
2021 yil iyul:
34. Galaxy A30
35. Galaxy Tab S5e
2021 yil avgust:
36. Galaxy A10
37. Galaxy A10s
38. Galaxy A20
39. Galaxy A20s
40. Galaxy A30s
41. Galaxy Tab A 10.1
42. Galaxy Tab Active Pro
2021 yil sentabr:
43. Galaxy Tab A8 (2019)
Xo‘sh, bu ro‘yxatda siz ishlatayotgan yoki olmoqchi bo‘lib yurgan modeli ham bormikan?
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan boshqa postlar bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Asabiy dasturchilar uchun ideal o‘lchamdagi zaruriy klavisha... 🙄

#word
Sahifa ortiga rasm joylashtirish (Подложка) 🖼
Hujjatni yanada samarali va taqdim etishga mos ko‘rinishga keltirish uchun uning ortiga rasm (Подложка) joylashtirish mumkin.
Buning uchun menyu satridagi Конструктор varaqa (вкладка)si → Подложка → Настраиваемая подложка ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting. Yuzaga kelgan oynada Рисунок bandini tanlang va kerakli rasmni joylashtiring (rasmni sahifa o‘lchamlariga mos tarzda oldindan tayyorlab olganingiz ma’qul).
Keyingi qadamda kerakli masshtabni (100% dan kam bo‘lmagani ma’qul), va, xohishga ko‘ra rasmni rangsizlantirishni tanlang.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

#excel
Excel jadvalida formulalarni izlash 🔍
Qayerda formulalar va qiymatlar joylashganini bilish uchun listdagi formulalar qatnashgan yacheykalarni ajratish mumkin.
Bunda bizga menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Найти и выделить → Формулы buyrug‘i yordam beradi.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

IBRATLI HIKOYA: Inson fe’l-atvorining muvozanati ⚖️
Talabalarga inson fe’l-atvori xususida ma’ruza o‘qiyotgan ustoz uni qiziqish bilan tinglayotgan zalga murojaat qildi:
“Inson fe’li – murakkab ruhiy-jismoniy harakat. Bir qarasang, inson dunyodagi eng olijanob mavjudotdek. Lekin shunday holatlar ham bo‘ladiki, oldimizda har qanday vahshiy jonzot ham ip esha olmay qoladi. Aytinglar-chi, nega ko‘pchiligimiz jahlimiz chiqqanida baqiroq bo‘lib qolamiz?”
“Sababi jahl bizning xotirjamligimizga barham beradi!”
“Jahl kelsa, aql ketadi! O‘zimizni nazorat qila olmaymiz!”
“Baqirganda fikrni yetkazish osondek tuyiladi”.
Savol yuzasidan ko‘plab javoblar aytildi.
“Lekin yonimizdagi odamga baqirishning nima hojati bor? Unga hammasini bosiqlik bilan past ovozda tushuntirsak ham eshitaji-ku! Jahlimiz chiqqani sayin ovozimiz ham balandlab boraveradi”, – yana auditoriyaga yuzlandi ustoz.
Tag‘in auditoriyada turli javoblar yangradi.
“Jahl otiga qamchi urganlari sayin odamlar bir-birlarining ovozlarini eshitishga qiynaladilar, ular yana ham qattiqroq baqira boshlaydilar. Chunki jahl domiga tushgan odamlarning qalblari bir-birlaridan tobora yiroqlashib boradi. Uzayib borayotgan masofani qisqartirish, fikrlarini bir-birlariga yetkazish uchun ham ular baqira boshlaydilar”.
Ma’ruza zali sukutga cho‘mgan, tinglovchilarning diqqati ustozda edi.
“Xo‘sh, aytinglar-chi, mehr-muhabbat og‘ushidagi ikki qalbning suhbatlashishi uchun masofalar dahl qila oladimi? Yo‘q!”
“Chunki ularning dillari yaqin”, – ustoz javobini izohladi.
“Modomiki ularning muhabbati mustahkamlansa nima bo‘ladi? Ular shivirlab, past tovushda suhbatlasha boshlaydilar. Agar muhabbatlari yuksalib, chinakam ishqqa aylansa, hatto gapirishga ham hojat qolmaydi. Sababi endi ular bir-birlarini nigohlaridan uqa boshlaydilar. Inson bolalari bir-birlaridan olislashib ketmasliklari uchun muhabbatga muhtojlar. Muhabbat – inson fe’l atvorining muvozanatidir”, – xulosa yasadi ustoz.

#bilasizmi #operatsion_tizim #hardware
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? ⌨️😣
Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.
Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?
• Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;
• ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;
• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;
• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;
• CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;
• Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;
• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;
• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;
• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.
🤝 @featureuz blogi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
📌 P.S.:
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan buyruqlar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

Kompyuteringiz qanday konfiguratsiyada bo‘lishidan qat’i nazar, u dastlab ishga tushirilgan payt ham imkon qadam uning “nafasini rostlab olishiga”, ya’ni barcha kerakli dasturlarni yuklab olishiga 2-3 daqiqa vaqt berish kerak.
📝 DiMaX @terabaytuzℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan buyruqlar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Front-end va Back-end – bir rasmda... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Front-end va Back-end – bir rasmda... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
🤠 Meme Generator PRO - memlarni yaratish uchun mashhur vosita. Ilovada memlardan iborat katta to‘plamni uchratish mumkin. Keraklisini tanlaymiz, bir juft satr matn kiritib saqlaymiz yoki do‘stlarimizga yuboramiz. Android 5.0+.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🤠 Meme Generator PRO - memlarni yaratish uchun mashhur vosita. Ilovada memlardan iborat katta to‘plamni uchratish mumkin. Keraklisini tanlaymiz, bir juft satr matn kiritib saqlaymiz yoki do‘stlarimizga yuboramiz. Android 5.0+.
Pro-versiya.
📎 Meme Generator Pro v4.6082 mobil ilovasini yuklab olish.📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#word
Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish 🧾
Agarda jadvalda satrlar soni ko‘p bo‘lib, u bir nechta sahifalarni egallashiga to‘g‘ri kelsa, u holda jadval sarlavhasini qolgan sahifalarda ham ko‘rinadigan qilib sozlash maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun sarlavha sifatida ko‘rinib turishi lozim bo‘lgan satr(lar)ni belgilang, belgilangan fragment ustidan sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Свойства таблицы'ni tanlang. Ochilgan muloqot oynasining Строка bo‘limiga o‘ting va Повторять как заголовок на каждой странице bandi yoniga qushcha belgisini o‘rnating,
Agarda jadvalning dastlabki (asl) sarlavhasidagi biror matn tahrirlansa, ushbu o‘zgartirish avtomatik ravishda qolgan sahifalardagi sarlavhalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
📌 P.S.: Bundan Sizning xabaringiz bormidi?

#telegram
Audio yoki videoxabarning yuborilishini qanday rejalashtirish mumkin? 🤔
Oddiy xabarlarning rejalashtirilgan holda yuborilishini qanday amalga oshirish haqida kanalimizda so‘z yuritgandik, biroq audioxabarlar uchun harakatlar algoritmi biroz boshqacharoq:
1. Ovozli xabarni yozib olishni boshlang va yuqoriga, ya’ni “qulfchaga” qaratib svayp qiling.
2. “Stop” tugmasini bosing.
3. “Yuborish” tugmasini bosib, biroz ushlab turing va “Отправить позже”ni tanlang.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postimiz bilan tanishing.

#bilasizmi #smartfon #hardware
Qalbaki microSD kartani qanday aniqlash mumkin? 🔎
Soxta microSD kartalar ustiga ko‘pincha katta sig‘im yozib qo‘yiladi. Ammo siz bunga chuv tushmang! Quyida tashqi xotira kartasini sotib olayotganda qalloblar o‘ljasiga aylanmasligingiz uchun yo‘l-yo‘riqlarni keltirib o‘tamiz.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

Excel listining punktir chiziqlar bilan sahifalarga ajratilishini o‘chirib qo‘yish 📄
Chop etishga yoki sahifali (страничный) rejimga o‘tganimizdan so‘ng listda, uni sahifalarga ajratuvchi g‘alati punktir chiziqlar paydo bo‘lishiga hech e’tibor berganmisiz? Ular bizga ham ma’qul emas.
Ushbu post ostiga biriktirilgan videoko‘rsatmada buni qanday qilib o‘chirib qo‘yish ko‘rsatilgan👇🏻.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

#mulohaza_uchun #dasturlash
Farzandingiz nega axborot texnologiyalari mutaxassisi bo‘lishi kerak? 🤔
Turmushimiz yengillashib, aksariyat ishlar avtomatlashgan tizimlar orqali amalga oshirilayotgan bir paytda kasblar soni va ularga ehtiyoj qisqarib, mehnat bozoriga davr talabiga mos bo‘lgan mutaxassisliklar kirib kelmoqda. Jumladan, axborot texnologiyalari sohasiga xos bo‘lgan yangi kasblar.
"Forbes" nashrining ma’lumot berishicha, jahon mehnat bozorida axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislariga ehtiyoj jadal oshib bormoqda. Jumladan, bu yo‘nalishdagi loyiha menejerlariga bugun yiliga $121,000 dollargacha mablag‘ to‘lanmoqda. Dasturiy ta’minot injeneri $109,000, tarmoqlar xavfsizligini ta’minlash sohasi mutaxassisi yiliga $137,000 dollargacha mablag‘ ishlab topmoqda.
Axborot texnologiyalarining biznes va yirik ishlab chiqarish sanoatida joriy qilinishi, kiber xurujlarning hajmi va ko‘lami oshib borishi bilimga boy mutaxassislarga kasbiy muvaffaqiyat eshiklarini ochmoqda.
Bugun AKT mutaxassisi uchun universitetda olgan nazariy bilimning o‘zi kifoya qilmaydi. Qo‘shimcha izlanish, mustaqil o‘rganish orqaligina mehnat bozoriga tayyor bo‘lish mumkin.
Zamonaviy IT-mutaxassisga qo‘yiladigan 3 ta bosh talab:
– dasturlashni bilish;
– yaxshi yoza olish;
– odamlar bilan aloqaga kirishish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Amerika Mehnat statistikasi byurosining ma’lumot berishicha, 2024 yilga kelib kompyuter va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga ehtiyoj 12 foizga oshadi. Keyingi 10 yillikda birgina AQShning o‘zida IT sohasi xodimlari soni 3.9 milliondan 4.4 millionga oshadi.
AQSh Mehnat byurosining yana bir qiziq ma’lumoti — 2015 yilda kompyuter va axborot texnologiyalari sohasi xodimi yiliga o‘rtacha $81,430 dollar ishlab topgan bo‘lsa, boshqa sohalarda bu $36,200 dollarni tashkil qiladi. Ko‘rib turibsizki, agar siz talab darajasidagi kadr bo‘lsangiz, moliyaviy daromaddan umuman tashvish tortmasangiz ham bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yer yuzidagi har 100 ta tanqidchiga qarshi chiqib, dunyoga yangilik olib kelishga qodir bo‘lgan 1 nafar geniy bor ekan. XX-asrning boshlarida avtomobilsozlikda ulkan rejalarni ko‘zlayotgan Genri Fordga atrofidagilar har bir odamning avtomobilga ega bo‘lishi aqlga zid hodisa ekanini aytishgan. Ammo, Genri Ford bu shubhalarni rad etdi va maqsadiga erishdi.
Xuddi shuningdek, o‘tgan asrning 70-yillarida axborot texnologiyalari o‘zining rivojlanish cho‘qqisida bir muddat to‘xtab qolgandek ko‘ringan edi. Bill Geyts, Stiv Jobs kabi ilg‘or fikr egalarining har bir uyga kompyuter olib kirish orzusi jamoatchilikning kulgisiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, ular shubhalarga shubha bilan qarashdi va har bir xonadon o‘zining shaxsiy kompyuteriga ega bo‘lishi mumkinligini isbotlashdi.
21-asrning xohlagan fuqarosi axborot texnologiyalarining subyekti: odamlar gadjet va aloqa vositalarisiz turmushlarini tasavvur qila olmaydilar hamda elektronika mahsulotlariga ehtiyoj jadal oshib bormoqda. Natijada, sog‘liqni saqlash, qo‘riqlash, ma’lumotlar bilan ishlash, mobil texnologiya, umuman turmush tarzining barcha jabhalari uchun axborot texnologiyalari mutaxassislariga zarurat oshmoqda.
Shuni hisobga olib, hali kasb-hunar kolleji o‘quvchisi bo‘lsangiz, o‘zingiz uchun yorqin kelajak tanlashga hali vaqtingiz bor. Qolaversa, ota-ona sifatida farzandingizni hozirdanoq axborot texnologiyalari sohasiga qiziqtira olsangiz, ularning muvaffaqiyatli istiqboliga poydevor qo‘ygan bo‘lasiz.
📝 Shuhrat Sattorov @terabaytuz

#powerpoint
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋
Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.
KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI
MATNNI FORMATLASH
SLAYDLAR NAMOYISHI
SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋
Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.
KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI
F1 – Dastur ma’lumotnomasiCTRL + N – Yangi taqdimotni yaratishCTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shishCTRL + C – Slayddan nusxa olishCTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirishCTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olishCTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilishCTRL + S – Slaydni saqlashESC – Slaydlar namoyishini yakunlashCTRL + D – Obyektning nusxasini yaratishCTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlashCTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratishCTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalashCTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llashCTRL + K – Giperhavola qo‘shishCTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llashCTRL + W – Hujjatni yopishCTRL + O – Hujjatni ochishCTRL + P – Hujjatni chop etishTAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tishCTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirishCTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirishCTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirishCTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirishCTRL + F – IzlashCTRL + H – Izlash va almashtirishF4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlashF12 – … sifatida saqlashCTRL + F5 – Onlayn taqdimotMATNNI FORMATLASH
CTRL + B – qalin shriftCTRL + I – kursiv shriftCTRL + U – ostiga chizilgan shriftF2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlashCTRL + [ – shriftni kichraytirishCTRL + ] – shriftni kattalashtirishCTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislashCTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislashCTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirishCTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirishCTRL + A – Barchasini belgilashALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeksALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeksF7 – Imloni tekshirishCTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirishCTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirishCTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirishCTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirishSHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirishSLAYDLAR NAMOYISHI
F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlashSHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlashSLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA
N – keyingi slaydga o‘tishP – oldingi slaydga o‘tishB – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitishW – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitishCTRL + P – Ruchkani tanlashCTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlashCTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlashℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #software #game
🔐 Game Protector – kompyuteringizdagi qattiq diskda ayni damda joylashgan har qanday o‘yin yoki dasturlarni himoyalaydi. O‘yin yoki bloklangan dasturni ishga tushirishga bo‘lgan urinish parol so‘rovi bilan yuzaga keluvchi muloqot oynasining ochilishiga olib keladi. Foydalanuvchi to‘g‘ri parolni kiritmagunga qadar dasturni to‘laqonli ishga tushira olmaydi.
USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v1.0
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇬🇧 Interfeys tili: Inglizcha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi
📎 Game Protector v1.0 dasturini yuklab olish.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

Loyiha nima bo‘lgan taqdirda ham amalga oshirilishi lozim bo‘lganda... 🙄

Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim? 🤔
Faraz qilaylik, siz jadvalni yaratdingiz, biroq matnning bir qismi satrga sig‘mayabdi va uning ortida "ko‘rinmay qolyapti". Ushbu muammoni bartaraf etish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
— 1-qadam
Satr ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va paydo bo‘lgan ro‘yxatdan Свойства таблицы bandini tanlang.
— 2-qadam
Ochilgan muloqon oynasining Строка varaqa (вкладка)sida Высота bandidan qushcha belgisini olib tashlang. Endi satrlar biz istaganimizdek yangi matn qo‘shilishiga qarab "kengayadi".
📌 P.S.: Sizda shunga o‘xshash muammo yuzaga kelganmi?
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim? 🤔
Faraz qilaylik, siz jadvalni yaratdingiz, biroq matnning bir qismi satrga sig‘mayabdi va uning ortida "ko‘rinmay qolyapti". Ushbu muammoni bartaraf etish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:
— 1-qadam
Satr ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va paydo bo‘lgan ro‘yxatdan Свойства таблицы bandini tanlang.
— 2-qadam
Ochilgan muloqon oynasining Строка varaqa (вкладка)sida Высота bandidan qushcha belgisini olib tashlang. Endi satrlar biz istaganimizdek yangi matn qo‘shilishiga qarab "kengayadi".
📌 P.S.: Sizda shunga o‘xshash muammo yuzaga kelganmi?
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Aziz yurtdoshlar, kanalimizning sodiq kuzatuvchilari! 🙋🏻♂️🙋🏻♀️
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan barcha kanalimiz muxlislarini tabriklaymiz! Konstitutsiyamiz, qonun ustuvorligimiz, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan.
IT specialist kanali ma’muriyati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan barcha kanalimiz muxlislarini tabriklaymiz! Konstitutsiyamiz, qonun ustuvorligimiz, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan.
IT specialist kanali ma’muriyati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram
Eslatib o‘tamiz, siz Telegram'da o‘z
Bundan tashqari guruhlardagi yozishmalarda
📌 P.S.:
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Eslatib o‘tamiz, siz Telegram'da o‘z
@username'ingizni yaratib olishingiz mumkin, bu boshqa foydalanuvchilarga sizning profilingizni izlab topish va telefon raqamisiz o‘z kontaktiga qo‘shib qo‘yishiga imkon beradi.Bundan tashqari guruhlardagi yozishmalarda
@username'ni kiritgan holda boshqa foydalanuvchilar aynan sizga murojaat etayotganliklarini bildirishlari mumkin.📌 P.S.:
Siz profilingiz uchun @username yaratib olganmisiz?
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar
Ilon Mask jahonning eng boylari reytingida Bill Geytsdan ham o‘zib, ikkinchi o‘ringa chiqdi! 💸
SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari o‘tgan hafta dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida kuchli uchlikka kirgan edi. Ilon Mask sarmoyasi o‘sishda davom etmoqda – u allaqachon ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi!
Ilon Mask ushbu reytingda endi Microsoft asoschisi Bill Geyts'ni quvib o‘tdi. Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Maskning boyligi 127,9 milliard dollarga ko‘paygan, yil davomida u 100,3 milliard dollar ishlab topgan.
Bill Geyts bu safar 127,7 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Amazon korporatsiyasi rahbari Djeff Bezos milliaderlar yetakchisi bo‘lib qolmoqda, uning boyligi 182 milliard dollarga baholanmoqda.
Shuningdek, kuchli beshlikdan Bernar Arno va Mark Sukerberg (Facebook) o‘rin egalladilar.