IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #telegram #telegramda_kanal_yuritish

Telegram'da kanallar statistikasi 📊

Telegram'ning 6.0 yangilanishidan boshlab kanallar uchun statistikani kuzatish funksiyasi paydo bo‘ldi. Uning yordamida administratorlar kanalning o‘sishi, postlarning qamrovi, obunachilarning faolligi va boshqa ma’lumotlarni kuzatib borishlari mumkin.

Oldinlari, statistikani ko‘rish uchun adminlar chetki xizmatlar: Tgstat va Telemetr'lardan foydalanib kelishardi. Endi esa ko‘plab asosiy ko‘rsatkichlar messenjer bilan birga keluvchi vosita yordamida ko‘rinib turadi.

Ushbu maqolada biz statistikada ko‘rish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqamiz hamda ularning nimani anglatishini tushuntirib o‘tamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

Telegram'da bouling kegllari

Telegram'da bouling o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Buning uchun istalgan chat yoki kanalga 🎳 emodzisini yuborish lozim.

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Ushbu keltirilgan fikr to‘g‘rimi: Jadvalni faqat bir ustun bo‘yicha saralash mumkin.
Anonymous Quiz
49%
To‘g‘ri
51%
Noto‘g‘ri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #texnologiya

👟Toshkentda allaqachon o‘zini-o‘zi bog‘lovchi va smartfon orqali boshqariluvchi 800$ lik yangi krossovkalar paydo bo‘lgan.

AQSh'da 400$ dan sotuvda.

📝 Manba: @uzmdk

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #internet

📧 Instant Email Address — vaqtinchalik elektron pochta manzillarini yaratish uchun oddiy mobil ilova. Android 4.1+. Reklama kesib tashlangan.

📎 Instant Email Address v2020.11.22.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #tarmoq #IT_humor

😠 Korxonamizda tarmoq administratori hisoblanmish G‘olibjonning ishdan qaytganiga 15 daqiqa bo‘lmasidan Server kompyuteri ishdan chiqqani haqida xabar olganidagi reaksiyasi...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Boshqa mavzu (Тема) tanlanganida bezatishning qaysi parametri o‘zgarishsiz qoladi?
#bilasizmi #telegram #telegramda_guruh_yuritish

Telegram-guruhida ayrim turdagi xabarlar yuborilishini cheklash 🚫

Guruh administratorlari guruh ishtirokchilari tomonidan ma’lum turdagi xabarlar (media, stikerlar, GIFlar) yuborilishini cheklab qo‘yishlari mumkin.

Buning uchun guruhning Sozlamalariga o‘tish, "Разрешения"ni ochish va kerakli bandlarni o‘chirib qo‘yish lozim.

Bu guruhning ortiqcha ma'lumotlar bilan to‘lib ketishini oldini oladi va spam-hujumlarni to‘sish uchun xizmat qiladi.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📞 Cube ACR - oddiy qo‘ng‘iroqlar, Skype, Viber, WhatsApp, Telegram va boshqa messenjerlardan so‘zlashuvni yozib olish uchun maxsus ilova. Android 4.1+. Premium-versiya.

📎 Cube ACR v2.4.264 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da vazifalar panelini butunlay shaffof qilish mumkinmi? 🤔

Tizim parametrlarida biz vazifalar panelini shaffof ko‘rinishga keltirishimiz mumkin. Bunda qoida bo‘yicha 100%-lik shaffoflikni berib bo‘lmaydi. Vazifalar panelini butunlay shaffof ko‘rinishga keltirish uchun TranslucentTB kichik dasturidan foydalanish mumkin.

U ishga tushirilganidan so‘ng soatning yonida dastur belgisi paydo bo‘ladi. Belgi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali vazifalar paneli uchun butunlay yoki qisman shaffoflik variantini tanlash mumkin.

Ushbu kichik dasturni tizim bilan birga avtomatik yuklanishi uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:

1️⃣. Проводник (WIN + E) oynasining manzil satriga shell:startup'ni kiritib ENTER klavishini bosing.

2️⃣. Dasturning yorlig‘ini yarating va uni 1-qadam orqali ochilgan "Автозагрузка" oynasiga olib o‘tkazing.

3️⃣. Vazifalar paneli darhol shaffof ko‘rinishga kelishi uchun yorliq ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Свойства'ni tanlang.

4️⃣. Объект maydonida keltirilgan fayl manzili matniga qo‘shimcha qilib quyidagi matnni probel belgisidan keyin kiriting: - -transparent.

5️⃣. ENTER klavishini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni saqlang.

📎 TranslucentTB kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Turbo Pascal qanday ko‘rinishdaligini tasavvur etishga qo‘rqyapman... 🙈

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #android #iOS

👥 Telegram'ning Android uchun Beta-talqinida guruhli audio qo‘ng‘iroqlar xizmati paydo bo‘ldi

Guruhli qo‘ng‘iroqni bunga maxsus huquqi bor bo‘lgan admin boshlay oladi.

Guruhli qo‘ng‘iroqlarning ikki varianti mavjud:
– Hamma so‘zlashishi mumkin;
– Faqat adminlar so‘zlashishi mumkin.

🆕
Ushbu imkoniyat shu kunning o‘zida Telegram'ning iOS uchun Beta-talqinida ham paydo bo‘ldi.

Guruhli qo‘ng‘iroqlarni @tginfochat'da sinab ko‘rish mumkin.

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

Oddiy foydalanuvchi kompyuter dasturlari bo‘yicha mutaxassisga “Men hech nima qilmadim, dastur o‘zidan-o‘zi ishlamay qoldi” deya ta'kidlaganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash 🔄

Windows'ni qayta o‘rnatish paytida drayverlarni qurilmaga qaytadan o‘rnatish zarurati yuzaga keladi. Ko‘p holatlarda barcha drayverlar avtomatik ravishda ShK tarmoqqa ulanganidan keyin o‘rnatiladi. Har ehtimolga qarshi biz drayverlarning rezerv nusxasini yaratib, zarurat paydo bo‘lganida qayta tiklashimiz mumkin.

📤 Rezerv nusxasini yaratish uchun:

1️⃣. Drayverlarni saqlash uchun istalgan nomdagi, lekin esingizda qoladigan papkani yarating. Misol uchun biz quyidagi yo‘nalish bo‘yicha papkadan foydalanamiz: D:\drivers.

2️⃣. Командая строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring.

3️⃣. Quyidagi buyruqni kiritib, ENTER'ni bosgan holda tasdiqlang: dism /online /export-driver /destination:"D:\drivers".

📥 Tiklash uchun:

1️⃣. Мой компьютер (Этот компьютер)ning Свойства oynasini ekranga chaqiring (sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan ushbu belgi ustiga bosish yoki WIN+PAUSE/BREAK klavishlari birikmasi orqali). Oynaning chapki panelidagi Диспетчер устройств (Qurilmalar dispetcheri)ga o‘ting. Kerakli qurilma ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Обновить драйверы (Drayverlarni yangilash)ni tanlang.

2️⃣. Выполнить поиск драйверов на этом компьютере (Drayverlarni ushbu kompyuterdan izlash)ni tanlang.

3️⃣. Обзор tugmasi orqali D:\drivers papkasiga bo‘lgan yo‘nalishni ko‘rsating va Включая вложенные папки (Ichki papkalarini ham hisobga olish) bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.

📌 P.S.: Windows operatsion tizimini o‘rnatib, barcha drayverlarni o‘rnatib bo‘lgandan keyin ushbu ko‘rsatmaga muvofiq drayverlarning nusxasini yaratib olib, keyin papkani arxiv ichiga olib qo‘ysangiz, Windows qayta o‘rnatish mahali drayver izlab sarson bo‘lmaysiz.

Dastlabki boshqichda ko‘p dasturlar o‘rnatilmagan mahali drayverlardan nusxa olib qo‘yish shunisi bilan ham ahamiyatliki, bunda ortiqcha virusli yoki boshqa zararkunanda fayllarni yuqtirib olish ehtimoli pastroq bo‘ladi. Operatsion tizimingizdan oqilona foydalaning! 😉

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Microsoft Office darslarini boshlashdan oldin ushbu dasturlarni o'rnatib olamiz! 😉
#videodars / #info

📔 Microsoft Office 2010
🎞 O'rnatish va aktivlash / ▶️ YouTube da ko'rish
📎 Dasturni yuklash

📔 Microsoft Office 2013
🎞 O'rnatish va aktivlash / ▶️ YouTube da ko'rish
📎 Dasturni yuklash

📔 Microsoft Office 2016
🎞 O'rnatish va aktivlash / ▶️ YouTube da ko'rish
📎 Dasturni yuklash

📔 Microsoft Office (2007/2010/2013/2016) ni aktivatsiya qilish
🎞 O'rnatish va aktivlash / ▶️ YouTube da ko'rish
📎 Dasturni yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
⚙️ Windows 7 ni o'rnatish bo'yicha videodarslar

1️⃣-dars. Windows o'rnatishga oid savol javoblar
Ko'rish: Telegram / YouTube

2️⃣-dars. Fleshkaga windows yozish
Ko'rish: Telegram / YouTube

3️⃣-dars. Windows 7 ni o'rnatish
Ko'rish: Telegram / YouTube

4️⃣-dars. Kerakli sozlamalar va drayverlarni o'rnatish
Ko'rish: Telegram / YouTube

🔜 Navbatda windows 10 turibdi...

⁉️ O'rnatishda muammo yoki savol bo'lsa guruhda yozib qoldiring.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
#bilasizmi #internet

720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor? 🤔

1️⃣. 720p

Bunda tasvir kattaligi eniga 1280, bo‘yiga esa 720 ta pikseldan iborat bo‘ladi.
Aslida, HD (yuqori tiniqlik) formati bo‘lgan 720p video kontent rezolyusiyasi, videokameraning tasvir yozish imkoniyati hamda displeyning piksel o‘lchamlarini ham ifodalaydi. 720p, tabiiyki, 1080p'dan quyiroq rezolyusiya hisoblanadi va undan ko‘ra kamroq detalga ega bo‘ladi.

O‘QING: YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

2️⃣. 1080p

1080p rezolyusiyaga ega videoda tasvir eniga 1920, bo‘yiga esa 1080 ta pikseldan tarkib topgan bo‘ladi. Ba’zi hollarda 1080p rezolyusiyasi 1920 x 1080 piksel bo‘lgan displeylarni ham ifodalaydi. Rasmlar haqida gap ketganda 1080p'ga ko‘zingiz tushsa, bu 2 megapikselni anglatayotgan bo‘ladi.

O‘QING: Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?

3️⃣. 4K

4K formatdagi tasvir eniga 3840, bo‘yiga 2160 ta pikseldan iborat bo‘ladi. Video yozuv, video kontent va displeyga oid termin sifatida 4K'ni yana Ultra HD (UHD) deyish ham mumkin. “4K” atamasi tasvirning eniga joylashgan piksellari sonidan olingan. Biroq 720p va 1080p'larning nomlanishi tasvirdagi bo‘yiga joylashgan piksellar miqdoridan kelib chiqqan. 1080p bilan taqqoslaganda, 4K ham bo‘yiga, ham eniga ikki karra ko‘proq detalga ega. Megapiksel haqida gap ketganda, 4K 8 megapiksel bo‘ladi.

4K'dan keyingi kattalikdagi rezolyusiya esa 8K. Bu haqda keyingi maqolalarimizda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

📝 Mirzohidbek @terabaytuz

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#telegram #android

Keshni SD-kartaga o‘tkazish 🔄

Telegram'ning Beta-talqinida guruhli ovozli qo‘ng‘iroqlar paydo bo‘lgani haqida kecha xabar bergan edik. Bundan tashqari Telegram'ning Android uchun Beta-talqinida, ilovaning ichki sozlamalari orqali keshni saqlash uchun makonni qurilmaning ichki xotirasidan tashqi tashuvchi qurilma yoki SD-kartaga o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_guruh_yuritish

Guruhlar uchun sekinlashtirilgan rejim (Медленный режим)

Agar sizga, xabarlarning yuqori oqimi tufayli guruhingizni nazorat qilish qiyinlashgan bo‘lsa, "Разрешения" bo‘limidagi "Медленный режим" (Sekinlashtirilgan rejim)ni faollashtiring.

Ushbu funksiya yordamida xabarlarni yuborish uchun vaqt intervalini o‘rnatish mumkin. Masalan, agar 30 soniya intervali belgilansa — guruh ishtirokchisi ma'lum bir xabarni 30 soniyada bir marotaba yuborishi mumkin bo‘ladi.

Bu orqali siz guruhni tartiblashga va har bir xabarning qiymatini oshirishga erishasiz.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija