IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#maslahat #dasturlash #hardware

Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari 💻

📋 Ushbu maqolamiz orqali siz:
“Dasturlash tillari”, “dasturlash”, “dasturchi” tushunchalariga beriladigan ta’riflar;
Dasturlashning qanday sohalari mavjudligi haqida tushunchalar;
Dasturlashning har bir sohasi uchun qanday xarakteristikadagi kompyuter xarid qilish haqida bilib olasiz.

👉🏻 Batafsil matn va video.

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
#software #operatsion_tizim #maslahat

easyQuizzy dasturi haqida 🔠

easyQuizzy
bilimlarni nazorat qilish uchun elektron vositalar, ya’ni kompyuter testlarini yaratish dasturi hisoblanadi.

Dastur pedagoglar uchun o‘quvchilarning bilimini nazorat qilishni ancha osonlashtiradi va ishlarni tekshirishda ularning vaqtini tejaydi, bu kiritilgan parametrlarga muvofiq bahoning avtomatik chiqarilishi hisobiga amalga oshiriladi.

easyQuizzy dasturining (aktivatori bilan birga) arxivga joylangan faylini yuklab olishingiz mumkin, eng qizig‘i esa, uning sozlamalari tarkibida o‘zbek tiliga o‘tkazish imkoniyatining mavjudligidir. Dastur birinchi navbatda ta’lim sohasi ishchilariga mo‘ljallangan. U juda qisqa vaqt ichida har xil darajadagi bilimlarni nazorat qilish vositalarini ishlab chiqish imkonini beradi.

👉🏻 Batafsil...

📎 easyQuizzy 2.0 Build 442 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi kompyuter dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tilini o‘zlashtirish uchun foydali dasturlar, mobil ilovalar va tavsiyalar jamlanmasi
Соло на клавиатуре dasturi
CyberShredder dasturi
Internet Download Manager dasturi
Punto Switcher dasturi
Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida
USB Safely Remove dasturi
Savodxon dasturi haqida
Papkaga parol o‘rnatish uchun Encrypto dasturi
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism| 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

TO‘G‘RI QAROR – MUVAFFAQIYATNING YARMI (2-qism) 🎯

Ushbu maqolaning 1-qismi

Tadqiqotlarga ko‘ra, bizning taqdirimizda quyidagi uch muhim yo‘nalishdagi qarorlarning o‘rni juda yuqori ekan:
– diqqat-e’tiborni nimaga qaratishga oid qarorlar;
– hayotingizda muhim ahamiyatga ega narsalarga oid qarorlar;
– xohish-ehtiyojlar uchun qilingan qarorlar.

Psixologiya kitoblarida yozilishicha, inson miyasida qaror qabul qiluvchi ichki tizim o‘z ishini amalga oshirishda quyidagi besh asosga suyanadi:
1) sizdagi qat’iy ishonch va ong osti qoidalaringiz;
2) sizning hayotiy qarashlaringiz;
3) sizning tavsiyalaringiz;
4) odatda siz beradigan savollar;
5) sizning hissiy holatingiz.

Shu bois, xalq orasida “Daraxtni hech qachon qishda arralama. Vaziyat keskinligida salbiy qaror qabul qilma. Muhim qarorni kayfiyating yomonligida chiqarma. Idrok qil. Kut va sabrli bo‘l”, degan naql bor.

Biroq, aksariyat odamlar bu tizimni o‘rnatishda idrokka suyanmaganliklari evaziga muntazam muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘laveradilar. Bizdagi qaror qabul qilish tizimiga odatda ota-onamiz, tengdoshlarimiz, o‘qituvchilarimiz, media, reklama, yoki umuman ayrim hollarda mentalitet katta ta’sir o‘tkazadi.

Ko‘rinib turibdiki, qaror qabul qilish ham mahorat hisoblanadi. Qaror qo‘rquv yoki majburiyat mevasi bo‘lishi kerak emas. U tafakkur, ilm va ishonch mevasi. Muvaffaqiyatli hayot ortida aslida kimningdir jur’atli qarorlari yotganini unutmang.

Ruhshunoslarning aytishlaricha, hayotimizning har daqiqasida ongli qarorlar qabul qilish orqali bu tizimni bekor qilish va uni qayta tuzish imkoni har doim o‘zimizda qoladi.

Biz o‘zimizdagi noto‘g‘ri qaror qabul qilishdan qo‘rqish hissidan g‘olib kelishimiz kerak. Hayotda qancha ko‘p qaror qabul qilsangiz, bu sizning hayotingiz nazoratingiz ostida ekanini anglatadi. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish, o‘rganish va xulosa qilish xato qilish hissidan xalos qiladi.

Unutmang, hayot – yo mardlarcha qilinajak sayohat yoki hech narsa!

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat

Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish 🔄🚫

Chrome'da ochilgan varaqa (вкладка)larga bir necha daqiqadan so‘ng qaytganingizda, ular avtomatik ravishda yangilanadi — bu esa sizni sahifalarning qayta yuklanishini kutishga majbur qiladi. Ayniqsa ko‘plab varaqa (вкладка)lar bilan ishlab turgan paytingizda qimmatli vaqtingizni bexuda sarflamaslik maqsadida ularning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.

Buning uchun bepul kengaytmani o‘rnating va ishingizdagi samaradorlikni oshiring.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #maslahat

Telegram'ning kompyuter uchun talqini – Telegram Desktop'da barcha yozishmalarni yoki kanaldagi ma’lumotlarni eksport qilib o‘z xotirangizga saqlab qo‘yishingiz mumkin.

Bu usul judayam foydali bo‘lib, shaxsiy chat, guruh yoki kanal profilidagi vertikal uch nuqta bosilganida ochiluvchi menyuning Экспорт истории чата / канала bo‘limini tanlaganingizdan so‘ng, yozishmalaringiz yoki kanal ma’lumotlari orasidan aynan nimani olib qolishingizni ham tanlab qo‘yishingiz mumkin.

Misol uchun: foto, video yozuvlar, ovozli xabarlar, video xabarlar, stikerlar, GIF'lar va fayllar. Fayllar uchun chegaraviy hajmni o‘rnatish imkoniyati mavjud.

Saqlangan fayl .HTML formatida bo‘lib, uni ixtiyoriy brauzer orqali ochishingiz mumkin. Qolgan fayllar esa alohida papkalarga tushadi.

 Albatta sinab ko‘ring va do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

📝 Manba: @Kompyuterlar_Uz

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postimiz bilan tanishing.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

Yaratilgan har qanday dasturning odatiy yangi foydalanuvchisi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🖼 Adobe Photoshop Express – ushbu fotomuharrir yordamida rasmlarni tezkor va sifatli tarzda qayta ishlashingiz mumkin. Android 4.4+. Premium-versiya (avtorizatsiya shart emas)

📎
Adobe Photoshop Express v16.3.250 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar

Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi ☝🏻

Hindistondagi kambag‘al bir oilada tug‘ilgan Sundar Pichai hozir dunyodagi eng yirik va ilg‘or texnologik kompaniyalardan bo‘lgan Google ijrochi direktori lavozimida ishlamoqda. Uning bu muvaffaqiyatga erishish yo‘li haqida alohida maqola e’lon qilingan.

Inc.com nashri yozishicha, Pichai o‘zining hayot yo‘liga nazar solib, kishining hayotda yuksak yutuqlarga erishishida kerak bo‘lgan ikkita asosiy tamoyilni aytgan. Unga ko‘ra, bular – “qattiq qiziqish va obyektivlik” ekan.

Sundar Pichaining o‘zi aytishicha, to o‘n yoshga to‘lgunicha ularning uyida telefon ham bo‘lmagan. U o‘z yurtida bakalavr diplomiga ega bo‘lgach, AQShga yo‘l olgan – Stenford universitetida va Uorton biznes maktabida davom ettirgan. Bu esa unga o‘zi qiziqqan ish – kompyuterdan bemalol foydalanish imkonini bergan.

Google ijrochi direktorining ta’kidlashicha, kishi birinchi navbatda o‘zi nimaga kuchli qiziqishiga aniqlik kiritib olishi lozim. Shaxsan o‘zi uchun texnologiyalar eng qiziqarli soha ekanligiga amin bo‘lgach, u shu yo‘nalishga obyektiv tarzda intilgan. Ya’ni, texnologiyalar bo‘yicha qayerda yuqori muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini aniqlab, vaziyatga real ko‘z bilan qarab, maqsad sari intilgan. Natijani esa hozir butun dunyo biladi – qashshoq xonadondan chiqqan hind hozir qidiruv giganti direktori sifatida faoliyat yuritmoqda.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar
Djeff Bezos haqida postlar
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
Stiv Jobs va “Pixar” animatsion kompaniyasi
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
Telegram asoschisi Pavel Durov pul va boylik xususida

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #maslahat

Hujjatni avtosaqlash intervalini o‘zgartirish

Ko‘p holatlarda, hujjat ehtiyotsizlik bilan yopilganida (yoki yurtimizning aksariyat hududlarida tez-tez kuzatiluvchi chiroq o‘chib qolishi bilan bog‘liq holatlarda), biz tomondan hujjatga kiritishga ulgurilgan ma’lumotlarning ma’lum bir qismi saqlanmay qoladi.

Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun dasturga hujjatni har daqiqa avtomatik ravishda saqlab borishga ruxsat bering (qoida bo‘yicha o‘rnatilgan vaqt – 10 daqiqa).

1-qadam
Menyu satridagi Файл varaqa (вкладка)si → ПараметрыСохранение ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

2-qadam
Istalgan oraliq vaqtni o‘rnating. Taklif etiladigan oraliq vaqt — ikki daqiqadan kam emas.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🗜 RAR — mashhur WinRAR arxivatorining mobil versiyasi. Android 2.0+. Premium-versiya

📎
RAR Premium v6.02 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar 🚀

1️⃣. Bir nechta yacheykalarni bir xil qiymat bilan to‘ldirish uchun, ularni dastlab belgilang, yacheykalardan biriga qiymatni kiriting va CTRL + ENTER'ni bosing.

2️⃣. Listlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun CTRL + PAGE UP va CTRL + PAGE DOWN klavishlari birikmasidan foydalaning.

3️⃣. Agar birovning kompyuterida dasturdan foydalanish istagi yuzaga kelib, biroq Excel yorlig‘ini topa olmasangiz, unda WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить (Run)” oynasini chaqirib, unga “excel” so‘zini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritgan holda ENTER klavishini bosing (dastur kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa ochiladi, aks holda xatolik oynasi yuzaga keladi).

4️⃣. Funksiyani qolgan satrlarga nisbatan pastga qarab tortish orqali qo‘llashdan tashqari, faol yacheykaning o‘ng pastki burchagidagi to‘rtburchak marker ustiga (sichqonchaning chap tugmasi bilan) ikki marta bosish orqali buni qo‘llash mumkin (ushbu post ostiga biriktirilgan rasmda ko‘rsatilgan👇🏻).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
15 лучших трюков от Павла Когана
Excel bilan 10 tezkor tryuk
Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Bir nechta musiqa treklarini chatga yoki “Избранное” papkasiga yuborishda, ularni tinglash qulay bo‘lishi uchun bitta pleylistga guruhlang.

Boshqa har qanday formatdagi fayllarni ham shunga monand tarzda yuborish mumkin. Fotoalbomlar bilan bo‘lgani kabi, guruhlangan fayllardan istalganini alohida tanlash imkoniyati mavjud.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor

Video darsdagi ma’ruzachi ortidan ulguraman degan paytingda... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#security #smartfon #android

Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak! 📲

Ruminiyaning axborot xavfsizligi sohasidagi Bitdefender kompaniyasi Google Play ilovalar do‘konidagi 17 ta dasturning xavfli ekanini e’lon qildi. Ushbu ilovalar o‘z holicha ziyonkor emas, lekin baribir smartfoningizda bo‘lmagani ma’qul, deyishmoqda mutaxassislar.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, ular qurilmaga o‘rnatilganidan so‘ng o‘zining tizimda mavjudligini yashira boshlaydi. Natijada smartfon egasi hamisha ekranga chiqib qolaveradigan reklamalar qurboni bo‘ladi. Ilova o‘rnatilganidan so‘ng to‘rt soat o‘tib, har xil vaqt oraliqlarida reklama chiqara boshlaydi. Bu bilan ular trafikni ko‘p sarflab, yana akkumulyator quvvatining ham ortiqcha xarjlanishiga olib keladi.

📋 Mana, ularning to‘liq ro‘yxati:
1. Car Racing 2019; ishlab chiquvchi – Racing 3D Game
2. 4K Wallpaper (Background 4K Full HD); ishlab chiquvchi – Ames Co.Ltd
3. Backgrounds 4K HD; ishlab chiquvchi – wixi
4. QR Code Reader & Barcode Scanner Pro; ishlab chiquvchi – Ames Co.Ltd
5. File Manager Pro – Ames Co. Ltd. Ltd. SD Card / Explorer Manager
6. VMOWO City: vmowo Speed Racing 3D
7. Redads Barcode Scanner
8. Screen Stream Mirroring; ishlab chiquvchi – Amanote
9. QR Code – Scan & Read a Barcode of Mob Net
10. Period Tracker – Cycle Ovulation Women’s; ishlab chiquvchi – Ames Co. Ltd.
11. QR & Barcode Scan Reader; ishlab chiquvchi – amazi
12. 4K wallpapers, HD Backgrounds; ishlab chiquvchi – amazi
13. Transfer Data Smart; ishlab chiquvchi – Amanote
14. Explorer File Manager; ishlab chiquvchi – amazi
15. Today Weather Radar; ishlab chiquvchi – Amanote
16. io : Big Fish Frenzy; ishlab chiquvchi – Mob Net
17. Clock LED; ishlab chiquvchi – Maint

Ushbu dasturlar Google Play katalogidan 550 ming martadan ortiq o‘rnatib olingan. Ular turli o‘yinlar, oboylar va foydali utilitalar ko‘rinishida niqoblana oladi. Ularning aksariyati ilovalar do‘konidan olib tashlangan, lekin foydalanuvchilarning qurilmalarida o‘rnatilgan holida qolib ketgan bo‘lishi mumkin va ularni o‘chirib yuborish kerak.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #tarmoq #IT_humor

Bu xonada esa bizning adminimiz o‘tiradi. Unga bir razm soling, u doim shunday kiyinadi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #bilasizmi

Innovatsiya tushunchasi haqida 💡

Innovatsiya
– bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatsiyasining yakuniy natijasi hisoblanadi.

Yangi iste’molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish – innovatsiyaga misol bo‘la oladi.

Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.

“Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.

“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.

Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi

Innovatsiyalar ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi

| Ilm-fan – bu pullarni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish.
| Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni pullarga aylantirish.

| Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish.
| Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.

Innovatsiyaning 10 ta amri

1.
Maqsadingizni ifodalang.
2. Jamoangizni ilhomlantiring.
3. Diqqatingizni xaridorga qarating.
4. Har kimga o‘xshamang.
5. Hamma narsani shubha g‘alviridan o‘tkazib ko‘ring.
6. Sinergiya yarating.
7. Jarayonni yarating.
8. Har qanday xatarni oldindan ko‘ra biling.
9. O‘zgarishlarning yetakchisiga aylaning.
10. Tashabbuskor bo‘ling.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Fayl yoki papkaning xususiyati (Свойства)ni ekranga tezkor chaqirish 🏷

Ma’lum bir fayllar yoki papkalarning hajmini bilish uchun biz bir guruh elementlarni belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosgan holda ochiladigan kontekstli menyu (контектсное меню)ning ostida joylashgan Свойства (Properties) elementini tanlaymiz.

Buni klaviatura orqali amalga oshirishning soddaroq usuli bor, ya’ni xuddi boyagi kabi elementlarni SHIFT, CTRL, Пробел (Space) va strelkalar yordamida belgilagan holda ALT + ENTER tugmalar birikmasini bosishdir.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Internet rivojlangan sari reklama bozori tez o‘zgaryapti. Uch yil oldin asosiy e’tibor Facebook va Instagram'ga qaratilgan bo‘lsa, hozir ko‘proq Telegram-kanallar trendda.

Lekin, o‘ylayman, yaqin 3 yilda asosiy reklama bozori YouTube'ga ko‘chadi. Youtube asta-sekinlik bilan O‘zbekistondagi eng katta reklama platformasi bo‘lgan TV'dan ham o‘tib ketishini tahmin qilish mumkin.

Bu faqat bizdagi holat emas. So‘nggi statistikaga qaraganda, bu yil YouTube'ning reklamadan daromadlari umumiy ikki barobarga oshgan va yil oxirigacha 18 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.

Demak kim kelajakda Youtube orqali daromad qilmoqchi bo‘lsa, harakatini qilaversin.

📝 Manba: @allaevuzb

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🎞 NewPipe — YouTube videolarini tomosha qilish uchun mo‘ljallangan mobil ilova. Videoni fonda eshittirish va roliklarni istalgan sifatda ko‘chirib olishni ta’minlab bera oladi. Rasmiy YouTube ilovasiga nisbatan ancha kamroq resurs talab etadi. Android 4.0+

📎 NewPipe v0.23.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #freelance

“Oyiga 5 000 – 7 000 AQSh dollarigacha daromad topyapman!..” 23 yoshli frilanser Sardor Islomov bilan suhbat 💻

Xabar.uz” yurtimizdagi faol yoshlar bilan intervyularni davom ettirmoqda. Uning navbatdagi suhbatdoshi frilanserlik ortidan oyiga 7 000 AQSh dollarigacha daromad topayotgan yosh dasturchi Sardor Islomov bo‘ldi.

Hozirgi kunda u Payme kompaniyasida mobil dasturchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Sardor bilan uyushtirilgan suhbat ITga qiziqishi, frilanserlik, yosh dasturchilarga tavsiyalari va shu kabi boshqa mavzularda kechdi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va mulohaza yuritish tavsiya etiladi:
IT rivojlanishi oldidan mashhur shaxslar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga nazar solamiz
Siz kimsiz – frilansermi yoki tadbirkor? Set Godin buni tushunishga yordam beradi
Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi
“Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi
Sizda ham dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylash vaqti keldi, degan xayol yuzaga kelmayabdimi? (Scratch haqida qiziqarli maqola)
“Qo‘llarim yo‘q bo‘lgani bilan aqlim bor” — Doniyor tengdoshlariga motivatsiya bera oladi
“Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat
Ismoil Safarov: O‘n yillardan keyin, nafaqat talabalar, maktab o‘quvchilari ham dasturlashni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishadi
Ahror Abdullayev: “Dasturlash – hayotiy masalalar yechimi bilan bevosita bog‘liq”
“Italiyaliklarning O‘zbekiston haqidagi tasavvurlari, iqtisodiyotni raqamlashtirish...” Arduino kompaniyasidagi amaliyotchi hamyurtimiz bilan suhbat
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
“Dasturchilikni o’rganish uchun matematikani bilish kerak. Men esa tarixchi, biolog, sartarosh yoki jurnalist bo’lsam”, degan gaplar bilan tushkunlikka tushmang
"Nol – sehrli raqam": Bill Geytsdan eng yorqin iboralar
Nima uchun ba’zida bekorchilik bandlikka qaraganda foydaliroq hisoblanadi?
Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
Kuniga yangi narsa o‘rganish miyani sog‘lomlashtirib, aqlliroq qiladi
Kasb tanlashda nimalarga e'tibor qaratish kerak?
Bu shunchaki imtihon!
Nolimang, o‘rganing, ishlang va yana ishlang…
Ustoz haqida maqola
Qilgan ezgu amaling albatta o‘zingga qaytadi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija