IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#word #rasm_bilan_ishlash

Hujjatga rasm joylashtirishning “iqtisodiy” usuli 🖼

Barchaga ma’lumki, agar hujjatga rasm joylashtirilsa, u faylning o‘ziga biriktiriladi. Buning oqibatida esa hujjatning hajmi ancha-muncha ortib ketishi mumkin.

Rasm joylashtirishda fayl hajmi ortib ketmasligi uchun, uni hujjatga nisbatan “bog‘lash” lozim. Buning uchun menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)si → Рисунок'ka o‘ting, kerakli rasmni belgilab, Связать с файлом bandini tanlang.

⚠️ E’tibor bering, agar rasm o‘chirilsa yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazilsa, u hujjatda aks etmay qoladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar;
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Biror kim mutaxassisga dasturlashni oson va sodda deya ta’kidlaganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🧹 CCleaner — Qurilmangiz ishini optimallashtirish uchun ko‘plab foydali funksiyalarga ega mashhur ilova. Pro-versiya

📎 CCleaner v25.12.0 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterda joy “o‘g‘irlab” yotgan fayllarni aniqlovchi 3 dastur
CCleaner’ning foydali 6 ta imkoniyati
CCleaner Pro kompyuter dasturi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🎞 MX Player — juda ko‘p sozlamalarga ega bo‘lgan, barcha formatlarni qo‘llab-quvvatlovchi videopleyer. Pro-versiya, DTS, AV1 va AC3 kodeklari qo‘shilgan, barcha ortiqcha elementlari olib tashlangan. Pro-versiya.

📎 MX Player Pro v1.86.4 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Soatmurot
Saralay olish haqida
#Telegram #tavsiya

Karantin boshlangandan keyin telegramning oʻzbek segmentida kanallar soni sezilarli darajada ortdi. Lekin, oʻzbek tilida yuritiladigan kanallar orasida bitta yomon odat bor – bu koʻchirmachilik. Bu ishni hattoki 20k, 50k, 100k obunachiga ega kanallarda ham kuzatish mumkin.

Oʻzlari obunachilariga nimadur berolmaganliklarini tushunib yetkan ondan koʻpchilik boshqa sifatli kanallardan manbasiz koʻchirishni boshlashadi.

Bu toʻgʻrisida TentakMinds kanalida ham yaxshi maqola eʼlon qilingandi. Bunday paytda obunachilardan yaxshi kontentlarni saralay olish juda muhim hisoblanadi.

Oʻzim shaxsan kuzatib boradigan, oʻz kontenti ustida yaxshi ishlaydigan kanallarni sizga tavsiya qilmoqchiman.

1. 👉🏻 @PlanetaIT
2. 👉🏻 @ITSpecUz
3. 👉🏻 @Kompyuter_akademiyasi

Ushbu kanallarni oʻz uslubiga egaligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Muhimi esa, hech qachon boshqalarning mehnatini oʻziniki qilib koʻrsatishmaydi. Xullas, ITga oid oʻzbek tilidagi eng Top kanallardan hisoblanishadi.

Aʼzo boʻling 👉🏻 @soatmurot
#word #smartfon #android

Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida 🔄

Ko‘pincha bizga kirill yoki lotin alifbosida materiallar kelganida ularni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o‘girish ehtiyoji paydo bo‘lib turadi. Bundan tashqari hujjatimizni odatdagidek emas, balki kitob ko‘rinishida chop etish ehtiyoji ham yuzaga keladi. Siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganimiz, Translit dasturi ana shu muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi.

👉🏻 Batafsil...

📎 Microsoft Word matn muharriri uchun Translit dasturini yuklab olish.

1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉

2️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz:
👉🏻 Matn.uz
👉🏻 Savodxon.uz
👉🏻 @LotinKiril_bot
👉🏻 @bexatobot

📌 Quyida keltirilgan ko‘rsatmaga amal qilishingiz mumkin: Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#mulohaza_uchun #IT_humor

🏢 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bilan shug‘ullanuvchi kompaniyada IT ostonadan boshlanadi. Xayrli kun aziz do‘stlar! 👋🏻

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash 🗓

Yodingizda bo‘lsa biz kalkulyator yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlashni ko‘rib chiqqan edik, bu safar buni Microsoft Office dasturlari paketi tarkibidagi Excel – jadval muharriri yordamida hisoblashni ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware

Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida ⌨️

Barchamizga ma’lumki, klaviaturadagi PrintScreen (PrtScn) klavishasini bosgan paytimizda ekrandagi joriy holat rasmga olinib, Almashinish buferi (Буфер обмена)ga, ya’ni kompyuterning vaqtinchalik xotirasiga borib tushadi.

Hosil bo‘lgan rasmni ko‘pincha Microsoft Paint (grafik muharriri) dasturini ishga tushirgan holda (Win+R, va mspaint komandasini kiritib OK tugmasi bosiladi) unga ko‘chirib (Вставка, Ctrl+V yoki Shift+Insert), JPG, BMP, PNG fayl ko‘rinishida doimiy xotira (Qattiq disk)ga saqlaymiz.

Shunda BMP fayl ko‘rinishida saqlaganimizda rasmning sifati yuqori, lekin hajmi katta bo‘ladi. JPG fayl ko‘rinishida saqlaganimizda sifati quyiroq va hajmi kichkina bo‘ladi. Maslahatimiz faylni PNG ko‘rinishida saqlang, bunda hajm ham sifat ham o‘rtacha bo‘ladi.

Agar ekranni to‘liq emas, balki aktiv turgan oynani rasmga olish kerak bo‘lsa, u holda qanday yo‘l tutiladi? Skrinshot yaratishning yana boshqa biror qulay usuli bormi? Batafsil ushbu maqolamizda.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
PRINT SCREEN (PrtScn) klavishi yordamida ekran fragmentini rasmga olish
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥2
#ict_news

Yurtimizda har 100 ta xonadonga nechta kompyuter to‘g‘ri kelyapti? 💻🧮

Davlat statistika qo‘mitasi yaqinda O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga nechta mobil telefon to‘g‘ri kelishini e’lon qilgan edi. Endi esa qo‘mita shaxsiy kompyuterlar soni bo‘yicha ma’lumotni ham ulashdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-sentabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni 56 tani tashkil etdi. Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich 2010 yilda 12 tani, 2015 yilda 47 tani tashkil qilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar–sentabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni esa 161 tani tashkil etgani haqida xabarlar berilgan.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning qancha aholisi internet tarmog‘iga ulangani haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 yanvar holatiga internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 16 million 386 ming 200 nafarni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 23,0 foizga yoki 3,1 millionga o‘sgan.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #dasturlash

Hindistonlik 6 yoshli bola dunyodagi eng yosh dasturchiga aylandi 🤓

Hindistonlik 6 yoshli Arxam Om Talsaniya, Python dasturlash tili bo‘yicha imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi va Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng yosh dasturchi sifatida kiritildi.

📝 Manba: @tuituz_official

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #hardware

🍏 Stiv Jobs Apple muhandislari tomonidan unga taqdim etilgan dastlabki iPod'ni akvariumga uloqtirgan

iPod ortidan pufakchalarni qoldirib tubga qarab sho‘ng‘igan. Shunday qilib, mohir rahbar unda bo‘sh joy mavjudligini namoyish etgan va “buni kamaytiring” deya vazifa bergan. Muhandislar, garchi dastlab elektronikani bunchalik kichik hajmli korpusga joylashtirishning iloji yo‘q deya ta’kidlagan bo‘lishsa-da, oxir oqibat buni uddalashgan.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram'da “begona” kontaktlar qanday paydo bo‘ladi va ularni o‘chirish yo‘li 👤🚫

O‘chirilgan kontaktlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolishi yoki “Falonchi odam теперь в Telegram” kabi bildirishnoma yuzaga keladigan holat Sizga tanishmi?

Telegram, ilovasini birinchi marta o‘rnatganingizda smartfoningizdagi kontaktlarni o‘ziga nusxalab olib, serveriga (o‘z kompyuteriga) saqlab qo‘yadi. Shuning uchun xam boshqa smartfonda eski raqamingizga yangi Telegram akkaunt ochganingizda kontakt va xabarlaringiz yana tiklanadi.

Smartfonning “Контакты” ilovasidan o‘chirilgan kontaktlar Telegram'da o‘chirilmaydi. O‘chirish usuli – har bir kontaktni Telegram'da topib, nomini ustiga bosib, o‘ng yuqori burchakdagi (vertikal uch nuqtali) menyudan “Удалить контакт” tugmasini bosishdir.

Sizda umuman bo‘lmagan, begona kontaktlar qanday paydo bo‘lib qoladi?
- Smartfoningizga begona sim-karta o‘rnatganingizda, shu sim-karta kontaktlari o‘tib qoladi;
- Birovning Telegram yoki Google-akkauntini o‘z smartfoningizda ochganingizda;
- Sizning Telegram-akkauntingiz boshqa qurilmada ochib ko‘rilganida.

Muammoning yechimi:
- Telegram Sozlamalaridagi (Nastroyki) Конфиденциальность menyusida “Удалить импортированные контакты” bandi tanlanadi.
- Telegram'da yangi yoki begona akkaunt (nomer) qo‘shilganda “Синхронизировать контакты” bandidan maxsus belgi (galochka)ni olib tashlang.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#test #excel

Qaysi klavishlar birikmasi ishchi kitobiga yangi list qo‘shish imkonini beradi?
Anonymous Quiz
44%
CTRL + L
28%
SHIFT + F3
20%
SHIFT + F11
8%
F3
#test #excel

Quyida keltirilgan klavishlar birikmasining qaysi biri sizni 1 ta yuqorida joylashgan yacheykaga siljitish uchun xizmat qiladi?
Anonymous Quiz
59%
CTRL + ↑
18%
ALT + PROBEL
14%
ALT + TAB
10%
SHIFT + ENTER
🌐 Kanalimizdagi #internet heshtegi ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):

Google ta’qibidan qanday qutulish mumkin?
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
Google Chrome brauzeridagi PDF fayllarni alohida o‘z dasturi orqali ochish haqida
Android va iOS smartfonlaridan internet tarqatish
Ijtimoiy tarmoqda siz yo‘l qo‘yadigan 5 xato
Android-qurilmalarda internet-trafikni tejash yo‘llari
VPN nima o‘zi?
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
Istalgan saytdan video ko‘chirish uchun 10ta universal servis
«Facebook» va «VKontakte»dagi do‘stlaringizni boshqalardan yashirib qo‘yish usulini bilasizmi?
Internet haqida nimalarni bilasiz?
Onlayn-xaridni xavfsiz amalga oshirish usullari
Saytlar to‘g‘ri ochilmasligi: sababi va bartaraf etish yo‘llari
Internet muammolarini bir zumda o‘zi hal etuvchi bepul dastur!
9 правил поиска в GOOGLE, о которых не знают 99% пользователей
Internet odoblari
Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?
Android’dan Android’ga kontaktlarni o‘tkazish
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Eng arzon mobil internetga ega davlatlar ma’lum qilindi
Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?
Internet Download Manager dasturi
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!
“404 Not Found” va veb-sahifalarning boshqa xatoliklari nimani anglatadi
Youtube.com saytidan videoni yuklab olish
Google siz haqingizda nimalarni biladi?
Brauzerlarda parolni saqlamaslik uchun 3 sabab
Musiqa kimniki? Smartfon oson aniqlab beradi
Telegram’da matnlarni turli formatlarda yozish usullari
YouTube qaynoq klavishlari
Telegram qanday yaratilgan?
Telegram-kanalni qanday yuritgan ma’qul?
Saytlarga kirishda duch kelinadigan holatlar
“Ok, Google” nimalarga qodir?
Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?
Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
Google qidiruviga “Открыть в полном размере” tugmasini qaytaramiz
Uzun havolalarni qisqartirish uchun 4 servis
Internet parolsiz kelajakka katta qadam qoʻydi
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
Google Chrome endi parolingiz o‘g‘irlanganligini tekshirib beradi
Telegram’da pul topishni istaysizmi?
Yo‘qolgan telefonni “Google” yordamida topishni bilasizmi?
Google Docs’da Google Translate orqali qatorlarni tarjima qilishni bilasizmi?
Ekranni kalibrlash
Routerni deraza oldiga qo‘ymang yoki internet tezligini oshirishning 8 usuli
Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin?
Windows’dagi Hosts fayli yordamida saytlarga kirishni bloklash
Windows brandmaueri yordamida kompyuterda saytga kirishni bloklash
Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi?
O‘z akkauntlaringizni qanday qilib tezkor o‘chirishingiz mumkin?
Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
PDF-faylni Word'ga o‘girishning 15 ta bepul usuli
Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat
Saytning yuklanishini reklama bilan va uningsiz sinab ko‘rish
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Rasmda yuzni almashtirish - Reflect.tech
Telegram-kanallarini brauzer orqali ko‘rish
Zudlik bilan onlayndan chiqish uchun 13 sabab
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
Eng yirik E-mail provayderlari
Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?
Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
Ma’lumotlarni uzatish kabelining kesimi. Bunday turdagi kabellar okean tubi bo‘ylab yotqiziladi

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 2-qismi | 3-qismi | 4-qismi.

Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
🌐 Kanalimizdagi #internet heshtegi ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (2):

iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi?
Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?
Android’da internetni iqtisod qilish
Android’dagi Google Chrome’da matn keltirilgan sahifadan turib tog‘ridan-to‘g‘ri soddalashtirilgan qidiruvni amalga oshirish
Professional yozuvchilikdan tortib kundalik yozishmalargacha… (Matn.uz)
Google endi qo‘lda yozilgan matnlarni ham tushuna oladi
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
ShK’da onlayn GIF-faylni qanday yaratish mumkin?
Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
O‘z yuzingiz tushirilgan kupyurani yaratishni istaysizmi?
Telegram’da “Избранное” menyusining imkoniyatlari
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
Ko‘pgina davlatlar hali 5G internet tezligiga o‘tib ulgurmay, Janubiy Koreya 6G ustida ish boshlab yubordi
Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish
Facebook ijtimoiy tarmog‘i haqida 11 fakt
Messenjerlarda firibgarlik sxemalari orqali odamlarni aldash holatlari kuzatilmoqda
Dunyoga mashhur tizimlarning yaralishida qo‘llanilgan dasturlash tillari
Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish
Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
Brauzerlar va ularning bozordagi ulushi
YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma
Windows 10’da mobil ulanish nuqtasi funksiyasi qanday o‘chiriladi?
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p tashrif buyuriluvchi veb-saytlar infografikasi
OK Google imkoniyatlari
Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
YouTube'dagi videodan audioni MP3 formatida qanday yuklab olish mumkin?
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli
Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
“Kontakt qo‘shing va yutuqlardan biriga ega bo‘ling” internet o‘g‘irligi fosh etildi
Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz
Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik — XXI asr epidemiyasi
Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
Kesh nima?
Janubiy Koreya barcha avtobuslarida bepul internet taqdim qilingan birinchi mamlakatga aylandi
µTorrent 3.5.5 dasturi
O‘zimizni elektron moslamalardan uzoqlashtirishni o‘rganamiz
Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
Dunyoda internetdan qancha odam foydalanayotgani ma’lum qilindi
Filmdan parchani topish va yuklab olish
Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz
Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz
Internetda kamroq vaqt sarflash ushun 5 maslahat
Parolingizni qanchalik tez buzish mumkinligini tekshiramiz (parolning bardoshliligini tekshirish)
Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
Layfxak: YouTube'dagi barcha obunalarni avtomatik bekor qilish
YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
Hujjatni butunlay tarjima qilish

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 3-qismi | 4-qismi.

Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3😁1
#mulohaza_uchun

TO‘G‘RI QAROR – MUVAFFAQIYATNING YARMI (1-qism) 🎯

Lotereya o‘ynamay turib, Xudodan yutuq so‘ragan odam to‘g‘risidagi latifani barchamiz eshitganmiz. Bugun ko‘pchilikning hayoti ham ana shu latifada tasvirlangan syujetga o‘xshab qolgan. Ertani yaratish uchun bugun qanday yashayapmiz, degan savolga o‘zimizcha javob izlab ko‘raylik.

Hayotni muvaffaqiyatli yashash, to‘g‘ri yo‘naltirish istagidagi odam har daqiqani qo‘lga oladi, harakatini, hislarini, vaqtini nazorat qiladi. Taqdirimizni belgilaydigan omil har-har zamonda, hafsala qilganda nima bilandir mashg‘ul bo‘lish emas, balki nima bilandir muntazam mashq qilishdir. Harakatlar qarorlarimiz bilan hisoblashadi. Sen taqdiringni aslida o‘zingga sezilmas lahzalarda qurayotgan bo‘lasan.

Yana takror aytaman: g‘oliblik ham, mag‘lublik ham aslida bir hodisa va qahramon ham, qurbon ham o‘zingiz bo‘lasiz. Siz hayotda kimning rolini o‘ynashni aniq belgilab oling. Hayotda kim bo‘lishga qaror qilish – muvaffaqiyatning ibtidosi. Ana shunda sizdagi xohish majburiyatga, kuchli istakka aylanadi.

Inson o‘zining nimaga munosib ekanini bilmas yoki eng munosib sharoitga mos ko‘rmas ekan, uning hayotda nomunosib rolga munosib ko‘rilish ehtimoli oshib ketadi. Ya’ni, hayotda o‘z o‘rnini bilmagan odamda nojoiz xatti-harakat va fe’l-atvor shakllana boshlaydi.

Siz hoziroq yangi qaror qabul qiling, ertangi kunda o‘zingizni kim deb tasavvur qilishingizni o‘ylang va o‘sha yerda bo‘lish uchun bugundan hammasini o‘zgartiring.

Maktab yoki kollejda, talaba bo‘lgunga qadar barchamizning diqqatimiz bir nuqtaga qaratiladi – bu mandat doskasidagi hal qiluvchi chiziq. Biroq, aksariyat yoshlar talabalik yillarida mana shu shijoatni yo‘qotib qo‘yishadi. Qaysidir daqiqalarda ularning qilgan xato qarorlari pand beradi. Misol uchun, ko‘pchiligimiz talaba bo‘lishimiz bilan kitoblardan uzoqlashib ketamiz – bu ham qaror. Shu bois universitetga yuqori ball bilan kirganlarning barchasidan ham yuqori malakali mutaxassislar chiqmaydi.

Aytmoqchimanki, har bir qaror, yangi odat, turmush tarzimiz bizning keyingi taqdirimizga jiddiy ta’sir o‘tkazadi. To‘g‘ri qarorga kelish esa ko‘zlangan natijaga erishishni anglatadi. Hadeb odamlarning fikrini hisobga olib qaror chiqarish oxir-oqibat ularning quliga aylanishingizga olib keladi.

Ushbu maqolaning 2-qismi

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija