IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Koddagi uchragan barcha xatoliklarni bartaraf etib va nihoyat yozgan dasturingiz ishga tushib ketganida... ☺️

📌 P.S.: Ingliz tilida aytganda: Run is Done! ▶️

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash 📆🧮

Windows operatsion tizimi tarkibida o‘rnatiladigan “Калькулятор” dasturidan ko‘pchilik foydalanuvchilar asosan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanishadi.

Ushbu dasturda qo‘shimcha tarzda ikki sana oralig‘ini ko‘rsatgan holda, ushbu sanalarning necha yil, oy, hafta va kunga farq qilishini yoki ma’lum bir yil, oy, kunni ko‘rsatgan holda, ma’lum bir sanaga nisbatan kunlar sonini qo‘shish yoki ayirish orqali qanday sanaga mos kelishini aniqlash mumkin. Ushbu maqolamizda shu haqida so‘z yuritiladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash bo‘yicha
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #smartfon

Smartfondagi 32 Gb xotiraga taxminan qancha ma’lumot yozib bo‘ladi? 🗄

Berilgan raqamlar o‘rtacha hisobda va taxminiy olingan, undan tashqari, smartfon xotirasi to‘liqligicha foydalanuvchi ma’lumotlari uchun ajaratilmagan. Tizim va ilovalar uchun joy ham umumiy xotiradan ajratiladi, bu haqida kanalimizda ma’lumot berilgan.

🖼 Rasm
Agarda rasmning hajmini o‘rtacha 4 Mbayt deb olsak, unda 1 Gbayt xotiraga o‘rtacha 256 ta rasm sig‘adi. Turli xil xotira sig‘imiga ega bo‘lgan smartfonlar qancha rasm sig‘dirishi mumkin:

32 Gbayt = 8192 rasm
64 Gbayt = 16384 rasm
128 Gbayt = 32768 rasm

🎞 Video
Bir daqiqali videoning hajmi ko‘pgina omillarga bog‘liq - piksellar soni, video va audio bitreyti va hokazolar. Ammo o‘rtacha hisobda 1 Gbayt smartfon xotirasi, Full HD (1920 × 1080) sifatda 18 daqiqali video va HD (1280 × 720) sifatda 26 daqiqali videoni sig‘dira oladi.

32 Gbaytlik telefon xotirasiga, YouTube uchun 800 dan ortiq qisqa videoroliklar yoki 1,5-2 soatlik Full HD sifatda 10 ta to‘liq metrajli filmlar sig‘adi. Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek, video sifatiga qarab fayllar ko‘proq joy olishi mumkin.

🎧 Musiqa
320 Kbit/s
bitreytga ega bo‘lgan MP3 kengaytmali fayl o‘rtacha 2 Mbaytni tashkil etadi. 1 Gbayt xotiraga, taxminan 8,5 soatlik uzluksiz tinglashga mos keladigan, 512 daqiqali musiqa sig‘adi. Shunday qilib, turli xil xotiraga ega smartfonlar sizga quyidagi davomiydikdagi musiqani tinglashga imkon beradi:

32 Gbayt = 272 soat
64 Gbayt = 544 soat
128 Gbayt = 1088 soat

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Smartfon xarakteristikasida uning xotirasi 32 GB ko‘rsatilgan, lekin nega sozlamalarda bo‘sh hajmni kam ko‘rsatadi?
Smartfon uchun xotira kartasini qanday tanlash kerak?
Xotira (microSD) kartalaridagi uchrab turadigan muammolar va "LOST.DIR" papkasi nima?
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

Dastur yo‘riqnomasini o‘qimay turib u bilan birinchi marta ishlaganingda... 🙈

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Bir hujjatni 2 oynada ochish ↔️

Siz birato‘lasi 2 bir xil Word hujjatini ochishingiz mumkin. Buning uchun menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Окно → Новое окно ketma-ketligi bo‘ylab o‘tasiz. Bu, masalan, sizda bir nechta displey bo‘lgan paytda kerak bo‘lishi mumkin.

Yangi oyna birinchi oynaning tarkibini to‘liq takrorlaydi va aksincha. Umuman olganda bu bir-biri bilan bogliq bo‘lgan 2 oynada ochilgan 1 hujjatdir.

Ushbu bo‘limning o‘zida joylashgan Разделить tugmasi o‘xshash funksiyani bajaradi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar;
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #bilasizmi

Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari ⌨️

Odatda biz obyektni bir diskdan (masalan C) boshqa diskka (masalan D) sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda bir oynadan ikkinchisiga olib o‘tkazganimizda uning nusxasi hosil bo‘ladi (Копирование jarayoni).

Agar biz buni bir disk (masalan C yoki D) doirasida ikki ochiq turgan papka oynalari o‘rtasida amalga oshirsak, bu holatda obyektimiz bir joydan ikkinchisiga to‘liq ko‘chiriladi (Перемещение jarayoni).

Maslaxatimiz, bir vaqtning o‘zida bir nechta katta hajmli elementlarni nusxalamang (yoki ko‘chirmang), bu tizim operativ xotirasiga qo‘shimcha yuklanish (Нагрузка) berib, jarayonni sekinlashtiradi, Windows 7'da standart Копирование yoki Перемещение oynalarida Pauza tugmasi ko‘zda tutilmagan, lekin Windows 8, 8.1 va 10'larda bu tugma oynaga qo‘shilgan.

Agar bir nechta obyektni nusxalash yoki ko‘chirishga zarurat tug‘ilganida, marhamat, ushbu Pauza tugmasini vaqtinchalik bosib turgan holda qolgan obyektlarning nusxalanish yoki ko‘chirilish jarayonini tezlashtirishimiz mumkin.

Endi bevosita usullarga keladigan bo‘lsak, ular jami 4 ta.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya

“Narsalar interneti” (Internet of Things) bizga o‘zi nega kerak deysizmi? 🤔

Germaniyada robot-chimo‘rgich (робот-газонокосилка) o‘g‘riga o‘zini o‘g‘rilatishga to‘sqinlik qildi. Qurilma gazondan ko‘tarilgan payti o‘z egasiga xabar yubordi.

Egasi robot-chimo‘rgich siljitilgani haqidagi xabarni olib hayron bo‘ldi. Qurilmani tekshirish uchun ayvonga chiqdi va robotni qo‘ltig‘i ostiga qistirib g‘oyib bo‘lishga shaylangan o‘g‘rini payqadi.

Shundan keyin o‘g‘ri robotni uloqtirib qochib ketgan.

📝 Manba: @kurbanoffnet

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #software

CyberShredder dasturi 🗑

CyberShredder - bu tezkor, xavfsiz va qulay yordamchi dastur, bu sizning kompyuteringizdagi maxfiy fayllarni butunlay yo‘q qilishga imkon beradi. Oddiy faylni o‘chirish fayl katalogidagi yozuvni va joylashuv jadvali ma’lumotlarini olib tashlaydi. Disk klasterlari tarkibidagi fayl ma’lumotlari aslida qattiq diskingizda saqlanib qoladi va keyinchalik ularni tiklash mumkin hisoblanadi. CyberShredder faylni o‘chiradi va fayldan bo‘shagan joy ustidan tasodifiy ma’lumotlarni qayta-qayta yozib tashlaydi, shuning uchun ma’lumotlarni qayta tiklash dasturlari buni hech qachon tiklay olmaydi.

CyberShredder'ning sodda interfeysi maxfiy ma’lumotlardan butunlay xalos bo‘lishga yordam beradi. Fayllarni uch xil turdagi parchalash, shu jumladan NSA (MXA - Milliy Xavfsizlik Agentligi) tomonidan tasdiqlangan yetti bosqichli fayl ustidan yozish usullari yordamida o‘chiradi.

⚠️ E’tibor bering, CyberShredder tomonidan o‘chirilgan fayllar va kataloglarni ma’lumotlarni qayta tiklash uchun xizmat qiluvchi dasturlar yordamida tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Undan ehtiyotkorlik bilan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Dastlab sinov uchun ba’zi oldindan nusxalab olingan ma’lumotlar bilan uning xatti-harakatlarini tahlil qilish orqali dasturdan qanday foydalanishni o‘rganib olish tavsiya etiladi.

🌐 Dasturning Internetdagi rasmiy sahifasi: https://www.cylog.org/utilities/cybershredder.jsp

📎 CyberShredder v1.12 dasturini yuklab olish.

📌 P.S.: Arxivdan dasturning o‘rnatiluvchi (.EXE) va o‘rnatilgan, ya’ni Portable (.ZIP) variantini topib foydalanishingiz mumkin.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida quyidagi kompyuter dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tilini o‘zlashtirish uchun foydali dasturlar, mobil ilovalar va tavsiyalar jamlanmasi
Соло на клавиатуре dasturi
easyQuizzy dasturi
Internet Download Manager dasturi
Punto Switcher dasturi
Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida
USB Safely Remove dasturi
Savodxon dasturi haqida
Papkaga parol o‘rnatish uchun Encrypto dasturi
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#maslahat #hardware

Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli? 💻⚡️

Bugungi kunda masofadan ishlash tufayli noutbuklardan foydalanish juda ommalashgan, lekin ularni to‘g‘ri ishlatishni hamma ham bilavermaydi. “Sinergiya” Universitetining Axborot texnologiyalari instituti direktori o‘rinbosari Anton Averin bu borada ayrim maslahatlarini bergan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, yoqiq holdagi noutbukni yumshoq yuzalar – pled, yostiq, ko‘rpa kabilarning ustiga qo‘ymaslik kerak. Zero, bunda laptop ostidagi shamollatish tirqishlari qisman yoki to‘liq to‘silib qoladi. Natijada gadjet qizib ketishi va bu hol uning ichki qismlari ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, yumshoq yuzalardagi chang, tushib qolgan ip, soch va boshqa mayda narsalar ventilyatsiya kuleriga tushishi ham bor, deydi ekspert. Uning tiqilib qolishi esa noutbuk uchun (o‘zingiz, ayniqsa hamyoningiz uchun ham) ayanchli oqibatlarga olib keladi.

Shuningdek, noutbukni oshxonada qo‘yish ham yaramaydi, deya ogohlantiradi Averin. Zero, unga suv, yog‘ yoki boshqa suyuqlik sachrab, devaysingizni qisman yoxud to‘liq ishdan chiqarishi ehtimoli yuqori.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
Telefon quvvatining tez tugashi sabablari
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2🤩2
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

Qaniydi chindan ham shunday bo‘lsa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #mulohaza_uchun

📱Smartfon uchun begona ko‘zlarga qarshi qiziqarli "upgrade".

P.S.: Chetdan kuzatgan odamga lekin juda g‘alati tuyulsa kerak-a? Ko‘zoynakning ikkinchi nusxasini o‘zingiz bilan olib yuraverasiz. 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#smartfon #android #security

Text Converter (Codec) mobil ilovasi 🔤

1️⃣. Matnni kodlash imkoniyati (Matnni kodlash uchun input maydoniga oddiy matn, dekodlash uchun output maydoniga kodlangan matn kiritiladi):
- Teskari ko‘rinishdagi matn
“Upside down text”
(hello -> oןןǝɥ)
- - - - -
- Matn -> ascii kodi
“Text to ascii”
(ab -> 97 98)
- - - - -
- Matn -> Ikkilik sanoq tizimi kodi
“Text to binary”
(abc -> 01100001 01100010)
- - - - -
- Matn -> O‘n oltilik sanoq tizimi kodi
“Text to hex”
(ab -> 61 62)
- - - - -
- Matn -> Sakkizlik sanoq tizimi kodi
“Text to octal”
(ab -> 141 142)
- - - - -
- Matnni orqasidan oldiga qarab joylashtirish
“Reverser text”
(abc def -> fed cba)
- - - - -
- Kichik harfni kattasiga o‘zgartirish
“Upper text”
(abc -> ABC)
- - - - -
- Katta harflarni kichigiga o’zgartirish
“Lower text”
(AbC -> abc)
- - - - -
- Matnni satr usti ko‘rinishida yozish
“Super script”
(ˢᵘᵖᵉʳˢᶜʳⁱᵖᵗ)
- - - - -
- Matnni satr osti ko‘rinishida yozish
“Sub script”
(ₕₑₗₗₒ)
- - - - -
- Morze alifbosiga o‘girish
“Morse code”
(Hello -> .... . .-.. .-.. ---)
- - - - -
- Base64 kodi
“Base64”
(Hello -> aGVsbG8=)
- va boshqalar…

2️⃣. Quvnoq matn hosil qilish (40 xil uslub):
- h€ℓℓ๏ €˅€я¥๏ɲ€
- ȟ£ȽȽ¤ £√£ȑÿ¤ñ£
- ĤẸĹĹỖ ẸϋẸŘЎỖŇẸ
- нєℓℓσ єνєяуσиє
- ȞËĻĻÖ ËVËŖŸÖŅË
- ⓗⓔⓛⓛⓞ ⓔⓥⓔⓡⓨⓞⓝⓔ
- ⓗⓔⓛⓛⓞ ⓔⓥⓔⓡⓨⓞⓝⓔ
- héĺĺő évéŕӳőńé
- va boshqalar...

3️⃣. Bezakli matn yaratish imkoniyati (40 xil uslub):
- •?((¯°·._.• [ hello ] •._.·°¯))؟•
- ıllıllı [ hello ] ıllıllı
- ¸,ø¤º°
°º¤ø,¸¸,ø¤º° hello °º¤ø,¸¸,ø¤º°°º¤ø,¸
- •´¯
•. hello .•´¯
- ׺°”˜
”°º× hello ׺°”˜”°º×
- •]••´º´•» [ hello ] «•´º´••[•
- ]|I{•------» [ hello ] «------•}I|[
- va boshqalar...

4️⃣. Maxsus matnlar yaratish (100 dan ortiq uslub):
- h‌e‌l‌l‌o‌ e‌v‌e‌r‌y‌o‌n‌e‌
- h‌e‌l‌l‌o‌ e‌v‌e‌r‌y‌o‌n‌e‌
- h‌e‌l‌l‌o‌ e‌v‌e‌r‌y‌o‌n‌e‌
- h‌e‌l‌l‌o‌ e‌v‌e‌r‌y‌o‌n‌e‌
- h e l l o e v e r y o n e
- [‌h‌][‌e‌][‌l‌][‌l‌][‌o‌] [‌e‌][‌v‌][‌e‌][‌r‌][‌y‌][‌o‌][‌n‌][‌e‌]
- ḧḕḶḶṏ ḕṼḕṙẏṏṆḕ
- h‌e‌l‌l‌o‌ e‌v‌e‌r‌y‌o‌n‌e‌
- h‌e‌l‌l‌o‌ e‌v‌e‌r‌y‌o‌n‌e‌
- h‌e‌l‌l‌o‌ e‌v‌e‌r‌y‌o‌n‌e‌
- h‌e‌l‌l‌o‌ e‌v‌e‌r‌y‌o‌n‌e‌
- h‌e‌l‌l‌o‌ e‌v‌e‌r‌y‌o‌n‌e‌
- va boshqalar...

5️⃣. QR-kod yaratish imkoniyati.
Ilovaga kameradan foydalanish uchun ruxsat berish lozim.

6️⃣. Sanoq tizimlari o‘rtasida sonlarni o‘zgartirish “Base converter” imkoniyati.
Bunda to‘rt xil sanoq tizimi qatnashadi: ikkilik, sakkizlik, o‘nlik va o‘n oltilik.

🌐 Loyihaning ochiq kodi GitHub'da: https://github.com/tranleduy2000/text_converter

📎 Text Converter Pro v4.0.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

🤖 Telegram botga egalik qilish huquqini uzatishga ruxsat berdi

Bundan avvalgi postimizda xabar berganimizdek, Bot API'ning so‘nggi yangilanishida dasturchilarda botlarni boshqa akkauntga uzatish imkoniyati yuzaga keldi.

Uzatish jarayoni @BotFather orqali amalga oshiriladi, bunda ba’zi shartlarga amal qilish lozim sanaladi:

Ikki faktorli avtorizatsiya uzatishdan kamida 7 kun oldin faollashtirilgan bo‘lmog‘i lozim.
— Uzatish vaqtida, qurilmada joriy akkauntdan foydalanish sessiyasi 24 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Telegram'dagi eng yaxshi botlar
Kanal mavzusini tanlash
Telegram-kanalni qanday yuritgan ma’qul?
Nega ba’zilar taslim bo‘lishadi yoki qanday qilib kanal yuritishni tashlab qo‘ymaslik?
Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?
@crosser_bot'ning qo‘shimcha imkoniyati
Telegram'da daromad qilishning asosiy yo‘llari
Telegram'da pul topishni istaysizmi?
Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?
Telegraph'dagi maqolalar matni bo‘ylab tezkor o‘tish
Telegram'da Izohlar va Muhokamalar
Telegram'da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
Telegram 7.1.0 – Anonim guruh administratorlari va kanallardagi izohlar
Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Murojaatlar bilan ishlash uchun maxsus botdan foydalanish (Livegram Bot)
Kichik sonli obunachilarga ega kanallar uchun statistika
Kanal obunachisining kanalga a’zo bo‘lgan vaqtini ko’rish
Rasm ostida matn ko‘rinishida yuborilgan xabardagi rasmni tahrirlash
Xabar/postlardagi matnni shaxsiy yozishmalar, guruh va kanallarda tahrirlash
Telegram'da yoki Telegram-da?
Telegram'dagi limitlar haqida ma’lumot
O‘zbekistondagi Telegram kanallar soxta foydalanuvchilardan “tozalanmoqda”
Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro’yxati
Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari.
Telegram Desktop'da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari

• Telegram haqidagi ro‘yxatli postimizning 2-qismi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#operatsion_tizim #maslahat

Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida 🗑

Faraz qilaylik siz yaqinda Windows operatsion tizimini qayta o‘rnatdingiz. Tabiiyki, operatsion tizim ishga tushganidan so‘ng, kompyuterning ichki qurilmalari uchun drayverlar va ish jarayonida kerak bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar va tizim uchun yordamchi dasturlar qo‘shimcha tarzda o‘rnatiladi.

Ba’zi bir drayverlar hamda dasturiy ta’minotlar o‘rnatiluvchi .EXE faylining ichida hajmi kichraytirilgan holda keladi va o‘ziga kerak bo‘ladigan fayl va papkalarni Temp papkalariga ajratib oladi. Shu bilan birga, ba’zi dasturiy ta’minotlar o‘rnatib bo‘linganidan so‘ng, ushbu vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘chirib tashlaydi, ba’zilari esa yo‘q. Vaqt o‘tib asta-sekin C diskining hajmi noma’lum sabablarga ko‘ra to‘lib qolganiga hayron ham qolamiz.

👉🏻 Batafsil…

📌 C diskining asta-sekin to‘lib borishining asosiy sababchilardan biri hisoblangan: C diskidagi Users papkasidagi joriy foydalanuvchiga tegishli Рабочий стол, Мои документы, Загрузки, Изображения, Мои видеозаписи va Моя музыка kabi papkalarni D diskiga mohirona o‘tkazish haqidagi ushbu maqolamizni ham albatta o‘qib ko‘ring!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #surovnoma

🎯 Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobida keltirilgan ushbu mavzular bilan tanishing:

ICHIMIZDA NIMA BOR?
QACHON MUVAFFAQIYATGA ERISHAMIZ?
I BOB. MUVAFFAQIYAT VA BAXTIYORLIK TARKIBI
MUVAFFAQIYAT QOZONISH NIMANI ANGLATADI?
ULKAN MUVAFFAQIYAT – KATTA MUVAFFAQIYATSIZLIK MEVASI (1-qism)
ULKAN MUVAFFAQIYAT – KATTA MUVAFFAQIYATSIZLIK MEVASI (2-qism)
ULAR QANDAY G‘OLIB BO‘LDILAR (1-qism)
ULAR QANDAY G‘OLIB BO‘LDILAR (2-qism)
TAQDIRIMIZGA TA’SIR QILUVCHI BESH TAVSIYA
TO‘G‘RI QAROR – MUVAFFAQIYATNING YARMI (1-qism)
TO‘G‘RI QAROR – MUVAFFAQIYATNING YARMI (2-qism)
FE’L ATVOR – TAQDIR
IBRATLI HIKOYA: Inson fe’l-atvorining muvozanati
MUVAFFAQIYATSIZLIK – TAJRIBA UCHUN IMKONIYAT (1-qism)
MUVAFFAQIYATSIZLIK – TAJRIBA UCHUN IMKONIYAT (2-qism)
IJOBIYLIK – MUVAFFAQIYATNING YAGONA SIRI
G‘OLIBLARGA XOS MUHIM ODATLAR (1-qism)
G‘OLIBLARGA XOS MUHIM ODATLAR (2-qism)
BAXTIYORLIK VA MUVAFFAQIYAT SIRI
BAXTNI HIS QILISH AMALLARI (1-qism)
BAXTNI HIS QILISH AMALLARI (2-qism)
QANDAY QILIB BAXTLI YASHASH MUMKIN?
UMRGA MUNOSIB BO‘LISHGA INTILAMIZ!
XULOSA
IBRATLI HIKOYA: Yaxshilik zanjiri
DONO FIKRLAR: Doktor Abdul Qalam fikrlari
II BOB. MAQSAD VA G‘ALABA ORALIG‘I
SOHIBQIRONNING CHUMOLIDAN OLGAN SABOG‘I
VAQTNI MUNOSIB TAQSIMLASH – MARRANING YARMI (1-qism)
VAQTNI MUNOSIB TAQSIMLASH – MARRANING YARMI (2-qism)
VAQTNI MUNOSIB TAQSIMLASH – MARRANING YARMI (3-qism)
O‘ZIGA ISHONCH – MO‘JIZAKOR KUCH! (1-qism)
O‘ZIGA ISHONCH – MO‘JIZAKOR KUCH! (2-qism)

📌 P.S.: Ushbu kitobda keltirilgan mavzular va ularning tarkibidagi matnlarni kanalga ulashishda davom etishimizga nima deysiz? Muallifning misralarini mutolaa qilib, mulohaza yuritgan holda ushbu so‘rovnomamizda faolroq ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #mulohaza_uchun

Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik — XXI asr epidemiyasi 📴

Bugun insoniyat ijtimoiy tarmoqlarsiz salkam yasholmaydigan darajaga yetdi. Jamiyatda faol odam bu virtual olamda kamida uchta tarmoqni kuzatadi: Telegram, Feysbuk, Instagram. Yana tibbiyotchilar, dasturchilar, veb-masterlar, huquqshunoslar, maorif xodimlari uchun alohida tor doiradagi ijtimoiy tarmoqlar ham mavjud.

🔹Ularga zarurat bormi?
🔸Nimasi bilan bunchalik o‘ziga jalb qiladi?
🔹Qaramlik qanday yuz beradi?
🔸Ijtimoiy tarmoqlarda kim “o‘tiradi” o‘zi?
🔹Qaramlikdan qanday qutulish mumkin?

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Zudlik bilan onlayndan chiqish uchun 13 sabab
Ijtimoiy tarmoqda siz yo‘l qo‘yadigan 5 xato
Insonlarning Internet tarmogʻidagi faolligi aql bovar qilmaydigan tezlikda ortib bormoqda
Internet odoblari
Kundalik tutish yaxshi odatmi?
Yangi start
Talabalar uchun tavsiyalar
Rossiyaning shaharlaridan birida o‘quvchilarni qiz va o‘g‘il bolalarga ajratib o‘qitish kutilmagan natija berdi
“Kontakt qo‘shing va yutuqlardan biriga ega bo‘ling” internet o‘g‘irligi fosh etildi
Messenjerlarda firibgarlik sxemalari orqali odamlarni aldash holatlari kuzatilmoqda
Facebook rahbari bir necha yildan beri faqat shu kompaniya smartfonlarini ishlatadi (video)
Facebook ijtimoiy tarmog‘i haqida 11 fakt
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
Dunyoga mashhur tizimlarning yaralishida qo‘llanilgan dasturlash tillari
“Yirik “operativka”li smartfon — marketing aldovidir!”
Android’da fondagi ilovalarni yopish kerak. Shu rostmi yoki yo‘q?
Android smartfonida qancha vaqt sarflayotganingizni bilish usuli
«Facebook» va «VKontakte»dagi do‘stlaringizni boshqalardan yashirib qo‘yish usulini bilasizmi?
GOOGLE knows everything (ingliz tilida)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#mulohaza_uchun #software #IT_humor

Dastur sinab o‘tirmay ommaga foydalanish uchun topshirilganida... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

CamScanner — kamera yordamida hujjatni skanerlovchi mobil ilova, PDF formatiga o‘tkazadi. Android 4.3+. Premium-versiya (Birinchi marotaba ishga tushirilganida Premium'ni xarid qilish taklifi oynasini yoping).

📎 CamScanner v6.90.0.2506120000 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#surovnoma

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Kanalimizning aziz muxlis va muxlisalari,

Telegram'da o‘ziga yarasha auditoriyasiga ega quyidagi👇🏻 kanallarga a’zomisiz, agar a’zo bo‘lsangiz unda muayyan bir kanalning qaysi jihati sizga yoqqani uchun uni kuzatib kelayotganingizni izohlarda batafsil yozib qoldiring, sizning fikringiz biz uchun muhim! (bir nechtasiga ovoz berishingiz mumkin)

✍🏻 Izohlarda kanalga o‘z fikringizcha o‘rin bergan holda yoqqan jihatini yozib qoldirsangiz bo‘ladi.

📋 Misol uchun:
1) Kanal_nomi – izoh;
2) Kanal_nomi – izoh;
3) Kanal_nomi – izoh va hokazo.
⬆️⬇️ Quyidagi kanallarga ovoz bering va izohlarda o‘z fikringizni qoldiring.
Anonymous Poll
39%
IT Planeta (@planetait)
35%
Kompyuter Akademiyasi (@kompyuter_akademiyasi)
35%
Kompyuterlar_UZ (@kompyuterlar_uz)
37%
IT specialist (@itspecuz)
#mulohaza_uchun

TAQDIRIMIZGA TA’SIR QILUVCHI BESH TAVSIYA☝🏻

Taqdirni tasodif emas, tanlovlarimiz yaratadi. Gerodotning fikricha, taqdir ko‘nglimizning aksi ekan. Quyida sizning munosib taqdiringizda muhim ahamiyat kasb etadigan besh ko‘nikma va tavsiyani eslatib o‘tmoqchiman.

1️⃣. Biz amalga oshirayotgan barcha harakatlar his-tuyg‘ularimizni o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Misol uchun, qo‘rqayotgan odam berkinadi, jim turadi, bo‘ysunadi, yon beradi, tilyog‘lamalik qiladi.

🏷 Birinchi tavsiya: qo‘rqmang! G‘olib bo‘lish uchun kurashishga o‘rganing!

2️⃣. Jismoniy holat ustidan o‘rnatilgan nazorat. Salomatlikka e’tibor, o‘zingizni kuchli deb his qilish hamda g‘ayratli bo‘lish.

🏷 Ikkinchi tavsiya: jismoniy faol bo‘ling, eng og‘ir daqiqalarda ham o‘zingizda qo‘shimcha quvvat topa oling, har dam g‘ayratli bo‘ling!

3️⃣. Munosabatlarni nazorat qila olish. Bu ko‘nikma sizga kerakli eshiklarni ochib berishi yoki ochiq eshiklarni yopib qo‘yishi mumkin bo‘lgan eng muhim omil ekanini yodda saqlang.

🏷 Uchinchi tavsiya: samimiy bo‘ling!

4️⃣. Pulga egalik qilish ko‘nikmasi. Muvaffaqiyat bevosita moddiy holatning yaxshilanishi bilan bog‘lanadi. Sizni kambag‘allikka giriftor qilgan omillarni aniqlang. Shu bilan birga, boylikdan to‘g‘ri foydalanishga daxldor his-tuyg‘ularni ham o‘zingizda shakllantirib boring.

🏷 To‘rtinchi tavsiya: sizni topgan pulingiz emas, uni qanday sarf qilish odati boy qiladi.

5️⃣. Vaqtni qadrlash. Bu ko‘nikma faqatgina vaqtni to‘g‘ri taqsimlash degani emas. Vaqtni qadrlash g‘oyalarni amalga oshirish, yaratuvchanlikni olg‘a surish, salohiyatingizni namoyish qilishda namoyon bo‘ladi.

🏷 Beshinchi tavsiya: siz vaqtingizning keyingi besh yilligi, o‘n yilligi hayotingizdagi, jamiyatdagi nimani o‘zgartirishi mumkinligini hisobga oling.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija