IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Sizning ham loyihangizda shunday hazilkashlar bormi? 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

“Maxsus” almashinish buferi 🗂

CTRL + C ёки “Копировать” amallari orqali matn fragmentlarini dasturning vaqtinchalik xotirasiga saqlab boruvchi oddiy almashinish buferidan tashqari, Word'da ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan — tarkibi istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan “Копилка” (“To‘plagich”) funksiyasi mavjud.

Unga matn yoki istalgan boshqa obyektni joylashtirish/o‘zgartirish uchun — kerakli fragmentni belgilang va CTRL + F3 klavishlari birikmasini bosing (matn fragmenti xuddi Вырезать qilgandagi kabi g‘oyib bo‘ladi).

“To‘plagich”ning tarkibini ko‘rish uchun menyu satridagi Вставка varaqa (вкладка)si → Текст bo‘limidagi Посмотреть экспресс-блокиАвтотекстКопилка ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Tezroq ishlash uchun “Автозамена”dan foydalaning!
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami;
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar;
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📞 Viber - bugungi kunda aloqa uchun qo‘llaniluvchi asosiy va eng mashhur ilovalardan biri. Yaqin insonlar bilan muloqot qilish, qo‘ng'iroqlarni amalga oshirish va boshqa ko‘plab imkoniyatlar. Taqdim etilayotgan ilovada stikerlar blokdan chiqarilgan. O‘rnatish oldidan o‘zingizdagi mavjud ilovani o‘chirish talab etiladi.

📎 Viber Mod v15.3.02 mobil ilovasini yuklab olish.

⚠️ Ilovaning noqulay jihati: O‘zbekistonda boshqa (davlatlardagi) foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan media-fayllar ochilishi uchun VPN'dan foydalanishga to‘g‘ri keladi (bu aynan ushbu tavsiya etilayotgan ilova bilan bog‘liq emas, Play Market'dagi rasmiy yuklab olinadigan ilovada ham shunday).

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news

Markaziy bank O‘zbekistonda qachon PayPal ochilishini ma’lum qildi 💸

“PayPal” xalqaro to‘lov tizimi tashkiliy-huquqiy shakli jihatidan ochiq aksiyadorlik jamiyati (public company) hisoblanadi va aksiyalari NASDAQ birjasida savdo qilinadi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Kompyuterga o‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatini tezkor hosil qilish 📋

O‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatini ko‘rish qiyinchilik tug‘dirmaydi (Win + R → appwiz.cpl → Enter). Biroq barcha dasturlarning nomlari ro‘yxatini yozib qo‘yish zarurati paydo bo‘lganida nima qilish mumkin, bularni barchasini qo‘lda amalga oshirib o‘tirish ko‘p vaqt talab etadi. Buning uchun konsol buyruqlari yordamiga tayanamiz.

Командная строка (Buyruq satri) uchun quyidagi harakatlarni bajaring:

wmicWindows Management Instrumentation vositasini ishga tushirish.

/output:D:\prog.txt product get name, version – o‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatini versiyalari bilan birgalikda D diskidagi prog.txt fayliga saqlash: D:\prog.txt.

💾 Shuningdek dasturlar ro‘yxatini CCleaner dasturidan foydalangan holda saqlash mumkin. Сервис menyusiga o‘ting. Удаление программ varaqa (вкладка)sida Сохранить отчет knopkasini bosing.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#freelance #maslahat

Hurmatli kanalimiz a’zolari! 🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️

Teamwork.uz – frilans platformasining frilanserlar (mutaxassislar) uchun yaratilgan Telegram-botini sizlarga taqdim etishdan juda ham xursandmiz. 😊

👤 O‘z shaxsingiz va ma’lumotlaringiz orqali oson ro‘yxatdan o‘ting va buyurtmalarga tezroq ega bo‘ling.

Sizning mutaxassisligingiz, tajribangiz va boshqa kerakli ma’lumotlarni bilish orqali, biz siz bilan uzluksiz bog‘lanishimiz, buyurtmalar bo‘yicha kelishishimiz va tez orada uni sizga topshirishimiz mumkin bo‘ladi.

Iltimos to‘liq va aniq ma’lumotlarni kiriting!
@teamworkuz_bot 👈👈

Savolingiz bo‘lsa: @teamwork_support👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

📌 Endi bir nechta xabarlarni Qadash (Закрепить, Pin) funksiyasi Telegram'ning beta-talqinida barcha foydalanuvchilarda ishlamoqda!

Eslatib o‘tamiz, “to‘plam”ni ustiga bosgan paytimizda “qadalgan” xabarlarning to‘liq ro‘yxati ochiladi. Ularning har biri ro‘yxatda tartib bilan keladi va oson o‘chiriladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, endi “qadalgan” xabarlar nafaqat guruhlar, balki shaxsiy yozishmalarda ham mavjud.

📎 Ilovaning Android uchun beta-talqinini yuklab olib, sinab ko‘rish uchun havola.

📲 iOS uchun Telegram 7.2 talqinidagi o‘zgarishlar haqida o‘qib ko‘rish uchun havola (matn rus tilida).

📝 Manba: @d_code

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

✍🏻 Kundalik tutish yaxshi odatmi? 🤔

Aytishlaricha: "Qush inida ko‘rganini qiladi". Shunga o‘xshab Hikmat Abdurahmanov (HM Partners asoschisi: O’zbek-Xitoy savdo uyi, GroundZero, CLGleasing, TEAM University) ham yoshligidan kundalik yuritib keladi.

Kundalik tutish qanchalik samarali? ⚖️

1️⃣. Kundalik yordamida siz ishlaringiz va vazifalaringizni rejalashtirgan holda, qo‘yilgan maqsadlaringizga erishishga harakat qilasiz. Vaholanki, kun mobaynida qilishingiz kerak bo‘lgan ishlar haqida havotirlanmaysiz.

2️⃣. Kun davomida sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yozgach, ma’lum bir vaqtdan keyin ularga qaytib, ularni tahlil qila olasiz.

3️⃣. Ba’zi insonlar hatto 1 haftadan boshlab, to yillargacha o‘z rejalarini yozgan holda, ilhom oladilar va o‘z maqsadlari tomon harakatlanadilar.

🎞 Kuningiz samarali o‘tishini tilagan holda, qo‘shimcha ravishda ushbu videoni tomosha qilishni tavsiya etamiz.

📝 Manba: @Hikmat_kundaligi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #security #internet #mulohaza_uchun

“Kontakt qo‘shing va yutuqlardan biriga ega bo‘ling” internet o‘g‘irligi fosh etildi 🕵🏻‍♂️

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yil 13-oktyabr kuni G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga “Buktaroy” mahallasi Bobog‘ozi qishlog‘ida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan Navoiy Davlat Pedagogika instituti 2-bosqich talabasi G.S. ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra noma’lum shaxs 2020-yil 11-oktyabr kuni soat 19:30 larda uning “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasini “HAMKOR BANK” nomli guruhga qo‘shib, ushbu guruhda “Kontakt qo‘shing va yutuqlardan biriga ega bo‘ling” aksiyasida ishtirok etishni, uyali aloqa telefonidagi kontaktlarni mazkur guruhga qo‘shib, yutuqlardan biriga ega bo‘lishi mumkinligini, yutuqlar va vaqt chegaralanganligini bildirgan.

Shundan so‘ng jabrlanuvchi G.S. telefon kontaktlarini mazkur guruhga qo‘shganidan so‘ng va’da qilingan yutuqlardan biriga ega bo‘lish uchun guruh administratorining shaxsiy sahifasiga o‘zining plastik kartasini rasmga tushirib tashlab bergan.

Natijada noma’lum shaxs tomonidan G.S. plastik kartasi hisobida bo‘lgan 2.793.900 so‘m pulini yechib olib, unga moddiy zarar yetkazgan holda ijtimoiy tarmoq orqali o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Chashma ko‘chasida istiqomat qiluvchi 2002-yilda tug‘ilgan Sh.N. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Hozirgi kunda Sh.N.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinayotgan yutuqli o‘yinlar, turli xildagi aksiyalar, elektron savdolar va shunga o‘xshash bir qator firibgarlik va o‘g‘rilik holatlariga duchor bo‘lmasliklari uchun o‘zlarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan plastik kartalari raqamlarini oshkor qilmasliklari, birovga rasmga tushirib bermasliklari yoki og‘zaki tarzda ma’lum qilmasliklari so‘raladi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi belgi yordamida bir nechta yacheykalardagi ma’lumotlarni bitta yacheykaga birlashtirish mumkin?
Anonymous Quiz
37%
+
29%
&
11%
$
22%
#
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #bilasizmi

Endi Telegram'dagi emodzilar nafaqat animatsiyali, balki ovozli hamdir! 🎼

Ovozli effektlar ⚰️ va 🎃 emodzilari uchun qo‘shilgan.

Hozircha bu faqat ilovaning beta-versiyalarida ishlamoqda (bunda emodzining animatsiya va ovozli ko‘rinishda chiqishi uchun, ikki emodzidan birini ortiqcha belgilarsiz chatga yuborish talab etiladi).

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor

Yomon sifatli kodga biror satr qo‘shib, “Run” tugmasini bosgan paytingda… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #bilasizmi

Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin? 🤔

Aytaylik, shunday vaziyatga tushdingizki, trafikingiz hajmi cheklangan va internetdagi sahifalar bo‘ylab o‘tish balansingizga ta’sir qilishi tayin. Yarim soat davomida saytlardagi matn va media tasvirlardan iborat bo‘lgan sahifalar bo‘ylab o‘tishning o‘zi – taxminan 200 Mb trafik sarfiga olib keladi.

Ushbu xarajatni kamaytirish uchun, sahifalardagi, xajmi X Kb'dan ortiq bo‘lgan rasmlarning yuklanishini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Bunda X qiymatini o‘zingiz ko‘rsatib o‘tasiz.

1️⃣. uBlock Origin kengaytmasini o‘rtating:
Google Chrome | Mozilla Firefox.
2️⃣. Plagin sozlamalariga o‘ting.
3️⃣. “Блокировать медиа-элементы больше” qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.
4️⃣. Yuklab olinishi mumkin bo‘lgan rasmlarning xajmi uchun chegaraviy qiymatni ko‘rsating. Shuni inobatga olish lozimki, saytning birgina sahifasida o‘nlab rasmlar joylashgan bo‘lishi mumkin.
5️⃣. Rasmlarning yuklanishini to‘liq o‘chirish uchun 0 qiymatini o‘rnatib qo‘yishingiz ham mumkin.

Tayyor. Brauzeringiz trafik sarfini kamaytiradi. Agar barchasini o‘z o‘rniga qaytarmoqni istasangiz, xuddi o‘sha menyuga o‘tib, maxsus belgini olib tashlaysiz. Kiritilgan cheklovlar istalgan turdagi medialar: audio, video, GIF va rasmlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish;
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli;
Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши);
“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish;
OK Google imkoniyatlari;
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish;
Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash;
Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli;
Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram 7.2: Qadalgan xabarlar 2.0, takomillashtirilgan Live Locations (jonli joylashuvlar), pleylistlar va boshqalar 🆕

Android uchun Telegram 7.2 talqiniga yangilandi. 🥳

Takomillashtirilgan qadalgan xabarlar:
• Har bir chatda bir nechta xabarni qadash (pinned messages) imkoniyati.
Kanal va guruhlarga qo‘shimcha ravishda qadalgan xabarlar endi shaxsiy yozishmalarda ham ishlaydi.
• Qadalgan xabarlar orasida almashtirish uchun shunchaki yuqori panelni bir necha marta bosing yoki barchasini alohida sahifada ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, yangi tugmadan foydalaning.

Takomillashtirilgan “Live Locations” (jonli joylashuvlar):
• Suhbatdoshingiz jonli joylashuvini ulashganida, ular yaqinlashgan paytda sizni xabardor qiluvchi bildirishnomalarni sozlash imkoniyati.
• Jonli joylashuvdagi belgilar endi foydalanuvchilar qaysi tomonga qarab yurayotganini ko‘rsatadi (Bu bilan burilishni o‘tkazib yuborgan tanishingizga vaqtida yordam berishingiz mumkin).

Pleylistlar, yangi animatsiyalar va boshqalar:
• Bir nechta audio yozuv va qo‘shiqlarni pleylist sifatida yuborish imkoniyati.
• Telegram-kanallaridagi alohida postlar uchun statistikani ko‘rish imkoniyati (500 ta obunachidan kam bo‘lmagan kanallar uchun).
• Yangi animatsiyalar va Hellouin emojilari: 🌛, 🌜, 🧟‍♀️, 🧟, 🧟‍♂️, 🧛‍♀️, 🧛, 🧛‍♂️, 🕷, 🦇 va 🕸.
• Agar chatdagi administratorlar noma’lum (anonim) bo‘lsa, chat nomidan yuborilgan xabarlarni izlash.
• Foydalanuvchi profillaridagi bosish mumkin bo‘lgan havolalar.

Boshqalar:
• Ilova boshqaruvi va pleyer uchun yangi animatsiyalar.
• Media-fayllarni tezkor tarzda tahrirlash.

📃 Batafsil ma’lumotni ushbu maqoladan topishingiz mumkin.

📥 Ilovani yuklab olish: Google Play Market'dan, APK rasmiy saytidan yoki tasdiqlangan kanaldan.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi

Hozirgi kunda dunyodagi jami pullarning 92%-i aynan raqamli ko'rinishdadir. 💳

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

👩🏻‍🏫 O‘qituvchi: 2+2 nechi bo‘ladi?
😺 U: 4
👩🏻‍🏫 O‘qituvchi: Unda nega 22 deb yozding?
😺 JS dasturchi: 😳

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news

O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni qancha? 🇺🇿👤

2020-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 16 386,2 mingni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 23,0 % ga yoki 3 064,5 mingga oʻsgan. Shundan, aholi orasida 15 750,8 ming abonent mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 22,3 % ga yoki 2 867,5 mingga yuqori boʻldi.

Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, Internet tarmogʻiga ulangan eng koʻp abonentlar soni Toshkent shahrida 3 550,6 ming abonent va eng kam abonentlar esa Sirdaryo viloyatida 441,4 ming abonent qayd etilmoqda.

📝 Manba: Stat.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #operatsion_tizim #internet

Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz 📱📶🖥

Smartfon orqali internetni boshqa qurilmalarga – kompyuter, noutbuk, netbuk yoki planshetlarga uzatish ehtiyoji keyingi paytlarda zaruratga aylanib borayotir. Ayniqsa, tegishli hududda uyali aloqa operatorining 3G, 4G (LTE) tarmog‘i qamrovi mavjud bo‘lsa-yu, ammo simli internet hali yetib kelmagan bo‘lsa. Masalan, dala hovliga chiqib olib, toza havoda oyoq uzatib o‘tirgancha noutbukingiz yordamida ayrim ishlaringizni qilib kelmoqchisiz. Shunda birdan internetga ulanish kerak bo‘lib qolsa…

Bu kabi hollarda smartfoningizdan modem sifatida foydalanib, noutbukdan internetga ulanishingiz mumkin. Faqat buning uchun tarifingizda internet nisbatan arzon bo‘lishi yoki internet-to‘plam xarid qilgan bo‘lishingiz lozim, aks holda telefoningiz hisobidan anchagina mablag‘ ketib qolishi aniq.

Xullas, Windows tizimidagi kompyuter yoki noutbukka smartfondan internet uzatishning uchta usuli bor: USB-kabel yordamida, Bluetooth yoki Wi-Fi tarmog‘i orqali. Bular orasidan Bluetooth-ulanish nisbatan eskirganligi, ko‘pchilik kompyuter/noutbuklarda mazkur interfeys yo‘qligi hamda tezligi ancha pastligi sababli, quyida qolgan ikki usulni ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 Batafsil...

📌 P.S.: Siz smartfoningizdagi internetni kompyuteringizga asosan qanday usulda uzatasiz, simli usuldami - 🖥 yoki simsiz - 💻?

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram Desktop barqaror 2.4.5 talqiniga yangilandi 🆕
⁠⁠⁠⁠⁠
📋 Kiritilgan yangiliklar:
— Yaxshilangan “pin”larni qo‘llab-quvvatlash;
— Fayllar uchun albomlarni qo‘llab-quvvatlash;
— Hellouin uchun animatsiyali emodzilar: 🌛, 🌜, 🧟‍♀️‍, 🧟, 🧟‍♂️‍, 🧛‍♀️‍, 🧛, 🧛‍♂️‍, 🕷, 🦇 va 🕸;
— Animatsiyali o‘yin slotlari 🎰.
— Kontaktlarni ochish uchun yangi klavishlar birikmasi (shortcut) CTRL + J.
— Barcha chatlarda tredlarni qo‘llab-quvvatlash (kanalga bog‘lanishsiz).
— Fayllarga biriktirilgan stikerlarni ko‘rish imkoniyati.
— Mediani yuborishdan avval siqish va guruhlashni sozlash (post ostidagi rasmni ko‘ring👇🏻).
— JPEG-tasvirlarni yangi kodlovchisi MozJPEG.
— Endi rasmlar (10 dan ortiq bo‘lgan taqdirda) avvalgidek dona-dona bo‘lib emas, balki albom tarzida yuboriladi.
— Kichik tuzatishlar va yaxshilanishlar.

📃 Batafsil ma’lumotni ushbu maqoladan topishingiz mumkin.

❗️ Ushbu yangilanish mobil Android va iOS operatsion tizimidagi smartfonlar uchun ham mavjud.

📥 Ilovani yuklab olish: Rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat #bilasizmi

Microsoft Windows operatsion tizimini kompyuterimizga o‘rnatish uchun UltraISO dasturi yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻

Juda ko‘p foydalanuvchular Windows yoki boshqa distributivdagi operatsion tizim bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishda UltraISO dasturi xizmatiga tayanishadi – bu esa o‘z navbatida oddiy va tezkor usul bo‘lib, odatda yaratilgan yuklanuvchi fleshka ko‘plab kompyuter va noutbuklarda ishlaydi. Ushbu ko‘rsatmamizda biz turli variantlarda qadamma‑qadam UltraISO’da yuklanuvchi fleshkani yaratish jarayonini ko‘rib chiqamiz.

ℹ️ UltraISO yordamida siz har qanday operatsion tizimning (Windows 7, 8-8.1, 10, Linux) obrazidan, shuningdek turli LiveCD’lari bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishingiz mumkin.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 7'ni o‘rnatish bo‘yicha videodarslar
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #bilasizmi

Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi ⌨️

Klaviaturadagi SHIFT klavishi ko‘p vazifalarni bajaradi. Eng ko‘p ishlatiladigan va siz biladigan vazifalari quyidagilar:
– Harflarni katta-kichik ko‘rinishda yozish (SHIFT klavishini bosgan holda harf teriladi);
– Fayl va papkalarni butunlay o‘chirish
(SHIFT + DELETE);
– Yozish tillarini o‘zgartirish
(odatda ALT + SHIFT yoki CTRL + SHIFT) va hokazo.

Bu imkoniyatlardan tashqari, SHIFT klavishini fayl, papka va ish stolida (sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali chaqiriluvchi) kontekstli menyu bilan birga ishlatish mumkin:

1️⃣. SHIFT klavishini bosib, ushlab turgan holda, biror fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz va hosil bo‘lgan menyuga qo‘shimcha “Копировать как путь” bandi qo‘shilganiga guvoh bo‘lamiz, ushbu band bizga faylning kompyuterda joylashgan manzili nusxasini olib beradi.

2️⃣. Biror papka ustiga SHIFT klavishini bosib, ushlab turgan holda holda, sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz, shunda hosil bo‘lgan kontekstli menyuda qo‘shimcha “Открыть в новом процессе”, “Копировать как путь”, “Открыть окно PowerShell здесь”, kabi qo‘shimcha bandlar paydo bo‘ladi.

3️⃣. Biror dastur yorlig‘i (ярлык, shortcut) ustiga SHIFT klavishini bosib, ushlab turgan holda, sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosilsa, qo‘shimcha “Запуск от имени другого пользователя”, “Копировать как путь” kabi qo‘shimcha bandlar paydo bo‘ladi.

👉🏻 Eng asosiysi, biror fayl, papka yoki yorliq ustiga, SHIFT klavishini bosib, ushlab turgan holda, sichqonchaning o'ng tugmasi bilan bosib, ochilgan kontekstli menyuda “Отправить” menyusiga tushilsa, tanlangan obyektning nusxasini ancha-muncha joyga jo‘natish mumkin bo‘ladi

📍Yuqoridagi holatlarning barchasida SHIFT klavishi bosib, ushlab turiladi va sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilganidan so‘ng SHIFT klavishi qo‘yib yuboriladi.

☝🏻Ushbu imkoniyat Windows 10 operatsion tizimida sinab ko‘rildi, operatsion tizimning boshqa versiyalarida ishlamasligi mumkin.

📝 Manba: @planetait

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) funksiyasi bo’yicha
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (1)
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (2)
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Windows 7'ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4