IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Agar nimadir ishlamay qolsa — “dasturchi”ga yuzlaning… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?

Ushbu postimiz uchun misol tariqasida kanalimizdagi aksariyat postlarimiz ostida keltiriluvchi, qo‘shimcha sifatida o‘qib ko‘rish mumkin bo‘lgan mavzular uchun havolalarni qanday biriktirishimizni keltirmoqchimiz. Buni dastlab smartfonda, keyin esa kompyuterda qanday amalga oshirilishini ko‘rib o‘tamiz.

📱 “Telegram Messenger”da:

Birinchi navbatda Telegram'dagi qidiruv imkoniyatlari yoki postlarning yuqorisida 👆🏻 joylashtirib kelinayotgan heshteglar #️⃣ yordamida bizga kerakli bo‘lgan mavzudagi postni izlab topamiz.

Postdagi oddiy matn keltirilgan (havola emas) yoki bo‘sh soha ustiga bir marta bosamiz va yuzaga keluvchi menyudan Копировать ссылку bandini tanlab, postning havolasini nusxalaymiz.

🔰 Misol uchun ushbu postimiz bo‘laqolsin: https://t.me/itspecuz/4106. Nusxalab olingan havola matnini biror matn muharririga vaqtinchalik joylashtirib turamiz.

Postning mavzusini nusxalaymiz va tayyorlanayotgan yangi postimizning ostiga joylashtiramiz: “• Telegram’da bir telefon raqamidagi ma’lumotlarni boshqasiga o‘tkazish”, so‘ngra ushbu mavzuning jumlasini belgilab, yuzaga keluvchi menyuda Копировать, Вырезать, Вставить bandlari yonidagi vertikal tarzda joylashgan uch nuqtali tugmaning ustiga bosamiz va ochilgan qo‘shimcha menyuning pastrog‘iga o‘tib, Добавить ссылку bandini tanlaymiz.

⚠️ Xiaomi smartfonlarida havola biriktirilishi lozim bo‘lgan matn belgilanganidan so‘ng yuzaga keluvchi menyuning o‘ng tomonida vertikal tarzda joylashgan uch nuqtali tugma bo‘lmaydi, matn belgilangan paytida ilova oynasining yuqori o‘ng burchagida joylashgan uch nuqtali tugmani bosib, Добавить ссылку bandi va matnni formatlash uchun mo‘ljallangan boshqa elementlarni ko‘rishingiz mumkin.

“Добавить ссылку” nomli kichik panel yuzaga keladi, URL bandi ostida havolani kiritish uchun soha bo‘ladi, yuqorida eslatib o‘tilgan havolamizni matn muharriridan qayta nusxalab olib, havola kiritish sohasiga joylashtiramiz va “OK” tugmasini bosish orqali harakatimizni tasdiqlaymiz.

📍Natijamiz quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Telegram’da bir telefon raqamidagi ma’lumotlarni boshqasiga o‘tkazish. Tayyor!

🖥 “Telegram Desktop”da:

Kerakli postni izlab topib, ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali yuzaga keluvchi kontekstli menyudan Копировать ссылку на сообщение bandini tanlab, postning havolasini nusxalaymiz va matn muharririga vaqtinchalik joylashtiramiz.

Postning mavzusini nusxalaymiz va tayyorlanayotgan yangi postimizning ostiga joylashtiramiz, mavzuning jumlasini belgilaymiz va CTRL+K klavishlari birikmasini bosish yoki postning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali yuzaga keluvchi kontekstli menyudan Форматирование -> Добавить ссылку bandini tanlab, “Добавить ссылку” oynachasiga o‘tamiz.

Ushbu oynachada URL bandi ostidagi matn kiritish maydoniga matn muharriridagi havolamizni qayta olib joylashtiramiz va Добавить tugmasini bosish orqali harakatimizni tasdiqlaymiz. Natija qanday ko‘rinishda bo‘lishini yuqoriroqda keltirgandik 👆🏻. Tayyor!

Shuningdek xabarlaringizdagi matnlarning formatini o‘zgartirish mumkinligini ham unutmang. 😉

📌 P.S.: Ushbu post bilan tanishib chiqqunga qadar matnga qanday qilib havolalar biriktirishni bilarmidingiz?

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari.
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#ict_news #rasm_bilan_ishlash

Yangi grafik muharriri taqdim etildi: aytishlaricha, raqobatchilari uning oldida “tosh davri” qurollariga aylanib qoladi 🆕🏞

“Skylum” kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan, fotosuratlarga ishlov beruvchi “LuminarAI” grafik muharririni taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchilar bayonotiga ko‘ra, buni ishlatgandan keyin boshqa texnologiyalar “tosh davri” qurollariga o‘xshab qoladi.

Grafik muharririga tatbiq etilgan sun’iy intellekt fotosuratga eng murakkab elementlarni (yulduzli osmon, ko‘p vektorli nurlar, suv yuzasidagi aks kabi) uyg‘unlashtirgan holda qo‘shish imkonini beradi, deyiladi dasturning rasmiy saytida. Neyrotarmoq ustida turli yo‘nalishdagi mutaxassislar: rassomlar, suratkashlar, koloristlar va olimlar ish olib borishgan.

Mavjud ma’lumotga ko‘ra, “LuminarAI” ishni yuklangan suratni tahlillashdan boshlaydi, so‘ngra chuqur sahnali uch o‘lchamli xaritani shakllantiradi. Sun’iy intellekt eng muhim tarkibiy birikmalarni hisoblab, boshlang‘ich surat negizida avvaldan mavjud shablonga muvofiq yakuniy suratni taqdim etadi yoki (yanada qiziq jihati) mavjud o‘lchamlar asosida suratni qayta chizib chiqadi.

Dastur pulli — 79 $. Ammo “Adobe” mahsulotlaridan afzalligi, foydalanish uchun obuna rasmiylashtirilmaydi, balki to‘laqonli litsenziya kaliti taqdim etiladi, ya’ni dasturni ko‘p marta o‘rnatish va cheklanmagan muddat foydalanish mumkin.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o’qish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #smartfon

Smartfon uchun xotira kartasini qanday tanlash kerak? 🤔

Ertami-kechmi, aksariyat foydalanuvchilarda smartfon uchun xotira kartasini sotib olish va uni qurilmaning ichki xotirasini kengaytirish uchun ishlatish masalasi yuzaga keladi.

Avvalo, xotira kartalari bir-biri bilan nafaqat unga yozilishi mumkin bo‘lgan ma’lumot (fotosuratlar, videolar, hujjatlar, ilovalar va boshqalar) miqdori yoki hajmi bilan, balki undagi ushbu ma’lumotlarning yozish va o‘qish tezligi bilan ham farq qilishini bilishingiz kerak.

Hajmiga qarab kartalar microSD, SDHC va SDXC turlariga bo‘linadi:
microSD: 2 dan 4 Gb gacha, ular deyarli muomaladan chiqarilgan. Ushbu kartalar microSD, SDHC yoki SDXC ni qo‘llab-quvvatlaydigan barcha qurilmalarda ishlaydi.
microSDHC: katta hajmli kartalar – 4 dan 32 Gb gacha.
microSDXC: yuqori hajmli kartalar – 32 Gb va undan yuqori (hozirda 2 TB gacha bo‘lgan kartalar mavjud).

📍Kartaning turi odatda uning old tomonida maxsus belgi bilan ko‘rsatiladi.

Tezlik klassi
Xotira kartalari ma’lumotlar bilan ishlash tezligida farq qiladi. Tezligiga qarab, ular klasslarga bo‘linadi: 2, 4, 6, 8 va 10. Ushbu raqamlar yozish va o‘qish tezligini bildiradi: 2 Mbit/s dan 10 Mbit/s gacha va undan yuqori.

Tezlik klassi kartaning old tomonida "S" harfiga raqam bilan ko‘rsatiladi.
Quyidagi rasmda: chapdagi karta 10 Mbit/s tezlikda ishlaydi, o‘ng tomondagi esa 4 Mbit/s (albatta, tezlik qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi).

UHS standartini qo‘llab-quvvatlash
Ultra High Speed
(UHS) standarti – bu yuqori tezlikda ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. UHS texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi kartalar megabit o‘rniga sekundiga o‘nlab megabitlarda o‘lchanadigan tezlikka ega. Barcha UHS texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi kartalar – 10 klass hisoblanadi.

UHS standarti bo‘yicha tezlik, kartaning old tomonida "U" harfi ichida yozilgan raqam bilan ko‘rsatiladi: 1 yoki 3. Birinchi holda, karta ma’lumotlar bilan 10 Mbit/s yoki undan yuqori tezlikda ishlaydi. Ikkinchisida - 30 Mbit/s tezlikda.

Xotira kartasini qanday tanlash kerak?
Avvalo, xotira karta asosan nima uchun ishlatilishini hal qilishingiz kerak: kamerada videolarni yozish, rasmlar va boshqa ma’lumotlarni saqlash yoki o‘yinlar va ilovalarni o‘rnatish uchun.
Aytaylik smartfon kamerasida video yozib olish uchun kartangiz qanchalik tez bo‘lsa, shuncha yuqori sifatli video yozishingiz mumkin.
Masalan, videoni HD yoki Full HD formatida yozish uchun sekundiga 4 dan 30 Mbit'gacha bo‘lgan yozish tezligi ega karta kerak bo‘ladi. Ammo videoni 4K formatida yozib olish kartadan sekundiga 10 dan 60 Mbit'gacha tezlik talab qilinadi.

📍Xotira kartasini tanlashdan oldin, qurilmangiz qo‘llanmasini ko‘ring va qaysi turdagi xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlashini bilib oling.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from TTS Uzbekistan | TTS.uz
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar!

Va nihoyat 21-oktabr o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan o'zbekcha matnni ovozga o'giradigan loyihamizni ommaviy testlashni boshladik. 🎉

Birinchi navbatda @ttsuzbot telegram botini ishga tushirdik.

Loyihada sun'iy intelekt, mashinali o'qitish texnologiyalari yordamida tabiiy ovozda gapirishga erishildi.

#bayram_muborak #ttsuzbek #uzbekistan #first_uzbek_tts #21oktabr #talaffuz #bayram_sovgasi

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | tts.uz
#word

Butun abzatsni belgilashning uch oddiy usuli 📄

1-usul
Sichqoncha kursorini abzatsning istalgan joyiga o‘rnating va chap tugmasi bilan uch marta bosing. Bu butun abzatsni belgilash uchun xizmat qiladi.

2-usul
Sichqoncha kursorini abzats matnining chapki maydoniga olib boring, sichqoncha ko‘rsatkichi o‘ng tomonga qaratilgan strelka ko‘rinishiga o‘zgarishi lozim.
So‘ngra sichqonchaning chap tugmasini bilan ikki marta bosing, tayyor.

3-usul
Abzatsning zaruriy qismlarini klaviatura yordamida belgilash mumkin: kerakli abzatsda joylashganligingizga ishonch hosil qilib, CTRL + ↑ klavishlari birikmasini bosing. Kursor abzatsning boshiga o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng joriy abzatsni to‘liq belgilash uchun SHIFT + CTRL + ↓ klavishlari birikmasini bosing.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami;
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #rasm_bilan_ishlash

🏞 Rasm yoki videoni yuborishdan oldin tezda optimallashtirish uchun Telegram'ning media-muharriridagi “Kuchaytirish” (“Улучшение”) funksiyasidan foydalaning.

📌 P.S.: Telegram orqali kimgadir rasm yuborish paytida, uni odatda qanday yuborasiz, 1️⃣ – oddiy rasm sifatidami yoki 2️⃣ – siqilmagan fayl ko‘rinishidami?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #dasturlash #maslahat

Toshkent markazida IT markazlarini boshqarish bosh ofisi va yangi IT Akademiyasi ochildi! 🖥

2020-yil 19-oktyabr kuni IT markazlarini boshqarish bosh ofisi va yangi IT Akademiyasi IT sohasiga qiziqqan barcha insonlar uchun oʻz eshiklarini ochdi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o’qish tavsiya etiladi:
“Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi
“Italiyaliklarning O‘zbekiston haqidagi tasavvurlari, iqtisodiyotni raqamlashtirish...” Arduino kompaniyasidagi amaliyotchi hamyurtimiz bilan suhbat
Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT mutaxassislar tarixi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #security #video_lessons

🔥BMSECURITY Group — Bizning video kurslarimiz bilan tanishing!

1️⃣. "CMS Security 2020"
kursida — Joomla va Wordpress'da 100% xavfsiz sayt tuzishni o‘rganamiz, amaliyotda saytlar xavfsizligini tekshiramiz va kamchiliklarni aniqlaymiz!

📋 Batafsil tanishish uchun:
https://www.best-master.uz/cms-security.html
https://t.me/best_master_uz_official/2237

2️⃣. "CyberSecurity One v5" — Axborot xavfsizligi, Internetda va kompyuterda xavfsiz ishlash, xavfsizlikni tekshirish va ta’minlash bo‘yicha video kurs!

📋 Batafsil tanishish uchun:
https://www.best-master.uz/scoursev1.html
https://t.me/best_master_uz_official/2225

3️⃣. "CyberSecurity Pro v6" — Maksimal xavfsizlik va anonimlik haqida, Internetda va kompyuterda xavfsiz ishlash, xavfsizlikni tekshirish va ta’minlash bo’yicha yangi video kurs!

📋 Batafsil tanishish uchun:
https://t.me/best_master_uz_official/2226
https://www.best-master.uz/scoursev2.html

4️⃣. "Kali Linux bo‘yicha 1-to‘laqonli – O‘zbek tilidagi video kurs"

Kursda:
Social Engineering, Anonym Operation System, Secure Phone, Pentesting, Wireshark sniffing, Backtrack – Kali linux va Revers Engineering, kabi bir qancha bo‘limli darslar mavjud.

📋 Batafsil tanishish uchun:
https://www.best-master.uz/cybercourse.html

5️⃣. "Cyber Info Protector!" — IT sohasida interaktiv multimediali video darslar va video kurslar tayyorlayotgan o‘qituvchilar uchun, mahsulotlarining Crack'ka uchrashi yoki Videolarini tarqalib ketmasligi va har bir o‘quvchini nazorat qilish imkonini beruvchi eng yaxshi Protector.

📋 Tariflar va imkoniyatlari haqida batafsil tanishing: Cyber Protector!

6️⃣. "Komplekt tizim va tarmoq administratori" kurslari.

Kutib oling! BMSECURITY Group'dan Yangi Professional komplekt Linux Administratorlik kurslari! Kurs 5 ta moduldan tashkil topgan va hammasi 0 dan boshlab o‘rgatiladi.

📋 Batafsil tanishish uchun:
O‘qing: https://telegra.ph/Linux-OS--Tarmoq-va-Tizim-Administratorligi-kurslari-09-29
Saytda: https://www.best-master.uz/linux-security

😎 Rasmiy saytimiz va Telegram kanalimiz :

🌐 https://www.best-master.uz/
📢 https://t.me/best_master_uz_official

✍🏻 Murojaatlar uchun: @shohmalik
👍1
#operatsion_tizim #hardware

Windows 10'da mikrofonni tekshirish – mikrofon ishlamasa nima qilish kerak? 🎙🤔

Kompyuter uchun mikrofon, shuningdek veb-kamera allaqachon o‘z mashhurligini yo‘qotib bormoqda, chunki “strimerlar”dan tashqari, bunday devayslarga foydalanuvchilar borgan sayin kamroq murojaat etishmoqda.

Buning boisi, avvalambor videoaloqa vositasi hisoblangan — smartfonlarning hozirgi kunda shubhasiz mobilligi (portativligi), yozib olish sifatining yuqoriligi va qiziqarli variantlarining xilma-xilligi, kabi qulayliklari bilan bog‘liq.

Biroq (quloqchinlar tarkibidagi yoki alohida qurilma ko‘rinishidagi) mikrofonga bo‘lgan ehtiyoj hali ham o‘z muhimlilik darajasini yo‘qotmagan.

Aynan shu sababli, ushbu maqola doirasida biz Windows 10 operatsion tizimi vositalari yordamida mikrofonning to‘g‘ri ishlashini tekshirish uchun diagnostika jarayonlarini o‘tkazishga e’tiborimizni qaratamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Android uchun diktofon tanlaymiz
Apparat ta’minoti bo‘yicha ma’lumotnoma
Kompyuter qanday ishlaydi? Qurilmalar va dasturlar
Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Protsessor nomlanishidagi sonlar va harflar nimani anglatadi?
Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish
LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👎1
#telegram

Telegram Desktop barqaror 2.4.4 talqiniga yangilandi 🆕

Kiritilgan yangiliklar:
— Kontaktlarni ochish uchun shortkat – Ctrl+Shift+N.
— Foto yoki video chatdan o‘chirilgan taqdirda, media tomosha qilish oynasining yopilishi.
SVG faylni ochishga bo‘layotgan urinish haqida ogohlantirish.
— Windows uchun OpenAL kutubxonasi yangilandi.
— Agar ilova mahalliy parol bilan bloklangan bo‘lsa, “Отметить как прочитанное” tugmasi bildirishnomalardan berkitiladi.
— Ovozli yoki videomuloqotdan so‘ng ilovadan chiqib ketish xatoligi to‘g‘rilandi.
— Guruhning anonim bo‘lmagan administratorlari uchun egalik huquqini berish tugmasining mavjud emasligi to‘g‘rilandi.
— Kichik tuzatishlar va yangilanishlar.

📥 Rasmiy sayt yoki GitHub'dan yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #bilasizmi

Microsoft .NET Framework nima? Nima vazifani bajaradi? Istalgan versiyasini yuklashni o‘rganamiz! 🖥

⚙️ Microsoft .NET Framework – bu yaratilish paytida muayyan bir ilovaning qismlari har xil dasturlash kodlari yordamida yoziladigan, turli dasturlar yoki o‘yinlarni yaratish, ularni xatoliksiz ishga tushirish va foydalanish imkonini beruvchi raqamli platformadir.

Ushbu platforma – alohida olingan ilovaning turli kodlari bitta o‘tuvchi kodga kompilyatsiya qilinuvchi raqamli platforma bo‘lib, bu o‘z navbatida Framework platformasining o‘zi uchun tushunarli hisoblanadi. Keyinchalik o‘tuvchi kod – dastur bevosita ishlab chiqilgan operatsion tizim (masalan, Windows 7/8-8.1/10) uchun tushunarli bo‘lgan kodga qayta kompilyatsiya qilinadi.

Ushbu platformani turli yo‘llar bilan o‘rnatishingiz mumkin:
• Yangilanishlar to‘plamida ushbu platforma mavjud bo‘lgan operatsion tizimni o‘rnatish orqali;
• .NET Framework'ni (pastroqdagi havolalar orqali) yuklab olish, so‘ngra alohida o‘rnatish;
• O‘yinni o‘rnatayotganda qo‘shimcha dasturiy ta’minot sifatida o‘rnatish;
“Центр обновления Windows” (Windows Update) yordamida avtomatik ravishda o‘rnatish.

Shunday holatlar bo‘ladiki, o‘yin yoki dasturni ishga tushirish paytida taxminan quyidagicha oyna hosil bo‘ladi: “(dastur nomi) .NET Framework'ni talab etadi. Iltimos, .NET Framework 3.5 yoki undan yuqori versiyasini yuklab oling va o‘rnating”.

Agar sizda Microsoft .NET Framework 4.7 o‘rnatilgan bo‘lsa, bu sizga eski versiyalar kerak emas, degani emas. Bundan tashqari Microsoft .NET Framework 4 va oldingi versiyalarini, ya’ni operatsion tizimingizga tegishli bo‘lgan barcha platformalarni o‘rnatish tavsiya etiladi.

Microsoft .NET Framework qanday faollashtiriladi?

Quyidagi qadamlarni bajarish orqali ushbu platformaning avtoyuklanishi faollashtiriladi:
1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasini bosgan holsa “Выполнить” oynasi chaqiriladi va unga appwiz.cpl buyrug‘i kiritilib ENTER klavishi bosiladi.
2️⃣. Ochilgan oynaning chap tomonida joylashgan “Включение или отключение компонентов Windows”ga o‘tiladi.
3️⃣. Microsoft .NET Frameworkka oid bo‘lgan barchasi belgilab (✓) o‘tiladi.

Uning kerakli versiyalarini quyidagi manzildan yuklab olishingiz mumkin:
http://dlltop.ru/soft/135-microsoft-net-framework

📍Eslatma: Dastur yoki o‘yinlarni o‘rnatish va foydalanishda muammo kuzatilmasligi uchun, o‘zida oldingi versiyalarni jamlagan 3.5 versiyasi hamda hozirgi kunda eng so‘nggi versiya (hozirda eng so‘nggisi 4.8) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

🎞 Ushbu maqolaning video talqinini bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor

Yangi USB-sichqonchani ulashga kirishganingda… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#tarmoq #operatsion_tizim

Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish 📶🔄

Kundalik hayotimizda ikkita noutbuk o‘rtasida ma’lumot almashish zaruriyati ham uchrab turadi. Agarda sizda biror bir umumiy tarmoq, aloqa kabeli yoki axborot tashuvchi qurilma (USB qattiq disk (vinchester, HDD), USB fleshka) bo‘lmasa, qanday yo‘l tutasiz?

Bunda noutbuklarning Wi-Fi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati muammo uchun eng yaxshi yechim bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolamiz doirasida noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda, ular o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashishni batafsil ko‘rib o‘tamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Windows 10’da mobil ulanish nuqtasi funksiyasi qanday o‘chiriladi?
Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?
Sharh: Ochiq Wi-Fi tarmog‘ida foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo‘ldi
Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!
“Tarmoq bog‘lanishlari” oynasini tezkor ochish
NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash
IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?
Optik tolaning qanday ishlashi misolda

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#maslahat #video_lessons #it_lessons

🇷🇺 Rus tilini tushunish bilan bog‘liq muammoingiz yo‘qmi?

📈 Megabaytlaringiz ko‘pmi?

💻 Kompyuterga oid texnologiyalarni eng yaxshi videokurslar orqali o‘zlashtirmoqchimisiz?

☑️ Unda ushbu kanalimizga obuna bo‘lishni tavsiya etamiz!

🔝 Ushbu kanalning boshiga o‘tish uchun havola.

#️⃣ Kanalga joylashtirilgan heshteglar ro‘yxati.

🗜 Arxivdagi part1, part2 va hokazo fayllarni arxivdan ajratib olish bo‘yicha video.

❗️#Важно heshtegi orqali eng kerakli ma’lumotlarni topishingiz mumkin!

📝 Postlarga yozilgan izohlardagi rus tili imlosiga oid xatoliklarga esa ahamiyat bermang, ushbu kamchiliklarni adminning tabassumi sifatida qabul qiling! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet #tarmoq

💻 Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli 📤

Faraz qiling, sizda Wi-Fi routeringiz yo‘q, lekin noutbukingiz va lokal tarmoq orqali keluvchi Internetingiz bor, mana shu Internetdan smartfoningiz orqali foydalanmoqchisiz deylik. Buning yechimi sifatida ko‘pchilik chetki dasturlarga murojaat qiladi, masalan mHotspot, Connectify, MyPublicWiFi, CommView for WiFi, WiFiInfoView, NetSetMan va hokazo.

Ushbu maqolamiz orqali MS Windows operatsion tizimining qaysi versiyasidan foydalanishimizdan qat’i nazar, sozlab olishimiz mumkin bo‘lgan simsiz tarmoq xususida so‘z yuritiladi, bunda bizga hech qanday chetki dastur kerak bo‘lmaydi, yaratilgan simsiz tarmoq bilan simli tarmoq orqali keluvchi Internetni boshqa qurilmalarga tarqatishimiz mumkin bo‘ladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

"Hellouin" bayramiga Telegram bir qator “qo‘rqinchli” animatsiyali emodzilarni tayyorlab qo‘ydi:

🧛‍♀️🧛🧛‍♂️🧟‍♀️🧟🧟‍♂️🕸🕷🦇⚰️

Shuningdek o‘tgan yilni o‘zida qo‘shishga ulgurilgan qovoqchali 🎃 emodzini ham unutmang.

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Windows'ning "eng foydali" funksiyasi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #internet #maslahat

📥 Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati 📋

1. @vid
2. @youtube
3. @utubebot
4. @gozillabot
5. @Gozilla_bot
6. @saveyoutubebot
7. @izibot
8. @SaveVideoBot
9. @SaveYoutubeBot
10. @YoutubeConvertBot
11. @poisk_bot
12. @MeTubeBot
13. @YTAudioBot (for audio)
14. @ytWatchBot (news in channel)
15. @youtube_subs_watcher_bot (news in channel)

📌 P.S.: Marhamat, birma-bir sinab ko‘ring va o‘zingiz uchun eng ma’qul kelganini belgilang. Bu siz bilan bo‘lgani kabi, qolgan foydalanuvchilar uchun ham foydali bo‘ladi, degan umiddamiz! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija